Do‘stlikni nega sovurding, ey yor?
Shul bo‘ldimu va’da, a vafodor?
Majruhu zaif dilimga tokay
G‘am ilgida berguzarsan ozor?
Zulfingga asiru beqarorman,
Aytginki, bo‘lak ne xislating bor?
Tokay bu g‘ariblaringni jonin
Qiynab etasan jafo bilan xor?
Har qanchaki dilni kuydirursan,
Men toqat etarman, e sitamkor!
Rahm ila, dedim, sitam qilishdan
Qo‘l tortasan endi balki, dildor?
Yo‘q zarra umidki, san biror kun
Oshiqqa bo‘lurmiding vafodor?
Eng yaxshisi shulki, sabr etarman,
Maqsadga shu yo‘l bilan yetarman.
Soqiy, ichay endi qona-qona,
Tun bodasidan sun oshiqona.
Boshimda agar hushim bo‘larkan,
To‘xtatma qadahni — qil ravona!
Oshyonasidan chamanda qushlar
Boshlabdi yoqimli sho‘x tarona.
Sozanda qo‘lingga sozing olgil
Sen ham shu nafasda bebahona.
Yor vaslidin aylagil tarannum,
Dildan chiqar ud kabi tarona.
Tokay bu zamon g‘amin yegaysan,
Hofiz, may ich, ayla shodiyona!
Ko‘ksimda alanga oldi ko‘p vaqt,
Ko‘nglim g‘amin o‘ti g‘olibona.
Gar bo‘lmasa hajr dengizining
Qirg‘oqlaridan biror nishona.
Eng yaxshisi shulki, sabr etarman,
Maqsadga shu yo‘l bilan yetarman.
O‘lsam agar ishq azobidan man,
Dilni uza olmagum g‘amingdan.
Oy birla quyosh dilini ezgay,
Nolam meni ko‘k sari yetarkan.
Har lahzada qoshlarin kamoni
O‘qlar otadi karashmasidan
Zavqin tugatolmagay Atorud
O‘tkir qalamini sharhi birlan.
Go‘dakman-u, ishq g‘amida keksa,
Keksaman-u, ishq g‘amida yoshman.
Boshimni tutib misoli Sa’diy,
Sabr aylayin, o‘ltiray berib tan.
G‘am bandiga soldi bu zamona,
Tashlab meii ko‘p uzoqqa sendan.
Eng yaxshisi shulki, sabr etarman,
Maqsadga shu yo‘l bilan yetarman.
Ey nozli nigoru sho‘x dildor,
Oydek yuzing och — boqar ko‘zim zor.
Boshlab yana umr avvalidan,
Tavbam ushatay tamoman, e yor!
Ko‘zim yo‘lagidan elga, ey do‘st,
Sirrim el ichida bo‘ldi oshkor.
Ishq ichraki, hajr boshlanibdir,
Qay xilda bu jonga tinchimoq bor?
Umrini butun sovurdi yelga,
Har kimki, g‘aminggadur giriftor.
G‘am ko‘rasi ichra ishq o‘tida,
Ey dil, kuy-u, ud kabi degil: yor!
Bosgan izidan o‘pishga yorni
Qo‘ymaydi zamona birla ag‘er.
Eng yaxshisi shulki, sabr etarman,
Maqsadga shu yo‘l bilai yetarman.
Ey qomati sarvu, e gulandom,
Xijlatda yuzingdan oy har oqshom.
Kelgil yana, o‘t yequvchi hajring
Ko‘nglimdan olibdi sabru orom.
Dil qushdek ilindi u tuzoqqa,
Xol — donayu kokiling bo‘lib dom.
Ko‘p kezdim-u, yetmadim murodga,
Hajring bila ham olurman orom.
G‘am birla firoqu men, bu ahvol
Qayga yetadur topib saranjom?
Hajring g‘amidir mudom nasibam,
Yo yo‘qmi alamdan o‘zga ayyom?
Hofiz, shu erur jah,onda maqsud:
Yor suhbati bo‘lsa-yu, mayu jom!
Hozirdaki blmagay muyassar
Dil maqsadi sendan, ey dilorom!
Eng yaxshisi shulki, sabr etarman,
Maqsadga shu yo‘l bilan yetarman.
Jon rohati — sevgili nigorim,
Orzuli dilim umidi — yorim.
Shodman g‘aming ila, chunki har vaqt
Utlug‘ alaming mening madorim.
Ketding-u, unutdim o‘zni, ey do‘st,
Ma’lum emas yo‘q ila borim.
Jonimda visoling orzusi,
Hajringda o‘tar bu umri zorim.
Utdi bu kecha, nigor, sensiz,
Ko‘z sshim oqib, tugab madorim.
To tutmaguncha ajal yoqamdan
Ilgim etagingda — shul qarorim!
Sa’yim bila xasta dil murodi
Hech bo‘lmadi hosil, ey nigorim!
Eng yaxshisi shulki, sabr etarman,
Maqsadga shu yo‘l bilan yetarman.
Ey, dilga g‘amingni zaxmi marham,
Ishqing yuragimga yoru hamdam.
Jon bo‘ynida kokiling tanobi,
Ko‘nglim uzugi labingni bilsam.
Qoshing tig‘idir jonimga jallod,
Dil hokimi bo‘ldi ko‘zlaring ham.
Ko‘ngilda nigor-u, men o‘t ichra,
Yor ishqi ko‘ngilda — boshqa ne g‘am!
Maqsadga yetolmay, endi derman:
Boshimni olay uzoqqa shul dam.
Hofiz, na bo‘lardi bahra olsang
Dil olamidanki — fayzli olam!
Dilbarni visoli mulki dilga
Osongina bo‘lmagach musallam.
Eng yaxshisi shulki, sabr etarman,
Maqsadga shu yo‘l bilan yetarman.
Chustiy tarjimasi