Bizni havo kamerasiga o‘tkazib, havoni asta-sekin siqib chiqara boshladilar. Ko‘p o‘tmay «fazoviy bo‘shliq» hosil bo‘lib, eshik ochildi.
Men ostonadan hatladim. Narvon yo‘q edi, raketa yonboshlab yotardi. Avvaliga ko‘zim qamashib, dovdirab qoldim. Oyog‘im ostida diametri bir necha kilometr keladigan ulkan shar sirti yarqirab turardi.
Bir qadam bosmasimdanoq yonimda fazoviy kostyum kiygan «yulduz odami» paydo bo‘ldi. U odatdan tashqari chaqqonlik bilan qo‘limga ipak arqon bog‘ladi. Bismillosi joyida-ku. Jahlim chiqdi, qo‘limni tortib, jahl bilan bir tepingan edim… Shu zahoti o‘n metrlar yuqoriga uchib ketdim. «Yulduz odami» shoshib arqonni tortib, meni yaltiroq shar sirtiga tushirib qo‘ydi. Endi tushundim: agar meni bog‘lab qo‘yishmaganda salgina ehtiyotsiz harakat qilishim bilan so‘ngsiz bo‘shliq qo‘yniga uchib ketgan bo‘lardim va meni osonlikcha tutisholmasdi ham. Lekin nega men arqonning bir uchini ushlab turgan kishini yuqoriga tortib ketmadim? «Yer» ga qarab, uning yaltiroq sirtidagi son-sanoqsiz halqalarga ko‘zim tushdi. Hamrohim oyoqlar, ini ana shu halqalarga o‘tkazib olgan ekan.
Yenimda turgan Tonyani ham bir odam arqonga bog‘lab olgan edi. Men unga yaqinlashmoqchi bo‘lgandim, mening hamrohim yo‘limni to‘sdi.
Skafandr oynasidan uning yosh, kulib turgan chehrasini ko‘rdim. U skafandrini menikiga yaqinlashtirib, eshitadigan qilib qattiq-qattiq gapirdi:
— Qo‘limdan mahkam ushlab oling!
Men itoat etdim. Hamrohim oyoqlarini halqadan chiqarib, yengilgina sakradi. Uning orqasida alanga yondi, bir turtki bilan biz sharnusxa «oy» bo‘ylab oldinga qarab uchib ketdik. Hamrohimning qisqa masofaga uchishda foydalaniladigan ixcham raketa-jildi bor edi. U jildning goh orqadagi, goh yon, goh ustki, goh quyi «to‘pponcha» laridan otib, meni shar ustida uchirib borardi. Hamrohimning epchilligiga qaramay, biz xuddi sirk maydonidagi masxarabozlarday goh tik, goh oyog‘imiz osmondan bo‘lib o‘mbaloq oshib uchardik, lekin miyaga qon quyilishi aslo sezilmasdi.
Hademay raketamiz ufq ortida g‘oyib bo‘ldi. Biz raketodrom bilan Kets Yulduzi orasidagi bo‘shliq ustidan uchib o‘tgan edik. Agar mening holatimni gapiradigan bo‘lsak, nazarixugda, biz bir joyda turibmiz-u, bizga qarab yaltiroq bir quvur borgan sari kattalashib yaqinlashayotganday edi. Mana u ko‘ndalang o‘qda bir aylandi-yu, uning yarim doira shaklidagi cheti ko‘rindi. Quvur bu tomondan «raketodrom oy» ga qaraganda kichikroq sharga o‘xshardi. Mana shu shar bomba yanglig‘ to‘ppato‘g‘ri bizga qarab kelardi. Yuragim orqaga tortib ketdi: yaltiroq bomba mana hozir bizni mayda-mayda qilib yuboradigan day edi. Ammo bomba favqulodda bir tezlik bilan havoda yarim doira yasadi-da, bizning orqamizga o‘tib qoldi. Bilsam, uchishni sekinlatish maqsadida hamrohim atayin bizni Yulduzga nisbatan teskari qaratgan ekan. U «to‘pponcha» dan bir necha marta otdi, go‘yo birov ko‘rinmas kaftlari bilan yelkaga turtganday bo‘ldi, uchish sekinlashishi bilan hamrohim yarim shar sirtidagi halqalardan birini mahkam ushlab oldi.
Bizni kutishayotgan ekan, «qo‘nishimiz» bilan yarim shar devorlaridagi eshik ochildi. Hamrohim meni ichkariga itarib, orqamdan o‘zi ham kirib oldi. Eshik yopildi.
Yana lampochka yonib turgan havo kamerasi, devorda manometr, barometr, termometrlar. Hamrohim apparatlar yoniga borib, kuzata boshladi. Bosim bilan harorat yetarli bo‘lgach, yechinishga tushdi va meni ham shunga ishora qildi.
— Qalay, o‘mbaloq oshib to‘ydingizmi? — so‘radi u kulib. — Men atayin shunday uchdim.
— Bir oz ko‘ngilni yozmoqchi bo‘libsiz-da?
— Yo‘q. Haroratni boshqaradigan plash bilan muomala qilolmay, issiq va sovuqdan qiynalib qolasiz deb qo‘rqdim. Binobarin, oftobda bir tekis «pishishingiz» uchun sizni xuddi sixdagi kabobday aylantirib turdim, — dedi u fazoviy kostyumini yechib bo‘lib. — Endi tanishib qo‘yaylik. Kramer, Kets Yulduzining laborant-biologi. Siz-chi? Bu yerga ishlagani keldingizmi?
— Ha, men ham biologman. Artemyev Leonid Vasilyevich.
— Juda yaxshi! Birga ishlaymiz.
Men yechina boshladim. Shundagina fizikaning «ta’sir kuchi aks ta’sir kuchiga tengdir» degan qonuni bu yerda aynan yuz berishini his qildim.?u yerda hamma narsa, hatto odamning o‘zi ham «reaktiv asbob» larga aylanib qoladi. Men kostyumni, o‘zimizcha aytganda, «yer» ga tashladim, tashladim-u, ammo o‘zim tepaga uchib ketdim. Qiziq: men kostyumni otdimmi, yo kostyum meni otdimi, bilib bo‘lmaydi.
— Endi ikkovimiz ham tozalanishimiz — dezinfeksion kameraga kirishimiz kerak, — dedi Kramer.
— Siz nega kirasiz? — so‘radim ajablanib.
— Axir sizga qo‘l tekkizdim-ku.
«Voy-bo‘y! Xuddi men vaboning uyasidan kelgandayman-a», — deb o‘yladim.
Mana, yana «pardozxona» daman. Yana tanaga ko‘rinmas nurlar yuboruvchi apparatlar guvillab turgan kamera. Yana toza, sterilizatsiyalangan kiyim-bosh, yana «yulduz vrachi» ning kichkina, oppoq ambulatoriyasida so‘nggi tibbiy ko‘rik.
Bu havo ambulatoriyasida na stul, na stol bor. Faqat meditsina asboblari solingan va devorlarga omonatgina mixlab qo‘yilgan eshiklar turibdi.
Bizni jikkakkina, harakatchan ayol vrach Anna Ignatyevna Meller kutib oldi. Kumushrang yengiL ko‘ylak kiyib olgan bu juvon, qirq yoshni urib qo‘ygan bo‘lishiga qaramay, endigina balog‘atga yetgan qizchaga o‘xshardi. Men unga Kets shahridagi «yer vrachi» ning salom va iltimosini topshirdim.
Dezinfeksiyadan keyin u menga yer kiyimlarimdan yana anchamuncha mikrob topilganini aytdi.
— Tirnoqlarga e’tibor bermayotganliklari to‘g‘risida Kets shahri sog‘liqni saqlash bo‘limiga albatta yozaman. Sizning tirnoqlaringiz ostidan bakteriyalarning butun bir armiyasi chiqdi. Yulduzga jo‘natishdan oldin tirnoqlarni oldirib, o‘rnini yaxshilab tozalashlari kerak. Umuman, sog‘lig‘ingiz yaxshi, endi nisbatan ancha tozasiz. Hozir sizni o‘z xonangizga olib borishadi, keyin ovqatlantirishadi.
— Olib borishadi? Ovqatlantirishadi? — taajjublanib so‘radim men. — Yetib qolgan bemor ham, chaqaloq ham emasmanku. O‘zim borib, o‘zim ovqatlanarmai.
— Maqtanmang! Fazoda siz heli chaqaloqsiz.
Shunday deb, u yelkamga qoqib qo‘ydi. Men kameraning narigi burchagiga o‘qday uchib ketdim, devorga tegib xonaning o‘rtasiga qaytib keldim-u, oyoqlarimni pitillatgancha havoda «osilib» qoldim.
— Qalay, endi ishondingizmi? — dedi kulib Meller. — Tag‘inam bu yerda og‘irlik bor harholda. Hali go‘daksiz. Qani, yuribboqing-chi!
Qayoqda deysiz! Bir minutlardan keyingina oyog‘im polga tegdi. Qadam bosmoqchi bo‘luvdim, yana havoga ko‘tarilib ketdim. Boshim «shift» ga tegdi-yu, hech narsani sezmadim, nochor ahvolda qo‘llarimni o‘ynatib turaverdim.
Eshik ochilib, mening biolog tanishim Kramer kirdi. U meni ko‘rib, xaxolab kulib yubordi.
— Anovi chaqaloqni shatakka olib, oltinchi xonaga kuzatib qo‘ying, — deb murojaat qildi Kramerga Anna Ignatyevna. — U siyrak havoda qiynalyapti. Yarimta havo ulushini bering.
— Hozircha odatdagi bosimni berishning iloji yo‘qmi? — deb iltimos qildim men.
— Yarimtasi yetadi. Ko‘nikish kerak.
— Qo‘lingizni bering, — dedi Kramer.
U poldagi qayish halqalarga oyog‘ini suqqancha, tez va chaqqon yurib mening oldimga keldi, qo‘li bilan belimdan ushlab, keng yo‘lakka olib chiqdi. So‘ng xuddi koptokday qo‘lida aylantirib turib, yo‘lak bo‘ylab uloqtirib yubordi. Men dodlagancha uchib ketdim. O‘n metrcha qiyalab uchib borib, devorga yaqinlashdim.
— Qayishni ushlang, — deb qichqirdi Kramer.
Hamma yerda: devorlarda ham, polda ham, shiftda ham qayish halqalar bor edi. Men jonholatda bir halqaga yopishdym, o‘zimni to‘xtatolmay qolaman deb qo‘rqqan edim, yo‘q, haytovur, qo‘lim halqaga tegishi bilanoq to‘xtadim. Kramer allaqachon yonimda turardi. U bir eshikni ochdi-da, meni qo‘ltiqlab olib, silindr shaklidagi xonaga kirdi. Bu yerda karavot ham, stol ham, stul ham yo‘q edi. Faqat devorlarda halqalaru havorang parda tu gilgan kattakon deraza bor edi, xolos. Shuning o‘chun ham xonaga ko‘kimtir nur tushib turardi.
— Qani, o‘z uylaridagiday bemalol, yozilib o‘tirsinlar, — deb hazil qildi Kramer. — Hozir kislorodni ko‘paytiraman.
— Ayting-chi, Kramer nima uchun raketodrom Yulduzdan ajratilgan?
— Bu yangi ixtiro. Ilgari raketalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri Kets Yulduzining o‘ziga qo‘nar edi. Lekin hamma uchuvchilar ham bir xil emas. Hech qanday turtkisiz, ohistagina qo‘ndirish qiyin ish. Bir gal «Kets-yetti» raketasining kapitani qo‘nish vaqtida Kets Yulduziga qattiq urib oldi raketani. Katta oranjereyaga zarar yetdi: uning oynalari sinib, o‘simliklarning bir qismi nobud bo‘ldi. Uni tuzatish ishlari haligacha davom etadi. Ana shu baxtsiz hodisadan keyin injenerlarimiz raketodromni Yulduzdan ayrim qurishga qaror qilishdi. Oldin u kattakon yassi gardish shaklida edi. Lekin tajriba qo‘nish uchun yarim doira shaklida bo‘lishi qulayroq ekanini ko‘rsatdi. Oranjereyani tuzatib bo‘lgach, Kets Yulduzini oranjereya bilan birga ko‘ndalang o‘q atrofida aylanishga majbur qilamiz. Ana shunda markazdan qochirma kuch va og‘irlik hosil bo‘ladi.
— Uchish vaqtida ko‘rganimiz rang-barang nurlar nima edi? — so‘radim men.
— Ular signal chiroqlari. Bepoyon osmonda bunaqa kichkina yulduzchani topib olish qiyin-da. Shuning uchun ham «bengal chiroqlari» o‘rnatganmiz. O‘zingizni qanday sezyapsiz? Nafasingiz bo‘g‘ilmayaptimi? Ortiq bermayman, aks holda sof kisloroddan kayf qilib boshingiz aylanib ketadi. Issiq emasmi?
— Bir oz sovqotyapman, — javob berdim men.
Kramer bir sakrab oynaning oldiga bordi va pardani ochib yubordi. Xonaga ko‘zni qamashtiruvchi oftob nuri yog‘ildi. Harorat tez ko‘tarila boshladi. Kramer qarama-qarshi tomondagi devorga uchib borib, deraza qopqog‘ini ochdi.
— Mana bu manzarani tomosha qiling.
Men derazadan qarab, hangu mang bo‘lib qoldim. Yer osmon ufqining yarmisini ishg‘ol qilgan edi. Men unga ming kilometr balandlikdan qarab turardim. U men kutganday qabariq shar shaklida emas, bukikroq ko‘rindi. Uning notekis, tog‘ cho‘qqilari turtib chiqib turgan chetlari go‘yo tuman pardasi bilan qoplanganday edi. Noaniq, gadir-budur chiziqlar. Yer sirtidan narida uzun kulrang dog‘lar — atmosferaning qalin qatlami xira qilib turgan bulut karvonlary cho‘zilib ketgandi. Markazga yaqinroqda — yana dog‘ ko‘rindi, lekin oqishroq edi. Men Muz okeani, Sibir va Shimoliy Yevropa qiyofasini tanidim. Shimoliy qutb ko‘zni qamashtiradigan darajada yarqirab turardi. Quyosh aksi Barens dengizida kichkina uchqunday yiltirardi.
Yerni tomosha qilarkanman, asta-sekin u kamayib borayotgan ulkan Oy shakliga kirdi. Mets Quyosh nuri yoritib turgan bu bahaybat yarim oydan ko‘zlarimni uzolmasdim.
— Kets Yulduzimiz, — deb tushuitirdi Kramer, — sharqqa tomon uchadi va yuz minutda Yer atrofini bir marta aylanib chiqadi. Bizda quyoshli kun atigi olmish yetti minut davom etadi, tun esa — o‘ttiz uch minutni tashkil qiladi. Qirq-ellik minutdan keyin biz Yerning soyasida qolamiz…
Oyning aks nuri xira yoritib turgan Yerning qorong‘i tomoni bazo‘r ko‘rinardi. Qorongi va yorug‘ mintaqalar chegarasini kattakatta qop-qora tishlar — tog‘ soyalari ajratib turibdi. Mana men Oyni, haqiqiy Oyni ham ko‘rdim. U juda yaqinday, lekin Yerdan ko‘ringaniga nisbatan ancha kichkinaday tuyuldi.
Nihoyat Quyosh Yer ortiga berkindi. Endi Yer yorqin halqa bilan o‘ralgan qora gardishga o‘xshab qoldi. G‘oyib bo‘lgan quyosh nurlari yer atmosferasini yoritib turgani uchun shunday ko‘rinardi. Xonamizga qizg‘ish shu’la yog‘ildi.
— Ko‘rib turibsizki, bu yerda qorong‘ilik bo‘lmaydi, — dedi Kramer. — Oy Yer orqasiga o‘tganda Yerdan tushadigan shu’la bemalol oy nurining o‘rnini bosadi.
— Nazarimda, raketaning ichi bir oz sovuganga o‘xshaydi, — dedim men.
— Ha, tun salqini, — javob berdi Kramer. — Lekin harorat aytarli pasaygani yo‘q. Stansiyamiz qobig‘ining o‘rta qatlami issiqlikni chiqarmaydi, buning ustiga Yer juda ko‘p miqdorda harorat yuborib turadi. Kets Yulduzida tun juda qisqa, shuning uchun ham sovqotish xavfi yo‘q. Biz biologlar uchun bu juda yaxshi. Lekin fiziklarimiz xunob: ular tajriba uchun absolyut nulga yaqin bo‘lgan haroratni ko‘p mashaqqat bilan olishadi. Yer hatto ming kilometr masofada ham xuddi ulkan pechday issiqlik purkab turadi. Oranjereyamizdagi o‘simliklar qisqa tun salqinidan zarar ko‘rmaydi. Biz hatto elektr pechlarni ham yoqib o‘tirmaymiz. Shu yerda ajoyib tog‘ iqlimi bor. Hademay rangsiz yuzlaringizga qon yugurib qoladi. Men ham shu yerga kelganimdan keyin et qo‘ydim, ishtaham ochilib ketdi.
— Rostini aytsam, mening ham qornim ochdi, — dedim men.
— Bo‘lmasa oshxonaga uchamiz, — deb taklif qildi Kramer, menga oftobda qoraygan qo‘lini uzatib.
U meni yo‘lakka olib chiqdi, biz sakrab-sakrab, qayish halqalardan ushlab oshxonaga yo‘l oldik.
Bu — «tong» ning ilk nuriga to‘lgan silindr shaklidagi kattakon xona edi. Qalin oynali panjarador derazani gurkirab turgai tiniq yashil tusdagi o‘simlik qoplab olgan. Bunday tiniq, ko‘katni Yerda sira uchratmagan edim.
— Ana u!
Tanish ovozni eshitib, atrofga alangladim va devorga qaldirg‘ochday yopishib turgan. Mellerni ko‘rdim. Uning yonida och binafsharang ko‘ylak kiygan Tonya. Dezinfeksiyadan keyin uning sochlari to‘zgib ketibdi. Unga qarab jilmayib qo‘ydim.
— Bu yoqqa, bu yoqqa marhamat, — chaqirdi Meller. — Xo‘sh, nixma bilan mehmon qilay?
Ro‘paramdagi tokchada havo kirmaydigan qilib zich yopilgan bankalar, ballonlar, kublar va sharlar turardi.
— Sizni so‘rg‘ich orqali suyuq ovqat, yorma bo‘tqa bilan boqamiz. Qattiq narsalarni eplay olmaysiz, qo‘lingizdan chis, ib uchib ketadi — keyin tutib bo‘psiz. Bizda ko‘proq sabzavotdan tayyorlangan ovqatlar bo‘ladi. Chunki mahsulot o‘zimizdan chiqadi. Mana bu olma suvi, — u berk bankalardan birini ko‘rsatdi, — mana bular guruchli qulupnay, o‘rik, shaftoli, banan, Kets sholg‘omi, bunaqasini Yerda tatimagansiz… Sholg‘om yeysizmi?
Shunday deb, Meller tokchadan biqinida naychasi bor bir silindrni oldi. Silindrning ostida ham yo‘g‘onroq naycha bor edi. Meller ana shu naychani kichkina nasosga ulab, dam bera boshladi. Ikkinchi naychaning uchida sarg‘ish ko‘pik ko‘rindi. Meller, silindrni Tbnyaga uzatdi.
— Mang, so‘ring. Agar so‘rish qiyin bo‘lsa, yana dam berish kerak. Naychaning og‘zi sterilizatsiyalangan. Nega aftingizni burishtirasiz? Idishlarimiz yunon chinnilariday chiroyli bo‘lmasa ham, bu yerning sharoitiga juda mos.
Tonya ikkilanibroq naychani og‘ziga olib bordi.
— Xo‘sh, qalay? — so‘radi Meller.
— Judayam shirin.
Kramer menga boshqa bir «so‘rg‘ich» ni tutqazdi. «Kets sholgomi» dan tayyorlangan suyuq sariq bo‘tqa rostdan ham juda shirin edi. Banan suvini aytmaysizmi! Men dam berishga ulgurolmasdim. Keyin o‘rik sharbati, qulupnay suvi.
Men maza qilib ovqatlandim. Ammo Tonya negadir o‘y surib, deyarli hech narsa yemadi.
Yo‘lakda unga yetib olib, yengidan tortdim.
— Nima bo‘ldi sizga, Tonya?
— Men hozir Kets Yulduzi direktorining oldiga kirdim. Yevgeniyni surishtirdim. U Yulduzda yo‘q. Uzoq sayyoralararo sayohatga jo‘nab ketibdi.
— Biz ham orqasidan uchamizmi? — deb so‘radim tashvishlanib.
— Afsus, — dedi u. — Biz ishlashimiz kerak. Lekin direktor, sayyoralararo sayohatga chiqishingiz ham mumkin, deb aytdi.
— Qayoqqa? — hadiksirab so‘radim men.
— Hali-hozir bilmayman. Oyga, Marsga, balki undan ham olisroqqa ucharmiz.
— Yevgenyev bilan radio orqali gaplashsa bo‘lmaydimi?
— Bo‘ladi. Ketsning radio aloqasi faqat Yer bilangina bog‘lanmagan: Xevisayd qatlami xalaqit beradi. U radionurlarni qaytarib yuboradi. Men qisqa nurlar bilan ana shu qatlamni yorib o‘tish va Yer bilan radio aloqani o‘rnatish ustida ish olib borishim kerak bo‘ladi. Hozircha yorug‘lik telegrafi orqali aloqa qilinadi. Million svechali projektor yoqilgan, agar havoda bulut bo‘lmasa, nur Yerga bemalol yetib boradi. Shunisi ham borki, Pomirda, Kets shahrida havo deyarli doimo ochiq bo‘ladi. Sayyoralararo bo‘shliqda uchib yurgan raketalar bilan esa Kets Yulduzi radio orqali gaplashadi… Hozir radiostansiyaga borib, Kets Yulduzi bilan Oy o‘rtasidagi bo‘shliqni tadqiq qilayotgan raketa bilan bog‘lanishga harakat qilaman… Darvoqe, direktor sizni yo‘qlagan edi. — Tonya bilaguzuk soatiga qarab, qo‘shib qo‘ydi: — Bugun endi kechikdingiz. Birga radiostansiyaga uchamiz. To‘qqizinchi xonaga.
Elektr nuri bjlan yoritilgan keng yo‘lak yerosti yo‘liday cho‘zilib ketgan edi. Bu yerda tovush odatdagidan pastroq eshitilardi, chunki havo siyrak edi, shuning uchun ham meni birov chaqirayotganini hadeganda eshitmabman.
Bu Kramer — ekan. U kichkinagina qanotlarini silkitib biz tomonga uchib kelardi. Uning ikki yoni va orqasidan qo‘shaloq yelpig‘ichga o‘xshagan narsalar chiqib turardi.
— Mana, sizlarga qanot olib keldim, — dedi u, — endi butunlay fazogirlarga o‘xshashlaring kerak. Ochilgan paytida salpal ko‘rshapalakning qanotini eslatadi. Bular qo‘l panjisiga o‘rnatiladi. Buklanishi va orqaga qaytarib qo‘yilishi mumkin, u holda qo‘l bo‘shaydi, istagan narsangizni ushlashingiz, ko‘tarishingiz mumkin.
Kramer chaqqonlik bilan kattaligi qariqiz o‘tining yaprog‘iday keladigan qanotchalarni qo‘limizga bog‘lab, uni qanday ishlatishni ko‘rsatdi-da, yana kelgan tomoniga uchib ketdi. Tonya ikkovimiz uchishga kirishdik. Bir necha marta boshimiz boshimizga to‘qnashib qoldi, devorga borib urildik, charxpalak bo‘lib ketdik. Lekin sira og‘riq sezilmasdi.
— Chindan ham ko‘rshapalakka o‘xshaymiz, — dedi Tonya kulib. — Qani, radiostansiyaga qaysi birimiz oldin borarkinmiz?
Biz ilgarilab ketdik.
— Nega yo‘lakda hech kim ko‘rinmaydi? — so‘radim men.
— Hamma ishda, — dedi Tonya. — Aytishlaricha, bu yer kechqurun gavjum bo‘larmish. Xuddi ochiq kundagi tilla qo‘ng‘izlarday to‘dalashib uchib yurisharmish.
Biz to‘qqizinchi xonaga uchib keldik. Tonya tugmachani bosgan edi, eshik shovqinsiz ochildi. Meni taajjublantirgan eng birinchi narsa — radist bo‘ldi. U quloqlariga naushnik taqib «shiftda o‘tirar» va radiotelefonogramma yozardi.
— Tayyor, — dedi u yon daftarchani belidagi sumkaga solarkan; bu sumka uning uchun yozuv stoli g‘aladoni xizmatini o‘tardi. — Yevgenyev bilan gaplashmoqchimisiz? Urinib ko‘ramiz.
— Qiyin emasmi? — so‘radi Tonya.
— Yo‘q, qiyin emas lekin bugun uzoq to‘lqinli peredatchigim ishlamayapti, qisqa to‘lqinda esa Yerdan ilon izi yasab aylanib ko‘tarilayotgan raketani topish ancha qiyin. Hozir raketaning uchib ketayotgan joyini aniqlab, aloqa o‘rnatishga harakat qilib ko‘raman…
Lekin shu payt uning oyog‘i qo‘qqisdan devorga tegib ketib, o‘zi nari uchib ketdi. Uni radionaushnikning simlari ushlab qoldi va radist bir zumda yana o‘z o‘rniga qaytdi. U yon daftarchasini chiqarib, xronometrga qaradi va allanimalarni hi oblay ketdi. Keyin apparatning qulogini buray boshshdi.
— Allo… Allo! Kets Yulduzi gapiryapti! Ha. Ha. Yevgenyevp i chaqirvoring. Yo‘q deysizmi? Bo‘lmasa, aytib qo‘ying, kelganidan keyin Kets Yulduzini chaqirsin. U bilan Kets Yuldu: shning yangi xodimi gaplashmoqchi. Familiyasi…
— Antonina Gerasimovna, — dedi Tonya shoshib.
— O‘rtoq Gerasimova. Eshityapsanmi? Xo‘p. Ko‘pmi? Ov yaxshi bo‘ldimi? Tabriklayman.
U apparatni o‘chirib, dedi:
— Yevgenyev raketada yo‘q ekan. U sayyoralararo bo‘shliqqa ovga chiqib ketibdi, uch soatlardan keyin qaytarkan. Mayda asteroidlarni tutish bilan mashg‘ul emish. Ajoyib qurilish materiali. Temir, alyuminiy, granit… Yevgenyev radiotelefon yoniga kelganda sizni chaqiraman.