BIRINCHI QISM

Birinchi bob HECH QACHON BEGONALAR BILAN GAPLASHMANG

…Kimsan, ayt!

— Men hargiz yomonlik tilab — Yaxshilik qilguvchi kuchning bir qismi.

Gyote, «Faust».

Bahor kunlarining birida, dim oqshom chog‘ida, Moskvadagi Patriarx ko‘li xiyobonida ikki kishi paydo bo‘ldi. Ularning biri yozlik kulrang kostyum-shim kiygan, past bo‘yli, miqti gavdali, taqirbosh, soqol-mo‘ylovi silliq olingan, ko‘ziga g‘ayritabiiy kattalikdagi qora muguz gardishli ko‘zoynak taqqan, hali xiylagina yangi shlyapasini qo‘liga olib olgan edi. Ikkinchisi — jingalak sochi mallarang, katak matodan tikilgan kepkasini ensasiga surib kiygan yag‘rindor yigit — egniga katak ko‘ylak, g‘ijimlangan shim, oyog‘iga qora shippak kiygan edi.

Bu tanishtirganlarimizdan birinchisi Moskvadagi eng yirik adabiy uyushmalardan birida (uning qisqartirilgan nomi MASSOLIT edi) pravlenie raisi, ayni paytda bir qalin badiiy jurnalning muharriri lavozimida ishlovchi Mixail Aleksandrovich Berlioz, uning yosh hamrohi esa — shoir Ivan Nikolaevich Poniryov bo‘lib, u o‘z asarlariga Bezdomniy taxallusi bilan imzo chekardi.

Bu ikki adib endigina yashil libos kiya boshlagan jo‘kalar soyasidan panoh topishgan zahoti, ola-bula bo‘yoqlar bilan bo‘yalgan, tepasiga «Pivo va suvlar» deb yozilgan do‘konchaga otilishdi.

Darvoqe, may oyining bu mudhish oqshomida yuz bergan birinchi g‘aroyib holni qayd qilib o‘tmoq lozimdir. Nafaqat do‘koncha oddida, balki Malaya Bronnaya ko‘chasi bilan yonma-yon cho‘zilgan butun xiyobonda bironta ham odam ko‘rinmasdi. Qaqragan tumanga o‘rangan quyosh Moskvani misdek qizdirib, Sadovoe koltso orqasiga botayotgan, hattoki nafas olishga ham majol qolmagan bu chog‘da, jo‘ka daraxti ostiga biron kimsa kelmadi ham, skameykaga o‘tirmadi ham, butun xiyobon bo‘m-bo‘sh edi.

— Narzandan quying, — iltimos qildi Berlioz.

— Narzan yo‘q, — deb javob berdi sotuvchi ayol, negadir ranjiganday bo‘lib.

— Pivo bormi? — deb so‘radi Bezdomniy bo‘g‘iq ovoz bilan.

— Pivo kechqurun keladi, — javob qildi ayol.

— Nimangiz bor? — so‘radi Berlioz.

— O‘rik sharbati, lekin iliq, — dedi ayol.

— Mayli, quying, quying, iliq bo‘lsayam!..

O‘rik sharbati stakanni sap-sariq ko‘pik bo‘lib to‘ldirdi, shunda sartaroshxonaning hidi gupillab dimoqqa urildi. Sharbat ichgan adiblarni birdan hiqichoq tuta boshladi. Ular sharbat haqini to‘lab, Bronnaya ko‘chasiga orqa, hovuzga yuz o‘girib bir skameykaga o‘tirishdi.

Shu mahal ikkinchi g‘aroyib hodisa yuz berdi — bunisi endi yolg‘iz Berliozga taalluqli edi. Uning hiqichoq tutishi birdan to‘xtadi, yuragi bexos dukillab, bir zum qayoqqadir g‘oyib bo‘lganday bo‘ldi, keyin yana o‘rniga qaytdi, ammo endi, yuragi o‘tmas igna qadalganday zirqirab og‘rirdi. Bundan tashqari, Berliozning vujudini kuchli bir dahshat besabab chulg‘ab oldiki, u shu zahotiyoq bu yerdan orqasiga qaramay qochishga jazm qildi. Berlioz, o‘zining nimadan cho‘chiganini bilolmay, parishon holda atrofiga alanglab qaradi. Uning rangi quv o‘chdi, ro‘molchasi bilan peshanasini artarkan: «Nima bo‘ldi o‘zi menga? Hech bunaqa boTmasdim-ku… yurak chatoq… qattiq charchabman. Hamma ishni tashlab, tezroq Kislovodskka jo‘nashim kerak…» — deb ko‘nglidan o‘tkazdi.

Shu mahal uning ko‘zi oldida cho‘g‘dek issiq havo quyuqlashib, undan shishadek shaffof, g‘oyat antiqa qiyofadagi bir grajdanin vujudga keldi. Uning mushtdakkina boshida jokeylar shapkasi, egnida katak-katak matodan bichilgan kalta va o‘zi singari havoyi kamzulcha… Bu grajdanin nihoyatda daroz bo‘lsa ham, yelkalari ensiz, o‘zi cho‘pdek oriq, basharasi, e’tibor bering-a, istehzoli edi.

Berlioz shuncha umr kechirgan bo‘lsa ham g‘aroyibotlarga hech ko‘nika olmasdi. Shu bois, uning battar quti o‘chib, ko‘zlari baqrayib qoldi-yu, sarosimada: «Bunaqa bo‘lishi mumkin emas!..» dedi ichida.

Holbuki, ko‘rayotganlari chin edi, tiniq naynov odam, Berliozning ko‘zi oldida, dam o‘ngta, dam chapga muallaq chayqalib turardi.

Shu choq Berliozning vujudini qattiq dahshat qamrab, ko‘zlarini chirt yumib oldi. Keyin, u ko‘zini ochgan edi, haligi sarob erib, katak kamzulli sharpa g‘oyib bo‘lganini ko‘rdi, ayni paytda, yuragiga botayotgan o‘tmas igna ham vujudidan otilib chiqib ketgan edi.

— Uff, la’nati! — deb yubordi muharrir, — bilasanmi, Ivan, hozir issiqning taftidan sal bo‘lmasa sakta bo‘layozdim! Hatto ko‘zimga har balolar ko‘rina boshladi, — jilmaymoqchi bo‘ldi u, lekin ko‘zlaridagi hayajon uchqunlari hamon o‘chmas, qo‘llari ham qaltirashdan to‘xtamasdi.

Lekin bora-bora uning ko‘ngli taskin topdi; ro‘molchasi bilan yelpindi-da, xiyla dadil ohangda: «Xo‘-o‘sh, shunday qilib…» — deb, o‘rik sharbati ichish paytida uzilib qolgan gapini davom ettirdi.

Gap, keyin ma’lum bo‘lishicha, Iso payg‘ambar to‘g‘risida borayotgan ekan. Masala shundaki, muharrir o‘z jurnalining navbatdagi soni uchun dinga qarshi qaratilgan katta doston yozish haqida shoirga buyurtma bergan edi. Ivan Nikolaevich o‘sha dostonni juda qisqa muddatda yozib tugatgan, ammo, taassufki, doston muharrirni qoniqtirmagan edi. Bezdomniy o‘z dostonidagi asosiy personajni, ya’ni Iso payg‘ambarni o‘ta darajada qora bo‘yoqlar bilan tasvirlasa ham, muharrir dostonni qaytadan yozish lozim deb turib oldi. Shu bois, u shoirning asosiy xatosini qayd qilish maqsadida, unga Iso payg‘ambar to‘g‘risida va’z o‘qiyotgan edi. Ivan Nikolaevichga aynan nima pand berganini — shoir iste’dodining tasvirlash quvvasimi, yo o‘zi yozmoqchi bo‘lgan mavzuning unga tamomila notanishligimi — aniq aytish mahol, lekin uning asarida Iso, garchi o‘ziga mayl uyg‘otmasa ham, tirik personaj sifatida tasvirlangan edi. Berlioz esa shoirga, masala Isoning yaxshi, yomonligida emas, o‘sha Isoning umuman shaxs sifatida dunyoda hech qachon bo‘lmaganligida, unga taalluqli gaplar esa, oddiy uydirmayu afsona ekanligida, deb isbotlamoqchi bo‘lardi.

Shuni aytib o‘tish kerakki, muharrir alloma odam edi, binobarin, Iso payg‘ambarning dunyoda yashaganligi haqida o‘z kitoblarida lom-mim demagan qadimgi tarixchilardan (masalan, mashhur Filon Iskandariy, benazir ma’rifat sohibi Iosif Flaviylardan) nihoyatda mohirlik bilan dalil keltirardi. Mixail Aleksandrovich, o‘zining salmoqli zakovatini namoyish qilib, gap orasida, yana Tatsitning mashhur «Solnomalar» iga to‘xtalib, uning o‘n beshinchi kitobidagi Isoning qatl etilishi bayon qilingan 44-bobni ancha keyinroq ilova qilingan soxta bobdan bo‘lak narsa emasligini aytib o‘tdi.

Muharrir aytayotgan bu gaplarning hammasi shoir uchun yangilik edi, shunga ko‘ra u o‘zining ko‘m-ko‘k, sho‘x ko‘zlarini Mixail Aleksandrovichga tikkancha, uning so‘zlarini diqkat bilan tinglarkan, ahyon-ahyonda hiqichoq tutib, pichirlagancha o‘rik sharbatini la’natlardi.

— Sharkda bironta ham din yo‘qki, — derdi Berlioz, — u bokira bibi Maryamning xudoga ko‘zi yorigani haqida bayon qilmagan bo‘lsin. Shunga ko‘ra xristianlar ham, o‘zga biron yangilik kashf eta olmay, aynan shu sharqona tarzda o‘z Iso payg‘ambarlarini kashf etdilarki, aslida u hech qachon yorug‘ dunyoga kelmagan. Dostonda ham asosiy e’tiborni aynan mana shu narsaga qaratmog‘ing kerak edi…

Berliozning baland ovozi bo‘m-bo‘sh xiyobonda jaranglab eshitilardi, u ilm changalzorining eng quyuq, xilvat yeriga kirib borgan sari (faqat o‘ta alloma odamgina bunday xilvatgohga beshikast kirib borishi mumkin), shoir misrliklarning saxovatli xudosi Samo va Zamin o‘g‘loni Oziris haqida ham, Finikiya xudosi fammuz to‘g‘risida ham, Marduk haqida ham, hatto Meksikaning atstek xalqi uchun bir zamonlar nihoyatda qadrli bo‘lgan, lekin unchalik nom qozonmagan badqahr xudo Vitsliputsli haqida ham tobora ko‘proq va foydaliroq ma’lumotlar ola boshladi.

Mixail Aleksandrovich Vitsliputslining zuvalasini atsteklar xamirdan olganliklari to‘g‘risida endigina hikoya qila boshlagan edi, xiyobonda bir odam ko‘rindi.

Keyinchalik (vaqt o‘tgandan keyin) har xil idoralar bu odamning qiyofasi haqida ma’lumotlar berishdi. Ammo u maTumotlarning muqoyasasi kishini hayron qoldirardi. Chunonchi, birinchi ma’lumotda o‘sha odamning pakana, tilla tishli va o‘ng oyog‘i oqsashi haqida xabar qilingan bo‘lsa, ikkinchisida u odam bahaybat, tishiga platinadan qoplama qo‘ydirgan, chap oyog‘i oqsoq, deyilgan edi. Uchinchi ma’lumotda: u odamning diqqatga molik hech qanday alomati yo‘q, deb lo‘nda qilib yozilgandi.

E’tirof etish kerakki, bu maTumotlarning birontasi ham to‘g‘ri emas edi.

Birinchi navbatda: o‘sha nazarda tutilgan odamning na u, na bu oyog‘i oqsar, na pakana, na bahaybat, hamma qatori norg‘ul edi. Endi uning tishlariga kelsak, chap jag‘ tishlariga platina qoplangan, o‘ng jag‘idagi tishlari tilladan edi. U qimmatbaho kulrang kostyum kiygan, oyog‘idagi xorij tuflisi ham kostyumi rangida edi. Kulrang beretini oliftalardek bir qulog‘i ustiga qiya qo‘ndirgan, qo‘ltig‘iga baroq itning boshini eslatuvchi qora dumaloq tutqichli hassa qistirgandi. Ko‘rinishidan yoshi qirqlardan oshgan. Og‘zi sal qiyshiqroq. Soqol-mo‘ylovi silliq qilib olingan. Qorasoch. Uning o‘ng ko‘zi qora, chap ko‘zi esa negadir ko‘k edi. Timqora qoshlari past-baland — qisqasi, ajnabiy odam edi.

U muharrir bilan shoir o‘tirgan skameyka oddidan o‘taturib, ularga ko‘z qirini tashladi, yurishdan to‘xtadi va birdan ikki do‘stdan ikki qadam naridagi boshqa skameykaga o‘tirdi.

«Nemis», — deb o‘yladi Berlioz.

«Ingliz, — deb ko‘nglidan o‘tkazdi Bezdomniy, — tavba, shu jaziramada qo‘lqopda yuripti-ya — isib ketmasmikin?»

Ajnabiy kishi esa bu payt hovuzni kvadrat tarzda o‘rab olgan ko‘p qavatli uylarga qiziqsinib ko‘z yugurtira boshladi, aftidan, bu joylarni u birinchi marta ko‘rayotgan edi.

U nigohini yuqori qavatlarning derazalariga qadadi, deraza oynalari Mixail Aleksandrovich bilan mangu vidolashayotgan quyoshning siniq shuTalarini o‘zida aks ettirib, ko‘zni qamashtirgudek yaraqlardi: so‘ng pastki qavatlardagi shom cho‘kishi bilan qoraya boshlagan derazalarga ko‘z tashladi, pimagadir miyig‘ida kulib qo‘ydi, ko‘zlarini suzdi, qoTlarini hassaning dumaloq dastasiga, iyagini esa qo‘llariga qo‘ydi.

— Sen, Ivan, — derdi bu payt Berlioz, — chunon-chi, xudo o‘g‘li Isoning tavalludini juda yaxshi va satirik uslubda tasvirlagansan, lekin qizig‘i shundaki, Isodan oldin ham bir qator xudozodalar tug‘ilgan — masalan, aytaylik, frigiyalik Attis" — ammo qisqa qilib aytadigan bo‘lsak, ularning birontasi ham, shu jumladan Iso ham tug‘ilmagan, shunga ko‘ra sen Isoning tavalludini, aytaylik, uni ziyorat qilgani kelgan sehrgar munajjimlarni tasvirlash o‘rniga mazkur tavallud haqidagi dargumon mulohazalar haqida yozishing kerak… Hozir esa sening bayon qilishingcha, u chindanam dunyoga kelgan bo‘lib chiqyapti!..

Shu choq Bezdomniy damini ichiga yutib, bezor qilgan hiqichoqqa barham bermoqchi bo‘ldi, lekin aksiga yurib uni yana alamliroq va qattiqroq hiqichoq tuta boshladi, bu payt Berlioz ham gapirishdan to‘xtadi, chunki ajnabiy kishi birdan o‘rnidan turib, adiblar qoshiga yura boshlagan edi.

Ular bu notanish odamga taajjub bilan qarashdi.

— O‘tinaman, meni afv etgaysiz, — dedi begona kishi ajnabiylar talaffuzida, ammo so‘zlarni buzmay, — sizga notanish bo‘laturib, suhbatingizga aralashganim uchun… Ammo ilmiy suhbatingiz mavzui shu qadar qiziqarliki, kamina…

Shu o‘rinda u iltifot bilan boshidan beretini oldi, natijada ikki do‘st ham, noiloj, o‘rnidan turib, unga ta’zim qildi.

«Yo‘q, ko‘proq frantsuzga o‘xshab ketadi…» — deb o‘yladi Berlioz.

«Polyak shekilli?..» — dedi ichida Bezdomniy.

Shuni ilova qilish kerakki, bu ajnabiy birinchi aytgan so‘zidanoq shoirda nafrat uyg‘otdi, Berliozga esa u yoqib qolgan edi, ya’ni yoqqan edi deb ham bo‘lmaydi-yu, aniqrog‘i… qanday ifoda etsa bo‘larkan… uni qiziqtirib qolgai edi, deymizmi.

— Maylimi sizlar bilan o‘tirsam? — muloyim ohangda so‘radi ajnabiy, shunda ikki do‘st beixtiyor ikki tomonga surildi; ajnabiy kishi epchillik bilan ular o‘rtasiga o‘tirdi-yu, shu zumdayoq suhbatga aralashdi.

— Agar yanglish eshitmagan bo‘lsam, siz Isoni dunyoga kelmagan deb aytdingiz shekilli? — so‘radi ajnabiy ko‘m-ko‘k chap ko‘zini Berliozga tikib.

— Yo‘q, yanglish eshitmadingiz, — nazokat ila javob qildi Berlioz, — men aynan shunday dedim.

— O, g‘oyatda qiziq! — dedi ajnabiy.

«Nimaga hadeb tumshug‘ini tiqaveradi bu?» — deb ko‘nglidan o‘tkazdi Bezdomniy va qovog‘ini solib oldi.

— Siz hamsuhbatingizning fikriga qo‘shildingizmi? — deb so‘radi notanish ajnabiy o‘ngga, Bezdomniyga o‘girilib.

Shoir o‘z fikrini tumtaroq va majoziy iboralar bilan ifodalashni yaxshi ko‘rardi, shuning uchun:

— Yuz foiz! — deb javob qildi.

— Voajab! — deb yubordi chaqirilmagan ham-suhbat, so‘ng negadir atrofga o‘g‘ri qarash qilib, so‘ng shundoq ham bo‘g‘iq ovozini yanayam pasaytirib dedi: — Sinchkovligim uchun meni kechiring, lekin fahmimcha, siz hali xudogayam ishonmaysizmi deyman? — u ko‘zlarida vahima zuhur etdi va ilova qildi: — Ont ichaman, qech kimga aytmayman.

— Ha, biz xudoga ishonmaymiz, — javob qildi Berlioz ajnabiy kishining cho‘chib ketganidan xiyol jilmayib turib, — ammo bu haqda mutlaqo oshkora gapiraverish mumkin.

Chet ellik skameykaga suyandi va sinchkovligi qo‘ziganidan chiyillab so‘radi:

— Sizlar — ateistmisiz?!

— Ha, bizlar — ateistmiz, — jilmaygancha javob qildi Berlioz, achchig‘i chiqqan Bezdomniy esa: «Muncha xira bo‘lmasa bu ajnabiy sulloh!» — deb ko‘nglidan o‘tkazdi.

— O, qanday maroqli! — deb chinqirib yubordi antiqa ajnabiy goh u, goh bu adibga o‘girilib qararkan.

— Bizning mamlakatda ateizm hech kimni ajablantirmaydi, — diplomatlarga xos nazokat bilan dedi Berlioz, — aholimizning ko‘pchiligi xudo haqidagi afsonalarga anchadan beri ongli ravishda ishonmay qo‘ygan.

Shunda chet ellik nojo‘ya bir harakat qildi: o‘rnidan turib, taajjublangan muharrirning qo‘lini siqarkan, shunday dedi:

— Ijozatingiz bilan sizga chin qalbimdan minnatdorchilik izhor etaman!

— Nima uchun minnatdorchilik izhor etyapsiz unga? — deb so‘radi Bezdomniy ko‘zlarini pirpiratgancha.

— Kamina — sayyoh uchun favqulodda qiziqarli bo‘lgan g‘oyatda muhim ma’lumot uchun, — deb izohladi chet ellik barmog‘ini ma’nodor ko‘tarib.

Chamasi, muhim ma’lumot sayyohga chindanam kuchli ta’sir ko‘rsatgan edi, shuning uchun ham u atrofdagi uylarga qo‘rqa-pisa ko‘z yugurtirib chikdi — u har bir derazada bittadan ateistni ko‘rishdan xavotirlanayotganday edi.

«Yo‘q, u ingliz emas…» — deb o‘yladi Berlioz, Bezdomniy esa: «Qiziq, bunaqa ruscha gapirishni qaerda o‘rgana qoldiykin?» — deb ko‘nglidan o‘tkazdi-da, yana o‘shshayib oldi.

— Lekin ijozatingiz bilan sizdan bir narsani so‘ramoqchiydim, — deb yana gapira boshladi ajnabiy mehmon bir oz hayajonli xayolga berilib o‘tirgandan keyin, — xudolarning mavjudligi borasidagi dalillar nima bo‘ladi? Axir u dalillar, maTumingizki, rosa beshta…

— Tassufki, — deb javob qildi Berlioz, — o‘sha dalillarning birontasi ham hech qanday qiymatga ega emas, binobarin, bashariyat allaqachon ularni unutib yuborgan. Axir, aql-zakovat yuzasidan olganda, xudoning mavjudligini isbotlaydigan hech qanday dalil bo‘lishi mumkin emas, shunday emasmi?

— Ofarin! — chinqirib yubordi chet ellik. — Ofarin! Siz tinib-tinchimagan qariya Immanuilning bu borada aytgan fikrini mukammal takrorladingiz. Lekin qizig‘i shundaki, u beshala dalilni ham tamomila barbod qilgan, keyin esa o‘z ustidan kulmoqchi bo‘lganday, shaxsan o‘zi oltinchi dalilni kashf etgandi!

— Kantning dalili ham, — mayin tabassum bilan e’tiroz bildirdi zakovatli muharir, — asossiz. Shiller bekor aytmagan edi, Kantning bu masala yuzasidan mulohazalari faqat qullarnigina qanoatlantirishi mumkin deb, Shtraus esa bu dalilni mazax qilib kulgan edi.

Berlioz gapirarkan, ayni paytda: «Har qalay, bu odam kim bo‘ldiykin? Rus tilida bunchalik yaxshi gapirishni qaerdan o‘rgandiykin?» — deb o‘ylardi.

— Menga qolsa, o‘sha Kantni shu nazariyasi uchun uch yilga Solovkiga surgun qilardim! — deb yubordi birdan Ivan Nikolaevich xuddi tomdan tarasha tushganday.

— Ivan! — deb pichirladi xijolat bo‘lgan Berlioz.

Lekin Kantni Solovkiga jo‘natish to‘g‘risidagi taklif chet ellik mehmonni hayratda qodiribgina qo‘ymay, hatto uning dilini chog‘ ham qilib yubordi.

— Juda to‘g‘ri, aynan shunday qilish lozim, — deb chinqirib yubordi u, shunda Berliozga qaragan chap ko‘k ko‘zi birdan chaqnab ketdi, — uning joyi o‘sha yer! Ha, o‘shanda nonushta paytida unga: «Siz, professor, nima desangiz deng, lekin kashf etgan dalilingiz qovushmayapti! Ehtimol, u oqilona dalildir, ammo juda mubham. Sizni mazax qilib kulishlari mumkin», deb aytgan edim-a.

Berlioz baqrayib qoldi. «Nonushta paytida… Kant bilan gaplashgan?.. Nima deb valdiryapti o‘zi?» — deb o‘yladi u.

— Lekin, — gapida davom etdi chet ellik Berliozning hang-mang bo‘lganiga parvo qilmay, shoirga yuzlanarkan, — uni Solovkiga jo‘natishning hech imkoni yo‘q, bunga sabab, u, mana, yuz yildan oshdiki, Solovkidan ko‘ra ancha olisroq yerga jo‘natilgan, shu bois uni u yerdan olib chiqish — aslo mumkin emas, men sizga aytsam!

— Attang! — dedi qitmir shoir.

— Ha, attang! — dedi notanish ajnabiy ko‘zini chaqnatib, so‘ng gapida davom etdi: — Lekin meni boshqa masala bezovta qilyapti; agar xudo yo‘q bo‘lsa, unda bashariyat hayotini va umuman, yer yuzidagi barcha jonzodlarni kim boshqaryapti, degan savol tug‘iladi.

Bu, ochig‘ini aytganda, uncha oydin bo‘lmagan savolga Bezdomniy jahl bilan shosha-pisha javob qildi:

— Kim bo‘lardi, insonning o‘zi-da!

— Kechirasiz, — muloyim ohangda javob qildi notanish kishi, — hayotni boshqarish uchun, hech bo‘lmasa, oz muddatlik aniq bir reja bo‘lishi kerak. Vaholanki, atigi biror ming yil muddatga reja tuzish u yokda tursin, hatto o‘zining ertangi kuni haqida ham bir nima deyishga ojiz bo‘lgan inson, qani, menga ayting-chi, qanday qilib hayotni boshqara olsin. Darhaqiqat, — shunday deb u endi Berliozga o‘girildi, — bir tasavvur qilib ko‘ring, chunonchi, siz o‘zgalarni ham, o‘zingizni ham boshqara boshladingiz, farmoyishlar bera boshladingiz, umuman, bu ishning havosini ola boshladingiz, lekin birdan… ihi… ihi… o‘pkangiz sarkoma kasaliga chalinadiyu… — chet ellik go‘yo o‘pka sarkomasi unga huzur bag‘ishlaganday mamnun jilmay-di, — ha, sarkoma, — u ko‘zlarini mushuk yanglig‘ qisib, bu jarangdor so‘zni yana takrorladi, — shu bilan, boshqaruvchilik faoliyatingiz ham tugaydi-qoladi! Endi o‘z taqdiringizdan bo‘lak hech kim sizni qiziqtirmaydi. Xeshlaringiz sizni yolg‘on so‘zlar bilan yupatmoqchi bo‘lishadi, siz ahvolning pachavaligini his qilib, avvaliga alloma vrachlarga, keyin tovlamachi tabiblarga, hattoki folbinlarga ham zir yugura boshlaysiz. Lekin allomalardan ham, tabiblardan ham, folbinlardan ham hech bir naf boTmasligini o‘zingiz yaxshi bilasiz. Oqibat bu urinishlarning hammasi fojia bilan tugaydi: yaqinginada o‘zini qandaydir ishlarni boshqarayotgandek his qilgan shaxs endi birdan taxta tobutda qimir etmay yotgan bo‘ladi, uning atrofida parvona bo‘lganlar esa bu jonsiz jismdan hech qanday naf yo‘qligini tushunib, pechda kuydirishadi. Lekin bundan ham battar bo‘lishi mumkin: bir odam Kislovodskka otlandi deylik, — shu yerga kelganda ajnabiy kishi Berliozga ko‘zlarini qisib qaradi, — oddiy safar deysiz, ammo u shuni ham amalga oshirolmaydi, chunki noma’lum bir sababga ko‘ra birdan sirg‘anib ketib, tramvay tagiga tushadi. Nahotki, sizningcha, u o‘zini o‘zi shunday boshqargan bo‘lsa? Uni qandaydir boshqa bir xilqat boshqargan edi, deb e’tirof etish to‘g‘ri boTmasmikin? — shunday deb ajnabiy kishi g‘alati istehzo bilan kulib yubordi.

Berlioz sarkoma dardi va tramvay haqidagi ko‘ngilsiz hikoyani zo‘r diqqat bilan tinglarkan, allaqanday hayajonli o‘ylar uni iztirobga sola boshladi. «U xorijlik emas! Xorijlik emas! — deb o‘ylardi Berlioz. — Juda antiqa bir nusxa… lekin, har qalay, kim bo‘ldiykin bu?»

— Chekkingiz kelyapti, nazarimda, a, — deb kutilmaganda Bezdomniyga yuzlandi notanish mehmon. — Qanaqasini yoqtirasiz?

— Nima, sizda har xil papiros bormi? — noxush ohangda so‘radi shoir — chindanam uning papirosi tugagan edi.

— Qaysi papirosni yoqtirasiz? — takror so‘radi notanish odam.

— Hay, «Nasha marka» ni, — jahl bilan dedi Bezdomniy.

Notanish mehmon cho‘ntagidan ohista portsigar chiqarib uni Bezdomniyga uzatdi:

— «Nasha marka».

Muharrirni ham, shoirni ham hayratga solgan narsa portsigarning aynan «Nasha marka» papiros bilan toTdirilganidan ham ko‘ra, portsigarning o‘zi hayratga solgan edi. U juda kattakon va qizil oltindan yasalgan bo‘lib, ochilganida qopqog‘i ustiga o‘rnatilgan uch qirrali gavhartosh ko‘k va oq cho‘g‘ bo‘lib yaraqlab ketdi.

Shunda ikki adabiyotchi ikki xil xayolga bordi. Berlioz: «Yo‘q, ajnabiy odam!» — dedi, Bezdomniy bo‘lsa: «Obbo la’nati! Kim bo‘ldi o‘zi bu, a?» — deb ko‘nglidan o‘tkazdi.

Shoir bilan portsigar sohibi papiros tutatishdi, chekmaydigan Berlioz esa papirosni rad etdi.

«Unga bunday deb e’tiroz bildirish kerak, — ahd qildi Berlioz, — ha, o‘lim haq, buni hech kim inkor etmaydi. Lekin gap shundaki…»

Biroq u aytmoqchi bo‘lgan gapini aytishga ulgurmay, xorijlik mehmon gap boshlab yubordi:

— Ha, o‘lim haq, lekin bu ham hali baharnav. Eng yomoni shundaki, u ba’zan kutilmaganda qazo qiladi, hamma balo shunda! Odam, umuman, bugun kechqurun nima bilan mashg‘ul bo‘lishini ham ayta olmaydi.

«G‘irt bema’ni musohaba…» — deb o‘yladi Berlioz va e’tiroz bildirdi:

— Yo‘q, bu o‘rinda judayam lof qilib yubordingiz. Masalan, men bugun oqshomda nimalar qilishimni, ozmi-ko‘pmi, aniq bilaman. Ha, albatta, turgan gapki, mabodo Bronnaya ko‘chasida boshimga dabdurustdan g‘isht tushib ketmasa…

— G‘isht, — deb unipg so‘zini salobat bilan bo‘ldi notanish mehmon, — hech qachon, hech kimning boshiga besabab tushmaydi. Ishontirib aytamanki, shaxsan sizga g‘isht hech qanday xavf tug‘dirmaydi. Siz boshqacha o‘lim topasiz.

— U qanaqa o‘lim ekan, balki siz bilarsiz? — deb oshkora kinoya bilan so‘radi Berlioz bu g‘irt bema’ni suhbat domiga tobora ko‘proq tortilarkan. — Ehtimol, menga aytarsiz ham?

— Bajonidil, — dedi begona kishi. U go‘yo Berliozga kostyum bichmoqchi bo‘lganday, boshdan-oyoq unga razm solib chiqdi, so‘ng gijir tishlari orasidan: «Bir, ikki… Merkuriy ikkinchi uyda… oy botdi… olti — baxtsizlik… oqshom — yetti…» — deb g‘o‘ldiradi-da, sho‘x ovoz bilan baralla dedi: — Kallangiz uziladi!

Bezdomniy bu betakalluf odamga jahl bilan o‘qrayib qaradi, Berlioz esa miyig‘ida tirjayib so‘radi:

— Kim uzadi? Dushmanlarmi? Interventlarmi?

— Yo‘q, — deb javob qildi hamsuhbat, — rus qizi, komsomol qiz.

— Hm… — deb qo‘ydi Berlioz notanish ajnabiyning qaltis hazilidan g‘ijinib, — afv etasiz-u, ammo bu dargumon.

— Meni ham afv etishingizni so‘rayman, — javob qildi ajnabiy kishi, — lekin bu aniq. Darvoqe, sizdan bir narsani so‘ramoqchiydim, bugun kechqurun nima ish qilasiz, agar sir bo‘lmasa?

— Sir emas. Hozir Sadovaya ko‘chasiga, uyimga boraman, keyin kech soat o‘nda MASSOLITda majlis bor, men unda raislik qilaman.

— Yo‘q, aslo bunday bo‘lishi mumkin emas, — qat’iy e’tiroz bildirdi xorijlik kishi.

— Nima uchun endi?

— Shuning uchunki, — deb javob qaytara boshladi ajnabiy mehmon va suzuk ko‘zlarini osmonga qaratdi, — hademay oqshomgi salqin tushishini his qilgan qora qaldirg‘ochlar fazoda tovushsiz «viz-viz» uchadilar, Annushka pista moyi sotib oldi, sotib oldigina emas, uni to‘kib ham bo‘ldi. Demak, majlis bo‘lmaydi.

Turgan gapki, bu mujmal gapdan so‘ng jo‘kalar ostiga sukunat cho‘qdi.

— Afv etasiz, — deb bir oz sukutdan keyin gap boshladi Berlioz, bema’ni safsata sotayotgan xorijlik kishiga qarab qo‘yib, — pista moyining bunga nima daxli bor… keyin, kim u Annushka?

— Pista moyining daxldorligiga sabab buyoqda, — deb birdan gapga aralashdi Bezdomniy, chamasi u chaqirilmagan hamsuhbatga qarshi urush e’lon qilmoqchi bo‘lgandi, — siz, grajdanin, ruhiy kasallar shifoxonasida hech bo‘lganmisiz?

— Ivan!.. — ohista tanbeh berdi Mixail Aleksandrovich.

Lekin ajnabiy mehmon aslo ranjimadi, balki xushchaqchaq kulib yubordi.

— Bo‘lganman, bir emas, bir necha marta bo‘lganman! — deb chinqirdi u kulgancha, lekin jiddiy ko‘zlarini shoirdan uzmay. — Ne-ne joylarda bo‘lganman! Faqat, afsus, professordan shizofreniya nima deb so‘rashni unutibman. Endi o‘zingiz undan so‘rab bilib olasiz-da, Ivan Nikolaevich!

— Ismi-sharifimni qayoqdan bilasiz?

— Qiziqmisiz, Ivan Nikolaevich, sizni kim tanimas ekan? — ajnabiy mehmon shunday deb cho‘ntagidan «Literaturnaya gazeta» ning kechagi sonini chiqardi, shunda Ivan Nikolaevich gazetaning birinchi sahifasida o‘z suratini, surat ostida o‘zi yozgan she’rni ko‘rdi. Biroq kechagina uni xushnud etgan shuhrat va dovruq sababchisi bo‘lmish bu she’r endi shoirni aslo sevintirmadi.

— Meni kechirasiz, — dedi u rangi quv o‘chib ketib, — bir daqiqa sabr qila olmaysizmi? O‘rtog‘imga aytadigan ikki og‘iz omonat gapim bor edi.

— O, bemalol! — dedi notanish kishi. — Bu yer — jo‘ka osti juda halovatli yer ekan, undan keyin, men hech yerga shoshayotganim yo‘q.

— Menga qara, Misha, — pichirladi shoir Berliozni chetroqqa boshlab o‘tib, — u hech qanaqa ajnabiy emas, balki josus. U mamlakatimizga o‘tib olgan rus muhojiri. Tezroq uning hujjatini so‘ra, bo‘lmasa ketib qoladi…

— Shunaqamikin-a? — hayajonli pichirladi Berlioz, o‘zi esa: «Gapi to‘g‘riga o‘xshaydi!» — deb ko‘nglidan o‘tkazdi.

— Gapimga ishonaver, — deb Berliozning qulog‘iga xirilladi, — u o‘zini go‘llikka solib, ba’zi narsalarni bilib olmoqchi. Ugshng ruscha qanaqa gapirishini o‘zing eshitding, — shoir pichirlab gapirarkan, notanish odam qochib ketmasin, deb u tomonga ko‘z qirini tashlab turardi, — yur, uni qo‘lga olamiz, qochib qolmasidan…

Keyin shoir Berliozni qo‘lidan ushlab, uni skameyka tomon boshladi.

Begona kishi endi skameykadan turgan, qo‘lida to‘q kulrang muqovali qandaydir guvohnoma, sifatli qalin qog‘ozdan ishlangan konvert va tashrifnoma ushlab turardi.

— Meni kechiringlar, mubohasaga berilib ketib, o‘zimni tanitishni unutibman. Mana mening tashrifnomam, pasportim va Moskvaga konsultatsiyaga chaqirilgapim haqida taklifnoma, — deb notanish kishi ikkala adabiyotchiga o‘tkir ko‘zlariii tikkancha keskin-keskin gapirdi.

Shunda ikki do‘st xijolat bo‘lib qoldi. «Obbo, hamma gapni eshitipti-yu…» — deb o‘yladi Berlioz va muloyim ishora bilan hujjat ko‘rsatishning hojati yo‘qligini bildirdi. Ajnabiy mehmop xujjatlarini muharrirga uzatayotgan chog‘da, tashrifnomadagi ajnabiy tilda «professor» deb yozilgan so‘zga va familiyasining bosh harfi — («V»)ga shoirning ko‘zi tushib qolgan edi.

Bu asnoda, muharrir xijil bo‘lib:

— G‘oyat xursandman, — deb g‘o‘ldiradi, xorijlik kishi hujjatlarini yana cho‘ntagiga solib qo‘ydi.

Shu yo‘sinda munosabat qayta tiklandi-yu uchovlari yana skameykaga o‘tirishdi.

— Siz mamlakatimizga konsultant sifatida taklif qilinganmisiz, professor? — so‘radi Berlioz.

— Ha, konsultantman.

— Siz — nemismisiz? — deb surishtirdi Bezdomniy.

— Menmi?.. — takror so‘radi professor va birdan chuqur o‘yga toldi. — Ha, nemis desayam bo‘ladi…

— Ruscha juda yaxshi gapirarkansiz, — e’tirof etdi Bezdomniy.

— O, men umuman poliglotman, juda ko‘p tilni bilaman, — javob qildi professor.

— Qay sohadan mutaxassissiz? — deb so‘radi Bezdomniy.

— Men jodu bo‘yicha mutaxassisman.

«Shu yetmay turuvdi!..» — degan fikr Mixail Aleksandrovichning miyasiga sanchikday urildi.

— Siz… sizni shu soha bo‘yicha taklif qilishganmi mamlakatimizga? — duduqlanib so‘radi u.

— Ha, shu soha bo‘yicha, — deb tasdiqladi professor va fikrini izohlay boshladi: — Bu yerdagi davlat kutubxonasida o‘ninchi asrda yashagan afsungar Her-bert Avrilakskiyning asl qo‘lyozmalari topilgan. Shularni tahlil qilishni so‘rashyapti mendan. Bu sohada men dunyoda yagona mutaxassisman.

— A-a! Tarixchi ekansiz-da? — yengil tin olib, hurmat bilan so‘radi Berlioz.

— Ha, tarixchiman, — tasdiqladi olim, so‘ng xuddi tomdan tarasha tushganday ilova qildi: — Bugun kechqurun Patriarx ko‘lida alomat voqea sodir bo‘ladi!

Muharrir bilan shoir yana hayratlanishdi, professor esa ularni o‘ziga tomon imladi, ikki do‘st engashib, unga quloq tutganda, shunday deb pichirladi:

— Esingizda bo‘lsin, Iso bo‘lgan.

— Bilasizmi, professor, — dedi Berlioz zo‘rma-zo‘raki jilmayib, — biz sizning benazir bilimingizni hurmat qilamiz, ammo biz bu masalada o‘zgacha nuqtai nazarga egamiz.

— Hech qanday nuqtai nazarning keragi yo‘q! — javob qildi alomat professor. — U bo‘lgan, vassalom.

— Axir buning uchun qandaydir isbot kerak-ku… — deb gap boshladi Berlioz.

— Hech qandy isbotning hojati yo‘q, — deb javob qildi professor va past ovoz bilan gapira boshladi, ammo uning tilidagi ajnabiylarga xos talaffuz negadir endi yo‘qolgan edi: — Buning hech taajjub qiladigan yeri yo‘q! Egniga qirmizi astarli oq rido kiygan…

Ikkinchi bob PONTIY PILAT

Egniga qirmizi astarli oq rido kiygan Iudeya prokuratori Pontiy Pilat bahorgi nison oyining o‘n to‘rtinchi kuni ertalab barvaqt Buyuk Irod qasrining ikki qanoti o‘rtasidagi usti yopiq ustunlar poyiga xuddi suvoriy kabi poshnasini sudrab chiqib keldi.

Prokurator hamma narsadan ham atirgul moyining hidini yoqtirmas edi, shu bois, bugungi kun dilsiyohlik bilan o‘tishi muqarrar edi, zero bu hid bugun tongdan uni ta’qib qila boshlagan edi. Prokuratorning nazarida, atirgul isini bog‘dagi sarv va xurmo daraxtlari chiqarayotganday, ko‘n abzallar va otlarning hidiga ham o‘sha la’nati atirgul hidi omixta bo‘layotgandek tuyulardi. Prokuratorni Yershalaimga kuzatib kelgan O‘n ikkinchi Shiddatli legionning birinchi kogortasi joylashgan qasr ortidagi uylardan bog‘ning muallaq sahni osha ustunlar maydoniga tutun esib kelar, oshpazlarning tushlik hozirlay boshlaganidan darak beruvchi bu achchiq tutunga ham o‘sha o‘tkir atirgul hidi omixta bo‘layotgan edi. O, tangrilar, qay gunohim uchun meni buncha azoblaysizlar?

«Ha, shubha yo‘q! Yana o‘sha dard, hech daf qilib bo‘lmaydigan yaramas Xemikraniya kasali — u qo‘ziganda kallaning yarmi og‘riydi. Bu dardga davo yo‘q, undan qutulish uchun hech qanday iloj ham yo‘q. Boshimni qimirlatmaslikka urinib ko‘ray-chi».

Favvora yaqinidagi koshinkor sahnga suyanchiqli kursi qo‘yilgan edi, prokurator hech kimga ko‘z tashlamay, shu kursiga o‘tirdi-yu, qo‘lini yon tomonga cho‘zdi.

Kotib uning uzatgan qo‘liga ehtirom bilan bir parcha pergament tutqazdi. Prokurator og‘riq azobidan aftini noiloj bujmaytirgancha, pergamentga qiyo boqib, undagi yozuvga ko‘z yugurtirib chiqdi va uni kotibga qaytararkan, qiynalib dedi:

— Tergov qilinayotgan Galileyadan ekanmi? Uning ishini tetrarxga yuboruvdinglarmi?

— Ha, prokurator, — deb javob qildi kotib.

— U qanday hukm chiqardi?

— Tetrarx bu ish yuzasidan aybnoma chiqarishdan bosh tortdi va Sinedrion chiqargan o‘lim jazosini tasdiqlashni sizga havola qildi, — deb izohladi kotib.

Prokurator yonoq payini bir uchirib qo‘yib, past ovoz bilan dedi:

— Ayblanuvchini olib kiring.

Shu zahoti ikki legioner bog‘ sahnidan ustunlar poyidagi ravonga yigirma yetti yoshlardagi bir odamni boshlab kirib, uni prokurator o‘tirgan kursi ro‘parasiga turg‘izib qo‘yishdi. Bu odam egniga havorang uzun juldur ko‘ylak kiygan edi. Uning boshiga oq ro‘mol tashlanib, peshonasi tasma bilan bog‘langan, qo‘li esa orqasiga bog‘log‘liq edi. Bu odamning chap ko‘zi osti ko‘kargan, og‘zining bir chekkasi shilinib, qoni qotib qolgan edi. U prokuratorga qo‘rquv aralash sinchkovlik bilan tikildi.

Prokurator bir oz sukutdan so‘ng arameylar tilida so‘radi:

— Odamlarni Yershalaim jomesini vayron qilishga undagan senmiding?

Prokurator toshday qotib o‘tirar, gapirganida faqat lablarigina zo‘rg‘a qimirlardi. U og‘riqdan otash bo‘lib yonayotgan boshini chayqashdan qo‘rqqani uchun shunday haykal bo‘lib o‘tirardi.

Qo‘li bog‘log‘liq odam xiyol oldinga talpindi-da, gap boshladi:

— O, saxovatli odam! Gapimga ishon…

Lekin prokurator o‘sha-o‘sha toshday qotib o‘tirgancha, tovushini ham balandlatmay, darhol mahbusning so‘zini bo‘ldi:

— Sen hali meni saxovatli odam deyapsanmi? Yanglishasan. Yershalaimda hamma odamlar meni badqahr maxluq deb pichirlashadi — juda to‘g‘ri aytishadi, — keyin u gap ohangini o‘zgartirmay ilova qildi: — Kenturion Kalamushkushni chaqiringlar.

Maxsus kenturiya" qo‘mondoni Kalamushkush laqabli Mark prokurator qoshida paydo bo‘lganida hammaning nazarida go‘yo butun ravonni zulmat chulg‘aganday bo‘ldi.

Kalamushkush legiondagi eng novcha soddatdan ham bir qarich baland va shu qadar yag‘rindor ediki, endi ko‘tarilib kelayotgan quyoshni tamomila to‘sib qo‘ygan edi.

Prokurator unga lotin tilida gapirdi:

— Jinoyatchi meni «saxovatli odam» deb aytyapti. Uni bu yerdan bir daqiqaga olib chiqingda, menga qanday murojaat qilishni tushuntirib qo‘ying. Lekin mayib qilmang.

Mark Kalamushkush, orqamdan yur, demoqchi bo‘lganday, mahbusga qo‘l siltadi; shunda toshday qotib o‘tirgan prokuratordan boshqa hamma uni orqasidan kuzatib qoldi.

Umuman, Kalamushkush qaerda bo‘lmasin, daroz odam bo‘lganidan, hamma uni orqasidan kuzatib qolardi, uni birinchi marta ko‘rgan odamlar esa badbashara aftiga ham hang-mang bo‘lib tikilishardi: unipg burni bir vaqtlar olmon gurzisidan pachoq bo‘lgan edi.

Markning koshinlarga «do‘q-do‘q» urilgan zilday etigi ovozi tindi, mahbus uning orqasidan tovushsiz ergashdi, ustunlar maydonchasi tamoman sukutga cho‘kdi, shu sababli ravon oldidagi bog‘ sahnida kaptarlarning g‘uv-g‘uvlagani, favvoradagi suvning antiqa ohangda yeqimtoy jildirashi eshitila boshladi.

Prokurator o‘rnidan turib, jildirab oqayotgan favvora suviga chakkasipi tutgaicha qimirlamay turishni istardi. Lekin bu ham, baribir, dardiga davo bo‘lolmasligini bilardi.

Kalamushkush mahbusni boqqa olib chiqib, birinj haykal poyida turgan legioner qo‘lidagi qamchini tortib oldi va uni kuchsizgina siltab, mahbusning yelkasiga tushirdi. Ko‘mondon yeigil va beparvo harakat qildi, lekin mahbus shu zahoti xuddi oyog‘iga bolta urilgandek qulab tushdi, nafasi qaytib, rangi bo‘zdek oqardi, ko‘zlari ma’nosiz bokdi. Mark chap qo‘li bilan mahbusni xuddi bo‘sh qop ko‘targanday osongina ko‘tarib, oyoqqa turg‘azdi va arameylar tilida so‘zlarni buzib ming‘illadi:

— Rim prokuratoriga faqat igemon deb murojaat qilish kerak, vassalom. Unipg qarshisida g‘oz turish kerak. Gapimga tushundingmi yo yana qamchilaymi?

Mahbus gandiraklab ketdi, lekin o‘zini tutib oddi, axiyri rangiga qon yugurib, nafasini rostladi-da, hirqiroq ovoz bilan javob qildi:

— Gapingga tushundim. Urma meni.

Bir daqiqadan keyin u yana prokurator ro‘parasida turardi.

Hukmronning so‘nik va xasta ovozi eshitildi:

— Isming?

Mahbus bama’ni javob berishga, ortiq hukmdorning g‘azabini keltirmaslikka shay ekanligini butun vujudi bilan ifodalab, shosha-pisha dedi:

— Menikimi?

Prokurator past ovoz bilan dedi:

— Meniki o‘zimga ma’lum. O‘zingni haddan ziyod ovsarlikka solma. Sening isming nima?.

— Ieshua, — shosha-pisha javob qildi mahbus.

— Laqabing bormi?

— Ha.Notsri.

— Qaerliksan?

— Gamala shahridan, — javob qildi mahbus va qaerdadir, uzoq shimolda, o‘ng tomonda Gamala degan shahar borligini boshi bilan ishora qilib ko‘rsatdi.

— Qaysi nasabdansan?

— Aniq bilmayman, — tez javob qildi mahbus, — ota-onamni bilmayman. Aytishlaricha, otam suriyalik ekan…

— Muqim qaerda yashaysan?

— Muqim yashaydigan makonim yo‘q, — iymanibgina javob qildi mahbus, — shaharma-shahar kezib yuraman.

— Buni bir so‘z bilan qisqa qilib ifodalash mumkin — sayoqsan, — dedi prokurator, so‘ng so‘radi: — Xeshlaring bormi?

— Hech kimim yo‘q. Dunyoda yolg‘izman.

— Savoding bormi? — Ha.

— Arameylar tilidan o‘zga biron tilni bilasanmi?

— Bilaman. Yunon tilini.

Pilatning shishgan bir qovog‘i ko‘tarilib, iztirobdan xiralashgan ko‘zi mahbusga tikildi. Ikkinchi ko‘zi yumuqligicha qoldi.

U yunoncha gapira boshladi:

— Ibodatxonani vayron qilmoqchi bo‘lgan va bu ishga xalqni da’vat etgan senmiding?

Endi mahbus yana jonlandi, ko‘zlaridan qo‘rquv alomati g‘oyib bo‘lib, yunon tilida gapira boshladi:

— Mep, saxov… — sal bo‘lmasa og‘zidan chiqib ketayozgan bu so‘zdan mahbusning ko‘zlarida dahshat vujudga keldi, — men, igemon, hech qachon xayolimga ham keltirmaganman ibodatxonani vayron qilishni va hech kimni da’vat ham etmaganman bunday noma’qul ishga.

Pastak stolga bukchayib olib mahbus berayotgan guvohlikni yozib o‘tirgan kotibning yuzida taajjub alomati paydo bo‘ldi. U boshini ko‘tardi, lekin shu zahoti yana pergamentga engashib oldi.

— Bu shaharda o‘tadigan bayram namoyishiga turli toifadagi odamlar kelishadi. Ular orasida sehrgarlar, munajjimlar, folbinlaru qotillar bo‘lishadi, — derdi prokurator bir xil ohangda, — lekin ular ichida yolg‘onchilar ham topiladi. Chunonchi, sen yolg‘onchisan. Xalqni ibodatxonani vayron qilishga undadi, deb aniq yozib qo‘yilipti. Odamlar guvohlik bergan.

— Usha saxovatli odamlar, — deb gapira boshladi mahbus va shosha-pisha: — igemon, — deb ilova qildiyu, gapini davom ettirdi: — savodi yo‘q omilardir, shu bois men aytgan gaplarni chalkashtirib yuborishgan. Umuman, bu chalkashliklar hali juda uzoq vaqt davom etmasaydi deb xavotirdaman. Hamma balo shundaki, mening gaplarimni u noto‘g‘ri yozib olyapti.

Sukunat. Endi Pilatning ikkala xasta ko‘zi mahbusga og‘ir tikilardi.

— Senga oxirgi marta takrorlayman: o‘zingni jinnilikka solma, qaroqchi, — mayin ohangda dedi Pilat o‘sha-o‘sha xasta ovoz bilan, — ustingdan yozilgan dalillar ko‘p emas, illo shularning o‘zi ham seni dorga osish uchun kifoya qiladi.

— Yo‘q, yo‘q, igemon, — dedi mahbus Pilatni o‘z gapiga ishontirish uchun astoydil urinib, — bittasi bor, qo‘liga taka terisidan ishlangan pergament ushlab olib, orqamdan izma-iz yurgani-yurgan, to‘xtovsiz yozgani-yozgan. Lekin bir marta o‘sha pergamentga ko‘z qirimni tashlab hangu mang bo‘lib qoldim. Men u yerda yozilgan gaplarning birortasini ham gapirmagan-man. Xudo haqqi, yoqib yubor bu pergamentingni, deb yolvordim unga. Lekin u pergamentni qo‘limdan yulib olib, qochib ketdi.

— Kim o‘zi u? — ijirg‘anib so‘radi Pilat va qo‘lini chakkasiga olib bordi.

— Leviy Matvey degan odam, — bajonidil izohlay boshladi mahbus, — u o‘lpon yig‘uvchi edi. Men u bilan birinchi marta Viffagiyaga boradigan yo‘l yoqasidagi anjirzor muyulishida to‘qnash kelib gaplashib qolgandim. Avvaliga u menga adovat bilan qaradi, hatto haqorat ham qildi, ya’ni meni it deb atab, o‘zicha haqorat qildim deb o‘ylagan bo‘lishi kerak, — mahbus jilmayib qo‘ydi. — Shaxsan men bu jonivorning hech qanday yomon jihatini bilmayman, shuning uchun undan xafa ham bo‘lmadim…

Kotib yozishdan to‘xtadi va zimdan, mahbusga emas, prokuratorga taajjub bilan bokdi.

— … biroq gaplarimni eshitib, shashtidan qayta boshladi, — davom etdi Ieshua, — oxiri borib, u yiqqan pullarini yo‘lga otib yuborib, sen bilan jahongashtalik qilaman, dedi…

Pilat sarg‘ayib ketgan tishlarini ko‘rsatib, bir yonog‘ini uchirib tirjaydi va butun gavdasi bilan kotib tomonga o‘girilib dedi:

— O, Yershalaim shahri! Bu yerda ne-ne antiqa gaplarni eshitmaysan. O‘lpon yig‘uvchi, buni qarangki, pullarini yo‘lga sochib yuborganmish!

Kotib bunga javoban nima deyishini bilmay, Pilatning jilvasiga taqlid qilishni lozim ko‘rdi.

— Negaki u, bugundan e’tiboran puldan hazar qilaman, deb aytdi, — deb izohladi Ieshua Leviy Matveyning alomat raftorini izohlab va qo‘shib qo‘ydi: — O‘sha kundan boshlab u menga hamroh bo‘lib oldi.

Prokurator hamon tirjayishini qo‘ymay mahbusga qaradi, so‘ng o‘zi o‘tirgan yerdan ancha uzoqda, pastlikda bo‘lgan Hippodrom va u yerdagi ot haykallari uzra muttasil yuqoriga ko‘tarilayotgan quyoshga yuz tutdi-yu, birdan ko‘ngilni behuzur qiluvchi allaqanday dard bilan: «O‘zimni qiynab o‘tirmasdan «Osilsin!» — degan bir og‘iz so‘z bilan bu notavon jinoyatchini ravondan haydab yuborsam ham bo‘lardi-ku. Keyin, soqchilarni ham quvib, o‘zim qasrga kirganim, ko‘shkni qorong‘ilatib, chorpoyaga yotganim, sovuq suv keltirishlarini buyurib, ayanchli ovoz bilan itim Bangani chaqirganim va unga boshim og‘riyotganini aytib zorlanganim yaxshi edi», — deb xayolidan o‘tkazdi. Shu choq birdan prokuratorning og‘riq boshida «og‘u» degan fikr paydo bo‘ldi-yu, uni vasvasaga solib «lip» etib o‘tib ketdi.

U xira ko‘zlarini mahbusga tikkancha bir oz muddat sukutga tolarkan, kaltak yeyaverib badbashara bo‘lib ketgan bu mahbus Yershalaimning ertalabki shafqatsiz quyoshi tig‘ida nima qilib turipdi ro‘paramda, hali yana qanday nafi yo‘q savollar berishim kerak unga, deb qiynalib bosh qotirardi.

— Leviy Matvey dedingmi? — hirqiroq ovoz bilan so‘radi bemor va ko‘zlarini yumdi.

— Ha, Leviy Matvey, — Pilatning azobini orttiruvchi yangroq ovoz eshitildi.

— Harholda, nimalar degan eding bozordagi olomonga ibodatxona haqida?

Jevob qaytarayotgan odamning ovozi Pilatni qattiq iztirobga solib, chakkasiga qoziq bo‘lib qoqilayotganday tuyulardi:

— Kamina, igemon, ibodatxona haqida og‘iz ham ochganim yo‘q, balki ko‘hna imon ma’badi vayron bo‘lib, yangi haqiqat ma’badi barpo bo‘ladi, degan edim, xolos. Lo‘nda qilib tushuntirish uchun shunday degandim.

— Nechun sen, sayoq, o‘zing tasavvur qila olmaydigan haqiqat to‘g‘risida bozorda va’z qilib odamlarning diliga g‘uluv solding? Haqiqat o‘zi nima?

Lekin shu zahoti prokuratorning dilidan: «O tangrilarim! Men sud uchun mutlaqo nokerak narsalarni so‘rayapman undan… Aqlu farosatim ortiq itoat etmayapti menga…» degan so‘zlar o‘tdi. Shu payt uning ko‘ziga yana qora suyuqlik quyilgan qadah ko‘rindi. «Og‘u kerak menga, og‘u!»

Yana mahbusning ovozi eshitildi.

— Hozir birinchi navbatdagi haqiqat shuki, sening boshing og‘riyapti, og‘rigandayam nihoyatda qattiq og‘riyapti, shu bois sen ruhingni tushirib, o‘lim haqida o‘ylay boshlading. Sen nainki men bilan gaplashishga, hatto menga tikilib qarashga ham ojizsan hozir. Binobarin, men beixtiyor sening jallodingga aylanmoqdamanki, bu holdan qattiq xijolatdaman. Hozir sen hech narsa to‘g‘risida o‘ylashga qodir emassan, shuning uchun ham, faqat o‘z itingni qoshingga kelishini orzu qilyapsanki, chamasi, sen dunyoda ixlos qo‘xggan yagona jonzod shu iting bo‘lsa kerak. Lekin hozir azobing ariydi, bosh og‘rig‘ing qoladi.

Kotib mahbusga baqrayib qolganidan yozuvi chala qoldi.

Pilat dardli ko‘zlarini zo‘r-bazo‘r mahbusga ko‘targan edi, quyoshning Hippodrom uzra ancha baland ko‘tarilganini, uning shu’lasi endi ustunlar orasiga ham tushib, Ieshuaning to‘zgan kafshlari sari o‘rmalab kelganini va u o‘zini oftobdan chetga olib qochayotganini ko‘rdi.

Shunda u kursidan turdi, qo‘llari bilan boshini mahkam siqdi, soqoli olingan za’faron yuzida dahshat aks etdi. Lekin u o‘z iroda kuchi bilan bu hissiyotni darhol daf qilib, yana o‘rniga o‘tirdi. Mahbus esa bu asnoda gapini davom ettirardi, lekin kotib endi hech nima yozmas, faqat g‘oz kabi bo‘ynini cho‘zib, aytilgan har bir so‘zni diqqat bilan ilg‘ab olardi.

— Ana, hammasi tugadiyam, — dedi mahbus Pilatga xayrixohona boqarkan, — benihoya xursandman bundan. Senga, igemon, qasrni vaqtinchalik tark etib, shahar chekkasida, chunonchi, Yeleon tepaligidagi bog‘larda piyoda sayr qilishni maslahat berardim. Momaqaldiroq bo‘ladi, — mahbus ko‘zlarini qisib quyoshga qaradi, — ho‘ hali, kechga borib. Sayr qilsang o‘zingga yaxshi bo‘lardi, men esa bajonidil senga hamroh bo‘lardim. Miyamga ayrim yangi fikrlar keldi, ular seni qiziqtirishi mumkin deb o‘ylayman, shu bois sen bilan jon-jon deb fikrlashgan bo‘lardim, boz ustiga, sen donishmand odamga o‘xshab ko‘rinyapsan.

Kotib murdadek oqarib ketib, qo‘lidagi pergamentni tushirib yubordi.

— Hamma balo shundaki, — deb gapida davom etdi bandi — hech kim uning gapirishiga monelik qilmayotgan edi, — sen haddan tashqari odamovi bo‘lib qolgansan, odamlarga bo‘lgan ishonchni tamomila yo‘qotgansan. Axir o‘zing o‘yla, butun mehru moyillikni bitta itga qaratib kun kechirish mumkin emas-ku. Hayoting, igemon, qashshoq, — shu so‘zdan so‘ng u jilmayishga jur’at etdi.

Kotib endi faqat bir narsa to‘g‘risida: o‘z quloqlarimga ishonsammikin yo ishonmasammikin, deb o‘ylardi. Lekin ishonmay iloji yo‘q edi. Oqibat u, mahbusning ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan bunday gustohligini eshitgan tajang prokuratorning g‘azabi qanday antiqa shaklda ifoda qilinishini tasavvur qilishga urinib ko‘rdi. Kotib buni ham tasavvur qila olmadi, holbuki, u prokuratorning fe’lini juda yaxshi bilardi.

Shunda Pilatning so‘nik va hirqiroq ovozi eshitildi:

— Qo‘lini yechinglar, — dedi u lotin tilida. Soqchi legionerlardan biri nayzasini yerga «do‘q» etib urib, uni boshqa soqchiga berdi va o‘zi mahbusga yaqinlashib arqonni yechdi. Kotib yerga tushgan pergament o‘ramini ko‘tarib oddi, lekin hozircha hech nima yozmaslikka, hech narsadan ajablanmaslikka ahd qildi.

— Rostini ayt, — yunon tilida pichirlab so‘radi Pilat, — sen hakimi hoziqmisan?

— Yo‘q, prokurator, hakim emasman, — javob qildi mahbus anjirday ezilgan va shishib qizarib ketgan bilaklarini huzur qilib uqalarkan.

Pilat mahbusga qovog‘i ostidan xuddi uni teshib yuborgudek o‘qrayib qaradi, uning ko‘zlaridagi xiralik endi yo‘qolib, yana hammaga tanish bo‘lgan g‘azab uchqunlari paydo bo‘lgandi.

— Boya so‘ramabman, — dedi Pilat, — sen balki lotin tilini ham bilarsan?

— Ha, bilaman, — javob qildi mahbus. Pilatning za’faron yuziga qon yugurdi va u lotinchalab so‘radi:

— Itni yonimga chaqirmoqchi bo‘lganimni qanday bidding?

— Bu qiyin emas, — javob berdi mahbus lotin tilida, — sen xuddi itni silamoqchi bo‘lganday qo‘lingni mana bunday qilding, — mahbus Pilatning qo‘l harakatini takrorladi, — keyin lablaring ham…

— Ha, — dedi Pilat.

Bir oz jim qolishdi, so‘ng Pilat yunon tilida savol berdi:

— Demak, sen tabibsan?

— Yo‘q, yo‘q, — shosha-pisha javob qildi mahbus, — gapim rost, tabib emasman.

— Ha, yaxshi. Agar sir tutmoqchi bo‘lsang, ixtiyoring. Buni ishimizga bevosita daxli yo‘q. Demak, sen ibodatxonani vayron qilishga… yo unga o‘t qo‘yishga, yo bo‘lmasa boshqa biron yo‘l bilan uni barbod qilishga xalqni da’vat etmagansan?

— Takror aytaman, igemon, men hech kimni bunday ishga da’vat etmaganman. Nahotki, kaltabin odamga o‘xshasam?

— O, haq rost, sen kaltabin odamga o‘xshamaysan, — past ovoz bilan dedi prokurator va dahshatli tarzda jilmayib qo‘ydi. — Hay, bo‘lmasa, bunday qilmaganliging haqida qasam ich.

— Nima deb qasam ichishimni xohlaysan? — so‘radi qo‘li yechilib, ruhi ko‘tarilgan bandi.

— Hayotingni tikib ont ichaqol, — dedi prokurator, — hozir ayni hayotingni o‘rtaga qo‘yadigan payt, zero, u hozir qil uchida osilib turipti, buni unutma!

— Hayotimni qil uchiga balki sen osib qo‘ygandirsan, igemon? — so‘radi mahbus. — Agar shunday deb o‘ylayotgan bo‘lsang qattiq yaiglishasan.

Pilatni qaltiroq bosdi, so‘ng gijir tishlari orasidan dedi:

— Men o‘sha qilni uzib tashlashim mumkin.

— Yana yanglishyapsan, — mahbus kaftini quyoshdan soyabon qilib ochiq yuz bilan tabassum qildi. — Qilni kim osgan bo‘lsa, o‘shaning o‘zigina uzishi mumkin, shunday emasmi?

— Ha, tushunarli, — dedi tirjayib Pilat, — yershalaimlik ishyoqmas anqovlarning orqangdan galalashib yurganiga endi hech shubham qolmadi. Tilingni kim qayragan bo‘lsa ham juda o‘tkir qilib qayrapti. Darvoqe, ayt-chi: sen Yershalaimga Suz qopqasidan eshak minib kirib kelganmishsan, qora xalq seni misoli bir payg‘ambardek shodiyona hayqiriqlar bilap kutib olganmish, shu to‘g‘rimi? — shunday deb prokurator pergamentga ishora qildi.

Mahbus hayron bo‘lib prokuratorga tikilib qoldi.

— Menda eshak degan narsani o‘zi yo‘q, igemon, — dedi u. — To‘g‘ri, Yershalaimga Suz qopqasidan kirganman, lekin piyoda edim, hamrohim ham yolg‘iz Leviy Matvey edi, undan keyin hech kim menga hech nima deb qichqirganiyam yo‘q, chunki u payt meni Yershalaimda hech kim tanimas edi.

— Sen, — deb davom etdi Pilat ko‘zini mahbusdan uzmay, — Dismas degan odamni, keyin Gestas, yana Varravvan deganlarni taniysanmi?

— Men u saxovatli odamlarni tanimayman, — javob qildi mahbus.

— Rostingmi?

— Rostim.

— Endi menga yapa shuni ayt-chi, nega doim sen «saxovatli odam» deb gapirasan? Hammani ham shunday deb aytasanmi?

— Hammani, — javob qildi mahbus, — dunyoda yovuz odam yo‘q.

— Buni birinchi marta eshitishim, — dedi Pilat tirjaygancha, — ehtimol men hayotni yaxshi bilsman! Bu yog‘ini yozmasangiz ham bo‘ladi, — dedi u, shundoq ham hech nima yozmay o‘tirgan kotibga yuzlanib, so‘ng yana mahbus bilan suhbatini davom ettirdi: — Bironta yunon kitobida o‘qiganmisan bu to‘g‘rida?

— Yo‘q, o‘z aqlim bilan shunday xulosaga kelganman.

— Demak, sen shuni targ‘ib etasan?

— Ha.

— Mana, masalan, kenturion Mark — unga Kalamushkush deb laqab qo‘yishgan, xo‘sh, u ham saxovatlimi?

— Ha, — javob qildi mahbus, — to‘g‘ri, u baxtiqaro odam. Saxovatli odamlar uni badbashara qilishgan chog‘dan boshlab u badqahr va dag‘altabiat bo‘lib qolgan. Qiziq, kim uni bu ahvolga soldi ekan?

— Buni senga bemalol aytishim mumkin, — dedi Pilat, — zero, o‘zim buning shohidi bo‘lganman. O‘sha sen aytgan saxovatli odamlar unga xuddi ayiqqa hamla qilgan ko‘ppaklardek tashlanishgandi. Olomon uning bo‘g‘ziga, qo‘l va oyoqlariga yopishib olgandi. Piyodalar manitsuli qurshovga tushib qolgan edi, o‘shanda men qo‘mondonlik qilgan otliq qo‘shin yon tomondan qurshovni yorib kirmaganda edi, seiga, faylasuf, bugun Kalamushkush bilan suhbatlashish nasib etmagan bo‘lardi. Bu hol Idistavizo yaqinida, Parilar Vodiysida bo‘lgan jangda yuz bergan edi.

— Men u bilan suhbatlashsam, — o‘ychanlik bilan dedi birdan mahbus, — aminmanki, u fe’lini keskin o‘zgartirgan bo‘lardi.

— O‘ylaymanki, — dedi Pilat, — hatto agar qo‘shin ofitserlari yo soldatlaridan birontasi bilan suhbatlashganingda ham, bu raftoring bilan sarkardani qattiq ranjitgan bo‘larding. Xayriyatki, sening ham, sarkardaning ham baxtiga bunday suhbat sodir bo‘lmaydi, birinchi navbatda o‘zim bunga yo‘l qo‘ymayman.

Shu payt ustunlar sahniga bir qaldirg‘och o‘qdek uchib kirib, oltin gumbaz ostida bir marta charx urib uchdi-yu, so‘ng pasayib tokchaga o‘rnatilgap mis haykalning yonginasidan «g‘uv» etib o‘tib, ustun bo‘g‘oti panasida ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi. Ehtimol, o‘sha yerga in qurmoqchi bo‘lgandir.

Mana shu qaldirg‘och parvozi davomida prokurator boyakish endi og‘riqdap forig‘ bo‘lgan, dono boshida shunday bir qaror vujudga keldi: igemon Ha-Notsri laqabli sayoq faylasuf Ieshuaning ishini ko‘rib chiqib, uning faoliyatidan jinoyat topmadi. Xususan, Ieshuaning xatti-harakati bilan yaqinda Yershalaimda yuz bergan tartibsizliklar o‘rtasida hech qanday munosabat yo‘qligini aniqladi. Sayoq faylasufning ruhiy bemorligi ma’lum bo‘ldi. Binobarin, Kichik Sinedrionning Ha-Notsri ustidan chiqarilgan o‘lim hukmini prokurator tasdiqlamaydi. Lekin Ha-Notsrining telbalik dardi, utopik nutqlari Yershalaimda xalq g‘alayonlariga sabab bo‘lishi mumkinligini ko‘zda tutib, prokurator Ieshuani Yershalaimdan chetlatadi va O‘rta Yer dengizidagi Straton Qaysariyasida, ya’ni prokuraturaning qarorgohi joylashgan orolda qamoqqa hukm etadi.

Hukm tayyor. Endi uni kotibga aytib yozdirishgina qolgan edi.

Qaldirg‘och igemonning shundoqqina boshi ustidan qanotlarini pirillatib o‘tib, o‘zini favvora hovuzchasiga urdi, so‘ng keng fazoga parvoz qildi. Prokurator boshini ko‘tarib mahbusga qaragan edi, uning atrofida quyosh shu’lasiga g‘arq bo‘lgan changning to‘zon bo‘lib ko‘tarilganini ko‘rdi.

— Hammasi shuning to‘g‘risidami? — so‘radi Pilat kotibdan.

— Taassufki, yo‘q, — dedi kutilmaganda kotib va Pilatga boshqa bir pergamentni uzatdi.

— Nima gap ekan yana? — so‘radi Pilat va qovog‘ini solib oldi. U uzatilgan pergamentni o‘qib chiqdiyu rangi o‘zgarib ketdi. Bo‘yni va yuziga qora qon quyildimi yo boshqa bir hol yuz berdimi, har qalay, rangidagi sarg‘ishlik o‘zgarib qo‘ng‘ir tus oldi, ko‘zlari esa ich-ichiga kirib ketganday bo‘ldi.

Chamasi, hamma ayb chakkasiga quyilib, qattiq-qattiq tepa boshlagan qonda edi, ammo prokuraturning ko‘zlariga bir nima bo‘ldi. Mahbusning boshi allaqayoqlarga uchib ketib, o‘rnida boshqa kalla paydo bo‘lganday ko‘rindi uning ko‘ziga. Bu kal bosh bo‘lib, unga kungurasi siyrak oltin toj qo‘ndirilgan edi; uning manglay terisini o‘yib yuborgan doira shaklidagi yaraga malham surilgan; bitta ham tishi qolmagan og‘zi o‘pirilib, pastki labi injiqlik qilayotganday osilib qolgan edi. Shu mahal ravondagi pushtirang ustunlar va qasr poyidagi bog‘ning nariyog‘idan boshlab, olis-olislarga cho‘zilib ketgan Yershalaim tomlari Pilatning ko‘zidan g‘oyib bo‘lib, atrofdagi hamma narsalar Kapreya bog‘larining yam-yashil daraxtlari bilan burkanganday bo‘lib tuyuldi. Uning qulog‘iga ham juda g‘alati narsalar eshitila boshladi — go‘yo kimdir juda olisda turib ohista, ammo tahdidona tarzda karnay chalganday bo‘ldi, kimningdir har bir so‘zni cho‘zib-cho‘zib takabburona ohangda dimog‘ bilan: «Ulug‘ zotlarni tahqirlash haqida qonun», degan gapi juda aniq eshitildi.

Pilatning xayolidan kalta-kulta, poyintar-soyintar va g‘ayrioddiy fikrlar lip-lip o‘ta boshladi: «Halok bo‘ldi!», keyin: «Halok bo‘lishdi!..» Undan so‘ng shu ayqash-uyqash fikrlar orasida qandaydir — va kimningdir?! — muqarrar boqiyligi haqida mutlaqo bema’ni fikr ham vujudga keldiki, bu boqiylik negadir uning yuragini ziq qilib yubordi.

Pilat nihoyat o‘zini qo‘lga olib xayolotni daf qildi, o‘zini yana ravonda ko‘rdi, yana uning qarshisida mahbusning ko‘zlari chaqnab turardi.

— Quloq sol, Ha-Notsri, — deb gap boshladi prokurator Ieshuaga juda g‘alati tarzda tikilib: uning chehrasi mudhish, ammo ko‘zlari hayajonda edi, — sen buyuk qaysarimiz haqida biron yerda biron nima deganmiding? Javob ber! Gapirganmiding?.. Yoki… gapirganing… yo‘q… mi? — Pilat «yo‘q» so‘zini sud paytida beriladigan savoldagi «yo‘q» qa nisbatan bir qadar cho‘zibroq talaffuz qildi va mahbusga uqtirmoqchi bo‘lgan fikrini ko‘z qarashi bilan izohladi.

— Haq gapni gapirish ham oson, ham maroqli, — dedi mahbus.

— Men sendan, — deya gapira boshladi Pilat — ovuq va hirqiroq ovoz bilan, — haq gapni gapirish maroqlimi, maroqsizmi, deb so‘rayotganim yo‘q.Yukorida baribir u gapni gapirishingga to‘g‘ri keladi. Agar sen o‘lishni, o‘lganda ham qiynalib o‘lishni xohlamasang, gapiradigan har bir so‘zingni avval puxta o‘ylab, so‘ng gapir.

Iudeya prokuratoriga nima bo‘lganini hech kim aytolmaydi, ammo u yuzini oftob shu’lasidan pana qilmoqchi bo‘lganday, qo‘lini ko‘tardi va shu qo‘li panasida mahbusga ko‘zi bilan bir nimalarni imo qildi.

— Xo‘tya, qani, — dedi u, — javob ber, son kiriaflik Iuda degan odamni taniysanmi, unga qaysarimiz haqida gapirganmiding, gapirgan bo‘lsang, nimalar degan eding?

— Voqea bunday bo‘lgan edi, — bajonidil hikoya qila boshladi mahbus, — o‘tgan kuni kechqurun men ibodatxona oldida bir yigit bilan tanishib qoldim, u o‘zini Kiriaf shahridanman, ismim Iuda, deb tanitdi. Keyin u meni Quyi Shahardagi uyiga boshlab borib, mehmon qildi…

— Saxovatli odammi u ham? — deb so‘radi Pilat, shu zahoti uning ko‘zlarida iblisona o‘t chaqnab ketdi.

— G‘oyatda saxovatli va sinchkov odam ekap, — deya ta’kidladi mahbus. — U mening mulohazalarimni nihoyatda zo‘r qiziqish bilan tingladi, bag‘oyat samimiyat bilan qutladi…

— Shamchiroqlar yoqdi… — dedi Pilat gijir tishlari orasidan mahbusning gapi ohangida, uning ko‘zlari milt-milt yopdi.

— Ha, — dedi Ieshua prokuratorniig voqifligidan bir oz taajjub qolib, so‘ng gapida davom etdi, — u mendan davlat hokimiyati haqida fikr aytishimni so‘radi. Bu masala uni nihoyatda qiziqtirar ekan.

— Xo‘sh, sen nima deding? — so‘radi Pilat, — Yo nima deganim yodimdan ko‘tarildi, deb bahona qilasanmi? — Pilatning gapi ohangida endi ishonchsizlik paydo bo‘lgan edi.

— Ko‘p gaplar qatori, — deb bayon qila boshladi mahbus, — har qanday hokimiyat ham odamlarga zulm o‘tkazishi to‘g‘risida, vaqti kelib na qaysarlar hokimiyati, na o‘zgacha hokimiyatlar qolajagi haqida gapirdim. Odamzod haqiqat va adolat saltanatida yashay boshlaydiki, unday saltanatning hech qanday hokimiyatga ehtiyoji qolmaydi.

— Keyin-chi?

— Keyin hech nima bo‘lmadi, — dedi mahbus. — Bu payt bir nechta odam uyga otilib kirdi-yu, qo‘llarimni orqamga bog‘lab, qamoqqa olib ketdi.

Kotib bironta ham so‘zni faromush qilmaslikka urinib, pergamentga shitirlatib yozardi.

Shu payt Pilat xirillgancha, xasta ovoz bilan dedi:

— Tiveriya imperatori hokimiyatidan buyukroq va xalq uchun xushko‘ngilroq hokimiyat dunyoda bo‘lmagan, yo‘q va bundan keyin ham hech qachon bo‘lmaydi!

Prokurator kotibga ham, soqchilarga ham, negadir, nafrat bilan qaradi.

— Hokimiyat haqida mulohaza yuritishni senga kim qo‘ydi, telba jinoyatchi! — dedi Pilat va baqirib bordi: — Soqchilar balkondan olib ketilsin! — so‘ng kotibga o‘girilib, ilova qildi: — Meni jinoyatchi bilan xoli qoldiring, davlat ahamiyatiga molik ish ko‘rinadi.

Soqchilar nayzalarini ko‘tarishdi va nag‘al qoqilgan choriqlarini bir me’yorda do‘qillatishib balkondan boqqa chiqishdi, ular orqasidan kotib ham chiqib ketdi.

Ravonga ingan sukunatni bir oz fursat faqat favvoradan otilayotgan suvning shildirashi buzib turdi. Pilat favvorachadan otilib chiqayotgan suvning xamirday oshib tosh kosani to‘ldirishini va uning chetlaridan jildirab tushishini kuzatib o‘tirardi.

Birinchi bo‘lib mahbus gapirdi:

— Ko‘nglim sezyapti, o‘sha kiriaflik yigitcha bilan suhbat qurganim oqibatida qandaydir falokat sodir bo‘lganga o‘xshaydi. Nazarimda, igemon, u yigit baxtsizlikka uchraydiganga o‘xshaydi, mening unga rahmim kelyapti.

— Dunyoda, — deb javob qildi igemon g‘alati tirjayib, — ahvoli kiriaflik Iudanikidan ham ayanchliroq ba’zi odamlar bor. Sen Iudadan ham ko‘ra kuproq o‘shalarga achinishing kerak! Xullas, toshbag‘ir, uchpga chiqqan jallod Mark Kalamushkush ham, va’zxonlik qilganing uchun, ana ko‘rib turibman, — prokurator Ieshuaning abjag‘i chiqib ketgan basharasiga ishora qildi, — seni bezab tashlashgan odamlar xam, sheriklari bilan birgalikda to‘rtta soddatni uldirgan qaroqchilar: Dismas bilan Gestas va nihoyat, maraz xiyonatkor Iuda ham — shular hammasi saxovatli odamlarmi seningcha?

— Ha, — javob qildi mahbus.

— Haqqoniyat saltanati ham tiklanadimi? Tiklanadi, igemon, — qat’iy ishonch bilan javob qildi Ieshua.

Yo‘q, hech qachon tiklanmaydi! — deb Pilat tusatdan dahshatli ovoz bilan qichqirib yuborgan edi, Ieshua cho‘chib ketib, orqasiga tisarildi. Bundap ko‘p yillar burun Hurlar Vodiysida Pilat o‘z suvoriylarga: «Yanch ularni! Chop g‘animlarni! Buyuk Kalamushkushni tutib olishdi!» — deb shunday baqirgan edi. Hozir ham u ko‘p komanda berish oqibatida hirqiroq bo‘lib qolgan ovozini odamlar eshitsin uchun har bir so‘zni dona-dona qilib yana balandroq qichqirdi: — Jinoyat qilgansan! Jinoyatchisan! Jinoyatchisan! Shundan keyin u past ovoz bilan so‘radi:

— Ieshua Ha-Notsri, sen biron-bir xudoga ishonasanmi?

— Xudo bitta, — javob qildi Ieshua, — men unga ishonaman.

— Unga munojot qil bo‘lmasa! Astoydil munojot qil! Ammo baribir, — birdan Pilatning ovozi so‘ndi, — bundan naf chiqmaydi. Xotining yo‘qmi? — negadir ma’yus ohangda so‘radi Pilat; bunday kayfiyatga tushganidan o‘zi ham hayron edi.

— Yo‘q, so‘qqaboshman.

— Yaramas shahar, — dedi prokurator to‘satdan va xuddi sovuq qotgandek yelkalarini uchirib qo‘ydi, qo‘llarini esa xuddi yuvinayotgandek, bir-biriga ishqadi, — seni o‘sha kiriaflik Iuda bilan suhbat qurmasingdan oldin bo‘g‘izlab ketishganidami, oriy rost, yaxshiroq bo‘lardi.

— Sen meni qo‘yib yuborsang bo‘lardi, igemon, — deb kutilmaganda iltijo qildi mahbus, uning ovozida hayajon paydo bo‘lgan edi, — ko‘nglim sezyapti, meni qatl etishmoqchiga o‘xshaydi.

Pilatning yuzi asabiy burishib ketdi, u yallig‘langan ko‘zini Ieshuaga qaratdi. Ko‘zining oqi taram-taram qizil tomirchalar bilan qoplangan edi.

— O, badbaxt, — dedi u, — nahotki Rim prokuratori, og‘zingdan qanday gaplar chiqqanini bila turib, seni qo‘yib yuboradi deb o‘ylasang? O xudolar! Yoki sening o‘rningda bo‘lishni orzu qilyapti deb o‘ylayapsanmi meni? Fikrlaringga men qo‘shilmayman! Endi gapimni qulog‘ingga quyib ol: agar shu daqiqadan boshlab churq etib og‘iz ochgudek, bironta odamga luqma tashlagudek bo‘lsang, mendan o‘pkalama! Takror aytaman: mendan ehtiyot bo‘l.

— Igemon…

— Jim bo‘l! — deb chinqirdi Pilat va bu payt yana ravonga uchib kirgan qaldirg‘ochni darg‘azab ko‘zlari bilan kuzata boshladi. — Xoy, buyoqqa! — deb baqirdi u.

Kotib va soqchilar kirib, o‘z joylarini egallashdi, shunda Pilat, Kichik Sinedrion majlisida jinoyatchi Ieshua Ha-Notsri ustidan chiqarilgan o‘lim ja-zosini tasdiqlaganini e’lon qildi, kotib esa Pilatning aytganlarini darhol qayd qildi.

Yana bir daqiqadan keyin prokuratorning qoshida Mark Kalamushkush turardi. Pilat unga shunday buyruq berdi:

— Bu jinoyatchini maxfiy xizmat boshlig‘iga topshirasan, ayni paytda unga, Ieshua Ha-Notsrini o‘zga jinoyatchilardan ajratilgan holda saqlash haqida, shuningdek, Ieshua bilan biron narsa to‘g‘risida gaplashgan yoxud uning biron-bir savoliga javob bergan har bitta maxfiy xizmat xodimi eng og‘ir jazoga mustahiq etilajagi haqidagi farmoyishimni ham yetkazasan.

Markning bir ishorasi bilan soqchilar Ieshua atrofini o‘radilaru uni ravondan olib chiqib ketdilar.

Keyin prokuratorning qarshisida qaddi-qomati kelishgan, oq-sariq soqolli xushro‘y yigit namoyon bo‘ldi; uning ko‘ksini to‘sgan sovutda sherlarning yaltiroq tumshuqlari aks ettirilgan, dubulg‘asiga toj sifatida burgut pati o‘rnatilgan, shamshirining kamarbandiga oltin to‘qalar qadalgan, tagcharmi uch qavat bo‘lgan poyabzalining iplari to tizzasigacha butun boldirini chandib bog‘langan, qnrmizirang ridosi chap yelkasiga tashlangan edi. Bu — legion sarkardasi edi. Prokurator undan, Sobastiya kogortasi hozir qaerda turipti, deb so‘radi. Sarkarda, sebastiyaliklarning hozir Hippodrom oldidagi maydonni qurshab turgani, u yerda jinoyatchilar ustidan chiqarilgan hukm xalqqa elon qilinajagi haqida xabar qildi.

Shunda prokurator sarkardaga Rim kohortasidan ikki kenturiya ajratishni buyurdi. Bu kenturiyalardan biri Kalamushkush boshchiligida jinoyatchilarni, qatl etish ashyolari ortilgan aravalarni va jallodlarni Taqir Tepaga kuzatib borishi, so‘ng ular yetib borgan zahoti yuqori qismini qurshab olishi lozim edi. Ikkinchi kenturiya esa hoziroq Taqir Tepaga jo‘nab ketib, darhol uning atrofini ihota qilib olishi zarur edi. Prokurator Pilat shu maqsadni ko‘zlab, ya’ni Tepani muhofaza kilish uchun, sarkardadan ko‘makchi otliq polk qo‘shinini yuborishni iltimos qildi.

Sarkarda chiqib ketgach, prokurator kotibga yuzlanib, Sinedrion prezidenti hamda uning ikki a’zosini, shuningdek, Yershalaim ibodatxonalari soqchilarining sardorini qasrga taklif etishni buyurdi, lekin shu buyrug‘i ketidan yana ilova qildi:

— Shunday qilginki, taklif etilgan shu odamlar bilan kengashga o‘tkazishdan oldin, men prezident bilan xoli uchrashib olay.

Prokuratorning amri tez va aniq bajarildi. Keyingi kunlarda Yershalaimni benihoya shafqatsizlik bilan qizdirayotgan quyosh hali qiyomga yetmasdan bog‘ning yuqori peshayvonida, uning zinasida qo‘riqlab turgan bir juft oppoq marmar sher oldida prokurator Sinedrion prezidenti vazifasini o‘tayotgan Iudeyaning buzruk hazrati Iosif Kaifa bilan uchrashdi.

Bog‘da sokinlik hukm surardi. Lekin prokurator ustunlar orasidan o‘tib, poyalari haybatli fil oyoqlarini eslatuvchi palma daraxtlari o‘sib turgan bog‘ning oftob nuriga g‘arq bo‘lgan ustki sahiiga chiqqan edi, ko‘z oldiga u yomon ko‘rgan Yershalaim shahri o‘zining osma ko‘priklari, qal’alari va — eng muhimi — butun tomi ajdarning tangasimon terisini eslatuvchi, marmar toshlar va oltindan bino bo‘lgan, mahobati hech bir ta’rifga sig‘maydigan ulkan ibodatxonasi bilan ko‘z oldida namoyon bo‘ldi va prokuratorning ding quloqlariga juda olisdan — qal’aning tosh devori qasr bog‘ining quyi peshayvonini shahar maydonidan ajratib turgan pastlikdan odamlarning vaqti-vaqti bilan goh faryodga, goh na’raga o‘xshab ketuvchi zaifgina g‘ovuri chalindi.

Prokurator u tomonda — maydonda so‘nggi kunlarda Yershalaimda yuz bergan tartibsizliklardan juibushga kelgan behisob olomon to‘nlanganligini, bu olomon jinoyatchilar ustidan hukm chiqarilishini betoqatlik bilan kutayotganini, qichqirayotganlar esa jonsarak meshkobchilar ekanligini tushundi.

Prokurator jazirama oftob tig‘idan o‘zini panaga olish uchun, birinchi navbatda, hazrati buzrukni ravonga taklif qildi, lekin Kaifa lutfan uzr so‘rab, taklifni qabul qilolmasligini izohladi. Shunda Pilat sochi siyraklasha boshlagan boshiga ridosining qaytarma qalpog‘ini kiyib suhbatni boshladi. Suhbat yunon tilida bordi.

Pilat Ieshua Ha-Notsrining ishini ko‘rib chiqqanini va o‘lim jazosini tasdiqlaganini aytdi.

Shunday qilib, bugun amalga oshiriladigan o‘lim jazosiga uchta qaroqchi: Dismas, Gestas, Varravianlar, ular bilan birga Ieshua Xa-Notsri ham mahkum etilgan edi. Xalqni yo‘ldan ozdirib, qaysarga qarshi isyon qilgan birinchi ikki jinoyatchi prokuratorning izmida edi, binobarin, ular xaqida bu yerda hech qanday gap bo‘lishi mumkin emas. Varraivan bilan Xa-Notsri esa. mahalliy ma’murlar tomonidan qo‘lga olingan bo‘lib, ular ustidan Sinedrion hukm chiqargan edi. Qonun va taomilga ko‘ra shu ikki jinoyatchidan birini bugun kirib kelayotgan buyuk pasxa bayrami sharafiga ozod qilish lozim bo‘ladi.

Xullas, prokurator, shu ikki jinoyatchidan qay biriii Sinedrion ozod qilmoqchi bo‘lganini bilishni istaydi: Varravvannimi yoki Xa-Notsrini-mi? Kaifa, savol tushunarli, degan ma’noda bosh silkidi va javob berdi:

— Sinedrion Var-ravvanni bo‘shatishni so‘raydi. Xazrati buzrukning aynan shunday javob qilishini prokurator yaxshi bilardi, ammo uning vazifasi, o‘zini bunday javobdan taajjublangandek qilib ko‘rsatish edi.

Pilat bu vazifani zo‘r mahorat bilan ijro etdi. Bu mutakabbir zot qoshlarini chimirdi va hazrati buzruknipg ko‘zlariga hayrat bilan tik qaradi.

— Ochig‘i, bu javob meni tong qoldirdi, — dedi u muloyim ohangda, — anglashilmovchilik sodir bulmadimikin deb qo‘rqaman.

Pilat o‘z fikrini tushuntirdi. To‘g‘ri, Rim xukumati mahalliy diniy ma’muriyat huquqini aslo kamsitmoqchi emas, buni hazrati buzrukning o‘zi xam yaxshi biladi, illo mazkur vaziyatda xatoga yo‘l quyilgani aniq. Turgan gapki, bu xatoni tuzatishdan Rim hukumati manfaatdor.

Darhaqiqat, Var-ravvan bilai Xa-Notsriniit jinoyatlari o‘rtasidagi tafovut katta edi. Telbaligi yaqqol ko‘rinib turgan ikkinchi jinoyatchi o‘zining betuturiq gaplari bilan Yershalaimda va boshqa ayrim joylarda odamlarning tinchini buzganlikda ayblansa, birinchi jinoyatchining aybi benihoya og‘ir edi. U xalqni ochiqdan-ochiq isyonga da’vat etish bilan cheklanib qolmay, yana uni hibsga olmoqchi bo‘lgan soqchilardan birini o‘ldirgan ham edi. Var-ravvan Ha-Notsriga nisbatan ko‘p marotaba xavfliroqdir.

Yuqorida zikr etilgan sabablarga ko‘ra prokurator hazrati buzrukdan Sinedrion qarorini qayta ko‘rib chiqishni va ikki mahbusdan beziyonrog‘ini ozod qilishni so‘raydiki, o‘shal beziyonroq jinoyatchi, shubhasiz, Ha-Notsridir. Shunday emasmi?

Kaifa Pilatning ko‘zlariga tik boqib turib, ohistagina, ammo qat’iyat bilan dedi:

— Sinedrion hukmnomani diqqat bilan o‘rganib chiqdi, shunga ko‘ra Var-ravvanni ozod qilishga ahd qilganini ikkinchi marta xabar qiladi.

— Nahotki? Hatto mening iltimosimdan keyin ham-a? Rim hokimiyati nomidan gapiruvchi shaxsning iltimosi ham vojib bo‘lmaydimi? Hazrati buzruk, uchinchi marta takrorla javobingni?

— Uchinchi marta ham, Var-ravvanni ozod qilamiz, deb ma’lum qilamiz, — dedi ohista Kaifa.

Masala hal bo‘lgan, gapiriladigan boshqa gap qolmagan edi. Ha-Notsri endi dorilbaqoga ketayotgan edi, demak, prokuratorning mudhish va alamli bosh og‘rig‘isini endi hech kim davolay olmasdi; bu dardga o‘limdan boshqa davo yo‘q. Ammo hozir Pilatni hayratga solayotgan narsa bu fikr emas edi. Boya rovonda sodir bo‘lgan o‘sha mubham diqqinafaslik tuyg‘usi uning butun vujudini hamon iztirobga solardi. Shu zahotiyoq u o‘zining bu ahvolini izohlashga urinib ko‘rdi, lekin izoh juda alomat bo‘lib chikdi: prokurator o‘limga mahkum etilgan Ha-Notsri bilan hali nimanidir gaplashib ulgurmagandek, hattoki uning qaysiyam bir fikrini oxirigacha eshita olmagandek his qildi o‘zini.

Pilat bu fikrni xayolidan faromush qildi, u qanday tez paydo bo‘lgan bo‘lsa, shunday tez g‘oyib bo‘ldi. Fikrku g‘oyib bo‘ldi, ammo diqqinafaslik hamon mubhamligicha qoldi, zero chaqmoqdek bir chaqnab shu zumda o‘chgan: «Boqiylik… boqiylik boshlandi…» degan boshqa bir qisqagina fikr ushbu holni izohlay olmas edi. Kimning boqiyligi boshlandi? Buni prokurator tushunolmadi, ammo mavhum boqiylik haqidagi mana shu fikr shu jazirama oftob tig‘ida ham uni jun-juktirib yubordi.

— Yaxshi, — dedi Pilat, — shunday bo‘la qolsin.

Endi u atrof-muhitga ko‘z tashlab, yuz bergan o‘zgarishdan taajjubda qoldi. G‘unchalari g‘arq ochilgan atirgul butasi va yuqori peshayvon atrofida qator tizilib turgan sarv daraxtlari g‘oyib bo‘lgan edi, anor daraxti ham, yam-yashil maysazordagi oq haykal ham, maysazorning o‘zi ham ko‘zdan yo‘qolgan edi. Bu manzaralar o‘rnini qandaydir qirmizi quyqa qoplab, bu quyqada suv o‘tlari mavjlanib, qayoqlargadir siljiy boshlagan, Pilatning o‘zi ham shu o‘tlar bilan birga keta boshlagan edi. Endi eng mudhish alam — ojizlik alami uni o‘t bo‘lib yondirib, qalbini iskanjaga olib, yeldek uchirib borardi.

— Siqilib ketyapman, — dedi Pilat, — siqilib ketyapman!

U sovuq va nam qo‘li bilan ridosi yoqasidagi to‘qani yechib yuborgan edi, rido sirg‘alib qumloq yo‘lkaga tushdi. — Bugun havo dim, qaerdadir momaqaldiroq bo‘lyapti, — dedi Kaifa prokuratorning qon quyulgan yuzidan ko‘zini uzmay va uning hali yana yuz berajak barcha iztiroblarini ko‘z oldiga keltirib. «O, bu yil iyun oyi g‘oyat mudhish keldi!»

— Yo‘q, — dedi Pilat, — havoning dimligidan emas, sen bilan, Kaifa, turganimdan siqilib ketdim, — so‘ng u ko‘zlarini suzib jilmaydida, ilova qildi: — O‘zingni ehtiyot qil, hazrati buzruk.

Kaifaning timqora ko‘zlari chaqnab ketdi, boya prokuratorning chehrasida qanday taajjub alomati nujudga kelgan bo‘lsa, endi Kaifaning ham yuzida shunday ajablanish paydo bo‘ldi.

— Nimalar deyapsan, prokurator? — mag‘rur va xotirjam ohangda dedi u, — hukm chiqarilgandan keyin tahdid qilyapsanmi menga? Axir uni o‘zing tasdiqlab berding-ku! Quloqlarimga ishonmayapman! Biz Rim prokuratorining avval puxta o‘ylab, so‘ng o‘z fikrini bayon qilishiga ko‘nikib qolganmiz. Ishqilib, suhbatimizni biron kimsa eshitmadimikin, igemon?

Pilat hazrati buzrukka o‘lik ko‘zlarini tikdi, tishining oqini ko‘rsatib, jilva qilganday bo‘ldi.

— Qo‘ysang-chi, hazrati buzruk! Shu topda, bu srda bizni gapimizni kim ham eshitardi? Nahot men bugun qatl etiladigan anavi sayoq devona yigitga o‘xshasam? Yo go‘dakmidim men, Kaifa? Men qaerda nima deyishimni bilaman. Bog‘ ihota qilin-gan, butun qasr qo‘riqlanmoqda, demak, hatto sichqon ham biron kavakdan kirolmaydi buyoqqa! Naiiki sichqon, hatto anavi, oti pima edi… Kiriaf shahridai chiqqan ham. Aytganday, sen uni taniysanmi, hazrati buzruk? Ha… agar bu yerga o‘shanaqa odam kirib qolgudek bo‘lsa, kirganiga xam ming pushaymon yegan bo‘lardi, bu gapimga endi ishonsang kerak albatta? Xullas, hazrati buzruk, qulog‘innga quyib ol, bugundan e’tiboran sen oromingni yo‘qotasan! Sen ham, qavmlaring ham, — Pilat shunday deb qo‘li bilan o‘ng tomonda, ancha olisdagi do‘nglikda qad ko‘targan ibodatxonaga ishora qildi. — Buni senga men — pontiylik Pilat, Oltin Nayza tutgan suvori aytyapmap.

— Bilaman, bilaman! — dadil javob qildi qorasoqol Kaifa va ko‘zlari chaqnab ketdi. U qo‘lini ko‘kka cho‘zib kalomini davom ettirdi: — Iudeya xalqi, undai vahshiyona adovat bilan nafratlanishingni, uni ko‘p og‘ir musibatlarga mubtalo qilishingni biladi, illo uni butkul mahv eta olmagaysan! Xudo o‘z panohiga olgay bu xalqni! Eshitgay, ha, qudratli qaysar zorimizni eshitgay va bizni qattol Pilatdan hifz qilgay!

— E, yo‘q! — dedi Pilat va endi gapirgan sari, tobora ko‘ngli yengil torta boshladi: endi mug‘ambirlik qilishning ham, ravon jumla tuzish uchun so‘z axta-rishning ham hojati qolmagan edi. — Sen qaysarga mening ustimdan ko‘p marta arz qilding, endi navbat menga keldi, Kaifa! Endi men noma yozib yuboraman, yuborgandayam Antioxiyadagi noibga ham, Rimga ham emas, to‘ppa-to‘g‘ri Kapreyaga — imperatorning o‘ziga yuboraman sizlarning bu yerda, Yershalaimda ashaddiy isyonchilarni o‘limdai qutqarib qolayotganlaringiz haqida. Ana unda Yershalaim ahlini, avvalgi ezgu niyatim bo‘yicha, senlarning nafingni ko‘zlab, Sulaymon ko‘lining obirahmati bilan siylamayman! Yo‘q, suv bilan emas! O‘zing eslab ko‘r, aynan senlarning kasringga, men devorga ilingan imperator nomi zarb qilishgan qalqonlarni qo‘lga olishgan va ko‘rib turibsanki, shaxsan o‘zim bu yerga qo‘shin surib kelishga majbur bo‘ldim, oqibag, Yershalaimda yuz berayotgan voqealarning shohidi bo‘lishimga to‘g‘ri keldi! Gaplarim yodingda bo‘lsin, hazrati buzruk. Hozir sen Yershalaimda ko‘rib turganing bir kohorta qo‘shin — daryodan tomchi! Hali bu shahar poyiga, butunicha Fulminat qo‘shini, arab suvoriylari kelishadi, ana unda quloqlaring achchiq nolayu faryodlar eshitadi! Ana unda sen jiioyatchi Var-ravvanni o‘limdan xalos etganing, ezgulik haqida va’z qilgan faylasufni esa nohaq o‘limga yo‘llaganing uchun ming pushaymon bo‘lasan!

Hazrati buzrukning yuzida xol-xol qizil dog‘lar iaydo bo‘ldi, ko‘zlari yona boshladi. U ham prokuratorga o‘xshab, tishining oqini ko‘rsatib tirjaydida, javob qaytardi:

— Shu aytgan gaplaringga, prokurator, o‘zing ishonasanmi? Yo‘q, ishonmaysan! Xalqni vasvasaga solgan o‘sha faylasuf Yershalaimga tinchlik olib kelmadi, bil’aks — tinchlikpi buzdi, buni o‘zing ham, o chavandoz, juda yaxshi bilasan. Sen uni, xalq orasida fitna tarqatsin, dinimizni tahqirlasin, butun xalqni Rim shamshiriga ro‘para qilsin, degan iiyatda ozod qilmoqchi bo‘lding! Vale men, Iudeyaning buzruk hazrati, tirik ekanman, dinimizni gahqirlashlariga yo‘l qo‘ymayman, xalqimni unday xavfdan muhofaza qilaman! Eshityapsanmi, Pilat? — Shunday deb Kaifa qo‘lini tahdidona ko‘tardi: — Ana, quloq sol, prokurator!

Kaifa jim qoldi, shunda prokuratorga yana dengiz guvillaganday, uning to‘lqinlari Bukj Irod bog‘ining devorlari poyiga kelib urilayotganday bo‘lib tuyuldi. Bu guvillash pastlikdan prokuratorning oyoqlariga, undan yuziga ko‘tarilayotganday o‘ldi. Pilatning orqa tomonida, qasr ortida esa hayajonli karnay sadolari, yuzlab oyoqlarning zalvorli gursillashi, temirlar jarangi eshitilardi. Piyoda askarlari prokuratorning buyrug‘iga binoan isyonchi va qaroqchilarni qatl etish oldidan bo‘ladigan dahshatli namoyishga shaylanib, qasrdan chiqa boshlagan edilar.

— Eshityapsanmi, prokurator? — deb hazrati buzruk past ovoz bilan takrorladi. — Nahotki bularning hammasini oyoqqa turg‘azgan, — Kaifa gapira turib ikki qo‘lini ko‘kka ko‘targan edi, qora qaytarma qalpog‘i boshidan tushib ketdi, qo‘rqinchli yo‘lto‘sar Var-ravvan deb o‘ylasang?

Prokurator kaftining orqasi bilan sovuq, terga cho‘mgan peshonasini artdi, yerga tikildi, keyin ko‘zlarini qisgancha osmonga qarab, lov-lov yonayotgan quyoshning deyarli qiyomga kelib qolganini, Kaifaning soyasi esa marmar sherning dumi oldi-da g‘ujanak bo‘lib qolganini ko‘rdi-yu, loqaydlik bilan ohista dedi:

— Choshgoh bo‘lib qolipti. Suhbatga berilib ketibmiz, holbuki ishni davom ettirmoq lozim.

U hazrati buzrukdan nazokat bilan uzr so‘radi va eng oxirgi, qisqa kengash uchun zarur bo‘lgan odamlarni chaqirtirib, qatlga taalluqli so‘nggi farmoyish bergunicha Kaifadan magnoliya daraxti soyasidagi kursida kutib o‘tirishni iltimos qildi.

Kaifa qo‘lini ko‘ksiga qo‘ygancha, iltifot bilan ta’zim qilib, shu yerda — bog‘da qoldi, Pilat esa rovonga qaytdi va uni kutib turgan kotibga legion sarkardasini, kohorta tribunini, shuningdek, Sinedrionning ikki a’zosini va jome soqchilari sardorini chaqirishni amr etdi. Ular bog‘ning pastki peshayvonida, favvorali doira suhbatgohda prokuratorning taklifini kutib o‘tirishardi. Pilat kotibga: hozir orqangdan yetib boraman, deb o‘zi qasr ichkarisiga yo‘l oldi.

Kotib kengash ahlini yig‘ish bilan band bo‘lgan paytda prokurator qora darpardalar bilan oftobdan to‘silgan xonada qandaydir bir odam bilan uchrashdi; garchi xonaga quyosh shu’lasi tushmayotgan bo‘lsa ham, begona odamning yarim yuzi boshidagi qaytarma qalpoq bilan to‘silgan edi. Bu uchrashuv nihoyatda qisqa bo‘ldi. Prokurator bu odamga pichirlab bir-ikki og‘iz so‘z aytdi, shundan keyin u xonadan g‘oyib bo‘ldi, Pilat esa ustunlar orasidan o‘tib boqqa chikdi.

Bu yerda prokurator hamma taklif qilingan odamlar ishtirokida, Ieshua Ha-Notsri ustidan chiqarilgan o‘lim hukmini tasdiqlaganini tantanavor ohangda, ammo quruqqina qilib ta’kidladi va rasmiyatchilik yuzasidan, jinoyatchilardan qay birini o‘limdan asrab qolishni ma’qul ko‘rasizlar, deb savol berdi Sinedrion a’zolariga. «Var-ravvan-ni», degan javobni eshitib:

— Juda yaxshi, — dedi prokurator va kotibga darhol buni qayd qilib qo‘yishni buyurdi, so‘ng kotib yerdan olib bergan ridosining tasmasini g‘ijimlagancha tantanali ohangda dedi: — Vaqt bo‘ldi!

Shundan keyin, bu yerda hozir bo‘lganlarning hammasi ikki tomoniga odamning hushini olgudek o‘tkir hid taratuvchi atirgul butalari zich o‘tqazilgan keng marmar zinadan pastga — qasr darvozasi sari tusha boshladilar. Bu darvozadan sahni tep-tekis keng maydonga chiqilardi. Maydonning narigi boshidagi Yershalaim janggohiga o‘rnatilgan mahobatli ustunlar va marmar haykallar bu zinadan yaqqol ko‘rinib turardi.

Akobirlar guruhi maydonga chiqib, hammayoqdan ko‘zga birday yaqqol tashlanuvchi sahni keng tosh supaga ko‘tarildi. Pilat suzuk ko‘zlari bilan atrofga nazar tashlab chiqib, darhol vaziyatga tushundi. U hozirgina bosib o‘tgan masofa, ya’ni qasr darvozasidan to tosh supagacha bo‘lgan oraliq bo‘m-bo‘sh edi, lekin supaning old tomonidagi maydon sahni Pilatga ko‘rinmadi — uni olomon bosib ketgan edi. Agarda Pilatning chap tomonida Sebastiya askarlari uch qator bo‘lib, o‘ng tomonda itureyalik ko‘makchi kohorta navkarlari saf tortib, tosh supa bilan uning ortidagi bo‘sh masofani qo‘riqlab turishmaganda, olomon bu joylarni ham qamrab olgan bo‘lardi.

Shunday qilib, Pilat nokerak to‘qani mushtida siqib, qisiq ko‘zlari bilan atrofga olazarak bo‘lib qaragancha supaga ko‘tarildi. Lekin uning ko‘zlari oftob shu’lasidan qisilmagan edi, yo‘q! Prokurator, negadir, o‘limga mahkum etilganlarni ko‘rishni xohlamas edi: bilardiki, hozir uning orqasidan o‘sha jinoyatchilarni ham supaga chiqara boshlashgan.

Ulkan toshqoya boshida, odamlar dengizi qirg‘og‘ida to‘q-qizil astarli oq rido paydo bo‘lishi bilan, ko‘zi hech narsa ko‘rmayotgan Pilatning qulog‘iga «A-a-a…» degan tovush to‘lqini kelib urildi. Hiipodrom yokda dunyoga kelgan bu sado avvaliga bazo‘r eshitildi, so‘ng momaqaldiroq singari bir necha soniya guddirab tur-di-da, keyin yana pasaya boshladi. «Meni ko‘rishdi», — deb o‘yladi prokurator. Shovqin to‘lqini susayib, tinish darajasiga yetganda to‘satdan yana kuchaya boshla-di va bu gal avvalgisidan ham balandroq avjga chiqdiki, xuddi dengiz dolg‘asi sathida ko‘piklar paydo bo‘lgani kabi bu suron orasidan hushtak sadosi va gul-diros shovqin orasidan elas-elas quloqqa chalinuvchi ayollar fig‘oni eshitildi. «Mahbuslarni supaga olib chiqishdi… — deb ko‘nglidan o‘tkazdi Pilat, — olomon men sari talpinganda bir necha ayolni bosib, yanchib yuborgan bo‘lsa kerak, bu — o‘shalarning nolasi».

U sukut saqlab bir oz kutib turdi, zero olomon yuragidagi butun hovurni to‘kib solib, o‘zi tinchimaguncha, uni hech qanday kuch tinchita olmasligini Pilat bilardi.

Nihoyat shunday fursat keddi. Prokurator o‘ng qo‘lini yuqori ko‘targan edi, olomonning oxirgi sasi ham o‘chdi.

Shunda Pilat ko‘kragiga imkoni boricha ko‘proq issiq havo olib shunday chinqirdiki, uning xirillagan ovozi ming-minglab odamlarning boshi uzra yangradi:

— Qaysar imperator nomi bilan!

Shunday deyishi bilan qulog‘iga bir necha uzuq-uzuq dag‘al so‘zlar kelib urildi — saf tortib turgan askarlar nayza va temir nishonlarini yuqoriga siltab, mudhish ovoz bilan:

— Qaysar a’lo hazratlari omon bo‘lsin! — deb hayqirgan edilar.

Pilat boshini adl ko‘tarib, uni oftob tig‘iga tiradi. Qovoqlari ostida yashil o‘t chaqnadi, bu o‘tdan uning miyasi yona boshladi, shunda arameylar tilida hirqiroq ovoz bilan aytgan so‘zlari olomonning boshi uzra parvoz qildi:

— Qotillik qilgani, isyonga da’vat etgani hamda qonun va dinni tahqirlagani uchun Yershalaimda hibsga olingan to‘rt nafar jinoyatchi sazoyi o‘limga — ustunlarga osishga hukm qilindilar! Ushbu qatl bugun Taqir Tepada amalga oshiriladi! Jinoyatchilarning nomlari budir: Dismas, Gestas, Var-ravvan va Ha-Notsri. Mana, ular qarshingizda turishipti!

Pilat jinoyatchilarni ko‘rmay turib, qo‘li bilan o‘ng tomonga ishora qildi, lekin ularning shu yerda, belgilangan yerda turishganini u yaxshi bilardi.

Olomon go‘yo ajablangandek yoki ko‘ngli taskin topgandek, anchagacha g‘ala-g‘ovur qilib turdi. Nihoyat g‘ovur tindi va Pilat nutqini davom ettirdi:

— Vale, alarning uchtasi qatl etilgay, zeroki, qonun va taomilga ko‘ra Kichik Sinedrionning ixtiyori ila va Rim hokimiyatining tasdiqlashiga ko‘ra muqaddas pasxa bayrami sharofati ila saxovatli qaysar imperator on hazratlari o‘limga mahkumlardan biriga uning manfur hayotini siylov qiladilar!

Pilat so‘zlarni qichqirib-qichqirib aytarkan, ayni paytda, g‘ulg‘ula o‘rnini teran sukunat egallay boshlaganini his qila boshladi. Endi na bironta «tiq» etgan tovush, na birovning yengil tin olgani chalinardi uning qulog‘iga, hattoki bir payt, atrofidagi butun muhit tamoman g‘oyib bo‘lgandek ham tuyuldi Pilatga. Uning nazarida, o‘zi yomon ko‘rgan bu shahar butkul o‘lganday, yolg‘iz o‘zi boshini osmonga tirab, quyoshning tik shu’lasi ostida qovrilib turgandek bo‘ldi. Pilat sukunatni yana bir oz cho‘zdi, so‘ng chinqirib gapira boshladi:

— Hozir sizlarning ko‘z oldingizda ozod qilinadigan mahbusning ismi….

U ismni aytishdan oldin yana bir marta sukut qilib, biron gap yodimdan ko‘tarilmadimikin, deb ko‘nglidan o‘tkazdi, negaki, baxtiyor mahbusning nomi e’lon qilingach, bu o‘lik shaharga jon kirishini, undan keyin aytilgan so‘zlarning birontasini ham hech kim eshitmasligini yaxshi bilardi.

«Hamma gapni aytib bo‘ldimmi? — tovushsiz pichirladi Pilat o‘ziga o‘zi. — Ha. Ismi qoldi!»

So‘ng u «r» harfiga urg‘u berib sukutga tolgan olomon uzra qichqirdi:

— Var-ravvan!

Pilatning nazarida quyosh jaranglab, birdan yorilib ketgandek, olov bo‘lib qulog‘iga quyilayotgandek bo‘ldi. Bu olov to‘fonida hayqiriq, chinqiriq, faryod, qahqaha va hushtak sadolari jo‘sh urib butun maydonni boshga ko‘targandi.

Pilat orqasiga o‘girildi, qoqilib ketmaslik uchun ko‘zini supa sahniga terilgan rang-barang go‘shamalarga tikkancha, hech kimga qaramay, pillapoya tomon yura boshladi. Endi, uning orqasida, supaga bronza tangalar, xurmolar do‘lday yog‘ila boshlagan, olomon esa yuz bergan mo‘’jizani — ajal changaliga tushgan odamning endi u changaldan qanday qutulib chiqqanini, mahbusning so‘roq paytida lat yegan qo‘llarini legionerlar beixtiyor og‘ritib yecha boshlaganini, uning esa og‘riqdan aftini bujmaytirib, «voy-voy» lab bo‘lsa ham, telba odamlarday ma’no-siz tirjayishini o‘z ko‘zi bilan ko‘rish uchun uzluksiz na’ra tortib, bir-birini toptab, bir-birining yelkasiga mingashayotgan ediki, buni Pilat ko‘rmasa ham aniq tasavvur qilardi.

Ayni paytda u qolgan uchta mahbusni soqchilar qo‘llarini yechmay, shahar tashqarisidagi Taqir Toqqa olib boruvchi mag‘rib yo‘liga olib chiqish uchun pillapoya tomon boshlab borayotganini ham his qilgan edi. Pilat supadan tushib, uning panasiga o‘tgandan keyingina, o‘zini xavfdan xoli ekanligini payqab (endi u o‘limga mahkum qilinganlarni ko‘ra olmas edi), ko‘zini ochdi.

Uning shohsupadan turib aytgan gaplarini, endi jarchilar ba’zilari arameya, boshqalari yunon tilida chinqirib takrorlayotgai ediki, xiyla aniq eshitilayotgan bu chinqiriqlar olomonning asta-asta pasaya boshlagan nolasi bilan omixta bo‘lib ketgan edi. Pilatning qulog‘iga yana tobora yaqinlashib kelayotgap otlar dupuri va quvnoq tarzda qisqa-qisqa ijro etilgan harbiy karnay sadosi ham eshitildi. Bu tovushlarga javoban bozor boshidan Hippodrom maydoniga olib chiquvchi ko‘chadagi uylarning tomlariga chiqib olgan bolalarning quloqni batang qilgudek o‘tkir hushtaklari va «po‘o‘sht, po‘-o‘sht!» — deb qichqirgan ovozlar yangradi.

Maydonning odamlardan tozalangan qismida turgan bir askar birdan hayajonlanib, qo‘lidagi bayroqchani silkidi, shunda prokurator, legion sarkardasi, kotib va soqchilar yurishdan to‘xtashdi.

Maydonga, otlarni tobora jadalroq choptirib, suvoriylar kirib keldi, u xalq to‘plangan yerni chetlab o‘tish va Taqir Toqqa eng qisqa yo‘ldan tezroq yetib olish uchun, tok barglariga burkangan tosh devor bo‘ylab cho‘zilgan yo‘ldan kelayotgan edi.

Eng oldinda otini uchirib kelayotgan jussasi o‘g‘il bolaniki singari chog‘gina, qora badan suriyalik komandir yigit Pilatga yaqinlashgach, chiyillagan ovoz bilan bir nima dedi va shamshirini g‘ilofidan sug‘irdi. U mingan, terlab ko‘pik bo‘lib ketgan qora ot hurkib orqa oyoqlariga turdi. Komandir shamshirini g‘ilofga solib, otning bo‘yniga qamchi urdi va jilovini bo‘sh qo‘yib tor ko‘cha tomon uchirdi. Qolgan suvoriylar uchta-uchtadan bo‘lib uning orqasidan ko‘cha changitib ot choptirib borar-kanlar, bambukdan yasalgan yengil nayzalarining uchi lik-lik sakrardi. Boshlaridagi oq salla tufayli yuzlari yana ham qoraroq ko‘ringan bu suvoriylar oppoq tishlarini irshaytirib prokurator yonidan shamoldek yelib o‘tishdi.

Otliq qo‘shin hammayoqni changga burkab, tor ko‘chaga o‘qday otilib kirib ketdi, eng oxirida Pilatning yonidan oftobda yaraqlagan karnaychasini orqasiga osib olgan suvoriy o‘tdi.

Pilat norozi qiyofada aftini bujmaytirib, qo‘li bilan og‘iz-burnini changdan to‘sgancha, qasr bog‘ining darvozasi tomon yurdi, sarkarda, kotib va soqchilar unga ergashdilar.

Vaqt ertalabki soat o‘nlar edi.

Uchinchi bob YETTINCHI DALIL

— Ha, ertalabki soat o‘nlar edi, muhtaram Ivan Nikolaevich, — dedi professor.

Shoir endigina uyqudan uyg‘ongan odamdek, qo‘li bilan yuzini siladi va shundagina Patriarx ko‘li bo‘yida qosh qoraya boshlaganini sezdi.

Hovuz suvi qoramtir tusga kirgan, uning sathida yengil qayiq suzardi, eshkaklarning suvni shapillatgani, qayiqda o‘tirgan ayolning hiringlab kulgani eshitilardi. Xiyobonlardagi skameykalarda odamlar paydo bo‘lipti, lekin ular ko‘lning ham-suhbatlarimiz o‘tirgan tomonidagi xiyobonlardagina ko‘rinishardi.

Moskva osmoni xiyla oqargan, samodagi to‘lin oy yaqqol ko‘zga tashlanib turardi, ammo u hali zarrin libos kiymagan, ogshoq edi. Nafas olish ancha yengil-lashdi, jo‘ka ostida o‘tirganlarning ovozi oqshomona, mayin eshitila boshladi.

«Butun boshli qissa to‘qib tashlapti-yu, men qanday qilib sezmay qoldim-a?.. — deb o‘yladi Bezdomniy hayratlanib. — Ana, kech ham kiripti! Balki qissani u aytmagandir, ehtimol uxlab qolgandirmanu tushimga kirgandir?»

Biroq qissani professor hikoya qildi deb faraz qilishga to‘g‘ri keladi, aks holda, bu qissa Berliozning ham tushiga kirgan deb o‘ylash kerak bo‘ladi, negaki u ajnabiy odamning yuziga diqqat bilan tikilib turib bunday dedi:

— Qissangiz nihoyatda maroqli, professor, garchi u «Injil» rivoyatlarining birontasiga ham mutlaqo to‘g‘ri kelmasa-da.

— Afv etasiz, — dedi professor ko‘ngilchanlik bilan jilmayib. — Injilda yozilgan hikoyatlarning hech biri, hech qachon bo‘lmagan ekanligini boshqalar bilmaganda ham, siz bilishingiz lozim, binobarin, agar biz «Injil» ga tarixiy manba sifatida yondashadigan bo‘lsak… — deb u yana jilmaydi, shunda Berliozning dami ichiga tushib ketdi, chunki boya Bronnaya ko‘chasi bo‘ylab bu yerga kelishayotganda Bezdomniyga o‘zi ham aynan shu ganlarni aytgan edi.

— Buku to‘g‘ri, — dedi Berlioz, — ammo hozir siz aytib bergan voqeaning ham bo‘lganligini hech bir kimsa tasdiqlay olmasa kerak, deb qo‘rqaman.

— E, yanglishasiz! Buni hamma tasdiqlashi mumkin! — deb professor yana tilni buzib, ammo qat’iy ishonch bilan gapira boshladi, so‘ng kutilmaganda, bir sirni oshkor etmoqchi bo‘lganday, ikki do‘stni o‘ziga yaqinroq imladi.

Ular professorning ikki tomonidan unga engashib quloq tutdilar, endi u yana betalaffuz gapira boshladiki, uning nega goh betalaffuz, goh talaffuz bilan gapirishini xudoning o‘zi bilardi:

— Gap shundaki… — professor u yoq-bu yoqqa olazarak bo‘lib qarab qo‘ydi, — men shaxsan o‘zim shohid bo‘lganman bu voqealarga. Pontiy Pilatning huzurida rovonda ham, u Kaifa bilan gaplashayotganida bog‘da ham, shohsupada ham bo‘lganman, faqat maxfiy tarzda, ya’ni inkognito desayam bo‘ladi, shu bois o‘tinaman sizlardan — bu haqda hech kimga lom-mim demay, sir saqlasangiz!.. Tss!

Jim bo‘lib qolishdi, Berliozning rangi oqarib ketdi.

— Siz… siz qachon keldingiz Moskvaga? — titroq ovoz bilan so‘radi u.

— Men Moskvaga hozirgina, shu daqiqada kirib keldim, — esankirabroq javob qildi professor, shu gapdan keyingina ikki o‘rtoq uning ko‘zlariga tikilibroq qarashdi va uning chap ko‘zi ko‘k va butkul jununvash, o‘ng ko‘zi esa — qora, beziyo, o‘lik ekanligiga shohid bo‘lishdi.

«Mana, hamma narsa oydinlashdi-qoldi! — deb o‘yladi Berlioz yuragi bejo urib, — jinni nemisni yuborishipti yo bo‘lmasa, hozir shu yerda jinni bo‘lib qolgan. Ana xolos!»

Ha, darhaqiqat, hamma narsa: marhum faylasuf huzuridagi g‘oyat antiqa nonushtayu pista moyi va qandaydir Annushka haqidagi tuturiqsiz gaplaru Berliozning boshi uzilishi haqida aytilgan bashoratu hokazo va hokazolar sababi oydinlashgan edi — professor telba edi.

Berlioz nima ish qilishi kerakligini darhol tushundi. U skameykaga suyanib, professorning orqasidan Bezdomniyga, o‘chakishma, demoqchi bo‘lganday ko‘z qisdi, ammo dovdirab qolgan shoir do‘stining imosiga tushunmadi.

— Ha, ha, ha, — to‘lqinlanib derdi Berlioz, — lekin bo‘lishi mumkin! Hatto judayam bo‘lishi mumkin, Pontiy Pilat ham, rovon ham, qolgan gaplar ham… Siz yolg‘iz keldingizmi yo rafiqangiz bilanmi?

— Yolg‘iz, yolg‘iz o‘zim, men hamisha yolg‘izman, — hasrat bilan dedi professor.

— Buyumlaringiz qaerda, professor? — mug‘ambirlik bilan luqma tashladi Berlioz. — «Metropol» dami? Qaerga qo‘ndingiz?

— Menmi? Hech qaerga, — deb javob qildi telba nemis, ko‘k ko‘zini o‘ynatib, Patriarx ko‘liga ma’yus va vahshiyona nazar tashlarkan.

— Ie! Unda… qaerda yashamoqchisiz?

— Sizning kvartirangizda, — deb surbetlik bilan javob qildi telba va ko‘z qisib qo‘ydi.

— Ba… bajonu dil… u… — deya g‘o‘ldiradi Berlioz, — lekin menikida turish sizga o‘ng‘aysiz bo‘ladi-da… «Metropol» da esa xonalar g‘oyat shinam, u eng yaxshi mehmonxona…

— Shayton ham yo‘q deng? — dabdurustdan quvnoq ohangda savol berdi telba Ivan Nikolaevichga.

— Shayton ham…

— Ra’yini qaytarma! — pichirladi Berlioz, professorning orqasidan unga imo-ishora qilarkan.

— Hech qanaqa shayton yo‘q! — deb tuturiqsiz gaplardan gangib qolgan Ivan Nikolaevich chinqirib o‘rinsiz gaplarni aytib yubordi. — Qayoqdan keddi bu dardisar?! Bas qiling jinnilikni…

Shu payt telba qah-qah urib kulib yuborgan edi, tepalaridagi jo‘ka shoxiga qo‘nib o‘tirgan chumchuq pir etib uchib ketdi.

— O, bu endi bag‘oyat qiziq gap bo‘ldi, — deya xoxolardi professor butun gavdasi bilan silkinib. — Mamlakatinglar qanaqa o‘zi, nimani so‘rasang — yo‘q! — U birdan xoxolashdan taqqa to‘xtab, mutlaqo teskari kayfiyatga o‘tdiki, ruhiy kasallarda bunday holning sodir bo‘lishi tushunarli edi: — Demak, shunday qilib, yo‘qmi? — g‘ijinib, jahl bilan baqirdi u.

— Tinchlaning, o‘zingizni bosing, professor, — deb g‘o‘ddirardi Berlioz bemorning asabi buzilishidan xavotirlanib. — Siz shu yerda o‘rtoq Bezdomniy bilan bir minutgina o‘tirib turing, men muyulishga g‘ir etib borib, telefon qoqib kelaman, keyin sizni xohlagan yeringizga kuzatib qo‘yamiz. Siz axir shaharni yaxshi bilmaysiz-ku…

Berlioz to‘g‘ri reja tuzgan edi: eng yaqin avtomat-telefonga g‘izillab borib, xorijiylar byurosiga, ajnabiy bir konsultant Patriarx ko‘lida es-hushi noraso hodda o‘tirgani haqida xabar qilmoqchi edi. Xullas, darhol chora ko‘rish kerak, aks holda qandaydir ko‘ngilsiz bema’nilik yuz berishi muqarrar edi.

— Telefon qilasizmi? Mayli, qila qoling, — ma’yus rozi bo‘ldi bemor, keyin birdan zo‘r hissiyot bilan ilova qildi: — Lekin vidolashuv oldidan o‘tinib so‘rayman sizdan, hech bo‘lmasa, shaytonning borligiga ishoning! Yagona iltimosim shu. Bilingki, buni isbotlovchi yettinchi dalil mavjud, u eng ishonchli dalil! Hademay bunga o‘zingiz shohid bo‘lasiz.

— Yaxshi, yaxshi, — dedi yasama iltifot bilan Berlioz va telba nemisni qo‘riqlab o‘tirishdek mashaqqatdan sarosimaga tushgan shoir do‘stiga ko‘z qisib qo‘ydi-da, Bronnaya ko‘chasi bilan Yermolaevskiy tor ko‘chasi muyulishiga chiqadigan yo‘lak tomon otildi.

Professor esa darhol sog‘ayib, chehrasi yorishib ketdi.

— Mixail Aleksandrovich! — deb qichqirdi u Berliozning orqasidan.

U seskanib ketib, orqasiga o‘girildi ammo ismi-sharifimni professor bironta gazetada o‘qigandirda, degan xayolga borib, o‘ziga tasalli berdi. Professor esa qo‘llarini og‘ziga karnay qilib qichqirdi:

— Nima deysiz, hoziroq Kievdagi pochchangizga telegramma yuboraverishsinmi?

Yana Berliozning eti jimirlab ketdi. Kievda pochchasi borligini qayoqdan bila qolipti bu telba? Axir bu to‘g‘rida bironta ham gazeta hech qachon yozmagan edi-ku. Voajab, Bezdomniyning shubhasi to‘g‘riga o‘xshaydi shekilli? Ko‘rsatgan hujjati soxta bo‘lsa-ya? Judayam g‘ayritabiiy nusxa. Qo‘ng‘iroq qilish kerak! Darhol qo‘ng‘iroq qilish kerak! Kimligini bir zumda aniqlab olishadi!

Berlioz boshqa hech bir gapga quloq solmay chopa ketdi.

Xuddi shu payt, Bronnaya ko‘chasiga chiqaverishda, skameykadan bir odam muharrirga peshvoz turdi — bu odam boya quyosh shu’lasida quyuq va qaynoq havodan vujudga kelgan grajdaninga quyib qo‘ygandek o‘xshab ketardi. Lekin endi u shisha singari tiniq ham, nafis ham emas, balki oddiy odamlardek jismdan tashkil topgan edi; qosh qoraya boshlagan bu paytda, Berlioz u odamning mo‘ylovi tovuq patiga o‘xshashini, munchokdek kichkina ko‘zlari shirakayf va kinoyali boqayotganini, yuqori tortib kiygan katak-katak matodan tikilgan shimining pochalari ostida esa isqirt oq paypoqlarini aniq ko‘rdi.

Mixail Aleksandrovich cho‘chib orqasiga tisarildi, lekin shu zahoti, ahmoqona o‘xshashlik bu, xolos, umuman hozir bu hakda bosh qotirib o‘tiradigan payt emas, deb o‘ziga taskin berdi.

— Turniket qidiryapsizmi, grajdanin? — deb so‘radi katak shim kiygan nusxa qaltiroq ovoz bilan. — Buyoqqa marhamat qilsinlar! To‘ppa-to‘g‘ri ko‘zlagan yeringizga chiqasiz. Yo‘l ko‘rsatganim evaziga, aslida choraktaga olishim kerak edi sizdan… salomatlikni tiklash uchun… sobiq regent! — nusxa qiyshanglab boshidan jokeylar kepkasini yechgancha, qulochini keng yozib ta’zim qildi.

Berlioz tilanchi va qiyshang‘i regentga quloq solib o‘tirmay, turniket oldiga yugurib bordiyu uni ushladi. So‘ttg uni aylantirib o‘tib, endi tramvay iziga qadam qo‘ymoqchi bo‘lgan edi, ko‘ziga qizil va oq shu’la urildi, shisha qutidagi: «Tramvaydan ehtiyot bo‘l!» — degan yozuv yarq etib yondi.

Shu zahoti Yermolaev tor ko‘chasidan chiqqan tramvay yangi yotqizilgan izdan Broshtaya ko‘chasiga burildi. U muyulishda qattiq bir chiyillab, to‘g‘ri yo‘lga chiqib oldi-yu, birdan ichi elektr shu’lasidan yaraqlab ketib, tezligi oshdi.

Ehtiyotkor Berlioz, garchi bexavotir yerda turgan bo‘lsa ham, qayta turniket g‘altagi orqasiga o‘tib turmoqchi bo‘ldi va uning bandini ushlab, orqasiga bir qadam qo‘ydi. Xuddi shu payt, qo‘li sirg‘alib, g‘altak bandini qo‘yib yubordi, oyog‘i tramvay iziga qiyalab tushgan tosh yo‘ldan xuddi yaxmalak otgandek sirpanib ketdi, ikkinchi oyog‘i yuqoriga ko‘tarilib ketdi-yu, Berlioz tramvay iziga borib tushdi.

U biron nimani ushlab olishga urinib chalqanchasiga yiqildi, ensasi bilan toshga xiyol zarb bilan urildi va shu choq balandda (lekin chap tomopdami yo o‘ngdami — fahmiga bora olmadi) zarrin tusga kirgan oyni ko‘rdi. Shu zahoti u g‘ay-ritabiiy tezlik bilan g‘ujanak bo‘lib yonboshiga o‘girildi, o‘girildiyu o‘zi tomonga nihoyatda zo‘r shiddat bilan o‘qday uchib kelayotgan tramvay haydovchi ayolnipg dokadek oqargan yuzini va boshidagi qizil durrasini ko‘rdi. Berlioz chinqirmadi, ammo butun ko‘cha asllar ovozi bilan jonholatda chinqirib yubordi. Tramvay haydovchi ayol elektr tormozni shaxt tortdi, vagon tumshug‘i bilan yerga enkaydi, bir zumda silkindi, vagon derazalarinipg oynalari dahshatli ovoz bilan chil-chil sipdi. Shu chog‘ Berliozning miyasida kimdir jon achchig‘ida «Nahotki?..» — deb qichqirib yubordi. Uning ko‘zi oldida oy yana bir bor, oxirgi marta lip etib ko‘rindi, lekin u bo‘lak-bo‘laklarga bo‘lina boshlagan edi, so‘ng hammayoq qop-qorong‘i bo‘ldi.

Tramvay kelib Berliozni bosdi, shunda xiyobon atrofini o‘ragan panjara ostiga, tosh terilgan qiyalik tomonga dum-dumaloq qora bir narsa dumalab ketdi. U narsa shu qiyalikdan tushib, Bronnaya ko‘chasiga terilgan toshlar ustidan dumalab ketdi.

Bu Berliozning tramvay uzib yuborgan kallasi edi.

To‘rtinchi bob TA’QIB

Ayollarning jazavali chinqiriqlari tindi, mili-tsiya hushtaklari ham churullashdan to‘xtadi, ikkita sanitariya mashinasi kelib, biri — cho‘rt uzilgan bosh bilan tanani o‘likxonaga, ikkinchisi — oyna si-niqlaridan jarohatlangan tramvay haydovchi go‘zal ayolni kasalxonaga olib ketdi, oq fartuk tutgan farroshlar oyna parchalarini yig‘ishtirib, qon yuqi qolgan yerlarga qum sepishdi. Ivan Nikolaevich esa turniketga yetib kelolmay, skameykaga qanday yiqilib qolgan bo‘lsa, hamon shu alfozda yotardi.

Bezdomniy o‘rnidan turishga bir necha marta urinib ko‘rdi, lekin oyoqlarida jon yo‘q edi — u shol bo‘lib qolganga o‘xshardi..

Shoir faryod eshitilgan hamonoq turniket tomon yugurgan va tosh ko‘chada kalla dumalab ketayotganini ko‘rgandi. Bu holdan u tamomila esini yo‘qotib, o‘zini skameykaga otganu bilagini g‘archcha tishlab, qonatib yuborgandi. Telba nemis-ku, uniig xayolidan faromush bo‘lgan edi albatta, hozir u faqat bir narsani tushu-nishga urinardi: axir, qanday qilib hozirgina o‘zi suhbatlashib o‘tirgan Berlioz, mana, bir daqiqadan keyin — kallasi.

Shoirning yonidan xiyobon bo‘ylab qattiq hayajonlangan odamlar bir nimalarni gapirib, chopib o‘tishardi, lekin Ivan Nikolaevich ularping gaplarini idrok qilmasdi.

Biroq shoirning oldida ikki ayol kutilmaganda to‘qnashib qoldi-yu, ulardan biri — boshyalang, qirra-burun ayol shoirning shundoqqina qulog‘i ostida shang‘illab ikkinchisiga dedi:

— Annushka bor-u, o‘zimizning Annushka! Sadovayada turadi! Bu o‘shaning ishi! U magazindan bir shisha pista moyi olgan ekan, yo‘lda ehtiyotsizlik qilib shi-shani g‘altakka urib sindiribdi-yu, yog‘ni to‘kib yuboripti! Yubkasi jiqqa yog‘ bo‘lgan… Jahli chiqib biram qarg‘adiki! Anavi sho‘ring qurg‘ur bo‘lsa, o‘sha to‘kilgan yog‘da tayg‘anib, to‘g‘ri tramvay tagiga borib tushipti…. Ayol shang‘illab aytgan so‘zlardan faqat bitta «Annushka» degan so‘z Ivan Nikolaevichning miyasiga o‘rnashib qolgan edi…

— Annushka… Annushka?.. — g‘o‘ldiradi shoir atrofiga olazarak bo‘lib qararkan. — Ie, shoshma, shoshma-chi…

«Annushka» so‘ziga «pista yog‘i» degan so‘z kelib ulandi, undan keyin, negadir «Pontiy Pilat» so‘zlari ham kelib qo‘shildi. Shoir Pilatni xotiradan chiqarib tashlab, so‘zlar zanjirini «Annushka» so‘zi-dan boshladi. Natijada, bu zanjir juda tez ulanib, bir zumda uni telba professorga ro‘para qildi.

Darvoqe! «Majlis bo‘lmaydi, chunki Annushka yog‘ to‘kib yubordi», deb shu nemis aytgan ediku. Mana, marhamat, majlis bo‘lmasligi aniq! Bundan tashqari: Berliozning kallasini ayol kishi oladi, deb u aniq gapirgandi-a?! Ha, ha, ha! Axir tramvay haydovchi ayolmidi? O‘zi nimalar bo‘lyapti, a?

Berliozning mudhish o‘limi tafsilotini maxfiy konsultant oldindan aniq bilganligiga endi zig‘ircha ham shubha qolmagan edi. Shunda shoirning miyasini ikkita mulohaza band etdi. Birinchi mulohaza: «Nemis hech ham jinni emas! Hammasi bema’nilik!» Ikkinchi mulohaza: «Bu falokatni uning o‘zi uyushtir-madimikin?!»

Lekin, afv etasiz, qanday qilib uyushtirishi mumkin?

— E, yo‘q! Buni biz aniqlaymiz!

Ivan Nikolaevich butun kuchini ishga solib, skameykadan zo‘r-bazo‘r turdi, turdiyu orqaga — professor bilan suhbatlashgan yeriga otiddi. Xayriyat, u hali ketib qolmagan ekan.

Bronnaya ko‘chasidagi chiroqlar endi yoqilgan, Patriarx ko‘li uzra esa oltinrang oy shu’la sochardi, ana shu, hamisha ko‘zni chalg‘ituvchi oy nurida professor qo‘ltig‘iga hassa emas, qilich qistirib turganday tuyuldi Ivan Nikolaevichga.

Iste’fodagi shilqim regent esa hali yaqinginada Ivan Nikolaevich o‘tirgan joyning o‘zginasida o‘tirardi. Endi regent burniga, behojatligi yaqqol ko‘rinib turgan pensne qo‘ndirgan ediki, uning bir ko‘zi shishasiz, ikkinchi ko‘zidagi shisha esa darz ketgan edi. Berliozni tramvay izi tomon yo‘llagandayoq razil ko‘ringan bu katak shimli odam endi — psnsne taqqach — battar razillashgan edi.

Ivan professorning oldiga yuragi taka-puka bo‘lib yaqinlashdi, so‘ng uning chehrasiga tikilib qarab, hech qanday tslbalik alomati yo‘kliligiga va hech qachon bo‘lmaganligiga iqror bo‘ldi.

— Qapi, rostipi aytipg, kimsiz o‘zi? — bo‘g‘iq ovoz bilan so‘radi Ivan.

Chet ellik shoirni go‘yo birinchi marta ko‘rib turgandek unga o‘shshayib qaradi va sovuqqina javob qildi:

— Meniki tushunmaydi… ruscha gapirish…

— U tushunmaydi! — deb gapga aralashdi regent o‘tirgan yerida, holbuki, hech kim undan chet ellikning gapini izohlashni so‘ramagan edi.

— Mug‘ambirlik qilmang! — deb do‘q qildi Ivan va birdan yuragi shuv etib ketganini his qildi. — Siz hali shu yerda rus tilida juda yaxshi gapirgan edingiz. Siz nemis ham, professor ham emassiz! Siz

— qotil va josussiz! Hujjatlaringizni ko‘rsating! — g‘azab bilan qichqirdi Ivan.

Shubhali professor shundoq ham qiyshiq og‘zini jirkanch bilan burdi, yelkalarini uchirib qo‘ydi.

— Grajdanin! — deb yana oraga suqildi turqi sovuq regent. — Nega siz inturistni bezovta qilyapsiz? Bu ishingiz uchun qattiq javobgarlikka tortilasiz! — Shubhali professor esa takabburona chehra bilan orqasiga o‘girildiyu indamay ketaverdi.

Ivan esankiray boshlaganini sezdi. Nafasi og‘ziga tiqilib regentga yuzlandi:

— Xoy grajdanin, jinoyatchini tutishga yordamlashish! Albatta yordam berishingiz kerak.

Regent birdai g‘ayratlanib, sapchib o‘rnidai turdi va baqirdi:

— Kim jinoyatchi? Qani u? Chet ellik — jinoyatchi? — regentning ko‘zlari sho‘x chaqnab ketdi.

— Anavimi? Agar jinoyatchiligi rost bo‘lsa, birinchi navbatda: «Voydod!» — deb baqirish kerak. Bo‘lmasa, qochib ketadi. Qani, keling, ikkalamiz baravar qichqiramiz! Faqat baravar! — Shunday deb regent og‘zini ochdi.

Esankirab qolgan Ivan hazilkash regentning gapiga ishonib, «Voydod!» — deb qichqirdi, lekin regent uni laqillatib «churq» etmadi.

Ivanning hirqiroq ovozi yaxshi samara bermadi. Xiyobondan o‘tib ketayotgan ikki qiz cho‘chib o‘zlarini chetga olib qochishdi, shunda uning qulog‘iga: «Mastmi, nima balo?» — degan luqma eshitildi.

— E, ha, sen ham u bilan birgamisan hali? — deb baqirdi darg‘azab Ivan. — Hali sen meni mayna qilmoqchi bo‘ldingmi? To‘sma yo‘limni!

Ivan o‘ng tomondan o‘tmoqchi edi, regent ham shu tomonga otildi! Ivan chapga tashlanuvdi — manfur regent ham chapga o‘tdi.

— Sen ataylab yo‘limni to‘syapsan chog‘i? — baqirdi Ivan g‘azabi tobora ortarkan. — Hali seni ham militsiyaga topshiraman!

Ivan nobakor regentning yengidan tutmoqchi bo‘lib hamla qildi, ammo tutolmay, dog‘da qoldi. Regent xuddi yerga kirib ketganday ko‘zdan g‘oyib bo‘lgandi.

Ivanning og‘zi hayratdan lang ochilib qoldi, shu payt u uzoqda ketayotgan manfur notanish odamni ko‘rib qoldi. U Patriarx tor ko‘chasi og‘ziga borib qolgan edi, boz ustiga, u yolg‘iz emas edi. Qanday odamligi mutlaqo noma’lum bo‘lgan boyagi regent professorga hamroh bo‘lib borardi. Bu ham yetmaganday, kutilmaganda qayoqdandir paydo bo‘lgan, to‘ng‘izdek bahaybat, qarg‘adek qop-qora, shopmo‘ylov bir mushuk ular bilan borardi. Uchovlari Patriarx tor ko‘chasi tomon yurishdi, lekin shunisi qiziqki, bu payt mushuk orqa oyoqlarida yura boshladi.

Ivan shu badkirdorlar ortidan yugurdi, ammo ularni quvib yetish juda mushkul bo‘lishini darhol angladi.

Uchovlon zumda tor ko‘chadan o‘tib Spiridonovkaga chiqishdi. Ivan qadamini qancha ildamlatmasin, ta’qib qilinayotganlar bilan o‘zi o‘rtasidagi masofa zig‘irchayam kamaymadi. Shoir ko‘z ochib-yumguncha sokin Spiridonovkadan o‘tib, o‘zini Nikita qopqasi oldida ko‘rdi, bu yerda endi uning ahvoli og‘irlashgan edi. Bu yer shunaqa gavjum ediki, Ivan ba’zi yo‘lovchilarga turtinib ketib so‘kish ham eshitib oldi. Buning ustiga-ustak, badkirdorlar to‘dasi banditlar ko‘p qo‘llay-digan usulni ishlatishga — har tarafga tarqab ketishga qaror qilgandi.

Regent Arbat maydoni tomon o‘qday uchib borayotgan tirband avtobusga sakrab chiqib olib, olomon ichiga xuddi olqindidek suqilib kirdi-yu, ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi. Ta’qib qilinayotganlardan bittasini yo‘qotgan Ivan endi butun diqqatini mushukka qaratdi: bu antiqa mushuk bekatda to‘xtab turgan «A» belgili motorli vagonning pillapoyasi oldiga borib, vagonga chiqa boshlagan bir ayolni chirqillatib tortib tushirdi-da, o‘zi eshik bandini ushlab pillapoyaga chiqib oldi, shundan keyin havo issiq bo‘lgani uchun ochib qo‘yilgan deraza orqali konduktorga yarim tanga pul ham uzatdi.

Mushukning bu raftori Ivanni shunchalar hayratlantirdiki, u muyulishdagi oziq-ovqat magazini oldida dong qotib turib qoldi, lekin shu onning o‘zida u konduktorning xatti-harakatidan ikkinchi marta, yana ham kuchliroq hayratga keldi. Konduktor ayol tramvayga chiqayotgan mushukni ko‘rgan hamonoq jahl bilan, butun vujudi titrab chiyilladi:

— Mushuklarga ruxsat yo‘q! Mushuklar bilan tramvayga chiqish mumkin emas! Pisht! Tush vagondan, bo‘lmasa militsiya chaqiraman!

Bu hodisa, mushukning tramvayga chiqmoqchi bo‘lgani u yoqda tursin, hatto uning kira haqi to‘lashga uringani ham na konduktor ayolni, na passajirlarni ajablantirgandi!

Mushuk nafaqat kira haqi to‘lashga qodir, shuningdek, intizomli hayvon ham bo‘lib chikdi. U konduktor ayolning shang‘illashini eshitgan hamonoq yerga tushib, bekatga cho‘qqayib o‘tirdi va yarim tangali pul bilan mo‘ylovini silay boshladi. Lekin konduktor ayol arqonni tortib, tramvay joyidan jilgan hamonoq mushuk tramvaydan haydab tushirilgan, ammo tramvaydan qolib ketishga hech iloji bo‘lmagan odamday ish tutdi. U uchala vagonni o‘tkazib yuborib, oxirgisining orqa yoyisiga chiqib oldiyu rezinka ichakni changallab ushlagancha safarga jo‘nab qoldi, ayni paytda yarim tanga pulini ham tejab qoldi.

Ivan bu yaramas mushukka alahsib, sal bo‘lmasa, eng muhim jinoyatchi — professorni yo‘qotib qo‘yayozgandi. Lekin u, Ivanning baxtiga, g‘oyib bo‘lishga ulgurmagan ekan. Ivan uning kulrang beretini Bolshaya Nikitskayami yo Gertsen ko‘chasiningmi boshlanish yerida g‘ij-g‘ij oadmlar orasida ko‘rib qoldi. Bir zum o‘tmay Ivanning o‘zi ham o‘sha yerga borib qoldi. Lekin yana omadi yurmadi. Shoir qadamini ildamlatdi ham, yo‘lovchilarni turtib-surtib lo‘killab chopa boshladi ham, lekin baribir professorga bir qarich ham yaqinlasha olmadi.

Ivan, ko‘ngli nechog‘liq g‘ash bo‘lmasin, ta’qibning g‘ayritabiiy tezlikda o‘gayotganidan hayratda edi. Ivan Nikolaevich Nikita qopqasida bo‘lgandan keyin oradan yigirma soniya ham vaqt o‘tmay, darrov Arbat maydoniga yetib olib, son-sanoqsiz chiroqlardan ko‘zi qamashib ketdi. Yana bir necha soniya o‘tdi-yu, Ivan Ni-kolaevich o‘zini yo‘lkalari qiyshayib ketgan qop-qorong‘i bir tor ko‘chada ko‘rdi — bu yerda u birdan gurs etib yiqilib, tizzasini qonatvoldi. Yana charog‘on magistral — Kropotkin ko‘chasi, keyin tor ko‘cha, undan keyin Ostojenka va yana xilvat, irkit, g‘ira-shira yoritilgan tor ko‘cha. Ana shu yerga kelganda Ivan Nikolaevich o‘sha nihoyatda zarur bo‘lgan odamni butunlay ko‘zdan qochirib qo‘ydi. Professor g‘oyib bo‘lgan edi.

Ivan Nikolaevich esankirab qoldi, lekin bu hol ko‘pga cho‘zilmadi, chunki birdan uning ko‘ngliga, professor albatta 13-uyning, muqarrar 7-kvartirasiga kirgan bo‘lishi kerak, degan fikr keldi.

Ivan Nikolaevich shu 13-uyning pod’ezdiga o‘kday otilib kirib, ikkinchi qavatga uchib chiqdi, darhol ko‘zlagan kvartirasini topib, betoqatlik bilan qo‘ng‘iroq tugmasini bosdi. Sal vaqt o‘tmay eshikni besh yoshlar chamasidagi bir qizaloq ochdi, lekin kelgan amakidan hech nima so‘ramay, shu zahoti orqasiga o‘girildiyu, qaysiyam bir xonaga kirib ketdi.

Qora is bosgan baland shift ostida burchakka o‘rnatilgan kichkinagina lampochka bilan xiragina yoritilgan hayhotday, mutlaqo qarovsiz bu dahlizda sirtiga temir qoplangan bahaybat quti turar, devorga shinalari olingan velosiped osilgan, veshalka tokchasida yotgan qalpoqning uzun qulog‘i osilib turardi. Bu yerdagi xonalardan birida radioapparatdan bir erkakning jarangdor va serzarda ovoz bilan qichqirib she’r o‘qiyotgani eshitilardi.

Ivan Nikolaevich bu notanish vaziyatda aslo sarosimaga tushmay: «U, albatta, vannaxonaga yashiringan bo‘lishi kerak», degan mulohaza bilan to‘g‘ri yo‘lak tomon otildi. Io‘lak qop-qorong‘i zdi. Ivan devorga urilib borarkan, bir eshik ostidagi tirqishdan tushib turgan xiragina yorug‘ga ko‘zi tushdi, paypaslab eshikning bandini topdida, uni kuch bilan o‘ziga tortdi. Eshikning ilgagi chiqib ketib, Ivan chindanam vannaxonaga kirib qoldi, shunda u, omadim bor ekan, deb ko‘nglidan o‘tkazdi.

Biroq omad Ivan kutganchalik kulib boqmadi! Uning dimog‘iga nam iliq havo urild,i, so‘ng u kolonkada milt-milt yonayotgan cho‘g‘ yorug‘ida bu yerda devorga osilgan kattakon tog‘orani va siri ko‘chib, hammayog‘i qora dog‘ bo‘lib ketgan vannani ko‘rdi. Vannada boshdan-oyoq sovun ko‘pigiga burkangan, qo‘liga mochalka ushlagan yalang‘och bir bir ayol turardi. U uzoqni ko‘rolmaydigan ko‘zlarini suzib Ivanga qaradi, lekin bu jahannamona qorong‘ida uni tanimadi shekilli, sho‘x ohangda, past ovoz bilan dedi:

— Kiryushka! Aynimang! Nima, esingizni yedingiz-mi?.. Hademay Fyodor Ivanovich kelib qoladi. Chiqib keting hoziroq! — shunday deb u Ivanga mochalka silkidi.

Turgan gapki, anglashilmovchilik yuz bergan zdi, buniig sababchisi Ivan Nikolaevich edi, albatta. Lekin u o‘z aybiga iqror bo‘lishni istamadi va ta’na bilan: «Voy, buzug‘-e!..» dediyu shu zahoti negadir oshxonaga kirib qoldi. Bu yerda hech zog‘ yo‘q edi, o‘ntacha primus plita ustida, qorong‘ida gung turardi. Yillab changi artilmagan deraza oynasidan tushgan oy shu’lasi chang va isda qolib tamoman unutilgan sanam osilgan burchakni g‘ira-shira yoritib turardi, sanam ramkasi orqasidan bir juft nikoh shamining uchi chiqib turardi. Bu katta sanam ostiga kichkina — qog‘oz sanam qadab qo‘yilgan edi.

Ivan orqa eshikdan chiqib ketish oldidan bitta sham bilan qog‘oz sanamni olivoldi, ammo bu raftori bilan nima maqsadni ko‘zlaganini hech kim ayta olmas edi. U allanimalar deb g‘o‘ldirab begona kvartirani tark etarkan, hozirgina vannaxonada o‘zi shohid bo‘lgan hodisani eslab xijolat bo‘ldi-yu, o‘sha surbet Kiryusha kim bo‘ldiykin, anavi jirkanch quloqchin qalpoq o‘shaniki emasmikin, deb beixtiyor ko‘nglidan o‘tkaza boshladi.

Shoir huvillagan, bequt tor ko‘chaga chiqqach, qochoqni qidirib atrofga ko‘z yugurtirdi, ammo u hech yerda ko‘rinmasdi. Shunda Ivan o‘ziga o‘zi qat’iyat bi-lan dedi:

— Turgan gapki, u Moskva daryosida! Olg‘a!

Ivan Nikolaevichdan, nima uchun siz professorni aynan Moskva daryosida deb o‘ylayapsiz, deb so‘ralsa yaxshi bo‘lardiya, ammo hamma balo shunda ediki, bu savolni beradigan odamning o‘zi yo‘q edi. Manfur tor ko‘cha huvillab yotardi.

Oradan xiyolgina vaqt o‘tar-o‘tmas Ivan Nikolaevichni Moskva daryosi sohilidagi tosh zinada ko‘rish mumkin edi.

U darhol kiyim-boshini yechib, yirtiq oq ko‘ylak va titilib ketgan, ipsiz, bir juft botinka oldida qo‘lbola papiros chekib o‘tirgan, soqoli xushsurat odamga topshirdi. Shundan so‘ng u qo‘llarini silkib terini qotirdi-da, suvga kalla tashladi. Suv shu qadar sovuq ediki, Ivanning dami qaytib ketdi, hatto endi suv betiga suzib chiqolmasam kerak, degan fikr ham ko‘nglidan lip etib o‘tdi. Lekin, xayriyat, suzib chikdi va pishqirib, ko‘zlari qinidan chiqqudek chaqchaygancha, hansirab neft hidi kelib turgan qop-qora suv betida sohildagi chiroqlar tomon suza boshladi.

Suvning sovuqligidan diydiragan Ivan sohildagi pillapoyalardan boya kiyimini yechib qoldirgan soqolli odam oldiga chiqa boshladi, qarasa, nafaqat kiyimlarini, shuningdek, soqolli odamning o‘zini xam o‘g‘irlab ketishipti. Aynan o‘sha kiyim yechilgan yerda erkaklarning yo‘l-yo‘l ichki ishtoii, yirtiq uzun ko‘ylak, sham, kichkina qog‘oz sanam va bir quti gugurt qolgan edi. Ivan musht do‘laytirib zaif g‘azab bilan kimgadir po‘pisa qildi-da, so‘ng shu tashlandiq kiyimni kiya boshladi.

Hozir uni ikki mulohaza: birinchidan, hamisha o‘z yonida olib yuradigan MASSOLIT guvohnomasining g‘oyib bo‘lgani, ikkinchidan, shu ahvolda Moskva ko‘chasidan o‘tsa bo‘larmikin degan mulohaza bezovta qila boshlagandi. Nima bo‘lgandayam ichki ishton-da..sirasini olganda, kimning nima ishi bor-a… ishqilib biron kor-hol bo‘lib, unga xalal bermasa bo‘lgani.

Ivan, shoyad yozlik shimga o‘xshab ko‘rinsa, degan niyatda ishton pochasidagi tugmalarni uzib tashladi, kuliga kichkina ikonani, sham va gugurtni olib, yo‘lga gusharkan, o‘ziga-o‘zi dedi:

— Griboedovga! Shak-shubhasiz u o‘sha yerda.

Shahar oqshomgi hayot og‘ushida edi. Platformalarni shatakka olgan yuk mashinalari ko‘cha changitib, zanjirlarni sharaqlatib o‘tishar, platformalarga ortilgan qoplar ustida qandaydir erkaklar chalqancha tushib yotardilar. Hamma yerda derazalar lang ochiq edi. Shu derazalarning har bittasidan to‘q-sariq abajurli chiroq yonib turgani ko‘rinar va hamma derazalar, hamma eshiklar, darvozaxonalaru tomlardan, podvalu chordoqlardan, hamma-hamma hovlidan «Yevge-niy Onegin» operasida ijro etiladigan polonez bo‘g‘iq eshitilardi.

Ivan Nikolaevich bekorga xavotirlanmagan ekan: o‘tgan ham, ketgan ham o‘girilib uni kuzatib qolardi. Natijada u katta ko‘chalarni tark etib, jinko‘chalardan yurishni ma’qul ko‘rdiki, bu yoqlardagi odamlarning uncha xiralik qilmasligiga, shimga hech o‘xshagisi kelmayotgan ichki ishton kiygan, yalangoyoq odamni to‘xtatib, surishtiradigan kishi uchramasligiga ko‘proq ishonsa bo‘lardi.

Ivan ham shunga amal qilib, Arbatning o‘rgimchak ini singari har tomonga taralgan tor ko‘chalariga sho‘ng‘idi va dam o‘tmay atrofga qo‘rqa-pisa ko‘z qiri-ni tashlab, orqasiga o‘girilib qarab, gohida uylarning yo‘laklariga yashirinib, svetoforlar qo‘yilgan chorrahalardan, elchixona binolarining muhtasham darvozalaridan o‘zini uzoqroq olib, devorlar yoqalab yurib ketdi.

Lekin u qaerda bo‘lmasin, orkestr jo‘rligida Tatyanaga muhabbat izhor qilib ariya ijro etayotgan salobatli yo‘g‘on ovoz uni ta’qib qilib, negadir qattiq iztirobga solardi.

Beshinchi bob BU GRIBOYEDOVDA BO‘LGAN EDI

Sarg‘ish rangga bo‘yalgan bu ikki qavatli qadimiy uy aylanma xiyobon yoqasiga, atrofi cho‘yan panjara bilan o‘ralgan, daraxtlari majmag‘il bog‘ etagiga joylashgan edi. Uy oldidagi mo‘’jazgina maydoncha asfaltlangan bo‘lib, qishda bu yerga qor tog‘ qilib uyilib, tepasiga kurak botirib qo‘yilar, yoz paytida esa bu sahn kanop soyabon ostida yozlik restoranning eng muhtasham bo‘limiga aylanardi.

Bu uy «Griboedov uyi» deb atalardi, bunga sabab, go‘yo bir vaqtlar adibning, ya’ni Aleksandr Sergeevich Griboedovning xolasi shu uy sohibasi bo‘lgan emish. Lekin chindanam shunday bo‘lganmi, yo‘qmi — aniq aytolmaymiz. Aslida, Griboedovning uy sohibasi bo‘lgan hech qanday xolasi yo‘q edi bilishimcha… Lekin shunga qaramay, bu uyni shu nom bilan atardilar. Shunisiyam borki, agar moskvalik bir yolg‘onchining gapiga ishonsak, bu uyning ikkinchi qavatidagi serustun doira zalda mashhur yozuvchi yumshoq divanda yastanib o‘tirgan o‘sha xolasiga o‘zining «Aqllilik balosi» asaridan parcha ham o‘qigan emish. Lekin kim bilsin, o‘qigan bo‘lsa o‘qigandir ham, muhimi bu emas!

Muhimi shuki, hozirgi paytda bu uyning sohibi o‘sha MASSOLIT ediki, baxtiqaro Mixail Aleksandrovich Berlioz Patriarx ko‘li bo‘yiga borgunga qadar shu tashkilotga boshchilik qilar edi.

MASSOLIT a’zolarining sharofati bilan bu uyni hech kim «Griboedov» deb atamas, balki hamma qisqagina qilib «Griboedov» derdi: «Kecha men Griboedovda ikki soat xonama-xona sandiroqlab yurdim». «Xo‘sh, qalay?» «Yaltaga bir oylik putyovka undirdim». «Boplabsan!» Yoki: «Berliozning oldiga bor, bugun u to‘rtdan oltigacha Griboedovda qabul qiladi…» va hokazolar.

MASSOLIT Griboedovga juda qulay va yaxshi joylashgan edi. Griboedovga kirib kelgan har bir odam birinchi navbatda beixtiyor har xil sport to‘ga-raklarining e’lonlari bilan, shuningdek, ikkinchi qavatga olib chiqadigan zina devorlariga osilgan MASSOLIT a’zolarining gruppa-gruppa va yakka-yakka bo‘lib tushgan fotosuratlari bilan tanishardi.

Ikkinchi qavatdagi birinchi xona eshigiga yirik harflar bilan «Baliq ovi va dala hovli sektsiyasi» deb yozilgan bo‘lib, yozuv ostiga qarmoqqa ilingan to-vonbaliqning rasmi chizilgan edi.

2 raqamli xona eshigiga xiyla g‘aliz gap yozilgan edi: «Bir kunlik ijodiy putyovka. M. V. Podlojnyaga murojaat qilinsin».

Undan keyingi eshikdagi yozuv qisqa bo‘lsa ham mutlaqo tushunib bo‘lmasdi: «Pereligino». «Griboedov» ga tasodifan kirib qolgan odam shu yozuvdan keyin adib xolasining yong‘oq yog‘ochidan yasalgan eshiklariga qoqilgan turli-tuman yozuvlarni ko‘rib hang-mang bo‘lib qolardi: «Qog‘oz olmoqchi bo‘lganlarni Poklyovkina navbatga yozadi», «Kassa», «Sketch yozuvchilar uchun xususiy haq to‘lanadi»…

Pastda, binoga kiraverishdan boshlangan uzundan-uzun navbatda turganlarni yoqalab borgan odam: «Uy-joy masalasi» deb yozilgan, odamlar to‘xtovsiz kirib-chiqib turgan eshikka borib to‘xtardi.

Uy-joy masalasi ko‘riladigan xonadan keyin g‘oyat hashamatli plakat ko‘zga tashlanardi, bu plakatda baland qoya, uning cho‘qqisida yelkasiga miltiq ilib, ot choptirib ketayotgan chakmonli suvoriy tasvirlangan edi. Undan pastroqda — palmalar soyasidagi peshayvonda qo‘liga avtoruchka ushlagan kokildor bir yigit judayam o‘tkir ko‘zlarini olis-olis fazoga tikib o‘tirardi. Bu tasvir ostiga shunday so‘zlar yozilgan edi: «Ikki haftadan (hikoya, novella) bir yilgacha (roman, trilogiya) to‘laqonli ijodiy otpuskalar beriladi. Yalta, Sovuq Suv, Borovoe, Sixidziri, Maxipjauri, Leningrad (Qishki saroy)». Bu eshik oldida ham pavbat-da turganlar bor edi, lekin judayam ko‘p emas, taxminan yuz elliktacha kelardi.

Bu yerdan o‘tib, Griboedov uyining serhashamat muyulishlaridan, pastu baland yo‘laklaridan borgan odam: «MASSOLIT Pravleniesi», «Kassalar № 2, 3, 4, 5», «Redaktsioi kollegiya», «MASSOLIT raisi», «Bilyardxona» deb yozilgan eshiklardan o‘tar, shuningdek, MASSOLITning turli-tuman qo‘shimcha idoralarni, nihoyat, yuqorida nomi zikr etilgan xola buyuk jiyanining komediyasini huzur bilan tinglagan o‘sha serustun zalni ko‘rardi.

«Griboedov» ga kirgan har bir odam, agar unda zig‘ircha fahm-farosat bo‘lsa, MASSOLIT a’zolarining qanday baxtiyor hayot kechirishini bir qarashda fahmlab olardi, fahmlardiyu, shu zahoti uning ichini hasad mushuk bo‘lib timdalardi. Shu zahoti u, tug‘ilganimda nega menga ham yozuvchilik iste’dodini ato etmading, degandek achchiq ta’na to‘la ko‘zlarini ko‘kka tikardi, zero, MASSOLIT a’zosining butun Moskva taniydigan, xushhid, asl nav charm qoplangan zarhal hoshiyali jigarrang biletiga muyassar bo‘lishni, turgan gapki, o‘shal yozuvchilik iste’dodisiz orzu ham qilib bo‘lmasdi.

Qani, hasadni yoqlab kim bir og‘iz so‘z ayta oladi? Hasad eng razil hissiyot toifasidandir, lekin shunga qaramay, Griboedovga kelgan mehmonning ahvoliga tushunish kerak. Chunki u yuqori qavatda ko‘rgan narsalar hali daryodan tomchi. Uyning birinchi qavatini butunicha restoran ishg‘ol etgan edi. Yana — restoranmisan, restoran! Vijdonan gapiriladigan bo‘lsa, butun Moskvada eng yaxshi restoran hisoblanardi u. Griboedov nainki qubbali shiftlariga ayyoorona yolli nafarmon otlarning tasviri solingan ikkita ulkan zalga joylashgani bilan, nainki bu yerdagi har bir stolchaga shol ro‘mol soyavonli chiroqlar o‘rnatilgani bilan, nainki unga kirish har qanday o‘tkinchiga nasib bo‘lavermagani bilan, shuningdek, bu yerda tayyorlanadigan ovqatlarning sifati bilan ham Moskvadagi har qanday manaman degan restoranni bir cho‘qishda qochirardi, buning ustiga, bu yerda taomlar kishiga malol kelmaydigan bahoda tortilardi.

Shunga ko‘ra Griboedovning cho‘yan panjarasi yonida mazkur kitob mualliflarining qulog‘iga chalingan quyidagi haqqoniy suhbatning hech ajablanarli yeri yo‘q bo‘lsa kerak:

— Bugun qaerda kechlik qilasan, Amvrosiy?

— Qaerda bo‘lardi, albatta shu yerdada, azizim Foka! Archibald Archibaldovich bugun kechlikka portsiya-portsiya qilib tayyorlangan anatyurel olabug‘a baliqlari bo‘ladi deb shipshidi menga. Quling o‘rgilsin narsada o‘ziyam!

— Yashashning yo‘lini bilasan-da, Amvrosiy! — xo‘rsinib qo‘yib dedi abgor kiyingan, bo‘yniga ho‘ppoz oshgan, cho‘pdek oriq Foka yuzlari do‘mboq, lablari durdoq, sochi oltinrang, barvasta qomat shoir Amvrosiyga.

— Aytarli hech qanday yo‘lni bilmayman, — dedi e’tiroz bilan Amvrosiy, — faqat odamlarday yashashni xohlayman, xolos…

— Uydayam pishirsa bo‘ladi-ku, o‘sha ovqatni, — deb miyilladi Foka.

— Salomatliklari kerak, — deb do‘rilladi Amvrosiy, — uyda o‘sha anatyurel olabug‘a balig‘ini xotining umumiy oshxonada kastryulda pishiradimi? Qoyil-e! Hi-hi-hi!.. Orevuar, Foka! — shundan keyin Amvrosiy qo‘shiq xirgoyi qilgancha soyabon ostidagi yozlik restoranga yo‘l oldi…

Yetar, kitobxon, mavzudan chiqib ketdik! Qani, yana izimdan olg‘a!

O‘sha Berlioz halok bo‘lgan kuni kechqurun soat o‘n yarimda Griboedovning yuqori qavatida faqat bitta xona yoritilgan bo‘lib, u yerda majlisga to‘plangan o‘n ikki nafar adabiyotchi Mixail Aleksandrovichning kelishini kutib, zerikib o‘tirardi.

MASSOLIT Pravleniesi xonasida stullarda, stollarda, hatto ikki deraza raxida o‘tirganlar havoning dimligidan qiynalardilar. Ochiq derazadan qilt etgan shabada kirmas edi. Moskva kun bo‘yi asfalt singdirgan haroratni qaytarar, tunda ham havoning tafti pasaymasligi ko‘rinib turardi.

Uyning podvaliga joylashgan oshxonadan piyoz hidi keldi, shunda xonada o‘tirganlarning tomog‘i qaqrab, hammalari tajang bo‘lib, achchiqlana boshlashdi.

Durustgina kiyingan, yuvosh tabiat, ko‘zlari ziyrak va ayni paytda bejo belletrist Beskudnikov yonidan soatini chiqardi. Soat mili o‘n birga borib qolgan edi. Beskudnikov tsiferblatga chertib qo‘yib, uni shoir Dvubratskiyga ko‘rsatdi, u stol chekkasida tagi rezina sariq tufli kiygan oyoqlarini likillatib o‘tirardi.

— Voy-bo‘-o‘, — deb g‘o‘ldiradi Dvubratskiy.

— Yigitchamiz Klyazmada ushlanib qolgan-ov, — dedi do‘rillagan ovoz bilan Nastasya Lukinishna Nepremenova. Bu adiba moskvalik bir savdogarning yetimchasi bo‘lib, «Shturman Jorj» taxallusi bilan dengiz jangi haqida hikoyalar yozardi.

— Axir bu insofdan emas-da! — deb dangal gapirdi taniqli sketchlar muallifi Zagrivov. — Hozir men ham, bu yerda dimiqib o‘tirgandan ko‘ra, o‘z balko-nimda mazza qilib choy ichib o‘tirgan bo‘lardim. Axir majlis soat o‘nga chaqirilgan emasmidi?

— Hozir Klyazma ko‘p so‘lim joy bo‘lganda, — deb hamkasblarini vasvasaga soldi Shturman Jorj, chunki Klyazma bo‘yidagi adabiyotchilar posyolkasi Pereli-ginoda dam olishni hamma yozuvchilar birday orzu qilishini u yaxshi bilardi. — Hozir u yerda bulbullar sayyorayotgan bo‘lishi kerak. Negaki, men hamisha, ayniqsa, bahor paytida, shahar tashqarisida yaxshiroq ijod qilaman.

— Men o‘sha jannatga betob xotinimni yuborish uchun uch yildan beri pul to‘layman, ammo hanuzgacha hech narsaning daragi yo‘q, — dedi alamli g‘ijinib novellanavis Ieronim Poprixin.

— Baxti kulgan boradi u yerga, — dedi to‘ng‘illab deraza raxida o‘tirgan tanqidchi Ababkov.

Shturman Jorjning munchokdek ko‘zlarida shodiyona o‘t chaqnadi-yu, do‘rillagan ovozini xiyol mayinlashtirib dedi:

— Hasad qilish kerak emas, o‘rtoklar. Bor-yo‘g‘i yigirma ikkita dala hovli bor, yana yettitasi qurilyapti, biz, MASSOLIT a’zolari esa uch mingtamiz..

— Uch ming bir yuz o‘n bir kishi, — deb luqma tashladi kimdir burchakdan.

— Aia, ko‘rdinglarmi, — davom etdi Shturman, — iloj qancha? Tabiiyki, dala hovlilarni oramizda eng iste’dodli bo‘lganlar olgan…

— Generallar! — dangal aralashdi bu g‘iybatga stsenarist Gluxaryov.

Beskudnikov yasama esnab, xonadan chiqdi.

— Pereliginoda bir o‘zi besh xonali uyni egallagan, — dedi uning orqasidan Gluxaryov.

— Lavrovich bo‘lsa, bir o‘zi olti xonali uyda turipti, — chirqilladi Deniskin. — Yemakxonasining devorlari eman yog‘och bilan sirlangan!

— E, nimalarni gapiryapsiz o‘zi, — to‘ng‘illadi Lbabkov, — soat o‘n bir yarim bo‘ldi.

G‘ala-g‘ovur ko‘tarildi, isyonga o‘xshash narsa boshlanayotgan edi. O‘sha la’nati Pereliginoga telefon qilishdi, Lavrovichning daryo bo‘yiga ketganini eshitib, ta’blari tirriq bo‘ldi. Keyin tavakkal qilib, qo‘shimcha 930 nomer orqali nafis adabiyot komissiyasiga qo‘ng‘iroq qilishdi, turgan gapki, hech kim trubkani olmadi.

— O‘zi qo‘ng‘iroq qilsa bo‘lardi-ku! — deb chinqirishdi Deniskin, Gluxaryov va Kvant.

Lekin ular bekorga jig‘ibiyron bo‘lishardi: Mixail Aleksandrovich hech yoqqa telefon qila olmasdi. Chunki yaqinginada Mixail Aleksandrovich bo‘lgan shaxs endi Griboedovdan ancha uzoqda, ming shamlik lampalar bilan yoritilgan ulkan bir zalda, ustiga rux tunuka qoplangan uchta stolda bo‘lak-bo‘lak bo‘lib yotardi.

Birinchi stolda — qo‘li singan, ko‘krak qafasi majaqlangan, hammayog‘ida qon qotib qolgan yalang‘och jasad, ikkinchi stolda — old tishlari sinib, og‘zi o‘pirilgan, ochiq qolgan nursiz ko‘zlari chiroqlarning o‘itkir shu’lasiga mutlaqo parvo qilmay baqraygan kalla, uchinchi stolda esa bir to‘p bo‘lib g‘ijmaloq uva-dalar yotardi.

Boshsiz jasad tepasida sud meditsinasi professori, patologoanatom bilan uning prozektori, tergov organi vakillari va Mixail Aleksandrovich Berliozning MASSOLIT bo‘yicha muovini — adabiyotshunos Jeddibinlar (uni telefon orqali bemor xotini qoshidan chaqirtirishgan edi) to‘planishgan edi.

Jeddibinni olgani borgan mashinada tergov vakillari o‘tirishardi, ularning hammasi birinchi navbatda marhumning kvartirasiga borishdi (vaqt yarim kechaga yaqinlashib qolgan edi), u yerda marhumning qog‘ozlari surg‘uchlandi, shundan keyin hammalari o‘likxonaga jo‘nadilar.

Mana endi ular murda tepasida turib, qanday qilinsa ma’qulroq bo‘larkin: uzilgan boshni tanaga tikib qo‘ysakmikin yo marhumning jasadini to iyagigacha qora mato bilan yopib (boshinigina ochiq qoldirib), Griboedov zaliga qo‘ysakmikin, deb maslahatlashishardi.

Ha, Mixail Aleksandrovich haqiqatan ham hech qayoqqa qo‘ng‘iroq qila olmas edi, binobarin, Deniskin, Gluxaryovu Kvantu Beskudnikovlar bekorga jig‘ibiyron bo‘lib kabinetni boshlariga ko‘tarishgan edi. Bu o‘n ikkita adabiyotchining hammasi rosa yarim kechada pastga, restoranga tushishdi. Bu yerda ular yana Mixail Aleksandrovichni ranj bilan tilga olishdi: turgan gapki, peshayvondagi stollarning hammasi endi band edi, oqibat ular g‘oyat muhtasham, ammo nihoyatda dim zalda ovqatlanishga majbur bo‘lishdi.

Rosa yarim kechada birinchi zalda nimadir birdan gumburlab, jaranglab, sochilib ketganday bo‘ldi. Shu zahoti chiyildoq erkak ovozi muzikaga jo‘r bo‘lib: Alliluyya!» — deb jon-jahdi bilan chinqirib kuy-lay boshladi. Dovrug‘i ketgan Griboedov jazi ish boshlagan edi. Terlagan chehralar go‘e yorishib ketganday, go‘yo shiftdagi ot tasvirlariga jon kirganday, chiroqlarning shu’lasi kuchayganday bo‘ldi, shunda ikkala zaldagi, undan so‘ng peshayvondagi xo‘randalarning birdan jazavasi tutib, raqsga tusha boshladilar.

Gluxaryov shoira Tamara Polumesyats bilan tantsa qila boshladi, Kvant raqsga tushdi, romannavis Jukolov sariq ko‘ylak kiygan bir kino artistka bilan tantsaga tushdi. Dragunskiy ham, Cherdakchi ham, gumbazday keladigan adiba Shturman Jorjni quchib olgan jikkak Deniskin ham tantsa tushishdi, oq bo‘z shim kiygan noma’lum bir shaxs mahkam quchib olgan go‘zal me’mor ayol Semeykina-Gall ham tantsa tushardi. «Kunda-shunda» xo‘randalar ham, taklif etilgan mehmonlar ham, moskvaliklaru chetdan kelganlar ham raqs tusha boshlashdi: kronshtadtlik yozuvchi Iogann, G‘ostovdan kelgan, butun yuziga qip-qizil temiratki toshgan qandaydir (rejissyor bo‘lsa kerak) Vitya Kuftik degan shaxs, MASSOLITda poeziya bo‘limining eng mashhur namoyandalari, ya’ni Pavianov, Bogoxulskiy, Sladkiy, Shpichkin va Adelfina Buzdyaklar ham raqs tushishardi, sochlarini boks fasoni bo‘yicha oldirgan, yelkalariga modaga moslashib paxta qo‘ydirgan kasbi noma’lum yoshlar ham raqs tushishardi.

Qora terga botgan ofitsiantlar boshlari uzra pivo to‘ldirilgan krujkalarni ko‘tarib o‘tarkanlar, nafrat aralash hirqiroq ovoz bilan qichqirishardi: «Uzr, grajdanin!» Chiyildoq xonanda eidi kuylamas, «Alliluyya!» — deb uv tortardi. Jazdagi mis zillarning gumburi idish-tovoqlarning shaqir-shuqurini xam bosib ketgandi….

Shu asnoda birdan bir stol uzra: «Berlioz!» — degan sado parvoz etdi. Birdan, allakimdan qattiq musht yegandek, jaz shalvirab, so‘ng gung bo‘lib qoldi. «Nima, nima, nima bo‘pti, nima?!!» «Berlioz!!!» Odamlar o‘rinlaridan turib ketishdi, baqiriq-chaqiriqlar yangradi… Mixail Aleksandrovich haqidagi shumxabar hammani og‘ir qayg‘uga solib qo‘ygandi. Kimdir kuyib-pishib, hoziroq, shu yerning o‘zida kollektiv nomidan qandaydir telegramma yozib, zudlik bilap jo‘natish kerak, deb chinqirardi. Lekin qanaqa telegramma, qayoqqa yuborish kerak, degan savol tug‘iladi. Uni yuborishdan nima foyda? Darhaqiqat, uni qayoqqa yuborish kerak? Undan keyin, telegramma qanday mazmunda bo‘lmasin, majaqlangan ensasi hozir projektorning rezina qo‘lqop kiygan qo‘li ostida ezg‘ilinayotgan, bo‘ynini esa professor igna bilan teshib tikayotgan jasad uchun uning nima hojati bor deysiz? U halok bo‘lgan, endi hech qanday telegramma kerak emas unga. U adoyi tamom bo‘ldi, telegrafni band qilmaylik.

Ha, halok bo‘ldi u, halok bo‘ldi… Lekin bizlar tirikmiz-ku.

Xa og‘ir qayg‘u xuddi ulkan to‘lqin kabi toshgan edi, ancha vaqtgacha ko‘pirib turgan bu to‘lqin oxiri pasaya boshladi va endi ayrimlar o‘z stoliga — avvaliga o‘g‘rincha, keyin oshkora — qayta boshlashdi, araq ichib, gazak qilishdi. Darhaqiqat, devolyay usulida tayyorlangan tovuq kotletlarini qoldirsa uvol bo‘lmaydimi? Xo‘sh, nima yordamimiz tegadi Mixail Aleksandrovichga? Och qolganimizmi? Axir, bizlar tirikmiz-ku!

Turgan gap, royalning qopqog‘ini qulflab qo‘yishdi, bir nechta jurnalist ta’ziyanoma yozgani o‘z redaktsiyasiga jo‘nab ketdi. Jeldibinning o‘likxonadan kelganini xabar qilishdi. U marhumning ikkinchi qavatdagi kabinetida o‘tirganmish. Bir zumda Berliozning o‘rniga shuni qo‘yishadi, degan ovoza tarqaldi. Jeldibin o‘n ikkita pravlenie a’zosining hammasini restorandan chaqirtirib oldi, so‘ng Berliozning kabinetida shoshilinch ravishda boshlangan majlisda Griboedovning ustunli zalini motam marosimiga hozirlash, marosimning boshlanish payti va shu ko‘ngilsiz voqeaga daxldor bo‘lgan boshqa zaruriy masalalar haqida muhokama yurita boshlashdi.

Restoranning yana odatdagi tungi hayoti boshlanib ketdi, bu hayot to restoran yopilguncha, ya’ni tonggi soat to‘rtgacha davom etishi mumkin edi, agar xo‘randalarni Berliozning halokati haqidagi xabardan ham ko‘proq hayratga solgan mutlaqo kutilmagan antiqa bir voqea yuz bermaganda. Birinchi bo‘lib Griboedov uyining darvozasi oldida yo‘lovchilarni kutib turgan izvoshchilar bezovta bo‘la boshlashdi. Ulardan qaysi biriyam o‘rindiqdan turib, qichqirib yubordi:

— Ye tavba! Anavini qaranglar!

Shu payt cho‘yan panjara oldida qayokdandir paydo bo‘lgan olov «milt» etib yonib, peshayvon tomon yaqinlasha boshladi. Stollar atrofida o‘tirgan xo‘randalar o‘rinlaridan turib, o‘sha tomonga tikilib qaray boshlashdi va o‘sha miltillagan olov bilan birga oppoq bir sharpaning ham restoran tomonga yaqinlashayotganini ko‘rishdi. U shundoqqina gul so‘risi tagiga kelganda xo‘randalarning bari qo‘llarida vilkalarga ilingan sterlyad balig‘i bilan ko‘zlarini baqraytirgancha o‘tirgan o‘rinlarida serrayib qoldilar. Shu mahal papiros chekish maqsadida restoran garderobxonasidan hovliga chiqqan eshikog‘asi papirosni tovoni bilan ezg‘iladi-yu, sharpaning restoranga kirishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun u tomon yura boshladi, lekin keyin, negadir, bu ahdidan qaytib, taqqa to‘xtab qoldida, ovsarona tirjaydi.

Oqibat sharpa gul so‘risi ostidan o‘tib, bemalol rovonga qadam qo‘ydi. Ana shundagina bu sharpaning hech qanday sharpa emas, balki taniqli shoir Ivan Nikolaevich Bezdomniy ekaniga hamma shohid bo‘ldi.

U yalangoyoq, egniga yirtilib dabdala bo‘lgan oqish rang uzun ko‘ylak va yo‘l-yo‘l oq ishton kiygan edi; ko‘ylagining ko‘ksiga ingliz to‘g‘nog‘ichi bilan noma’lum avliyoning tasviri tushirilgan (tasvir ham o‘chib ketgan edi) qog‘oz ikonani qadab olgandi. Ivan Nikolaevichning qo‘lida yoniq nikoh shami bor edi. Uning o‘ng yonog‘i shilingan edi. Shu hodisa oqibatida rovonda vujudga kelgan sukunatning nechog‘liq teranligini o‘lchash mutlaqo mahol edi. Bir ofitsiantning qo‘lidagi qiyshiq ushlangan krujkadan pivo jildirab oqardi.

Shoir shamni boshi uzra ko‘tarib, baland ovoz bilan dedi:

— Salom, do‘stlar! — shundan keyin u yaqinroqda turgan stolning tagiga mo‘ralab qaradida, qayg‘uli ohangda dedi: — Yo‘q, bu yerdayam yo‘q u!

Shu choq bir erkak va bir ayolning ovozi eshitildi:

— Tamom bo‘pti. Telba bo‘lib qolipti, — dedi do‘rillagan erkak ovozi rahmsiz ohangda.

— Bu ahvolda uni militsiya qanday tutib olmadi ekan ko‘chada? — dedi qaysiyam bir ayol qo‘rquv ohangida.

Ivan Nikolaevich bu gapni eshitib, javob qildi:

— Xa, ikki marta: Skatertniy bilan Bronnayada meni ushlamoqchi bo‘lishdi, lekin men devordan oshib qochib qoldim, mana, yuzim shilinib ketdi! — Shundan keyin Ivan Nikolaevich shamni baland ko‘targancha qichqirdi: — Birodari adiblar! (Uning hirqiroq ovozi o‘tkirlashgan va qizg‘inlashgan edi.) Hammangiz gapimga quloq solingiz! U paydo bo‘ldi! Darhol uni tutinglar, aks holda ko‘p og‘ir falokatlarga sababchi bo‘ladi!

— Nima? Nima? Nima dedi u? Kim paydo bo‘lipti? — deya shov-shuv ko‘tarishdi odamlar chor yoqdan.

— Kottsultant! — javob qildi Ivan. — Ana o‘sha konsultant hozir Patriarx ko‘li yaqinida Misha Berliozni o‘ldirdi.

Shu payt ichki zaldan olomon gurra yopirilib chiqib, Ivanning shami atrofida jipslana boshladi.

— Kechirasiz, aniqroq gapirsangiz, — degan muloyim ovoz ohista eshitildi Ivan Nikolaevichning qulog‘i ostida. — Aytingchi, qanday o‘ldirdi o‘zi? Kim o‘ldirdi?

— Ajnabiy konsultant, professor va josus! — atrofga alanglagancha javob berdi Ivan.

— Familiyasi nima uning? — deb Ivanning qulog‘i oldida pichirlashdi.

— Hamma balo shunda-da! — alam bilan chinqirib yubordi Ivan. — Koshkiydi familiyasini bilsam! Uning tashrifnomasida yozilgan familiyasini yaxshi ko‘rolmay qoldim… Faqat familiyasining bosh harfi esimda: «Ve». «V» dan boshlanardi familiyasi! Qanaqa familiya «V» bilan boshlanishi mumkin? — Ivan peshanasini changallagancha o‘ziga o‘zi savol berdi va birdan g‘o‘ldiray boshladi: — Ve, ve, ve! Va… Vo… Vashpermi? Vagnermi? Vaynermi? Vegnermi? Vintermikin? — Ivan peshanasini astoydil tirishtirganidan boshidagi sochi u yoq-bu yoqqa siljiy boshladi.

— Vulfdir? — ayanchli ohangda chiyilladi bir ayol.

Ivanning achchig‘i chiqib ketdi.

— Esi past! — deb baqirdi u chiyillagan ayolni ko‘zi bilan axtararkan. — Vulfning nima daxli bor bunga? Vulfda hech qanday ayb yo‘q! Vo, vo… Yo‘q! Hech eslolmayapman! Gap bunday, grajdanlar: hozir siz militsiyaga telefon qiling, professorni tutish uchun pulemyot o‘rnatilgan beshta mototsiklet yuborishsin. Yana shuniyam aytinglarki, u yolg‘iz emas: yonida ko‘ziga shishasi darz ketgan pensne taqqan, katak shim kiygan bir naynov bilan to‘ng‘izday semiz bir qora mushuk ham bor. Ungacha men Griboedovni tintib chiqaman… Ko‘nglim sezyapti, u shu yerda!

Ivan qattiq bezovtalanib, qo‘lidagi shamning mumini o‘z ustiga sachratgancha atrofidagi odamlarni turtib, stollarning ostiga mo‘ralay boshladi, Shu payt: «Doktor!» — degan ovoz eshitildiyu, Ivanning ro‘parasida bir odamning muguz ko‘zoynak taqqan, soqol-mo‘ylovi qirilgan, muloyim, go‘shtdor yuzi paydo bo‘ldi.

— O‘rtoq Bezdomniy, — tantanavor ohangda gap boshladi shu odam, — tinchlaning! Siz hammamiz uchun aziz bo‘lgan Mixail Aleksandrovichning… yo‘q, aniqrog‘i, Misha Berliozning o‘limidan qattiq xafa bo‘lgansiz. Bizlar buni juda yaxshi tushunib turibmiz. Siz dam olishingiz kerak. Hozir o‘rtoqlar sizni olib borib o‘ringa yotqizishadi, bir oz mizg‘ib, qayg‘uni unutasiz…

— Sen, — deb Ivan tishlarini irjaytirgancha uning so‘zini bo‘ldi, — professorni zudlik bilan tutish kerakligini tushunasanmi O‘zingni bema’ni maslahatlaring bilan do‘stlashasan shu topda! Ovsar!

— O‘rtoq Bezdomniy, meni kechiring dedi boyagi odam cho‘g‘dek qizarib orqasiga burildi va bu g‘alvaga aralashganidan pushaymon oo‘lib.

— Yo‘q, hammani kechirsam ham, seni kechirmayman, — nafrat bilan ohista dedi Ivan Nikolaevich.

Uning asabdan afti bujmaydi, o‘ng qo‘lidagi shamni tez chap qo‘liga olib, rahmdillik qilgan bu odamning qulog‘i ostiga tarsaki tushirdi.

Shundan keyin hamma Ivanga tashlandi. Sham o‘chdi, tarsaki yegan odamning ko‘zoynagi yerga tushib, bir zumda majaqlandi. Ivan hattoki xiyobonda yurgan odamlarga ham eshitiladigan, hammani vasvasaga soladigan dahshatli jangovar na’ra tortib, o‘zini himoya qila boshladi. Stollardan tushib singan idishlar ja-rangi, ayollarning chinqirgani eshitildiyu Ofitsiantlar shoirning qo‘l-oyog‘ini sochiqlar bilan bog‘layotgan paytda, garderobxonada restoran xo‘jayini bilan eshikog‘asi o‘rtasida shunday gap bordi.

— Uning ichki ishtonda kelganini ko‘ruvdingmi? — sovuqqina so‘radi xo‘jayin.

— Axir, Archibald Archibaldovich, — dag‘-dag‘ qaltirab javob qildi shveytsar, — u kishi MASSOLIT a’zosi bo‘lsalar, qanday kiritmayman?

— Uning ichki ishtonda kelganini ko‘ruvdingmi, deyapman? — deb takrorladi xo‘jayin.

— Axir o‘zingiz o‘ylang, Archibald Archibaldovich, — derdi lavlagiday qizargan eshikog‘asi, — men nima ham qila olardim? To‘g‘ri, tushunaman, rovonda xonimlar o‘tiripti…

— Xonimlarning bunga daxli yo‘q, ularga baribir, — derdi xo‘jayin ko‘zlari bilan eshikog‘asini yeb yuborguday bo‘lib, — lekin militsiyaga baribir emas! Ichki kiyimdagi odam Moskva ko‘chalarida faqat bitta vaziyatda yurishi mumkin — agar uni militsiya kuzatib borayotgan bo‘lsa va faqat militsiya bo‘limiga kuzatib borayotgan bo‘lsa! Lekin sen, agar eshikog‘asi ekansan, shuni bilishing kerakki, bunday odamni ko‘rgan zahoting, bir zum ham o‘ylab o‘tirmay, hushtak chalishing kerak edi. Eshityapsanmi gapimni?

Esi og‘ib qolgan eshikog‘asi rovon yokda bir nimaning gumburlab ketganini, idishlarning chil-chil singani va ayollarning chinqirganini eshitdi.

— Xo‘sh, endi seni nima qilishim kerak, a? — so‘radi xo‘jayin.

Eshikog‘asining rangi quv o‘chib ketdi, ko‘zlari xiralashdi… tizzalari qaltiray boshladi. Lekin endi xo‘jayinning unga rahmi kelib, ko‘zlaridagi alangani o‘chirdi.

— Bilib qo‘y, Nikolay! Bu oxirgi marta kechirishim. Bunaqa eshikog‘asi restoranimizga tekinga ham kerak emas. Sen cherkovga borib, qorovullikka yollan. — Shu tanbehdan keyin u xuddi komandirlardek tez va aniq-aniq buyruq bera boshladi: — Bufetdan Panteleyni chaqir. Militsionerga xabar qilsin. Protokol yozinglar. Mashina chaqirtir. Psixiatriya shifoxonasiga jo‘natinglar. — So‘ng ilova qildi: — Chal hushtagingni!

Yana chorak soatdan keyin, nainki restorandagi, shuningdek, butun xiyobondagi va derazalari restoran bog‘iga ochiladigan uylardagi odamlar Panteley, eshikog‘asi, militsioner, ofitsiant hamda shoir Ryuxinning Griboedov darvozasidan xuddi chaqaloqqa o‘xshatib yo‘rgaklangan bir yosh yigitni ko‘tarib chiqishayotganini ko‘rib, hangu mang bo‘lib qolishdi: yo‘rgaklangan yigit ho‘ng-ho‘ng yig‘lar, nuqul Ryuxinni poylab, aftiga tupurarkan, yig‘idan entika-entika baqirardi:

— Ablah!

Yuk mashinasining badjahl qiyofali shofyori motorni yurgiza boshladi. Mashina yonida turgan uchar izvoshchi ochbinafsharang tizgin bilan otining sag‘risiga urib, uni tezlarkan:

— Mana chopqir ot! Jinnixonaga biz oboramizda! — deb qichqirardi.

Atrofda olomon yuz bergan hodisa haqida shang‘illardi: xullas, bu jirkanch, razil, vasvasaga soluvchi, qabih g‘alva yuk mashinasi sho‘rlik Ivan Nikolaevichni, militsionerni, Panteley va Ryuxinlarni Griboedov darvozasidan uzoqlatib olib ketgandan keyingina barham yedi.

Oltinchi bob SHIZOFRENIYA DEGANLARI TO‘G‘RI CHIQDI

Moskva yaqinida, daryo bo‘yida keyingi paytlarda qurilib, dovrug‘i ketgan psixiatrik shifoxonaning qabulxonasiga oq xalat kiygan cho‘qqisoqol odam kirib kelganida vaqt tungi soat bir yarim edi. Uchta sanitar divanda o‘tirgan Ivan Nikolaevichdan ko‘z uzmay shay turishardi. Qattiq hayajonlangan shoir Ryuxin ham shu yerda edi. Ivan Nikolaevichning oyoq-qo‘li bog‘lab kelingan sochiqlar endi shu divanda bir to‘p bo‘lib uyulib yotardi.

Ryuxin kirgan odamni ko‘rdi-yu rangi oqarib ketdi, tomoq qirib qo‘yib, qo‘rqa-pisa dedi:

— Salom, doktor.

Doktor Ryuxinning salomiga bosh egib javob qildi, lekin bosh egarkan, unga emas, Ivan Nikolaevichga qaradi.

Shoir qoshlarini uyib, tumshaygancha qilt etmay o‘tirardi, hatto vrach kirib kelganida ham unga qiyo boqmadi.

Ryuxin Ivan Nikolaevich tomonga hadiksirab ko‘z qirini tashlarkan, negadir xuddi bir sirni ochayotganday pichirlab dedi:

— Mana, doktor, bu kishi — taniqli shoir Ivan Bezdomniy… mana, bir ko‘rib qo‘ysangiz… ruhiy kasallikka chalinmaganmikin deb qo‘rqyapmiz…

— Ko‘p icharmidi? — gijir tishlari orasidan so‘radi doktor.

— Yo‘q, ichardi-yu, lekin judayam haligindaqa, ko‘p ichmasdi…

— Suvarak, kalamush, shaytonvachchalarni yoki mishiqi itlarni tutish bilan shug‘ullanmasmidi?

— Yo‘q, — seskanib ketib javob qildi Ryuxin, — uni kechayam, bugun ertalab ham ko‘ruvdim. Soppa-sog‘ edi…

— Nega ichki ishtonda? Yotgan yerida qo‘lga oldinglarmi?

— U restoranga shu alpozda kirib bordi, doktor…

— Ihi, ihi, — dedi doktor qanoat hosil qilib, — nega yuzi shilingan? Birov bilan urishdimi?

— Devordan yiqilib tushipti, keyin restoranda bir odamni urdi… yana ba’zi birovlarni…

— Ha, tushunarli, tushunarli, — dedi doktor, so‘ng Ivan tomonga o‘girilib dedi: — Salom!

— Salom, zararkunanda! — jahl bilan baralla javob qildi Ivan.

Ryuxin judayam qattiq xijolat bo‘lganidan muloyim tabiat doktorga boshini ko‘tarib qarashga jur’at eta olmadi. Lekin doktor hech ham xafa bo‘lmadi, chaqqonlik bilan ko‘zoynagini ko‘zidan oddida, xalatining etagini ko‘tarib, shimining orqa cho‘ntagiga solib qo‘ydi, so‘ng Ivanga savol berdi:

— Yoshingiz nechada?

— Borlaring-e, jin ursin hammalaringni! — deb dag‘dag‘a qildi Ivan va yuzini teskari o‘girib oldi.

— Nega achchig‘ingiz chiqyapti? Axir sizni ranjitadigan gap aytmadim-ku!

— Yoshim yigirma uchda, — asabiylashib gapira boshladi Ivan. — Hammalaringning ustingdan shikoyat qilaman. Ayniqsa, sening ustingdan, maraz! — dedi u Ryuxinga alohida yuzlanib.

— Xo‘sh, nima deb shikoyat qilmoqchisiz?

— Meni, soppa-sog‘ odamni tugib, jinnixonaga zo‘rlik bilan sudrab kelganingizni yozaman! — g‘azablanib dedi Ivan.

Shunda Ryuxin Ivanning yuziga tikilib qaradiyu, yuragi orqasiga tortib ketdi: unipg ko‘zlarida telbalikdan asar ham yo‘q edi. Griboedovda xira bo‘lib ko‘ringan uning ko‘zlari, endi yana avvalgi holiga qaytib, porlab turardi.

«Yo tavba! — deb ko‘nglidan o‘tkazdi cho‘chib ketgan Ryuxin, — axir u soppa-sog‘-ku! Bu qanday bema’nilik? Nimaga olib keldik o‘zi uni bu yerga? Mutlaqo soppa-sog‘, faqat basharasi shilingan, xolos…».

— Siz, — deb bamaylixotir gap boshladi vrach oyog‘i yaltiroq oq kursiga o‘tirarkan, — jinnixonada emas, shifoxonadasiz, bu yerda sizni, agar zarurat bo‘lmasa, hech kim ushlab turmaydi.

Ivan Nikolaevich unga shubha bilan ko‘z qirini tashladi, lekin shundayam g‘o‘ldirab dedi:

— Xudoga shukur! Hayriyat, bitta sog‘ odam bor ekan shuncha ovsarlar orasida, ammo ularning ichida g‘irt ovsari — noshud va uquvsiz Sashka, albatta!

— Kim ekan o‘sha noshud Sashka? — deb so‘radi vrach.

— Anavida, Ryuxin! — javob qildi Ivan isqirt barmog‘i bilan Ryuxinga ishora qilib.

U g‘azabdan cho‘g‘dek qizarib ketdi.

«Minnatdor bo‘lish o‘rniga! — o‘kinch bilan o‘yladi u, — yaxshilikka yomonlik deb shuni aytadilarda! G‘irt ablah ekan!».

Ivan Nikolaevich shu topda Ryuxinning avra-astarini ag‘darib fosh qilmoqchi bo‘ldi shekilli:

— U tabiatan g‘irt quloqning o‘zginasi, — deb gapida davom etdi, — quloq bo‘lgandayam proletar niqobi bilan juda puxta niqoblangan quloq. Siz uning tumshaygan basharasiga qarang-u, yozgan she’rlari bilan muqoyasa qilib ko‘ring! He-he-he… lekin siz uning diliga nazar tashlang — nimalarni xayol qilayotganini bilsangiz… hayratga kelasiz! — Shunday deb turib Ivan Nikolaevich xunuk kulib yubordi.

Cho‘g‘dek qizarib ketgan Ryuxin og‘ir nafas olar va nuqul: do‘st deb bag‘rimga bosganim ilon bo‘lib chiqdi, men ashaddiy dushmanimga g‘amxo‘rlik qilgan ekanman, deb o‘ylardi. Yana eng chatoq tomoni: uni hech nima qilib bo‘lmasdi: axir ruhiy kasal bilan olisha olmaysan-ku?!

— O‘zi nima uchun sizni bu yerga olib kelishdi? — deb so‘radi vrach Bezdomniyning fosh qiluvchi gapini diqqat bilap tinglab bo‘lgach.

— E, ming la’nat bu haftafahmlarga! Tutib olib, allaqanday latta-puttalar bilan qo‘l-oyog‘imni bog‘lashdi-yu, yuk mashinasiga ortib olib kelaverishdi!

— Yana bir savol: nima uchun restoranga ichki kiyimda bordingiz?

— Buning hech hayron bo‘ladigan yeri yo‘q, — javob qildi Ivan. — Moskva daryosiga cho‘milgani boruvdim, kiyimlarimni o‘marib ketishipti, o‘rniga shu ro‘da-poni tashlab ketishipti! Axir Moskva ko‘chalaridan qip-yalang‘och o‘tolmasdimku? Boriga baraka deb kiyib oldim, chunki restoranga shoshayotuvdim, Griboedovga.

Vrach, tushunmadim, degandek Ryuxinga qaradi, u o‘shshaygancha g‘o‘ldirab tushuntirdi:

— Restoranning nomi shunaqa.

— Aha, — dedi vrach, — nimaga shoshilgandingiz? Biron ish yuzasidan uchrashuvingiz bormidi?

— Konsultantni qidirib yuribman, — javob qildi Ivan Nikolaevich va bezovtalanib olazarak bo‘ldi.

— Qanaqa konsultantni?

— Siz Berliozni bilasizmi? — so‘radi Ivan ma’nodor ohangda.

— Haligi… kompozitornimi? Ivanning ta’bi tirriq bo‘ldi.

— Qanaqa kompozitor? E, ha, yo‘q! yo‘q! Kompozitor — Misha Berlioz bilan familiyadosh!

Ryuxinning gapirishdan hafsalasi pir bo‘lgan edi, ammo izoh berishiga to‘g‘ri keldi.

— MASSOLIT sekretari Berliozni bugun kechqurun Patriarx ko‘li yaqinida tramvay bosib ketdi.

— Bilmagan narsangni gapirma! — dedi Ivan Ryuxindan achchig‘lanib, — sen emas, men shohidman bunga! U Mishani ataylab tramvayga ro‘para qildi!

— Itarib yubordimi?

— Nega endi «itarib yuborarkan?» — dedi odamlarning befarosatligidan achchig‘i chiqqan Ivan, — uning uchun itarvorishning hech hojati yo‘q! Uning qo‘lidan shunaqangi nayranglar keladiki, ehtiyot bo‘lmasang, holing xarob! U Berliozning tramvay tagiga tushishini oldindan aytib bergan edi!

— Sizdan boshqa yana hech kim ko‘rdimi o‘sha konsultantni?

— Hamma balo shunda-da, men bilan Berliozdan boshqa hech kim ko‘rgani yo‘q uni.

— Hm. Xo‘sh, o‘sha qotilni qo‘lga olish uchun qanday choralar ko‘rdingiz? — shunday deb turib vrach bir chekkada, stol yonida o‘tirgan, oq xalat kiygan ayol to-monga o‘tirildi. Ayol bir varaq qog‘oz olib, uning bo‘sh grafalarini yozuv bilan to‘ldira boshladi.

— Men ko‘rgan chorami? Oshxonadan sham olib oldim…

— Manavinimi? — deb so‘radi vrach ayol oldida stolda qog‘oz ikona bilan yonma-yon yotgan, mayishib ketgan sham bo‘lagini ko‘rsatib.

— Ha, shuni, keyin…

— Ikona nimaga kerak bo‘lib qoldi?

— Darvoqe, ikona… — Ivan qizarib ketdi, — hammadanam shu ikona ko‘proq cho‘chitib yubordi uni, — Ivan yana barmog‘i bilan Ryuxinga ishora qildi. — Gap shundaki, o‘sha konsultant, ochig‘ini aytadigan bo‘lsak… ins-jinslar bilan topishgan… uni osonlikcha qo‘lga olib bo‘lmaydi.

Sanitarlar negadir Ivandan ko‘zlarini uzmagancha qo‘llarini yonlariga tushirib g‘oz turishardi.

— Ha, shunaqa, — deb gapida davom etdi Ivan, — jinlar bilan topishgan. Bu dalilni aslo rad qilib bo‘lmaydi. U Pontiy Pilat bilan shaxsan suhbatlashgan ekan. E, bunaqa hayron bo‘lib qaramang menga! Gapim rost! Hammasini o‘z ko‘zi bilan ko‘ripti — rovonni ham, palmalarni ham. Xullas, u Pontiy Pilatning huzurida bo‘lgan, bunga men kafilman.

— Xo‘sh, xo‘sh….

— Qisqasi, men qog‘oz ikonani ko‘kragimga qadadimu uni quvib ketdim….

Shu payt birdan soat ikkiga jom chaldi.

— O‘h-ho‘! — deb yubordi Ivan divandan turarkan, — soat ikki bo‘liptiyu, men bo‘lsam sizlar bilan valaqlashib o‘tiribman! Kechirasiz, telefon qaerda?

— Telefonga o‘tkazib yuboringlar, — deb buyurdi vrach sanitarlarga.

Ivan bora solib trubkani qo‘liga oldi, bu payt sanitar ayol Ryuxindan ohista so‘radi:

— Uylanganmi?

— Bo‘ydoq, — qo‘rqa-pisa javob qildi Ryuxin.

— Kasabachilar uyushmasi a’zosimi? — Ha.

— Militsiyami? — deb baqirdi bu payt Ivap trubkaga, — militsiyami? O‘rtoq navbatchi, darhol buyruq bering, ajnabiy konsultantni tutish uchun pulemyot o‘rnatilgan beshta mototsiklet yuborishsin. Nima? Kelib meni olib keting, o‘zim sizlar bilan boraman… Menmi? Shoir Bezdomniyman, jinnixonadan gapir-yapman… Manzilinglar qanaqa? — pichirlab so‘radi u doktordan telefon trubkasini kafti bilan bosib turib, keyin yana trubkaga qichqirib gapira boshladi: — Eshityapsizmi? Allo!.. Yaramaslar! — birdan baqirib yubordi Ivan va trubkani devorga uloqtirdi. Keyii u vrach tomonga o‘girildi-da, unga qo‘lini cho‘zib, quruqqina «xayr» dediyu ketmoqchi bo‘ldi.

— Kechirasiz, qayoqqa ketmoqchisiz shu ichki kiyimda? — dedi vrach Ivanning ko‘zlariga tikilgancha, — vaqt yarim kechadan oqqan bo‘lsa… Siz o‘zingizni noxush sezyapsiz, yaxshisi, shu yerda qolib dam oling!

— O‘tkazib yuboring, — dedi Ivan eshik oldini g‘ov bo‘lib to‘sib turgan sanitarlarga. — Yo‘l berasizlarmi, yo yo‘qmi? — dahshat bilan baqirdi shoir.

Ryuxinni titroq bosdi, ayol oldidagi knopkani bosgan edi, oynavand stol ustida yaltiroq quticha bilap ampula paydo bo‘ldi.

— Xali shunaqami? — dedi Ivan vahshiyona ko‘zlari alang-jalang bo‘lib, — ha, yaxshi! Xayr bo‘lma-sa… — u parda bilan to‘silgan derazaga kalla qo‘ydi. «Gurs» etgan tovush eshitildi, parda orqasidagi derazaning sinmaydigan oynasi uning kallasi zarbiga dosh bergan edi, shu zamonoq Ivan sanitarlarning qo‘liga tushdi. U jonholatda xirillar, sanitarlarpi tishlamoqchi bo‘lar, baqirardi:

— Xali derazangizga shunaqa oyna qoplab olib-siz-da!.. Qo‘yvor! Qo‘yvor deyapman! Vrachning qo‘lida shprits yalt etib ketdi, ayol bir hamlada Ivanning uvada yengini yirtdiyu, uning qo‘liga g‘ayrimuannas kuch bilan yopishdi. Efir hidi tarqaddi. Ivan to‘rt kishining qo‘lida holsizlandi, epchil vrach esa shu fursatdai foydalanib, Ivanning qo‘liga ukol qildi. Uni yana bir necha soniya ushlab turib, so‘ng divanga o‘tqazishdi.

— Banditlar! — baqirdi Ivan divandan sapchib turarkan, lekin uni yana joyiga o‘tqazib qo‘yishdi. Shu zahoti u yana «dik» sakrab turdi, ammo endi o‘zi qay-tib joyiga o‘tirdi. U jim qoldi, olazarak bo‘lib atrofga qaradi, keyin birdan esnadi, so‘ng qahr bilan tirjaydi.

— Axiri hibsga oldinglar-a, — dedi u, yana esnadi, kutilmaganda yonboshlab, boshini yostiqqa qo‘yarkan, xuddi go‘dak boladek yuzini mushtumiga qo‘ydi, so‘ng ko‘zi uyquga ketarkan, endi qahrsiz g‘o‘ldiradi:

— Xa, juda soz… hali bu qilmishingizga ming pushaymon bo‘lasiz. Men ogohlantirdim, u yog‘iga bilganingizni qiling! Meni esa hozir hammadan ham ko‘proq Pontiy Pilat qiziqtiradi… Pilat… — shundan keyin u ko‘zini yumdi.

— Vannaga tushiring, yuz o‘n yettinchi alohida xonaga yotqizib, soqchi qo‘ying, — deb farmoyish berdi vrach ko‘zoynagini taqarkan. Ryuxin yana seskanib ketdi, oppoq eshik tovushsiz ochilib, tungi yashil chiroqlar bilan yoritilgan koridor ko‘rindi. Shu koridordan rezina g‘ildiraklarga o‘rnatilgan aravacha chiqib keldi, sanitarlar jimib qolgan Ivanni aravachaga olib yotqizishgan edi, u yana koridor tomon g‘il-dirab, eshik uning orqasidan yopildi.

— Doktor, — dedi pichirlab hayratda qolgan Ryuxin, — demak, u chindanam betob ekanda?

— O, albatta, — javob qildi vrach.

— Nima bo‘lipti o‘zi unga? — qo‘rqa-pisa so‘radi Ryuxin.

Charchagan vrach Ryuxinga qarab qo‘yib, lanjlik bilan dedi:

— Xarakat va nutq a’zolari asabiylashgan… alahsirash holati… nazarimda, murakkab hol… Shizofreniya bo‘lsa kerak. Buning ustiga yana ichkilik kasofati…

Ryuxin doktorning bu gapidan, Ivan Nikolaevichning ahvoli chatoq, degan ma’nonigina angladi xolos, so‘ng xo‘rsinib qo‘yib so‘radi:

— Nega u hadeb allaqanday konsultantni gapirib yotipti?

— Bironta odamni uchratgan-u, u odam uning buzilgan xayolotiga qattiq ta’sir ko‘rsatgan. Yoki ko‘ziga biron sharpa ko‘ringan bo‘lishi ham mumkin…

Bir necha daqiqadan keyin boyagi yuk mashinasi Ryuxiini yana Moskvaga olib ketdi. Tong yorisha boshlagan edi, shu bois katta yo‘ldagi hali o‘chirilmagan chi-roqlar shu’lasi endi nokerak va noxush bo‘lib tuyulardi. Xaydovchi bu tunning zoe ketganidan g‘ijinib, mashinani jon-jahdi bilan uchirib borarkan, muyulishlarda mashina g‘ildiraklari yo‘l yoqasigacha surilib borardi.

Mana, o‘rmon ham «g‘uv» etib o‘tib, orqada qolib ketdi, daryo ham allaqayoqlarga chetlab ketdi, endi yuk mashinasi yo‘lda; ustiga qorovulxonalar o‘rnatilgan qandaydir uzundan-uzun devorlaru sarjin qilib terilgan o‘tinlar, juda daroz simyog‘ochlaru shoda-shoda g‘altaklar tizilgan qandaydir machtalar, tog‘-tog‘ uyilgan shag‘allaru sathini ariqlar taram-taram qilib qirqqan dalalar yoqalab o‘tib borardi. Xullas, mana, hozir anavi muyulishdan o‘tish bilan Moskva boshlanishi va darhol mashinani o‘z og‘ushiga olajagi sezila boshlagan edi.

Mashina Ryuxinni silkitaverib, koptokdek otaverib tinkasini quritgan edi. U bosib o‘tirgan g‘o‘la hadeb tagidan chiqib ketishga jahd qilardi. Sal oldinroq trolleybusda jo‘nab ketishgan militsioner bilan Panteley tashlab ketgan sochiqlar kuzovning u boshidan-bu boshiga tinimsiz sirpanib borib-kelib tu-rardi. Ryuxin ularni yig‘ishtirib olmoqchi ham bo‘ldi, lekin birdan xunobi chiqib: «E, padariga la’nat! Nima, men ahmoqmanmi?..» — deb to‘ng‘illadida, ularni tepib yuborib, u tomonga boshqa qaramay qo‘ydi.

Uning ruhi tushib ketgan edi. Ryuxin bu g‘urbatxonaning o‘z xotirasida mash’um iz qoldirganini endi aniq his eta boshladi. U o‘zini iztirobga solayotgan narsa nima ekanligini anglashga urinardi. Darvoqe, nima u? Xotirasiga kanadek yopishib olgan yashil chiroqlar bilan yoritilgan koridorxmi? Yo dunyoda esdan ayrilishdek baxtiqarolik yo‘q degan fikrmi? Ha, ha, shu fikr ham, albatta. Lekin axir, butun bashariyat shunday fikrlaydi-ku. Yo‘q, yana qandaydir boshqa tuyg‘u mavjud. Nima ekan u? Ha-a, bildi — alam. Ha, ha, Bezdomniyning unga, yuzingda ko‘zing bormi demay, tikka aytgan alamli so‘zlari. Hamma balo u gapning alamli bo‘lganida ham emas, balki haqqoniyligida edi.

Shoir endi tevarak-atrofga ko‘z tashlamas, oyoq ostiga — dirillab turgan isqirt polga tikilgancha, bir nimalarni g‘o‘ldirar, ich-etini yeb nola chekardi.

Darvoqe, she’riyat… U — o‘ttiz ikki yoshda! Xo‘sh, buyog‘iga qanday hayot kechiradi? — Bundan keyin ham u yiliga bir nechtadan she’r yozib turadi. — To qari-gunchami? — Ha, to qariguncha yozaveradi. — Xo‘sh, nimaga erishadi shu she’rlari bilan? Shuhratgami? «G‘irt bema’nilik! Hech bo‘lmasa, o‘zingni o‘zing aldamasang-chi. Yomon she’r yozgan shoir hech qachon shuhrat qozonolmaydi. Nega she’rlarim yomon? Haqiqatni, haqiqatni gapirdi! — derdi Ryuxin o‘ziga o‘zi shafqatsiz ta’na qilib. — Yozganlarimning birontasiga ham ishonmayman!..»

Asab torlari nihoyatda tarang tortilgan shoir bir chayqalib ketdi, oyog‘i ostidagi pol dirillashdan to‘xtadi. Ryuxin boshini ko‘tarib, allaqachon Moskvaga kirib kelganini, tong otib, osmondagi bulutlar zarrin rangga kira boshlaganini ko‘rdi. U o‘tirgan yuk mashinasi xiyobonga burilish yerida qator tizilgan ma-shinalar orqasiga borib to‘xtagan, undan salgina narida postamentga o‘rnatilgan metall odam boshini xiyol egib, xiyobon tomonga tikilib turardi.

Tobi qocha boshlagan shoirning miyasiga qandaydir alomat fikrlar yopirilib keldi. «Mana, omadlilik namunasi…» — shunday deb Ryuxin o‘rnidan turib qad-dini rostladi va negadir hech kimga tegmay qimir etmay turgan cho‘yan odamga hamla qilib qo‘lini ko‘tardi, — u o‘z hayotida qanday harakat qilgan bo‘lmasin, qanday voqealarni boshidan kechirgan bo‘lmasin, hammasi uning uchun foyda bo‘lgan, hammasi uning shon-shuhratini ko‘tarishga sabab bo‘lgan! Lekin nima ish ko‘rsatdi o‘zi u? Hech aqlim bovar qilmayapti… Xo‘sh, biron diqqatga sazovor ma’no bormi bu so‘zlarda: «Qo‘l bilan tiklab bo‘lmas…» Tushunmayman!.. Omadi bor ekan, toleli ekan! — deb birdan zarda bilan xulosa chiqardi va mashinaning joyidan jilganini his qildi, — anavi oqgvardiyachi otib, son suyagini majaqlab tashladi-yu, uni boqiy qildi-qo‘ydi…»

Turib qolgan mashinalar yura boshlashdi. Butunlay tobi qochib, hatto keksayib qolgan shoir yana ikki minutdan keyin Griboedov ayvoniga kirib bordi. Ayvon bo‘shab qolgan edi. Burchakda qandaydir ulfatlar turishga shaylanishar, zal o‘rtasida boshiga do‘ppi kiygan, qo‘lida qadah ushlagan tanish konferanse pitirlab yurardi.

Bir quchoq sochiq ko‘tarib kirgan Ryuxin Archibald Archibaldovich tomonidan ochiq yuz bilan qarshi olin-diyu, shu zahoti la’nati latta-puttalardan ozod qilindi. Agar Ryuxin kasalxonada, so‘ng yuk mashinasida qaytayotganida ko‘p aziyat chekmaganida edi, shifoxonada bo‘lgan voqealarni turli uydirma va loflar bilan boyitib maroq bilan hikoya qilgan bo‘lardi. Lekin hozir bu narsa uning ko‘ngliga sig‘mas, bundan tashqari, Ryuxinda kuzatuvchanlik qobiliyatidan asar ham yo‘qligiga qaramay, yuk mashinasida chekkan yo‘l azobidan keyin, restoran xo‘jayinining yuziga endi birinchi marta tikilib qaradi, garchi Archibald Archibaldovich Bezdomniyning ahvolini surishtirayotgan, hatto «voy bechora-e!» — deb achinayotganday bo‘lsa ham, aslida Bezdomniyning taqdiri uni mutlaqo qiziqtirmayotgani, unga tariqcha ham achinmayotganini Ryuxin birinchi marta aniq his qila boshladi. «Qoyilman! To‘g‘ri qilasan!» — deb o‘yladi Ryuxin hayosizlarcha va g‘ajib tashlagudek adovat bilan, so‘ng shizofreniya haqida gapirishdan to‘xtab, iltimos qildi:

— Archibald Archibaldovich, qittay araq ichsam devdim…

Restoran sohibi soxta muruvvat bilan pichirladi:

— Tushundim… hozir… — u ofitsiantga imo qildi. Endi chorak soatdan keyin Ryuxin butun zalda yolg‘iz o‘zi bukchayib olib baliq yer, dam-badam ryumka to‘ldirib araq icharkan, o‘z hayotida endi hech nimani o‘zgartirib bo‘lmasligini, faqat unutish mumkinligini tushunar, e’tirof etardi.

O‘zgalar maishat bilan mashg‘ul bo‘lgan bir paytda, shoirning bu tuni hayf ketgan, endi uni qaytarish mumkin emasligini u tushunardi. Tun o‘gib ketganini apglash uchun osmonga bir nazar tashlashning o‘zi kifoya edi. Ofitsiantlar shoshqaloqlik bilan dasturxonlarni yig‘ishtirishardi. Ayvon oldida izg‘ib yur-gan mushuklar allaqachon yuzlarini yuvib olishgan edi. Shoirni ayovsiz uyqu bosa boshladi.

Yettinchi bob BEXOSIYAT KVARTIRA

Agar ertasi kuni ertalab Styopa Lixodeevga: «Styopa! Agar hoziroq o‘rningdan turmasang, seni otib tashlashadi!» — deb aytishsa, u majolsiz ovoz bilan eshitilar-eshitilmas shunday degan bo‘lardi: «Mayli, otaveringlar, nima qilsanglar qilaveringlar, lekin turmayman».

O‘rnidan turish uyoqda tursin, ko‘z ochishga ham majoli yo‘qday edi, chunki agar u ko‘zini ochsa, shu zahoti chaqmoq chaqilib, boshini tilka-tilka qilib majaqlab yuborayotganday bo‘lardi. Uning miyasida ulkan bir qo‘ng‘iroq tinmay bong chalayotganday, ko‘z kosalari va qovoqlari oralig‘idan yam-yashil yaltiroq gardishli jigarrang dog‘lar suzib o‘tayotganday bo‘lar, buning ustiga-ustak, ko‘ngli muttasil behuzur bo‘lardiki, bu behuzurlik, kelib-kelib miyaga xira pashshadek o‘rnashib qolgan qandaydir patefon ovozidan vujudga kelayotgandek tuyulardi.

Styopa kecha yuz bergan voqeaning biron lavhasini eslashga urinib ko‘rdi, lekin faqat bir narsa esiga tushdi, xolos: chamasi, kecha u qaerdadir qo‘lida salfetka bilan qandaydir bir xonimni o‘pishga intilib, ertaga roppa-rosa tush paytida uyingizga mehmon bo‘lib boraman, deb va’da qilgandi. Xonim: «Yo‘q, yo‘q, men uyda bo‘lamayman!» — deb rad javobi berar, Styopa esa o‘z ahdida qattiq turib olib: «Men baribir boraveraman!» — derdi.

Styopa xonimning kimligini ham, hozir soat necha bo‘lg‘anini ham, bugun qaysi oyning qaysi kuni ekanligini ham mutlaqo bila olmasdi, eng yomoni: u o‘zining qaerda yotganini ham bilmasdi. U hech bo‘lmaganda, o‘zining qaerdaligini aniqlamoqchi bo‘lib, zilday og‘ir chap qovog‘ini zo‘r-bazo‘r ko‘tardi. G‘ira-shirada ko‘ziga bir nima yalt etib ko‘ringanday bo‘ldi. Styopa nihoyat uning toshoyna ekanligini, o‘zining esa o‘z yotoqxonasida karavotda, ya’ni bir vaqtlar zargar be-vasiniki bo‘lgan karavotda chalqancha yotganini bildi. Birdan uning miyasida shunday qattiq sanchiq turdiki, u ko‘zini yumib ingrab yubordi.

Izoh: Varete teatrining direktori Styopa Lixodeev Sadovaya ko‘chasida «p» shaklida tushgan olti qavatli uyda marhum Berlioz bilan bir kvartirada turardi — bugun ertalab u ko‘zini ochib, o‘zini shu yer-da ko‘rdi.

Shuni aytish kerakki, bu — 50-kvartira haqida ko‘pdan beri, yomon deb bo‘lmasa ham, juda alomat gaplar yurar edi. Bundan ikki yil muqaddam bu kvartira zargar de Fujerening bevasiga tegishli edi. Ellikka kirgan, uddaburon muhtarama Anna Frantsevna de Fujere xonim bu kvartiradagi besh xonadan uchtasini ikki oilaga ijaraga qo‘ygan edi: birinchi ijaragirning familiyasi Belomut edi shekilli, ikkinchisining familiyasi — saqlanmagan.

Shunday qilib, bundan ikki yil oldin bu kvartirada juda g‘aroyib voqealar yuz bera boshladi: bu yerda yashovchi odamlar birma-bir dom-daraksiz g‘oyib bo‘la boshlashdi.

Dam olish kunlaridan birida bu kvartiraga bir militsioner kelib, ikkinchi ijaragirni (uning familiyasi saqlanmagan) dahlizga chaqiradida, allaqanday qog‘ozga imzo chekish uchun bir zumga militsiya bo‘limiga kirib chiqishni taklif qiladi unga. Ijaragir Anna Frantsevnaning sadoqatli uy xodimasi Anfisaga, birov telefon qilgudek bo‘lsa, o‘n minutda qaytib kelaman, deb tayinlab, oppoq qo‘lqop kiygan xushmuomala militsioner bilan chiqib ketadi. Lekin u nainki o‘n minutdan keyin, balki butunlay qaytib kelmaydi. Eng hayron qoladigan tomoni shundaki, u bilan birga militsioner ham bedarak yo‘qoladi.

Xudojo‘y, aniqroq qilib aytganda — juda irimchi bo‘lgan Anfisa ta’bi tirriq bo‘lib turgan Anna Frantsevnaga o‘z taxminini shartta aytadi-qo‘yadi:

— Bu g‘irt jodugarlikning o‘zi. Ijaragirniyam, militsionerniyam kim o‘g‘irlab ketganini men yaxshi bilaman, faqat hozir, qosh qorayganda gapirsam xosiyati yomon bo‘ladi..

Ma’lumki, jodugarlik boshlanmasin, bir boshlansa bormi, hech uning keti uzilmaydi. Ikkinchi ijaragir, esingizda bo‘lsa, dushanba kuni g‘oyib bo‘lgan edi, chorshanba kuni esa Belomut ham; xuddi yer yutganday, dom-daraksiz yo‘qoldi-qoldi, faqat boshqacha vaziyatda. Ertalab, har kungi odat bo‘yicha, uni ishga olib ketgani mashina keldi, uni olib ketdiyu, lekin hech kimni qaytarib olib kelmadi, mashinaning o‘zi ham boshqa qaytib kelmadi.

Belomut xonimning boshiga tushgan qayg‘u va fojiani ta’riflashga til lol. Ammo, taassufki, qayg‘u ham, fojia ham uzoq cho‘zilmadi. Anna Frantsevna Anfisa bilan shoshilinch bir ish yuzasidan dala hovlisiga borib, qaytib kelgan kuni tundayoq grajdanka Belomut kvartiradan g‘oyib bo‘ldi. Bu hali hammasi emas: er-xotin Belomutlar egallagan ikkita xonaning eshiklari muhrlangan edi.

Ikki kunni bir amallab o‘tkazishdi. Shu o‘tgan vaqt ichida hamisha uyqusizlikdan iztirob chekkan Anna Frantsevna, uchinchi kun deganda shoshilinch ravishda yana dala hovlisiga jo‘nab ketdi… Uning shu ketgancha boshqa qaytib kelmaganini aytmasa ham bo‘lar!

Butun kvartirada yolg‘iz o‘zi qolgan, yig‘layverib xun bo‘lib ketgan Anfisa kechasi soat ikkilarda uyquga yotdi. Shundan keyii unga nima bo‘lgani bizga mavhum, lekin boshqa kvartiralarda turuvchi odamlarning gapiga qaraganda, 50-kvartirada kechasi bilan qandaydir taraq-turuq ovozlar eshitilganmish, to tong otguncha uning derazalarida elektr chiroqlari o‘chmaganmish. Ertalab esa Anfisaning ham g‘oyib bo‘lgani ma’lum bo‘lipti!

G‘oyib bo‘lgan odamlar va qarg‘ish tekkan kvartira haqida ancha vaqtgacha har xil bo‘lmag‘ur mish-mishlar tarqalib yurdi, masalan, o‘sha jikkakkina xudojo‘y Anfisa go‘yo o‘zining taxtakachsimon ko‘ksida charm xaltachada Anna Frantsevnaga tegishli yigirma besh dona yirik-yirik dur olib yurganmish. Go‘yo Anna Frantsevna serqatnov bo‘lib qolgan o‘sha dala hovlidagi o‘tinxonada ham o‘sha durlar qabilidagi qandaydir behisob javohirot, shuningdek, podsho zamonidan qolgan oltin tangalaru… yana shu singari boshqa boyliklar o‘z-o‘zidan topilganmish. Lekin ko‘rmagan narsamizga kafolat berolmaymiz.

Harna bo‘lgandayam, bu kvartira atigi bir haftagina muhrlanib bo‘sh qoldi, keyin unga marhum Berlioz o‘z xotini bilan va shu Styopa (u ham xotini bilan) ko‘chib kirishgan edi. Turgan gapki, bu mash’um kvartiraga ko‘chib kirishlari bilan ularning ham boshiga g‘ayritabiiy savdolar tusha boshladi. Ya’ni bir oy ichida ikkala xotin ham g‘oyib bo‘ldi. Lekin endi bular dom-daraksiz yo‘qolishmagandi. Berliozning xotinini go‘yo Xarkovda qandaydir bir baletmeyster bilan ko‘rish-ganmish. Styopaning xotinini esa go‘yo Bojedomkada ko‘rishganmish, negaki, mish-mishlarga qaraganda Varete direktori Styopa o‘zining behisob tanish-bilishlari orqali ish qilib, Sadovaya ko‘chasida qorangni ko‘rmasam bo‘lgani, degan shart bilan xotiniga bir xona to‘g‘rilabdi.

Shunday qilib, Styopa ingradi. U uy xodimasi Grunyani chaqirib, undan piramidon so‘ramoqchi bo‘ldi, lekin bu ishi g‘irt bema’nilik bo‘lishiga, xayriyat, aqli yetdi… Chunki Grunyada hech qanday piramidon yo‘q edi, albatta. Keyin Berliozni yordamga chaqirmoqchi bo‘lib ko‘rdi, ikki marta zo‘rg‘a: «Misha… Misha…» — deb ingradi, lekin, o‘zingiz yaxshi tushuiasiz, hech qanday javob bo‘lmadi. Kvartira suv quygandek jim-jit edi.

Styopa oyoq barmoqlarini qimirlatib ko‘rib, paypog‘ini yechmay yotganligini bildi, u egnida kiyimi bor yo yo‘qligini aniqlash uchun titroq qo‘lini yonboshiga yubordi, lekin hech nimani aniqlay olmadi.

Nihoyat, u o‘zining yolg‘iz va qarovsiz ekanligini, hech kim unga yordam qilmasligini bilgach, qanchalik qiynalib bo‘lsa ham, o‘rnidan turishga ahd qildi.

Styopa yopishib qolgan qovokdarini zo‘r-bazo‘r ochib, toshoynada sochlari har tomonga tarvaqaylagan, hammayog‘ini tuk bosib ketgan, basharasi shishib, ko‘zlari yumilib qolgan, egnida isqirt ko‘ylak, ichki ishton, bo‘ynida galstuk, oyog‘ida paypoq bo‘lgan bir odamning aksini ko‘rdi.

U o‘zini toshoynada shunday qiyofada ko‘rgan edi, ko‘zgu yonida esa egniga qora libos, boshiga qora beret kiygan notanish bir odam turardi.

Styopa o‘rnidan turib o‘tirdi va qon quyilgan ko‘zlarini imkoni boricha kattaroq ochib notanish odamga tikildi.

Shu notanish odam ajnabiylarga xos talaffuz bilan bo‘g‘iq va vazmin ovozda sukutni buzdi:

— Salom, dunyoda eng yoqimtoy inson Stepan Bogdanovich!

Styopa butun kuchini ishga solib, bir oz sukutdan so‘ng zo‘rg‘a:

— Nima istaysiz mendan? — deb gap boshlagan edi, o‘z ovozini taniy olmay hang-mang bo‘lib qoldi. «Nima» so‘zi chiyillab, «istaysiz» so‘zi — do‘rillab chiqdi, «mendan» so‘zi esa ichida qolib ketdi.

Begona odam do‘stona jilmayib qo‘yib, qopqog‘ida uch burchak shaklli olmosi bo‘lgan kattakon oltin soatini qo‘liga oldi, soat o‘n bir marta zang chaddi.

— Soat o‘n bir! — dedi u. — Rosa bir soatdan beri uyg‘onishingizni kutib turibman, zero, siz meni uyingizda soat o‘nda kutmoqchi edingiz. Mana keldim!

Styopa qo‘li bilan paypaslab, karavot yonida turgan stuldan shimini topdi va:

— Afv etasiz… — deb pichirlab shimni kiyvoldi, so‘ng hirqiroq ovoz bilan so‘radi: — Iltimos, familiyangizni aytsangiz!

U gapirishga qiynalardi. Har bitta so‘zni aytganida kimdir uning miyasiga igna sanchib, uni jahannam azobiga solayotganday bo‘lardi:

— Ie! Hali familiyamniyam unutib qo‘ydingizmi? — deb begona odam jilmaydi.

— Kechirasiz… — deb xirilladi karaxtlikning yangi alomatlari vujudga kelayotganini his qila boshlagan Styopa; uning nazarida, oyog‘i ostidagi pol birdan g‘oyib bo‘lganday va shu topdayoq jahannam qa’riga mukkasi bilan sho‘ng‘ib ketadigandek bo‘lib tuyuldi.

— Azizim Stepan Bogdanovich, — deb gap boshladi sezgir mehmon jilmayib, — hech qanaqa piramidon naf bermaydi sizga. Siz ko‘hna taomilga amal qiling, ya’ni achchiqni achchiq kesadi qabilida ish ko‘ring. Hozir sizni hushingizga keltiradigan yagona davo ikki qultum araq bilan achchiq va qaynoq gazak.

Styopa ayyor odam edi, shu bois, og‘ir betob bo‘lishiga qaramay, baski ahvolimga shohid bo‘lishgan ekan, hammasini tan olishim kerak, deb mulohaza qiddi.

— Ochig‘i, — dedi u zo‘rg‘a tili aylanib, — kecha men qittay…

— Bo‘ldi, bo‘ldi, hammasi tushunarli! — dedi mehmon va o‘zi o‘tirgan kreslo bilan birga bir chetga surildi.

Shunda Styopa kichkinagina stolchada yasatig‘liq patnisni ko‘rib baqrayib qoldi: patnisda kesilgan oq non, likopchada qora ikra, tarelkada qo‘ziqorin ochori, yana kastryulchadayam bir nima bor edi, bundan tashqari, zargar bevasining qorindor grafinida araq qo‘yilgan edi. Hammadan ham grafinning sovukdan terlaganligi Styopani ko‘proq taajjubda qoldirdi. Lekin buning sababi ma’lum edi: grafin muz to‘ldirilgan chinni tog‘orachaga o‘rnatilgan edi. Qisqasi, dasturxon badastir, ozoda qilib tuzalgan edi.

Begona odam Styopa hayratining avj olib, eng yuqori pardaga chiqishiga imkon bermay, epchillik bilan unga yarim qadah araq quydi.

— O‘zingiz-chi? — deb chiyilladi Styopa.

— Bajonu dil!!

Styopa qaltiroq qo‘li bilan qadahni og‘ziga olib bordi, mehmon esa o‘z qadahidagi araqni bir qultum qilib yutib yubordi. Styopa ikra kavshab, gazak qilarkan, qiynalib zo‘rg‘a dedi:

— Siz-chi?.. Gazakdan?

— Minnatdorman, men hech qachon gazak qilmayman, — dedi begona odam va qadahlarga yana araq quydi. Kastryulning qopqog‘ini ochishdi — unda tomatga solingan sosiska bor edi.

Mana, oxiri Styopaning ko‘z oldini to‘sgan la’nati yashil rang g‘oyib bo‘lib, tili kalimaga kela boshladi, eng muhimi, ba’zi bir narsalar uning esiga tushdi. Darhaqiqat, voqea kuni kecha Sxodnyada, sketchnavis Xustovning dala hovlisida bo‘lgan edi. Styopani u yerga o‘sha Xustovning o‘zi taksida olib borgan edi. Hatto o‘sha taksini «Metropol» oldida qanday yollashgani ham esiga tushdi, ular bilan birga yana qandaydir bir aktyor ham bormidiey… patefon ko‘tarib olgan. Ha, ha, to‘g‘ri, dala hovlida bo‘lgan edi bu! Yana esida, patefon ovoziga jo‘r bo‘lib itlar uv tortishgandi. Lekin Styopa o‘pmoqchi bo‘lgan xonim mavhumligicha qoldi… Tavba, kim bo‘ldiykin-a… radioda ishlaydi shekilli, ehtimol undaymasdir.

Shu tariqa kechagi kun oz-ozdan oydinlasha boshladi, lekin hozir Styopani ko‘proq bugungi kun, xususan, bu notanish odamning qanday qilib u yotgan xonaga kirib qolgani, yana araq bilan gazakning qaerdan kelgani qiziqtirayotgan edi. Ana shu masalani aniqlab olsa yomon bo‘lmasdi-da!

— Xo‘sh, qalay, endi eslagan bo‘lsangiz kerak familiyamni?

Lekin Styopa xijolat bo‘lib tirjaydi va qo‘llarini yoydi.

— Afsus! Sezib turibman, siz arakdan keyin portveyn ichibsiz! Axir bu yaxshi emas-ku, taqsirim!

— Iltimos qilaman sizdan, shu gap o‘rtamizda qolsa… — dedi xushomad bilan Styopa.

— O, albatta, albatta! Lekin turgan gapki, Xustov uchun kafolat bera olmayman.

— Ie, siz Xustovni taniysizmi?

— Kecha sizning kabinetingizda ko‘zim tushgan edi o‘sha nusxaga. Uning maraz, fitnachi, munofiq va laganbardor ekanligini tushunish uchun bir marta unga ko‘z qirini tashlashning o‘zi kifoya.

«Juda to‘g‘ri gapirdi!» — deb ko‘nglidan o‘tkazdi Styopa, Xustovga berilgan bunday to‘g‘ri, aniq va lo‘nda ta’rifdan hayratga kelib.

Ha, kechagi kun bo‘lak-bo‘lak xotiralardan tiklanayotgan edi, lekin shunda ham Varete direktori hamon bezovta edi. Negaki, mana shu kechagi kun xotiralarida ulkan qora o‘ra mavjud edi. Ya’ni mana shu beret kiygan notanish odamni, nima deb o‘ylasangiz ham, Styopa kecha o‘z kabinetida mutlaqo ko‘rmagan edi.

Styopaning mushkul ahvolga tushib qolgaiini ko‘rgan mehmon jiddiy tarzda:

— Sehrgarlik professori Voland, — deb o‘zini tanitdi va yuz bergan voqeani bir boshdan hikoya qilib berdi.

Uning gapiga qaraganda, u Moskvaga chet eldan kecha kunduzi kelgan, kelgan zahoti Styopaning huzuriga borib, Varete teatrida gastrol berishni taklif qilgan. Styopa Moskva oblastining tomoshaxonalar bo‘yicha komissiyasiga telefon qilib, bu masalani kelishib olgan (Styopaning quti uchib, ko‘zlari pirillay boshladi), professor Voland bilan yetti kunlik tomoshaga tuzilgan shartnomaga imzo chekkan (Styopaning og‘zi lang ochilib qoldi), tomoshaning ayrim tafsi-lotlarini kelishib olish uchun Volandni bugun ertalab soat o‘nga uyiga taklif qilgan… Mana, Voland uning huzurida!

U kelib uy xodimasi Grunyani uchratipti, xodima o‘zining kunda qatnab ishlashini, hozirgina kelib turganini, Berlioznipg uyda yo‘kdigini aytib, agar siz, mehmon, Stepan Bogdanovichni ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, to‘g‘ri yotoqxonasiga kiravering, negaki Stepan Bogdanovichning uyqusi juda qattiq, uni uyg‘otishga qurbim yetmaydi, deb aytipti. Artist Stepan Bogdanovichning qanday ahvolda yotganini ko‘ribdi-yu, darhol Grunyani shu o‘rtadagi gastronomdan araq bilan gazak, aptekadan muz olib kelishga yuboribdi, endi mana…

— Unda hisob-kitob qilaylik, — deb g‘ingshidi kayfiyati buzilgan Styopa va hamyonini axtara boshladi.

— Be, qo‘ysangiz-chi! — dedi gastrolyor bu to‘g‘rida eshitishni ham istamay.

Demak, araq bilan gazak tushunarli, lekin baribir Styopa ayanchli ahvolda edi: u shartnoma to‘g‘risida mutlaqo hech nima eslay olmas, bu Voland deganini kecha zinhor-bazinhor ko‘rmagan edi. To‘g‘ri, Xustov borgan edi huzuriga, lekin Voland yo‘q edi.

— Ijozatingiz bilan shartnomani bir ko‘rsam, — ohista iltimos qildi Styopa.

— Marhamat, bemalol…

Styopa qog‘ozga qaradi-yu, tarashadek qotib qoldi. Hammasi to‘g‘ri edi. Birinchidai, Styopaning o‘z qo‘li bilan qo‘ygan jimjimador imzosi! Xujjatning yon tomoniga moliya direktori Rimskiyning, artist Volandga bo‘lg‘usi yetti tomoshasi uchun beriladigan o‘ttiz besh ming so‘m yuzasidan o‘n ming so‘m avans berilsin, deb yotiq harflar bilan yozgan dastxati. Buning ustiga ustak: shu yerda Volandning o‘sha o‘n ming so‘mni olgani haqida tilxati bor edi!

«Nimalar bo‘lyapti o‘zi?! — deb o‘yladi bechora Styopa, uning boshi aylanib ketdi. Xotirasida dahshatli o‘pirilishlar paydo bo‘layotgan edi! Lekin turgan gapki, shartnoma ko‘rsatilgandan keyin yana taajjublanish odobdan bo‘lmasdi. Styopa mehmonni bir daqiqaga yolg‘iz qoldirmoqchi bo‘lgani haqida uzr so‘radi-yu, telefon qilgani paypoqchan dahlizga yugurib chiqib ketdi. Yo‘lakay u oshxona tomonga qarab

— Grunya! — deb chaqirdi.

Lekin hech qanday javob bo‘lmadi. Shunda u Berliozning dahliz yonidagi kabineti eshigiga ko‘zi tushdi, ko‘rdiyu dong qotib qoldi. Eshikning tutqichiga bog‘langan kanopda kattakon surg‘uch muhr osilgan edi. «Apa xolos! — deb baqirvordi Styopaning miyasida o‘tirgan kimdir. — Bir kami endi shu edi!» Shunda hayol Styopani allaqayoqlarga, ammo oqibati halokat bilan yakunlanuvchi bir tomonga yo‘nalgan ikki iz ustidan g‘izillatib olib ketdi. Uning miyasidagi o‘ylar shu qadar omixta bo‘lib ketgan ediki, hatto buni tasvirlash ham mahol. Qora beret, muzdek araq va aql bovar kilmaydigan shartnomaga daxldor ishkalliklar yetmaganday, eshikning muhrlangani ortiqcha! Ya’ni Berlioz biron ayb qilib qo‘yganga o‘xshaydi deb gapirsangiz, hech kim ishonmaydi, azbaroyi xudo, hech kim ishonmaydi! Lekin ana, eshigi muhrlangan! Tavba…

Lksiga yurib, Stspaning miyasida shu topda jurnalda chop qildirish uchun yaqinda Mixail Aleksandrovich unga tutqazgan o‘z maqolasi haqida eng noxush fikrlar g‘ujg‘on o‘ynay boshladi. Maqola ham, ochig‘i,bema’ni edi! Undan foyda ham yo‘q edi, puli ham — arzimagan pul edi…

Maqola haqidagi o‘ylari ketidan izma-iz uning Mixail Aleksandrovich bilan qilgan ilmoqli suhbati esiga tushdi (agar yanglishmasa, bu yigirma to‘rtinchi aprel kechqurun shu yerda, yemakxonada bo‘lgan edi). To‘g‘ri, o‘sha suhbatni tom ma’noda ilmoqli, shubhali deb bo‘lmasdi albatta (Styopa unaqa suhbatga aslo ara-lashmagan bo‘lardi), lekin keraksiz bir mavzudagi suhbat edi. Bu suhbatni qo‘zg‘amasa ham hech nima bo‘lmasdi, grajdanlar. Shak-shubhasiz, agar eshik muhrlanmaganida, u suhbatni mutlaqo tuturiqsiz narsa deb hisoblash mumkin edi, lekin muhrlangandan keyin qandoq bo‘larkin…

«E, Berlioz, Berlioz! — deb ko‘nglidan o‘tkazdi xunobi chiqa boshlagan Styopa. — Axir bu hech aqlga sig‘maydi-ku!»

Lekin uzoq vaqt qayg‘urishga imkon bo‘lmadi, Styopa Varetening moliya direktori Rimskiyning kabinetiga qo‘ng‘iroq qildi. Styopa juda qaltis ahvolga tushib qolgan edi: avvalambor Styopaning, shartnomani o‘z ko‘zi bilan ko‘rganidan keyin ham ishonmay tekshira boshlaganidan ajnabiy artist ranjishi mumkin edi, undan keyin, moliya direktori bilan ham bu haqda gap boshlash nihoyatda mushkul edi. Darhaqiqat, axir undan: «Ayting-chi, kecha men sehrgarlik professori bilan o‘ttiz besh ming so‘mga shartnoma tuzganmidim?» — deb so‘ray olmasdi-ku! Qanday tili borsin bunday deb so‘rashga?

— Ha! — telefon trubkasida Rimskiyning dag‘al va xunuk ovozi eshitildi.

— Salom, Grigoriy Danilovich, — ohista gap boshladi Styopa, — Lixodeevman. Gap bunday… hm… hm… haligi… e… artist Voland keluvdi uyimga… Haligi… sizdan so‘ramoqchiydim, bugun kechqurungi spektakl masalasi qanday ahvolda?..

— Ha-a, sehrgarmi? — Rimskiyning ovozi eshitildi trubkada. — Afishalarni hozir olib kelishadi.

— Aha, — zaif ovoz bilan dedi Styopa, — xo‘p, ko‘rishguncha…

— O‘zingiz qachon kelasiz? — so‘radi Rimskiy.

— Yarim soatda boraman, — javob qildi Styopa va trubkani ilib qo‘yib, cho‘g‘dek qizigan boshini ikki qo‘li bilan siqdi. Voy, qanday ko‘ngilsizlik yuz berayozgan ekan-a! Xotiramga nima bo‘ldi o‘zi, grajdanlar? A?

Biroq dahlizda ortiq turib qolish noqulay edi, shu bois Styopa darhol bunday reja tuzdi: qanday qilib bo‘lmasin, o‘zining faromushxotirligini mehmonga sezdirmasligi kerak, hozir esa birinchi navbatda, ajnabiy professordan, bugun kechqurun Styopaning qo‘l ostidagi Varete teatrida, xususan, nimalarni namoyish qilmoqchi ekanligini ustalik bilan surishtirib bilib olishi kerak.

Shunday reja bilan Styopa telefon apparatidan o‘grildi, o‘grildi-yu shu dahlizda turgan, ishyoqmas Grunya ko‘pdan changini artmagan katta ko‘zguda ko‘ziga pepsne taqqan, bo‘yi terakday keladigan antiqa bir nusxani aniq ko‘rdi (o, qaniydi hozir bu yerda Ivan Nikolaevich bo‘lsa! U bir qarashda tanigan bo‘lardi bu nusxani!). Nusxa esa ko‘zguda bir ko‘rindiyu g‘oyib bo‘ldi. Cho‘chib ketgai Styopa dahlizga yanayam tikilibroq qaradi va hayajondan ikkinchi marta gandiraklab ket-di, chunki ko‘zguda kattakon qora mushuk yurib o‘tib, g‘oyib bo‘lgan edi.

Styoianing yuragi orqasiga tortib, gandiraklab ketdi.

«Nimalar bo‘lyapti o‘zi? — o‘yladi u. — Esimdan og‘yapman chog‘i? Qayoqdan paydo bo‘ldi o‘zi ko‘zgudagi akslar?!» — U dahlizga ko‘z yugurtirib chiqdi va ko‘rqib ketib baqirib yubordi:

— Grunya! Qanaqa mushuk sang‘ib yuripti bu yerda? Qayokdan kelib qoldi? U bilan birga yana allakim ham yuriptimi?

— Aslo bezovta bo‘lmang, Stepan Bogdanovich, — degan ovoz eshitiddi, lekin bu Grunyaning emas, balki yetoqxonada o‘tirgan mehmonning ovozi edi, — u mening mushugim. Hech aziyat chekmang. Grunya uyda yo‘q, men uni vatani Voronejga jo‘natib yubordim, negaki, shikoyat qilishicha, ko‘pdan beri unga otpusk bermagan ekansiz.

Bu so‘zlar shu qadar tasodifiy va tuturiqsiz ediki, Styopa, yanglish eshitdim, deb faraz qildi. U tamomila esankiragan holda yotoqxona tomon yugurdi-yu, xona eshigida dong qotib qoldi. Sochlari g‘imirlab gikkaya boshladi, peshonasida mayda-mayda ter tomchilari paydo bo‘ldi.

Qay ko‘z bilan ko‘rsinki, xonada mehmon yolg‘iz emas, balki ulfatlari ham bor edi. Ikkinchi kresloda, hozirgina dahlizda «lip» etib ko‘ziga ko‘ringan o‘sha nusxa o‘tirardi. Endi u aniq ko‘zga tashlanardi: mo‘ylovi patsimon, pensnening bir ko‘zidagi shisha yaltillar, ikkinchi ko‘zida shisha yo‘q edi. Bu ham hali baharnav: zargar bevasining yumshoq kursisida uchinchi bir jonzod, ya’ni — bir panjasiga araq to‘ldirilgan qadah, ikkinchi panjasiga ziravorli qo‘ziqorin ilingan sanchqi ushlagan bahaybat gavdali bir qora mushuk betakalluf yalpayib o‘tirardi.

Bu xonadagi shundoq ham xira yonadigan chiroq Styopaning ko‘zi oldida so‘na boshladi. «Odam mana shunaqa jinni bo‘larkan-da!» — deb o‘yladi u eshik ke-sakisidan ushlab.

— Nazarimda, sal hayron bo‘lganga o‘xshaysizmi, azizim Stepan Bogdanovich? — deb so‘radi Voland tishlari tinmay takillayotgan Styopadan. — Holbuki, buning hech ajablanadigan yeri yo‘q. Bular mening mulozimlarim.

Bu payt mushuk araqni ichib yubordi, Styopaning kesaki ushlagan qo‘li sirpanib tusha boshladi.

— Xullas, mulozimlarimga joy kerak, — deb gapida davom etdi Voland, — binobarin, ichimizda kimdir bu kvartirada ortiqcha. Mening fikrimcha, o‘sha ortiqcha odam — aynan sizsiz!

— Shular, shular! — dedi takaga o‘xshab ma’rab katak shimli daroz odam Styopa haqida ko‘plik sonda gapirarkan. — Umuman, ular keyingi paytda ko‘p ifloslik qila boshladilar. Ichkilikbozlik, xotinbozlik bilan shug‘ullanyaptilar, o‘z mavqelaridan foydalanib ishlariga qo‘l urmay qo‘ydilar, to‘g‘risi, qo‘llaridan hech qanaqa ish kelmaydi o‘zi, chunki zimmalariga yuklangan ishga tariqcha ham tushunmaydilar. Rahbarlarni laqillatib kelmokdalar!

— Davlat mashinasini bekordai-bekorga zir yugurtiradi! — dedi qo‘ziqorin kavshab o‘tirgan mushuk ham chaqmachaqarlik qilib.

Shunda kvartirada to‘rtinchi va oxirgi mo‘’jiza sodir bo‘ldi-yu, sirg‘alib tushib yerga o‘tirib qolgan Styopa jonsiz qo‘li bilan kesakini timdalay boshladi.

Kotelok shlyapa kiygan, so‘yloq tishlari og‘zidan chiqib, shundoq ham o‘ta jirkapch basharasini battar badbashara qilib yuborgan, pak-pakana bo‘lishiga qaramay, yelkalari nihoyatda keng, sochi rangidagi bir malla maxluq to‘g‘ri toshoyna ko‘zgusidan chiqib keldi.

— Men, — deb gapga aralashdi bu malla, — buning qanday qilib direktor bo‘lib qolganiga hech tushunolmayapman, — u gapirgan sari ko‘proq manqalanardi, — men qanday arxierey bo‘lsam, u ham shunday direktor!

— Sen arxiereyga o‘xshamaysan, Azazello, — dedi mushuk tarelkasiga sosiska olib solarkan.

— Menam shuni aytyapman-da, — dedi malla ping‘illab va Voland tomonga o‘girilib ehtirom bilan ilova qildi: — Ruxsat eting, messir, uni Moskvadan biron olis xilvatgohga uloqtirib yuboray?

Mushuk tuklarini hurpaytirib:

— Pisht! — deb baqirdi.

Shunda yotoqxona Styopa atrofida gir-gir aylana boshladi-yu, u boshi bilan kesakiga urildi va hushidan ketarkan: «O‘lyapman…» — deb ko‘nglidan o‘tkazdi.

Lekin u o‘lgani yo‘q. Ko‘zini xiyolgina ochib, o‘zini toshga o‘xshash qandaydir bir narsa ustida ko‘rdi. Uning atrofida nimadir shovullardi. Keyin u ko‘zlarini katta ochib, shovullayotgan dengizni ko‘rdi, shovullagandayam to‘lqinlar shundoqqina uning oyog‘i ostiga kelib chil-chil urilardi, qisqasi, u to‘lqin qaytargichning eng chetida o‘tirar, poyida dengiz mavjlanar, orqasida esa do‘nglikda go‘zal shahar qad ko‘targan edi.

Bunday hollarda o‘zini qanday tugishni bilmagan Styopa oyoqlari dag‘-dag‘ qaltirab to‘lqin qaytargich bo‘ylab qirg‘oq tomon yo‘l oldi.

Yo‘lida bir odam turardi, u papiros chekar va dam-badam dengizga tupurardi. U odam Styopaga o‘qrayib qarab, tupurishdan to‘xtadi. Shunda Styopa qovun tushirdi: shu notanish kashanda qarshisida tiz cho‘kib, bunday dedi:

— Yolborib so‘rayman sizdan: bu qaysi shahar o‘zi?

— Qoyil-e! — dedi beshafqat kashanda.

— Men mast emasman, — dedi hirqiroq ovoz bilan Styopa. — Men betobman, menga bir nima bo‘ldi, kasal bo‘lib qoldim… Qaerdaman? Bu qaysi shahar?..

— Yalta-ku…

Styopa ohista xo‘rsindi, yonboshiga qulab tushdi-yu, boshi oftobda qizigan toshga urildi.

Sakkizinchi bob PROFESSOR BILAN SHOIR O‘RTASIDA DAHANAKIJANG

Styopa Yaltada hushidan ketgan paytda, ya’ni soat o‘n bir yarimlarda, uzoq davom etgan qattiq uyqudan uyg‘ongan Ivan Nikolaevich Bezdomniy axiyri hushiga keldi. U anchagacha, devorlari oppoq, allaqanday yaltiroq metalldan yasalgan ajoyib tungi stoli bor, derazasiga oq darparda osilgan (darparda ortida quyosh porlab turgani sezilardi) bu notanish xonaga qanday qilib kelib qolganini o‘ylab yotdi.

Ivan boshini bir silkitib, endi og‘rimayotganligini his qildi-yu, shu zahoti shifoxonada yotganligini esladi. Esladiyu, ketma-ket esiga Berliozning o‘limi tushdi, lekin bu xotira endi uni kechagichalik qattiq iztirobga solmadi. Miriqib uxlagan Ivan Nikolaevich endi o‘zini ancha bosib olgan, mulohazalari ham ravonlashgan edi. U chinniday toza, yumshoq va orombaxsh prujinali karavotda ancha vaqtgacha qimir etmay yotdi, shunda ko‘zi yonboshidagi qo‘ng‘iroq tugmasiga tushdi. Kerak bo‘lsa-bo‘lmasa, har narsaga qo‘l uraveradigan qitmir Ivan tugmani bosdi. U biron nimaning chalinishini yoki biron kishining kirib kelishini kutgan edi, lekin butunlay boshqacha hol yuz berdi. Ivan yotgan karavotning oyoq tomonida sirlangan tsilindr chiroq yonib, unda: «Suv» degan yozuv paydo bo‘ldi. Bir ozdan keyin tsilindr aylana boshladi va oxiri unda: «Nyanya» degan yozuv paydo bo‘ldi. Turgan gapki, bu antiqa tsilindr Ivanning og‘zini ochirib qo‘ydi. Keyin «Nyanya» yozuvi «Doktorni chaqiring» degan yozuv bilan almashdi.

— Hm… — deb qo‘ydi Ivan, endi buyog‘iga nima qilishini bilolmay. Lekin shu choq tasodifan ishi o‘ngidan kelib qoldi: «Feldsher ayol» degan so‘z chiqishi bilan u tugmani ikkinchi marta bosdi. Silindr ohista jingillab, aylanishdan to‘xtadi, chirog‘i o‘chdi va xonaga top-toza oq xalat kiygan, miqqidakkina, istarasi issiq bir ayol kirdi.

— Xayrli kun! — deb salomlashdi u Ivan bilan. Ivan javob qaytarmadi, chunki hozirgi vaziyatda bunday salomlashishni o‘rinsiz deb topdi. Rostda axir, soppa-sog‘ odamni shifoxonaga tiqib qo‘yishsa, yana buning ustiga, o‘zlarini go‘yo savob ish qilganday tutishsa — buning nimasi xayrli?

Bu asnoda ayol chehrasidagi muloyim jilvani saqlagan holda, bir tugmani bosib, deraza pardasini yuqoriga chiqarib yubordi. Shunda to polgacha tushib borgan jimjimador, yengil panjara orqali xonaga quyosh nuri yog‘ildi. Panjara ortida balkon, undan narida esa ilonday to‘lg‘anib oqayotgan daryo, daryoning narigi sohilida — shimolda mavjlanib turgan qarag‘ayzor ko‘rindi.

— Vannaga marhamat qiling, — dedi ayol, so‘ng uning bir qo‘l harakati bilan ichki devor chetga surildi-yu, vannaxona va juda chiroyli jihozlangan hojatxona paydo bo‘ldi.

Garchi Ivan bu ayol bilan gaplashmaslikka axd qilgan bo‘lsa ham, yaraqlagan jo‘mrakdan vannaga sharillab suv oqayotganini ko‘rib, tilini tiya olmay, kinoya bilan dedi:

— Buni qara-ya! Xuddi «Metropol» deysan!

— E, yo‘q, — faxrlanib dedi ayol, — undan ham yaxshiroq. Bu yerdagi uskuna-jihozlar chet elda ham topilmaydi. Atayin shifoxonamizni ko‘rgani olimlaru vrachlar kelib turishadi. Bu yerda har kuni chet ellik turistlar bo‘lishadi.

Ivan «chet ellik turistlar» so‘zini eshitgan hamonoq kechagi konsultantni esladi. Kayfi buzilib, xo‘mraygancha so‘radi:

— Chet ellik turistlar… Muncha yaxshi ko‘rmasangizlar o‘sha chet ellik turistlarni? Men sizga aytsam, ular orasida har xil odamlar bo‘ladi. Masalan, kecha men bitta shunaqasi bilan tanishdimki, asti qo‘yaverasiz!

Shunday deb turib, sal bo‘lmasa Pontiy Pilat haqida gapirib yuboray dedi-yu, lekin gapini bu ayol uchun hech qanday hojati yo‘qligini, baribir undan hech qanday yordam kutib bo‘lmasligini tushunib, tilini tiydi.

Cho‘miltirilgan Ivan Nikolaevichga vannadan chikdan erkak kishi uchun zarur bo‘lgan hamma narsa: dazmollangan ko‘ylak, ichki ishton, paypoq berildi. Bulardan tashqari, yana boyagi ayol shkaf eshigini ochib, quli bilan ishora qilib so‘radi:

— Ustingizga nima kiyishni xohlaysiz — xalatmi yo pijamami?

Bu yangi yotoqqa zo‘rlab joylashtirilgan Ivan ayolning andishasizligidan hang-mang bo‘lib, indamay barmog‘i bilan qip-qizil paxmoq pijamaga ishora qildi.

Shundan keyin Ivan Nikolaevichni bo‘m-bo‘sh, sokin koridordan boshlab borib, judayam kattakon bir kabinetga olib kirdilar. Hayratomuz jihozlangan bu binodagi hamma narsaga istehzo bilan qarashga ahd qilgan Ivan kabinetiga kirgan hamonoq unga «oshxona-fabrika» deb nom qo‘ydi.

Buning sababi bor edi. Bu yerda ancha-muncha shkaflar, nikellangan yaltiroq asboblar qo‘yilgan oynavand shkafchalar tizilib turardi. Nihoyatda murakkab mos-lamali kreslolar, soyaboni yaltiroq qandaydir yapasqi chiroqlar, son-sanoqsiz shisha idishlar, gaz bilan yonuvchi gorelkalaru elektr simlariyu mutlaqo notanish bo‘lgan uskunalar bor edi bu kabinetda.

Bu yerda oq xalat kiygan uch kishi (ikki ayol va bir erkak) Ivan bilan shug‘ullana boshladi. Birinchi navbatda, Ivandan ba’zi narsalarni so‘rab bilib olish maqsadida uni burchakdagi stol oldiga boshlab borishdi. Ivan vaziyatni mulohaza qila boshladi. Uning uchun uchta yo‘l bor edi. Birinchi yo‘l: mana shu lampalaru ohanjamali buyumlarga tashlanib, hammasini chil-chil sindirib, bu yerda uni nohaq ushlab turishganiga shu tarzda norozilik bildirish edi — bu usul uni qattiq vasvasaga solayotgan edi. Biroq bugungi Ivan kechagi Ivandan anchagina farq qilardi, shunga ko‘ra bu birinchi yo‘l unga ancha shubhali ko‘rindi: xudo ko‘rsatma-sin, tag‘in anavilar quturgan jinni degan xayolga borishsa-ya. Shuning uchun Ivan birinchi yo‘lni rad etdi. Ikkinchi yo‘l ham bor edi: hoziroq konsultant va Pontiy Pilat haqida hikoya qilish kerak. Ammo kechagi tajribadan ma’lum bo‘ldiki, yo uning gaplariga ishonishmayapti, yo bo‘lmasa hikoyasini teskari ma’noda tushunishyapti. Shuning uchun Ivan bu yo‘ldan ham voz kechib, uchinchi yo‘lni, ya’ni mag‘rurona sukut saqlab, «o‘z qobig‘iga o‘ralib olishni» ma’qul ko‘rdi.

Ammo bu axdini to‘la amalga oshira olmadi, xohlasa-xohlamasa, bir qator savollarga uzoq-yuluk, bo‘lsa ham javob berishiga to‘g‘ri keldi.

Oqibat, Ivandan uning o‘tmishi haqida, hattoki taxminan o‘n besh yil burun qizilcha kasali bilan qay faslda va qanday og‘riganigacha surishtirib bilib olishdi. Ivanning javoblaridan anketaning butun bir sahifasi to‘lib, ikkinchi sahifaga o‘tildi, endi oq xalat kiygan ayol Ivanning qarindosh-urug‘lari to‘g‘risida surishtira boshladi. Xullas, tuturiqsiz ezmalik boshlandi: qarindoshlardan kimlar o‘lgan, qachon va nimadan o‘lgan, icharmidi, tanosil kasali bilan og‘rimaganmidi, hokazo va hokazo savollar. Savollar tugagach, kecha Patriarx ko‘lida sodir bo‘lgan voqeani so‘zlab berishni iltimos qilishdi, lekin uncha zo‘rlashmadi, Pontiy Pilat to‘g‘risida aytgan gapiga ajablanishmadi ham.

Shundan keyin Ivan ayoldan qutulib, erkak ixtiyoriga o‘tdi, u Ivan bilan boshqacha usulda muloqot qildi, undan hech nima to‘g‘risida so‘ramadi. U Ivanning haroratini o‘lchadi, tomirini ko‘rdi, allaqanday chiroq shu’lasini yo‘naltirib, ko‘zlarini tekshirdi. Keyin bu erkakka boshqa ayol yordamga keldi va Ivanning ikki kuragi orasiga bir nima bilan og‘riqsiz ukol qilishdi, ko‘kragiga bolg‘achaning dastasi bilan allaqanday belgilar chizishdi, bolg‘acha bilan uning gizzalariga urib ko‘rishgan edi, oyog‘i dik-dik sakrab ketdi, barmog‘idan qon olishdi, tirsagiga ukol qilishdi, qo‘llariga qandaydir rezina halqalar kiydirishdi.

Ivan bularning hammasini achchiq istehzo bilan kuzatarkan, hech kurakda turmaydigan ishlar sodir bo‘lgani haqida o‘ylardi. Tavba! Odamlarni anavi be-gona konsultantning xatarli nayranglaridan ogoohlantirmoqchi, uni shaxsan o‘zi qo‘lga tushirmoqchi edi, ammo buning o‘rniga o‘zi allaqanday sirli kabinetga tushib, Vologdada yashovchi piyanista Fyodor amakisi haqida qayoqdagi tuturiqsiz gaplarni hikoya kilib o‘tiripti. O‘taketgan bema’nilik!

Nihoyat Ivanning ketishiga ijozat berishdi. Uni yana o‘z xonasiga kuzatib qo‘yishdi, so‘ng nonushtaga bir chashka qahva, ikkita ilitilgan tuxum va moy surtilgan oq non berishdi.

Ivan ovqatning hammasini yeb, ichib bo‘lib, bu mahkamaning eng katta rahbarini kutishga, o‘sha rahbarning e’tiborini qozonishga, undan adolat talab qilishga ahd qildi.

Darhaqiqat, nonushtadan keyin xiyol o‘tar-o‘tmas u kutgan katta boshliq bilan uchrashdi. Ivan joylashgan xonaning eshigi birdan ochilib, oq xalat kiygan odamlar kirib kelishdi. Hammadan oldinda soqoli hafsala bilan olingan, qirq besh yoshlardagi xushsurat, ammo ko‘zlari judayam o‘tkir, muloyim tabiat bir odam kelardi. Qolganlarning hammasi unga siporish qilishar, e’zozlashardi, shu bois uning bu xonaga tashrifi tantanavor bo‘ldi. «Naq Pontiy Pilat!» — deb ko‘nglidan o‘tkazdi Ivan.

Ha, shubhasiz, bu odam rahbar edi. U kursiga o‘tirdi, qolganlar tik turaverishdi.

— Doktor Stravinskiy, — deb o‘zini tanitdi kursiga o‘tirgan kishi va Ivanning chehrasiga do‘stona boqdi.

— Mana, Aleksandr Nikolaevich, — dedi soqoli sarishta kuzalgan bir odam past ovoz bilan va Ivanning hammayog‘i yozib to‘ldirilgan anketasini boshliqqa uzatdi.

«Birpasda shuncha narsa yozib tashlashipti-ya! — deb o‘yladi Ivan. Boshliq esa qog‘ozga yozilgan tanish so‘zlarga ko‘z yugurtirib chiqarkan: «Ihi, ihi…» deb qo‘ydi va atrofida turganlar bilan hamma ham tushunavermaydigan tilda bir-ikki og‘iz fikr almashdi.

«Lotin tilida ham Pilatga o‘xshab gapiryapti…» — ma’yus o‘yladi Ivan. Shu choq qulog‘iga chalingan bir so‘z uni seskantirib yubordi. Bu — kecha Patriarx ko‘li bo‘yida la’nati ajnabiy aytgan, bugun esa bu yerda professor Stravinskiy takrorlagan «shizofreniya» so‘zi edi.

«Bilgan ekan!» — hayajon bilan ko‘nglidan o‘tkazdi Ivan.

Aftidan, bu Stravinskiy hamma fikrga qo‘shilishni va hamrohlari aytgan har bir so‘zdan mamnun bo‘lib, shu mamnunligini «juda soz, juda soz» degan so‘zlar bilan ifodalashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan bo‘lsa kerak.

— Juda soz! — dedi Stravinskiy qo‘lidagi varaqni kimgadir qaytararkan. So‘ng Ivanga yuzlan-di:

— Siz — shoirsiz-a?

— Ha, shoirman, — xomush javob qildi Ivan, u umrida birinchi marta she’riyatga nisbatan qalbida qandaydir mubham nafrat uyg‘onganini his qildiyu, esiga tushgan o‘z she’rlari negadir unga yoqimsiz bo‘lib tuyula boshladi.

U o‘z navbatida aftini burishtirib Stravinskiydan so‘radi:

— Siz — professorsiz-a?

Stravinskiy bu savolga takalluf bilan bosh egib javob qildi.

— Bu yerning eng kattasi ham sizsiz-a? — deb da-vom etdi Ivan.

Stravinskiy bu gal ham bosh egib javob qildi.

— Men siz bilan gaplashib olishim kerak, — dedi Ivan Nikolaevich ma’nodor qilib.

— Men ham shu maqsadda keldim, — javob qildi Stravinskiy.

— Xullas, gap bunday, — deb gapira boshladi Ivan, endi gapirish navbati o‘ziga kelganini his qilib,

— meni bu yerda jinniga chiqarib qo‘yishdi, hech kim ga-pimni eshitishni istamayapti!..

— Aksincha, biz diqqat-e’tibor bilap eshitmoqchimiz gaplaringizni, — dedi Stravinskiy jiddiy va taskin beruvchi ohangda, — undan keyin sizni jinni deb hisoblashlariga aslo yo‘l qo‘ymaymiz.

— Unday bo‘lsa, eshiting: kecha kechqurun Patriarx ko‘li bo‘yida men bir shubhali shaxs bilan uchrashdim, ajnabiyliginiyam, ajnabiy emasliginiyam bilib bo‘lmaydigan o‘sha odam Pontiy Pilatni o‘z ko‘zi bilan ko‘ripti.

Professorni kuzatib kelganlar shoirning gaplarini qimir etmay tinglashardi.

— Pilatni-ya? U qaysi — Iso payg‘ambar zamonida yashagan Pilatmi?

— Ha, o‘sha.

— Aha, — dedi Stravinskiy, — anavi Berliozni bo‘lsa, tramvay bosib ketdi deng?

— Ha, balli, aynan shu Berliozni kecha Patriarx ko‘li yaqinida tramvay bosib ketganini o‘z ko‘zim bilan ko‘rdim, shunisi qiziqki, anavi shubhali grajdanin…

— Pontiy Pilatning tanishimi? — so‘radi Stravinskiy: chamasi u juda idrokli odam edi.

— Ha, xuddi o‘sha, — tasdiqladi Ivan, Stravinskiyni kuzatarkan, — ana shu odam. Annushka pista moyini to‘kib yubordi, deb bashorat qildi… Berlioz bo‘lsa, xuddi o‘sha moy to‘kilgan yerda toyib ketdi! Xo‘sh, bunga nima deysiz? — deb ma’nodor savol berdi Ivan, bu so‘zlari bilan u kuchli taassurot uyg‘otmoqchi bo‘lgan edi.

Agarda ruhan sog‘lom odam bo‘lsangiz, bunga: «Yo‘q, aslo», deb javob qilasiz. Siz bu yerdan ketishni istaysizmii? Marhamat. Lekin ayting-chi, bu yerdan to‘g‘ri qayoqqa borasiz?

— Qayoqqa bo‘lardi, militsiyagada, — Ivan bir oz taraddudlanib turgach, professorning tikilib boqishidan xiyol dovdirab javob qildi.

— To‘g‘ri shu yerdan-a?

— Ihi.

— Oldin uyingizga kirib chiqmaysizmi? — shu zahoti luqma tashladi Stravinskiy.

— Vaqt tig‘iz o‘zi. To men uyga kirib chiqqunimcha, u qorasini ko‘rsatmay g‘oyib bo‘lishi mumkin!

— Shunday deng. Xo‘sh, militsiyaga borib, birinchi navbatda nima deysiz?

— Pontiy Pilat haqida gapiraman, — javob qildi Ivan Nikolaevich, shunda uning ko‘z oldi xiralashganday bo‘ldi.

— Xo‘-o‘sh, juda soz! — dedi taslim bo‘lgan Stravinskiy, so‘ng soqolli odamga yuzlanib buyurdi: — Fyodor Vasilevich, marhamat qilib grajdanin Bez-domniyning shaharga chiqishiga ijozat bering. Lekin bu xona band qilinmasin, o‘rni ham yig‘ishtirilmasin. Chunki grajdanin Bezdomniy ikki soatdan keyin yana shu yerda bo‘ladi. Hay, nachora, — deb u shoirga o‘girildi, — sizga muvaffaqiyat tilamayman, negaki, muvaffaqiyat qozonishingizga zig‘ircha ham ishonmayman. Hademay ko‘rishgunimizcha xayr! — U o‘rnidan turdi, qolganlar ham qimirlab qolishdi.

— Yana qaytib kelishimga qanday asosingiz bor? — xavotirlanib so‘radi Ivan.

Stravinskiy aynan shu savolni kutayotgan bo‘lsa kerak, darhol yana o‘rniga o‘tirib, gapira boshladi:

— Asos shuki, siz ichki ishtonda militsiya idorasiga borib, Pontiy Pilat bilan shaxsan tanish bo‘lgan odamni uchratdim, deb aytishingiz bilan, o‘sha zahoti sizni g‘izillatib bu yerga olib kelishadi-yu, yana o‘zingizni aynan shu xonada ko‘rasiz.

— Ichki ishtonning bunga nima daxli bor? — so‘radi Ivan esankirab atrofga nazar tashlarkan.

— Eng muhim sabab — Pontiy Pilat. Lekin ichki ishton ham katta ahamiyatga ega. Zero, ketadigan bo‘lsangiz, egningizdagi davlat kiyimini yechib olib, sizga o‘z kiyimingizni beramiz. Ma’lumki, sizni bu yerga ichki ishtonda olib kelishgan. Holbuki, men shama qilib aytgan bo‘lishimga qaramay uyingizga kirishni xayolingizga ham keltirmadingiz. Keyin navbat Pilatga keladi-yu… ish pishadi-qo‘yadi!

Shu chog‘ birdan Ivan Nikolaevich o‘zini juda g‘alati his qila boshladi. Uning irodasi darz ketganday bo‘ldi, o‘zining zaif ekanligini, o‘zgalar maslahatiga muhtojligini his qila boshladi.

— Bo‘lmasa, nima qilay? — deb so‘radi u endi jur’atsizlik bilan.

— Bu boshqa gap! — dedi Stravinskiy. — Bu o‘rinli savol. Endi sizga aslida nima bo‘lganligini men gapirib beraman. Kecha, kimdir Pontiy Pilat va boshqa narsalar haqidagi hikoyalari bilan sizni qattiq cho‘chitib, dilingizni og‘ritgan. Oqibat, siz tajang bo‘lib, asabingiz buzilib, shahar kezib Pontiy Pilat haqida gapira boshlagansiz. Turgan gapki, sizni jinni deb hisoblashgan. Bu kechinmalardan xalos bo‘lishingiz uchun hozir yagona yo‘l — mutlaqo xotir-jamlikdir. Binobarin, siz albatta shu yerda qolishingiz kerak.

— Axir uni qo‘lga olish kerak-ku! — dedi Ivan endi yolvoruvchi ohangda.

— Yaxshi, lekin buning uchun o‘zingiz yugurishingiz shartmi? Yaxshisi, siz o‘sha odam haqidagi shubhalaringizni, uning ayblarini yozma ravishda bayon qilib bering. Bayonotingizni tegishli joyga osongina jo‘natishimiz mumkin. Mabodo, o‘sha odam haqiqatan ham, siz aytgandek, jinoyatchi bo‘lib chiqsa, bu narsa xiyol vaqt o‘tmay aniqlanadi. Lekin faqat bitta shart bor: boshingizni ko‘pam qotirmang, Pontiy Pilat haqida mumkin qadar kamroq o‘ylang. Odamlar nimalarni o‘ylab topmaydi! Hammasigayam ishonaverish kerak emas.

— Tushundim! — dedi Ivan qat’iy ohangda. — Iltimos, menga qog‘oz bilan qalam berishsin.

— Qog‘oz bilan kalta qalam bering, — buyurdi Stravinskiy semiz xotinga, so‘ng Ivanga bunday dedi: — Lekin maslahatim, bugun yozmang.

— Yo‘q, yo‘q, shu bugunoq, albatta shu bugun yozaman, — hayajonlanib qichqirvordi Ivan.

— Ha, yaxshi. Faqat miyangizni ko‘p qotirmang. Bugun yaxshi chiqmasa, ertaga chiqadi.

— U ketib qoladi-ku!

— Aslo, — qat’iy e’tiroz bildirdi Stravinskiy, — hech qayoqqa ketmaydi, kafolat beraman. Yodingizda bo‘lsin, bu yerda sizga har jihatdan yordam berishadi, shu yordamsiz ishimiz olg‘a jilmaydi. Gapimni eshityapsizmi? — birdan o‘z savoliga urg‘u qo‘yib dedi Stravinskiy va Ivan Nikolaevichning ikkala qo‘lidan ushlab oldi. Uning qo‘llarini qo‘yib yubormagan holda, Ivanning ko‘zlariga uzoq vaqt tikilarkan, takrorladi: — Sizga bu yerda yordam berishadi… Gapimni eshityapsizmi?.. Sizga bu yerda yordam berishadi… Ruhingiz yengillashadi. Bu yer tinch, hammayoq osuda… Sizga bu yerda yordam ko‘rsatishadi…

Ivan Nikolaevich kutilmaganda esnadi, chehrasi muloyimlashdi.

— Ha, ha, — dedi u ohista.

— Ana, juda soz! — Stravinskiy o‘z odati bo‘yicha suhbatga yakun yasab, o‘rnidan turdi. — Xayr, ko‘rishguncha! — u Ivanning qo‘lini siqdi, eshikdan chiqa turib, soqolli odamga o‘girilib dedi: — Darvoqe, kislorodni qo‘llab ko‘ring… yana vanna ham.

Yana bir zumdan keyin Ivanning xonasida Stravinskiy ham, uning hamrohlari ham qolmagan edi. Derazaga tutilgan to‘rning orqasida, daryoning narigi tomonida bahor libosini kiygan qarag‘ayzor choshgoh oftobida sho‘x mavjlanar, undan beriroqda esa daryo oftobda tovlanardi.

To‘qqizinchi bob KOROVYOVNING NAYRANGLARI

Moskvaning Sadovaya ko‘chasidagi marhum Berlioz yashagan 302-uy boshqarmasining raisi Nikonor Ivanovich Bosoy chorshanbadan payshanbaga o‘tgan tundan boshlab juda sertashvish bo‘lib qolgan edi.

Kitobxonning xabari bor, bu uyga yarim kechada Jeldibin ishtirokidagi komissiya kelib, Nikonor Ivanovichni chaqirtirgan, unga Berliozning halok bo‘lganini xabar qilib, u bilan birga 50-kvartiraga yo‘l olgan edi.

Ular marhumning qo‘lyozma va buyumlarini muhrlashgan paytda, kelib-ketuvchi uy xodimasi Grunya ham, yengiltak Stepan Bogdanovich ham kvartirada yo‘q edi. Komissiya, marhumning qo‘lyozmalarini tahlil qilish uchun o‘zi bilan olib ketajagini, uning turar joyi, ya’ni uchta xona (zargar bevasiga qarashli sobiq kabinet, mehmonxona va yemakxona) uy boshqarmasi ixtiyoriga o‘tishini, marhumning buyumlari esa to vorislar topilmaguncha, mazkur turar joyda saqlanishi shartligini Nikonor Ivanovichga ma’lum qilgan edi.

Berliozning halok bo‘lgani haqidagi ovoza butun uy ahliga yashin tezligida tarqaldi, oqibat, payshanba kuni ertalabki soat yettidanoq Bosoyga telefon qila boshlashdi, keyin esa marhumning kvartirasiga da’vogarlik mazmunidagi arizalarni ko‘tarib kela boshlashdi. Qisqasi, Nikonor Ivanovich atigi ikki soat mobaynida bunday arizalardan o‘ttiz ikkitasini qabul qildi.

Mazkur arizalarda yolborishlar ham, tuhmat ham, g‘iybat ham, hatto kvartirani o‘z hisobiga remont qilib olishga va’da beruvchilaru banditlar bilan bitta kvartirada tiqilishib yashashga ortiq bardosh qilolmasligi haqida yozilgan arizalar ham bor edi. Bu arizalar ichida 31-kvartirada chuchvara o‘g‘rilab kamzul cho‘ntagiga soluvchilar haqida badiiy jihatdan nihoyatda barkamol bitta ariza, ikkita o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan va bitta xufiya homiladorligini tan olgan ariza ham bor edi.

Nikonor Ivanovichni kvartirasidan dahlizga chaqirib olishar, yengidan ushlab, bir nimalarni qulog‘iga shipshishar, ko‘z qisishar, «xo‘p» deyaqoling, sizni xursand qilamiz, deb va’dalar berishardi.

Bu azob kunduz soat o‘n ikkidan oshgunga qadar davom etdi, keyin toqati toq bo‘lgan Nikonor Ivanovich kvartirasini tark etib, darvoza yonidagi idoraga qochib chiqib ketdi, lekin odamlar u yerda ham uni tinch qo‘yishmadi, shunda u idoradan ham qochib ketdi. Nikonor Ivanovich orqasidan izma-iz kelayotgan arzgo‘ylarni bir amallab chalg‘itib, asfalt yotqizilgan hovli orqali o‘tib, oltinchi pod’ezdning eshigiga kirib ketdi va o‘sha badnom 50-kvartira joylashgan beshinchi qavatga ko‘tarildi.

Semirib ketgan Nikonor Ivanovich kvartira eshigi oldida bir oz to‘xtab nafasini rostlagach, qo‘ng‘iroq gugmasini bosdi, ammo hech kim eshikni ochmadi. U yana qayta-qayta qo‘ng‘iroq qildi, to‘ng‘illab so‘kina boshladi. Lekin hamon eshik ochilmasdi. Nikonor Ivanovichning ortiq sabri chidamay, cho‘ntagidan uy boshqarmasiga tegishli bir shoda dublikat kalitlarni oldi-da, shartta eshikni ochib ichkariga kirdi.

— Hoy, xodima, qayoqdasan? — deb baqirdi Nikonor Ivanovich nimqorong‘i dahlizda turib. — Oting nimaydi? Grunya shekilli? Bormisan o‘zi? Sado bersang-chi!

Hech kim sado bermadi.

Shunda Nikonor Ivanovich kabinet eshigidagi surg‘uchni buzib, portfelidan buklama metrni oldi-da, kabinetga qadam qo‘ydi.

Qadam qo‘yishga qo‘ydi-yu, ammo ostonada hayratdan dong qotib turib qoldi, hatto eti junjikib ham ketdi.

Marhumning stoli ortida egniga katak kamzul, boshiga jokeylar shapkasi kiygan, ko‘ziga pensne taqqan oriq va juda novcha bir grajdanin… xullas, o‘sha odam o‘tirardi.

— Siz kim bo‘lasiz, grajdanin? — qo‘rqa-pisa so‘radi Nikonor Ivanovich.

— Ie! Nikonor Ivanovich-ku, — dedi bu kutilmagan mehmon takaniki singari qaltiroq ovoz bilan shang‘illab, so‘ng sakrab turib ketib, raisning qo‘lini majburan qo‘liga oldi-da, siqib ko‘risha boshladi. Bu salomlashuv Nikonor Ivanovichning ko‘nglini aslo ko‘tarmadi.

— Meni kechirasiz, — shubhali ohangda gap boshladi u, — siz kim bo‘lasiz? Siz — rasmiy shaxsmisiz?

— Be, qo‘ysangiz-chi, Nikonor Ivanovich! — dedi noma’lum odam dilkashlik bilan. — Rasmiy shaxs nimayu norasmiy shaxs nima? Bularning hammasi mazkur predmetga qaysi nuqtai nazardan qarashga bog‘liq. Hamma narsa, Nikonor Ivanovich, shartli va qaltisdir. Bugun men norasmiy shaxsdirman, ammo ertaga birdan rasmiy bo‘lib olishim ham mumkin! Ba’zida buning aksi ham bo‘ladi, Nikonor Ivanovich. Bo‘lgandayam, birakay bo‘ladi!

Bu mulohaza uy boshqarmasi raisini mutlaqo qoniqtirmadi. Har bir narsadan gumonsirash o‘zi bu odamning qonida bor edi, shunga ko‘ra mahmadonalik qilayotgan bu grajdanin — albatta norasmiy shaxs, aniqrog‘i, bironta tanbal bo‘lishi kerak, deb xulosa chiqardi.

— Axir kimsiz o‘zi? Familiyangiz nima? — deb rais yana ham dag‘alroq ohangda so‘radi, hatto u notanish odamning tepasiga bostirib ham bordi.

— Familiyam, — dedi notanish grajdanin raisning dag‘dag‘asiga aslo parvo qilmay, — hay, aytaylik ana, Korovyov. Bir oz tamaddi qilib olmaydilarmi, Nikonor Ivanovich? Hech tortinmang! A?

— Meni kechirasiz, — dedi Nikonor Ivanovich endi qahri qaynab, — tamaddiga balo bormi! (Ko‘ngilsiz bo‘lsa ham, shuni e’tirof etish kerakki, Nikonor Ivanovich o‘zi tabiatan xiyla qo‘rs odam edi). Marhumniig xonasiga kirish man qilinadi! Siz nima qilyapsiz bu yerda?

— Marhamat, Nikonor Ivanovich, o‘tiring, — deb shang‘illardi grajdanin raisning do‘qiga parvo ham qilmay, so‘ng xushomad qilib, uni kresloga taklif qila boshladi.

Lekin Nikonor Ivanovich tamoman darg‘azab bo‘lib, kresloga o‘tirmadi va:

— Kimsiz axir o‘zingiz? — deb baqirdi.

— Hay, eshiting bo‘lmasa: men mazkur kvartirada istiqomat qiluvchi bir ajnabiy shaxsning tarjimoniman, — tushuntirdi o‘zini Korovyov deb tanitgan shaxs mallarang isqirt botinkasining poshnasini yerga «do‘q» etib urib.

Nikonor Ivanovichning og‘zi lang ochilib qoldi. Bu kvartirada qandaydir xorijiy shaxsning, boz ustiga, o‘z tarjimoni bilan turishi uning uchun mutlaqo kutilmagan hol edi, shu bois u izoh talab qildi.

Tarjimon bajonu dil izohlab berdi. Ma’lum bo‘lishicha, Varete direktori Stepan Bogdanovich Lixodeev ajnabiy artist janob Volandni taxminan bir hafta davom etuvchi gastrollari paytida o‘zining kvartirasida yashab turishga lutfan taklif qilgan va bu haqda kecha Nikonor Ivanovichga xat yozib, undan to o‘zi (ya’ni Lixodeev) Yaltaga borib dam olib kelguncha, ajnabiy artistni shu kvartiraga vaqtinchalik propiska qilishni iltimos qilgan ekan.

— U menga hech qanaqa xat yozgani yo‘q, — hayron qolib dedi rais.

— Siz portfelingizni kavlab ko‘ring, Nikonor Ivanovich, — dedi Korovyov muloyim ohangda.

Nikonor Ivanovich kiftini bir uchirib, portfelini ochdi-yu, u yerda yotgan Lixodeevning xatini ko‘rdi.

— Tavba, qanday qilib xotiramdan ko‘tarilipti-ya, — Nikonor Ivanovich ochilgan konvertga ma’nosiz tikilgancha g‘o‘ldirardi.

— E, Nikonor Ivanovich, bundan ham qismat voqealar bo‘ladi hayotda! — deb shang‘illadi Korovyov. — Parishonxotirlik, ha, parishonxotirlik, yana, charchagansiz, qon bosimingiz ko‘tarilgan, qadrdon do‘stimiz Nikonor Ivanovich! Men o‘zim ham o‘lgudek parishonxotirman. Bir vaqt topib, dilkashlik qilga-nimizda o‘z boshimdan kechirganim ayrim voqealarni sizga hikoya qilib beraman, kulaverib ichagingiz uziladi!

— Lixodeev qachon ketarkan Yaltaga?

— O, u allaqachon ketib bo‘ldi! — deb chiyilladi tarjimon. — U, menga sizga aytsam, hozir safarda! Xullas, qaerdaligini shayton ham bilmaydi! — shunday deb u ikkala qo‘lini xuddi shamol tegirmonining parraklariga o‘xshatib aylantira boshladi.

Nikonor Ivanovich ajnabiy janob bilan shaxsan uchrashmog‘i shartligini aytgan edi, lekin tarjimondan rad javobini oldi: hech mumkin emas. Band. Mu-shuk bilan mashq qilyapti.

— Agar xohlasangiz, mushukni ko‘rsatishim mumkin, — deb taklif qildi Korovyov.

Bu safar endi taklifii Nikonor Ivanovich rad etdi, lekin shu payt tarjimon raisga nihoyatda qiziqarli bir taklifni bayon qildi.

Janob Voland mehmonxonada turishni mutlaqo yoqtirmasligi va keng joyda erkin yashashga odatlanganligi sababli uy boshqarmasi bir haftaga, ya’ni Volandning Moskvadagi gastrollari paytida butun kvartirani, ya’ni marhumning ham xonalarini qo‘shib, ijaraga bermasmikin?

— Axir endi marhum uchun baribir-ku, — bo‘g‘iq ovoz bilan pichirladi Korovyov, — o‘zingiz ham tushunib turibsiz, Nikogyur Ivanovich, endi unga bu kvartiraning hech hojati yo‘q, shunday emasmi?

Bu taklifdan bir oz hayron bo‘lgan Nikonor Ivanovich, ajnabiy shaxslar xususiy kvartirada emas, balki «Metropol» mehmonxonasida turishlari kerak, degan mazmunda e’tiroz bildirdi.

— Aytyapman-ku sizga, o‘lgudek injiq! — pichirladi Korovyov. — Hech xohlamaydi! Yoqtirmaydi sira mehmonxonada turishni! Mana bunday to‘yganman bu inturistlardan! — imi-jimida zorlandi Korovyov tomirlari bo‘rtib chiqqan bo‘yniga barmog‘ini olib borib. — Ishonasizmi, jonimdan to‘ydirib yuborishdi! Kelishadi-da… yo xuddi iskovuch itvachcha singari josuslik qilishadi, yo surunkasiga injikdik qilaverib qoningga tashna qilib yuborishadi: undoq emas — bundoq, uni yoqtirmayman, bunisining keragi yo‘q!.. Lekin sizning uy boshqarmangiz, Nikonor Ivanovich, bu bitimdan faqat foydayu sof daromad ko‘radi. U pulni ayamaydi. — Korovyov atrofga ko‘z tashlab olib, raisning qulog‘iga pichirladi: — Millioner u!

Tarjimonniig bu taklifida aniq amaliy ma’no mavjud edi, u ma’no nihoyatda salobatli edi-yu, ammo tarjimonning o‘zi gapirish tarzi bilan ham, kiyim-boshi, ko‘zidagi hech nimaga yaroqsiz pensnesi bilan ham mutlaqo bachkana odam bo‘lib ko‘rinayotgan edi. Shunga ko‘ra raisning ko‘nglini qandaydir bir shubha kemirardi, ammo shunday bo‘lsa ham taklifni qabul qilmoqchi bo‘ldi. Gap shundaki, uy boshqarmasida yetishmovchilik judayam katta edi. Kuzga borib uyni bug‘ bilan isitish uchun neft xarid qilish kerak edi, biroq buning uchun shimildiriq ham yo‘q edi. Mana, inturist beradigan pul bilan mushkulni oson qilsa bo‘ladi. Shunga qaramay, ishbilarmon va ehtiyotkor Nikonor Ivanovich bu masalani oldin inturist byurosi bilan kelishib olishi kerakligini izhor qildi.

— Tushunaman, — deb chiyilladi Korovyov, — kelishmay bo‘larkanmi, albatta kelishib oling. Mana sizga telefon nomeri, Nikonor Ivanovich, hozirning o‘zida gaplashib, kelishib oling. Pul masalasiga kelsak, hech tortinmang, — pichirlab ilova qildi u raisni telefon turgan dahlizga yetaklarkan, — shulardan durustroq undirmasangiz, kimdan undirasiz! Siz uning Nitstsadagi villasini ko‘rsangiz — qiyomat! Kelasi yili yozda chet elga borganingizda ataylab unikiga kirib o‘ting — ko‘rib og‘zingiz ochilib qoladi!

Inturist byurosi bilan bo‘ladigan bitim telefon orqali bir zumda hal bo‘la qoldiki, bu hol ham raisni hayratga soldi. Ma’lum bo‘lishicha, u yerdagilar janob Volandning Lixodeevga qarashli xususiy kvartirada turmoqchi bo‘lganidan xabardor ekanlar, binobarin bunga hech qanday monelik qilishmadi.

— Ana, qoyil bo‘ldi! — baqirdi Korovyov. Uning shang‘i ovozidan xiyla esankirab qolgan rais, uy boshqarmasi 50-kvartirani artist Volandga bir hafta muddatga ijaraga berishga rozi ekanligini aytib, u yog‘iga bir oz iymanib to‘xtalib qoldida, so‘ng dedi: — Kuniga besh yuz so‘mdan.

Shunda Korovyov raisni tamoman esini og‘dirib qo‘ydi. U zilday og‘ir mushukning yengil sakrayotgani eshitilib turgan yotoqxona tomonga o‘g‘rincha ko‘z qisib ishora qildida, hirqiroq ovoz bilan dedi:

— Demak, bir haftaga uch yarim ming bo‘ladi — shundaymi?

Nikonor Ivanovich Korovyovdan: «Obbo Nikonor Ivanovich-e, ishtahangiz zo‘r-u!» — degan malomatni kutgan edi, biroq u tamomila boshqa gapni aytdi.

— E, shuyam pul bo‘ptimi? Besh ming so‘rang, beradi. Nikonor Ivanovich parishon tirjaygancha marhumning stoli oldiga borib qolganini o‘zi ham payqamadi, bu payt Korovyov g‘ayritabiiy uddaburronlik va epchillik bilan bir zumda ikki nusxada shartnoma tayyorlab tashladi. Shundan keyin yotoqxonaga g‘izillab kirib chiqdi — shartnomaning ikkala nusxasiga ham chet ellik artist katta-katta qilib imzo chekkan edi. Bu shartnomaga rais ham qo‘l qo‘ydi. Shunda Korovyov undan besh ming olgani haqida Nikonor Ivanovichdan tilxat so‘radi…

— Harflar bilan yozing, harflar bilan, Nikonor Ivanovich!.. Besh ming so‘m deb… — so‘ng bu jiddiy bitimga mutlaqo yot bo‘lgan bachkana so‘zlarni aytib: — Eyn, tsvey, drey! — besh dasta yap-yangi pulni raisning oldiga tashladi.

Shunda Korovyovning: «Yerdan topsang — sanab ol», «hisobli do‘st ayrilmas» va hokazo mutoyiba va qochiriq gaplari jo‘rligida pul birma-bir sanab chiqildi.

Rais pullarni sanab bo‘lgach, Korovyovdan vaqtinchalik propiska qilish uchun ajnabiy artistning pasportini so‘radi, so‘ng pasportini ham, shartnomani ham, pulni ham portfeliga soldida, Korovyovdan qimtinibgina kontramarka so‘radi…

— Bundan oson ish yo‘q! — deb shang‘illadi Korovyov. — Sizga qancha bilet kerak, Nikonor Ivanovich, o‘n ikkita yetadimi, o‘n beshtami?

Dovdirab qolgan rais, o‘zi bilan rafiqasi Pelageya Antonovnaga faqat bir juftgina kontramarka yetadi deb tushuntirdi.

Korovyov shu zahoti bloknot olib, chaqqonlik bilan birinchi qatordan ikki kishilik kontramarka yozib, uni chap qo‘li bilan Nikonor Ivanovichga tutqazarkan, o‘ng qo‘lidagi qalinligi bir dasta shaldiroq pulni epchillik bilan uning cho‘ntagiga solib qo‘ydi. Nikonor Ivanovich pulga ko‘z qirini tashladiyu cho‘g‘dek qizarib ketib, tarjimonning qo‘lini o‘zidan itara boshladi.

— Bu mumkin emas… — deb g‘o‘ldiradi u.

— Qo‘limni qaytarmang, — deb pichirladi Korovyov uning qulog‘iga, — bizda mumkin emas, ammo chet elliklarda mumkin. Siz uni ranjitib qo‘yasiz, Nikonor Ivanovich, bu yaxshi emas. Axir xizmat qildingiz…

— Jinoyat hisoblanadi-ku, — eshitilar-eshitilmas pichirladi rais ko‘zlari olazarak bo‘lib.

— Axir guvohlar yo‘q-ku! — pichirladi Korovyov uning ikkinchi qulog‘iga. — O‘zingiz ayting, qani guvoh? Be, qo‘ysangiz-chi!

Shu payt, keyinchalik raisning tasdiqlashicha, mo‘’jiza sodir bo‘ldi: o‘sha bir dasta pul o‘zidan-o‘zi uning portfeliga sho‘ng‘ib kirib ketdi. Keyin negadir birdan tinkasi qurigan, hatto behol rais o‘zini zina boshida ko‘rdi. Uning miyasida turli-tuman xayollar g‘ujg‘on o‘ynardi. Bu xayollar ichida Nitstsadagi villa ham, o‘rgatilgan mushuk ham bor edi, yana u, xayriyat guvohlar yo‘q edi, deb o‘ylab turib, birdan kontramarka uchun Pelageya Antonovna xursand bo‘ladi, deb ko‘ngli-dan o‘tkazdi. Bular poyintar-soyintar fikrlar edi-yu, ammo umuman, xush yoqardi. Lekin shunga qaramay, rais qalbining eng teran bir yerida qandaydir igna mudom sanchib turardi. Bu bezovtalik ignasi edi. Bundan tashqari, shu yerda, zina boshidayoq birdan raisning miyasida: «Ie, eshik surg‘uchlangan bo‘lsa, tarjimon ka-binetga qanday kirib qoldi ekan?! Nega buni u, ya’ni Nikonor Ivanovich, undan so‘ramadi?» — degan fikrdan hushi og‘ib qolayozdi. Rais ancha vaqtgacha zinaning pillapoyalariga baqrayib turib qoldi, lekin axiyri bunga parvo qilmaslikka va bu jumboqli savol bilan boshini qotirib o‘tirmaslikka qaror qildi…

Rais kvartiradan chiqqan hamonoq, yotoqxonadan do‘rillagan ovoz eshitildi:

— Menga yoqmadi bu Nikonor Ivanovich. U pixini yorgan qallob, uchiga chiqqan muttaham. Uni ikkinchi bu yerga kelmaydigan qilib yuborish mumkin emasmi?

— Messir, siz buyruq bersangiz bo‘ldi!.. — qaerdandir Korovyovning ovozi eshitildi — lekin endi ovozi qaltiramas, balki jarangdor va ravon edi.

Keyin shu onning o‘zida bu la’nati tarjimon dahlizda paydo bo‘ldi, telefon nomerini terib, endi negadir yig‘loqi ovoz bilan gapira boshladi:

— Allo! Sizga shuni ma’lum qilishni o‘z burchim deb bilaman: Sadovaya ko‘chasidagi nomer uch yuz ikkinchi bis uy boshqarmasining raisi Nikonor Ivanovich Bosoy valyutafurushlik qiladi. Ayni shu paytda uning nomer o‘ttiz beshinchi kvartirasida, hojatxonadagi ventilyatsiya tuynugida gazeta qog‘ozga o‘ralgan to‘rt yuz dollar yashirilgan. Bu gapirayotgan — yuqorida aytilgan uyning nomer o‘n birinchi kvartirasida istiqomat qiluvchi Timofey Kvastsovman. Lekin mening nomimni sir tutishingizni o‘tinib so‘rayman. Zero, yuqorida nomi zikr etilgan raisning qasos olishidan qo‘rqaman.

Shunday deb trubkani osib qo‘ydi ablah.

Shundan keyin 50-kvartirada nimalar bo‘lgani ma’lum emas, lekin Nikonor Ivanovichnikida ne hol yuz bergani bizga ma’lum. Rais o‘z kvartirasida hojatxonaga kirib, ichidan eshikning ilgagini solib qo‘ydi, so‘ng portfelidan tarjimon zo‘rlab qistirgan bir dasta pulni oldi-da, uni sanab to‘rt yuz so‘m ekanligini bildi. Nikonor Ivanovich shu pulni gazeta parchasiga o‘rab, ventilyatsiya tuynugiga tiqib qo‘ydi.

Yana besh minutdan keyin rais o‘zining mo‘’jazgina yemakxonasida stol ortida o‘tirardi. Uning umr yo‘ldoshi sarishtalik bilan to‘g‘ralib, ustiga ko‘k piyoz qalin qilib sepilgan bir tarelka selyodkani oshxonadan olib chikdi. Nikonor Ivanovich bir ryumka araq quyib, ichib yubordi, ikkinchi ryumkani quyib, uniyam ichdi-da, sanchqisiga birakayiga uch bo‘lak selyodkani ildi… Xuddi shu payt eshik qo‘ng‘irog‘i chalindi, Pelageya Antonovna ayni paytda bug‘i chiqib turgan kastryulni yemakxonaga ko‘tarib kirdiki, unga bir nazar tashlashning o‘zida ichida nima borligini, olovrang quyuq karam sho‘rva ichida jahonda eng totli narsa — ilik borligini his etish qiyin emas edi.

Nikonor Ivanovich so‘lagini yutib, xuddi ko‘ppakdek irilladi.

— E, padarlaringga la’nat! Tinchgina ovqatlanganiyam qo‘yishmaydi. Hech kimni qo‘yma, men yo‘qman, yo‘qman. Kvartira masalasida bo‘lsa, ayt, boshni qoti-rishmasin. Bir haftadan keyin majlis bo‘ladi.

Nikonor Ivanovichning xotini dahlizga g‘izillab chiqib ketdi, o‘zi esa o‘t ufuruvchi ko‘lni eslatuvchi karam sho‘rvadan cho‘mich bilan uzunasiga darz ketgan ilik suyagini suzib oldi. Xuddi shu payt yemakxonaga ikki kishi kirdi, ular bilan kirgan Pelageya Antonovnaning rangi negadir quv o‘chgan edi. Bu grajdanlarga ko‘zi tushishi bilan Nikonor Ivanovich ham oqarib ketdi va o‘rnidan turdi.

— Hojatxona qaerda? — qiyshiq yoqali oq ko‘ylak kiygan birinchi grajdanin tashvishli ohangda so‘radi.

Ovqat stolida bir narsa «to‘q» etib ketdi (Nikonor Ivanovichning qo‘lidan cho‘mich tushib ketgan edi).

— Buyoqda, buyoqda, — dedi bidirlab Pelageya Antonovna.

Kelganlar darhol yo‘lak tomonga otilishdi.

— Nima gap o‘zi? — tortinibgina so‘radi Nikonor Ivanovich kelganlar orqasidan ergasharkan. — Bizning kvartiramizda hech qanday shubhali narsa bo‘li-shi mumkin emas… Kechirasiz… hujjatlaringiz…

Birinchi grajdanin keta turib Nikonor Ivanovichga hujjatini ko‘rsatdi, ikkinchi grajdanin esa ayni shu topda hojatxonada, kursiga chiqib, ventilyatsiya tuynugiga qo‘lini tiqqan edi. Nikonor Ivanovichning ko‘z oldi qorong‘ilashdi. Gazetani ochishgai edi, unda so‘mlar emas, balki allaqanday cholning gasviri tushirilgan, ko‘k bo‘lib ko‘k, yashil bo‘lib yashil bo‘lmagan notanish pullar chikdi. Lekin bularning qammasi Nikonor Ivanovichning ko‘ziga g‘ira-shira ko‘rindi, chunki uning ko‘z oldini qandaydir dog‘lar qoplagan edi.

— Ventilyatsiya tuynugida dollarlar, — o‘ychanlik bilan dedi birinchi grajdanin va Nikonor Ivanovichdan muloyim ohangda so‘radi: — Paket siznikimi?

— Yo‘q! — deb javob qildi Nikonor Ivanovich ko‘rqinchli ovoz bilan. — Dushmanlarning ishi bu!

— Shunaqa ham bo‘ladi, — deb qo‘shilishdi birinchi grajdanin, so‘ng yana muloyimlik bilan ilova qildi: — Bo‘pti, qolganini ham topshirish kerak.

— Menda hech nima yo‘q! Yo‘q, azbaroyi xudo, qo‘limga ham ushlamaganman bunaqa narsani! — jon-jahdi bilan chirqilladi rais.

U kiyim javoni oldiga yugurib borib, uning g‘aladonini taraqlatib tortib oldi, u yerda yotgan portfelni olib ocharkan, bir-biriga qovushmagan gaplarni baqira boshladi:

— Mana shartnoma… ablah tarjimon solib qo‘ygan… Korovyov… pensne taqqan!

U portfelni ochib, ichiga qaradi, keyin unga qo‘lini tiqdiyu rangi ko‘karib ketdi, qo‘lidagi portfel karam sho‘rvaga tushib ketdi. Portfelda hech nima: Styopaning xati ham, shartnoma ham, ajnabiy artistning pasporti ham, pul ham, kontramarka ham yo‘q edi. Xullas, buklama metrdan boshqa hech vaqo qolmagan edi.

— O‘rtoqlar! — jazavasi tutib baqirvordi rais. — Tutinglar ularni! Bizning uyga insu jinslar joylashib olipti!

Xuddi shu mahal Pelageya Antonovaning ko‘ziga nima ko‘rindi bilmaymiz-u, lekin u birdan qo‘llarini bir-biriga urib chinqirdi:

— Voy, Ivanich, tavba qil! Gunohing yengillashadi! Ko‘zlariga qon quyilgan Nikonor Ivanovich xotinining boshida musht do‘laytirdi va:

— Padar qusur ovsar! — deb xirilladi. Shundan keyin u zaiflashib, stulga o‘tirdi, chamasi, taqdirga tan bermoqchi bo‘ldi.

Bu mahal sinchkovlik dardiga chalingan Timofey Kondratevich Kvastsov rais kvartirasining ostonasida turib, eshikning kalit teshigiga goh mo‘ralar, goh quloq tutar edi.

Yana besh minutdan keyin uyning bu paytda hovlida bo‘lgan jami aholisi raisning ikki kishi kuzatuvida to‘g‘ri darvoza tomon yo‘l olganini ko‘rdi. Ularning gapiga qaraganda, Nikonor Ivanovichning rangi dokadek oqargan, xuddi mast kishiday gandiraklab, bir nimalarni g‘o‘ldirab o‘tib ketganmish.

Yana bir soatdai keyin noma’lum bir grajdanin o‘n birinchi kvartiraga kirib keldi, bu payt Timofey Kondratevich qo‘shnilariga raisni qanday qilib ilintirishganini huzur qilib, og‘iz ko‘pirtirib hikoya qilardi. Kelgan odam Timofey Kondratevichni barmog‘i bilan oshxonadan dahlizga imladi, unga bir nimalar dedi, so‘ng u bilan birga g‘oyib bo‘ldi.

O‘ninchi bob YALTADAN XABARLAR

Nikonor Ivanovich baxtsizlikka uchragan paytda, 302-bis uyga yaqin yerda, o‘sha Sadovaya ko‘chasidagi Varete teatrining moliya direktori Rimskiyning kabinetida ikki kishi: Rimskiyning o‘zi bilan Varete administratori Varenuxa bor edi.

Teatrning ikkinchi qavatidagi bu kattakon kabinetning ikki derazasi Sadovaya ko‘chasiga, yozuv stoli ortida o‘tirgan moliya direktorining orqasidagi uchinchi deraza Varetening yozgi bog‘iga ochilardiki, bu bog‘da yaxna ichimliklari bo‘lgan bufet, tir hamda ochiq estrada sahnasi bor edi. Kabinetdagi jihozlar: yozuv stoli, devorga osilgan bir dasta eski afishalar, ustida bir grafin suv turgan stolcha, to‘rtta kreslo va qandaydir bir manzaraning chang bosgan eski maketi o‘rnatilgan burchakdagi taglikdan iborat edi.

Yana, turgan gapki, bulardan tashqari, yozuv stolining yonida, Rimskiyning chap biqinida joydan-joyga ko‘p ko‘chirilaverib sirlari ko‘chib ketgan temir kassa ham bor edi.

Stol ortida o‘tirgan Rimskiyning bugun ertalabdan avzoi buzuq edi, lekin Varenuxa, buning aksi o‘laroq, juda kayfi chog‘, keragidan ortiq serg‘ayrat ko‘rinardi. Ammo u shu g‘ayratini nimaga sarflashni bilolmay garang edi.

Hozir esa Varenuxa kontramarka so‘rayverib holi-joniga qo‘ymayotgan odamlardan qochib bu yerga berkinib olgan edi. Bunday hollar teatrda yangi pro-gramma boshlangan paytlarda ayniqsa ko‘proq avj olardi. Bugun esa xuddi o‘shanaqangi kun edi.

Telefon jiringlashi bilan u tez trubkani olib, yolg‘on gapira boshlardi:

— Kim? Varenuxami? U yo‘q. Teatrdan chiqib ketdi.

— Iltimos, Lixodeevga yana telefon qilib ko‘r, — derdi Rimskiy xunob bo‘lib.

— Axir yo‘q u uyida. Karpovni yuboruvdim. Kvartirada hech kim yo‘q, deb keldi.

— Bu qanaqa bema’nigarchilik o‘zi, — g‘ijinib derdi Rimskiy, hisoblash mashinasini shaqillatib ishlatarkan.

Shu payt eshik ochilib, hozirgina chop qilingan qo‘shimcha afishalarni bir quchoq qilib ko‘tarib kapeldiner kirdi. Yashil qog‘ozga yirik-yirik qizil harflar bilan quyidagi so‘zlar yozilgan edi:

Bugun va har kuni Varete teatrida programmadan tashqari professor Voland sehrgarlik seanslari ko‘rsatadi va fosh etadi Varenuxa afitani maket ustiga yoyib uzoqdan turib uni tomosha qildi va kapeldinerga, darhol hammasini yopishtirgani yuboring, deb buyurdi.

— Yaxshi afisha, darrov ko‘zga tashlanadi, — dedi u kapeldiner orqasidan.

— Lekin menga hech ham yoqmayapti bu maynavozchilik, — deb to‘ng‘illadi Rimskiy muguz gardishli ko‘zoynagi orqali afishaga o‘qrayib qararkan. — Keyin, umuman, uni sahnaga qo‘yishga kim ruxsat berdi o‘zi, hayronman!

— Yo‘q, Grigoriy Danilovich, aksincha, bu nihoyatda nozik narsa. Buning eng qiziq mohiyati — sehrni fosh qilish payti.

— Bilmadim, bilmadim, menimcha, uyda hech qanday mohiyat yo‘q, doim shunaqa tuturiqsiz narsalarni topib yuradi u! Hech bo‘lmasa, ko‘rsatmadiyam o‘sha sehrga-rini. Sen o‘zing uni ko‘rdingmi? Qay go‘rdan topdi o‘zi uni, jin ursin!

Ma’lum bo‘lishicha, Varenuxa ham Rimskiyga o‘xshab, sehrgarni ko‘rmagan ekan. Kecha Styopa moliya direktorining oldiga, qo‘lida shartnomaning xomaki nusxasi bilan (Rimskiyning ta’biricha, «o‘pkasini qo‘ltiqlab») yugurib kelipti-yu, darhol oqqa ko‘chirib, pul berishini buyuripti. Sehrgar esa pulni oliptiyu g‘oyib bo‘lipti, uni Styopadan boshqa hech kim ko‘rmaptiyam.

Rimskiy yonidan soatini olib qaradi, ikkidan besh minut o‘tganini ko‘rdiyu fig‘oni falak bo‘ldi. Axir bu nima degan gap! Lixodeev taxminan soat o‘n birlarda telefon qilib, yarim soatda yetib boraman, degan edi. Lekin u teatrgayam kelgani yo‘q, uyidayam yo‘q!

— Axir mening ishlarim to‘xtab qoldi! — derdi g‘ijinib Rimskiy, imzo chekilmagan bir to‘p qog‘ozga barmog‘i bilan niqtarkan.

— Tag‘in uniyam, Berliozga o‘xshab tramvay bosib ketgan bo‘lsa-ya? — derdi Varenuxa, telefon trubkasini qulog‘iga tutib turarkan, vaholanki trubkadan paqqos uzun-uzun umidsizlik signali eshitilib turardi.

— Koshkiydi… — eshitilar-eshitilmas g‘ijinib dedi Rimskiy.

Xuddi shu mahal kabinetga formali kamzul, furajka, qora yubka va oyog‘iga tapochka kiygan bir ayol kirib keldi. U kamariga osilgan kichkina sumkasidan chorburchak oq qog‘oz bilan daftar oldi-da, so‘radi:

— Varete shu yermi? Sizlarga o‘ta shoshilinch telegramma. Ko‘l qo‘ying.

Varenuxa ayolning daftariga qandaydir aji-buji imzo chekdi, ayol chiqib ketib, eshik yopilgandan keyingina u chorburchak qog‘ozni ochdi.

U telegrammani o‘qib chiqib, hayratdan ko‘zlari pir-pir ucha boshladi-yu, uni Rimskiyga uzatdi.

Telegrammada quyidagi so‘zlar yozilgan edi: «Yaltadan Moskvaga. Varete. Bugun o‘n biru o‘ttizda jinoiy qidiruv bo‘limiga tungi ko‘ylak, shim kiygan sarpoychan, qo‘ng‘ir soch bir telba kelib, o‘zini Varete direktori Lixodeev deb tanitdi. Direktor Lixodeevning qaerdaligi haqida Yalta jinoiy qidiruv bo‘limiga shoshilinch telegramma yuboring».

— Ana xolos, pishdi gilos! — deb yubordi Rimskiy va ilova qilib dedi: — Endi shu yetmay turuvdi!

— Soxta Dmitriy, — dedi Varenuxa va tslefon trubkasini olib gapira boshladi: — Telegrafmi? Varete hisobidan. O‘ta shoshilinch telegramma… Eshityapsizmi?.. «Yalta, jinoiy qidiruv bo‘limi… Direktor Lixodeev Moskvada. Moliya direktori Rimskiy»…

Shundan keyin Varenuxa Yaltadan olingan ma’lumotga qaramay, yana Styopapi telefon orqali hamma-hamma yerdan axtara boshladi, ammo turgan gapki, uni hech yerdan topmadi. Varenuxa qo‘lidan telefon trubkasini qo‘ymagancha, yana qaerga qo‘ng‘iroq qilsam ekan deb bosh qotirib turgan edi, yana boya birinchi telegrammani olib kelgan ayol kirib kelib, Varenuxaga yangi konvertcha tutqazdi.

Varenuxa uni shosha-pisha ochdi-yu, o‘qib chiqib hushtak chalib yubordi.

— Yana nima balo? — so‘radi Rimskiy asabdan bir sapchib tushib.

Varenuxa telegrammani indamay moliya direktoriga uzatdi, u quyidagi so‘zlarni o‘qidi: «Ishonishingizni o‘tinib so‘rayman. Volandning gipnozi bilan Yaltaga tashlandim. Jinoiy qidiruv bo‘limiga shaxsiyatimni tasdiqlovchi shoshilinch telegramma yuboring. Lixodeev».

Rimskiy bilan Varenuxa boshlari bir-biriga tekkuday bo‘lib, telegrammani qaytadan o‘qiy boshlashdi, o‘qib chiqib, churq etmay bir-birlariga tikilib qolishdi.

— Grajdanlar! — dedi ayol achchig‘i chiqib. — Oldin imzo cheking, keyin, xohlaganingizcha dim o‘ynayvering! Axir men shoshilinch telegrammalar tarqataman.

Varenuxa ko‘zini telegrammadan uzmasdi, daftarga qing‘ir-qiyshiq qilib imzo chekdi, ayol ham chiqib ketdi.

— Axir sen u bilan telefonda soat o‘n birlarda gaplashganmiding? — dedi administrator mutlaqo hayratlanib.

— G‘irt maynavozchilik bu! — deb baqirib yubordi Rimskiy. — Gaplashdimmi, gaplashmadimmi, baribir, u hozir Yaltada bo‘lishi mumkin emas! Voajab!

— U mast… — dedi Varenuxa.

— Kim mast? — so‘radi Rimskiy, so‘ng yana ikkov-lari bir-birlariga tikilib qolishdi.

Yaltadan telegramma yuborgan biron qallob yoki telba odam bo‘lishi mumkin — bunga hech shubha yo‘q edi; lekin boshqa narsa boshni qotirayotgan edi: o‘sha yaltalik firibgar, kuni kecha Moskvaga kelgan Volandni qaerdan tanirkin? Shuningdek, u bilan Lixodeev o‘rtasidagi munosabatni qayoqdan bila qoldiykin?

— «Gipnoz bilan…» — deb takrorladi Varenuxa telegrammadagi so‘zlarni, — lekin u qayoqdan bilarkin Volandni? — U ko‘zlarini pirpiratib turib birdan qat’iyat bilan chinqirib yubordi: — E yo‘q, g‘irt safsata bu! Ishonmayman, ishonmayman!

— Qaerda turipti o‘zi o‘sha la’nati Voland? — so‘radi Rimskiy.

Varenuxa darhol inturist byurosiga qo‘ng‘iroq qildi va shu zahoti, Volandning Lixodeev kvartirasida joylashganligini xabar qilib, Rimskiyning og‘zini ochirib qo‘ydi. Shundan keyin u Lixodeev kvartirasiga qo‘ng‘iroq qilib, trubkadan eshitilayotgan uzun-uzun signalga uzoq vaqt quloq solib turdi. Qaerdadir juda olisda og‘ir qo‘shiq ijro etayotgan mungli bir ovoz telefon signaliga omixta bo‘lib eshitilardi, shunda Varenuxa, telefon tarmog‘iga radio ulanib qolipti, deb ko‘nglidan o‘tkazdi…

— Hech kim javob bermayapti, — dedi Varenuxa trubkani ilarkan, — balki qo‘ng‘iroq qilsammikan…

U gapni tugatolmadi. Ostonada yana o‘sha ayol paydo bo‘ldi va ikkovlari: Rimskiy ham, Varenuxa ham ayolga peshvoz turishdi, u esa sumkachasidan, bu gal oq emas, qandaydir odmirang qog‘oz oldi.

— Bunisi endi juda qiyomat bo‘ldi, — dedi Varenuxa g‘ijinib, shosha-pisha xonadan chiqib ketayotgan ayolning orqasidan kuzatib qolarkan. Birinchi navbatda qog‘oz Rimskiyga tegdi.

Fotoqog‘ozga surati tushirilgan qora harflar bilan yozilgan quyidagi xatni aniq o‘qisa bo‘lardi:

«Mening dastxatim, imzoim kimligimni isbot-laydi. Imzoimni tasdiqlab shoshilinch telegramma yuboring, Voland orqasidan maxfiy kuzatuv olib boring. Lixodeev».

Varenuxa teatrlardagi yigirma yillik faoliyati paytida ko‘p g‘aroyib voqealarning shohidi bo‘lgan edi, lekin hozir aql-zakovatidan judo bo‘layotganday his qildi o‘zini, shunga ko‘ra quyidagi odmigina va o‘ta bema’ni jumladan o‘zga hech nima deya olmadi:

— Bunday bo‘lishi mumkin emas!

Lekin Rimskiy boshqacha yo‘l tutdi. U o‘rnidan turib borib, eshikni ochdi, kursida o‘tirgan kurer ayolga:

— Pochtalondan boshqa hech kimni kiritmang! — deb baqirdi-da, eshikni ichidan qulflab oldi.

So‘ng yozuv stolining g‘aladonidan bir dasta qog‘oz olib, undagi Styopaning dastxatlari va imzolarini fotogrammadagi yozuv va imzo bilan qiyos qila boshla-di. Varenuxa stolga ko‘kragini berib yotib olib, Rimskiyning yuziga qaynoq nafas qaytarardi.

— Bu dastxat uniki, — dedi nihoyat qat’iyat bilan moliya direktori, Varenuxa esa xuddi aks sadodek takrorladi

— Uniki..

Administrator Rimskiyning yuziga qaradi, qaradiyu unda sodir bo‘lgan o‘zgarishdan serrayib qoldi. Shundoq ham cho‘pday oriq bo‘lgan moliya direktori, go‘yo yanayam ozib, hatto qarib qolganday, muguz gardishli ko‘zoynak taqqan ko‘zlarining avvalgi o‘qrayib qarashi yo‘qolib, ulardan nainki hayajon, hattoki hasrat paydo bo‘lgandek tuyuldi.

Odam nihoyatda qattiq hayratlangan damda o‘zini qanday tutsa, Varenuxa ham o‘zini shunday tutdi. U kabinetning u boshidan bu boshiga zir yugurdi, ikki marta, xochga tortilgan Isodek qulochini yozdi, grafindagi sarg‘ish suvdan bir stakanini birvarakayiga ichib yubordi-da, nihoyat shunday dedi:

— Tushunmayman! Tu-shun-may-man!

Rimskiy esa derazaga tikilgancha, astoydil bosh qotirib nimadir o‘ylardi. Moliya direktorining ahvoli juda og‘ir edi. Hoziroq, shu yerning o‘zida bu g‘ayritabiiy hodisa uchun tabiiy izoh kashf etish talab qilinayotgan edi.

U ko‘zlarini qisgancha, Styopaning bugun soat o‘n bir yarimlarda tungi ko‘ylakda, sarpoychan holda qandaydir o‘ta tez uchuvchi afsonaviy samolyotga chiqayotganini, keyin esa shu Styopaning o‘zini ayni o‘sha paytning o‘zida — soat o‘n bir yarimda Yalta aerodromida paypoqchan turganini ko‘z oldiga keltirib ko‘rdi… Jin ursin, g‘irt bema’nilik bu!

Balki bugun Styopaning kvartirasida turib u bilan gaplashgan odam Styopa emasdir? Yo‘q, Styopaning ovozi edi! Styopaning ovozini hech kim Rimskiychalik yaxshi tanimaydi! Boring, ana bugungi telefonda gapirgan Styopa emas ham deylik, axir kuni kecha oqshomga yaqin Styopa o‘z kabinetidan chiqib, to‘g‘ri mana shu kabinetga anavi tuguriqsiz shartnomani ko‘tarib kirib, o‘zining yengiltakligi bilan moliya direktorining zardasini qaynatgan edi-ku. Axir teatrda hech kimga hech pima demasdan, qanday qilib jo‘nab yo uchib ketishi mumkin? Agar kecha kechqurun uchib ketganida ham, Yaltaga bugun tushgacha yetib borolmagan bo‘lardi. Yo yetib olarmidi, a?

— Yaltagacha necha kilometr? — so‘radi Rimskiy. Varenuxa zir yugurishdan to‘xtab, baqirib berdi:

— Ha, o‘yladim! Buniyam o‘yladim! Temir yo‘l bilan Sevastopolgacha bir yarim ming kilometrcha keladi. Yaltagacha yana sakson kilometr qo‘sh. Lekin samolyotda kamroq bo‘ladi, albatta..

Hm… Ha… Poezd haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas. Xo‘sh, unda qanday borib qoldi? Qiruvchi samolyotdami? Kim ham qiruvchi samolyotga chiqarardi sarpoychan Styopani? Nima uchun? Balkim u Yaltaga uchib borgandan keyin etigini yechgandir? Yana: Nima uchun? Keyin, etigi bo‘lganida ham uni qiruvchi samolyotga chiqarmagan bo‘lardilar! Shoshmang, qiruvchi samolyotning bunga nima daxli bor o‘zi? Axir, aniq qilib yozilgan-ku: jinoiy qidiruv bo‘limiga kunduz o‘n biru o‘ttizda kirib keldi deb, lekin u Moskvada telefon orqali gaplashganida soat… ie, qiziq-ku… Shu chog‘ Rimskiyning ko‘zi oldida o‘z soatining tsiferblati ko‘rindi… U soat millarining qay alfozda turgapini eslay boshladi. Yo tavba! Esiga turgandi: o‘n birdan yigirma minut o‘tgan edi. Bu qanaqasi bo‘ldi? Agar Styopa telefondagi suhbatdan keyii, aerodromga yugurib, u yerga, aytaylik, besh minutda yetib borgan deb faraz qilinsa (lekin sirasini olganda, bunga ham hech aql bovar qilmaydi), unda samolyot besh minut ichida ham havoga ko‘tarilib, ham ming kilometrdan ko‘proq masofani bosib o‘tib, Yaltaga qo‘ngan bo‘ladimi? Bundan chiqdi, samolyot soatiga o‘n ikki ming kilometrdan ham ko‘proq masofani uchib o‘tarkan-da!!! Bu aslo mumkin emas, demak, Styopa ham Yaltada emas.

Xo‘sh, yana qanday yo‘l qoldi? Gipnozmi? Odamzodni birvarakayiga ming kilometr masofaga uloqtirib yubora oladigan hech qanday gipnoz yo‘q dunyoda! Demak, Styopa o‘zini Yaltadadek tuygan! Hay, unga shunday tuyulgan bo‘lishi mumkin, lekip Yalta jinoiy qidiruv bulimiga ham shunday tuyulgan deb o‘ylaysizmi?! E, yo‘k, kechirasiz-u, bunday bo‘lishi mumkin emas!.. Axir gelegrammalar o‘sha yoqdan kelyaptimi?

Moliya direktorining yuzida dahshat aks etgan edi. Shu payt tashqaridan eshik bandini burab, torta boshlashdi, kur’er ayolning jon-jahd bilan chirqillagani niitildi:

— Mumkin emas! O‘ldirsangiz ham kiritmayman! Majlis bo‘lyapti!

Rimskiy, baholi qudrat, o‘zini qo‘lga olib, telefon trubkasini ko‘tardi:

— Shoshilinch Yalta bilan ulang.

«Oqilona fikr», — deb ko‘nglidan o‘tkazdi Varenuxa.

Lekin Rimskiy Yalta bilan gaplasha olmadi. U trubkani ilib, dedi:

— Aksiga yurib, liniya shikastlangan.

Negadir liniyaning shikastlangani uni, ayniqsa, qattiq ranjitdi, hattoki o‘ylantirib ham qo‘ydi. U bir oz o‘yga tolib turgach, bir qo‘li bilan yana trubkani oldi, ikkinchi qo‘li bilan esa trubkaga aytayotgan so‘zini yoza boshladi:

— O‘ta shoshilinch telegramma qabul qiling. Varete. Ha. Yalta. Jinoiy qidiruv bo‘limiga. Ha. «Bugun soat o‘n bir yarimlarda Lixodeev Moskvada men bilan telefon orqali gaplashdi, nuqta. Shundan keyin xizmat joyiga kelmadi va uni telefon orqali axtarib topa olmayapmiz, nuqta. Dastxatni tasdiqlayman, nuqta. Zikr etilgan artistni kuzatish chorasini ko‘ryapman. Moliya direktori Rimskiy».

«Juda ma’nili fikr!» — deb o‘yladi Varenuxa, lekin o‘yini oxiriga yetkazmay, miyasidan boshqa so‘zlar «lip» etib o‘tdi. «Bema’nilik! U Yaltada bo‘lishi mumkin emas!»

Bu payt Rimskiy bunday qildi: hamma olingan telegrammalarni, ularga qo‘shib o‘z telegrammasining nusxasini yaxshilab taxtlab paketga soldi, paketni konvertga solib, uni yelimladi, konvert ustiga bir necha so‘z yozib, uni Varenuxaga tutqazar-kan, dedi:

— Sen, Ivan Savelevich, hoziroq shaxsan o‘zing olib borib ber. O‘zlari bosh qotirib ko‘rishsin.

«Mana bu haqiqatan ham bama’ni fikr bo‘ldi!» — deb o‘yladi Varenuxa va konvertni portfeliga solib qo‘ydi. Keyin, u har ehtimolga qarshi, Styopaning te-lefoni nomerini yana bir marta terib ko‘rib, bir oz quloq solib turdi-da, birdan xursand bo‘lib sirli tarzda ko‘zini qisa boshladi. Rimskiy hushyor tortib bo‘ynini cho‘zdi.

— Artist Voland kerak edi! — muloyimlik bilan dedi Varenuxa.

— U kishi bandlar, — deb javob qildi trubkada bir qaltiroq ovoz, — kim so‘rayapti?

— Varete administratori Varenuxa.

— Ivan Savelevich? — shodlanib qichqirib yubordi trubkadagi ovoz. — Benihoya xursandman ovozingizni eshitganimdan! Salomatligingiz qalay?

— Mersi, — javob qildi hayron qolgan Varenuxa, — kim bu gapirayotgan?

— Uning yordamchisi, yordamchi va tarjimoni Korovyovman, — deb javrardi trubkadagi ovoz, — kamina xizmatingizga tayyorman, e’zozli Ivan Savelevich! Nima ishingiz bo‘lsa, hech tortinmay menga aytavering. Qulog‘im sizda!

— Kechirasiz, Stepan Bogdanovich Lixodeev hozir uyda yo‘qmi?

— Afsuski, yo‘qlar! Yo‘qlar! — shang‘illadi trubka. — Ketganlar.

— Qayoqqa?

— Shahar tashqarisiga, mashinada sayr qilgani..

— Qa… qayoqqa? Sa… sayrga?.. Qachon qaytib keladi.

— Bir oz toza havoda dam olamanu qaytib kelaman, deb aytdilar!

— Tushunarli… — dedi esankirab qolgan Varenuxa. — Mersi. Iltimos, mose Volandga aytib qo‘ysangiz, u kishi bugun sahnaga uchinchi bo‘limda chiqadilar.

— Aytaman. Bo‘lmasam-chi. Albatta. Shoshilinch garzda. Shak-shubhasiz. Aytaman, — trubkadan uzuq-uzuq javob keldi.

— Xo‘p, omon bo‘ling, — dedi ajablangan Varenuxa.

— Mening eng samimiy, eng otashin salomimni va istaklarimni qabul qilgaysiz! — derdi trubka. — Sizga muvaffaqiyatlar! Omad, baxt-saodat tilayman. Salomat bo‘ling!

— Hammasi ravshan! Aytuvdim-ku! — deb baqirdi administrator jig‘ibiyroni chiqib. — Hech qanaqa Yalta-palta yo‘q; shahar tashqarisiga sayrga ketipti!

— Agar shu rost bo‘lsa, — dedi g‘azabdan rangi dokadek oqarib ketgan moliya direktori, — bunday to‘ng‘izlikni nima deb atashni ham bilmayman!

Shu payt administrator sapchib turib ketib shunday shang‘illab baqirvordiki, Rimskiy seskanib ketdi:

— Bo‘ldi! Esimga tushdi! Pushkinoda «Yalta» degan cheburekxona ochilgan! Hammasi tushunarli! Styopa o‘sha yoqqa borgan, molday ichib olib, endi o‘sha yerdan telegramma yuborib yotipti!

— Bu endi g‘irt bema’nilik, — dedi Rimskiy asabdan yonog‘i pir-pir uchib, azbaroyi g‘azablanganidan ko‘zlarida o‘t chaqnarkan, — hali shoshmay tursin, bu sayr unga juda qimmatga tushadi, — shunday deb turib u birdan to‘xtab qoldi va taraddudlanib ilova qildi: — Ie, jinoiy qidiruv nima bo‘ladi…

— E, safsata u! Uning odatdagi nayrangi, — deb Rimskiy so‘zini bo‘ldi qiziqqon administrator va so‘radi: — Paketni eltib beraveraymi?

— Albatta, — dedi Rimskiy.

Shu payt eshik ochilib, yana o‘sha ayol kirib keldi… «O‘sha!» — deb o‘yladi Rimskiy negadir ma’yuslik bilan. Ikkovlari ham pochtachi ayolga peshvoz turishdi.

Bu galgi telsgrammada quyidagi so‘zlar yozilgan edi:

«Tasdiqlaganingiz uchun rahmat. Jinoiy qidiruv bo‘limi adresiga men uchun shoshilinch besh yuz yuboring, ertaga Moskvaga uchaman. Lixodeev».

— Jinni bo‘lib qolipti… — dedi Varenuxa zo‘r-bazo‘r.

Rimskiy esa kalitni sharakdatib, temir kassa yashigini ochdi-da, undan besh yuz so‘m pulni sanab olib, qo‘ng‘iroq chalib kurerni chaqirdi, pulni uning qo‘liga tutqazib, telegrafga yubordi.

— Esing joyidami, Grigoriy Danilovich? — dedi Varenuxa o‘z ko‘zlariga ishonmay. — Menimcha, pul yuborib bekor qilyapsan.

— Bekor bo‘lsa, qaytib keladi, — dedi Rimskiy sekingina, — lekin bu maishatbozligi uchun u hali rosa adabini yeydi, — so‘ng Varenuxaning portfeliga ishora qilib qo‘shib qo‘ydi: — Sen boraqol, Ivan Savelevich, fursat g‘animat.

Shundan keyin Varenuxa qo‘lida portfeli bilan kabinetdan o‘qday otilib chiqib ketdi.

U pastki qavatga tushib, kassa oldida turnaqator tizilishib navbatda turgan odamlarni ko‘rdi, kassir ayoldan, yaqin bir soat ichida bittayam bilet qolmas-ligini, chunki qo‘shimcha afishani o‘qigan odamlar gala-gala bo‘lib kslayotganini eshitdida, kassir ayolga loja va parterdan o‘ttizta eng yaxshi joyni sotmay, chegirib olib qo‘yishni buyurdi, so‘ng g‘izillab chiqib, kontramarka so‘rab xiralik qiluvchilarning ko‘zini shamg‘alat qilib, shu zahoti kepkasini olgani o‘z kabi-netiga sho‘ng‘idi. Lekin u kabinetga kirishi bilan telefon jiringlab qoldi.

— Eshitaman! — dedi baqirib Varenuxa.

— Ivan Savelevichmi? — deb so‘radi telefonda nihoyatda yoqimsiz ping‘illagan ovoz.

— Hozir u teatrda yo‘q! — deb Varenuxa chinqirgan ediyamki, telefondagi ovoz uning so‘zini bo‘ldi:

— Maynavozchilikni qo‘ying, Ivan Savelevich, gapimni eshiting. Qo‘lingizdagi telegrammalarni hech qayoqqa olib ham bormang, hech kimga ko‘rsatmang ham.

— Kim o‘zi bu gapiryapkan? — deb baqirdi Varenuxa. — Hazilni bas qiling, grajdanin! Hozirning o‘zida kimligingizni aniqlaymiz! Nomeringiz?

— Varenuxa, — dedi yana o‘sha xunuk ovoz, — sen o‘zi rus tilini tushunasanmi? Telegrammalarni hech qayoqqa olib borma.

— Ie, hali shunaqa shilqimmisiz? — baqirdi administrator g‘azablanib. — Shoshmay turing hali! Bu qilmishingiz uchun adabingizni berishadi, — u yana bir nimalar deb dag‘dag‘a qildi-da, birdan jim bo‘lib qoldi, chunki trubkada uni endi hech kim eshitmayotgan edi.

Shu choq, mo‘’jaz kabinetga birdan qorong‘i tusha boshladi. Varenuxa kabinetdan o‘kday otilib chiqib, eshikni «qars» etib yopdi-da, yon tomondagi yo‘lakdan yozlik bog‘ tomon yugurdi.

Administrator asabiylashgan va qattiq hayajonda edi. Chunki u, boyagi sullohona qo‘ng‘iroq qilgan bezorilar albatta biron nojo‘ya nayrang ko‘rsatishadi-yu, o‘sha nayranglari Lixodeevning g‘oyib bo‘lishiga aloqador bo‘ladi, deb o‘ylagan edi. Shu bois, o‘sha yovuz piyatli odamlarni fosh qilish istagi administratorni tinch qo‘ymas, eng qiziq tomoni shundaki, qandaydir ko‘ngilli bir voqea sodir bo‘lishini oldindan his qila boshlagan edi u. Odatda, biron yerga juda muhim xabar yetkazib, butun jamiyatning diqqat-e’tiboriga musharraf bo‘lishga intilgan odamda tug‘iladi bunday hissiyot.

Bog‘da birdan qattiq shamol turib, administratorning yo‘lini to‘smoqchi, uni ogohlantirmoqchi bo‘lganday, ko‘zlariga qum purkadi. Ikkinchi qavatda bir deraza oynasi singudek bo‘lib qarsillab yopildi, jo‘ka daraxtlarining qir uchlari bezovta pguvilladi. Qosh qorayib, sal salqin tushdi. Administrator ko‘zlarini ishqalab momaqaldiroqdan da-rak beruvchi osti zarrang bulut Moskva uzra pastlab suzayotganini ko‘rdi. Olisdan dag‘al qaldiragan ovoz eshitildi.

Varenuxa qanchalik shoshayotgan bo‘lmasin, yozlik hojatxonaga birrov kirib, montyorning elektr lampasiga sim to‘r kiydirgan yo kiydirmaganini tekshirish istagidan voz kecha olmadi.

U tir yonidan yugurib o‘tib, quyuq o‘sgan siren butalari orasiga kirdi, havorang bo‘yoq bilan bo‘yalgan hojatxona shu yerda joylashgan edi. Montyor sarishta odam ekan, erkaklar bo‘limida, shiftga o‘rnatilgan lampa sim to‘r bilan to‘silgan edi, lekin administratorni bu yerda boshqa narsa ranjitgan edi: momaqal-diroq oldidan kun xiyla qorong‘ilashgan bo‘lishiga qaramay, hojatxona devorlariga ko‘mir va qalam bilan yozib tashlangan har xil bema’ni gaplarni bemalol o‘qisa bo‘lardi.

— Obbo, axir bu qanaqa… — deb administrator endi gap boshlagan edi hamki, birdan orqasidan kimningdir xurillagan ovozi eshitildi:

— Sizmisiz bu, Ivan Savelevich?

Varenuxa seskanib ketdi, orqasiga o‘girilib, afti mushuknikiga o‘xshab ketuvchi bir baqaloq odamni ko‘rdi.

— Ha, men, nimaydi? — g‘ijinib javob qildi Varenuxa.

— G‘oyat, bag‘oyat xursandman, — dedi mushuksimon baqaloq odam miyovlaganday bo‘lib, so‘ng birdan qulochkashlab turib uning quloq-chakkasiga shunday tarsaki tushirdiki, administratorning boshidan kepkasi uchib ketib, o‘tirg‘ich kavagiga tushib g‘oyib bo‘ldi.

Baqaloq odamning zarbasidan butun hojatxona pirillab yongan chirokdan bir zumga yorishib ketdi va momaqaldiroq gumburlab unga jo‘r bo‘ldi. Keyin yana bir bor chaqmoq chakdi va administratorning ro‘parasida sochlari naq olovdek malla, bir ko‘ziga oq tushgan, og‘zidan so‘yloq tishi chiqib turgan, yelkalari pahlavonona, ammo o‘zi kichkinagina yana bir jonzod paydo bo‘ldi. Mana shu ikkinchi jonzod, chamasi, chapaqay bo‘lsa kerak, administratorning ikkinchi chakkasida «shavla» qaynatdi. Bu zarbaga jo‘r bo‘lib yana osmonda momaqaldiroq gumburladi, hojatxonaning taxta tomiga shatir-shutir jala quya boshladi.

— Nima qilyapsizlar, o‘rtoql… — deya pichirladi esi og‘ib qolgan administrator, lekin shu zahoti, jamoatchilik hojatxonasida begunoh odamga hujum qilgan bezorilarni «o‘rtoqlar» deb atash to‘g‘ri kelmasligini tushunib xirilladi: — grajda… — lekin ularning bu nomga ham munosib emasliklarini fahmladi, ayni shu payt ikki bezoridan birining uchinchi dahshatli zarbasiga duch keldiyu burnidan laxta-laxta bo‘lib oqayotgan qon ko‘ylagini bo‘yadi.

— Portfelingda nima bor, yaramas? — deb chiyilladi mushuknamo odam. — Telegrammalarmi? Ularni hech qayoqqa olib borma deb telefonda seni ogohlanti-rishmabmidi? Ogohlantirishuvdimi deb so‘rayapman sendan!

— Ogoh… ogohlash… lantirishuvdi… — deb entika-entika javob qildi administrator.

— Shunga qaramay yugurib qopsan-da? Ber buyoqqa portfelni, gazanda! — boya telefonda eshitilgan manqa ovoz bilan baqirdi ikkinchi maxluq va Varenuxaning titroq qo‘llaridan portfelni tortib oldi.

Keyin ikkovlari administratorni ikki tomondan qo‘ltiqlab olib, uni bog‘dan sudrab chiqishdi-yu, Sadovaya ko‘chasi bo‘ylab g‘izillatib olib ketishdi. Momaqaldiroq tobora kuchliroq gumburlab, daryo bo‘lib oqayotgan yomg‘ir suvi kanalizatsiya o‘pqonlariga guvillab, shovullab tushar, hammayoqda suv sathida «chuchvara kaynar», to‘lqinlar paydo bo‘lar, tomga yoqqan yomg‘ir suvi tarnovlarga sig‘may, ular yonidan sharillab oqib tushar, darvozalar ostidan ko‘piklangan yomg‘ir suvi seldek oqib chiqardi. Sadovaya ko‘chasida bironta ham girik jon qolmagan edi, binobarin, Ivan Savelenichni hech kim xalos eta olmasdi. Chaqmoq chaqqandagina lip-lip ko‘zga tashlangan bezorilar loyqa suv oqimlaridan hatlab, chalajon administratorni bir zumda 302-bis uyiga yetqizib kelishdi-yu, lip etib bostirmaga kirishdi. Bu yerda ikkita yalangoyoq ayol, tufli va paypoqlarini qo‘llariga yechib olgancha devorga suqilib turishardi. Keyin, bezorilar oltinchi pod’ezd eshigi tomon yugurishdi. Hushidan deyarli ketib bo‘lgan Varenuxa beshinchi qavatga olib chiqilib, Styopa Lixodeevning unga yaxshi tanish bo‘lgan kvartirasining nimqorong‘i dahliziga uloqtirildi.

Bu yerda ikki bosqinchi g‘oyib bo‘lib, ular o‘rnida mallasoch, ko‘zlari fosfordek yaraqlovchi qip-yalang‘och bir qiz paydo bo‘ldi.

Varenuxa boshiga tushgan falokatlar ichida eng dahshatlisi shu ekanligini fahmladi, qattiq ingradiyu devor tomon tisarildi. Qiz esa administrator oldiga yuzma-yuz kelib, ikkala qo‘lini uning yelkasiga tashladi. Varenuxaning sochlari dahshatdan tikka turdi, chunki u shalabbo bo‘lgan sovuq ko‘ylagi orqali ham qizning muz singari sovuq kaftlarini his etgan edi. — Kel, seni bir o‘pay, — muloyim ovoz bilan dedi qiz va uning pirpiragan ko‘zlari Varenuxaning ko‘zlariga yaqinlashdi. Shunda Varenuxa hushidan ketdiyu qiz bo‘sasini his etmadi.

O‘n birinchi bob IKKI IVAN

Daryoning narigi sohilidagi, bundan bir soatgina burun may quyoshi shu’lasiga g‘arq bo‘lib turgan qarag‘ayzor endi xiralashib, chaplashib, oxiri g‘oyib bo‘ldi.

Deraza tashqarisida sharros quyayotgan yomg‘ir sidirg‘a pardaga o‘xshab tuyulardi. Osmonda dam-badam olov iplar porlab, samo tors-tors yorilar, bemor yotgan xona lipillovchi qo‘rqinchli shu’laga g‘arq bo‘lardi.

Ivan ko‘pirib, qaynab oqayotgan loyqa daryoga tikilgancha o‘z karavotida tovushsiz yig‘lab o‘tirardi. Har gal momaqaldiroq gumburlaganida u ayanchli chinqirar, qo‘llari bilan yuzini qoplab olardi. U yozib tashlagan varaqlar yerda sochilib yotardi; momaqaldiroq arafasida xonaga huvillab esib kirgan shamol ularni har tomonga uchirib yuborgan edi.

Shoirning dahshatli konsultant to‘g‘risida ariza yozishga urinishlari hech qanday samara bermadi. U semiz feldsher ayoldan (uning ismi-sharifi Praskovya Fyodorovna edi) qog‘oz bilan kaltagina qalam olgan zahoti ishchan odamlardek kaftlarini bir-biriga ishqalab shosha-pisha stolcha yoniga o‘tirgan edi. U avvaliga g‘ayrati jo‘shib, xatni shunday boshladi:

«Militsiyaga. MASSOLIT a’zosi Ivan Nikolaevich Bezdomniydan. Ariza. Kecha kechqurun men marhum M. A. Berlioz bilan Patriarx ko‘liga borgan edim…»

Lekin shoirning fikri shu zahotiyoq, asosan «marhum» degan so‘z tufayli chuvalashib ketdi. Ariza boshidan betuturiq bo‘lib chiqayotgan edi: bu qanaqasi o‘zi — marhum… bilan borgan edim? Marhumlar yurmaydi! To‘g‘ri-da, yana jinniga yo‘yib yurishsa-ya!

Ivan Nikolaevich shu xayolga borib, yozganini tuzata boshladi. Endi bunday bo‘lib chikdi: «… keyinroq olamdan o‘tgan M. A. Berlioz bilai…» Bu ham muallifni qoniqtirmadi. Uchinchi marta tahrir qilishga to‘g‘ri keldi, lekin unisi avvalgi ikkitasidan ham battar bo‘lib chiqdi: «…Tramvay bosib ketgan Berlioz bilan…» — yana, buning ustiga anavi hech kim bilmaydigan adash familiyali kompozitorning shoir miyasiga xira pashshadek yopishib olgani ortiqcha, shuning uchun: «… kompozitordan boshqa Berlioz…» — deb qo‘yishga to‘g‘ri keldi.

Ivan bu ikki Berlioz bilan qiynalib ketib, hamma yozganlarini chizib tashladi. O‘quvchi diqqatini boshlanishdan o‘ziga tortib olish uchun juda ta’sirli, kuchli so‘zlardan boshlamoqchi bo‘ldi-yu, tramvayga chiqqan mushuk haqida yozib, shundan keyin uzilgan kalla epizodiga o‘tdi. Uzilgan bosh va konsultantning bashorati uning miyasida Pontiy Pilat haqidagi fikrlarni uyg‘otdi, shunda Ivan, yana ham ishonchliroq bo‘lishi uchun prokurator haqida eshitganlarini batafsil bayon qilishga ahd qildi.

Ivan tirishqoqlik bilan ishlarkan, yozganlarini chizib tashlar, yangi so‘zlar kiritar, hattoki Pontiy Pilatning, undan keyin orqa oyoqlarida turgan mushukning rasmini ham chizishga urinib ko‘rdi. Biroq rasmlar ham yordam bermadi — shoirning arizasi tobora chigallasha, g‘alizlasha bordi.

Qirralari jimirlovchi mudhish bulut yaqinlashib kolib, qarag‘ayzor ustini burkagan va kuchli shamol turgan paytda Ivan o‘zining holsizlanganini, ariza yozishni eplolmasligini his qildi-yu, shamol uchirib yuborgan varaqlarini yerdan yig‘ishtirib ham o‘tirmay, alam bilan tovushsiz yig‘lay boshladi.

Momaqaldiroq paytida oqko‘ngil feldsher ayol Praskovya Fyodorovna shoirdan xabar olgani kirdi, kirdiyu uning yig‘lab o‘tirganini ko‘rib qo‘rqib ketdi va chaqmoqdan bemor cho‘chimasin deb darpardani yopdi, yerda sochilib yotgan varaqlarni yig‘ishtirib, g‘izillagancha vrach huzuriga yugurdi.

Vrach kelib, Ivanning qo‘liga ukol qildi, so‘ng: endi boshqa yig‘lamaysiz, hozir hammasi o‘tib ketadi, o‘zgaradi, unut bo‘ladi, deb unga taskin berdi.

Vrach to‘g‘ri aytgan ekan. Hademay daryo ortidagi o‘rmon avvalgi qiyofasiga kirdi. Avvalgi beg‘ubor holiga qaytgan musaffo osmon ostida o‘rmondagi har bir daraxt yaqqol ko‘zga tashlana boshladi, daryo ham tinch oqa boshladi. Ukol qilishgan zahoti g‘ussa ham shoirni tark eta boshladi, mana endi u o‘z karavotida osmonga yoyilgan kamalakni bamaylixotir kuzatib yotardi.

Bu hol oqshomgacha davom etdi, u kamalakning asta-sekin g‘oyib bo‘lganini ham, osmonning quti o‘chib, mahzun bo‘lganini ham, o‘rmonning qora tusga kirganini ham payqamay qoldi.

Ivan qaynoq sut ichib yana o‘ringa yotdi, mulohazalari o‘zgarganini his qilib, o‘zi ham hayron qoldi. Shaytonnamo la’nati mushuk haqidagi fikri mayinlashdi, uzilgan kalla endi uni cho‘chitmas, shunga ko‘ra, Ivan buni xotirasidan faromush qilib, endi, sira-sini olganda, bu shifoxonada yotish hecham yomon emas, Stravinskiy bama’ni va mashhur odam, u bilan muloqotda bo‘lish nihoyatda ko‘ngilli, buning ustiga momaqaldiroqdan keyin oqshom havosi g‘oyatda totli va tarovatli bo‘larkan, deb o‘ylay boshladi.

Hasrat uyi pinakka ketdi. Sokin yo‘laklardagi sirlangan oq lampalar o‘chib, ular o‘rniga, qoidaga ko‘ra havorang tungi chiroqlar yondi, eshiklar ortida yo‘lakka to‘shalgan rezina poyandoz ustida ohista yurgan feldsher ayollarning oyoq tovushlari tobora kamroq eshitila boshladi.

Endi Ivan shirin orom olib yotarkan, goh shiftdagi abajur ostidan mayin shu’la sochayotgan chiroqqa, goh qora o‘rmon ortidan bosh ko‘tarib chiqayotgan oyga nigoh tashlab, o‘zi bilan o‘zi suhbatlashardi.

— O‘zi nega buncha qattiq hayajonlandima Berliozni tramvay bosib ketganiga? — deb mulohaza qilardi shoir. — Shungayam ota go‘ri qozixonami? Nima, u mening yetti tug‘ib bir qolganimmidi? Agar bu masalani yaxshilab tahlil qilinadigan bo‘lsa, men, hatto durustroq ham bilmas ekanman marhumni. Darhaqiqat, uning to‘g‘risida nima bilardim? Hech narsa, agar uning boshi kal, tili juda burro ekanligini aytmasam. Undan keyin, grajdanlar, — Ivan kimlargadir murojaat qilgancha gapini davom ettirdi, — kelinglar, bir narsani oydinlashtirib olaylik: qani, menga tushuntirib bering-chi, nega endi men anavi bir ko‘zi o‘lik va qora shubhali konsultant, sehrgar va professorga itday tashlandim o‘zi? Sham ushlab olib ichki ishtonda uni orqasidan telbalarcha quvishimning, undan keyin, restoranda ko‘rsatgan bema’nigarchilikning nima keragi bor edi?

— E, yo‘q, yo‘q, — dedi avvalgi Ivan shoirning yo ichida, yo boshi uzra turgan yangi Ivanga qat’iyat bilan, — har qalay, professor Berliozning boshi uzilajagini oldindan bashorat qildimi? Demak, nega hayajonlanmaslik kerak ekan?

— Masala boshqa yoqda, o‘rtoqlar! — deb e’tiroz bildirdi yangi Ivan avvalgi Ivanga. — Buning tagida qandaydir bir palidlik borligi hatto go‘dakka ham ayon. O‘sha konsultant yuz foiz favqulodda va sirli shaxs. Lekin eng qiziq tomoni ham shunda-da! U Pontiy Pilat bilan shaxsan tanish bo‘lgan ekan, bundan ham antiqaroq yana nima bo‘lishi mumkin? Patriarx ko‘li bo‘yida g‘irt ahmoqona g‘alva ko‘targandan ko‘ra undan muloyimlik bilan Pilat va mahbus Ha-Notsri to‘g‘risida batafsil so‘zlab berishni iltimos qilinsa, to‘g‘ri bo‘lmasmidi?

Men bo‘lsam boshimga qayoqdagi g‘alvani orttirib yuribman! To‘g‘ri, jurnal muharririni tramvay bosib ketgani — muhim hodisa, albatta! Lekin nima, shu bilan jurnal yopilib qolarmidi? Hay, iloj qancha: odamzod o‘lmay qolmaydi, hatto tasodifan ham o‘lishi mumkin, deb juda haq gap aytilgan. Hay, joyi jannatda bo‘lsin! Nima qipti, o‘rniga boshqa muharrir tayinlanadi, ehtimol, bunisi yana ham so‘zamolroq bo‘lar.

Yangi Ivan bir oz mudrab olgach, eski Ivandan so‘radi:

— Xo‘sh, bu vaziyatda men kim bo‘ldim?

— Ahmoq! — dedi kimdir do‘rillagan ovozda aniq qilib, lekin bu na yangi, na avvalgi Ivanning ovozi edi, balki konsultantning yo‘g‘on ovoziga judayam o‘xshab ketardi.

Lekin Ivan «ahmoq» degan so‘zdan negadir hech xafa bo‘lmadi balki hatto xushtaajjub bilan jilmayib ko‘ydi-yu, ko‘zi ilinib jim bo‘lib qoldi. Ivan pinakka ketarkan, ko‘z oldida tanasi fil oyog‘ini eslatuvchi palma daraxti ko‘rindi, mushuk ohista yonidan o‘tib ketdi — u qo‘rqinchli emas, quvnoq ko‘rinardi. Xullas, Ivanni endigina uyqu elita boshlagan ham ediki, birdan deraza panjarasi tovushsiz bir tomonga surildi va balkonda o‘zini oy shu’lasidan panaga oli-ga urinayotgan sirli bir shaxs paydo bo‘ldi, u Ivanga barmog‘i bilan po‘pisa qildi. Ivan aslo qo‘rqmay karavotidan turib, balkonda bir erkak turganini ko‘rdi. Bu erkak barmog‘ini labiga bosib pichirladi:

— Tsss!

O‘n ikkinchi bob SEHRGARLIK VA UNING FOSH ETILISHI

Boshiga sariq rangli teshik kotelok-shlyapa, egniga katak shim, oyog‘iga yaltiroq botinka kiygan, noksimon burni qip-qizil kichkinagina bir odam Varete sahnasiga ikki g‘ildirakli oddiy velosiped minib chikdi. U fokstrot sadosi ostida sahnani bir marta aylangach, burg‘i chalib zafar na’rasini tortgan edi, velosiped orqa g‘ildiragiga turib oddi. Kichkina odam bitta g‘ildirakda bir oz sahna aylangach, oyog‘ini osmonga ko‘tarib, velosipedni qo‘li bilan boshqara boshladi va ayni paytda uning old g‘iddiragini chiqarib olib parda orqasiga dumalatib yubordi, so‘ng velosiped tepkilarini qo‘li bilan aylantirgancha bir g‘ildirakda yurishni davom ettirdi.

Shundan keyin egniga triko va hammayog‘iga kumush yulduzchalar yopishtirilgan yubka kiygan, to‘ladan kelgan sariq soch ayol bir g‘ildirakli judayam baland velosiped minib chiqib, u ham sahnada aylana boshladi. Kichkina odam bu ayol bilan to‘qpash kelganida boyagadagi kotelok-shlyapasini oyog‘i bilan yechib, chinqirib salomlashardi.

Nihoyat, sakkiz yoshlardagi afti qarimsiq bir bola avtomobilning kattakon gudogi osilgan qo‘shg‘ildirakli jajjigina velosiped minib chiqib, kattalar oyog‘i ostida o‘ralashib, g‘izillab yura boshladi.

Uchchala artist sahnada bir necha marta gir-gir aylangach, orkestrdagi barabanning vahimali sadosi ostida yugurib sahna labiga kelishgan edi, birinchi qatorda o‘tirgan tomoshabinlar «voh», deb o‘tirgan yerlarida orqaga tashlanishdi, chunki odamlarning nazarida, uchchala artist ham velosipedlari bilan birga orkestr joylashgan chuqurga yiqilib tushayotganday bo‘lib tuyulgan edi.

Lekin artistlar, velosipedlarining oldingi g‘ildiraklari musiqachilar ustiga qulagudek bo‘lgan bir paytda taqqa to‘xtashdi. Velosipedchilar «Ap!» deya qattiq qichqirishib, yerga sakrab tushdilar, ayni paytda sariq soch ayol tomoshabinlarga havoyi bo‘sa yubordi, go‘dak esa gudogini bibilatib kulgili signal berdi.

Gulduros qarsaklar binoni larzaga keltirdi, havorang parda sahnaning ikki tomonidan bir-biriga yaqinlashib kelib, velosipedchilarni ko‘zdan yashirdi, eshiklar tepasidagi «chiqish» deb yozilgan yashil chiroqlar o‘chdi, gumbaz ostidagi oppoq sharsimon chiroqlar o‘rgimchak inini eslatuvchi gimnastika dorlari oralig‘idan quyoshdek charaqlab yondi. Tanaffus boshlangan edi, shu tanaffusdan so‘ng tomoshaning oxirgi bo‘limi boshlanishi kerak.

Velosipedchi Jullilar oilasi namoyish qilgan mo‘’jizaga mutlaqo qiziqmagan yagona odam Grigoriy Danilovich Rimskiy bo‘ldi. U yolg‘iz o‘zi yupqa lablarini tishlab kabinetida o‘tirarkan, chehrasi dam-badam asabdan tirishardi. Lixodeevning g‘ayritabiiy tarzda g‘oyib bo‘lgani yetmaganday, endi hech kutilmaganda administrator Varenuxaning yo‘qolib qolgani ortiqcha bo‘ldi.

Rimskiy uning qayoqqa ketganini bilardi, ammo u shu ketganicha… qaytib kelmadi! Rimskiy yelkasini uchirib-uchirib qo‘yarkan, o‘zicha pichirladi:

— Axir qaysi gunohim uchun?!

Moliya direktoridek ishbilarmon odam uchun Varenuxa ketgan yerga qo‘ng‘iroq qilib, unga nima bo‘lganini so‘rab bilishdan oson ish bo‘lmasa ham, taajjubki, u to kechki soat o‘ngacha o‘zini bu narsaga majbur qila olmadi.

Soat o‘nga borganda Rimskiy o‘zini o‘zi majbur qilib, nihoyat telefon trubkasini qulog‘iga tutdi, tutdi-yu telefonning gung bo‘lib qolganini bildi. Kurer binodagi boshqa telefonlar ham ishlamayotganini xabar qildi. Albatta, ko‘ngilsiz, ammo unchalik g‘ayritabiiy bo‘lmagan bu hol moliya direktorini, negadir, tamomila hangu mang qilib qo‘ydi, lekin ayni paytda xursand ham qildi: u qo‘ng‘iroq qilish zaruratidan forig‘ bo‘lgan edi.

Tanaffusdan darak beruvchi qizil chiroq moliya direktorining boshi uzra endigina lip-lip yona boshlagan edi, kurer kirib ajnabiy artistning kelganini xabar qildi. Negadir moliya direktori bu xabardan bir seskanib tushdi va o‘rnidan turib, qovog‘idan qor yog‘gudek o‘shshaygancha, gastrolyorni kutib olgani parda orqasiga yo‘l oldi, chunki uni kutib olish uchun Rimskiydan boshqa hech kim qolmagan edi.

Bir guruh sinchkov odamlar: egniga zarvaraq shohi to‘n kiyib, salla o‘ragan ko‘zboyloqchilar, to‘qima oq kurtka kiygan konki uchuvchiyu upa sepib aftini oqarTirgan bayonchi va grimchilar yo‘lakda uymalashib turisharkan, har xil vaj bilan kattakon grimxonaga mo‘ralashardi.

Egniga bichimi g‘oyat antiqa va nihoyatda uzun frak kiyib, yuziga faqat ko‘zlarinigina berkituvchi qora niqob taqqan mashhur artist hammani hayratda qoldirdi. Lekin bu sehrgarning ikki hamrohi yanada alomatroq ko‘rindi. Bular: egniga katak kamzul kiyib, ko‘ziga shishasi darz ketgan pensne taqqan daroz odam bilan xo‘ppasemiz qora mushuk edi — mushuk grimxonaga orqa oyoqlarida yurib kirdi, borib bemalol divanga o‘tirdi va ko‘zlarini suzib grim stoli yonidagi yalang‘och chiroqchalarni kuzata boshladi.

Rimskiy o‘zini jilmayishga majbur qilib (ammo u zaharxanda irshaydi), divanda, mushukning yonida gung bo‘lib o‘tirgan sehrgar bilan ta’zim qilib salomlashdi. Qo‘l siqib ko‘rishish bo‘lmadi. Lekin katak kamzulli naynov: «Kamina u kishining yordamchisiman», deb o‘zini tanitdi moliya direktoriga. Bu vaziyatdan moliya direktori yana noxush taajjublandi: axir shartnomada yordamchi haqida hech qanday so‘z bo‘lmagan edi-ku.

Grigoriy Danilovich, xuddi tomdan tarasha tushganday, dabdurustdan paydo bo‘lib qolgan bu katak kamzulga majburan yuzlanib, quruqqina so‘radi:

— Apparatlaringiz qaerda?

— O samoviy olmosimiz, e’zozli janob direktor, — qaltiroq ovoz bilan javob qildi sehrgar yordamchisi, — bizning apparatlarimiz, hamisha o‘zimiz bilan birga. Mana u! Eyn, tsvey, drey! — Shunday deb u Rimskiyning ko‘zi oddida g‘adir barmoqlarini aylantirib turdi-da, birdan uning tugmalari qadalgan kamzuli ichidagi nimchasining cho‘ntagiga solinib, zanjir bilan tugma teshigiga ilingan oltin soatini zanjiri bilan birga mushukning qulog‘i orqasidan oldi.

Rimskiy beixtiyor qo‘lini qorniga qo‘ydi, bu mo‘’jizaning shohidi bo‘lganlar hang-mang bo‘lib qolishdi, eshik tirqishidan mo‘ralab turgan grimchi esa mamnun bo‘lib tomoq qirib qo‘ydi.

— Sizning soatingizmi? Marhamat, oling, — surbetlarcha tirajyib dedi yordamchi va esankirab qolgan Rimskiyga uning buyumini isqirt kaftida uzatdi.

— Bunaqa odam bilan tramvayga chiqsang uying kuyadi, — deb quvnoq ohangda pichirladi bayonchi grimchining qulog‘iga.

Lekin mushuk soat voqeasidan ham antiqaroq nayrang ko‘rsatdi. U to‘satdan o‘rnidan turdi, orqa oyoqlarida yurib, ustiga ko‘zgu o‘rnatilgan stolcha oddiga bordi, old oyoqlari bilan grafin qopqog‘ini olib, stakanga suv quydi, suvni ichib bo‘lib, yana qopqoqni yopdi-da, grim lattasi bilan mo‘ylovini artdi.

Endi odamlar, og‘izlari lang ochilgancha, tillari kalimaga kelmay, serrayib qolishdi, grimchi esa zavq bilan pichirladi:

— O, qoyilman!

Shu choq qo‘ng‘iroq uchinchi marta vahima bilan chalindi va juda qiziqarli nomerlarni ko‘rish niyatida bo‘lgan odamlar grimxonadan nari keta boshlashdi.

Yana bir daqiqadan keyin tomosha zalidagi sharsimon chiroqlar o‘chdi, sahna oddidagi chiroqlar yonib, parda etagiga qizg‘ish shu’la tushdi, shunda egniga eskirgan ko‘ylak, g‘ijimlangan frak kiygan, soqol-mo‘ylovi olingan, xuddi go‘dakdek xushchaqchaq, to‘ladan kelgai bir odam parda oldida paydo bo‘ldi. Bu butun Moskvaga dovrug‘i ketgan konferanse Jorj Bengalskiy edi.

— Shunday qilib, grajdanlar, — deb gap boshladi Bengalskiy, go‘daklarga xos jilva bilan, — hozir sahnaga chiqish navbati… — shunday deb turib Bengalskiy o‘z nutqini bo‘ldi va boshqacha ohangda gapira boshladi: — Bugun, uchinchi bo‘limda tomoshabinlar yanayam ko‘paygan ko‘rinadi zalda. Bugun bu yerga shaharning yarmi yig‘ilgan! Yaqinda men bir og‘aynimni uchratib, unga: «Nega teatrimizga bormay qo‘yding? Kecha shaharning yarmi yig‘iddi bizda», — degan edim, u: «Men shaharning ikkinchi yarmida turaman!» — deb javob qildi. — Bengalskiy gurra kulgi ko‘tarilishini kutib bir oz pauza qildi, lekin hech kim kulmagach, gapini davom ettirdi: —… Shunday qilib, hozir mashhur ajnabiy artist mese Voland sehrgarlik seansini sizlarga namoyish qiladi! Lekin siz bilan biz yaxshi tushunamizki, — shu yerga kelganda Bengalskiy donishmandona jilmaydi, — sehrgarlik o‘zi dunyoda yo‘q narsa, u bid’at, xolos, lekin maestro Voland ko‘zboyloqchilik texnikasini mukammal o‘zlashtirganki, bu narsa sehrgarlik seansining eng qiziqarli qismida, ya’ni sehrgarlik texnikasini fosh etish paytida sizlarga oydinlashadi, ammo bizlar texnika va uning fosh etilishi tarafdori bo‘lganimiz sababli janob Volapdni sahnaga taklif qilamiz!

Bengalskiy shu tuturiqsiz nutqini javrab bo‘lib, ikki kaftini bir-biriga chalishtirgancha, parda oralig‘iga tiqib silkiy boshlagan edi, parda ohista shirillab ikki tomonga ochildi.

Sehrgarning o‘z daroz yordamchisi hamda orqa oyoqlarida yuruvchi mushugi bilan sahnaga chiqib kelishi xalqqa juda manzur bo‘ldi.

— Menga kreslo qo‘ying, — deb buyurdi Voland sekingina, shu zahotiyoq sahnada qayokdandir kreslo paydo bo‘ldi-yu, sehrgar unga borib o‘tirdi, — ayt-chi menga, azizim Fagot, — deb yuzlandi Voland katak kamzulli masxarabozga (chamasi, uning «Korovyov» dan boshqa ham ismi bor bo‘lsa kerak), — sen nima deysan, Moskva nufuzi tabiatida ancha o‘zgarish sodir bo‘lgan-a?

Sehrgar kresloning osmondan tushganini ko‘rib dong qotib qolgan olomonga qaradi.

— Xuddi shunday, messir, — ohista javob qildi Fagot-Korovyov.

— Gaping to‘g‘ri. Shahar aholisi zohiran juda o‘zgarib ketipti, ayni paytda, menimcha, shaharning o‘zi ham. Kiyim-boshlar to‘g‘risida-ku gapirmasa ham bo‘ladi, lekin men… haligi… nimaydi… tramvay, avtomobillarni nazarda tutyapman.

— Avtobuslarniyam, — iltifot bilan ilova qildi Fagot.

Xalq, bu suhbat — sehrgarlikning muqaddimasi bo‘lsa kerak, deb o‘ylab, uni diqqat bilan tinglardi. Sahna orqasida artistlar, sahna ishchilari g‘ij-g‘ij bo‘lib ketgan edi, ularning basharalari orasida Rimskiyning bo‘zday oqargan tajang yuzi ham ko‘zga tashlanardi.

Sahna yoniga turib olgan Bengalskiyning chehrasida taajjub alomatlari paydo bo‘ldi. U bir qoshini xiyol chimirdi-da, pauzadan foydalanib gapira boshladi:

— Xorijdan kelgan artist, texnika jihatidan rivojlangan Moskvamizga, shuningdek, Moskva aholisiga tahsin o‘qimoqda, — shunday deb Bengalskiy ikki marta: oldin parterdagilarga, keyin galereyaga qarab, jilmaydi.

Voland, Fagot va mushuk konferanse tomonga o‘girildilar.

— Nima, men tahsin o‘qidimmi? — so‘radi sehrgar Fagotdan.

— Aslo, messir, siz hech kimga hech qanday tahsin o‘qimadingiz, — deb javob qildi u.

— Bo‘lmasa, nima deb javrayapti manavi odam?

— U shunchaki yolg‘on gapirdi! — butun teatr eshitadigan yangroq ovoz bilan dedi katak kamzulli yordamchi va Bengalskiyga o‘girilib ilova qildi: — Tabriklayman sizni, yolg‘onchi grajdanin!

Galereyada kulgi ko‘tarildi, Bengalskiy bir seskanib, ko‘zlarini chaqchaytirdi.

— Lekin meni ko‘proq qiziqtirgan g‘oyatda muhim masala, albatta, avtobuslar, telefonlar va hokazolar.

— Apparatlar! — deya eslatdi katak kamzul.

— Judayam to‘g‘ri, minnatdorman, — deb yo‘g‘on ovoz bilan ohista gapida davom etdi sehrgar, — … apparatlar emas, balki shahar aholisining doxilan qanchalik o‘zgarganligidir!

— Ha, bu nihoyatda muhim masala, taqsir.

Sahna orqasida turganlar bir-birlariga qarab qo‘yib, taajjubda yelka qisa boshladilar. Bengalskiy lavlagiday qizarib, Rimskiy dokaday oqarib ketdi. Lekin shu mahal sehrgar boshlanib kelayotgan hayajonni his qildi shekilli, bunday dedi:

— Darvoqe, azizim Fagot, gapga berilib ketib, buyoqda xalqni zeriktirib qo‘yibmiz-u. Qani, boshlanishiga bironta odmiroq hunaringni ko‘rsatchi bizga..

Zal yengil tin olib, bir qo‘zg‘alib qo‘ydi. Fagot bilan mushuk rampa yoqalab ikki tomonga ketishdi. Fagot barmokdarini shaqillatgancha:

— U, to‘rt! — deb sho‘x qichqirdi-da, havodan bir dasta qarta ilib oldi, so‘ng uni chiylab turib, uzun lenta qilib mushukka uzatdi. Mushuk uni ilib olib, xuddi shu tarzda Fagotga qaytardi. Atlas qarta ilondek vishilladi, Fagot og‘zini xuddi polapondek ochgancha, bir dasta qartani bitta-bittadan yutib yubordi.

Shundan keyin mushuk orqa o‘ng oyog‘ini sudrab turib, zalga ta’zim qildi va gulduros olqishga sazovor bo‘ldi.

— Qoyil! Bunaqasi bo‘lmagan! — deb zavq bilan qichqirishardi sahna orqasida turganlar.

Fagot esa barmog‘i bilan parterga ishora qilib dedi:

— Endi, hurmatli grajdanlar, haligi qarta yettinchi qatorda o‘tirgan grajdanin Parchevskiyning cho‘ntagida, grajdanka Zelkovaga aliment to‘lash haqida suddan kelgan chaqiriq qog‘ozi bilan bitta uch so‘mlik pul orasida.

Parterda o‘tirganlar g‘imirlab, o‘rinlaridan tura boshlashdi. Nihoyat, shu payt taajjubdan qulog‘igacha qizarib ketgan bir grajdanin (uning familiyasi haqiqatan ham Parchevskiy ekan) hamyonidan qarta dastasini olib, uni nima qilishni bilmay, dam-badam boshi uzra ko‘tara boshladi.

— O‘zingizga esdalik bo‘lib qolaqolsin! — deb qichqirdi Fagot. — Axir siz kecha kechqurun ovqat paytida, agar poker o‘yini bo‘lmaganda Moskvada bir kun ham yashay olmasdim, deb bekorga aytmovdingiz-ku.

— Almisoqdan qolgan nayrang, — dedi kimdir galereyadan, — anavi parterdagi o‘zlarining sherigi bo‘lishi kerak.

— Siz shunday fikrdamisiz? — deb baqirdi Fagot, galereyaga ko‘zini suzib qararkan. — Unday bo‘lsa, siz ham bizga sheriksiz, negaki qarta hozir sizning cho‘ntagingizda!

Galereyada harakat boshlandi, so‘ng xursand bo‘lgan ovoz eshitildi:

— To‘g‘ri! Shunda ekan! Shu yerda, shu yerda… To‘xta! Ie, chervon pullarku!

Parterdagilar galereya tomonga boshlarini o‘girishdi. U yerda bir grajdanin o‘z kissasidan bank usulida bog‘lanib, ustiga «bir ming so‘m» deb yozilgan bir dasta pul topib hang-mang bo‘lib qolgan edi.

Atrofida o‘girganlar uning ustiga yopirilishdi, u esa pullar rostakammikin yo sehrli qog‘ozlarmikin deb dasta pul ustidagi qog‘ozni tirnog‘i bilan yirtishga urinardi.

— Azbaroyi xudo, rostakam pul! Chervon pullar! — deb qichqirishdi galereyadan quvonchli ovozlar.

— Men bilan ham shunaqa o‘yin o‘ynang, — deb kuldi parterning o‘rtalarida o‘tirgan bir baqaloq odam.

— Avek plezir! — dedi Fagot. — Nega endi faqat siz bilan? Hamma faol ishtirok etadi bu o‘yinda!

— keyin komanda bera boshladi: — Hamma yuqoriga qarasin!.. Bir! — shu choq uning qo‘lida pistolet paydo bo‘ldi, so‘ng: — Ikki! — deb qichqirdi. Pistoletning og‘zi osmonga qaradi. — Uch! — deb qichqirgan edi, o‘t chaqnab, «paq» etgan ovoz eshitildi-yu, gumbaz ostidan, har yoqqa tortilgan sim va arqon dorlar orasidan zalga oq qog‘ozlar yog‘a boshladi.

Qog‘ozlar gir-gir aylanib uchar, ba’zilari galereyaga, ba’zilari orkestr joylashgan yerga, hatto sahnaga ham uchib tushar edi. Bir necha soniyadan keyin tomoshabinlar ustiga pul laylakqordek gupillab yog‘a boshladi, odamlar turib ketib, pullarni ilib ola boshladilar.

Yuzlab qo‘llar havoga ko‘tarildi, tomoshabinlar o‘zlari ilib olgan qog‘oz pullarni charog‘on sahna tomonga qarab, ko‘zlariga yaqin olib borishar, ularda haqiqiy suvli belgilar borligiga, ya’ni pullarning rostakam ekanligiga ishonch hosil qilishardi. Pullarning hidi ham hech qanday shubha uyg‘otmasdi: bu

— faqat endigina bosmadan chiqqan pullargagina xos bo‘lgan jozibali hid edi. Butun teatrni avaliga shodlik, so‘ng hayrat tuyg‘usi qamrab oldi. Hammayoqdan: «Chervonlar, haqiqiy chervon pullar», — degan so‘zlar, «voy, voy-bo‘» — degan undovlar va quvnoq kulgi guvillab eshitilardi. Ba’zi birovlar kreslolar ostiga tushgan pullarni qidirib qatorlar orasida emaklay ham boshlagan edi. Ko‘pchilik o‘tirg‘ichlar ustiga chiqib olib, har tomonga shox tashlab, pirpirak bo‘lib uchib tushayotgan qog‘oz pullarni ilishga harakat qilardi.

Militsionerlar borgan sari ko‘proq hayratga kela boshlashdi, artistlar esa endi parda orqasidan bemalol mo‘ralay boshlashgandi.

Beletajdan: «Nega chang solasan? Bu meniki! Men tomonga uchib tushayotuvdi!» — degan ovoz va unga javoban: «Turtma meni, agar men seni turtsam, onangni ko‘rasan!» — deb baqirgan boshqa ovoz eshitiddi. So‘ng birdan shapaloq ovozi keldi. Shu zahoti beletajda militsioner qalpog‘i paydo bo‘lib, u yerdan kimnidir olib chiqib ketishdi.

Xullas, odamlarning hayajoni tobora ortib borardi, agarda Fagot havoga bir puflab pul yog‘inini taqqa to‘xtatmaganida bormi, oxiri nima bo‘lishini bilib bo‘lmasdi.

Ikkita yosh yigit ma’nodor va sho‘x ko‘zlarini urishtirib olib, o‘rinlaridan turishdi-yu, to‘ppa-to‘g‘ri bufetga yo‘l olishdi. Teatr misoli ari uyasi edi, tomoshabinlarning ko‘zlari asabiy chaqnardi. Ha, darhaqiqat, bu mashmashaning oqibati nima bo‘lishini hech kim ayta olmas edi — agar Bengalskiy o‘zini qo‘lga olib, joyidan qo‘zg‘almaganida. U o‘zini yaxshilab tutib olishga urinib, odati bo‘yicha kaftlarini bir-biriga ishqadi va ovozini mumkin qadar jarangdor qilib dedi:

— Shunday qilib, grajdanlar, hozir siz bilan biz ommaviy gipnoz deyiluvchi voqeaning shohidi bo‘ldik. Bu — sehrgarlikda hech qanday mo‘’jiza yo‘qligini juda aniq isbotlovchi sof ilmiy tajriba. Endi maestro Volanddan mazkur tajribani fosh qilishlarini iltimos qilamiz. Hozir, grajdanlar, siz ana shu pul bo‘lib ko‘ringan qog‘ozlarning qanday paydo bo‘lgan bo‘lsa, shunday zumda g‘oyib bo‘lishini o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rasiz.

Shunday deb u chapak chala boshladi, lekin unga bironta ham odam jo‘r bo‘lmadi, u chapak chalayotganida chehrasida ishonchli tabassum o‘ynagan edi, ammo ko‘zlarida ishonchdan asar ham yo‘q edi, uning ko‘zlari ko‘proq iltijoni ifodalardi.

Bengalskiy nutqi xalqqa yoqmadi. Butun zal shunday teran sukutga toldiki, uni faqat katak kamzulli Fagot buzdi.

— Buyam yana, hali aytganimizdek, yolg‘onchilik namunasi, — dedi u takaniki singari qaltiroq va shang‘i ovoz bilan. — Bu qog‘ozlar, grajdanlar, haqiqiy pullardir!

— Bravo! — deb bo‘kirdi bir yo‘g‘on ovoz yuqoridan.

— Sirasini aytsam, bu odam, — deb Fagot Bengalskiyni ko‘rsatdi, — jonimga tegdi. Hamma narsaga tumshug‘ini tiqyapti, qalbaki luqmalari bilan seansga putur yetkazyapti! Nima qilsak bo‘larkina buni?

— Kallasini olish kerak! — dedi galereyadan turib kimdir g‘azab bilan.

— Nima dedingiz? Labbay? — Fagot shu zahoti ilib ketdi bu yaramas taklifni. — Kallasini olish kerak? Dono fikr! Begemot! — deb baqirdi u mushukka. — Bajar! Eyn, tsvey, drey!

Shunda mutlaqo kutilmagan hol yuz berdi. Qora mushukning tuklari tikkaydi, u mudhish ovoz bilan miyovladi. Keyin g‘ujanak bo‘lib turib to‘g‘ri Bengalskiyning ko‘ksiga qoplondek sapchidi-da, uning boshiga sakrab chikdi. Mushuk xirillagancha momiq panjalari bilan konferansening siyrak sochlarini changallab oldi va vahshiyona chinqirgancha boshini ikki marta burab, yo‘g‘on bo‘ynidan uzib oldi.

Teatrdagi ikki yarim ming odam baravariga chinqirib yubordi. Bengalskiy uzilgan bo‘ynidagi tomirlaridan qon tizillab otila boshladi, uning manishkasi, fraki qonga bo‘yaldi. Zaldan ayollarning jonholatda chinqirganlari eshitildi. Mushuk uzilgan boshni Fagotga berdi, u esa boshning sochidan ushlab, uni xalqqa ko‘rsatdi, shunda bosh jon achchig‘ida butun teatrni boshga ko‘tarib baqirdi:

— Doktor chaqiringlar!

— Bundan keyin ham tuturiqsiz gaplarni javraysanmi? — dag‘dag‘a bilan so‘radi Fagot yig‘layotgan boshdan.

— Boshqa qilmayman! — deb xirilladi bosh.

— Xudo haqqi, qiynamang uni! — lojadan ayol kishining g‘oyatda o‘tkir chinqirig‘i eshitildi, sehrgar shu ovoz kelgan tomonga yuzini o‘girdi.

— Xo‘sh, grajdanlar, kechiramizmi buni? — so‘radi Fagot zalga yuzlanib.

— Kechirilsin! Kechirilsin! — avvaliga ko‘proq ayollarning ayrim-ayrim ovozlari eshitildi, keyin esa erkaklar ham ularga jo‘r bo‘lib baravar qichqira boshlashdi.

— Sizning fikringiz, messir? — so‘radi Fagot niqob taqqan sehrgardan.

— Xay, nima ham deymiz, — o‘ychanlik bilan dedi u, — bular — odamzod axir. Pulni yaxshi ko‘rishadi, lekin o‘zi hammavaqt shunday bo‘lgan-ku… Butun insoniyat pulni yaxshi ko‘radi, u nimadan yasalgan bo‘lmasin — teridanmi, qog‘ozdanmi, bronzadanmi, oltindanmi — bari bir. Chunki ular yengiltak xilqatlardir… Xay, nachora… ularning qalblarida ba’zan shafqat tuyg‘ulari ham uyg‘onib qoladi… oddiy bandalar… umuman, qadimgi odamlarga o‘xshab ketishadi bular ham… faqat uy-joy masalasi odamgarchilikdan chiqaribdi! — So‘ng baland ovoz bilan buyurdi: — Boshini o‘rniga joylashtiring.

Mushuk yaxshilab mo‘ljallab turib boshni bo‘yinga qo‘ndirdi, oqibat, kalla hech qachon tanasidan ajralmaganday, o‘z o‘rniga puxta joylashdi. Eng muhimi, bo‘yinning uzilgan yerida hech qanday chandiq izi qolmadi. Mushuk Bengalskiyning fraki va manishkasini panjasi bilan yelpigan edi, ulardagi qon dog‘idan asar ham qolmadi, Fagot yerda o‘tirgan Bengalskiyni oyoqqa turg‘azdi, frakining kissasiga bir dasta pul solib qo‘yib, uni sahnadan chiqarib yuborarkan, dedi:

— Qani, tuyog‘ingizni shiqillating! Qaytaga sizsiz yaxshiroq vaqtichog‘lik qilamiz.

Konferanse atrofga bezrayib qarab, gandiraklagancha bir amallab o‘t o‘chiruvchi postiga yetib bordi, lekin shu yerga yetganda ahvoli og‘irlashdi. U ayanchli chinqirdi:

— Voy boshim, boshim!

Uning oldiga boshqalar qatori Rimskiy ham yugurib bordi. Konferanse yig‘lar, qo‘llari bilan havoda bir nimani ushlamoqchi bo‘lar va g‘o‘ldirardi:

— Boshimni beringlar! Boshimni qaytarib beringlar! Mayli, kvartiramni, suratlarimni olinglar, faqat boshimni qaytarib bersanglar bo‘lgani!

Kurer vrach chaqirgani yugurdi. Bengalskiyni grimxonadagi divanga yotqizmoqchi bo‘lishuvdi, u odamlarni siltab, tepib to‘polon qila boshladi. Izvosh chaqirishga to‘g‘ri keldi. Baxtiqaro konferanseni olib ketishgandan keyin Rimskiy yana sahna tomon yugurib, u yerda yangi mo‘’jizalar sodir bo‘layotganini ko‘rdi. Ha, aytganday, shu mahalmi yo bundan sal oldinroqmi, harholda sehrgar o‘zi o‘tirgan eski kreslo bilan birga sahnadan g‘oyib bo‘lgan, ammo shuni aytish kerakki, Fagot sahnada namoyish qilayotgan g‘ayrioddiy narsalarga mahliyo xalq Volandning g‘oyib bo‘lganini mutlaqo payqamagan edi.

Fagot esa jabrlangan konferanseni chiqarib yuborgach xalqqa shunday degan edi:

— Mana endi, anavi xira pashshadan qutulganimizdan keyin, kelinglar, ayollar magazinini ochamiz!

Shu zahotiyoq sahna sahniga eroniy gilamlar yoyildi, ikki biqinidan trubkasimon och-yashil chiroqlar bilan yoritilgan katta-katta toshoynalar va ular oralig‘ida vitrinalar paydo bo‘ldi, shodiyona hayratga kelgan tomoshabinlar va vitrinalarda Parijda tikilgan turli rang va bichikdagi ayollar ko‘ylaklarini ko‘rishdi. Bu ko‘ylaklar bitta vitrinaga joylashgan bo‘lsa, boshqalarida ayollarning har xil: pat qadalgan va patsiz, to‘qali va to‘qasiz yuzlab shlyapalari, shuningdek, qora, oq, sariq rangdagi, charmdan, atlasdan, mayin charmdan tikilgan, tasmali va tugmali behisob tuflilar paydo bo‘ldi. Shu tuflilar orasida qutichalarda chiroq shu’lasida tovlanuvchi billur atir shishachalar. Kiyik terisidan, duxoba charmdan, shohidan tikilgan tog‘-tog‘ sumkachalar, ular orasida zarb qilingan, cho‘zinchoq oltin g‘ilofchalarda lab bo‘yoqlari.

Shu payt qay go‘rdandir paydo bo‘lgan, egniga anjumanbop qora libos kiygan, bo‘ynidagi g‘oyat alomat chandig‘i bo‘lmasa, chinakam sohibjamol ko‘rinuvchi mallasoch qiz vitrinalar oldida turib, shu yerning bekasi sifatida tabassum qildi.

Fagot shiringina jilmayib, parijcha fasondagi bu ko‘ylaklaru poyabzalni firma, siz — ayollarning kiyilgan, eski ko‘ylaklaringiz, poyabzallaringizga ayirboshlaydi, deb e’lon qildi. Sumkachalar, atir va boshqa buyumlar to‘g‘risida ham shunday ayirboshlash bo‘lishini ilova qildi..

Shu payt mushuk orqa oyoqlarini bir-biriga urib, ayni chog‘da oldingi oyoqlari bilan eshikog‘asiga xos harakat qildi.

Qiz esa anchagina mujmal, ammo parterdagi ayollarning chehrasiga qaraganda kishini vasvasaga soluvchi bir qo‘shiqni chuchuk til bilan xirillab, ammo shirin qilib kuyladi:

— Xerlen, Shanel nomer besh, Mitsuko, Narsis Nuar, anjuman ko‘ylak, kokteyl ko‘ylak…

Fagot egilib-bukilar, mushuk ta’zim qilar, qiz oynavand vitrinalarni ochardi.

— Marhamat! — deb shang‘illardi Fagot. — Hech tortinmasdan, takallufsiz kelaveringlar!

Xalq bezovta bo‘la boshladi, lekin hozircha sahnaga chiqishga hech kim jur’at etmadi. Biroq mana, qorachadan kelgan bir ayol parterning o‘ninchi qatoridan turdi va hech qanaqa gap-so‘zga parvo qilmaydigan odamdek jilmayib, yon tomondagi zinachadan sahnaga chikdi.

— Bravo! — deb qichqirdi Fagot. — Eng birinchi mehmonni qutlayman! Begemot, kreslo! Poyabzaldan boshlaymiz, madam.

Ayol kresloga o‘tirdi. Fagot shu zahoti ayolning oyog‘i ostiga, gilamga olam-jahon tuflilarni to‘kib tashladi.

Qorasoch ayol o‘ng oyog‘idagi tuflini yechib, och binafsha rang tuflini kiyib ko‘rdi, gilamda turib, poshnasini bosib ko‘rdi.

— Oyog‘imni siqmasmikin? — o‘ychanlik bilan so‘radi ayol.

Bunga javoban Fagot ranjib dedi:

— Yo‘g‘-e, nima deyapsiz? — mushuk ham xafa bo‘lib miyovlab qo‘ydi.

— Men oldim shu tuflini, mose, — dedi qorasoch ayol viqor bilan va ikkinchi oyog‘iga ham tufli kiya boshladi.

Ayolning eski tuflilari parda orqasiga otib yuboildi, uning o‘zi ham mallasoch qiz va Fagotning kuzatuvida o‘sha tomonga yo‘l oldi; Fagot yelkasiga bir nechta modali ko‘ylaklarni tashlab olgan edi. Mushuk yugurib-elib ko‘maklashar, savlatliroq bo‘lsin uchun bo‘yniga santimetr osib olgan edi.

Yana bir daqiqadan keyin qorasoch ayol parda orqasidan shunday antiqa ko‘ylakda chiqib keldiki, buni ko‘rib butun parter birvarakayiga xo‘rsinb yubordi. Endi nihoyatda dilbar bo‘lib ketgan dovyurak ayol toshoyna qarshisida turib, yalang‘och yelkalarini uchirdi, ensasidagi sochiga ohista qo‘lini tekkizib qo‘ydi va o‘zining orqa tomonini ko‘zguda kurish maqsadida buralib qaray boshladi.

— Firmamiz ushbuni esdalik uchun qabul qilishingizni so‘raydi, — dedi Fagot va qorasoch ayolga atir shisha o‘rnatilgan qopqog‘i ochiq quticha uzatdi.

— Mersi, — dedi ayol viqor bilan va zinadan tushib parter sari yura boshladi. U borar ekan, yo‘l-yo‘lakay tomoshabinlar o‘rinlaridan turib, qutichani ushlab ko‘rishardi.

Shu payt birdan o‘pqon ochildiyu, zalning ham-mayog‘idan ayollar sahna tomon oqa boshladilar. Olomonning hayajonli g‘ovur-g‘uvuri, kulgisi va ohu vohlari orasidan bir erkakning: «Sahnaga chiqishingga yo‘l qo‘ymayman!» — degan ovozi va ayol kishining unga: «Zolim va meshchan er, qo‘limni qayirmang!» — deb chinqirgani eshitildi. Ayollar parda orqasiga o‘tishar, u yerda o‘z liboslarini qoldirib, yangisini kiyib chiqishardi. Zarrin oyoqli kursilarda qator tizilishib o‘tirib, oyoqlariga loyiq tuflilarni kiyib ko‘rishardi. Fagot tiz cho‘kib olib, qo‘lidagi shoxdan yasalgan qoshiq bilan ayollarga ko‘maklashar, halloslagancha quchoq-quchoq sumkachalar va tuflilarni vitrinadan kursilar turgan yerga olib kelar, qaytarib olib ketardi, bo‘ynida chandig‘i bor oyimqiz esa goh paydo bo‘lar, goh yana g‘oyib bo‘lardi, endi u bora-bora butkul frantsuzcha javray boshlagan edi, ammo eng qizig‘i shundaki, hamma ayollar, hattoki bitta ham frantsuzcha so‘zni bilmaydigan ayollar ham, uning so‘zlarini endi gapi tugamasdanoq tushunib olardilar.

Ayollar orasida suqilib sahnaga chiqib olgan bir erkak hammani hayron qoldirdi. U xotini gripp bo‘lib uyda yotganini, shu sababli o‘zi orqali xotiniga biron nima berib yuborishlarini so‘radi. Bu grajdanin, haqiqatan ham xotini borligini isbotlash uchun, pasportini ko‘rsatishga ham tayyor edi. G‘amxo‘r erning bu bayonotini xalq qah-qah urib qarshi oldi, Fagot pasportsiz ham sizga o‘zimga ishonganday ishonaman deb shang‘illadi-da, erkakka ikki juft ipak paypoq tutqazdi, mushuk esa siyloviga bir qutichada lab bo‘yoq berdi.

Kechikkan ayollar sahnaga otilishar, ayni paytda bal ko‘ylaklari, ajdar gulli pijamalar, sipo tashrif liboslari, bir qoshga bostirilgan shlyapalar kiygan baxtiyor ayollar sahnadan tizilishib tushib kelishardi.

Shu payt Fagot, vaqt kech bo‘lgani sababli yana bir daqiqadan keyin magazin ertaga kechqurungacha yopiladi, deb e’lon qilgan edi, sahnada g‘ayri tavsif besaranjomlik boshlandi. Ayollar oyoqlariga kiyib ham ko‘rmasdan tuflilarga apil-tapil chang sola boshlashdi. Bir ayol sahna orqasiga naq bo‘rondek uchib kirib, egnidagi kiyimini shartta yechib tashladi-yu, qo‘liga ilingan birinchi libosga — parcha-parcha gulli shoyi xalatga chang soldi, bundan tashqari, yana ikki shisha atirni ham ilib ketdi.

Rosa bir daqiqadan keyin pistoletdan o‘q uzilib, toshoynalar g‘oyib bo‘ldi, vitrina va kursilar qayoqqadir cho‘kdi, gilam ham, darpardalar ham havoda erib yo‘q bo‘ldi. Eng oxirida tog‘-tog‘ bo‘lib uyilib yotgan eski ko‘ylaklaru poyabzallar g‘oyib bo‘ldi va sahna yana avvalgi bo‘m-bo‘sh huvillagan holiga kirdi.

Ana shunda oraga yangi personaj aralashdi.

Ikkinchi lojadan bir xushovoz erkakning yoqimli va jarangdor ovozi eshitildi:

— Har qalay, grajdanin artist, hozirning o‘zida fokuslaringizning texnikasini, ayniqsa qog‘oz pul borasidagi fokusingizni tomoshabinlarga fosh qilishingizni istardik. Shuningdek, yana, konferanseni sahnaga qaytarsangiz yaxshi bo‘lardi. Uning taqdiri tomoshabinlarni hayajonga solmoqda.

Bu xushovoz tomoshabin bugungi tomoshaning faxriy mehmoni, Moskva teatrlari akustika komissiyasining raisi kimsan — Arkadiy Appollonovich Sempleyarov edi.

Arkadiy Appolonovich lojada ikki ayol bilan o‘tirardi: ularning biri — moda bo‘yicha va qimmatli kiyim kiygan, ancha yoshga borib qolgan, ikkinchisi — odmigina kiyingan yosh va ko‘hlikkina edi. Keyinroq protokol tuzilgan paytda ma’lum bo‘ldiki, birinchi ayol Arkadiy Appolonovichning xotini, ikkinchisi esa — uning uzoq qarindoshi bo‘lib, u Saratovdan kelgan va hozirgi paytda shu Sempleyarovlarning kvartirasida yashab turgan kelajagi porloq yosh aktrisa ekan.

— Pardon! — deb javob qildi Fagot. — Meni avf tgasiz, buning hech qanday fosh qiladigan tomoni yo‘q, xammasi tushunarli.

— Yo‘q, kechirasiz! Fosh etish shart. Shusiz bu ajoyib nomerlaringiz dilda og‘ir asorat qoldiradi. Tomoshabin ahli izoh talab qiladi sizdan.

— Tomosha ahli, — deb surbet masxaraboz Sempleyarovning so‘zini bo‘ldi, — hech nima talab qilgani yo‘q shekilli? Ammo, sizning mo‘’tabar istagingizni e’tiborga olib, Arkadiy Appolonovich, mayli, men fosh qilaman. Lekin undan oldin yana bitta kichkinagina nomer ko‘rsatishga ijozat bersangiz!

— Bemalol, — javob qildi Arkadiy Appolonovich muruvvat ko‘rsatib, — ammo oxirida albatta fosh qilish bo‘lsin.

— Bosh ustiga, bosh ustiga. Shunday qilib, qani, savolimga javob bering-chi, kecha kechqurun qaerda edingiz, Arkadiy Appolonovich?

Mana shu noo‘rin, hatto tahqirona desa ham bo‘ladi, savolni eshitgan Arkadiy Appolonovichning chehrasi o‘zgardi, o‘zgargandayam juda yomon o‘zgarib ketdi.

— Arkadiy Appolonovich kecha kechqurun akustika komissiyasining majlisida edi, — deya bayonot berdi uning xotini o‘ta takabburlik bilan, — ammo buning sehrgarlikka nima aloqasi bor, tushunmadim.

— Uy, madam, — deb ta’kidladi Fagot, — tushunmayotganingiz tabiiy hol. Majlis masalasida siz mutlaqo gumrohsiz. Arkadiy Appolonovich, o‘sha siz aytgan, aslida esa kecha bo‘lmagan, majlisga jo‘nab ketgach, Chistie prudi yaqinidagi akustika komissiyasining binosi oddida o‘z shofyoriga javob berib yuborgan (butun zal suv quygandek jim bo‘lib qoldi), o‘zi esa avtobusda Yeloxovskaya ko‘chasiga, rayon sayyor teatrining artistkasi Militsa Andreevna Pokobatkonikiga mehmonga borgan va u yerda to‘rt soatcha mehmon bo‘lib qolgan.

Shu teran sukutda kimningdir iztirobli nidosi eshitiddi:

— Voy! —

Arkadiy Appolonovichning yosh qarindoshi birdan do‘rillovchi dahshatli ovoz bilan xaxolab yubordi.

— Gap buyoqda ekan-da! — dedi u, — o‘zimam ko‘pdan shubha qilib yurardim buni. Luiza roli nima sababdan o‘sha noshudga berilgani mana endi oydinlashdi menga!

Shunday deb turib u birdan qo‘lidagi kalta dastali binafsharang yo‘g‘on zonti bilan Arkadiy Appolonovichning boshiga ayamay tushirdi.

Yaramas Fagot, ya’ni Korovyov esa baqirdi:

— Mana, muhtaram grajdanlar, Arkadiy Appolonovich qo‘yarda-qo‘ymay talab qilgan fosh qilish hodisalaridan biri!

— Arkadiy Appolonovichga qo‘l ko‘tarishga qanday hadding sig‘di, manjalaqi? — deb dag‘dag‘a qildi Arkadiy Appolonovichning xotini mahobatli qaddini tiklab o‘rnidan turarkan.

Qarindosh juvon yana bir marta iblisona qah-qah urib kuldi.

— Boshqalarning haddi sig‘masayam, — deb javob qiddi xaxolagancha, — mening haddim sig‘adi qo‘l ko‘tarishga! — Shunda ikkinchi marta «qars» etgan tovush eshitiddi — ayolning zonti Arkadiy Appolonovichning boshiga urilib koptokdek sakragan edi.

Shunda Sempleyarovning xotini:

— Militsiya! Qamoqqa olinglar buni! — deb shunday dahshatli shang‘illadiki, ko‘pchilik odamlarning yuragi «shuv» etib ketdi.

Buning ustiga mushuk ham sahna oldiga otilib chiqib, butun teatrni boshiga ko‘tarib birdan odamzod ovozi bilan baqirdi:

— Seans tamom! Maestro! Marshni do‘ndiring! Es-hushini yo‘qotib qo‘ygan dirijyor o‘zining nima qilayotganini tushunmay, dirijyorlik cho‘pini silkidi va orkestr qandaydir g‘ayritabiiy benihoya odobsiz bir marshni chalmadi, gumburlatmadi, balki mushukning razilona iborasi bo‘yicha — do‘ndirdi…

Lekin eng muhimi bu emas, balki shu voqealardan keyin Vareteda qiyomat qoyim boshlangani bo‘ldi. Militsionerlar Sempleyarovlar o‘tirgan loja tomon yugurib ketishdi, tomoshatalablar loja to‘sig‘idan oshib o‘tmoqchi bo‘lishar, mudhish qahqaha, vahshiyona baqiriqlar va bularning hammasini bosgudek bo‘lib orkestrdagi mis zilning jarangi yangrardi.

Xuddi shu paytda sahna birdan bo‘m-bo‘sh bo‘lib qoldi, boya janda eskirgan kresloda o‘tirgan sehrgar shu kreslo bilan birga qanday g‘oyib bo‘lgan bo‘lsa, endi Fagot bilan surbet mushuk Begemotning bir dam solishi bilan vujudga kelgan narsalar ham shunday g‘oyib bo‘lgan edi.

O‘n uchinchi bob QAHRAMONNING PAYDO BO‘LISHI

Shunday qilib, begona odam Ivanga barmog‘i bilan po‘pisa qilib, pichirladi: «Tss!»

Ivan karavotdan oyog‘ini tushirib o‘tirib, unga tikilib qaradi. O‘ttiz sakkiz yoshlardagi soqol-mo‘ylovi olingan, qora sochi peshanasiga tushib turgan, qirraburun, ko‘zlari bejo odam balkondan ohista mo‘r alayotgandi.

Bu g‘alati mehmon Ivanning yolg‘izligiga ishonch hosil qilgach, tashqariga bir oz quloq solib turdi-da, oxiri xonaga kirishga jur’at etdi. Shundagina Ivan uning kasalxona kiyimida ekanligini ko‘rdi. U egnida ichki ko‘ylak-ishton, sarpoychan oyog‘iga tufli kiyib, yelkasiga qo‘ng‘irrang xalat tashlab olgan edi.

Mehmon Ivanga ko‘z qisib qo‘yib, qo‘lidagi bir shoda kalitni cho‘ntagiga solib qo‘ydi-da:

«O‘tirsam maylimi?» — deb so‘radi, Ivan bosh irg‘atib rozi bo‘lgach, kresloga o‘tirdi.

— Bu yerga qanday kirdingiz? — Ivan mehmonning qoq suyak barmog‘i po‘pisasiga rioya etib, pichirlab so‘radi. — Balkon panjarasi qulflog‘liq edi-ku!

— Panjara-ku qulflog‘lig‘-a, — dedi mehmon, — lekin Praskovya Fyodorovna, garchi ko‘p latofatli ayol bo‘lsa ham, o‘ta parishonxotir. Bundan bir oy oldin uning bir shoda kalitini o‘g‘irlab olganman, shundan beri birinchi qavatning gir aylana balkonlariga chiqishga, ba’zan esa qo‘shnilarim bilan uchrashish imkoniga ega bo‘ldim.

— Baski balkonga chiqa olarkansiz, qochib ketishingiz ham mumkin-ku. Yo balandmi juda? — qiziqsinib so‘radi Ivan.

— Yo‘q, — qat’iy javob qildi mehmon, — men bu yerdan qochib ketolmayman — balkon baland bo‘lgani uchun emas, boradigan yerim yo‘kdigi uchun ketolmayman. — U bir oz sukutdan so‘ng ilova qildi: — Shunday qilib, yotibmiz deng?

— Yotibmiz, — javob qildi Ivan kelgan odamning g‘oyatda bejo, timqora ko‘zlariga tikilib qararkan.

— Ha-ya… — dedi mehmon birdan bezovtalanib. — Harholda, siz ashaddiylardan emasdirsiz-a? So‘rashimning boisi, bilasizmi, men shovqinni, janjalni,qiynoqni va shunga o‘xshash narsalarni sira yoqtirmayman. Ayniqsa, men uchun odamzodning qichqirig‘i (xoh u iztirob, nafrat yo boshqa holat qichqirig‘i bo‘lsin, baribir) manfurdir. Ko‘nglimga taskin berib, ayting, siz ashaddiylardan emassiz-a?

— Kecha restoranda bittasining tumshug‘ini bejab qo‘ydim, — deb mardona tan oldi yangi qiyofaga kira boshlagan shoir.

— Sabab? — qat’iy ohangda so‘radi mehmon.

— Ochig‘ini aytsam, besabab, — dedi Ivan xijolat bo‘lib.

— Uyat, — deya koyidi mehmon va ilova qildi: — Undan keyin, nega unaqa beadab gap qilasiz? «Tumshug‘ini bejab qo‘ydim». Odamda tumshuqmi yo yuzmi — ma’lum emas-ku. Har qalay, tumshug‘i emas, yuz bo‘lsa kerak. Binobarin, musht ishlatish… Yo‘q, siz butunlay tashlang bu ishingizni.

Mehmon Ivanga shu tarzda tanbeh berib bo‘lib, so‘radi:

— Kasbingiz?

— Shoirman, — negadir istar-istamas bo‘yniga oddi Ivan.

Mehmonning ta’bi tirriq bo‘ldi.

— Obbo, hech omadim yurmadi-yurmadi-da! — deb yubordi u, lekin shu zahoti hushini yig‘ib olib, uzr aytdi va so‘radi: — Familiyangiz nima?

— Bezdomniy.

— Eh, attang… — dedi mehmon aftini bujmaytirib.

— Nima, she’rlarim sizga yoqmaydimi? — qiziqsinib so‘radi Ivan.

— Mutlaqo yoqmaydi.

— Qaysi she’rlarimni o‘qigansiz?

— Hech qanaqa she’ringizni o‘qimaganman! — dedi mehmon asabiylashib.

— Bo‘lmasa nega unday dedingiz?

— Desam, nima bo‘pti, — javob qildi mehmon. — Nima, umrimda she’r o‘qimabmanmi? Ehtimol… sizniki istisnodir? Yaxshi, so‘zingizga ishonishga tayyorman. O‘zingiz ayta qoling: she’rlaringiz yaxshimi?

— G‘irt tuturiqsiz she’rlar! — birdan dadil va dildan e’tirof etdi Ivan.

— Boshqa yozmang! — deb iltimos qildi mehmon yolvoruvchi ohangda.

— Ont ichib va’da beraman! — tantanali ohangda dedi Ivan.

Ontni qo‘l siqishib tasdiqlashdi, shu payt yo‘lak-dan sassiz oyoq tovushi va g‘o‘ng‘ir-g‘o‘ng‘ir ovozlar eshitildi.

— Tss, — pichirladi mehmon va «lip» etib balkonga chiqib, panjarani surib yopdi.

Eshikdan Praskovya Fyodorovna mo‘ralab, Ivandan hol-ahvol so‘radi, so‘ng undan, qorong‘ida uxlashni xohlaysizmi, yo yorug‘dami, deb so‘radi. Ivan chiroqni o‘chirmaslikni iltimos qildi, shundan keyin Praskovya Ivanovna bemorga yaxshi tush ko‘rishni tilab, bu yerdan uzoqlashdi. Hammayoq sukutga cho‘mdi, shunda mehmon yana xonaga kirdi.

— 119-xonaga baq-baqaloq, ikki yuzi qip-qizil yangi bir bemorni yotqizishdi, — dedi u pichirlab. — Qiziq, u nuqul ventilyatsiya tuynugiga qo‘yilgan allaqanday valyutalar haqida, yana Sadovaya ko‘chasidagi o‘zi yashab turgan uyni jinlar maskan qilib olgani haqida labi-labiga tegmay javrab yotipti. Pushkinni bo‘ralab so‘kyapti deng, keyin ikki gapning birida: «Kurolesov, bis-bis!» — deb baqirib qo‘yadi deng.

U hayajonlanganidan bir seskanib qo‘ydi. Keyin ko‘ngli bir oz taskin topib, kursiga o‘tirdi-da: — Hay, havolasi xudoga, — deb Ivan bilan boshlagan suhbatini davom etdirdi: — Xo‘sh, bu yerga tushishingizga nima sabab bo‘ldi?

— Sabab Pontiy Pilat, — dedi Ivan yerga xomush tikilarkan.

— Nima?! — ehtiyotkorlikni ham unutib baqirib yubordi mehmon va darhol kafti bilan og‘zini to‘sdi. — Qanday g‘ayritabiiy o‘xshashlik! O‘tinaman, o‘tinib so‘rayman, bir boshdan aytib bering!

Ivan negadir bu noma’lum odamga e’tiqod qildi va kecha Patriarx ko‘li bo‘yida yuz bergan hodisani, avvaliga cho‘chinqirab, tutila-tutila, so‘ng esa dadil, ravon hikoya qila boshladi. Ha, Ivan Nikolaevich mana shu kalit o‘g‘irlagan mavhum shaxs timsolida nihoyat muruvvatli tinglovchini uchratgan edi! Mehmon Ivanni jinniga yo‘ymadi, uning hikoyasini nihoyatda zo‘r qiziqish bilan tinglarkan, bora-bora bayonidan hayratga keddi. U dam-badam shunday xitoblar bilan Ivanning so‘zini bo‘lardi:

— Xo‘sh, xo‘sh! U yog‘ichi, u yog‘ini ayting, o‘tinaman sizdan. Faqat, avliyoyu anbiyolar haqqi, hech nimani tushirib qoldirmay, mufassal hikoya qiling!

Ivan ham mufassal hikoya qilardi, zero unga shu tarzda hikoya qilish qulayroq edi, mana, nihoyat u Pontiy Pilatning alvonrang astarli oq ridoda balkonga chiqqan yeriga yetdi.

Shunda mehmon xuddi ibodat qilayotganday kaftini kaftiga qo‘yib pichirladi:

— O, to‘g‘ri topgan ekanman! O, hammasi to‘g‘ri chiqyapti!

Mehmon Berliozning mudhish o‘limi ta’rifini eshitgach, ko‘zlarida jaholat uchquni chaqnadi va shunday mubham gap qildi:

— Faqat bir narsaga: o‘sha Berliozning o‘rnida tanqidchi Latunskiy yoki adabiyotchi Mstislav Lavr-vich bo‘lmaganiga taassuf qilaman, — so‘ng qattiq g‘ijinib, tovushsiz chinqirdi: — Davom eting!

Konduktorga kira haqi uzatgan mushuk haqidagi hikoya mehmonning ko‘nglini chog‘ qilib yubordi, u o‘z qissaxonligidan zavqlanib ketgan Ivanning, mo‘ylovi ostida tanga pul tishlagan mushukni tasvirlab, o‘tirgan o‘rnida ohista sakrashini kuzatarkan, ichagi uzilgudek bo‘lib tovushsiz rosa kuldi.

— Shu tarzda bu yerga kelib qoldim, — dedi Ivan Griboedovda yuz bergan voqeani so‘zlab bo‘lib va yana ruhi tushib, o‘shshayib oldi.

Mehmon sho‘rlik shoirga achinib, uning yelkasiga qo‘lini qo‘ygancha dedi:

— Baxtiqaro shoir! Ammo, azizim, hammasiga o‘zingiz aybdorsiz. U bilan bunchalik betakalluf, hatto surbetlarcha muomala qilmaslik kerak edi. Mana endi azobini tortyapsiz. Haliyam osongina qutulibsiz, shukur qiling.

— Axir kim o‘zi u? — mushtlarini hayajon bilan silkib so‘radi Ivan.

Mehmon unga tikilib turib savoliga savol bilan javob qildi:

— Aytsam, hayajonlanmaysizmi? Bu yerda biz hammamiz shubhali odamlarmiz… Doktor chaqirish, ukol qildirishu yana shunga o‘xshagan dahmazalar bo‘lmaydimi?

— Yo‘q, bo‘lmaydi! — dedi Ivan. — Aytaqoling, kim o‘zi u?

— Ha, yaxshi, — javob qildi mehmon va har bir so‘zini keskin va dona-dona qilib dedi: — Kecha Patriarx ko‘li yoqasida siz shayton bilan uchrashgansiz.

Ivan va’dasining ustidan chiqib, hayajonlanmadi, lekin baribir taajjubdan dong qotib qoldi.

— Bu mumkin emas! Shayton yo‘q narsa.

— Qiziq ekansiz-u! Hamma gapirgandayam, siz bunday demasligingiz kerak. Siz, nazarimda, birinchi bo‘lib uning azobiga uchraganlardansiz. O‘zingiz jinnixonada o‘tiribsiz-u, nuqul uni yo‘q deb aytyapsiz. Hayronman sizga!

Gangib qolgan Ivan sukutga toldi.

— Siz uni tasvirlay boshlashingiz bilan, — deb gapida davom etdi mehmon, — kecha kim bilan suhbat qurish sharafiga muyassar bo‘lganingizni payqadim. Chindanam, men Berliozga hayron bo‘lyapman! Siz-ku, ma’lum, g‘ofil odamsiz, — shunday deb mehmon yana klirim so‘radi, — lekin Berlioz, eshitishimcha, durustgina alloma bo‘lgan ekan-ku! O‘sha professorning eng dastlabki gaplaridanoq uning kimligiga hech shubham qolmadi. Uni tanimaslik aslo mumkin emas, do‘stim! Ammo siz… siz meni yana bir bor kechiring-u… men hech qachon yanglishmayman: siz omi odamsiz!

— Shak-shubhasiz, — deb tasdiqladi o‘zgara boshlagan Ivan.

— Ha, balli… axir o‘zingiz uning yuz tuzilishini tasvirlab berdingiz… ko‘zining ikki xilligi, qoshlari! Meni afv etasiz-u, hali siz ehtimol hatto «Faust» operasini ham ko‘rmagandirsiz?

Ivan negadir judayam qattiq xijolat bo‘ldi, ikki yuzi cho‘g‘dek qizarib, Yaltada qaysiyam sanatoriyga borgani haqida bir nimalarni g‘o‘ldiray boshladi…

— Ana, ko‘rdingizmi… nimasiga hayron bo‘lamiz! Lekin Berlioz, takror aytaman, meni hayratga soldi. U nainki o‘qimishli, yana nihoyatda quv odam. Lekin shuni e’tirof etish kerakki, Voland undan ham quvroq odamniyam bir cho‘qishda qochiradi.

— Nima?! — deb baqirib yubordi Ivan ham.

— Sekin!

Ivan «shap» etib kafti bilan o‘z peshanasiga urdi va xirillab dedi:

— Tushunaman, tushunaman. Uning tashrifnomasida «V» harfi bor edi. Ana xolos! — Esankirab qolgan Ivan panjara ortida, fazoda suzayotgan oyga tikilgancha ancha vaqt sukutga tolib o‘tirdi, so‘ng yana gapga kirdi: — Bundan chiqdi, uning Pontiy Pilat huzurida bo‘lganligi rost ekan-da? Demak, u o‘sha zamonda tug‘ilgan bo‘lib chiqadimi? Meni jinniga chiqarib o‘tirishipti-ya! — derdi Ivan, nafrat bilan eshik tomonga ishora qilarkan. Mehmonning labi yonida hasrat ajinlari paydo bo‘ldi.

— Haqiqatdan yuz o‘girib bo‘lmaydi, — deb mehmon yuzini bulutlar oralab suzayotgan tungi yoritqich tomonga o‘girdi. — Siz ham, men ham — jinnilarmiz, nima qilamiz bo‘yin tovlab! Qisqasi, u sizni tuzog‘iga ilintirganu siz esingizdan og‘gansiz, sabab, buning uchun, chamasi, aynan siz munosib bo‘lgansiz. Lekin siz hikoya qilgan narsalar haqiqatan ham bo‘lgan. Ammo o‘sha yuz bergan voqealar benihoya g‘ayritabiiyligi sababli hatto genial psixiatr Stravinskiy ham gaplaringizga ishonmagan. U sizni ko‘rdimi? (Ivan bosh irg‘adi.) O‘sha hamsuhbatingiz Pilat huzurida ham bo‘lgan, Kant bilan ham nonushta qilgan, endi bo‘lsa, mana, Moskvagayam kelipti.

— Axir u bu yerda hamma narsani ostin-ustin qilib yuboradi-ku! Bir amallab uni tutish kerakdir? — deb yangi Ivan vujudida qimtinibgina bo‘lsa ham bosh ko‘tardi endilikda chalajon bo‘lib qolgan avvalgi Ivan.

— Mana, siz urinib ko‘ribsiz, shu hissa qo‘shganingiz kifoya, — dedi mehmon kinoya bilan. — Boshqalarga ham urinmaslikni maslahat ko‘rardim. Ko‘nglingiz to‘q bo‘lsin, u haqiqatan ham hammayoqni ostin-ustin qilib yuboradi. Eh, attang! Ming-ming afsuski, u bilan men emas, siz uchrashgansiz! Garchi fursat o‘tgan — butun niyatlar yonib kulga aylangan bo‘lsa ham, ont ichib aytamanki, u bilan uchrashish uchun Praskovya Fyodorovnaning bir shoda kalitini ham berardim, zero, boshqa beradigan hech vaqoim yo‘q. Men qashshoqman!

— Nimaga kerak bo‘lib qoldi u sizga?

Mehmon uzoq vaqt kiftlarini uchirib xomush o‘tirdi va nihoyat yana gapira boshladi:

— Men sizga aytsam, bu juda antiqa hodisa — men ham bu yerda xuddi sizga o‘xshab, o‘sha Pontiy Pilat tufayli yotibman, — mehmon atrofga qo‘rqa-pisa ko‘z tashlab dedi: — Xullas kalom, men o‘tgan yili Pontiy haqida roman yozgan edim.

— Siz yozuvchimisiz? — ajablanib so‘radi shoir. Mehmonning rangi quv o‘chib ketdi, shoirga musht do‘laytirib qo‘yib, so‘ng dedi:

— Mep ustaman, — u xo‘mrayib xalatining cho‘ntagidap tamomila yog‘ bosib ketgan bir shapkacha oldi, unga sariq ipak bilan «M» harfi tikilgan edi. U shapkachani boshiga kiydi va usta ekanligini isbotlash maqsadida ham yonlamasiga, ham yuzma-yuz turib, o‘zini Ivanga ko‘rsatdi. — Buni menga sevgilim tikib bergan edi, — deb sirli ravishda ilova qildi u.

— Familiyangiz nima?

— Familiyam yo‘q endi, — ma’yus nafrat bilan javob qildi bu g‘alati mehmon. — Men familiyamdan, shuningdek, barcha hayotiy narsalardan voz kechganman. So‘ramang familiyamni.

— Bo‘lmasa, romaningiz haqida gapirib bering, — dedi Ivan muloyim ohangda.

— Jonim bilan. Hayotim, chindanam, unchalik oddiy emas, — deb hikoya qila boshladi mehmon.

… U ma’lumoti bo‘yicha tarixchi bo‘lib, bundan ikki yil muqaddam, Moskva muzeylaridan birida xizmat qilar, bundan tashqari tarjimonlik bilan ham shug‘ullanarkan.

— Qaysi tildan? — so‘radi Ivan qiziqsinib.

— Men ona tilimdan boshqa yana beshta tilni bilaman, — javob qildi mehmon, — ingliz, frantsuz, nemis, lotin va yunon tilini. Keyin, yana italyancha ham sal-pal o‘qiy olaman.

— Voy bo‘-o‘! — pichirladi Ivan hasad bilan.

U so‘qqabosh bo‘lib yasharkan, hech yerda hech bir qarindoshi, Moskvada deyarli bironta ham tanishi io‘q ekan. Buni qarangki, bir kun u zayomdan yuz ming so‘m yutipti.

— Qanday tang qolganimni bir tasavvur qiling-a, — derdi pichirlab qora shapkacha kiygan chehmon, — kir solingan savatga qo‘l tiqsam, qo‘limga obligatsiya ilindi: uni gazetaga solishtir-dimu hang-mang bo‘lib qoldim — nomeri gazetadagi nomer bilan bir xil edi! Uni menga muzeyda Gyurishgan edi, — deb izohladi u.

Bu alomat mehmon yuz ming so‘mlik yutuqni olgach, juda ko‘p kitob sotib olipti, Myasnitskayadagi xonasini tashlab…

— O‘, ming la’nat o‘sha gurbatxonaga! — deya xirilladi mehmon.

… Arbat yaqinidagi bir tor ko‘chada xususiy tarzda imorat qurgan odamning bog‘chasida turgan kichkina uyning podvalidan ikki xonani ijaraga olgan. Keyin ishdan bo‘shab, Pontiy Pilat haqida roman yozishga kirishgan.

— Oh, u paytlar — oltin davr edi, — deb pichirladi mehmon ko‘zlari chaqnab, — alohida kvartira deng, yana dahliziyam bor, dahlizda suv jo‘mragi, jo‘mrak ostida chanoq, — negadir, u ayniqsa shu so‘zga urg‘u berib, mag‘rurlanib gapirdi, — ko‘cha eshikdan boshlangan yo‘lka mo‘’jazgina derazalarimning shundoqqina oldidan o‘tardi, Ro‘parada, to‘rt qadamgina narida, devor tagida nastarin, jo‘ka va zarang daraxtlari o‘sardi. Oh… oh… oh! Qishda men derazadan odamlarning qorda «g‘arch-g‘urch» yurgan oyoqlarini kam ko‘rar, tovushlarini kam eshitar edim. Pechkamda muttasil lang‘illab olov yonib turardi! Lekin birdan bahor kirib keldi-yu, derazamning xira oynalari orqali men avvaliga yalang‘och, so‘ngra asta-asta yashil libos kiya boshlagan nastarin butalarini ko‘rdim. Ana shunda, ya’ni o‘tgan yili bahorda yuz ming so‘mlik yutukdan ham dilraboroq voqea sodir bo‘ldi. Vaholanki, fikrimga qo‘shilarsiz, yuz ming — bu juda katta boylik!

— Bu to‘g‘ri, — e’tirof etdi uning gapini diqqat bilan tinglayotgan Ivan.

— Men, derazani ochib mo‘’jazgina ikkinchi xonamda o‘tirardim, — mehmon qo‘li bilan o‘lchab ko‘rsata boshladi, — mana… bu yerda divan, ro‘parasida ikkinchi divan, divanlar oralig‘ida stolcha, uning ustida chiroyli shamchiroq, derazaga yaqin yerda kitoblar, buyoqda esa, kichkina yozuv stoli, birinchi xonamda — u judayam katta, o‘n to‘rt metr edi, — tog‘-tog‘ kitobu pechka bor edi. Oh, jihozlarim qanday zo‘r ediya!

Nastarin hidi gupillab kirardi! Miyamning charchog‘i ham qolib, o‘zimni qushday yengil his qilardim, Pilat haqidagi romanim ham shig‘illagancha oxirlab borayotgan edi…

— Qizil astarli oq rido! Tushunaman! — dedi Ivan.

— Topdingiz! Shtlat shig‘illagancha oxirlab, ha, oxirlab borayotgan edi va men endi uning: «… Iudeyaning beshinchi prokuratori, chavandoz Pontiy Pilat», degan so‘zlar bilan yakunlanishini bilardim. Tabiiyki, men sayr qilgani ham chiqib turardim. Yuz ming — hazilakam pul emas, o‘zimga juda ajoyib kulrang kostyum sotib olgan edim. Yo bo‘lmasa, tushlik qilgani bironta arzon restoranga yo‘l olardim. Arbatda ajoyib bir restoran bor edi, hoziram bormikin, bilmadim.

Shu yerga kelganda, mehmon ko‘zlarini katta-katta ochib, oyga tikilgancha hikoyasini pichirlab davom ettirdi:

— U dilbar bir dasta jirkanch va fojiali gul ko‘tarib ketayotgan edi. Baytalmonning oti nima baloyam edi, har nechuk Moskvada birinchi bo‘lib shu gul paydo bo‘ladi negadir. Uning qora tusdagi yengil paltosi fonida bu gul ko‘zga yaqqol tashlanardi. Ha, u sariq gul ko‘tarib borardi! Bexosiyat rang. U Tverskaya ko‘chasidan borib, bir tor ko‘chaga burildi, burila turib orqasiga o‘grilib qaradi. Tverskaya ko‘chasini bilasiza? Bu ko‘chada odam doim g‘ij-g‘ij, ammo ishontirib aytamanki, u shuncha odam ichida faqat menga qaradi, qaragandayam nainki hayajon, hatto iztirob bilan bokdi. Shunda meni uning husni jamolidan ham ko‘ra, ko‘zlaridagi hech kimning boshiga tushmagan g‘ayritabiiy yolg‘izlik anduhi o‘ziga rom qilgandi!

Men ham shu sariq rangga qul bo‘lib, tor ko‘chaga burildimu juvonning orqasidan ketaverdim. Biz bu qing‘ir va diqqinafas ko‘chadan (men uning bir tomonida, u esa ikkinchi tomonida) churq etmay ketib borardik. Buni qarangki, ko‘chada bironta tirik jon uchramasa-ya. Men u bilan gaplashishim lozimligini his etib qiynalardim va ayni paytda, unga churq etib ham og‘iz ocha olmaydiganga o‘xshayman, bunaqada, u ketib qoladi-yu, uni boshqa ko‘rish menga nasib etmaydi, deb hayajonlanardim.

Shunda, bir tasavvur qiling-a, to‘satdan uning o‘zi gap boshladi:

— Gullarim yoqdimi sizga?

Uning xiyla yo‘g‘on, ammo sal hirqiroq ovozining aks sadosi, tentaklik bo‘lsa ham aytay, nazarimda, bu tor ko‘chadagi sarg‘ish rang isqirt devorga urilib qaytgandek bo‘ldi. Men shu zahoti ko‘chaning u ketayotgan tomoniga o‘tib olib, unga yaqinlashdim-da:

— Io‘q, — deb javob qaytardim.

U menga taajjub bilan boqdi, men esam birdan va mutlaqo kutilmaganda butun umr aynan shu ayolni sevib kelganligimni angladim. Ajab savdolar, labbay! Siz, albatta, telba odam ekan, dersiz meni?

— Hech nima demayman, — dedi Ivan va: — O‘tinaman, davom eting! — deb ilova qildi.

Mehmon hikoyasini davom ettirdi:

— Ha, u menga hayron bo‘lib qaradi, so‘ng ko‘zimdan ko‘zini uzmay so‘radi:

— Siz, umuman, gullarni yoqtirmasangiz kerak-a? Uning ovozida adovat ohangini his qilganday bo‘ldim. Men u bilan baravar qadam tashlashga urinib yonma-yon borarkanman, hech tortinmay o‘zimni bemalol tutayotganimdan o‘zim hayron edim.

— Yo‘q, men gullarni yaxshi ko‘raman, lekin bunaqasinimas, — dedim.

— Qanaqasini?

— Atirgulni xush ko‘raman.

Shunday deganimga pushaymon bo‘ldim, negaki, u gunohkor odamday jilmaydida, gulini yo‘lka yoqasidagi ariqqa tashlab yubordi. Men bir oz o‘zimni yo‘qotib qo‘ydim-u, lekin gulni olib, yana unga uzatdim, lekin u jilmaygancha gullarni yana uloqtirdi, natijada ularni buyog‘iga o‘zim ko‘tarib bordim.

Shu zaylda biz bir oz vaqt sukut saqlab ketaverdik, keyin u qo‘limdan gullarni olib, ko‘chaga otib yubordi-da, qora qo‘lqop kiygan qo‘lini mening qo‘lim ostidan o‘tkazdi-yu, bundan buyog‘iga biz qo‘ltiqlashib keta boshladik.

— Keyin, — dedi Ivan, — iltimos, bugun tafsiloti bilan gapiring.

— Keyinmi? — takrorladi mehmon, — keyin nima bo‘lganini o‘zingiz ham tasavvur qilishingiz mumkin. — U ko‘zlarida bexosdan paydo bo‘lgan yoshni o‘ng yengi bilan shosha-pisha artib, gapini davom ettirdi: — Muhabbat, oyoq ostidan chiqqan falokatday, lop etib paydo bo‘ldiyu ikkovimizni baravar mahv qildi.

Odatda yashin yo xanjar shunday mahv qiladi odamni!

Darvoqe, u keyinchalik bu fikrni inkor qilib, bizlar juda ko‘pdan beri, bir-birimizni bilmagan, hech ko‘rmagan chog‘imizdayoq sevishganmiz, deb tasdiqlagan edi, u paytlarda u boshqa odam bilan turardi, men ham o‘shanda… anavi… bilan yashardim… xah… oti nimaydi…

— Kim bilan? — so‘radi Bezdomniy.

— Anavi… xah… nimaydi oti… — dedi mehmon barmoqlarini shiqillatarkan.

— Siz uylanganmidingiz?

— Ha-da, mana, shiqillatyapman-ku… Haligi…. Varenkaga, Manechkaga… yo‘q, Varenkaga… yo‘l-yo‘l ko‘ylak kiygan… muzeyda… xullas, esimda yo‘q.

Qisqasi, u o‘sha kuni ko‘chaga ataylab sariq gul ko‘tarib chiqqan ekan, men uni topib olishim uchun, bordiyu o‘sha kuni bu uchrashuv yuz bermaganida, u zahar ichib o‘z joniga qasd qilgan bo‘larkan, chunki uning hayoti bema’ni o‘tayotgan ekan.

Ha, muhabbat bizni ko‘z yumib-ochguncha mahv qilib qo‘ygan edi. Men buni o‘sha kuniyoq, bir soatdan keyin, biz ulkan shaharni payqamay kesib o‘tib, Kreml devori poyiga, daryo bo‘yiga borib qolganimizda bilgan edim.

Biz go‘yo juda ko‘p yillardan beri bir-birini yaxshi bilgan va kuni kecha xayrlashgan odamlarday suhbatlashardik. Biz ertasi kuniyam shu yerda — Moskva daryosi bo‘yida uchrashishga ahd qildik, uchrashdik ham. May quyoshi bizga yog‘du sochardi. Keyin, oradan xiyol ham o‘tmay, bu ayol mening xufiyona xotinim bo‘ldi.

U har kuni menikiga kelardi, men uni ertalabdan intizor bo‘lib kuta boshlardim. Shu intizorlik payti odatda uydagi buyumlarning joylarini o‘zgartirishim bilan ifodalanardi. Uning kelishiga o‘n minut qolganida deraza oldiga o‘tirib, ko‘hna ko‘cha eshikning «g‘iyq» etib ochilishini kutardim. Yo tavba: men u bilan uchrashmasimdan oldin tumordekkina hovlimizga kamdan-kam odam kirar, aniqrog‘i, hech kim kirmasdi, endi bo‘lsa, nazarimda, butun shahar shu hovlimiz tomon oqib kelayotganday tuyulardi. Ko‘cha eshik «tiq» etsa, yuragim «shig‘» etib ketar, bir ko‘z oldingizga keltiringa, ro‘paramda: deraza tashqarisida albatta kimningdir isqirt etigi paydo bo‘lardi. Masalan, charxchining. Axir o‘zingiz ayting, uyimizda charxchining kimga keragi bor? Nimani qayraymiz? Qanaqa pichoqlarni?

Mening dilbarim ko‘cha eshikdan bir marta kirardi, ammo u kirguncha yuragim kamida o‘n marta gupillab urardi. Gapim rost. Keyin, soat millari qiyom paytini ko‘rsatib, uning keladigan vaqti bo‘lganda va qora mayin teridan tikilgan ustki bezaklari po‘lat to‘qalar bilan tortilgan uning tuflilari deyarli tovush chiqarmay derazam qarshisida paydo bo‘lgandayam yuragim «gup-gup» urishdan to‘xtamasdi.

Ba’zan u ikkinchi derazam oldida to‘xtab, tuflisining uchi bilan oynaga urib sho‘xlik qilardi. Men shu zahoti o‘sha deraza oldida paydo bo‘lardim, lekin tufli ham, yorug‘ni to‘sib turgan qora ipak ko‘ylak ham g‘oyib bo‘lardi — men shunda eshik ochgani otilardim.

O‘rtamizdagi munosabatni hech kim bilmasdi, bunga imonim komil, vaholanki, bunday bo‘lishi mumkin emas. Lekin uning eri, tanishlarimiz g‘ofil edilar. Men yashab turgan podval tepasidagi ko‘hna uyda istiqomat qiluvchilar bundan xabardor edilar, albatta, ular huzurimga qandaydir bir ayol kelib-ketib turganini ko‘rishardi, biroq uning kimligini ham, ismini ham bilishmasdi.

Ushbu muhabbat dostonini butun vujudi bilan berilib tinglayotgan Ivan:

— Kim edi o‘zi u ayol? — deb so‘radi.

Mehmon, buni hech qachon, hech kimga aytmayman, degandek bosh chayqadi, so‘ng hikoyasini davom ettirdi.

Uning hikoyasidan Ivanga shular ma’lum bo‘ldi: usta bilan notanish ayol bir-birlarini shunchalik qattiq sevishganki, biri ikkinchisisiz bir kun ham tura olishmagan. Endi Ivan hovlidagi nastarin daraxti va devor tufayli hamisha nimqorong‘i bo‘lgan podvaldagi ikki xonani, u yerdagi qizil yog‘ochdan ishlangan, eskirib parti ketib, sharti qolgan mebellaru yozuv stoli — byuroni, byuro ustida turgan har yarim soatda zang chaluvchi soatni, nihoyat moylangan poldan is bosgan shiftgacha qalashib ketgan son-sanoqsiz kitoblarni ham, pechkani ham juda aniq tasavvur qila boshlagan edi.

Ivanga yana shu narsa ma’lum bo‘ldiki, mehmoni bilan uning xufiya xotini o‘zaro aloqa bog‘lagan dastlabki kunlariyoq, bizning Tverskaya ko‘chasi bilan tor ko‘cha muyulishida bir-birimiz bilan uchrashishimiz taqdiri azalda peshonamizga yozilgan, binobarin, biz umrbod bir-birimiz uchun yaratilganmiz, degan qarorga kelgan ekanlar.

Mehmonning hikoyasidan oshiq-ma’shuqlarning vaqtni qanday o‘tkazganlari ham ma’lum bo‘ldi. Ayol kela solib, birinchi navbatda fartuk taqar va torgina dahlizda (bechora bemor negadir faxrlanib tilga olgan o‘sha jo‘mrak bilan chanoq shu yerda edi) taxta stol ustida kerosinka yoqib nonushta tayyorlar, so‘ng birinchi xona o‘rtasida turgan cho‘zinchoq stolda dasturxon tuzardi. May oyida momaqaldiroq gumburlab, jala quygan paytlarda, yomg‘ir suvi sevishganlarning so‘nggi makonini g‘arq qilgudek xavf tug‘dirib nimko‘r derazalar oldidan darvoza tomon ayqirib oqqan paytlarda ular pechka yoqib qo‘rda kartoshka pishirishar edi. Barmoqlarini kulga bulg‘ab kartoshkaning qora po‘stini archishganda undan bug‘ chiqardi. Podvalda kulgi yangrardi, bog‘chadagi daraxtlar yomg‘irdan keyin singan shoxchalarini, oppoq popiltiriqlarini yerga to‘kardi. Momaqaldiroq sadolari tinib, issiq yoz payti kelganda ko‘pdan orzu qilingan va ikkovlari birday yaxshi ko‘rgan atirgullar guldonda paydo bo‘lardi.

O‘zini usta deb atagan odam ish bilan mashg‘ul bo‘lar, ayol esa bigiz tirnoqli barmoqlarini sochlari orasiga botirib yozilgan sahifalarni qayta o‘qib, o‘qib bo‘lgach esa manavi qalpoqchani tika boshlardi. Ba’zida u yerga cho‘kkalab javonning pastki qavatidagi kitoblarning yoki stulga chiqib olib yuqori qavatdagi yuzlab kitoblarning chang bosgan sherozalarini latta bilan artardi. U adibga shonu-shuhrat bashorat qilib, uni tezroq ishlashga undarkan, ayni o‘sha paytda uni usta deb atay boshlagan edi. U Iudeyaning beshinchi prokuratori haqidagi kitobning va’da qilingan oxirgi jumlalarini o‘qishga musharraf bo‘lib, ko‘ngliga yoqqan ayrim jumlalarni qiroat bilan baralla takror-takror o‘qirkan, «bu roman — mening hayotimdir», degandi.

Roman avgust oyida yozib tugatilib, qaysiyam bir notanish mashinistkaga berildi, mashinistka uni besh nusxada ko‘chirdi. Mana, nihoyat, xufiya makon tark etilib, hayot maydoniga chiqadigan kun ham keddi.

— Ha, men qo‘limda romanim bilan hayot maydoniga chiqdim, lekin chikdimu hayotim nihoyasiga yetdi, — deb pichirladi usta va boshini xam qildi, sariq ip bilan «M» harfi tikilgan mash’um qora qalpoqcha uzoq vaqt tebranib turdi. Keyin u hikoyasini davom ettirdi, lekin endigi gaplari poyintar-soyintar bo‘lib chiqdi. Mehmonning bu gaplaridan faqat bir narsani anglash mumkin edi: uning boshiga nihoyatda og‘ir bir falokat tushgan edi.

— Adabiyot olamiga birinchi marta qadam qo‘yishim edi, ammo hozir, hammasi adoyi tamom bo‘lib, halokatga uchraganim aniq bo‘lgandan keyin men uni mudhish hayrat bilan eslayman! — deb usta tantanavor pichirlarkan, qo‘lini ko‘tardi. — Ha, nihoyatda hayratga soddi u meni, nihoyatda!

— Kim? — eshitilar-eshitilmas pichirlab so‘radi Ivan, hayajonlangan mehmonining so‘zini bo‘lishdan qo‘rqib.

— Muharrir-da, aytyapman-ku, muharrib deb. To‘g‘ri, u o‘qishga o‘qib chiqdi. Lekin menga milki pilla bo‘lib, lunji shishib ketgan odamga qaraganday qararkan, ko‘z qirini xonaning burchagiga tashlagancha, ko‘ngli xijil bo‘lganday, hatto hiringlab ham qo‘ydi. U qo‘lidagi manuskirptni hojatsiz g‘ijimlarkan hadeb tomoq qirardi. Bergan savollari menga ahmoqona bo‘lib tuyuldi. Chunki u roman to‘g‘risida hech nima gapirmay, mendan: kimsiz, qayoqdan paydo bo‘ldingiz, ko‘pdan beri qalam tebratib turasizmi, nega siz haqingizda shu paytgacha hech eshitmaganmiz, deb so‘ray boshladi, hatto yana: bunday alomat mavzuda roman yozishni sizga kim maslahat berdi, degan savol ham berdiki, mening fikrimcha, bundan ortiq ahmoqona savol bo‘lmaydi. Axiyri, savollari jonimga tegib ketgach, romanimni chop qilasizmi o‘zi, yo yo‘qmi, deb dangal so‘radim.

Shunda u besaranjom bo‘lib, lattachaynarlik qildi, so‘ng bu masalani shaxsan o‘zi hal qila olmasligini, asarim bilan muharrirlar hay’atining o‘zga a’zolari ham, ya’ni tanqidchilardan Latunskiy bilan Ariman hamda adabiyotshunos Mstislav Lavrovichlar tanishib chiqishlari kerakligini aytdi. U, ikki haftadan keyin keling, deb iltimos qildi.

Ikki haftadan keyin borgan edim, muttasil yolg‘on gapiraverganidan ko‘zlari g‘ilay bo‘lib qolgan bir qari qiz qabul qildi.

— Ha, u Lapshyonnikova, redaktsiya kotibasi, — dedi jilmayib Ivan: mehmon g‘azablanib ta’riflayotgan muhit ahli unga tanish edi.

— Bo‘lsa bordir, — shart so‘zini bo‘ldi mehmon, — xullas, shu ayol hammayog‘i dog‘-dug‘ va ancha g‘ijimlangan romanimni qaytarib berdi. U ko‘zini ko‘zimdan olib qochishga urinib:

— Hozir redaktsiyamiz ikki yilga yetadigan qo‘lyozmalar bilan ta’minlangan, shunga ko‘ra, romaningizni chop qilish masalasi, menimcha, boshqa ko‘rilmasa kerak, — dedi.

— Yana nimalar esimda qoluvdi-ya? — deb g‘o‘ldirardi usta, chakkalarini ishqalarkan. — Ha, qo‘lyozma hoshiyasiga sochilgan qip-qizil gulbarglar, yana mahbubamning ko‘zlari esimda. Ha, uning ko‘zlarini eslab qolganman.

Mehmonning hikoyasida dudmallik, allaqanday chala-chulpa gaplar ko‘proq uchray boshladi. U qiyalab yog‘an yomg‘irni esladi, podvaldagi makonida boshidan kechirgan mushkulotlar haqida, yana allaqayoqlarga borgani to‘g‘risida gapirdi. U, o‘zini kurashga da’vat etgan ayolni aslo ayblamasligi, ha, ha, unda hech gunoh yo‘qligi haqida pichirlab chinqirdi!

— O, esimda, esimda gazeta orasida ilova qilib kiritilgan varaq, — deb g‘o‘ldirardi mehmon, gazeta varag‘ining tasvirini havoda ikki barmog‘i bilan chizib ko‘rsatarkan, shunda Ivan mehmonning chalkash gaplaridan fahmladiki, boshqa bir muharrir ustaning romanidan kattagina parchani gazetada bosib chiqaripti.

Uning gapicha, oradan ikki kun o‘tar-o‘tmas, boshqa bir gazeta tanqidchi Arimanning: «Muharrir qanoti ostidagi dushman», degan maqolasi paydo bo‘lipti, bu maqolada yozilishicha, Ivanning mehmoni muharrirning beparvoligi va nodonligidan foydalanib, matbuotda Iisus Xrist madhiyasini yoritishga uringanmish.

— Ha, esimda, esimda! — deb chinqirib yubordi Ivan. — Lekin familiyangiz esimdan chikdi!

— Takror aytaman, familiyamni qo‘yaylik, endi u yo‘q, — deb javob qildi mehmon. — Gap familiyada emas. Bir kundan keyin boshqa bir gazetada Mstislav Lavrovich imzosi bilan boshqa maqola paydo bo‘ldi. Bu maqola muallifi pilatchilikka, hamda uni matbuotda yoritmoqchi bo‘lgan (yana o‘sha la’nati ibora!) dindor musavvirga zarba berishni, bergandayam, ayovsiz zarba berishni taklif qilgan edi.

Men bu «pilatchilik» so‘zidan dong qotib qolib, uchinchi gazetani varaqladim. Bu gazetada ikki maqola bor edi: biri — Latunskiyniki, ikkinchisiga esa «N. E.» deb imzo qo‘yilgan edi. Men sizga aytsam, Ariman bilan Lavrovichning maqolalari Latunskiy yozgan maqola oldida «holva» edi. Latunskiy maqolasiga qo‘yilgan sarlavhaning o‘zi ham sizga kifoya: «Eski mazhabning jangari namoyandasi». O‘zim to‘g‘rimda yozilgan maqolalarni o‘qishga shunchalik berilib ketibmanki, mahbubamning (eshikni berkitishni unutgan ekanman) qo‘lida jiqqa ho‘l zontik va namiqqan bir dasta gazeta bilan qanday tepamga kelib qolganini ham payqamabman. Uning ko‘zlaridan o‘t chaqnar, muzdek sovuq qo‘llari qaltirar edi. Oldiniga u o‘zini bag‘rimga otib, meni o‘paverdi, o‘paverdi… keyin, qo‘lini stolga tap-tap urgancha, hirqiroq ovoz bilan Latunskiyni albatta zaharlab o‘ldirajagini aytdi.

Ivan sal xijolat bo‘lib tomoq qirib qo‘ydi-yu, lekin hech nima demadi.

G‘am-anduh to‘la kunlar boshlandi. Roman yozilib bo‘lgan, boshqa qiladigan ish yo‘q edi, endi ikkovimiz pechka oldiga yozilgan gilamchada olovga tikilib o‘tirardik, xolos. Biz endi tez-tez vidolashib turardik. U sayr qilgani chiqib ketadigan bo‘ldi. Mening hayotimda esa g‘aroyib hollar sodir bo‘la boshladi, to‘g‘ri, bunday hollar menda ilgari ham tez-tez bo‘lib turardi… Men kutilmaganda bir do‘st orttirdim. Ha, ha, ishonavering, umuman olganda mening juda bema’ni odatim bor: odamlar bilan til topishishim qiyin juda, hech kimga ishonmayman, sal narsaga shubhalanaveraman. Lekin — qizig‘i shundaki, shu odamoviligimga qaramay, kelib-kelib, mutlaqo faraz qilinmagan, kutilmagan bironta odam, garchi tashqi qiyofasi otni hurkitadigan tasqara bo‘lsa ham, albatta didimga o‘tirib qoladi.

Xullas, o‘sha mash’um paytlarda bir kun bog‘chamizning ko‘cha eshigi ochilib, hovliga bir odam kirdi. Esimda, kuzning orombaxsh kunlaridan biri edi. Xotinim uyda yo‘q edi. Kelgan odamning uy sohibida biron ishi bo‘lsa kerak, unikiga kirib ketdi, so‘ng bog‘chaga tushib, men bilan hol-ahvol so‘rashdi-da, bir zumda tanishib ham oldi. U o‘zini muxbir deb tanitdi. U menga shu qadar yoqib qoldiki, bilasizmi, hanuzgacha ba’zida uni eslab, qo‘msab qo‘yaman. Bora-bora u uyimga tez-tez keladigan bo‘ldi. Ma’lum bo‘lishicha, u bo‘ydoq ekan, mendan sal nariroqda xuddi menikiga o‘xshagan mo‘’jazgina kvartirada turarkan, ammo unga kvartira torlik qilayotganmish, hokazo va hokazo. Negadir u meni uyiga hech taklif qilmasdi. Xotinimga u sira ham yoqmadi. Ammo men uning yonini oldim. Shunda xotinim:

— Bilganingni qil, — dedi, — lekin bu odam menda faqat nafrat uyg‘otyapti.

Men kulib yubordim. Darvoqe, bu odam qay jihati bilan meni o‘ziga rom qilgan edi? Gap shundaki, o‘z g‘ilofi ichida bironta favqulodda xislati bo‘lmagan odamning, umuman, qizig‘i yo‘q. Lekin Aloiziyning (ha-ya, unutibman — yangi tanishimning ismi-sharifi Aloiziy Mogarich edi) g‘ilofida shunday xislat mavjud edi. Alalxusus, Aloiziydek donishmand odamni ilgari hech yerda uchratmaganman, aminmanki, bundan keyin ham aslo uchratmayman. Agarda gazetada bosilgan biron maqolaning ma’nosiga tushunolmasam, Aloiziy uni bir zumda tushuntirib berar, tushuntirgandayam hech qiynalmasdan, oson va ravon tushuntirardi. Hayotiy voqealar va masalalarni ham shunday oson izohlab berardi u. Lekin hali bu hammasi emas edi. Aloiziy adabiyotga bo‘lgan ishtiyoqi bilan meni o‘ziga rom qilgan edi. To uning iltimosiga ko‘ra romanimni boshidan-oxirigacha o‘qib bermagunimcha hech tinchimadi u. Keyin esa roman to‘g‘risida maqtov gaplar aytdi, lekin xuddi muharrirning romanim to‘g‘risidagi mulohazalarini o‘z qulog‘i bilan eshitgandek, u ham o‘sha fikrlarni aytib, og‘zimni ochirib qo‘ydi. Aloiziy muharrirning mulohazalarini bekamu ko‘st takrorlagandi. Bundan tashqari, nima sababdan romanim chop qilinmasligini ham nihoyatda aniq izohlab berdiki, bu fikrda hech xato yo‘qligini o‘zim ham anglay boshlagan edim. U, falon bobingiz o‘tmaydi, deb gapning ochig‘ini aytdi-qo‘ydi.Lekin maqolalarning keti uzilmasdi. Eng dastlabkilari ustidan kulgan edim. Biroq maqolalar soni ko‘paygan sari ularga nisbatan munosabatim ham o‘zgara bordi. Ikkinchi bosqich — ajablanish bosqichi bo‘ldi. Bu maqolalar tahdidona va dadil yozilgan bo‘lishiga qaramay, ularning deyarli har bir satrida o‘ta qalbakilik va dargumonlik ohangi sezilib turardi. Menga, ularning mualliflari o‘zlari aytmoqchi bo‘lgan gaplarni emas, boshqa fikrlarni bayon qilayotganday tuyular, ularning darg‘azabligiga sabab ham shu bo‘lsa kerak, deb o‘ylardimu shu fikrimdan hech xalos bo‘lolmasdim. Bundan keyin, men sizga aytsam, uchinchi bosqich — qo‘rquv bosqichi boshlandi. Yo‘q, yo‘q, u maqolalar emas, ishoning, balki ulargayam, romanimgayam taalluqli bo‘lmagan mutlaqo boshqa narsalar meni cho‘chita boshladi. Mana, masalan, qorong‘ilikdan qo‘rqadigan bo‘lib qoldim. Qisqasi, ruhiy betoblik bosqichi boshlangan edi. Kichkina xonamda uyqu oldidan chiroqni o‘chirishim bilan, nazarimda, go‘yo derazadan, garchi u yopiq bo‘lsa ham, qandaydir ro‘dapo uzun-uzun, sovuq paypaslagichlarini o‘ynatib kirib kelayotganday bo‘lardi. Oqibat, kechalari chiroq yorug‘ida uxlaydigan bo‘ldim.

Mahbubam judayam o‘zgarib ketdi (turgan gapki, ro‘dapo to‘g‘risida unga churq etmadim. Lekin u ahvolimning chatoqlashayotganini seza boshlagan edi), ozib, rangi o‘chib, kulmay qo‘ydi, romandan parcha bostirishni maslahat bergani uchun qayta-qayta uzr so‘ray boshladi mendan. Endi u hamma narsani boshdan soqit qilib, janubga, Qora dengiz bo‘yiga jo‘nashni, yuz ming so‘mlik yutukdan qolgan pulni sarflab, o‘sha yerda dam olishni maslahat bera boshladi menga.

Bu fikrida u qattiq turib oldi, men esam u bilan tortishmaslik uchun (Qora dengizga jo‘nab keta olmasligimni ko‘nglim sezayotgan edi) shu yaqin kunlarda jo‘nab ketishga va’da berdim. Biletni uning o‘zi oladigan bo‘ldi. Shunda men o‘n ming so‘mcha keladigan pulning hammasini uning qo‘liga tutqazdim.

— Nima qilaman shuncha pulni? — deb ajablandi u.

Men bo‘lsam, o‘g‘irlatib qo‘yishdan qo‘rqaman, shuning uchun, to jo‘nab ketgunimcha senda tura tursin, degan mazmunda bahona qiddim. U pulni olib sumkachasiga soldi va meni qayta-qayta o‘parkan, shunday dedi:

— Seni shu ahvolda yolg‘iz tashlab ketganimdan o‘lganim afzal, lekin na qilayki, meni kutishmoqda, zaruratga tobe bo‘lmay ilojim yo‘q, ammo ertaga albatta kelaman. O‘tinaman sendan, hech nimadan cho‘chima.

Bu oktyabr oyining o‘rtalarida, endi qosh qoraya boshlagan paytda bo‘lgan edi. U jo‘nab ketdi. Men divanga yotib, chiroqni ham yoqmay uxlab qoldim. Bir mahal xonamga ro‘dapo kirganini tuyib uyg‘onib ketdim. Qorong‘ida paypaslab zo‘r-bazo‘r chiroqni yoqdim.

Cho‘ntak soatim tungi soat ikkini ko‘rsatardi. Men yotayotganimda sirqovlanib turuvdim, endi betob bo‘lib uyg‘ondim. Nazarimda, kuz zulmati deraza oynasini sindirib xonaga quyildi-yu, men xuddi siyohga o‘xshovchi shu zulmatda g‘arq bo‘layotgandek his qila boshladim o‘zimni. Men endi o‘zini eplay olmaydigan noshud odam bo‘lib uyg‘ongan edim. Men chinqirib yubordim, miyamda biron kimsaning, chunonchi yuqori qavatda turuvchi uy sohibining oldiga panoh istab chiqish fikri tug‘ildi. Xuddi telba odamdek o‘zim bilan o‘zim kurasha boshladim. Nihoyat, pechka oldiga borib, ichiga qalangan o‘tinni yoqib yuborishga qurbim yetdi. O‘tin shitirlab yonib, pechka eshigi sharaqlab yopilgandan keyingina o‘zimni ancha yengil tortganday his qildim… Keyin dahlizga yugurib chiqib, u yerda ham chiroq yoqdim, bir shisha oq vino topib, tiqinini oldimu to‘g‘ri og‘zidan icha boshladim. Natijasida qo‘rquv bir qadar susaydi — shu qadarki, uy sohibining huzuriga yugurmay, pechka oldiga qaytdim. Pechka eshigini lang ochib qo‘yib (olovning tafti yuz-qo‘llarimni kuydirgudek qizdira boshladi), pichirladim:

— Ahvolim og‘irlashganini his qilsang-chi. Tezroq qoshimga kelsang-chi, kel, kel!

Lekin hech kim kelmadi. Pechkada olov gurillab yonar, yomg‘ir derazani savalardi. Shunda eng so‘nggi falokat sodir bo‘ldi. Men stol g‘aladonidan romanimning mashinkada ko‘chirilgan salmoqli nusxalariyu xomaki qo‘lyozmalarim bilan to‘ldirilgan daftarlarni olib, ularni yoqa boshladim. Bu nihoyatda mashaqqatli ish, chunki yozilgan qog‘ozlar uncha yaxshi yonmaydi. Shuning uchun, tirnoqlarimni sindirib bo‘lsa ham, daftarlarni dabdala qilib yirtib, ularni palyonlar orasiga tikkaytirib qo‘yar va kosov bilan titkilardim. Yongan qog‘ozlarning kuli ba’zida olov ustini bosib, meni xunob qilar, lekin men bo‘sh kelmasdim, natijada, romanim ko‘p qarshilik qilib bo‘lsa ham, baribir nobud bo‘la boshladi. Ko‘z oldimda tanish so‘zlar paydo bo‘lar, sahifalar pastdan yuqoriga bir me’yorda sarg‘aya borar, lekin shunda ham so‘zlar ko‘rinib turardi. Ular qog‘oz qoraya boshlagandagina g‘oyib bo‘lardilar, shunda men kosov bilan kavlab ularni yo‘q qila boshlardim.

Xuddi shu payt kimdir derazani ohista tirnadi. Yuragim «shig‘» etib ketdi-yu, oxirgi daftarni olovga tashlab, eshikni ochgani yugurdim. Hovliga ochiladigan eshikka g‘isht pillapoyalardan chiqish kerak edi. Men qoqila-suqila shu eshik tagiga borib ohista so‘radim:

— Kim u?

Tanish ovoz — mahbubamning ovozi javob berdi:

— Menman.

Qanday qilib eshik zanjiri bilan ilgagini tushirdim — bilmayman. U boshdan-oyoq shalabbo, yonoqlari ho‘l, sochlari parishon holda ostona hatlab ichkari kirdi-yu, dag‘-dag‘ titragancha o‘zini quchog‘imga otdi. Men faqat bitta so‘zni takrorlay oldim xolos:

— Sen… sen? — dedimu tovushim chiqmay qoddi, keyin ikkovimiz pastga otiddik. U dahlizda paltosini yechib tashladi, so‘ng biz birinchi xonaga o‘kday otilib kirdik. U ohista chinqirib yuborib, yalang‘och qo‘lini shartta pechkaga tikdida, endi ostidan alanga ola boshlagan oxirgi dasta qo‘lyozmani tortib olib polga tashladi. Shu zahoti butun xona tutunga to‘ldi. Men oyoqlarim bilan tepib olovni o‘chirdim, u esa o‘zini divanga otib, o‘pkasi to‘lib, yum-yum yig‘lay boshladi.

U axiri tinchidi, men gap boshladim:

— Ko‘rarga ko‘zim yo‘q bu romanni, men qo‘rqaman. Betobman. Meni dahshat qamrab olyapti.

U o‘rnidan turib o‘tirib, gapga kirdi.

— Voy, xudoyim, kasal bo‘lib qopsan-u. Nega endi, nega axir? Baribir seni darddan forig‘ qilaman, seni qutqaraman. Bu qanday bedodlik?

Men uning tutun va yig‘idan shishgan ko‘zlarini ko‘rdim, peshanamni silay boshlagan muzdek qo‘llarini his qildim.

— Men seni davolab tuzataman, tuzataman, — deb g‘o‘ldirardi u yuzini yelkamga qo‘yib, — sen hali uni yana tiklaysan. Nega, nega bir nusxasini o‘zim saqlab qo‘ymadim!

U darg‘azab qiyofada tishlarini irjaytirdi, yana allanimalarni gapirdi. Keyin lablarini chirt yumib olib, kuygan varaqlarni terib, tekislay boshladi. Bu — roman o‘rtasidagi bir bob edi. U kuygan varaqlarni avaylab taxlab qog‘ozga o‘radida, ustidan lenta bilan bog‘ladi. Uning butun xatti-harakatida qat’iyat mavjud edi, o‘zini qo‘lga olib olganligi yaqqol ko‘rinib turardi. U vino so‘rab, ichib oldi-da, keyin ancha bamaylixotir gapira boshladi.

— Aldamchilik bilan yashashning oqibati shunaqa voy bo‘ladi, — derdi u, — bo‘ldi, endi hech aldamayman. Hoziroq sen bilan qolgan bo‘lardim-u, lekin bu tarzda ish tutishni xohlamayman. Uyidan tunda qochib ketganimni u doim alam bilan eslab yurishini istamayman. U menga hech qachon, hech qanday yomonlik qilmagan. Uni hozir to‘satdan chaqirtirib qolishdi, zavodlarida yong‘in bo‘lganmish. Lekin u hademay qaytib keladi. Men u bilan ertaga gaplashaman, boshqa odamni sevaman, deb aytaman unga, keyin butunlay sening yoningga kelaman. Qani, ayt, balki bunday qilishimni xohlamassan?

— O, bechoraginam, — dedim unga, — bunday qilishingga yo‘l qo‘ymayman. Ahvolim yana mushkullashadi, shu bois seni ham men bilan birga nobud bo‘lishingni xohlamayman.

— Faqat shu sababmii? — deb so‘radi u ko‘zlarini ko‘zimga yaqin olib kelib.

— Faqat shu.

U birdan ruhlanib ketdi, bo‘ynimdan quchib meni bag‘riga bosgancha dedi:

— Unda men ham sen bilan birga nobud bo‘laman. Ertalab qaytib kelaman.

Mana, hayotimda eslab qolganim oxirgi manzara — qiya ochilgan dahliz eshigidan tushgan yorug‘da uning hilpiragan soch tolasi, boshidagi beret va jur’at to‘la ko‘zlari. Yana ostonada uning qora ko‘lankasiyu qog‘ozga o‘ralgan oq tugunchak ham xotiramda qolgan.

— Seni kuzatib qo‘ygan bo‘lardim-u, lekin yolg‘iz qaytib kelishga majolim yo‘q, qo‘rqaman.

— Qo‘rqma. Yana bir necha soat sabr qil. Ertaga ertalab yoningda bo‘laman. — Bu uning hayotimdagi oxirgi so‘zlari bo‘ldi.

— Tss! — deb bemor birdan o‘z so‘zini bo‘ldi-yu, barmog‘ini ko‘tardi, — bugun oydin tun juda beorom.

U balkonga chiqib ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi. Ivan koridordan aravacha g‘ildirab o‘tganini, kimningdir piqillab yig‘lagani yo zaifgina chinqirganini eshitdi.

Hammayoq tinchigandan keyin mehmon yana qaytib keldi va 120-xonaga odam joylashtirilganini xabar qildi. Olib kelingan odam nuqul boshimni qaytarib beringlar, deb yolborarmish. Suhbatdoshlar avvaliga bezovta bo‘lishib jim o‘tirishdi, keyin ko‘ngillari joyiga tushgach, bo‘lingan suhbatni davom ettirishdi. Mehmon endi gapga og‘iz juftlagan edi… lekin bugungi tun chindanam notinch edi — hamon yo‘lakdan g‘o‘ng‘ir-g‘o‘ng‘ir ovoz eshitilardi. Oqibat, mehmon gaplarini eshitilar-eshitilmas pichirlab Ivanning qulog‘iga ayta boshladiki, uning:

— Mahbubam jo‘nab ketgandan keyin oradan chorak soat o‘tgach derazamni taqillatishdi… — degan birinchi jumlasidan boshqa hamma gaplarini faqatgina shoir eshitdi, xolos.

Bemor shoirning qulog‘iga pichirlab aytgan gaplar, chamasi, uni qattiq iztirobga solayotgan edi. Dam o‘tmay uning afti tirishar, ko‘zlari goh tahlikali, goh g‘azab bilan boqardi. U endi balkonda ko‘rinmay qolgan oy tomonga qo‘li bilan ishora qilardi. Tashqaridan kelayotgan tovushlar butunlay tingandan keyingina mehmon Ivandan sal surilib o‘tirib, xiyol balandroq ovoz bilan gapini davom ettirdi.

— Ha, keyinchalik, yanvarning o‘rtalarida, tunda, men o‘z hovlimizda tugmalari uzib olingan o‘sha paltomda sovuqdan diydirab turardim. Orqamda nastarin butalarini ko‘mib yuborgan qor uyumi, oldimda, oyog‘im ostida — darparda tutilgan, g‘ira-shira yori-tilgan derazalarim. Men birinchi derazaga engashib quloq sola boshladim — xonalarimdan patefon ovozi eshitilardi. Qulog‘imga chalingan tovush faqat shu bo‘ldi. Lekin hech nima ko‘ra olmadim. Yana bir oz turib, bog‘cha eshigidan tor ko‘chaga chiqdim. Kuchli izg‘irin ko‘tarilgan edi. Oyog‘im ostida o‘ralashgan bir it meni cho‘chitib yubordi, o‘zimni undan olib qochib, ko‘chaning narigi betiga o‘tdim. Doimiy hamrohim bo‘lib qolgan ayoz va qo‘rquv asablarimni barbod etib, umidsizlikka mubtalo qilgan edi. Boradigan yerim yo‘q, eng oson yo‘li, tor ko‘chamizdan chiqib, o‘zimni tramvay tagiga tashlash edi. Ichi chiroqlar bilan yoritilgan, hammayog‘ini muz qoplagan bu yashiklarning sovuq iz ustida odamning g‘ashini keltiruvchi g‘ijirlashini olisdan eshitdim. Lekin, o aziz qo‘shnim, hamma balo shundaki, qo‘rquv mening har bir hujayramni mahv etib olgan edi. Binobarin, tramvaydan ham xuddi itdan qo‘rqqanday qo‘rqardim. Ha, bu binoda mening dardimdan og‘ir dard yo‘q hech kimda, gapimga ishonavering.

— Lekin siz u ayolga xabar qilishingiz mumkin edi-ku, — dedi Ivan bechora bemorga achinib, — undan keyin, pulingiz ham qolgan edi-ku unda? Saqlab qo‘ygan bo‘lsa kerak, albatta?

— Siz bunga hech shubha qilmang, albatta saqlab qo‘ygan. Lekin siz, nazarimda, meni tushunmayapsiz chog‘i? Yoki, aniqrog‘i, bir vaqtlardagi voqeani ta’riflash qobiliyatimni yo‘qotgan bo‘lsam kerak. Sirasini olganda, men unga ko‘pam achinmayman, chunki uning keragi bo‘lmaydi endi menga. Agar qo‘liga, mehmon tungi zulmatga iltifot bilan tikildi, jinnixonadan maktub borib tushsa… Axir bunaqa adresdan qanday qilib xat yuborib bo‘ladi? Ruhiy kasaldan? Hazil qilyapsiz, do‘stim! Yo‘q, uni baxtsiz qilaymi? Qo‘limdan kelmaydi bu.

Ivan unga e’tiroz bildirolmadi, lekin kamsuxan mezbon mehmonning ahvoliga achindi, unga hamdard bo‘ldi. U esa o‘z xotiralaridan iztirob chekib, qora qalpoqcha kiygan boshini tinmay irg‘atib o‘tirarkan, derdi:

— Sho‘rpeshona juvon. Lekin, u meni unutib yuborgan bo‘lishi ham mumkin!

— Hali siz tuzalib ketasiz… — qimtinibgina dedi Ivan.

— Dardim bedavo, — deb xotirjam javob qildi mehmon, — Stravinskiy meni hayotga qaytarishga va’da qilyapti, lekin men unga ishonmayman. U insonparvar doktor, shunchaki tasalli bermoqchi menga. Lekin inkor qilmayman, hozir ancha tuzukman. Darvoqe, nimaga kelib to‘xtagandim? Ayoz, g‘izillab borayotgan tramvaylar. O‘sha paytda, bu shifoxonaning ochilganidan xabarim bor edi, shuning uchun butun shaharni piyoda bosib o‘tib keldim bu yerga. Telbalik edi bu, albatta! Shahar tashqarisida men sovuq qotib o‘lib ketardim ehtimol, lekin bir tasodif jonimga oro kir-di. Shahar qopqasidan to‘rt kilometrcha berida yo‘lda bir yuk mashinasini ko‘rdim, u bir nimasi buzilib to‘xtab turgan ekan, men shofyordan iltimos qilgan edim, buni qarangki, u menga rahm qildi. Mashina o‘zi shu yoqqa kelayotgan ekan. Meniyam o‘zi bilan olib keldi. Bu safar paytida chap oyog‘imning barmoqlarini sovuq oldirdim, xolos. Lekin, oyog‘imni davolab tuzatishdi. Mana, sal kam to‘rt oydan beri shu yerdaman. Bilasizmi, bu yer sira, sira yomon emas, menimcha. To‘g‘ri, ulkan rejalarga bosh qotirib o‘tirishning hojati yo‘q bu yerda. Mana, masalan, men butun yer kurrasini aylanib chiqmoqchi bo‘lgan edim. Hay, nachora, bu nasib qilmadi. Endi, mana shu kurraning kichik bir bo‘lagini ko‘rib o‘tiribman. O‘ylaymanki, kurraning eng noyob qismi emas bu, ammo, takror aytaman, shunisigayam shukur. Mana, yoz kirib kelyapti, Praskovya Fyodorovnaning va’da qilishicha, balkonimizni pechak gul burkab olarmish. Kalitlar imkoniyatimni oshirdi. Kechalari oy chiqadi. Ie, botib ketibdi! Salqin tushdi. Tun yarim kechadan og‘di. Men boray endi.

— Ayting-chi, Ieshua bilan Pilatning taqdiri nima bo‘lgan edi, — deb so‘radi Ivan, — shuni bilmoqchiman, o‘tinaman sizdan, so‘zlab bersangiz.

— E, yo‘q, yo‘q, — dedi mehmon g‘ijinib kiftini uchirarkan, — romanimni eslasam butun vujudim qaqshab ketadi. Anavi Patriarx ko‘lida tanishganingiz sehrgar buni mendan yaxshiroq so‘zlab berishi mumkin. Suhbat uchun tashakkur. Xayr.

Ivan es-hushini yig‘ishga ulgurmasdan panjara ohista «shiq» etib yopildi-yu, mehmon g‘oyib bo‘ldi.

O‘n to‘rtinchi bob XO‘ROZGA TASANNO!

Rimskiyning asabi ortiq bardosh berolmadi, protokolni yozib bo‘lgunlaricha ham qanoat qilmay, o‘z kabinetiga otildi. U stodda uyulib yotgan sehrli pullardan qizargan ko‘zlarini uzolmay o‘tirardi. Miyasi g‘ovlab ketgan edi. Tashqaridan odamlar g‘ovuri bir maromda eshitilardi. Tomoshabinlar ko‘chaga oqib chiqa boshlagan edi. Moliya direktorining haddan ziyod ding bo‘lgan quloqlariga birdan militsiya hushtagining churillagani eshitildi. Turgan gapki, hushtak hech qachon o‘z-o‘zidan yaxshilikka churillamaydi. Churillash takrorlandi, shunda boshqa hushtak unga yordamga kelib, qattiqroq va cho‘zibroq churilladi, keyin shu hushtak ovoziga odamlarning qahqahasi, hatto qiyqirig‘i jo‘r bo‘ldiki, moliya direktori, ko‘chada yana bironta mashmasha, xunuk voqea sodir bo‘lganini va bu voqeaning albatta anavi jodugar bilan yordamchilari bajargan mash’um seansga bevosita daxldor ekanligini fahmladi. Ziyrak Rimskiy yanglishmagan edi, albatta.

U Sadovaya ko‘chasiga ochiladigan derazadan tashqariga qaradi-yu, afti burishib ketdi va pichirlab emas, aniqrog‘i, vishillab dedi:

— Biluvdim-a!

U ko‘cha fonarlarining kuchli yorug‘ida, o‘z derazasi ostida, pastda, yo‘lkada bir xonimning ichki ko‘ylak va binafsharang uzun trusikda turganini ko‘rdi. To‘g‘ri, xonimning boshida yana shlyapa, qo‘lida shamsiyasi ham bor edi.

Tamomila esankirab qolganidan, goh cho‘nqayib o‘tirishga, goh g‘izillagancha qayoqqadir qochishga shaylangan bu xonimning atrofini o‘rab olgan olomon g‘avg‘o ko‘targan, boya moliya direktorining etini jimirlatib yuborgan qahqahayu qiyqiriqlarning ijrochisi ham shu olomon edi. Ayolning atrofida bir grajdanin girdikapalak bo‘lib, egnidan avra paltosini yechishga urinar, lekin qattiq hayajonlanganidan, qo‘lini hech palto yengidan chiqara olmasdi.

Shu payt boshqa yerdan — chap tomondagi eshikdan ham qiyqiriq va vahshiyona qahqaha eshitildi-yu, Grigoriy Danilovich o‘sha yoqqa o‘girilib, pushtirang ichki ko‘ylakda turgan ikkinchi bir xonimni ko‘rdi. U o‘zini panaga olish maqsadida yo‘lkaga o‘tib, tezroq Varete darvozasiga kirmoqchi bo‘ldi, lekin ichkaridan chiqayotgan tomoshabinlar oqimi uning yo‘liga g‘ov bo‘ldiki, mal’un Fagotning firmasidan pand yegan, kiyim-kechakka shaydoligi va yengiltakligi oqibatida sharmanda bo‘lgan sho‘rlik ayol endi faqat bir narsani — yer yorilib, tezroq yerga kirib ketishni orzu qilardi. Militsioner hushtagini xuddi havoni parmalagandek churillatib, bu baxti qaro ayol tomon yugurdi, uning orqasidan kepka kiygan qandaydir xushchaqchaq yigitlar ergashdi. Shular ko‘chani boshlariga ko‘tarib qahqah urgan va qiyqirgan edilar.

Qotmadan kelgan, shopmo‘ylov olatasir bir izvoshchi qirchang‘i otini uchirib kelib, birinchi yechingan ayol tepasida taqqa to‘xtadida, og‘zining tanobi qochib, tirjaydi, Rimskiy o‘z boshiga mushtlab, tupurdi-da, derazadan nari ketdi.

U ko‘chadan kelayotgan shovqinga quloq solib bir oz utirdi. Hushtaklar sadosi hammayoqni tutib ketdi, keyin pasaya-pasaya axiyri tindi. Mojaro ham juda tez bosilib, Rimskiyni hayron qoldirdi.

Ortiq qo‘l qovushtirib o‘tirib bo‘lmasdi, mas’uliyatning achchiq og‘usini ichish payti yetgandi. Tomoshaning uchinchi bo‘limi paytida telefon apparatlari tuzatilgan edi, demak qo‘ng‘iroq qilib, sodir bo‘lgan voqea haqida tegishli joyga xabar qilish, yordam so‘rash, yolg‘on gapirish, hamma aybni Lixodeevga ag‘darish, o‘zini oqlashga harakat qilish kerak edi va hokazo. Ana xolos — la’nati yana ishlamayapti! Xunobi chiqqan moliya direktori ikki marta trubkani olib yana qo‘yib qo‘ydi. Shu payt birdan teran sukutga tolgan xonada apparat juda qattiq jaranglab, moliya direktorini cho‘chitib yubordi, u qo‘rqqanidan taxta bo‘lib qoldi. «Asablarim ancha chatoqlashipti», — deb o‘ylab trubkani ko‘tardi. Lekin shu zahoti uni qulog‘idan uzoqlashtirdiyu rangi dokadek oqarib ketdi. Trubkada ayol kishining ohista va ayni. paytda shahvatga da’vat etuvchi mug‘ambirona ovozi pichirlab dedi:

— Hech qaerga qo‘ng‘iroq qilma, Rimskiy, oqibati yomon bo‘ladi.

Shunday deb u trubkani qo‘yib qo‘ydi. Moliya direktorining eti jimirlab ketdi, trubkani qo‘yib, negadir o‘z orqasidagi derazaga o‘girilib qaradi. U endigina yashil libos kiya boshlagan zarang daraxtining siyrak novdalari orasidan shaffof bulut parchasi orqasida suzayotgan oyni ko‘rdi. Rimskiy, negadir, novdalarga mahliyo bo‘lib qoldi, u tikilgan sari vujudini qo‘rquv tuyg‘usi ko‘proq qamrab ola boshladi.

Nihoyat u oy mo‘ralab turgan derazadan zo‘r-bazo‘r yuzini o‘girib, o‘rnidan turdi. Endi biron yerga qo‘ng‘iroq qilish haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas edi, moliya direktori endi faqat bir narsa to‘g‘risi-da — qanday qilib tezroq teatrdan jo‘nab ketish haqida o‘ylardi.

U quloq soldi: teatr binosi suv quyganday jimjit. Rimskiy binoning ikkinchi qavatida anchadan beri o‘zidan bo‘lak hech kim yo‘qligini tushundi, tushundiyu go‘dakona kuchli qo‘rquv tuyg‘usi butun vujudini birdan mahv etdi. U hozir yolg‘iz o‘zi bo‘m-bo‘sh yo‘laklardan o‘tib borib zinadan tushishini o‘ylarkan, butun vujudi qaltirab ketdi. U gipnozchining stol ustida uyulib yotgan chervonlarini apir-shapir yig‘ishtirib portfelga soldi, o‘ziga bir oz bo‘lsa ham dalda berish uchun yo‘talib qo‘ydi. Lekin yo‘tali xirillab chiqib, zo‘rg‘a eshitildi.

Shu mahal uning dimog‘iga kabinetning eshigi ostidagi tirqishdan badbo‘y zax hidi urilganday bo‘ldi. Moliya direktorining eti jimirlab ketdi. Buning ustiga, ayni paytda soat yarim kechaga jom chala boshladi. Hattoki shu soat zangi ham moliya direktorini larzaga keltirdi. Keyin esa, kimdir eshik qulfiga kalit tiqib ohista buray boshlaganda-ku, yuragi qinidan chiqib ketayozdi. U nam va sovuq qo‘llari bilan portfelni mahkam changallab olarkan, qulf teshigidagi «qitir-qitir» yana bir oz davom etgudek bo‘lsa, bu dahshatga toqat qila olmay, «dod» deb baqirib yuborishini sezdi.

Nihoyat, eshik kimningdir ra’yiga yurib ochildi va kabinetga Varenuxa tovushsiz kirib keldi. Rimskiy turgan yerida kresloga tappa o‘tirib qoldi, chunki oyoqlarida darmon qolmagan edi. U o‘pkasini to‘ldirib havo oldi-da, xushomadgo‘y odamga o‘xshab tirjaydi va ohista dedi:

— Yo alhazar! Qo‘rqitib yubording-ku meni!

Ha, bunaqa qo‘qqisdan paydo bo‘lish har qanday odamni ham cho‘chitib yuborgan bo‘lardi, shunga qaramay, ayni paytda Varenuxaning kelishi katta shodiyona edi. Har qalay, bu chalkash jumboqning hech bo‘lmasa bitta uchi topildi-ku.

— Qani, gapir tezroq! Xo‘sh, xo‘sh! — deya xirilladi Rimskiy, shu topilgan jumboq uchiga yopishib olib, — nima gap ekan?

— Meni afv et, — deb g‘o‘ldiradi xonaga kirgan odam eshikni yoparkan, — seni ketib qolgandirsan deb o‘ylovdim.

So‘ng u kepkasini yechmay, kreslo oldiga bordi-da, stolning u tomoniga o‘tirdi.

Shuni aytib o‘tish kerakki, Varenuxaning javobi sal g‘alatiroq bo‘lib tuyuldi, shunda sezgirlikda dunyodagi eng yaxshi seysmik stantsiyaning seysmografi bilan ham bellashishga qodir bo‘lgan moliya direktori xushyor tortdi. Ie, bu qanaqasi bo‘ldi? Agarki, Varenuxa moliya direktorini kabinetda yo‘q deb faraz qilgan ekan, nega bu yerga keldi? Axir uning o‘z kabineti bor-ku. Bu — bir. Ikkinchidan:

Varenuxa teatr binosiga qaysi eshikdan kirganida ham, albatta tungi navbatchilardan birontasiga duch kelgan bo‘lardi, ularga esa, Grigoriy Danilovich o‘z kabinetida bir oz ushlanib qoladi, deb aytib qo‘yilgan edi.

Lekin moliya direktori bu gumonlar ustida ko‘p bosh qotirib o‘tirmadi. Ko‘ngliga sig‘masdi.

— Nega axir qo‘ng‘iroq qilmading? Anavi Yalta mashmashasining tagiga yetdingmi?

— Ha, aytganim to‘g‘ri chiqdi, — deb javob qildi administrator, xuddi og‘riq tishi bezovta qilayotganday tamshanib, — uni Pushkinodagi restorandan topishipti.

— Nima? Pushkinodan?! Moskva tashqarisidagi Pushkinodan? Telegrammalar Yaltadan keluvdi-ku?!

— E, Yaltaga balo bormi? Pushkinodagi telegrafchini ichirib mast qilibdi-da, keyin ikkalovi maynavozchilik qila boshlapti, shu jumladan: «Yalta» belgisi bilan telegrammalar ham yuborishgan.

— Ihi… ihi… Ha, yaxshi, yaxshi… — deb Rimskiy gapirmadi, balki kuylagandek bo‘ldi. Ko‘zlarida sarg‘ish o‘t chaqnadi. Miyasida, Styopaning sharmandalarcha ishdan olinishining tantanavor manzarasi gavdalandi. Ozodlik! Moliya direktori axiyri Lixodeev timsolidagi baloofatdan ozod bo‘ladi! Balki Styopan Bogdanovichga ishdan olinishdan ham battarroq jazo nasib etar… — Tafsilotini gapir! — dedi Rimskiy bosmani stolga gurs etib urib.

Varenuxa ham tafsilotni gapira boshladi. U moliya direktori yuborgan yerga boripti, borgan zahoti uni qabul qilishib, gaplarini diqqat bilan tinglashipti. Turgan gapki, Styopa Yaltada, degan fikr hech kimning xayoliga ham kelmapti. Lixodeev Pushkinodagi «Yalta» restoranida bo‘lishi kerak, degan Varenuxaning taxminiga hamma darhol qo‘shilipti.

— Hozir qaerda u? — deb administratorning so‘zini bo‘ldi hayajonlanayotgan moliya direktori.

— Qaerda bo‘lardi, — dedi administrator istehzoli ishshayib, — hushyorxonada-da, albatta.

— Qoyiil! Barakalla, azamat!

Varenuxa esa hikoyasini davom ettirdi. U gapirgan sari Lixodeevning behayoligu bezoriliklari moliya direktorining ko‘zi oldidan uzun zanjirning halqalaridek tizilib o‘ta boshladi, lekin zanjirning navbatdagi har bir halqasi oldingilaridan battarroq manzaralarni namoyon qilardi. Mana, masalan, uning Pushkino telegrafi oldidagi maysazorda g‘irt mast hodda telegrafchi bilan quchoqlashib, qandaydir sayoq garmonchining na’masiga raqs tushganini nima deb atash mumkin? Yoki qandaydir ayollarni chinqirtirib quvganini oling! Yana «Yalta» ning o‘zida bufetchi bilan yoqalashmoqchi bo‘lipti! O‘sha «Yalta» ning ichida to‘polon qilib, ko‘p piyozni yerga sochib tashlapti! «Ay-Danilya» degan oq musallasning sakkiz shishasini chil-chil qipti. Styopaki olib ketishni xohlamagan taksi shofyorining schyotchigini urib sindiripti. Uning bu qabihliklariga chek qo‘ymoqchi bo‘lgan odamlarga, qamataman, deb do‘q qilganini aytmaysizmi. Xullas, aql bovar qilmaydigan gaplar.

Styopa Moskvaning teatr ahli davrasida «otning qashqasi» bo‘lib, uning g‘irt g‘urbat ekanligi hammaga ayon edi. Lekin shunga qaramay, administrator topib kelgan mish-mishlar hattoki shu Styopa uchun ham lof edi. Ha, o‘taketgan darajada lof edi…

Rimskiy o‘tkir ko‘zlarini administratorning yuziga xuddi yeb qo‘ygudek bo‘lib tikdi, lekin bu ko‘zlar hikoya qancha ko‘p cho‘zilgan sari, shuncha ma’yuslasha bordi. Administratorning qissasidagi qabohatli tafsilotlar qanchalik hayotiyroq va yorqinroq bo‘lgan sari… moliya direktori unga shuncha kamroq ishona boshladi. Varenuxa Styopaning itday quturib, uni Moskvaga olib ketgani borgan odamlarga ham qarshilik ko‘rsatgani haqida hikoya qila boshlaganida moliya direktori yarim kechada qaytib kelgan administratorning hamma gaplari yolg‘onligiga batamom ishondi! Ha, gaplarining hammasi — boshidan to oxirigacha g‘irt yolg‘on edi.

Varenuxa Pushkinoga bormagan, Styopa ham Pushkinoda yo‘q edi. Mast telegrafchi ham bo‘lmagan, resto-randa shisha ham sindirilmagan, Styopani ham hech kim arqon bilan bog‘lamagan… — bularning hech biri bo‘lmagan.

Rimskiy administratorning aytayotganlari g‘irt olg‘on degan qat’iy fikrga kelishi bilan uning oyoqlaridan boshlangan qo‘rquv hissi butun vujudini qamrab oldi, shunda bezgak balchig‘ining hidi bir emas, ikki marta yana yer yuzalab suzgandek tuyuldi unga. Moliya direktori kresloda juda g‘alati yo‘sinda gujanak bo‘lib o‘tirib, xuddi chiroq shu’lasidan ko‘zini olib qochmoqchi bo‘lganday yuzini gazeta bilan go‘sib, muttasil stol lampasining havorang soyasi panasida bo‘lishga uringan administratordan bir zum ham ko‘zini uzmas ekan, paqqos: bularga qanday tushunish kerak? — deb bosh qotirardi. Axir, shunday bemahalda kirib kelgan administrator butun bino sukutga tolib, huvillab yotgan bo‘lishiga qaramay, nega endi ayyorona yolg‘on gapiryaptiykin? Shunday xayolga borgan moliya direktorining qalbini, oqibat, mavhum, ammo mudhish xatar hissi kemira boshladi. U Varenuxaning gapni chalg‘itayotganini ham, yuzini gazeta bilan to‘sib nayrang qilayotganini ham go‘yo payqamaganday bo‘lib, uning javrashlariga deyarli quloq solmay, yuziga astoydil tikilib qaray boshladi. Varenuxaning yuzida izohlab bo‘lmaydigan qandaydir o‘zgarish mavjud ediki, bu — Pushkino sarguzashtlari haqidagi uydirmalarning nima sababdan to‘qilganidan ham mavhumroq edi, ya’ni o‘sha «qandaydir» deganimiz — administratorning tashqi qiyofasi va sulukatidagi o‘zgachalik edi.

U yuzini soya qilish uchun kepkasining o‘rdak-tumshuq soyabonini ko‘zlarigacha bostirib kiyishga qanchalik urinmasin, qo‘lidagi gazetani qanchalik yoyib, aylantirib ko‘rmasin, — baribir, Rimskiy uning o‘ng yuzi, burnining yoni momataloq bo‘lganini ko‘rib oldi. Bundan tashqari, odatda hamisha jo‘shqin tabiat administrator hozir xasta odam kabi bo‘zday oqarib ketgan, bo‘yniga esa shu tungi dim havoda negadir eskirib ketgan yo‘l-yo‘l sharf o‘rab olgan edi. Bu o‘zgarishlarga yana administratorning teatrda bo‘lmagan shu qisqa vaqt ichida tishlari orasidan havo so‘rib tamshanishdek xunuk odat chiqarganini, ovozining judayam o‘zgarib, bo‘g‘iq va dag‘al bo‘lib qolganini, ko‘zlarida olazaraklik va qo‘rquv alomati paydo bo‘lganini ilova qiladigan bo‘lsak — Ivan Savelevich Varenuxani tanib bo‘lmay qopti, deb dadil aytish mumkin.

Moliya direktorini yana allanima qattiq bezovta qilardi, lekin u sertashvish miyasini qanchalik qotirib ko‘rmasin, Varenuxaga qanchalik tikilib qaramasin, o‘sha bezovta qilayotgan narsaning nimaligini hech fahmlay olmasdi. U faqat bir narsani — administ-ratorning Rimskiyga juda tanish bo‘lgan kresloda o‘tirishda qandaydir g‘ayritabiiylik mavjudligini, Varenuxa bilan kresloning bir-biriga qovushmayotganligini ta’kidlashi mumkin edi.

— Xullas, axiyri uni tappa tutib mashinaga bosishdi, — deb g‘o‘ldirardi Varenuxa momataloq yuzini kafti bilan to‘sib gazeta osha mo‘ralarkan.

Shunda Rimskiy birdan go‘yo bexosdan kaftini yoygancha qo‘lini uzatdida, ayni paytda, barmoqlarini stol ustida o‘ynatib turib, elektr qo‘ng‘iroq tugmasini bosib yubordi va… serrayib qoldi.

Bo‘m-bo‘sh binoda qo‘ng‘iroq ovozi jaranglab eshitilishi kerak edi, albatta. Lekin eshitilmadi, tugmacha stolga botdi-yu, ammo sado chiqmadi. Tugma o‘lik, qo‘ng‘iroq buzuq edi.

Moliya direktorining bu nayrangini Varenuxa payqadi, albatta, u kiftini uchirib, ko‘zlaridan jaholat uchquni sochgancha so‘radi:

— Nega qo‘ng‘iroq qilding?

— Qo‘lim tegib ketdi, — dedi bo‘g‘iq ovoz bilan Rimskiy va qo‘lini tortib oldi, so‘ng o‘z navbatida u ham hadiksirab so‘radi: — Yuzingga nima qildi?

— Mashina keskin burilgan edi, eshik bandiga urilib ketdim, — deb javob qildi Varenuxa ko‘zini undan olib qocharkan.

«Gapi yolg‘on!» — deb ko‘nglidan o‘tkazdi moliya direktori. Shunday xayolga bordi-yu, birdan ko‘zlari kosasidan chiqib ketgudek chaqchayib, telbalarcha boqdi — u kreslo suyanchig‘iga tikilib qolgan edi.

Kreslo orqasida, polda bir-birini kesib o‘tgan ikkita soya yotardi, biri quyuqroq va qoraroq, ikkinchisi xiragina, kulrang tusda edi. Kreslo suyanchig‘ining ham, o‘tkir uchli oyoqlarining ham soyasi polda yaqqol ko‘rinib turar, ammo Varenuxaning suyanchiq uzra ko‘rinib turgan boshining, shuningdek, kreslo poyidagi oyoqlarining soyasi ko‘rinmasdi.

«Axir uning soyasi yo‘q-ku!» — deb jonholatda dohilan chinqirib yubordi Rimskiy. Vujudi dag‘-dag‘ qaltiray boshladi.

Varenuxa Rimskiyning telbalarcha nigohini kuzatarkan, kreslo orqasiga o‘g‘rincha nazar tashladiyu misi chiqqanligini tushundi.

U kreslodan turib (moliya direktori ham unga taqlid qildi), portfelini qo‘lida mahkam ushlagancha stoldan bir qadam orqaga chekindi.

— Ha, payqab qolding-a, yaramas! Hamisha farosating o‘tkir bo‘lgan seni, — dedi Varenuxa moliya direktoriga, yuzingda ko‘zing bor demay zaharxanda qilib, keyin dafatan bir sakrab eshik oldiga bor-di-da, ingliz qulfi tugmachasini chaqqonlik bilan pastga bosdi. Moliya direktori boqqa ochiladigan deraza tomon chekinarkan, yalt etib unga o‘girildi va oy nuriga g‘arq bo‘lgan bu deraza oynaga qapishgan qip-yalang‘och bir ayolning yuzini va darchadan ichkariga tiqqan yalang‘och qo‘lini ko‘rdi — bu qo‘l derazaning pastki ilgagini ochishga urinardi. Yuqori ilgak tushirilib bo‘lgan edi.

Rimskiyning nazarida stol ustidagi chiroq o‘cha boshlagandek, yozuv stoli esa bir tomonga og‘ayotgandek tuyuldi. Muzdek sovuq, kuchli to‘lqin kelib unga urilganday bo‘ldi, ammo u butun kuchini sarflab o‘zini tutdi-yu yiqilmadi. Uning qolgan kuchi:

— Voydod… — deb baqirishga emas, pichirlashgagina yetdi.

Varenuxa eshikni qo‘rikdarkan, dikonglab sakrar, sakragandayam havoda uzoq-uzoq muallaq chayqalib turardi. U changaksimon barmoqlarini Rimskiy tomonga siltar, vishillar, tamshanar, deraza orqasida turgan yalang‘och ayolga ko‘z qisardi.

Ayol esa bu payt mallasoch boshini shosha-pisha darchadan tiqib, qo‘lini imkoni boricha cho‘zdi, derazaning pastki ilgagini tirnoqlari bilan tirnab, derazani silkita boshladi. Shunda uning qo‘li xuddi rezinkadek cho‘zila va murdaniki yanglig‘ ko‘kara boshladi. Nihoyat, bu murdaning ko‘kargan barmoqlari ilgakning uchini changallab uni yonga burdi, deraza asta ochila boshladi. Rimskiy ohista chinqirib, devorga suyandi va portfelini qalqon qilib oldinga surdi. Ajali yetganini tushungan edi u.

Deraza lang ochildi, lekin xonaga tungi salqin havo va jo‘ka gullari atri o‘rniga zax yerto‘la hidi «gup» etib kirdi. Murda ayol derazada turardi. Rimskiy uning siynasida iriy boshlagan dog‘larni aniq ko‘rdi.

Xuddi shu mahal bog‘dan, tir orqasidagi pastak binodan kutilmaganda xo‘rozning shodiyona qichqirig‘i eshitildiki, teatr programmalarida qatnashuvchi parrandalar shu yerga joylashtirilgan edi. Bu o‘rgatilgan dakang xo‘roz Moskvaga sharq yoqdan tong yaqinlashib kelayotganini qichqirib xabar qilgandi.

Ayolning chehrasi vahshiyona g‘azabdan burishib, hirqiroq ovoz bilan so‘kindi, eshik oldida havoda muallaq chayqalib turgan Varenuxa esa chiyillab yuborib, yerga «gurs» etib tushdi.

Xo‘roz yana qichqirgan edi, ayol tishlarini takillatdi, boshida malla soch tolalari tikkaydi. Xo‘roz uchinchi bor qichqirishi bilan u orqasiga o‘girildi-yu, derazadan uchib chiqib ketdi. Uning orqasidan Varenuxa ham bir sakrab, havoda eniga cho‘zildi va xuddi muhabbat tangrisi Kupidon yanglig‘ ohista suzib, yozuv stoli uzra uchib o‘tdi-da, derazadan chiqib ketdi.

Hali yaqinginada Rimskiy deb hisoblangan, endi esa sochida bironta ham qora tola qolmagan mo‘ysafid chol eshik oldiga yugurib bordi, ilgakni tushirib, eshikni ochdi va qop-qorong‘i dahlizdan g‘izillagancha yugurib ketdi. Zinaga buriladigan yerda u qo‘rquvdan ihrab-sihrab vklyuchatelni paypaslab topdi-yu zinani yoritdi. Butun vujudi dag‘-dag‘ titrayotgan chol zinada yiqilib tushdi, chunki nazarida, ustiga Varenuxa ohista bosib tushganday bo‘lgandi.

Pastga chopib tushgan Rimskiy navbatchining vestibyuldagi kassa oldida stulda uxlab o‘tirganini ko‘rdi. U navbatchining yonidan oyoq uchida o‘g‘rincha yurib o‘tib, asosiy eshikdan ko‘chaga chiqdi. Shundagina Rimskiy bir oz yengil tortdi. U shunchalik hushini yig‘ib olgan ediki, qo‘lini boshiga olib borib, hatto shlyapasi kabinetida qolib ketganini ham fahmladi.

Turgan gapki, u shlyapasini olgani qaytib kirmadi, balki halloslagancha keng ko‘chani kesib o‘tib muyulishdagi kinoteatr tomon chopdi, o‘sha yerda taksining xiragina qizg‘ish chirog‘i yonib turganini uzokdan ko‘rgan edi. U bir zumda o‘sha yerga yetib ham oldi. Xayriyat, mashinani hech kim ilib ketmabdi.

— Leningradning kurer poezdiga, choy puli beraman, — dedi qariya yuragini changallangancha hansirab pafas olarkan.

— Garajga ketyapman, — dedi gaofyor g‘ijinib va yuzini teskari o‘girdi.

Shunda Rimskiy portfelidan bitta ellik so‘mlik pul chiqardi-da, mashinaning oldingi ochiq oynasidan shofyorga uzatdi.

Yana bir lahzadan keyin shaldiroq mashina Sadovaya xalqa yo‘lidan quyundek yelib borardi. Passajir orqa xrindiqda damo-dam lik-lik sakrab borarkan, shofyor ro‘parasidagi bir parcha ko‘zguda goh uning shodiyona ko‘zlarini, goh o‘zining telbalarcha ko‘zini ko‘rardi.

Rimskiy vokzal binosi oldida mashinadan otilib chikdi-yu, oldiga oq fartuk tutib, hammollik nishoni taqqan birinchi duch kelgan odamga qichqirdi:

— Birinchi darajali vagon, bitta bilet, o‘ttiz so‘m beraman, — deb portfelidan chervonlarni g‘ijimlab ola boshladi, — birinchi yo‘q bo‘lsa — ikkinchi darajali, agar uyam yo‘q bo‘lsa — borini olaver.

Nishon taqqan odam porlab turgan elektr soatga qarab qo‘yib, Rimskiyning qo‘lidan chervonlarni yulqib oddi.

Yana besh minutdan keyin vokzalning oynavand gumbazi ostidan kurer poezdi o‘kday otilib chikdi va zulmat qo‘ynida g‘oyib bo‘ldi. Shu poezd bilan birga Rimskiy ham dom-daraksiz yo‘qoldi.

O‘n beshinchi bob NIKONOR IVANOVICHNING TUSHI

Turgan gapki, shifoxonaning 119-xonasiga yotqizilgan basharasi qip-qizil, baqaloq odam Nikonor Ivanovich Bosoy edi.

Biroq u professor Stravinskiyning ixtiyoriga kelmasdan oldin boshqa yerda ham bo‘ldi.

Nikonor Ivanovichning xotirasida o‘sha boshqa yerdan juda oz narsa: faqat yozuv stoliyu shkaf bilan divan qoldi.

Miyasiga quyilgan qondan va qattiq hayajonlanganidan ko‘z oldi xiralashgan Nikonor Ivanovich bilan u srda suhbatlashishdi, ammo suhbat juda g‘alati, poyintar-soyintar bo‘lib chiqdi, to‘g‘rirog‘i, suhbat chiqmadi.

Nikonor Ivanovichga berilgan birinchi savol bunday edi:

— Siz — Sadovaya ko‘chasidagi uch yuz ikkinchi-bis uy komitetining raisi Nikonor Ivanovich Bosoysiz, shundaymi?

Bunga javoban Nikonor Ivanovich dahshatli xoxolab, shunday javob qildi:

— Men Nikonorman, to‘g‘ri, Nikonorman! Lekin qanaqasiga rais bo‘lay?

— Buni qanday tushunish kerak? — deb so‘rashdi Nikonor Ivanovichdan ko‘zlarini qisgancha.

— Aytmoqchimanki, — deb javob qildi u, — agar rais bo‘lganimda, bir qarashdayoq uning shayton ekanligini fahmlagan bo‘lardim! Axir o‘zingiz o‘ylab ko‘ring! Pensnesining oynagi darz ketgan… ust-boshi bir holatda-yu… Axir qanaqasiga xorijlik odamning tarjimoni bo‘lishi mumkin?

— Kimni gapiryapsiz o‘zi? — deb so‘rashdi Nikonor Ivanovichdan.

— Korovyovni-da! — deb chinqirdi Nikonor Ivanovich, — uyimizning elliginchi kvartirasini egallab olgan u! Yozing! Korovyov. Darhol qo‘lga olish kerak uni! Yozing! Oltinchi pod’ezd. U o‘sha yerda.

— Valyutani qaerdan olding? — deb muloyim ohangda so‘rashdi Nikonor Ivanovichdan.

— Haq taolo, qodir xudo, — deb gapira boshladi Nikonor Ivanovich, — hammasini ko‘rib turiiti, o‘zimning boradigan yerim ham o‘sha yoq. Hech qachon qo‘limga ushlamaganman, valyuta o‘zi qanaqa bo‘lishini tasavvur ham qilmaganman! Xudo meni badkirdorligim uchun g‘azabiga olmoqda,

— deb hayajon bilan davom etdi Nikonor Ivanovich ko‘ylagining tugmalarini goh qadab, goh yechib, goh cho‘qinib, — to‘g‘ri, olganman! Olganman, lekin o‘zimizning sovet puli bilan olganman! To‘g‘ri, pul olib propiska qilganman, bo‘ynimga olaman. Ammo kotibimiz Prolejnev ham qolishmaydi, u ham anoyilardanmas! Ochig‘ini aytadigan bo‘lsak, uy boshqarmasidagilarning hammasi o‘g‘ri. Lekin valyuta olmaganman!

— Maynavozchilikni bas qilib, dollarni ventilyatsiya tuynugida qayoqdan paydo bo‘lganini gapirib oering! — deb Nikonor Ivanovichdan iltimos qilishgan edi, u tiz cho‘kib o‘tirib, og‘zini katta ochdi-da, xuddi parket taxtasini yutib yubormoqchi bo‘lganday, engashdi.

— Xohlasangiz, — deb po‘ng‘illadi u, — olmaganman deb qasam ichib, tuproq yeyishga ham tayyorman. Lekin Korovyov — shayton.

Har qanday sabr-toqatning ham chegarasi bo‘ladi, stol ortida o‘tirganlar Nikonor Ivanovichga, bas bo‘ldi, odamga o‘xshab gapiring, deb qattiqroq gapira boshlashdi.

Shunda Nikonor Ivanovich o‘rnidan sapchib turib ketib, o‘sha divan qo‘yilgan xonani boshiga ko‘targudek vahshiyona chinqirdi:

— Ana u! Ana, shkaf orqasida turipti! Masxara qilib kulyapti! Pensnesiyam o‘sha… Ushlanglar uni! Isiriq tutatinglar!

Nikonor Ivanovichning rangi quv o‘chib ketdi, u dag‘-dag‘ titragancha bo‘shliqni cho‘qintirar, g‘izillab eshik oldiga borib, yana orqasiga qaytar, allaqanday duo so‘zlarini ifoda bilan o‘qirdi, nihoyat, u mutlaqo tuturiqsiz gaplarni aljiy boshladi.

Nikonor Ivanovichdan biron bama’ni gap chiqmasligi ayon bo‘ldi. Uni olib chiqib ketib, alohida xonaga joylashtirishdi, u sal tinchidi, ammo piqillab yig‘lagancha, tinmay ibodat qila boshladi.

To‘g‘ri, Sadovaya ko‘chasigayam borib kelishdi. 50-kvartiraga ham kirib chiqishdi. Lekin u yerda hech qanaqa Korovyovni uchratishmadi, alalxusus, u uyda istiqomat qiluvchilardan hech kim Korovyov degan odamni tanimas ham, ko‘rmagan ham ekan. Marhum Berlioz bilan hozir Yaltaga jo‘nab ketgan Lixodeev yashab turgan kvartirada hech zog‘ yo‘q edi, kabinetdagi shkaflarga osilgan surg‘uchli muhrlar o‘z joyida osilib turardi. Shundan so‘ng tekshirgani kelganlar yana qaytib ketishdi, ayni paytda uy boshqarmasining kotibi, ruhi tushib gangib qolgan Prolejnev ham ular bilan jo‘nab ketdi.

Kechqurun Nikonor Ivanovichni Stravinskiyning shifoxonasiga eltib qo‘yishdi. U yerda bemor betinch bo‘lib, shu qadar quturdiki, natijada Stravinskiy retsepti bo‘yicha unga ukol qilishga to‘g‘ri keldi. 119-xonaga joylashtirilgan Nikonor Yvanovich faqat vaqt yarim kechadan o‘tgandagina uyquga ketdi, shunda ham uyqu aralash iztirobli ingrab-ingrab qo‘yardi.

Lekin bora-bora uyqusi halovatli bo‘la boshladi. To‘lg‘onishi, ingrashlari qolib, yengil va bir tekisda nafas ola boshladi, shundan keyingina uni xonada xoli qoldirishdi.

Keyin Nikonor Ivanovich tush ko‘rdi, shubhasiz, ko‘rgan tushiga bugun o‘z boshidan kechirgan voqealar asos bo‘lgan edi. Nikonor Ivanovichning tushi quyidagicha boshlandi: qo‘liga mis karnaylar ushlagan qandaydir odamlar juda zo‘r tantana bilan uni yaraqlagan ulkan bir eshik oldiga olib kelishganmish. Keyin shu eshik tagida o‘sha karnaychilar Nikonor Ivanovich sha’niga tabrik muzikasi

— tush chalganmish-u, qan-daydir guldurovchi yo‘g‘on ovoz uning boshi uzra sho‘x ohangda bunday deganmish:

— Marhabo, Nikonor Ivanovich! Valyutalarni topshiring.

Nikonor Ivanovich judayam hayron bo‘lib, boshini ko‘tarib, tepasida qop-qora radiokarnayni ko‘rganmish.

Keyin u negadir teatr zalida paydo bo‘lib qolipti, zalning zarrin shiftida billur qandillar porlab turarmish, devorlarda — kenketlar. Hamma narsa o‘z o‘rnidamish, uncha katta bo‘lmagan, ammo qimmat teatrda qanday bo‘lsa, bu yer ham shundaymish. Sahna ham, oltin rang o‘n so‘mliklarning kattalashtirilgan tasviri har yer-har yerida xuddi yulduzlar singari porlab turgan to‘q-qizil duxoba parda ham, suflyor budkasi ham, hattoki tomoshabinlar ham bor emish.

Nikonor Ivanovichni hayron qoldirgan narsa shu bo‘libdiki, hamma tomoshabinlar bir jins vakili — erkaklarmish, buning ustiga, negadir, hammalari soqollimish. Yana zalda bironta ham stul yo‘qligi, tomoshabinlarning yaraqlatib artilgan silliq polda o‘tirgani uni taajjubga solibdi.

Nikonor Ivanovich bu ulkan notanish jamoa davrasida o‘zini o‘ng‘aysiz his qilib, bir oz vaqt qimtinib turipti-da, so‘ng hamma qatori u ham xirs-mirsday keladigan bir mallasoqol odam bilan hammayog‘ini tuk bosib ketgan rangpar bir grajdanin o‘rtasiga, parket polga chordana qurib o‘tiripti. Lekin hech kim bu yangi tomoshabinga parvo ham qilmapti.

Shu mahal mayin qo‘ng‘iroqcha sadosi eshitilib, zalda chiroq o‘chipti, parda ochilib, charog‘on sahnada kreslo, ustiga oltin qo‘ng‘iroqcha qo‘yilgan stolcha va to‘rda qora duxoba parda ko‘rinipti.

Yon tomondan sahnaga soqol-mo‘ylovi silliq olingan, sochining o‘rtasidan farq ochilgan, egniga smoking kiygan istarasi issiq yosh bir artist chiqipti. Tomoshabinlar jonlanishib, sahna tomonga o‘girilipti. Shunda artist budka yaqiniga kelib turib, kaftlarini bir-biriga ishqab:

— O‘tiribsizlarmi? — deb so‘rapti mayin bariton ovoz bilan va jilmayib zalga qarapti.

— O‘tiribmiz, o‘tiribmiz, — deb baravariga javob qilishipti zalda chiyillagan va do‘rillagan ovozlar.

— Hm… — depti o‘ychanlik bilan artist, — tavba, jonlaringga tegmadimi-a, hayronman? Aqli raso odamlar hozir bahor oftobidan, iliq havodan bahra olib, ko‘chalarda sayr qilib yurishipti, senlar bo‘lsanglar, bu yerda, qoq yerda dimiqib o‘tiribsanlar! Nahot, programmamiz shu qadar qiziqarli bo‘lsa? Darvoqe, har kimning didi har xil bo‘ladi, — deb faylasufona yakunlapti so‘zini artist.

Keyin u ovozining tembrini ham, ohangini ham o‘zgartirib, yangroq ovoz bilan sho‘x ohangda e’lon qilipti:

— Shunday qilib, programmamizning navbatdagi nomerida uy boshqarmasining raisi va parhez oshxonasi mudiri Nikonor Ivanovich Bosoy sahnaga chiqadi. So‘raymiz, Nikonor Ivanovich!

Artistning gapini zal gulduros qarsaklar bilan kutib olipti. Hang-mang bo‘lib qolgan Niko-nor Ivanovich baqrayib qolipti, konferanse esa sahna oldidagi chiroqlardan ko‘zini kafti bilan to‘sib, zalda o‘tirganlar orasidan uni axtarib to-pipti-da, muloyim jilmayib, barmog‘i bilan uni sahnaga imlab chaqiripti. Shunda Nikonor Ivanovich qanday qilib sahnaga chiqib qolganini o‘zi bilmay qolipti.

Uning ro‘parasidagi va oyog‘i ostidagi chiroqlarning rang-barang shu’lalari ko‘ziga tushgan hamonoq tomoshabin to‘la zal zulmat qa’riga cho‘kib g‘oyib bo‘lipti.

— Qani, Nikonor Ivanovich, bir o‘rnak ko‘rsating-chi, — depti dilkashlik bilan yosh artist, — valyutani topshiring.

Butun zal sukutda emish. Nikonor Ivanovich bir xo‘rsinib qo‘yib, ohista gap boshlapti.

— Xudo ursin, agar…

U aytmoqchi bo‘lgan gapini aytib ulgurmasdan butun zal qahru g‘azab bilan shovqin sola boshlapti. Natijada Nikonor Ivanovich esankirab jim bo‘lib qolipti.

— Fahmimcha, — deb gapira boshlapti programmani boshqarayotgan artist, — siz xudoni o‘rtaga qo‘yib, «valyutam yo‘q» deb ont ichmoqchi bo‘ldingiz, shundaymi? — U Nikonor Ivanovichga hamdardlik bilan boqipti.

— Ha, shunday, yo‘q, — deb javob qilipti Nikonor Ivanovich.

— Unday bo‘lsa, — depti artist, — beadabligim uchun kechirasiz, siz bilan xotiningizdan o‘zga hech kim istiqomat qilmaydigan o‘sha kvartiraning hojatxonasidan topilgan to‘rt yuz dollar qanday borib qolipti u yerga?

— Sehr bilan-da! — debdi shunda kimdir qorong‘i zaldan oshkora kinoya bilan.

— Ha, shunday, sehr bilan, — deb qo‘rqa-pisa javob qilibdi Nikonor Ivanovich, lekin kimga javob qilganini: artistgami yo qorong‘i zalgami — bilib bo‘lmapti. Keyin u javobini izohlapti: — Ins-jins, ya’ni katak kamzul kiygan tarjimon tashlab ketgan.

Zalda yana darg‘azab shovqin ko‘tarilipti. Shovqin gingach esa artist gap boshlapti:

— Mana shunaqa lafontenona masallar ham ijro etilib turadi bu yerda! To‘rt yuz dollarni tashlab ketishganmish! Mana, sizlar hammangiz valyutafurushlarsiz! Sizlar — mutaxassislarsiz, qani ayting-chi — shunday bo‘lishiga aql bovar qiladimi?

— Biz valyutafurushlarmasmiz, — zalning u yer-bu yeridan bitta-yarimta ovoz eshitilipti, — lekin chindanam bunday bo‘lishi mumkin emas.

— To‘la-to‘kis qo‘shilaman, — depti artist qat’iy ohangda, — binobarin, sizlarga savolim bor: masalan, iimani tashlab ketishlari mumkin?

— Bolani! — deb qichqiripti kimdir zaddan.

— Mutlaqo to‘g‘ri, — deb tasdiqlapti artist, — bolani, yumaloq xatni, proklamatsiyani, belgilangan vaqtda portlaydigan bombani, yana ko‘p narsalarni tashlab ketishlari mumkin, ammo to‘rt yuz dollar pulni hech kim tashlab ketmaydi, zero tabiat hech qachon yaratmagan unaqa ahmoqni, — shundan keyin artist Nikonor Ivanovichga yuzlanib, ma’yus malomat bilan ilova qilipti: — siz meni ranjitdingiz, Nikonor Ivanovich! Sizdan juda umidvor edim. Qisqasi, nomerimiz o‘tmadi.

Zalda Nikonor Ivanovichga qarata hushtak chala boshlashipti.

— Uchiga chiqqan valyutafurush u! — deb baqirisharmish zaldan, — mana shunaqalarning kasriga qolib biz begunohlar azob chekyapmiz!

— Koyimanglar uni, — muloyim ohangda depti konferanse, — o‘ziyam pushaymon bo‘lyapti. — So‘ng u g‘ilt-g‘ilt yosh to‘la ko‘m-ko‘k ko‘zlarini Nikonor Ivanovichga qaratib, ilova qilipti: — Mayli, bora qoling joyingizga, Nikonor Ivanovich!

Shundan keyin artist qo‘ng‘iroqchani chalib, baralla ovoz bilan e’lon qilipti:

— Tanaffus, ablahlar!

Hech kutilmaganda bu notanish teatr programmasida qatnashib, esi og‘ib qolgan Nikonor Ivanovich o‘zini yana boyagi poldagi o‘rnida ko‘ripti. Endi uning tushiga butun zalning zim-ziyo bo‘lgani, devorlarda: «Valyutalarni topshiring!» — degan qizil so‘zlar yona boshlagani kiripti. Keyin yana parda ochilib, konferanse:

— Sahnaga Sergey Gerardovich Dunchilni taklif qilaman, — depti.

Dunchil degani ellik yoshlardagi xushbichim, ammo judayam irkit odam emish.

— Sergey Gerardovich, — deb yuzlanipti konferanse shu odamga, — mana, bir yarim oydirki, qo‘lingizda qolgan valyutalarni topshirishdan qat’iyan bosh tortib bu yerda qiynalib o‘tiribsiz, holbuki, mamlakat ularga muhtoj, sizga esa ularning aslo hojati yo‘q, shunga qaramay, siz qaysarligingizni qo‘ymayapsiz. O‘zingiz ziyoli odamsiz, hamma narsaga juda yaxshi tushunasiz-u, shunga qaramay, menga yordam qilishni xohlamayapsiz.

— Taassufki, hech ilojim yo‘q, zero menda boshqa valyuta qolmagan, — deb bamaylixotir javob qilipti shunda Dunchil.

— Hech bo‘lmasa, brilliantlaringiz bordir? — deb so‘rapti artist.

— Brilliantlar ham yo‘q.

Artist boshini xam qilgancha bir oz o‘ylanib turipti-da, keyin bir marta chapak chalipti. Sahnaning yon tomonidan moda bo‘yicha kiyingan, ya’ni yoqasiz palto va kichkinagina shlyapa kiygan o‘rta yoshlardagi bir xonim chiqipti. U juda tashvishli ko‘rinarmish, Dunchil bu xonimga sovuqqina qarab qo‘yipti.

— Kim bu ayol? — deb so‘rapti artist Dunchildan.

— U mening xotinim, — deb viqor bilan javob qaytaripti Dunchil va xonimning uzun bo‘yniga xiyol ranj bilan tikilipti.

— Biz sizni, Dunchil xonim, — deb yuzlanipti konferanse xonimga, — bir masala yuzasidan bezovta qilishga jur’at etdik: biz sizdan, eringizda yana valyuta bormi, deb so‘ramoqchi edik.

— O‘shanda u hammasini topshirgan edi, — hayajonlanib javob qilipti Dunchil xonim.

— Yaxshi, — depti artist, — hay, unday bo‘lsa, yaxshi. Agar hammasini topshirgan bo‘lsa, nachora, unda biz darhol Sergey Gerardovich bilan vidolashmog‘imiz kerak! Istasangiz, teatrni tark etishingiz mumkin, Sergey Gerardovich, — shunday deb artist shohona muruvvat qilipti.

Dunchil esa salobat va viqor bilan orqasiga o‘girilib, sahna ichkarisi tomon yura boshlapti.

— Yana bir minut sabr qilsangiz! — deb uni to‘xtatipti shunda konferanse, — vidolashishimiz oldidan sizga programmamizda yana bir nomer ko‘rsatishga ijozat bersangiz, — shunday deb u yana chapak chalipti.

To‘rdagi qora parda surilib, sahnaga bal ko‘ylagi kiygan yoshgina bir sohibjamol qiz qo‘lida oltin patnis ko‘tarib chiqipti, patnisda konfet lentasi bilan bog‘langan qalin bir dasta pul va brilliant marjon otganmishki, undan sahnaning har tomoniga damo-dam yashil, sariq, qizil uchqunlar chatnarmish.

Dunchil bir qadam orqasiga tisarilibdiyu rangi dokadek oqarib ketipti. Zal churq etmay qolipti.

— O‘n sakkiz ming dollarni va oltin pulda qirq ming turadigan bu marjonni, — deb tantanavor e’lon qilipti artist, — Sergey Gerardovich Xarkov shahridagi o‘z ma’shuqasi — hozir siz bilan biz ko‘rish sharafiga muyassar bo‘lgan Ida Gerkulanovnaning kvartirasida saqlab kelganki, aslida bebaho, ammo xususiy shaxs qo‘lida befoyda bo‘lgan bu ulkan boylikni topishda bizga lutfan ko‘maklashgan Ida Gerkulanovnaga mingdan-ming rahmat aytamiz.

Sohibjamol qiz jilmaygan ekan, tishlari yaraqlab ketipti, uzun kipriklari bir yelpinib ko‘yipti.

— Ammo siz, — deb endi artist Dunchilga yuzlanipti, — garchi sirtingizdan xushfazilat odam ko‘rinsangiz ham, aslida ochko‘z bo‘ri, badfe’l va uchiga chiqqan yolg‘onchi ekansiz. Siz shu bir yarim oy mobaynida ahmoqona o‘jarligingiz bilan hammani qoniga tashna qildingiz. Uyingizga boravering endi, xotiningiz boshingizga soladigan jahannam azobi — qilgan jinoyatingizga monand jazo bo‘la qolsin.

Shunda Dunchil bir chayqalib, yiqilib tushayozgan ekan, kimdir rahm qilib, qo‘ltig‘idan olipti. Xuddi shu payt oldparda «shir» etib tushib, sahnadagilarning barini ko‘zdan yashiripti.

Nikonor Ivanovichning nazarida, zalni larzaga keltirgan gulduros qarsaklardan qandil chiroqlari «lik-lik» sakray boshlaganday bo‘lipti. Oldingi qora parda yuqoriga ko‘tarilganda sahnada endi yolg‘iz artistdan boshqa hech kim qolmaganmish. Yana boshlangan qarsak sadosini bo‘lib, artist zalga ta’zim qilipti va shunday gap boshlapti:

— Dasturimizda qatnashgan boyagi Dunchil qiyofasida siz oddiy bir eshakni ko‘rdingiz. Axir kecha men, maxfiy tarzda valyuta saqlash — g‘irt bema’nilikdir, deb aytish sharafiga muyassar bo‘lgan edim-ku. Sizlarni ishontirib aytamanki, hech kim, hech qachon u valyutadan foydalana olmaydi. Misol uchun o‘sha Dunchilni olaylik. U juda katta maosh oladi, hech narsaga muhtoj emas. Uning shohona kvartirasi, xotini, yana sohibjamol o‘ynashi ham bor. Buni qarangki, valyuta bilan qimmatbaho toshlarni hukumatga topshirib, har qanday ko‘ngilsizliklarni boshidan soqit qilish, tinchgina, halovatda yashash o‘rniga, bu manfaatparast galvars oxiri hammaning ko‘zi oldida o‘z oyog‘i bilan sharmandalik botqog‘iga botdi, siyloviga yana hali uyida boshida tayoq sinadigan bo‘ldi. Xo‘sh, qani, kim topshiradi? Xohlovchilar yo‘qmi? Unday bo‘lsa, navbatdagi nomerimizda — programmamizga maxsus taklif qilingan iste’dodli va taniqli dramatik artist Savva Potapovich Kurolesov shoir Pushkinning «Xasis ritsar» fojiasidan parcha o‘qib beradi.

Nomi zikr etilgan Kurolesov bir zum ham kutdirmay, sahnada paydo bo‘lipti, bu egniga frak kiyib, oq galstuk bog‘lagan, sochi ustarada olingan norg‘il va semiz odam emish.

U aftini burishtirib, qovoqlaripi uyipti-da, oltin qo‘ng‘iroqchaga qiyo boqqancha hech qanday muqaddimasiz, g‘ayrioddiy ovoz bilan she’r o‘qiy boshlapti:

— Uyinqaroq yigit makkor fohisha qizning visolini intizorli kutgani kabi…

Shundan boshlab Kurolesov o‘zi to‘g‘risida ko‘p yomon gaplarni aytib beripti. Nikonor Ivanovich qaysiyam bir baxti qaro beva xotinning yomg‘ir sharros quyib turganda zor-zor yig‘lab Kurolesovning qarshisida tiz cho‘kkani, ammo sho‘rlikning nolalari berahm artistning ko‘nglini yumshatmagani to‘g‘risida uning o‘z og‘zidan eshitipti. Nikonor Ivanovich to shu tushni ko‘rguniga qadar shoir Pushkinning bironta ham asarini o‘qimagan bo‘lsa ham, uning o‘zini juda yaxshi bilardi, hatto uning iomini har kuni bir necha martalab quyidagi mazmunda tilga olib turardi: «Kvartira haqini siz uchun Pushkin to‘laydimi?» yoki: «Nima, zinadagi lampochkani Pushkin ilib ketiptimi, bo‘lmasa?» — «Balki siz, neft uchun Pushkin pul to‘laydi, deb o‘ylarsiz?»

Mana endi Nikonor Ivanovich shoirning asarlaridan biri bilan tanishib, ma’yus bo‘lib qolipti, yetimcha bolalari bilan yomg‘irda tiz cho‘kib turgan ayolni ko‘z oldiga keltiripti-da, beixtiyor: «Ablahning o‘zi ekan-ku bu Kurolesov!» — deb ko‘nglidan o‘tkazipti.

U esa tobora ovozini balandlatib tavba qilishda davom etarkan, bora-bora Nikonor Ivanovichni gangitib qo‘yipti, chunki artist birdan sahnada yo‘q kdndaydir odamga murojaat qilib, o‘sha yo‘q odam tilidan o‘ziga-o‘zi javob qaytara boshlabdiki, shu gaplari paytida u o‘zini goh «siz» lab, goh «sen» lab, o‘ziga-o‘zi bir «janob», bir «baron», bir «ota», bir «o‘g‘lim» deb muojaat qila boshlapti.

Nikonor Ivanovich faqat bir narsani — artistning: «Kalitlar! Kalitlarim mening!» — deb jonholatda chinqirib, axiyri mash’um o‘lim topganini tushunipti, chunki artist «gurs» yiqilib, xirillagancha bo‘ynidagi galstugini ohista yecha boshlabdi.

Kurolesov o‘lib bo‘lgach, o‘rnidan turipti, shimining changini qoqipti, soxta jilmayib, ta’zim qilipti-da, siyrakkina qarsak ostida sahnadan chiqib ketipti. Keyin konferanse bunday deb gap boshlapti:

— Siz bilan biz Savva Potapovichning mohirona ijrosida «Xasis ritsar» asarini tingladik. O‘sha ritsar sho‘x ilohalar uchib kelib atrofimda parvona bo‘lishadiyu yana juda ko‘p shunga o‘xshash ko‘ngil ochuvchi hollar yuz beradi, deb umid qilgan edi. Lekin, hozir o‘zingiz ko‘rdingiz, hech qanday ilohalar ham uchib kelmadi, muzalar ham uni madh etmadi, u hech qanday koshona ham qura olmadi, aksincha, juda yomon o‘lim topdi, valyuta va qimmatbaho toshlar to‘ldirilgan o‘z sandig‘i ustida yuragi yorilib to‘ng‘iz qavmida ketdi. Bilib qo‘yinglar, valyutalarni topshirmasangiz sizlarning ham boshingizga shunday falokat, — balki undan ham beshbattari — tushishi mumkin.

Shunda yo Pushkinning nazmiy asari, yo konferansening nasriy nutqi kor qilgan bo‘lsa kerak — zaldan tortinchoq bir ovoz eshitilipti:

— Men topshiraman valyutamni.

— Sizni lutfan sahnaga taklif qilaman! — depti konferanse qorong‘i zalga tikilib qararkan, muloyim ovoz bilan.

Shunda sahnaga past bo‘yli, oq-malla soch bir grajdanin chiqipti, u uch haftalardan beri soqolini olmagan odamga o‘xsharmish.

— Afv etasiz, familiyangiz? — deb surapti konferanse.

— Kanavkin Nikolay, — qimtinibgina javob qilipti u.

— Ha! G‘oyat xursandman, grajdanin Kanavkin, qulog‘im sizda!

— Topshiraman, — depti Kanavkin sekingina.

— Qancha?

— Ming dollaru yana yigirmata o‘n so‘mlik oltin tanga.

— Bravo! Hammasi-a?

Programmani olib borayotgan artist Kanavkinning ko‘zlariga qattiq tikilib qarapti, shunda Nikonor Ivanovichning nazarida, artistning ko‘zlaridan hatto shu’la otilib chiqib, xuddi rentgen nurlari kabi Kanavkinning vujudini teshib o‘tganday bo‘lipti. Zalda o‘tirganlarning nafaslari ichiga tushib ketipti.

— Ishonaman! — depti nihoyat artist va ko‘z nurini o‘chiripti, — ishonaman! Bu ko‘zlar aldamaydi. Sizlarga qayta-qayta aytyapmanki, asosiy xatolaringiz — inson ko‘zi qudratini qadriga yetmayotganingizdadir. Tushuning axir, til haqiqatni yashirishi mumkin, ammo ko‘z — hech qachon! Masalan, sizga dabdurustdan bir savol berishdi deylik, lekin siz bundan hatto seskanmaysiz ham, bir zumda o‘zingizni tutib olasizu, haqiqatni yashirish uchun nima deb javob qilishni bilasiz, keyin qat’iy ishonch bilan javob qaytara boshlarkansiz, yuzingizda gapingizning yolg‘onligini sezdiruvchi bironta ham ishora ko‘rinmaydi, lekin taassufki, berilgan savoldan halovatini yo‘qotgan haqiqat bir lahzaga qalbingiz tubidan ko‘zingizga «lip» etib sakrab chiqadiyu, vassalom, ish tamom. Haqiqat fosh bo‘lib, tumshug‘ingizdan ilinasiz!

Artist bu g‘oyat asosli nutqini dabdaba bilan so‘zlab bo‘lib, Kanavkindan muloyim ohangda so‘rapti:

— Qaerga yashirgansiz?

— Prechistenkadagi xolamning uyiga, Poroxovnikova familiyasi…

— Ha-a! Ie… shoshmang-shoshmang… Klavdiya Ilinichnanikigami?

— Ha.

— O, ha, ha, to‘g‘ri! Mo‘’jazgina imorat-a? Ro‘parasida kichkinagina tomorqasiyam bormidi? E, bilaman, bilaman u uyni! Xo‘sh, u uyning qaeriga tiqib tashlagansiz boyligingizni?

— Yerto‘lada, Eynem qutisiga solib qo‘yganman… Artist «tavba» demoqchi bo‘lganday, qo‘llarini bir-biriga uripti.

— Hech ko‘rganmisiz o‘zi bunday be’manigarchilik-ni? — deb chinqiripti u xunob bo‘lib. — Axir u yerda pullar nam tortib, mog‘orlab ketadi-ku! Axir qanday ishonib topshirish mumkin bunaqalarga valyutani? A? Xuddi go‘dak bolaga o‘xshashadi-ya, azbaroyi xudo!

Kanavkinning o‘zi ham, nopok yo‘l bilan boylik to‘plab, xatoga yo‘l qo‘yganini endi tushunib, paxmoqsoch boshini xam qilib turganmish.

— Pul, — deb gapida davom etipti artist, — xolalarning kalamush kemirib rasvo qilishi mumkin bo‘lgan yerto‘lasida emas, balki davlat bankida, juda puxta qo‘riqlanadigan maxsus xonalarda saqlanishi lozim! Uyat sizga, Kanavkin! Axir, kap-katta odamsiz-a.

Kanavkin xijolatdan o‘zini qo‘yarga joy topa olmay, hadeb barmog‘i bilan kamzulining hoshiyasini tirnarmish.

— Ha, yaxshi, — depti artist jahlidan tushib, — o‘tgan ishga salavot… — Keyin kutilmaganda shunday ilova qilipti: — Ha, darvoqe: bir borishning o‘zida, haligi… mashinani ikki marta ovora qilib o‘tirmaslik uchun… o‘sha xolangizning o‘zidayam bo‘lsa kerak? A? Ishning bu qadar chappasidan ketishini hech kutmagan Kanavkinning eti jimirlab ketipti, butun teatr sukutga tolipti.

— Ie, ha, Kanavkin?! — depti konferanse muloyim ta’na bilan, — sizni odamlarga maqtab o‘tiribman-a! Ana xolos, nima hojati bor edi sullohlik qilishning! Yaxshi emas, Kanavkin! Hozirgina ko‘z haqida gapirgan edim-a. Ana, ko‘zingizdan ko‘rinib turipti xolangizdayam borligi. Ayting-qo‘ying-da, muncha qiynaysiz bizni?

— Bor! — depti Kanavkin dangal qichqirib.

— Bravo! — deb yuboripti konferanse.

— Bravo, — deyishipti odamlar butun zalni larzaga keltirib.

Zal tinchigach, konferanse Kanavkinni tabriklab qo‘lini siqipti, uning shaharga, o‘z uyiga ketishi uchun mashina taklif qilipti va sahna orqasida turgan qaysiyam bir odamga, aynan shu mashinada Kanavkinning xolasinikiga borib, uni ayollar teatridagi programmaga taklif qilishni buyuripti.

— Ha-ya, yana bir narsani so‘ramoqchi edim — xolangiz o‘z boyligini qaerga yashirgani haqida sizga gapirmaganmidi? — deb so‘rapti konferanse Kanavkinga lutfan papiros taklif qilib, gugurt chaqib tutarkan. Kanavkin papiros tutatarkan, ma’yus jilmayib qo‘yipti.

— Ishonaman, ishonaman, — depti artist xo‘rsinib, — qurumsoq kampir nainki jiyaniga — shaytonga ham aytmaydi sirini. Hay, na chora, uning qalbida odamgarchilik hissini uyg‘otishga urinib ko‘ramiz. Shoyad uning sudxo‘rlik qalbida bitta-yarimta chirimagan tor qolgan bo‘lsa. Xo‘p, salomat bo‘ling, Kanavkin!

Shundan keyin baxtiyor Kanavkin jo‘nab ketipti. Artist, valyuta topshirishni xohlaganlar yana bormi, deb so‘ragan ekan, biroq sukut javob bo‘lipti unga.

— Tentaksizlar, xudo haqqi! — deb kiftlarini uchiripti artist. Shu payt parda tushib uni yashiripti.

Chiroqlar o‘chib, bir oz vaqt hammayoq zulmatga cho‘mgach, shu zulmat qo‘ynida juda uzoqdan bir tenor ovozning asab bilan kuylagani eshitilipti:

«Unda oltin tog‘-tog‘ uyulgan va hammasi menga buyurgan!»

Keyin uzoq bir yerdan ikki marta qarsakbozlik eshitilipti.

— Ayollar teatridayam bitta oyimcha topshiryapti, — deb birdan tilga kiripti Nikonor Ivanovichning mallasoch, paxmoq soqol qo‘shnisi va bir xo‘rsinib qo‘yib ilova qilipti: — Eh, agar g‘ozlarim bo‘lmagan-da edi! Lianozovada, azizim, mening urishqoq g‘ozlarim bor. Mensiz qirilib ketishmasaydi, deb qo‘rqaman. Jangari qush nozik bo‘ladi, parvarish talab qiladi… Eh, g‘ozlarim bo‘lmaganda-yu!.. Pushkin bilan meni avrab bo‘psanlar, — shunday deb u yana xo‘rsinib qo‘yipti.

Shu mahal zal charog‘on bo‘lib yorishib ketipti-yu, Nikonor Ivanovichning tushida endi hamma eshiklar-dan zalga oq qalpoq kiyib, cho‘mich ushlagan oshpazlar kirib kela boshlapti. Oshpaz shogirdlari esa yog‘och bochkada suyuq osh bilan yassi qutida kesilgan qora non olib kirishipti. Tomoshabinlarga jon kiripti. Quvnoq oshpazlar tomoshabinlarni oralab yurib, ularning tovoqlariga suyuq osh suzishar, ion ulashisharmish.

— Ovqatlaninglar-u, yigitlar, — deb qichqirisharmish ular, — keyin valyutalaringaznn topshiringlar! Nima qilasizlar bu yerda bekorga vaqtinglarni o‘tkazib? Nima, zormyasizlar shu shildir sho‘rvaga? Undan ko‘ra, uyingizga borib, keragicha otib olib, miriqib gazak qilganlaring yaxshimasmi!

— Mana, masalan, sen boboy, nima qilib yalpayib o‘tiribsan? — deb shaxsan Nikonor Ivanovichga yuzlanipti bo‘yni xo‘rozning toji kabi qip-qizil, xo‘ppa-semiz oshpaz unga bittagina karam bargi suzib yurgan bir tovoq yovg‘on sho‘rva uzatarkan.

— Yo‘q! Yo‘q! Io‘q menda valyuta! — jon-jahdi bilan baqiripti Nikonor Ivanovich. — Tushunyapsan-chi, yo‘q!

— Yo‘q? — deb o‘kiripti oshpaz do‘rillagan ovoz bilan, so‘ng: — Yo‘q? — deb so‘rapti u zaifona muloyim ovoz bilan, keyin: — Yo‘q, yo‘q, — deb tasalli bera boshlapti u feldsher ayol Praskovya Fyodorovna qiyofasiga kirib.

Chunki uyqusida bosinqirayotgan Nikonor Ivanovichning yelkasiga shu ayol ohista turta boshlagan edi. Shunda birdan oshpazlar gumdon, teatr va uning pardasi g‘oyib bo‘ldi. Nikonor Ivanovich yosh to‘la ko‘zini ochib, shifoxonadagi o‘z xonasini, maslahat beraverib hammani bezor qilgan surbet oshpazlarni emas, oq xalat kiygan ikki odamni, ya’ni doktor bilan qo‘lida tovoq emas, ustiga doka yopilgan shpritsli tarelka ushlagan Praskovya Fyodorovnani ko‘rdi.

— Axir bu nima degan gap, — achchiq alam bilan derdi Nikonor Ivanovich unga ukol qilishayotgan chog‘da, — yo‘q, axir u menda yo‘q! Pushkin bersin ularga valyutani. Yo‘q!

— Ha, yo‘q, yo‘q, — deb yupatardi uni saxovatli Praskovya Fyodorovna, — yo‘qni yo‘ndirib bo‘larmidi.

Nikonor Ivanovich ukoldan keyin ancha yengil tortib, endi hech qanday tush ko‘rmay uxlab ketdi.

Lekin uning baqiriqlari oqibatida vujudga kelgan vahima 120-xonaga o‘tib, u yerda yotgan bemorni uyg‘otib yubordi (bu bemor tura solib, o‘z boshini qidirishga tushdi) va 118-xonaga kirib, noma’lum us-taning qalbini g‘ulg‘ulaga soldi. U hasrat to‘la ko‘zlarini oyga tikarkan, hayotidagi kuzning oxirgi nadomatli oqshomini, podvaldagi xonasi eshigi ostidan tushib turgan shu’lani va mahbubasining yelpingan soch tolalarini esladi.

Vahima 118-xonadan balkon osha Ivanning xonasiga uchib o‘tdi-yu, u uyg‘onib ketib, yig‘lab yubordi.

Lekin vrach bezovta bo‘la boshlagan bu notavonlarni birpasda yupatdi va ular yana uxlab ketishdi. Hammadan keyin, daryo uzra tong yorisha boshlaganda, Ivan ham mizg‘ib ketdi. Dori uning butun vujudini xuddi dengiz to‘lqini ko‘mib yuborgandek qamrab olgach, u taskin topdi. Jismi yengillashdi, boshi esa mudroqning iliq shabadasidan halovat topdi. U uyquga ketarkan, qulog‘iga chalingan eng so‘nggi saslar — o‘rmondagi qushlarning tong oldi chug‘ur-chug‘uri bo‘ldi. Lekin hademay ularning ovozi o‘chib, Ivan tush ko‘ra boshladi. Tushida Taqir Tepa uzra quyosh endi mag‘ribga og‘a boshlagan va uning gir aylanasi ikki qavatlama o‘rab olingan edi.

O‘n oltinchi bob QATL

Taqir Tepa uzra quyosh endi mag‘ribga og‘a boshlagan va uning gir aylanasi ikki qavatlama o‘rab olingan edi.

Choshgohda prokuratorning yo‘lini kesib yelib o‘tgan otliq qo‘shin shaharning Xevra darvozasiga chiqdi. Uning uchun keta-ketguncha yo‘l ochiq edi. Kappadokiya piyodalari tirband bo‘lib ketgan yo‘lni ochib, odamlar, xachirlaru tuyalarni ikki tomonga siqib chiqargan, shu sababli qo‘shin otlarni bemalol choptirib, oppoq chang quyunini osmoni falakka o‘rlatgancha, Vifleem yo‘li bilan Yaffa yo‘li bir-birini kesib o‘tgan chorrahaga chiqqan edi. Keyin u shimoli-g‘arbiy yo‘ldan shamoldek yelib ketdi. Bundan sal oldin, yo‘lning ikki yoqasiga yoyilgan boyagi Kappadokiya piyodalari uni Yershalaimga bayramga kelayotgan karvonlardan tozalashga ulgurgan edilar. Ziyoratchilar yelkalariga ortmoqlagan safar chodirlarini maysa ustiga tashlashib, yo‘l yoqalab tizilishgan Kappadokiya piyodalari orqasida to‘p-to‘p bo‘lib turishardi. Otliq qo‘shin bir chaqirimcha yo‘l bosib, shiddatli legionning ikkinchi kohortasidan ham o‘zib ketdi va yana bir chaqirim yo‘l bosib, Taqir Tepa poyiga birinchi bo‘lib yetib bordi. Bu yerda qo‘shin otlardan tushdi. Komandir qo‘shinni vzvodlarga bo‘ldi, vzvodlar esa uncha baland bo‘lmagan bu tepaning faqat Yaffa yo‘liga to‘g‘ri bo‘lgan ozgina joyini ochiq qoldirib, qolgan hamma etagini gir aylantirib o‘rab oldi.

Otliqlardan keyin sal vaqt o‘tishi bilan tepa etagiga ikkinchi kohorta ham yetib kelib, tepaga bir pog‘ona yuqori ko‘tarildi va u ham tepa atrofini gar-dishsimon o‘rab oddi.

Nihoyat Mark Kalamushkush qo‘mondonligidagi kenturiya yetib keldi. U yo‘lning ikki chetini yoqalab turnaqator tizilib kelar, yo‘l o‘rtasida esa maxfiy soqchilar nazorati ostida aravada o‘limga mahkum bo‘lgan va bo‘yinlariga aramey va yunon tilida «Qaroqchi va isyonchi» deb yozilgan oq taxtachalar osilgan uchta mahbus borardi. Bu arava orqasidan yangi yo‘nilgan to‘sinli ustunlar, arqonlar, belkuraklar, chelaklaru boltalar ortilgan boshqa aravalar kelardi.

Bu aravalarda yana olti nafar jallod ham bor edi. Aravalar orqasidan kenturion Mark, Yershalaim ibodatxonalari soqchilarining sardori hamda boya shoh qasridagi qorong‘i xonada Pilat bilan qisqa muddatli suhbat olib borgan qaytarma qalpoqli rido kiygan o‘sha odam ot minib borishardi. Bu marosim saf tortib kelayotgan lashkar bilan yakunlanib, uning orqasidan alomat tomoshani ko‘rish ishtiyoqida do‘zax o‘tidek jazirama kun taftidan ham tap tortmagan ikki mingga yaqin bekorchi kelardi.

Shahardan ergashib chiqqan bu tomoshatalablar safiga endi yo‘lda uchragan sinchkov ziyoratchilar ham qo‘shilishib, hammalari izdihomga bemalol ergashib kelaverdilar. Mana shu uzundan-uzun olomon to Taqir Tepaga yetib borgunicha jarchilar boya choshgoxda Pilat shohsupada turib aytgan so‘zlarini chinqiroq ovoz bilan qayta-qayta takrorlab bordilar.

Tepa etagini o‘rab olgan otliq qo‘shin hammani yuqoriga, ikkinchi qurshov tomonga o‘tkazib yubordi, ikkinchi kenturiya esa tepa boshiga faqat qatlga daxldor odamlarnigina o‘tkazib, butun olomonni jadallik bilan tepaning gir aylanasiga yoyib yubordi, natijada tomoshatalab olomon yuqorida — piyodalar zanjiri, pastda — otliqlar tizmasi oralig‘ida qoldi. Endi ular qatlni piyodalarning siyrak tizmasi orasidan kuzatishi mumkin edi.

Alqissa, mash’um izdihomning tepa boshiga ko‘tarilganiga, mana, uch soatdan ko‘proq vaqt o‘tdi, garchi quyosh endi Taqir Tepa ustidan og‘a boshlagan bo‘lsa ham, hanuz uning harorati dosh berib bo‘lmaydigan darajada ediki, Tepani ikkita halqaga olgan suvoriylar ham, navkarlar ham issiqdan qattiq iztirob chekishar, daqqinafaslikdan xunob bo‘lishar va uch jinoyatchini ichlarida rosa bo‘ralab so‘kishib, ularning tezroq o‘lishini astoydil istardilar.

Tepa etagida turgan kichkina jussali suvoriylar komandirining peshanasi jiqqa ho‘l, ogpyuq ko‘ylagi qora terga botgan bo‘lib, u birinchi vzvodning ko‘n chelagi oldiga dam-badam borar, undan hovuchlab suv ichar, boshidagi sallasini ho‘llardi. Shu raftoridan u xiyol yengil tortib, nari ketar va yana yuqoriga o‘rlagan tuproq yo‘lning u chetidan-bu chetiga tinmay tanda qo‘yar edi. Uning uzun shopi bog‘ichlangan etigining qo‘njiga «tap-tap» urilardi. Bu bilan u o‘z suvoriylariga sabr-bardoshli bo‘lishda namuna ko‘rsatmoqchi bo‘lar, ammo shunday bo‘lsa ham, ularga rahmi kelgan va nayzalardan piramidalar hosil qilib, ular ustiga oq plashlarini yopib, soyabon yasashga ijozat bergan edi. Suriyalik suvoriylar mana shu chaylalarda shafqatsiz qizdirayotgan oftobdan jon saqlay boshlagan edilar. Chelaklar dam o‘tmay bo‘shar va vzvodlarning navbatchilari galma-gal tepa etagidagi jarlikdan suv ta-shirdilar; bu jarliqda ko‘rimsiz tut daraxtlarining olachalpoq soyasida loyqa bir jilg‘a bu do‘zaxona jaziramada umrining so‘nggi kunlarini kechirib jildirab oqardi. Harorat taftidan yuvosh bo‘lib qolgan otlarni ushlab turgan suvoriylar ham shu yerda beqaror soya ilinjida zerikib turardilar.

Askarlarning bu yerda it azobida o‘tirishlariyu mahbuslarni bo‘ralab so‘kishlari besabab emas edi. Chunki prokuratorning qatl paytida o‘zi uchun manfur bo‘lgan Yershalaim shahrida tartibsizliklar yuz beradi deb hadiksirashi, uning baxtiga o‘rinsiz bo‘lib chikdi. Qatl boshlanganiga uch soatdan oshganida, hech kutilmaganda, yuqorigi piyodalar tizmasi bilan tepa etagidagi otliqlar tizmasi o‘rtasiga joylashgan tomoshabinlardan birontasi ham qolmadi. Quyoshning qaynoq tig‘i ularni jizg‘inak qilib, hammalarini Yershalaim tomon quvgan edi. Endi mana shu ikki halqa oralig‘ida bu tepaga qanday kelib qolgani noma’lum bo‘lgan ikkita egasiz it qolgan edi, xolos. Lekin jazirama issiq bu itlarning ham sillasini quritgan edi, shu bois ular bag‘rilarini yerga berib, tillarini osiltirib hansirab yotarkanlar, quyosh taftiga parvo qilmay, cho‘g‘dek qizigan toshlaru yer bag‘irlab o‘sgan allaqanday tikanli o‘simliklar oralab zir yugurib yurgan bu yerdagi birdan-bir jonzodlar — yashil kaltakesaklarga ham parvo qilmasdilar.

O‘limga hukm etilganlarni biron kimsa na hammayog‘ini lashkar bosib ketgan Yershalaimning o‘zida, na bu yerda — qo‘sh halqaga olingan tepada qutqarishga urinib ko‘rdi, oqibat olomon shaharga qaytdi, zero ushbu qatl jarayonining hech bir qiziqarli jihati bo‘lmadi, shaharda esa bu payt bugun kechqurun kirib keladigan ulug‘ ayyom — pasxa bayramiga tayyorgarlik boshlangan edi.

Yuqori halqadagi rim piyodalari pastdagi otliqlardan ham ko‘proq iztirob chekishardi. Kenturion Kalamushkush o‘z askarlariga faqat dubulg‘alarini yechib, boshlariga ho‘llangan oq belbog‘ yopishgagina ijozat berdi, lekin ularni nayzalarini qo‘llaridan qo‘ydirmay mudom tik ushlab turdi. O‘zi esa xuddi shunaqa, lekin ho‘llanmagan quruq belbog‘ni boshiga yopib olib, hatto ko‘ylagiga yopishtirilgan sher basharasini ifodalovchi kumush qalqonchalarni ham, oyog‘iga bog‘langan zirhni ham, beliga osib olgan shamshir bilan pichoqni ham yechmay, jallodlarga yaqin yerda u yoqdan-bu yoqqa yurib turardi. Garchi quyosh o‘tkir tig‘ini to‘g‘ri Kalamushkushga qaratgan bo‘lsa ham, bu uni aslo bezovta qilmas, ko‘kragidagi sher basharalariga esa qarab bo‘lmasdi, chunki ular oftob shu’lasida xuddi erib biqirlab qaynayotgan kumushdek ko‘zni qamashtirardi.

Kalamushkushning ajivasi chiqqan yuzida na toliqish, na norozilik alomatlari mavjud edi, bil’aks devqomat kenturion shu zaydda to kun botguncha, so‘ng tong otguncha keyin yana kunbo‘yi — qisqasi qancha vaqt kerak bo‘lsa shuncha, qo‘llarini mis to‘qali zalvar kamariga qo‘yib, goh qatl etilayotganlar bog‘langan ustunlarga, goh tepa boshini ihota qilib turgan askarlarga doim birday xo‘mrayib qaragancha, oyog‘i ostidan chiqib qolgan va zamonlar o‘tishi bilan oppoq oqarib ketgan odam suyaklarini yoki mayda shag‘al toshlarni ag‘darma etigining tumshug‘i bilan har doimgidek beparvo tarzda tepib o‘tishga qodirdek ko‘rinardi.

Qaytarma qalpoqli odam ustunlardan sal nariroqda uch oyoqli kursida qimir etmay beparvo o‘tirarkan, zerikkanidan ahyon-ahyonda qo‘lidagi cho‘p bilan yer chizib qum kavlardi.

Endi tepani qurshab olgan ikki halqa orasida bironta ham odam qolmagandi, degan gapga kelsak, bu unchalik to‘g‘ri emas. Bu yerda bitta odam qolgan edi, lekin uni ko‘pchilik ko‘rmagan edi. U tepa boshiga chiqadigan ochiq yo‘l tomonda emas (aynan shu tomondan qatl manzarasini kuzatish qulay edi), balki uning chiqishga noqulay va notekis bo‘lgan, ko‘p yerlari o‘prilgan, yorilgan shimoliy yonbag‘riga, qovjiray boshlagan anjir daraxti bir zov labida xudo qarg‘agan qaqroq yerga yopishib jon saqlayotgan yerga joylashgan edi.

Qatl ishiga daxli bo‘lmagan mana shu yagona tomoshabin qatl boshlangan chog‘dan, ya’ni salkam to‘rt soatdan buyon, deyarli hech soya bermaydigan shu anjir ostida bir xarsangtosh ustida o‘tirardi. To‘g‘ri, qatlni kuzatish uchun u noqulay joy tanlagan edi. Lekin, har qalay mahkumlar bog‘lapgan ustunlar, shuningdek, kenturionning ko‘ksidagi yaraqlab turgan ikkita qalqoncha ham askarlar tizmasi orasidan unga yaqqol ko‘rinib turardiki, odamlar ko‘ziga tashlanmaslikka va hech kimni bezovta qilmaslikka uringan kishi uchun shu manzaraning o‘zi kifoya edi chamasi.

Lekin u bundan to‘rt soatcha burun, ya’ni qatl boshlanayotgan chog‘da tamomila boshqacha harakat qilib, sal bo‘lmasa o‘zini sezdirib qo‘yayozgan edi, shuning uchun bo‘lsa kerak, endi o‘z atvorini o‘zgartirib, xilvatga chekingan edi.

Bu yerda u qatl marosimi endigina tepa boshiga ko‘tarilgan paytda paydo bo‘lgandi, uning shoshilib kelganligi yaqqol sezilib turar, og‘ir-og‘ir hansirardi. U tepalikka yurib emas, yugurib chiqdi, odamlarni turtib oldinga o‘tdi va tepa bag‘irlab yoyilgan askarlar tizmasi nainki uning, butun olomonning oldini to‘sib olganini ko‘rib, o‘zini ovsarlikka soldi, eng odmi usulni qo‘llab, g‘ijingan askarlarning «hoy-hoy» lashiga tushunmayotgan odamday, to‘ppa-to‘g‘ri qatl maydoniga askarlar safini yorib o‘tmoqchi bo‘ldi. Bu qilmishi uchun u nayzaning to‘mtoq tomoni bilan ko‘kragiga zarba yedi va og‘riq alamidan emas, umidi puchga chiqqanidan chinqirib yuborib, orqaga tisarildi. U jismoniy og‘riqni his qilmaydigan, mutlaqo loqayd odamday xira ko‘zlari bilan zarba urgan legionerga bir qarab qo‘ydi.

So‘ng ko‘kragini changallab «quv-quv» yo‘talgancha, halloslab, tepani gir aylanib chiqdi, u tepaning shimol tomonida qatl maydoniga sezdirmay o‘tib olsa bo‘ladigan biron tirqish topilsa kerak deb umid qilgan edi. Ammo u kechikkan — halqa yopilgan edi. Shunda og‘ir iztirobdan afti bujmayib ketgan bu odam aravalardan ustun va to‘sinlar tushirilayotgan yerga yorib o‘tish niyatidan voz kechdi. Chunki bu urinishidan hech naf chiqmas, bil’aks o‘zi qo‘lga tushib qolishi mumkin edi, vaholanki, aynan shu butun qo‘lga tushish uning rejasiga zid edi.

Shunga ko‘ra u o‘zini chetga olib, o‘pqon bo‘yiga bordi, bu yer tinch, hech kim unga xalal bermasdi.

Oftob nuridan va uyqusizlikdan ko‘zlari yiringlashgan bu qora soqol odam endi tosh ustida xomush o‘tirardi. U goh aslida zangori tusda bo‘lgan-u, sargardonlikda yuraverib isqirt-ko‘kimtir tus olgan uvada tallifini ko‘tarib, loyqa ter oqib tushayotgan ko‘kragining nayza zarbidan mo‘mataloq bo‘lgan yerini ochib xo‘rsinar, goh ko‘zlarini azob bilan osmonga qaratib hademay ziyofat bo‘lishini sezib samoda qanotlarini keng yozgancha ko‘pdan beri charx urib ay-lanayotgan uchta quzg‘unni kuzatar, goh umidsiz nigohini sarg‘aygan yerga tikib, oyog‘i ostida chiriy boshlagan it boshchanog‘i va uning atrofida zir yugurib yurgan kaltakesaklarga tikilib o‘tirardi.

Bu odam shu qadar qattiq iztirobda ediki, ba’zida u o‘zi bilan o‘zi gaplasha boshlardi.

— O, men ahmoq! — deb g‘o‘ldirardi u tosh ustida ruhan azob chekib chayqalib o‘tirarkan, — tentakman, ovsar xotinman, qo‘rqoqman! Odam emas, bir o‘limtik-man!

U boshini xam qilib jim qolar, keyin yog‘och obdonidagi ilib qolgan suvdan ho‘plab, yana tetiklanardi-da, goh tallifi ostiga yashirgan pichoqni, goh qarshisida, yerda cho‘pqalam bilan siyohdon yonida yotgan bir parcha pergamentni qo‘liga olardi.

Bu pergamentga hozir shunday so‘zlar yozilgan edi:

«Daqiqalar o‘tib bormoqda, men, Leviy Matvey Taqir Tepadaman-u, ammo o‘limdan hamon darak yo‘q!»

Keyin yana:

«Quyosh og‘a boshladi, lekin o‘limdan darak yo‘q».

Endi Leviy Matvey umidsizlikka tushib, o‘tkir cho‘pqalam bilan quyidagi so‘zlarni yozdi:

«E xudo! Namuncha unga qahhorlik qilmasang? Tezroq jonini ol sho‘rlikning».

Shularni yozib bo‘lib, ko‘z yoshsiz piqillab yig‘ladi va yana tirnoqlari bilan ko‘ksini tirnab jarohatlay boshladi.

Leviyning bunday nola-fig‘on chekishiga o‘zi bilan Ieshua ikkovining boshiga tushgan mudhish badbaxtlik hamda Leviyning o‘zi yo‘l qo‘ygan g‘oyat og‘ir xatolik sabab bo‘lgan edi. O‘tgan kuni Ieshua bilan Leviy Yershalaim yaqinidagi Vifoniya qishlog‘ida bir dehqonning mehmoni bo‘lishgan edi. Chunki Ieshuaning va’zlari mezbonga ko‘p manzur bo‘lgan edi. Ikkovlari ertalabdan dehqonga ko‘maklashib, uning polizida ishlashdi, chunki ular kechki salqinda Yershalaimga yo‘l olmoqchi bo‘lgan edilar. Lekin tush paytida birdan Ieshua shosha-pisha yo‘lga otlanib, shaharda zarur ishim bor deb, jo‘nab ketdi. Leviy Matveyning birinchi xatosi ma-na shundan boshlangan edi. Nega, nega axir uning yolg‘iz o‘zini qo‘yib yubordi!

Kechqurun esa Matveyning o‘zi Yershalaimga bora olmadi. Kutilmaganda u allaqanday mudhish dardga chalinib yotib qoldi. Uning butun vujudi titrab-qaqshab, alanga bo‘lib yona boshladi, tishlari takillab, dam-badam suv so‘ray boshladi. Binobarin, u hech qayoqqa keta olmadi. U dehqonning pichanxonasida o‘zi-ni jul ustiga tashlab, ertangi juma kunining tongigacha og‘ir darddan hushini yo‘qotib yotdi, lekin dard Leviyga kecha kechqurun qanday kutilmaganda yopishgan bo‘lsa, endi uni shunday tez qo‘yib yubordi. Garchi u hali zaif, oyoqlari bedarmon bo‘lsa ham, ko‘ngli qandaydir falokat bo‘lishini sezib beorom bo‘laverdi, oqibat, polizchi bilan xayrlashib, Yershalaimga yo‘l oldi. Shaharga kelib, gumoni to‘g‘ri chiqqanini bildi. Falokat yuz bergan edi. Prokurator hukmni e’lon qilayotganida Leviy olomon orasida turib uni eshitgan edi.

O‘limga mahkum bo‘lganlarni qatl Tepasiga olib ketishayotganda Leviy Matvey Ieshuaga, hech bo‘lmasa, o‘zining shu yerda, u bilan birga ekanligini, so‘nggi daqiqalarida do‘stini yolg‘iz qoldirmaganligini va uning jonini tezroq olishni xudodan iltijo qilajagini bir amallab imi-jimida bildirish uchun legionlar tizmasi yoqalab, olomon orasida yugurib bordi. Ammo o‘zining juda olisdagi manzilidan ko‘z uzmagan Ieshua, turgan gapki, Leviyni ko‘rmadi.

Lekin qatl marosimi yarim chaqirimcha yo‘lni bosib o‘tganda, olomonning siquvi bilan surila-surila turnaqator tizilib borayotgan legionerlar oldiga borib qolgan Matveyning miyasiga birdan eng oddiy va g‘oyat ajoyib fikr keldiyu tabiatan qiziqqon bo‘lgan bu odam, nega endi shu fikr miyamga ilgariroq kelmadi deb ranjib, o‘zini rosa bo‘ralab so‘kdi. Tizilib borayotgan askarlar oralarida ozmi-ko‘pmi masofa mavjud edi. Agar epchillik qilib, aniq mo‘ljalga olib ish ko‘rilsa, ikki legioner orasidan engashib o‘tib ketish va yugurib borib aravaga chiqish mumkin edi. Ana unda Ieshua azobdan qutulgan bo‘lardi.

Ieshuaning kuraklari orasiga pichoq sanchib, unga: «Ieshua! Men kim, sening yagona, sadoqatli shogirding Matvey seni azobdan qutqarib, o‘zim ham sen bilan o‘lyapman!» — deb qichqirish uchun bir lahza kifoya edi.

Agar xudo yana bir zumlik erk ato etsa bormi, Matveyning o‘zi ham o‘ziga pichoq urib, ustunga bog‘lanib azobda o‘lishdan qutulib qolishi mumkin. Lekin hozir bu narsa sobiq o‘lpon yig‘uvchini kam qiziqtirardi. Qay tarzda jon berish uning uchun ahamiyatsiz edi. U faqat bir narsani — o‘z umrida zig‘ircha ham yomonlik qilmagan Ieshuaning qiynoqsiz o‘lishini xohlardi.

Bu juda yaxshi reja edi, ammo yonida pichog‘i yo‘qli-gi chatoq bo‘ldi. Undan keyin, hamyonida tiyin ham pu-li yo‘q edi.

O‘zidan qattiq ranjigan Leviy olomon orasini yorib chiqib, orqaga — shahar tomon yugura ketdi. Uning cho‘g‘dek qizigan boshida faqat bitta qaynoq fikr — shahardan, qanday qilib bo‘lmasin, pichoq to-pib, yana qatl namoyishiga yetib olish fikri lov-lov yonardi.

U shahar tomon oqib borayotgan odamlar va karvon-lar orasidan chaqqonlik bilan chopib o‘tib, shahar qopqasiga yetib oldi va shu yerda, chap tomonda ochiq turgan non do‘konini ko‘rdi. Jazirama oftobda yugu-rib kelganidan og‘ir hansiray boshlagan Leviy bir oz nafasini rostlab olgach, o‘zini sipo tutib, do‘konga kirib bordi, peshtaxta ortida turgan do‘kon bekasi bilan salomlashdi, ko‘ziga negadir eng yuqori taxtada turgan bo‘lka non yaxshi ko‘rinib ketib, bekadan shu nonni olib berishni iltimos qildi, lekin beka orqasiga o‘grilgan hamonoq u peshtaxta ustida yotgan, o‘zi uchun suv bilan havodek zarur narsani — ustara-day o‘tkir, uzun pichoqni tovush chiqarmay, juda chaqqonlik bilan oldi-yu, do‘kondan o‘qday otilib chiqib ketdi. Bir necha daqiqadan keyin u yana Yaffa yo‘liga chiqib olgan edi. Lekin namoyishchilar ko‘rinmasdi. U chopib ketdi. Leviy xachir minib, yayov yurib Yersha\aimga kelayotgan to‘da-to‘da odamlarni hay-ron qoldirib, ahyon-ahyonda o‘zini yo‘l o‘rtasiga «tap-pa» otib, nafasini bir oz rostlab olish uchun qimir etmay tuproqqa belanib yotarkan, nainki yuragining «gurs-gurs» tepishini, shuningdek, miyasi va quloq-lariga ham qon tomirlari qattiq-qattiq urilayotga-nini eshitardi. U shunday tarzda bir oz nafasini rostlagach, sakrab turib yana chopa boshlardi, lekin cho-pish sur’ati tobora sustlasha boshlagan edi. Nihoyat u olisda oftob shu’lasida tovlanib borayotgan uzundan-uzun namoyishni ko‘rdi, lekin namoyish axdi endi te-pa etagiga yetib olgan edi.

— E, xudo… — deb ingradi kechikayotganini sezgan Leviy. Ha, u kechikkan edi.

Qatl boshlanganiga to‘rt soat bo‘lganida Leviyning iztirobi eng baland avjga minib, g‘azabi qaynab ket-di. U tosh ustidan turib, uning fikricha, bekorga o‘g‘irlangan pichoqni yerga otdi, obdonni oyog‘i bilan bosib sindirib, o‘zini suvdan mahkum qiddi, boshida-gi ro‘molni yechib tashlab, siyrak sochini changallagan-cha o‘zini la’natlay boshladi.

U maza-bemaza gaplar bilan bo‘ralab so‘kinar, itday irillar, quturgan nordek og‘zidan ko‘pik sochar, ahmoq o‘g‘ilni dunyoga keltirgan ota-onasiga la’natlar o‘qirdi.

U shuncha ont ichgani, so‘kingani bilan bu jazirama kunda hech qanday o‘zgarish yuz bermaganini ko‘rib, qovjiragan mushtlarini tugib, osmonga, soyalarni to-bora uzaytirib O‘rta yer dengizi yoqqa og‘ib borayotgan quyoshga ko‘zlarini qisib qaradi-da, xudoga iltijo qilib, darhol mo‘’jiza yaratishni — tezroq Ieshuaning jonini olishini talab qildi.

Ammo u ko‘zini ochib, agar kenturionning ko‘ksida-gi ikki qalqonchaning endi porlamay qo‘yganini hisobga olinmasa, hech nima o‘zgarmaganini ko‘rdi. En-di oftob shu’lasi Yershalaim tomonga qaratilib chor-mix qilingan qotillarning orqasiga tushib turardi. Shunda Leviy:

— La’natlar bo‘lsin senga, e xudo! — deb baqirib yubordi.

Keyin u xirillab qolgan ovozi bilan xudoning adolatsizligiga shohid bo‘lgani va shu bois endi unga mutlaqo imon keltirmasligi haqida faryod qiddi.

— Sen karsan! — deb irillardi Leviy, — kar bo‘lmaganingda nolamni eshitgan zahoting uning jonini olgan bo‘lur eding.

Shu ta’nalardan keyin Leviy ko‘zlarini qisgancha, hozir osmondan chaqmoq tushib, men shakkokni mahv etadi, deb kuta boshladi. Lekin bu hol yuz bermadi, shunda Leviy hamon ko‘zlarini katta ochishga jur’at etmay, samoga qarata g‘oyat achchiq va alamli so‘zlarni chinqirishda davom etdi. U samodan butkul hafsalasi pir bo‘lgani va dunyoda boshqa xudolar va dinlar ham mavjudligi haqida hayqirardi. Ha, boshqa xudo Ieshua singari insonning ustunga band etilgan holda oftob tig‘ida kuyib o‘lishiga hech qachon yo‘l qo‘ymagan bo‘lardi.

— Men yanglishibman! — deb xirillardi butkul bo‘g‘ilib qolgan ovoz bilan Leviy, — sen yovuzlik xudosi ekansan! Yo ko‘zlaringni ibodatxonadagi isiriqdonlardan ko‘tarilgan tutun so‘qir qilib, quloqlaring din peshvolari chalgan burg‘u sadosidan boshqa sasni eshitishga ojiz bo‘lib qolganmi? Sen qodir xudo emassan. Sen qora niyat xudosan. La’natlar o‘qiyman senga, o qaroqchilarning homiysi va pushtipanohi bo‘lmish xudo!

Shu payt sobiq o‘lpon yig‘uvchining yuziga bir nima ufurdi, oyog‘i ostida nimadir shitirlab ketdi. Boyagi ufurish yana takrorlandi, shunda Leviy ko‘zini ochib, o‘z qarg‘ishlari ta’siridanmi, yo o‘zga bir sababga ko‘rami, atrof-muhitda o‘zgarish ro‘y berganini ko‘rdi. Quyosh har kun oqshom botadigan yer — dengizga tushib ulgurmasdan g‘oyib bo‘lipti. G‘arb tomondan tahdidona ko‘pchib tobora quyuqlashib kelayotgan qora bulut quyoshni yutib yuborgan edi. Bulutning qirg‘oqlarida oq ko‘piklardan zarrin hoshiya vujudga kelgan, uning ko‘pchigan timqora qorni sarg‘ish nur bilan yoritilgan edi. Bulut xuddi irillaganday guldurar, payti-payti bilan undan o‘tli iplar tortilardi. Nogoh esib kelgan kuchli shamol ziyoratchilarning Yaffa yo‘li yoqasiga va qaqragan Gion vodiysiga tikkan chaylalari uzra to‘zonli quyun ko‘tardi. Leviy, hali-zamon Yershalaim ustini burkab olishga shaylangan qora bulut baxtiqaro Ieshuaning qismatiga biron o‘zgarish kiritarmikin, deb mulohaza qilishga urinarkan, jim bo‘lib qoldi. Keyin qora bulutni bo‘lak-bo‘lak qilib chaqnayotgan o‘tli chiziqlarni kuzatarkan, chaqmoqdan tezroq Ieshua bog‘langan ustunga kelib urilishni iltijo qila boshladi. U qora bulut hali butkul burkab ulgurmagan beg‘ubor osmonga, momaqaldiroqdan jon saqlab endi qanot qoqib ucha boshlagan quzg‘unlarga o‘kinch bilan tikilarkan, la’nat o‘qishda juda shoshqaloqlik qilganini o‘yladi. Xudo uning so‘zini endi inobatga olmaydi.

Leviy nigohini tepa etagiga qaratib, u yerda sezilarli o‘zgarish yuz berganini ko‘rdi. Tepa etagini aylanma ihota qilgan suvoriylar yugurib-elishar,erga sanchilgan nayzalarini sug‘irib, plashlarini yelkalariga tashlashar, jilovdorlar zulukdek qora otlarni yetaklab, katta yo‘lga choptirib chiqardilarki, bularning hammasi yuqoridan Leviyning ko‘ziga yaqqol tashlanib turardi. U yuzini to‘zonli shamoldan to‘sib, dam-badam tupurarkan, nima sababdan otliqlar jo‘nashga shaylanishdi ekan, deb bosh qotira boshladi. So‘ng nigohini yuqoriga qaratdi-yu, qirmizi harbiy plash yopingan bir odamning qatl maydonchasiga ko‘tarilayotganini ko‘rdi. Ana shunda azob fursatining nihoyasi yaqinlashganini his qilgan sobiq o‘lpon yig‘uvchining yuragi quvonchdan «shuv» etib ketdi.

Isyonchilarning iztirob cheka boshlaganiga to‘rt soatdan ko‘proq vaqt o‘tganda tepaga ko‘tarilgan bu odam Yershalaimdan o‘z xosnavkari kuzatuvidan kelgan kohorta qo‘mondoni edi. Kalamushkushning bir imosi bilan askarlar tizmasi surilib, tribunga yo‘l ochdi, kenturion esa, unga chest berdi. Tribun esa Kalamushkushni bir chetga boshlab, unga nimanidir shipshidi. Kenturion ikkinchi marta unga chest berib, ustunlar poyida xarsangtoshlarda o‘tirgan jallodlar tomon yo‘l oldi. Tribun — uch oyokdi kursida o‘tirgan odamning istiqboli sari yurdi, u ham tavoze bilan tribunga peshvoz turdi. Tribun unga ham past ovoz bilan nimadir dedi, shundan so‘ng ikkovlari ustunlar tomon yo‘l olishdi. Jome posbonlari sardori ham ularga ergashdi.

Kalamushkush ustunlar tagida yotgan, yaqinginada jinoyatchilarning libosi bo‘lgan, ammo jallodlar olishga hazar qilgan isqirt uvadalarga yirganib ko‘z qirini tashladi-da, jallodlardan ikkitasini chaqirib olib:

— Men bilan yuringlar! — deb buyurdi.

Eng yaqin turgan ustundan hirqiroq ovoz bilan aytilgan ma’nosiz qo‘shiq eshitilardi. Bu ustunga bog‘langan Gestas ustunga bog‘langanidan beri uch soat o‘tganda pashsha talaganidan va oftob taftidan jinni bo‘lib qolgan edi, endi u uzum to‘g‘risida qandaydir qo‘shiqni ohista xirgoyi qilardi, lekin shunday bo‘lsa ham salla o‘ralgan boshini ahyon-ahyonda bir chayqab qo‘yar, shunda yuziga yopirilgan pashshalar erinibgina «g‘uvv» ko‘tarilardi-yu, shu zahoti yana yuzini burkab olardi.

Ikkinchi ustunga osilgan Dismas boshqa ikki jinoyatchidan ko‘proq azob chekardi, chunki hanuz hushini yo‘qotmagan edi, shunga ko‘ra, boshini bir maromda tez-tez chayqab, qulog‘ini yelkasiga tekkizishga urinardi.

Ieshua qolgan ikki mahbusdan baxtiyorroq edi. Qatl boshlangan birinchi soatdayoq u o‘zini yo‘qota boshlagan, keyin esa sallasi chuvalab ketgan boshini osiltirib, butunlay hushidan ketgan edi. Shuning uchun pashshayu so‘nalar uni tamomila burkab olgan ediki, bu g‘imirlovchi qora gala ostida uning yuzi butunlay ko‘rinmay qolgan edi. Uning chovi, qorni va qo‘ltiq taglariga yopishib olgan semiz-semiz so‘nalar bechoraning terisi titilgan sarg‘ishrang badanini so‘rib yotardi.

Qaytarma qalpoqli odamning ishorasi bilan ikki jallodning biri qo‘liga nayza oldi, ikkinchisi ustun ostiga chelakda suv bilan latta olib keldi. Birinchi jallod Ieshuaning ko‘ndalang to‘singa arqon bilan chandib bog‘langan qo‘llariga nayzasi bilan galma-gal urib qo‘ydi. Uning qovurg‘alari sanalib turgan badani bir seskandi. Jallod nayza uchini uning qornidan yurgizdi. Ieshua boshini ko‘tardi, shunda pashshalar «g‘uv» etib uchishdi va osilgan mahbusning tanib bo‘lmaydigan darajada shishib ketgan yuzi ochildi, uning ko‘zlari yumilib qolgan edi.

Ha-Notsri yopishib qolgan qovoqlarini bazo‘r ochib pastga qaradi. Uning hamisha porloq ko‘zlari endi xiralashgan edi.

— Ha-Notsri! — dedi jallod.

Ha-Notsri shishib ketgan lablarini zo‘rg‘a qimirlatib, qaroqchilarnikiga o‘xshagan hirqiroq ovoz bilan javob qildi:

— Nima istaysan? Nega kelding?

— Ich! — jallod nayza uchiga o‘rnatilgan lattani chelakdagi suvga botirib Ieshuaning og‘ziga olib bordi. Mahbusning ko‘zlari shodlikdan charaqlab ketdi, u lattani ochko‘zlik bilan so‘ra boshladi. Qo‘shni ustundan Dismasning ovozi eshitildi:

— Adolatsizlik! Men ham unga o‘xshagan qaroqchiman-ku.

Dismas kuchanib ko‘rdi, lekin qimirlay olmadi, chunki har bir qo‘li uch joydan ko‘ndalang to‘singa arqon bilan chandib bog‘langan edi. U boshini Ieshua bog‘langan ustunga qaratgancha, qornini ichiga tortdi, tirnoqlarini to‘sin uchiga botirdi, ko‘zlarida g‘azab uchqunlari yondi.

Maydonchani chang-to‘zon burkadi, qorong‘ilashdi. Shamol to‘zonni uchirib ketgach, kenturion qichqirdi:

— Ikkinchi ustundagi, o‘chir uningni!

Dismas jim bo‘lib qoldi. Ieshua nihoyat lattani og‘zidan qo‘yib yubordi, mayin va qat’iy ovoz bilan gapirishga urinsa ham, baribir buni eplolmay, xirillab jallodga dedi:

— Ungayam ichir!

Zulmat quyuqlasha bordi. Yershalaim sari esayotgan chang-to‘zon endi osmonning yarmini burkab olgan, eng oldinda qora obiyat va o‘tli chaqmoqlarni ortmoqlagan oppoq bulutlar ko‘pirib-toshib borardi. Shundoqqina tepa ustida chaqin chaqib, momaqaldiroq gumburladi. Jallod lattani nayza uchidan oldi.

— Himmatli igemonga hamd ayt! — deb tantanavor ohangda pichirladi u va Ieshuaning yuragiga ohista nayza uchini botirdi. U qaltirab ketib pichirladi:

— Igemon…

Qon uning qornidan oqib tusha boshladi, shunda u bir-ikki marta jon talvasasida iyak qoqdi-yu, so‘ng boshi «shilq» etib osilib qoldi. Momaqaddiroq ikkinchi marta gumburlaganda jallod Dismasga suv ichira boshladi, keyin yana o‘sha:

— Igemonga hamd ayt! — so‘zini takrorlab, uni ham o‘ldirdi.

Telba bo‘lib qolgan Gestas jallodni o‘z ustuni tagida ko‘rishi bilan qo‘rqib chinqirib yubordi, lekin latta lablariga tegishli bilan bir nima deb irilladi-da, uni mahkam tishlab oldi. Bir necha soniyadan keyin uning ham boshi «shilq» osilib qoldi.

Qaytarma qalpoqli odam jallod bilan kenturion orqasidan izma-iz borar, uning orqasidan esa jome soqchilari sardori ergashgan edi. Qaytarma qalpoqli odam birinchi ustun tagida to‘xtab, qonga bo‘yalgan Ieshuani diqqat bilan ko‘zdan kechirdi, oppoq qo‘li bilan uning tovonini ushlab ko‘rib hamrohlariga dedi:

— O‘lgan.

Qolgan ikki ustun tagida ham shu narsa takrorlandi.

Keyin tribun kenturionga imo qildi-da, orqasiga o‘girilib, jome soqchilari sardori va qaytarma qalpoqli odam bilan birgalikda tepadan pastga tusha boshladi. Havo nim qorong‘i bo‘ldi, qop-qora osmonda chaqmoqlar chaqildi. Birdan samodan o‘t yoqilgandek bo‘ldi va kenturionning: «Halqadagi askarlar olinsin!» — degan buyrug‘ini momaqaldiroq sadosi bosib ketdi. Askarlar suyunib ketib, yo‘l-yo‘lakay boshlariga dubulg‘alarini kiyishib, pastga chopib tusha boshladilar. Yershalaimni bu payt zulmat qamrab olgan edi.

Kenturiya askarlari Tepaning yarim beliga yetishganida birdan sharros jala quyib yubordi. Yomg‘ir suvi shu qadar kuchli ediki, u seldek quturib askarlar orqasidan quvib yetdi. Tekis yo‘lga tushib olishga oshiqqan askarlar chalp-chalp loyda tiyg‘anib, dam-badam yiqilishardi. Tekis yo‘lda esa ich-ichigacha jiqqa ho‘l bo‘lib, Yershalaim sari ketayotgan suvoriylar sharros quyayotgan yomg‘ir pardasi orqali ko‘zga tashlanardilar. Yana bir necha daqiqadan so‘ng momaqaldiroq, jala va chaqmoq omixtasi burkab olgan tepada faqat bitta odam qolgan edi. U bejiz o‘g‘irlanmagan pichoqni silkitib, o‘ydim-chuqur joylardan tiyg‘anib, to‘g‘ri kelgan har bir narsaga yopishib, kezi kelganda emaklab ustunlar sari shoshilardi. U goh quyuq zulmat qo‘ynida g‘oyib bo‘lar, goh parpiragan chaqmoq shu’lasi ostida ko‘zga yaqqol tashlanardi.

Mana, nihoyat u ustunlar poyiga yetib kelib, to‘pig‘igacha suvga botgan holda, yomg‘irda bo‘kib, zil bo‘lib ketgan tallifini yechib tashladi, ko‘ylakchan holda Ieshuaning oyoqlaridan quchdi. Avvalo uning boldirini bog‘lagan arqonni kesib tashladi, so‘ng pastki to‘singa oyog‘ini qo‘yib chikdi-da, Ieshuaning jasadini quchoqlab turib uning yuqori to‘singa bog‘langan qo‘llarini bo‘shatdi. Yalang‘och va jiqqa ho‘l jasad Leviyni yerga yiqitib, ustiga bosib tushdi. Leviy shu zahotiyoq uni yelkasiga ortmoqlamoqchi bo‘ldi-yu, lekin ko‘ngliga bir fikr kelib, niyatidan qaytdi. U qulochi kerilgan jasadni chalqancha yotganda yomg‘ir suvida qoldirib, balchiqda tiyg‘anganidan oyoqlari har tomonga kerila-kerila, boshqa ustunlar tomon yugurdi. U ustunlardagi arqonlarni ham kesib gashlagan edi, jasadlar yerga tushdi…

Oradan bir necha daqiqa o‘tgach, tepa boshida faqat shu ikki jasad bilan uchta ustun qo‘qqayib qolgan edi. Jala jasadlarni savalar, sel oqizib ag‘darardi.

Bu payt tepa boshida Leviy ham, Ieshuaning jasadi ham qolmagan edi.

O‘n yettinchi bob BEXALOVAT KUN

Juma kuni, ya’ni kasofat seansning ertasi ertalab Varetening barcha mavjud xodimlari — buxgalter Vasiliy Stepanovich Lastochkin, ikki hisobchi, uchta mashinistka, ikkala kassir, kurerlar, kapeldinerlar va farrosh ayollar — xullas, xodimlarning bari o‘z ishlari bilan shug‘ullanmasdan, Sadovayaga ochiladigan derazalarga o‘tirib olishib, Varete ostonasida yuz berayotgan voqeani kuzatishardi. Bu yerda ko‘p ming kishilik olomon ikki qator bo‘lib navbatda turar, uning oxiri Kurdin maydoniga yetgan edi. Olomonning eng oldida Moskva teatr muhitiga otning qashqasidek tanish bo‘lgan chayqovchilardan yigirmatachasi turardi.

Navbatda turganlar nihoyatda bezovtalanib o‘tgan-ketganning diqqatini o‘ziga tortar, kechasi sehrgarlik seansi haqida tarqalgan g‘aroyib hikoyalarni muhokama qilar edi. Aynan shu hikoyalar kecha spektaklda bo‘lmagan buxgalter Vasiliy Stepanovichni qattiq esankiratib qo‘ygan edi. Kapeldinerlar allanimalarni, chunonchi o‘sha mashhur seans tugagandan keyin ba’zi bir ayollarning ko‘chada uyatli qiyofada chopib yurgani va shunga o‘xshash hokazo voqealarni hikoya qilishardi. Kamtarin va vazmin tabiat Vasiliy Stepanovich mana shu mo‘’jizalar to‘g‘risidagi oddi-qochdi gaplarni eshitib, angraygancha faqat ko‘zlarini pirpiratardi-yu, qanday ish tutishni bilmay boshi qotardi, holbuki, aynan shu Vasiliy Stepanovich biror tadbir o‘ylab topishi kerak edi, chunki Varetening barcha xodimlari orasida eng yuqori martabadagi odam bo‘lib endi shu qolgan edi.

Ertalabki soat o‘nga borib, biletga talabgorlar shunchalik ko‘payib, hammayoqni bosib ketdiki, ovozasi militsiyaga ham yetib borib, ko‘z ochib-yumguncha vaqt o‘tmay, teatr oldida ham piyoda, ham otliq rshryadlar paydo bo‘ldi va navbatda turganlar o‘rtasida ozmi-ko‘pmi tartib o‘rnatdi. Biroq, bir kilometrga cho‘zilgan bu odamlar tizmasi, garchi endi tartibga kelgan bo‘lsa ham, Sadovaya ko‘chasidan o‘tgan grajdanlarni hamon hayratga solardi.

Bu tashqaridagi ahvol edi, lekin Varetening o‘zida ham axvol juda chatoq edi. Erta tongdan boshlab Lixodeevning ham, Rimskiyning ham kabinetidagi, buxgalteriyayu kassadagi, Varenuxaning kabinetidagi telefonlar to‘xtovsiz jiringlay boshladi. Avvaliga Vasiliy Stepanovich, kassir ayol bir amallab javob qilib turishdi, kapeldinerlar ham bir nimalarni g‘o‘ldirab javob qaytarishdi, lekin keyin, bora-bora trubkani butunlay ko‘tarmay qo‘yishdi, chunki, Varenuxa, Rimskiy qaerda, degan savolga javob qaytarish mutlaqo mumkin emas edi. Oldiniga, «Lixodeev o‘z kvartirasida», degan javob bilan qutulmoqchi ham bo‘lishdi, lekin shahardan telefon qilayotganlar: «Lixodeevnikiga qo‘ng‘iroq qilgan edik, uni Vareteda deb aytishdi», deyishardi.

Qattiq hayajonlangan bir xonim telefon qilib, Rimskiyni talab qila boshladi, unga: «Siz Rimskiyning xotiniga telefon qiling», deb maslahat berishgan edi, telefondagi ayol ho‘ngrab yig‘lab yuborib: «O‘zim xotiniman, Rimskiy hech yerda yo‘q», deb javob qildi. O‘ta bema’nilik yuz berayotgan edi. Farrosh ayol moliya direktorining kabinetini yig‘ishtirgani kirib, kabinetning eshigi lang ochiq yotgani, chiroqlar o‘chirilmagani, boqqa ochiladigan derazaning singani, kreslo yerda ag‘anab yotgani-yu, ammo kabinetda hech kimni ko‘rmaganini hammaga yoyib bo‘lgan edi.

Soat o‘ndan oshganda Varetega Rimskaya xonim otilib kirib keldi. U yum-yum yig‘lar, qattiq kuyunardi. Vasiliy Stepanovich xonimga nima maslahat berishni ham bilolmay, muglaqo esankirab qoldi. Soat o‘n yarimga borib militsiya yetib keldi. Militsiya bergan oirinchi va asosli savol bunday bo‘ldi:

— Nima bo‘lyapti o‘zi teatringizda, grajdanlar? Nima gap?

Varete komandasi orqaga tisarilib, rangi quv o‘chgan, tashvishli Vasiliy Stepanovichni militsiyaga ro‘para qildi. Shunda gapning ochig‘ini aytib, Varetening direktori, moliya direktori va administratoridan iborat ma’muriy hay’atining noma’lum tomonga ketib, g‘oyib bo‘lganini, konferansening esa kechagi seansdan keyin jinnixonaga olib ketilganinii, xullasi kalom, kechasi seansning g‘irt rasvo seans bo‘lganini e’tirof etishga to‘g‘ri keldi.

Yig‘layverib xun bo‘lib ketgan Rimskaya xonimni bir amallab yupatib uyiga jo‘natishdi, shundan keyin moliya direktorining kabineti haqida asosan farrosh ayoldan surishtira boshlashdi. Xizmatchilardan joy-joylariga borib, ish bilan mashg‘ul bo‘lishni iltimos qilishdi, oradan sal vaqt o‘tar-o‘tmas tergov xizmati xodimlari Veretega quloqlari chimirilgan, ko‘zlari g‘oyat dono, mushakdor bir bo‘z itni yetaklab kirib kelishdi. Varete xodimlari uni ko‘rishgan zahoti, dong‘i ketgan G‘ishtintuz degan it shu bo‘lsa kerak, degan ma’noda o‘zaro pichir-pichir gaplasha boshlashdi. Haqiqatan ham, bu — o‘sha it edi. Uning xatti-harakati hammaning og‘zini ochirib qo‘ydi. U moliya direktorining kabinetiga yugurib kirdi-yu, sarg‘imtir xunuk tishlarini irshaytirib irillay boshladi, keyin qornini yerga berib yotib, ko‘zlarida qandaydir hasrat va ayni paytda g‘azab bilan singan deraza tomon emaklab bora boshladi. Nihoyat u tetiklashib, birdan deraza tokchasiga sakrab chikdi va cho‘zinchoq tumshug‘ini ko‘tarib, jonhlatda vahshiyona uvlay boshladi. U derazadan tushishni xohlamas, irillarkan, badani seskanar va hadeb pastga sakramoqchi bo‘lardi.

Itni kabinetdan olib chiqib, vestibyulga qo‘yib yuborishdi, u yerdan it katta eshik orqali ko‘chaga yugurib chiqdi va orqasidan ergashtanlarni taksi mashinalari to‘xtaydigan joyga boshlab keldi. Mana shu yerga kelganda u iz isini yo‘qotib qo‘ydi. Shundan keyin G‘ishtintuzni olib ketishdi.

Tergovchilar Varenuxaning kabinetiga joylashishib, kechagi seans vaqtida yuz bergan voqealarning shohidi bo‘lgan Varete xodimlarini navbatma-navbat suhbatga chaqira boshlashdi. Shuni aytish kerakki, tergovchilar har qadamda kutilmagan qiyinchiliklarga duch kelardi. Kalavaning uchi dam o‘tmay uzilib qolaverardi.

Afishalar bo‘lganmidi o‘zi? Bo‘lgan edi. Lekin tunda ularning ustiga boshqa afishalarni yopishtirishipti, aksiga yurib, bironta ham nusxa qolmapti. Qayoqdan kelib qoldi o‘zi o‘sha jodugar? Kim biladi deysiz. Gapingizga qaraganda, u bilan shartnomayam tuzgansiz?

— Shunaqa bo‘lishi kerak, — deb javob qildi hayajonlangan Vasiliy Stepanovich.

— Qani o‘sha shartnoma?

— Yo‘q, — deb javob qildi rangi dokadek oqara boshlagan buxgalter qo‘llarini yoygancha. Darhaqiqat, o‘sha shartnoma na buxgalteriya papkalarida, na moliya direktorida, na Lixodeevda, na Varenuxada bor edi.

Familiyasi nima ekan o‘sha sehrgarning? Vasiliy Stepanovich bilmasdi, u kechagi seansda yo‘q edi. Kapeldinerlar ham bilmadi, bilet sotuvchi kassir ayol ieshanasini tirishtira-tirishtira, o‘ylay-o‘ylay axiyri bunday dedi:

— Vo… Voland shekilli.

Balki Voland emasdir? Ehtimol Voland emasdir. Kim bilsin, balki Falanddir.

Surishtirib, ajnabiylar byurosining na Voland degan, shuningdek, na Faland ismli sehrgar haqida hech nima eshitmaganini aniqlashdi.

Kurer Karpovning aytishicha, o‘sha sehrgar go‘yo Lixodeevning kvartirasida istiqomat qilayotganmish. Gurgan gapki, shu zahoti u kvartiraga borib kelishdi. Afsuski u yerda hech qanaqa sehrgarni uchratishmadi. Lixodeevning o‘zini ham topishmadi. Uy xodimasi Grunya yo‘q edi, uning qayoqqa g‘oyib bo‘lganini hech kim bilmasdi. Boshqarma raisi Nikonor Ivanovich yo‘q, Prolejnev yo‘q!

Ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan hol yuz bergan edi: teatr ma’muriyatining barcha rahbarlari g‘oyib bo‘lgan edi, kecha juda g‘alati, uyatsiz seans bo‘lgan, lekin uni kim uyushtirganu kimning so‘zi bilan qilgan — hech kim bilmasdi.

Bu asnoda kassa ochiladigan tush payti ham yaqinlashib qoldi. Ammo kassani ochish haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas edi, albatta! Shu zahoti Varetening eshigiga: «Bugungi spektakl qoldirildi», deb yozilgan kattakon karton osib qo‘yishdi. Navbatda turganlar mrasida g‘ala-g‘ovur boshlandi, lekin bir oz mojaro qilishib turishgach, uzundan-uzun navbat zanjiri narchalanib barbod bo‘la boshladi, oqibat, oradan taxminan bir soat vaqt o‘tar-o‘tmas, Sadovaya ko‘chasida navbat kutganlardan asar ham qolmadi. Tergovchilar o‘z ishini boshqa yerda davom ettirish uchun jo‘nab ketishdi. Varete xodimlarini uy-uyiga jo‘natib yuborishdi, teatrda faqat navbatchilarni qoldirishib, uning eshiklarini yoptirishdi.

Buxgalter Vasiliy Stepanovich ikkita ishni zudlik bilan bajarishi kerak edi. Birinchidan, Tomoshalar va o‘yin-kulgilar komissiyasiga borib, kecha teatrda yuz bergan voqea haqida xabar qilishi, ikkinchidan, tomoshaxonalar moliya sho‘’basiga borib, kecha kassaga tushgan 21711 so‘m pulni topshirishi kerak edi.

Nihoyatda sarishta va intizomli Vasiliy Stepanovich pulni gazetaga o‘rab, ustidan kanop bilan bog‘ladi-da, portfeliga soldi. Pul olib yurish instruktsiyasini juda puxta bilgan bu odam, turgan gapki, avtobus yo tramvay bekatiga emas, balki taksomotor bekatiga yo‘l oldi.

Bu yerda turgan uchta mashinaning shofyorlari qo‘lida qappaygan portfel bilan shoshib kelayotgan passajirni ko‘rishgan hamonoq, unga g‘azab bilan o‘qrayib qarashdi-da, shundoqqina tumshug‘i ostidan odam olmay qochvorishdi.

Esankirab qolgan buxgalter, bunga qanday tushunish kerak, deb o‘ylab turgan yerida anchagacha serrayib qoldi.

Yana uch daqiqalardan keyin bekatga bo‘sh mashina kelib to‘xtadi, lekin shofyorning ko‘zi passajirga tushdi-yu, afti burishib ketdi.

— Mashina bo‘shmi? — deya yo‘talib qo‘ydi hanuz sarosimada bo‘lgan Vasiliy Stepanovich.

— Pulingizni ko‘rsating, — jahl bilan javob qildi shofyor passajir tomonga qayrilib ham qaramay.

Borgan sari hayrati osha boshlagan buxgalter qimmatli portfelini qo‘ltig‘iga qistirib, hamyonidan bir chervon chiqardi-da, uni shofyorga ko‘rsatdi.

— Bormayman! — dedi u qisqagina qilib.

— Meni kechirasiz… — deb buxgalter gap boshlagan edi, shofyor uning so‘zini bo‘ldi:

— Uch so‘mliklaringiz bormi?

Tamomila gangib qolgan buxgalter hamyonidan ikkita uch so‘mlik chiqarib, shofyorga ko‘rsatdi.

— O‘tiring, — deb baqirdi u va schyotchik bayroqchasiga «tap» etib urib, uni sindirib yuborayozdi. — Ketdik.

— Qaytimga maydangiz yo‘qmi deyman? — qo‘rqa-pisa so‘radi buxgalter.

— Kissam to‘la qaytim! — deb baqirdi shofyor, ko‘zguda uning qon quyilgan ko‘zlari ko‘rindi, — shu bugunning o‘zida meni uch marta yer qilib ketishdi. Bitta meni emas — boshqalarniyam. Yaramas kira xaqiga chervon beradi, deng. Men unga to‘rt so‘m ellik tiyin… u itdan tarqagan qaytimni olib mashinadan tushadi! Oradan besh minut o‘tar-o‘tmas qarasam: qo‘limda chervon emas, narzan shishasining qog‘ozi! — Shu yerga kelganda shofyor uyat so‘zlarni aytib so‘kindi. — Yana bittasini Zubovskayaga eltib qo‘ydim. Uyam bir chervon berdi. Unga uch so‘m qaytardim. Tushib ketdi! Keyin hamyonimga qo‘l tiqsam, u yerdan asalari uchib chiqib shartta barmog‘imni chaqib olsa bo‘ladimi! Voy… — deb shofyor yana uyat so‘zlarni qalashtirib tashladi, — lekin chervon yo‘q. Kecha anavi Vareteda (so‘kinadi) qandaydir maraz ko‘zboyloqchi chervon pullar sochib tomosha ko‘rsatganmish (so‘kinadi).

Buxgalter o‘zini yo‘qotib, g‘ujanak bo‘lib oldi va «Varete» degan so‘zni endi eshitib turgandek ko‘rsatdi o‘zini, lekin ichida: «Ana mashmasha!..» — deb qo‘ydi.

U o‘zi ko‘zlagan yerga yetib kelib, kira haqini beg‘alva to‘ladi-da, binoga kirdi va mudir kabineti tomon koridordan jadal yurib borarkan, bemavrid kelganini payqadi. Tomoshalar komissiyasi idorasida qandaydir bezovtalik hukmron edi. Boshidagi ro‘moli sirg‘alib ensasiga tushgan, ko‘zlari bejo kurer ayol buxgalter yonidan yugurib o‘tdi.

— Yo‘q u, yo‘q, yo‘q, tasadduqlar! — deb qichqirardi u allakimlarga, — kamzul-shimi bor, ammo kamzulda hech vaqo yo‘q!

Ayol qaysiyam eshikka kirib ketdi, shu zahoti uning orqasidan idishlarning chil-chil singani eshitildi. Sekretar xonasidan komissiyaning birinchi sektori mudiri yugurib chikdi, buxgalter uni yaxshi tanirdi, ammo u shu qadar asabiy ediki, buxgalterni tanimadi va shu ketgancha dom-daraksiz g‘oyib bo‘ldi.

Bu voqealardan qattiq larzaga kelgan buxgalter komissiya raisi kabinetining dahlizi bo‘lmish kotiba xonasiga kirdiyu butunlay dong qotib qoldi.

Eshigi yopiq kabinetdan dag‘dag‘ali ovoz eshitilardi. Bu, shubhasiz, komissiya raisi Proxor Petrovichning ovozi edi. «Bitta-yarimtasini rosa tuzlayapti shskilli?» — deb ko‘nglidan o‘tkazdi gangib qolgan buxgalter va atrofiga ko‘z tashlab boshqa bir manzaraning shohidi bo‘ldi: Proxor Petrovichning shaxsiy kotibasi — sohibjamol Anna Richardovna ustiga teri qoplangan kresloda oyoqlarini xonaning naq o‘rtasigacha uzatib yuborib, boshini orqa suyanchiqqa tashlagancha qo‘lida jiqqa ho‘l ro‘molcha bilan yum-yum yig‘lab yotardi.

Anna Richardovnaning butun iyagi lab moyiga bo‘yalgan, pushtirang yonoqlaridan esa erigan kiprik bo‘yog‘i qop-qora jilg‘a bo‘lib oqib tushardi.

Anna Richardovna xonaga odam kirganini ko‘rib, sakrab o‘rnidan turdi, buxgalterga tashlanib, kamzuli yoqasidan changallab uni silkitarkan, chinqirib dedi:

— Xudoga shukur! Bitta bo‘lsayam topiliptiyu mard odam! Hamma qochib ketdi, xoinlar! Yuring uning oldiga, nima qilishga hayronman! — Keyin o‘ksib-o‘ksib yig‘lagancha, buxgalterni kabinetga sudrab kirdi.

Buxgalter kabinetga kirdi-yu, birini navbatda qo‘lidan portfeli tushib ketdi, miyasidagi o‘ylari tamomila ostin-ustun bo‘lib ketdi. Buning sababi bor edi, albatta.

Ustiga salmoqli siyoxdon qo‘yilgan mahobatli yozuv stoli ortida quruq kostyumning o‘zi o‘tirar va siyohga botirilmagan quruq pero bilan qog‘ozga nimalarnidir yozardi. Kostyum galstuk taqqan, uning soat cho‘ntagidan o‘zi yozar ruchka chiqib turardi, ammo kostyum yoqasi ustidan na bo‘yin bor edi, na kalla, shupingdek, kostyum yenglaridan ham qo‘l chiqmagan edi. Kostyum ishga qattiq berilganligidan, atrofida yuz berayotgan to‘s-to‘polonni mutlaqo payqamas edi. Kostyum xonaga kimdir kirganini eshitib, kresloga suyandi, shunda uning yoqasi uzra Proxor Petrovichning buxgalterga juda yaxshi tanish bo‘lgan ovozi yangradi:

— Nima gap? Eshikka yozib qo‘yilgan-ku qabul qilmasligim haqida.

Sohibjamol kotiba buni eshitib chinqirib yubordi va kuyinib dedi:

— Ko‘rdingizmi? Ko‘ryapsizmi?! U yo‘q! Yo‘q! Qaytarib bering! Topib bering uni!

Shu payt kimdir kabinet eshigidan boshini tiqdi-yu, «voy» deb yuborib, juftakni rostlab qoldi. Buxgalter tizzalari qaltirayotganini his qilib stulga omonatgina o‘tirdi, lekin portfelini yerdan ko‘tarib olishni unutmadi. Anna Richardovna buxgalterning kamzulini qo‘yib yubormay, uning atrofida girdikapalak bo‘lar va hadeb chinqirardi:

— Shaytonni tilga olib so‘kinganida, doim uni «hay-hay» lab to‘xtatardim! Mana oqibat, — shunday deb go‘zal kotiba yozuv stoli oldiga pildirab bordi va ko‘p yig‘laganidan xiyol ping‘illagan mayin musiqiy ovozi bilan dedi:

— Prosha! Qaerdasiz?

— Meni «Prosha» deyishga qanday haddingiz sig‘di? — dedi kostyum viqor bilan va kresloga yanayam chuqurroq botib o‘tirdi.

— Tanimayapti! Meni tanimadi-ya! Tushunyapsizmi? — deb ho‘ngrab yubordi kotiba.

— Kabinetda yig‘i-sig‘i qilmang! — dedi endi jahl bilan jizzaki kostyum va rezolyutsiya qo‘yib imzo chekish uchun bir dasta qog‘ozni yengi bilan o‘z oldiga surdi.

— Yo‘q, men bunga qarolmayman, yo‘q, hech qarolmayman! — deb chinqirib yubordi Anna Richardovna va kabinetdan yugurib chiqib ketdi, uning orqasidan buxgalter ham o‘qday otilib chiqdi.

— Men o‘tirgandim, — deb hikoya qila boshladi hayajondan qalt-qalt titrayotgan Anna Richardovna, yana buxgalterning yengidan mahkam ushlab olib, — bir payt bir mushuk kirib keldi. Qop-qora, o‘ziyam xuddi xirsday keladi. Turgan gapki, men unga «pisht!» — deb qichqirdim. U chiqib ketdi, lekin o‘rniga allaqanday baqbaqaloq odam kirdi, uniyam basharasi mushuknikiga o‘xshardi. Kirdi-da: «Bu qanaqasi, grajdanka, nega ish bilan kelganlarni «pisht» lab haydaysiz?» — dedi. Shunday dediyu shilt etib Proxor Petrovichning oldiga kirib ketdi, men ham orqasidan kirdim, albatta. «Nima qilyapsiz, esingizni yeganmisiz?» — deb qichqirdim unga. U sulloh bo‘lsa to‘g‘ri Proxor Petrovichning oldiga borib, uning ro‘parasiga, kresloga o‘tirdi! Lekin Proxor Petrovich… o‘zingiz bilasiz, u — judayam oqko‘ngil odam-u, ammo o‘lgudek tajang. Achchig‘i chiqib ketdi! Ha! Asabi chatoq, chunki molday ishlaydi, ha, achchig‘i chiqib: «Nega beruxsat kirdingiz bu yerga?» — dedi. Anavi sulloh bo‘lsa, kresloga yalpayib o‘tirib olib, buning ustiga, tirjayib nima dedi deng: «Men, dedi, siz bilan ish yuzasidan gaplashgani keldim», dedi. Proxor Petrovich bo‘lsa, jahli chiqib: «Bandman!» — dedi. U bo‘lsa uyalmay-netmay: «Siz hech nima bilan band emassiz…» — dedi-ya. Tavba! Shundan keyin, turgan gapki, Proxor Petrovich tutaqib ketib: «Bu axir qanday bema’nigarchilik! Olib ketinglar uni, jin olsin meni!» — deb baqirvordi. Sulloh bo‘lsa tirjayib turib, nima dedi deng: «Jin olsinmi? Bo‘pti, to‘g‘rilaymiz!» — dedi. Shunda bir nima taraqlab ketdi-yu, men chinqirib yuborib, qarasam: anavi mushukbashara sulloh yo‘q, stolda esa, ko… kostyum… o‘tiripti-i-i… Uu-uuu! — Anna Richar-dovna og‘zini pattoyi kovushdek ochib uv tortib yig‘lay boshladi.

U yig‘lab-yig‘lab, nafasini rostlab oldi-da, keyin mutlaqo kurakda turmaydigan gaplarni javray ketdi:

— Hali qarasang yozyapti, yozyapti, yozyapti! Jinni bo‘lib qolish hech gapmas! Telefondayam gaplashyapti! Kostyum gaplashyapti! Hamma qochib ketdi — sichqonning ini ming tanga!

Buxgalter turgan yerida faqat qalt-qalt titrardi. Lekin shu payt unga omad kulib bokdi. Kotiba xonasiga ikki nafar militsioner jiddiy qiyofada bamaylixotir kirib keldi. Sohibjamol kotiba ularni ko‘rdiyu beshbattar ho‘ngrab yig‘lagancha, qo‘li bilan kabinet eshigini ko‘rsata boshladi.

— Keling, yig‘ini bas qilaylik, grajdanka, — xotirjam ohangda dedi birinchi militsioner, buxgalter esa o‘zining bu yerda ortiqcha ekanligini bilib, xonadan otilib chiqdi va yana bir daqiqadan so‘ng toza havodan nafas ola boshladi. Miyasi xuddi yelvizak o‘tgan mo‘rkon singari g‘uvillardi, shu g‘uvillagan tovush orasidan kapeldinerlarning kechagi tomoshada ishtirok etgan mushuk haqidagi hikoyalari uzuq-yuluq bo‘lib eshitilardi qulog‘iga. «Ana xolos! Bu o‘sha mushukchamiz emasmikin hali?»

Komissiya idorasida o‘zi ko‘zlagan maqsadga erisha olmagan diyonatli Vasiliy Stepanovich Vagankovskiy tor ko‘chasiga joylashgan uning filialiga borishga qaror qildi. U o‘z ko‘ngliga taskin berish maqsadida filialgacha piyoda yurib bordi.

Tomoshalar komissiyasining shahar filiali hovlining to‘ridagi, vaqt o‘tishi bilan suvog‘i ko‘chgan imoratga joylashgan bo‘lib, u o‘z vestibyulidagi porfir ustunlari bilan mashhur edi.

Lekin filialga kelgan odamlarni bugun ustunlari emas, balki shu ustunlar poyida yuz berayotgan g‘aroyib hodisa tong qoldirgan edi.

Bir necha kishi kichik bir stol ortida yum-yum yig‘lab o‘tirgan oyimqizga dong qotib qarab qolishgan edi, oyimqiz shu stolcha ustiga yoyib qo‘yilgan tomoshalar haqidagi maxsus adabiyotning sotuvchisi edi. Oyimqiz aynan hozir hech kimga hech qanday kitob sotmas, odamlarning hol-ahvol so‘rab bergan savollariga esa faqat qo‘l siltardi, xolos, lekin xuddi shu mahal tepadan ham, pastdan ham, yon tomonlardan ham, xullas filialning hamma bo‘limlaridan, kamida yigirmatacha telefon baravariga qattiq jiringlay boshladi.

Yig‘lab o‘tirgan oyimqiz birdan seskanib ketib: — Ana, yana boshlandi! — deb chinqirdi jazavasi tutib va dabdurustdan titroq ovoz bilan kuylay boshladi:

Slavnoe more svyashennga Baykal…

Shu payt zina boshida paydo bo‘lgan kurer musht tugib kimgadir po‘pisa qildi va o‘zining jilosiz, xira bariton ovozi bilan oyimqizga jo‘r bo‘ldi:

Slaven korabl, omulevaya bochka!..

Kurerning ovoziga olis xonalardan boshqalarning ham ovozi qo‘shilib, xor vujudga kela boshladi va nihoyat, bu qo‘shiq filialning hammayog‘ida yangray boshladi. Hisoblash-tekshiruv bo‘limi joylashgan eng yaqin 6-xonadan kelayotgan ovozlar orasida kimningdir xiyol hirqiroq, ammo juda kuchli yo‘g‘on ovozi ajralib turardi. Telefon apparatlarining tobora kuchaya boshlagan qo‘ng‘iroqlari bu xorga jo‘rlik qilardi.

Ey, Barguzin… poshevelivay val!.. —

deb bo‘kirardi kurer zinada turib.

Qizning ko‘z yoshlari marjon-marjon bo‘lib oqar, tishlarini g‘ijir qilishga urinar, lekin og‘zi o‘z-o‘zidan ochilib, kurerdan bir parda yuqori tovushda kuylardi:

Molodtsu bp’ nedalechko!

Filialga ish bilan kelib, lol bo‘lib serrayib qolgan odamlarni ko‘proq hayratga solgan narsa shu ediki, xor qatnashchilari garchi binoning turli tomonlarida bo‘lishsa ham, go‘yo ko‘rinmayotgan dirijyordan ko‘z uzmay turganday, juda ravon va uyg‘un kuylashardi.

Vagankovskiy tor ko‘chasidan o‘tayotgan odamlar hovlini o‘ragan panjara oldida to‘xtashib, filialda bo‘layotgan vaqtichog‘likdan hayron bo‘lishardi.

Qo‘shiqning birinchi bandi tugashi bilan xor yana go‘yo dirijyor ishorasi bilan birdan kuylashdan to‘xtadi. Kurer ohista so‘kinib, xonaga kirib ketdi. Shu mahal filialning hovli eshigi ochilib, oq xalat ustidan avra palto kiygan bir grajdanin bilan militsioner kirib keldi.

— Jon doktor, biron ilojini qiling, — deb azza-bazza chinqirdi qiz.

Zina boshiga filial kotibi otilib chiqdi, xijolatpazlikdan bo‘lsa kerak, duduqlanib dedi:

— Bilasizmi, doktor, biz hammamiz qandaydir ommaviy gipnoz ta’siriga uchraganga o‘xshaymiz… Shunga ko‘ra, albatta… — u gapini tugata olmadi, so‘zlar tomog‘iga tiqilib qolib, birdan tenor ovoz bilan kuylay boshladi:

Shilka i Nerchinsk…

— Ahmoq! — deb chinqirdi qiz, lekin kimni haqorat qilganini izohlashga ulgurolmadi, buning o‘rniga o‘zi o‘sha Shilka va Nerchinsk to‘g‘risida kuylashga majbur bo‘ldi.

— O‘zingizni qo‘lga oling! Ko‘ylashni bas qiling! — dedi doktor kotibga.

Holbuki kotibning o‘zi ham, ko‘rinishidan qo‘shiq aytmaslik uchun ko‘p narsadan voz kechishga tayyor edi, biroq, nima qilsinki, qo‘shiq aytishdan o‘zini to‘xtata olmasdi, shunga ko‘ra u xorga qo‘shilib bandning oxirigacha ijro etib ko‘chadan o‘tganlarning diqqatini o‘ziga tortdi.

Band tugashi bilan birinchi bo‘lib sotuvchi qiz vrachdan valerianka oldi, shundan so‘ng vrach boshqalarga ham valerianka ichirish uchun kotib orqasidan yugurib ketdi.

— Meni afv etasiz, yaxshi qiz, — deb Vasiliy Stepanovich sotuvchi qizga yuzlandi, — filialingizga kirmaganmidi qora mushuk?..

— Yana qanaqa mushuk? — deb chiyilladi jahl bilan qiz, — bitta eshshak o‘tiripti filialimizda, eshshak! — shunday deb turib, yana ilova qildi: — Mayli, eshitsin! Hammasini gapirib beraman, — shundan keyin u yuz bergan butun voqeani so‘zlab berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, shahar filialining «engil tomoshalar ishini tamoman barbod qilgan» (sotuvchi qiz ta’biri) mudiri har xil to‘garaklar ochishga ishqiboz ekan.

— Rahbarlarni shu yo‘l bilan go‘sxo‘r qilib kelyapti! — deb baqirdi qiz.

Mudir shu bir yil mobaynida Lermontovni o‘rganish, shaxmat-shashka, ping-gyung va chavandozlik to‘garaklarini ochibdi. Yoz kelsa, hali yana eshkak eshish va alpinistlar to‘garaklarini ham tashkil qilmoqchimish.

— Mana, bugun esa tushlik tanaffus paytida… — deb hikoyasini davom ettirdi qiz, — mudir allaqanday bir itvachcha bilan qo‘ltiqlashib kirib keldi… egnida katak matodan shim, ko‘ziga shishasi darz ketgan pensne taqqan… basharasi — xuddi hozir go‘rdan chiqqanga o‘xshaydi!

Sotuvchi qizning gapicha, mudir u odamni o‘sha zahoti, filialning oshxonasidayoq ovqatlanib o‘tirgan xodimlarga, xor to‘garaklarini tashkil qilish bo‘yicha yirik mutaxassis, deb tanishtiripti.

Bo‘lg‘usi alpinistlarping qovoqlari osilib tushgan, albatta, lekin mudir hammani bardam bo‘lishga undabdi, xor mutaxassisi bo‘lsa ham hazil, ham qochiriq gaplar aytib, qo‘shiq o‘rganish uchun arzimagan naqt kerak bo‘lishi, vaholanki, uning bir olam foyda keltirishi haqida ont ichib ishontiriiti.

Har safargiday, sotuvchi qizning aytishicha, filialning taniqli xushomadgo‘ylari Fanov bilan Kosarchuklar birinchi bo‘lib otilib chiqishib, xor to‘garagiga yozilishga rozilik berishipti. Shunda qolgan xizmatchilar ham qo‘shiq aytishdan qochib qutulib bo‘lmasligini tushunishib, to‘garakka yozilishgan. Qo‘shiqni tushlik tanaffus paytida aytishga qaror qilishipti, chunki qolgan vaqtlar Lermontov va shashka bilan band ekan. Mudir kollektivga o‘rnak ko‘rsatish uchun o‘zining tenor ovozi borligini e’lon qilipti, shundan keyin hamma narsa xuddi yomon tushdek boshlanib ketipti. Katak shim kiygan mutaxassis — xormeyster:

— Do-mi-sol-do! — deb baqiripti-da qo‘shiq aytishdan qochib shkaf orqasiga yashiringan uyatchanlarni tortib chiqipti. Kosarchukka esa, musiqiy hofizangiz g‘oyatda zo‘r, deb g‘inshiy, ingray boshlapti va, men — qari qo‘shiqchi — regentning so‘zini yerda qoldirmang, deb yolborib, kamertonni jingillatib chertib, «Slavnoe more» qo‘shig‘ini bir gumburlatib olasiz endi, deb iltimos qilipti.

Gumburlatib olishipti. Olishgandayam juda yaxshi olishipti. Katak shim kiygan regent chindanam o‘z ishini yaxshi bilar ekan. Birinchi bandni oxiriga yetkazishganda regent uzr so‘rab: «Menga bir daqiqaga ruxsat!» — debdi-yu… g‘oyib bo‘lipti. Hamma uni, hozir, bir daqiqadan keyin qaytib keladi, deb o‘ylagan. Lekin oradan o‘n daqiqa vaqt o‘tsa ham undan darak bo‘lmapti. Filial xodimlarining ko‘ngli yorishib ketipti — regent qochdi, deb o‘ylashgan-da.

Lekin shu payt birdan hammalari qo‘shiqning ikkinchi bandini kuylay boshlashipti, Kosarchuk ularga bosh bo‘lipti: ehtimol uning musiqiy hofizasi unchalik zo‘rmasdir-u, ammo ovozi xiylagina yoqimli baland tenor ekan. Qo‘shiq tugapti. Regentdan darak yo‘q! Hamma joy-joyiga tarqala boshlagan, lekin o‘z o‘rinlariga borib ulgurishmasdan, xohlashmasalar ham yana qo‘shiq boshlashipti. Hech o‘zlarini to‘xtatisha olmapti. Ikki-uch minut jim o‘tirisharmish-da, yana badanglatisharmish. Bir zum jim o‘tirib, yana badanglatisharmish! Ana shunda falokat yuz berganini tushunishipti. Mudir sharmanda bo‘lganidan o‘z kabinetiga kirib, ichidan qulflab olipti.

Shu yerga kelganda qizning hikoyasi uzildi. Valeryanka ham kor qilmagan edi.

Yana chorak soatdan keyin Vagankovskiy tor ko‘chasidagi panjara devor oldiga uchta yuk mashinasi kelib to‘xtadi, filialning barcha xodimlari mudir boshchiligida shu mashinalarga chiqishdi.

Birinchi mashina bir chayqalib darvozadan tor ko‘chaga chiqishi bilan kuzovda bir-birlarining yelkalaridan ushlab zich turgan xizmatchilar og‘izlarini ochishdiyu butun ko‘chani boshlariga ko‘tarib, ommaviy qo‘shiqni ijro eta boshladilar. Ikkinchi yuk mashinasi, undan keyin uchinchi mashinadagilar ham ularga jo‘r bo‘lishdi. Xodimlar shu tarzda jo‘nab ketishdi. Ko‘cha-ko‘yda o‘z ishlari bilan yugurib yurgan odamlar yuk mashinalariga qiyo boqib qo‘yisharkan, hech ajablanishmasdi, chunki ularni shahar tashqarisiga ketayotgan ekskursiyachilar deb o‘ylashardi. To‘g‘ri, ular chindanam shahar tashqarisiga ketishayotgan edi, ammo ekskursiya emas, balki professor Stravinskiyning shifoxonasiga yo‘l olishgan edi.

Tamomila esi og‘ib qolgan buxgalter yarim soatdan keyin tomoshaxonalar sektorining moliya bo‘limiga yetib bordi, bu yerda u qo‘lidagi davlat sarmoyasidan tezroq qutulish niyatida edi. Uning ko‘zi pishib qolgan edi, shunga ko‘ra cho‘zinchoq zalga oldin ehtiyotlik bilan asta mo‘raladi — bu yerda oltin harflar yozilgan sirlangan oynalar ortida xizmatchilar ishlab o‘tirishardi. Buxgalter bu yerda hech qanday vahima yo betartiblik alomatini ko‘rmadi. Botartib idoralarda bo‘lgani singari bu yerda osoyishtalik hukm surardi.

Vasiliy Stepanovich: «Pul qabul qilinadi», deb yozilgan oynaga boshini sukdi, notanish bir xizmatchi bilan salomlashdi va muloyimlik bilan kirim orderi blankini so‘radi.

— Nima qilasiz uni? — deb so‘radi xizmatchi. Buxgalter taajjublandi.

— Pul topshirmoqchiman. Varetedanman.

— Bir daqiqa sabr qiling, — dedi xizmatchi va tuynukni simto‘r bilan to‘sdi.

«Qiziq!» — deb o‘yladi buxgalter. U to‘g‘ri ajablanayotgan edi. Chunki bunday holni umrida birinchi marta uchratishi edi. Hamma biladi: pul olish qiyin; bu ishda hamisha biron ishkallik topilishi mumkin. Lekin buxgalter o‘zining o‘ttiz yillik ish tajribasida bironta odamning, xoh u adliya vakili, xoh xususiy shaxs bo‘lsin, pul topshirishda qiynalganini ko‘rmagan edi.

Mana, nihoyat simto‘r ochilib, buxgalter yana boshini oynaga tiqdi.

— Ko‘pmi topshiradigan pulingiz? — deb so‘radi xizmatchi.

— Yigirma bir ming yetti yuz o‘n bir so‘m.

— O‘hho‘! — dedi xizmatchi negadir kinoyaviy oxdngda va buxgalterga yashil blank uzatdi.

Buxgalter o‘ziga yod bo‘dib ketgan blankni bir zumda to‘ldirib, pul o‘ralgan paketning kanopini yecha boshladi. U paketni yechdiyu birdan ko‘zi jimirlab ketdi, qattiq iztirobda bir nima deb g‘o‘ldiradi.

Uning ko‘z oldida chet el pullari yotardi. Bu yerda pachka-pachka Kanada dollarlari, ingliz funtlari, golland guldenlari, Latviya latlari, eston kronlari bor edi…

— Mana o‘sha Varetedagi firibgarlardan bittasi, — degan dag‘dag‘ali ovoz eshitildi gung bo‘lib qolgan buxgalterning tepasida. Shu zahoti Vasiliy Stepanovichni hibsga olishdi.

O‘n sakkizinchi bob KO‘NGILSIZ TASHRIFLAR

Bizning tirishqoq buxgalter jasadsiz kostyumga yo‘liqishdan oddin taksomotorda borayotgan paytda, Moskvaga kelgan Kiev poezdining yumshoq o‘rinli 9-platskart vagonidan qo‘liga kichkinagina fibra chamadon ko‘targan xushhulq bir odam hamma yo‘lovchilar qatori perronga tushdi. Bu yo‘lovchi marhum Berliozning Kievdagi sobiq Institut ko‘chasida istiqomat qiluvchi pochchasi ekonomist-planovik Maksimilian Andreevich Poplavskiy edi. Maksimilian Andreevichning Moskvaga kelishiga u o‘tgan kuni kechqurun allamahalda quyidagi mazmunda olgan telegramma sabab bo‘lgan edi:

«Meni hozirgina Patriarx ko‘lida tramvay bosib ketdi. Dafn juma, kunduz uchda. Yetib keling. Berlioz».

Maksimilian Andreevich Kievda haqli ravishda eng donishmand kishilardan biri hisoblanardi. Lekin bu tarzdagi telegramma eng aqlli odamni ham gangitib qo‘yishi mumkin edi. Baski, odam o‘zini tramvay bosib ketgani haqida telegramma yuboribdimi, demak u o‘lmagan. Lekin unda dafnning nima aloqasi bor bunga? Yo ahvoli judayam og‘iru tirik qolishiga ko‘zi yetmayaptimikin? Bu mumkin, lekin dafn paytining anikdigi o‘ta g‘ayrioddiy hol edi — axir u o‘zining juma kuni kunduz soat uchda dafn etilishini, o‘zingiz o‘ylang, qayokdan bilsin? G‘oyat g‘aroyib telegramma!

Biroq chalkash jumboqlarni yecha olganlari uchun ham dono odamlarni dono deb atashadi. Masala ravshan. Xatoga yo‘l qo‘yilgan, telegramma chalkashib ketgan. «Meni» so‘zi, shubhasiz, bu yerga boshqa telegrammadan kirib, «Berliozni» degan so‘zning o‘rnini egallagan, «Berliozni» so‘zi esa, kelishik qo‘shimchasidan judo bo‘lib, telegramma oxiriga borib qolgan. Shunday tuzatish kiritiladigan bo‘lsa, telegrammaning mazmuni oydinlashar, ammo, fojiali tus olardi, albatta.

Maksimilian Andreevich, umr yo‘ldoshining qayg‘uli faryodi sal tinishi bilan, darhol Moskvaga otlana boshladi.

Shu o‘rinda Maksimilian Andreevichning dil rozini fosh qilishimizga to‘g‘ri keladi. Hech shubha yo‘qki, xotinining ayni kamolga yetgan paytda nobud bo‘lgan jiyaniga uning ham rahmi kelgan edi. Lekin, ish ko‘zini biluvchi odam sifatida, o‘zining dafn marosimida qatnashishiga unchalik zarurat yo‘qligini ham tushunardi, albatta. Shunga qaramay, Maksimilian Andreevich Moskvaga judayam shoshilib otlana boshladi. Xo‘sh, sabab nima? Sabab bitta — kvartira. Moskvadagi kvartirami? Ha, bu nihoyatda jiddiy masala. Maksimilian Andreevichga negadir Kiev yoqmasdi, shu sababli keyingi paytlarda Moskvaga ko‘chib o‘tish niyati uning qalbini qattiq iztirobga sola boshlagan, oqibat, hatto uyqusida ham xalovat qolmagan edi. Past sohil tomondagi orolchalarni ko‘mib, suvi ufqqa borib tutashgan Dneprning bahorgi toshqini ham uning bahri-dilini ocholmasdi. Knyaz Vladimir haykali poyidan ko‘zga tashlanuvchi, go‘zallikda qiyosi yo‘q ulug‘vor manzara ham uni maftun qilmas edi. Vladimir tepaligidagi g‘isht terilgan io‘lkalarda o‘ynovchi quyoshning olachalpoq nurlari ham uning ko‘nglini ovlamasdi. Bularning birontasini ham xohlamasdi u, faqat bir narsani — Moskvaga ko‘chib o‘tishni istardi.

O‘zining Institut ko‘chasidagi kvartirasini Moskvadagi biron chog‘roq kvartiraga ayirboshlash haqida gazetalarga bergan e’lonlari hech qanday natija bermadi. Xohlovchilar topilmas, bitta-yarimta topilganiyam mutlaqo kurakda turmaydigan shartlar qo‘yardi.

Telegramma Maksimilian Andreevichni larzaga soldi. Bunday qulay fursatni boy berishning o‘zi gunoh edi. Uddaburon odam bunday holning boshqa takrorlanmasligini yaxshi biladi.

Qisqasi, qanchalik mushkul bo‘lmasin, bir amallab jiyanning Sadovaya ko‘chasidagi kvartirasini meros qilib olish kerak edi. Ha, bu mushkul, g‘oyatda mushkul ish, lekin shunday bo‘lsa ham, bu mushkulotni yengmoq lozim edi. Omilkor Maksimilian Andreevich bunga erishish uchun birinchi navbatdagi eng zarur ish nimadan iborat bo‘lishini yaxshi bilardi: bir ilojini qilib, marhum jiyanning uchta xonasiga vaqtincha bo‘lsa ham o‘zini propiska qildirib olishi kerak.

Maksimilian Andreevich juma kuni Moskvaga yetib kelib, shu kuniyoq Sadovaya ko‘chasidagi 302-bis uyning uy boshqarmasi eshigidan ichkari kirdi.

Devoriga daryoga cho‘kkan odamni tiriltirish usullari bir nechta suratda tasvirlangan eski plakat osilgan torgina xonada yog‘och stol ortida soqol-mo‘ylovi o‘sib ketgan, ko‘zlari alang-jalang boquvchi o‘rta yoshlardagi odam yolg‘iz sho‘ppayib o‘tirardi.

— Boshqarma raisini ko‘rishim mumkinmi? — deb tavoze bilan so‘radi ekonomist-planovik, boshidan shlyapasini olib, chamadonchasini bo‘sh turgan stulga qo‘yarkan.

Mana shu odmigina savoldan stol ortida o‘tirgan odamning negadir ruhi tushib, rangi bo‘zday oqarib ketdi. Ko‘zlari olazarak bo‘lib, rais yo‘q, degan ma’noda g‘o‘ldiradi u.

— Kvartirasidadir balki? — deb so‘radi Poplavskiy, — zarur ishim bor edi unda.

U odam yana poyintar-soyintar javob qiddi. Lekin bu g‘aliz javobdan, rais kvartirasida yo‘q, degan ma’noni anglasa bo‘lardi.

— Qachon bo‘ladi?

Stol ortida o‘tirgan odam bu savolga javob bermay, qandaydir hasrat bilan derazaga qaradi.

«Ihi!» — dedi o‘ziga-o‘zi farosatli Poplavskiy va kotibni so‘radi.

G‘alati odam xuddi mushkul ahvolga tushganday cho‘g‘ bo‘lib qizarib ketdi va yana poyintar-soyintar g‘o‘ldirab, kotib ham yo‘q… qachon kelishi ham ma’lum emas, xullas… kotib kasal… deganday bo‘ldi.

«Aha!..» — dedi o‘zicha Poplavskiy: — Lekin boshqarma a’zolaridan biron kishi bormi?

— Men, — hazin ovoz bilan javob qildi u odam.

— Gap bunday, — deb salobat bilan gapira boshladi Poplavskiy. — Kamina marhum jiyanim Berliozning yagona vorisi hisoblanaman — maTumingizki, u Patriarx ko‘li yaqinida halok bo‘ldi — binobarin, qonun bo‘yicha men bizning elliginchi kvartiramizni meros tariqasida qabul qilib olishim…

— Bexabarman, o‘rtoq, — deb so‘zini bo‘ldi tund odam.

— Kechirasiz, — dedi jarangdor ovoz bilan Poplavskiy, — siz boshqarma a’zosi sifatida…

Shu payt xonaga bir grajdanin kirib keddi. Stol ortida o‘tirgan odam uni ko‘rdiyu dokadek oqarib ketdi.

— Boshqarma a’zosi Pyatnajko sizmisiz? — deb so‘radi undan kirgan odam.

— Men, — eshitilar-eshitilmas javob qaytardi u. Kirgan odam Pyatnajkoning qulog‘iga bir nima deb pichirlagan edi, u sarosimada o‘rnidan turdi-yu, yana bir necha soniyadan keyin boshqarma xonasida Poplavskiy yolgiz o‘zi qoldi.

«Eh, chatoq bo‘ldi-da! Kelib-kelib, birvarakayiga hammalarini…» — deb o‘yladi o‘kinch bilan Poplavskiy asfalt yotqizilgan hovlidan o‘tib, 50-kvartira tomon shosharkan.

Maksimilian Andreevich qo‘ng‘iroq tugmasini bosgan hamonoq eshik ochildiyu, u qorong‘i dahlizga kirdi. Uni bir qadar taajjubda qoldirgan hol shu bo‘ldiki, eshikni kim ochgani ma’lum emas edi, chunki dahlizda stulda cho‘qqayib o‘tirgan bahaybat bir mushukdan boshqa hech qanday jonzot yo‘q edi.

Maksimilian Andreevich, o‘zini sezdirish uchun yo‘talib, yer tepinib qo‘ydi. Shunda kabinet eshigi ochilib, dahlizga Korovyov chiqdi. Maksimilian Andreevich unga nazokat bilan, ammo o‘z qadrini yo‘qotmagan holda ta’zim qilib, dedi:

— Familiyam Poplavskiy. Men marhum Berliozning…

U gapini tugatib ham ulgurmagan edi, Korovyov cho‘ntagidan isqirt bir ro‘molcha olib, u bilan og‘iz-burnini yopgancha yig‘lab yubordi.

— … pochchasi bo‘laman…

— Bo‘lmasam-chi, bilaman, — deb uning so‘zini bo‘ldi Korovyov ro‘molchani yuzidan olarkan. — Bir ko‘rishdayoq siz ekanligingizni fahmladim! — dedi u butun vujudi bilan silkinib yum-yum yig‘larkan: — Qanday musibat, a? Nimalar bo‘lyapti o‘zi? A? — deb qo‘shib qo‘ydi.

— Tramvay bosib ketdimi? — pichirlab so‘radi Poplavskiy.

— Voy, sekinroq aytasizmi, — deb chinqirib yubordi Korovyov, uning pensnesi ostidan ko‘z yoshla-ri duv-duv oqa boshladi, — bosganda qandoq! O‘z ko‘zim bilan ko‘rdim. Ishonasizmi — boshi… cho‘rt uzilib ketdi!.. Ung oyog‘i qars etib ikki bo‘lak bo‘ldi! Chap oyog‘i qars etib ikki bo‘lak bo‘ldi! Mana shunaqa bir balo jan bu tramvay degani! — Keyin Korovyovning yana xo‘rligi keldi shekilli, ko‘zgu yonidagi devorga yuzini bosib, butun vujudi bilan silkinib ho‘ng-ho‘ng yig‘lay boshladi.

Bu notanish odamning xatti-harakati pochchani qattiq hayratga soldi. «Bizning zamonda rahmdil odamlar qolmagan deyishadi, mana, bor ekan-u!» — deb o‘yladi u o‘zining ham xo‘rligi kela boshlaganini his qilib, lekin shu zahoti uning miyasidan, tag‘in bu rahmdil odam marhumning kvartirasiga o‘zini propiska qilib ulgurgan bo‘lsa-ya, degan fikr lip etib o‘tdi, zero hayotda bunday hollar ham bo‘lib turadi.

— Afv etasiz, siz mening rahmatli Mishamning do‘stimidingiz? — deb so‘radi u qup-quruq chap ko‘zini yengi bilan artarkan, o‘ng ko‘zi bilan g‘amga botgan Korovyovni kuzatib. Lekin u uyni buzgudek bo‘lib shunaqa ho‘ngrab yig‘lardiki, takror-takror qaytarilgan «cho‘rt uzildi, ikki bo‘lak bo‘ldi!» — degan so‘zlardan boshqa hech nimani anglab bo‘lmasdi. Korovyov ho‘ngrab-ho‘ngrab xumordan chiqqach, yuzini devordan uzib dedi:

— Yo‘q, ortiq chidolmayman! Borib efir valeryankasidan uch yuz tomchi ichmasam bo‘lmaydi! — shundan keyin u ko‘z yoshidan jiqqa ho‘l yuzini Poplavskiyga o‘girib ilova qildi: — Mana sizga tramvayning kasofati!

— Kechirasiz, menga telegrammani siz yuborganmidingiz? — deb so‘radi Maksimilian Andreevich, bu g‘ayritabiiy yig‘loqi odam kim bo‘ldiykin, deb hamon peshanasini tirishtirib o‘ylarkan…

— Anavi! — dedi Korovyov barmog‘i bilan mushukni ko‘rsatarkan.

Poplavskiy, yanglish eshitdim, deb o‘ylab baqrayib qoldi.

— Yo‘q, chidolmayman, yig‘lashga ortiq majolim qolmadi, — deb davom etdi Korovyov burnini «sho‘lq-sho‘lq» tortarkan, — eslasam: g‘ildirak sho‘rlikning oyog‘ini… bitta g‘ildirak kamida o‘n pud kelar-ov… Qars etib! Borib yotib, pinakka ketmasam, ortiq chidolmayman, — shunday dediyu dahlizdan g‘oyib bo‘ldi.

Mushuk esa o‘rnidan qo‘zg‘aldi, stuldan «tap» etib sakrab tushib, orqa oyoqlariga turdi, old oyoqlarini beliga qo‘ydi-da, og‘zini pattoyi kavushdek ochib, tilga kirdi:

— Ha, men yuborgandim telegrammani. Xo‘sh, nimaydi?

Maksimilian Andreevichning shu zahoti ko‘zi tinib, boshi aylanib ketdi, oyoq-qo‘llari shol bo‘lib qoldi, chamadonini tushirib yuborib, mushukning ro‘parasida stulga o‘tirib qoldi:

— Men rus tilida gapiryapman shekilli, — dedi mushuk dag‘dag‘a bilan, — xo‘sh, yana nima deysiz?..

Biroq Poplavskiy «churq» etib ham javob qila olmadi.

— Pasportingiz! — deb miyovladi mushuk va momiq panajsini uzatdi.

Butunlay esi og‘ib qolgan Poplavskiy mushuk ko‘zlarida yonib turgan ikkita uchqundan boshqa hech nimani ko‘rmay, cho‘ntagidan pasportini xuddi xanjarni qindan sug‘urganday chiqardi. Mushuk ko‘zgu ostidagi stolchada yotgan qalin qora gardishli ko‘zoynakni olib taqib, yana ham savlatliroq bo‘lib ketdi va Poplavskiyning dag‘-dag‘ qaltirayotgan qo‘lidan pasportni yulqib oldi.

«Qiziq, hushimdan ketarmikinman yo yo‘qmi?» — deb o‘yladi Poplavskiy. Olisdan hamon Korovyovning piqillab yig‘lagani eshitilar, dahlizni efir, valeryanka va yana allaqanday badbo‘y narsaning hidi tutib ketgan edi.

— Hujjatni qaysi militsiya bo‘limi bergan? — deb so‘radi mushuk pasportni varaqlarkan. Javob bo‘lmadi.

Mushuk teskari ushlab olgan pasport bo‘ylab panjasini yuritarkan o‘ziga-o‘zi dedi: — To‘rt yuz o‘n ikkinchi bo‘lim… ha, to‘g‘ri, o‘n ikkinchi! Menga tanish bu bo‘lim! U yerda itgayam-bitgayam pasport beraverishadi! Lekin men, masalan, sizga bermasdim. Sirayam bermasdim! Basharangizga bir qarardimu darhol rad etardim! — Mushukning achchig‘i chiqib, pasportni yerga otib yubordi. — Sizning dafn marosimiga qatnashishingiz bekor qilinadi, — deb davom etdi mushuk rasmiyatchilik bilan. — Darhol o‘z turar joyingizga jo‘nab keting. — So‘ng eshik tomonga o‘girilib shang‘illadi: — Azazello!

Shu mahal dahlizga egnidagi qora trikosi badaniga chippa yopishib turgan, pak-pakana, belidagi kamariga pichoq qistirib olgan, mallasoch, chap ko‘ziga oq tushgan, sap-sariq so‘yloq tishli cho‘loq odam otilib chiqdi.

Poplavskiy xuddi havo yetmayotganday entikib o‘rnidan turib ketdi va yuragini changallagancha orqasiga tisarildi.

— Azazello, kuzatib qo‘y! — deb buyurdi mushuk dahlizdan chiqarkan.

— Poplavskiy, — dedi pakana odam ohista manqalanib, — hammasi tushunarlidir?

Poplavskiy bosh irg‘adi.

— Hoziroq Kievga qaytib ket, — deb davom etdi Azazello, — u yerda «churq» etmasdan, xap o‘tir-u, Moskvadan kvartira olishni xayolingga ham keltirma, tushundingmi?

Uzining so‘yloq tishi, pichog‘i, oq tushgan ko‘zi bilan Poplavskiyning jonini olib qo‘ygan bu pakana odamning bo‘yi ekonomistning yelkasidan kelsa ham, xatti-harakatidan serg‘ayrat, uddaburon, o‘z ishiga pishiq ekanligi ko‘rinib turardi.

Birinchi navbatda u yerda yotgan pasportni olib, Maksimilian Andreevichga uzatdi, u jonsiz qo‘li bilan pasportni oldi. Keyin o‘sha Azazello bir qo‘liga chamadonni olib, ikkinchi qo‘li bilan eshikni lang ochdi-da, Berliozning pochchasini qo‘ltiqlab, zina maydonchasiga yetaklab chiqdi. Poplavskiy devorga suyanib qoldi. Azazello chamadonni hech qanaqa kalitsiz ochib, undan yog‘ yuqili gazetaga o‘ralgan bir oyog‘i yo‘q kattakon qovrilgan tovuqni olib, yerga qo‘ydi. Keyin chamadondan yana ikki juft ichki ko‘ylak-ishton, ustara charxlaydigan tasma, qandaydir bir kitob va quticha olib qo‘yib, tovuqdan boshqa hammasini oyog‘i bilan tepib zina oralig‘idan pastga tushirib yubordi. Bo‘shagan chamadon ham pastga uloqtirildi. Bir oz vaqtdan keyin uning yerga taraqlab urilgani eshitildi, chamasi qopqog‘i ko‘chib ketgan edi.

Keyin sariqmashak bezori tovuqning oyog‘idan ushlab, u bilan qulochkashlab turib Poplavskiyning gardaniga shunday urdiki, tovuqning o‘zi uchib ketib, Azazelloning qo‘lida faqat oyog‘i qoldi. Mashhur adib Lev Tolstoyning odilona ta’biri bilan aytganda, Oblonskiylar xonadonida hamma narsa ostin-ustin bo‘lib ketgan edi. Mazkur vaziyatda u aynan shunday deb aytgan bo‘lardi. Ha! Poplavskiyga hamma narsa qorishib ketgandek bo‘ldi. Uning ko‘zi oldidan uzunchoq uchqun lip etib o‘tdi, keyin u uchqun uzundan-uzun motam lentasiga aylanib, charog‘on may kunini bir lahzaga zulmat pardasi bilan burkadi, — shunda Poplavskiy pasportini qo‘lida ushlagancha, zinadan pastga uchib tusha boshladi. Zinaning birinchi muyulishiga yetgach, u yerdagi deraza oynasini tepib sindirdi-da, o‘zi pillapoyaga o‘tirib oldi. Oyoqsiz tovuq uning yonidan pildirab o‘tib, zina oralig‘idagi bo‘shliqqa tushib ketdi. Yuqoridagi maydonchada qolgan Azazello hash-pash deguncha tovuqning oyog‘ini yeb, suyagini trikosining yon cho‘ntagiga solib qo‘ydi va kvartiraga kirib, eshikni qarsillatib yopdi. Xuddi shu mahal pastdan yuqoriga ohista ko‘tarilayotgan odamning oyoq tovushi eshitildi.

Poplavskiy yana bir zina pastga yugurib tushib, bu yerdagi maydonchada turgan yog‘och divanga nafas rostlagani o‘tirdi.

Egniga qadimiy jujuncha kostyum, boshiga yashil lentali qotirma poxol shlyapa kiygan, nihoyatda g‘amgin chehrali jikkakkina bir chol zinadan chiqib kelib, Poplavskiy qarshisida to‘xtadi.

— Aytib berolmaysizmi, grajdanin, — deb ma’yus ohangda so‘radi jujuncha kostyum kiygan odam, — nomer elliginchi kvartira qaerda?

— Yuqorida! — dedi Poplavskiy javobni qisqa qilib.

— Behad minnatdorman, grajdanin, — dedi jikkak odam hamon mungli ohangda va yuqoriga ko‘tarila boshladi. Poplavskiy esa o‘rnidan turib, pastga yugurib tushib ketdi.

Maksimilian Andreevich, kuppa-kunduz kuni uni vahshiyoa talagan bezorilar ustidan shikoyat qilgani militsiyaga shoshmayaptimikin, degan savol tug‘iladi. Yo‘q, aslo, deb qat’iy ishonch bilan aytish mumkin. Militsiya idorasiga borib, mana, hozir ko‘zoynak taqqan mushuk pasportimni o‘qidi, keyin triko kiygan, pichoq taqqan odam… deb shikoyat qilsinmi… yo‘q, grajdanlar, Maksimilian Andreevich haqiqatan ham dono odam edi!

U pastga tushib, ko‘cha eshikning yonginasida qandaydir bir hujrani ko‘rib qoldi. Hujra eshigining oynasi singan edi. Poplavskiy pasportini yoniga solib qo‘ydi-da, yuqoridan tashlab yuborilgan narsalarini qidirib, atrofga ko‘z yugurtira boshladi. Lekin u narsalardan asar ham yo‘q edi. Bu hol Poplavskiyni deyarli hech ranjitmadi, qizig‘i shundaki, ranjimaganidan o‘zi ham hayron qolgan edi. Hozir xayoli uni vasvasaga soluvchi boshqa ajoyib fikrga qaratilgan edi — u anavi qarg‘ish tekkan kvartirani hozir yuqoriga ko‘tarilgan jikkak odam timsolida yana bir sinab ko‘rish ishtiyoqida yonardi. Darhaqiqat: baski, u odam kvartirani so‘ragan ekan, demak, bu yerga birinchi kelishi. Demak, u hozir to‘ppa-to‘g‘ri 50-kvartirani makon qilib olgan bezorilar panjasiga borib tushadi. Poplavskiy, bu jikkak odamni juda tez qaytib chiqadi deb faraz qilgan edi. Turgan gapki, Maksimilian Andreevich endi hech qanaqa jiyanining hech qanday dafn marosimiga shoshilmas, Kiev poezdining jo‘nashiga esa hali ancha vaqt bor edi. Ekonomist u yoq-bu yoqqa qarab qo‘yib, «lip» etib hujraga kirib oldi. Xuddi shu mahal ancha yuqorida eshik ochilib yopilgani eshitildi. «Ana, u kirdi!» — deb o‘yladi Poplavskiy yuragini hovuchlagancha. Hujra ichi salqin edi, undan sichqon va etik hidi kelardi. Maksimilian Andreevich bir to‘nka ustiga o‘tirib, tashrif natijasini kutishga ahd qildi. U qulay kuzatuv joyi tanlagan edi, bu yerdan ko‘cha eshik yaqqol ko‘rinib turardi.

Biroq kievlik pochcha bu yerda ko‘zlagan muddatidan ko‘proq kutib qoldi. Zina, negadir, hanuz bo‘m-bo‘sh edi. Shuning uchun «tiq» etgan tovush ham eshitilardi. Mana, nihoyat, beshinchi qavatda eshik ochildi. Poplavskiy toshday qotib qoldi. Ha, o‘shaning oyoq tovushi, «Tushib kelyapti». Bir qavat pastdagi eshik ochildi. Oyoq tovushi tindi. Ayol ovozi. G‘amgin odamning ovozi… ha, o‘shaning ovozi… U, «azbaroyi xudo, tinch qo‘ying…», degandek g‘o‘ldiradi. Poplavskiy ding qulog‘ini siniq oynadan chiqarib turardi, Shu qulog‘iga ayol kishining kulgisi chalindi. Shaxdam-shaxdam yurib pastga tushib kelayotgan oyoq tovushi; mana u g‘izillab o‘tgan ayolni orqasidan ko‘rib qoldi. Qo‘liga ko‘k kleyonka sumka ko‘tarib olgan bu ayol eshikni ochib hovliga chiqib ketdi. Anavi jikkak odamning oyoq tovushi yana eshitila boshladi. «Qiziq, u yana o‘sha kvartiraga qaytib chiqyapti. Mana, yana yuqori qavatdagi eshik ochildi. Hay, nachora, yana kutamiz».

Bu safar endi ko‘p kutishga to‘g‘ri kelmadi. Eshik ochildi. Oyoq tovushi. Tovush tindi. Jon achchig‘ida chinqiriq. Mushuk miyovladi. Juda tez, pildirab tushib kelayotgan oyoq tovushi, pastga, pastga, pastga!

Poplavskiy niyatiga yetdi. Boyagi g‘amgin odam bir nimalarni g‘o‘ldirab cho‘qina-cho‘qina g‘izillab o‘tdi, uning kal boshi timdalangan, shimi jiqqa ho‘l, basharasi mutlaqo telbayona edi. U qo‘rqib ketganidan eshikning qayoqqa ochilishini bilolmay, jonholatda bandidan yulqib torta boshladi, nihoyat, bir amallab uni ochib, oftobro‘ya hovliga otilib chiqib ketdi.

Shunday qilib, kvartira tekshiruvdan o‘tdi, Maksimilian Andreevich endi marhum jiyanini ham, kvartirani ham o‘ylamay, o‘z boshidan kechirgan xatarni eslaganda «qatl-qatl» titrab, nuqul: «Hammasi tushunarli! Hammasi tushunarli!» — deb ikki og‘iz so‘zni pichirlagancha hovliga yugurib chikdi. Yana bir necha daqiqadan keyin rejalashtiruvchi iqtisodchi trolleybusda Kiev vokzali tomon yelib ketdi.

Poplavskiy pastda, hujrada o‘tirgan paytda jikkak odamning boshiga g‘oyat ko‘ngilsiz savdo tushgan edi. U Vareteda bufetchi bo‘lib, ismi-sharifi Andrey Fokich Sokov edi. Vareteda tergov ishlari olib borilayotgan paytda Andrey Fokich butui voqeadan o‘zini chetga olib yurgan edi, lekin odamlar uning shundoq ham hamisha ma’yus chehrasi yana ham ma’yuslashganini payqashgan edi, bundan tashqari, u kurer Karpovdan musofir sehrgarning qaerda yashab turganini surishtirgan edi.

Shunday qilib, bufetchi zina maydonchasida ekonomistdan dars so‘ragach, beshinchi qavatga chiqib borib, 50-kvartiraga qo‘ng‘iroq qildi.

U qo‘ng‘iroq qilgan zahoti eshikni ochishdi, lekin bufetchi darhol kira qolmadi, balki seskanib orqasiga tisarildi. Buning sababi bor edi. Eshikni oldiga g‘amza uchungina to‘r hoshiyali fartukcha tutib, boshiga oq to‘r bezak qadagan qip-yalang‘och qiz ochgan edi. Darvoqe, u oyog‘iga oltin tufli ham kiygan edi. Qizning tashqi qiyofasidagi yagona nuqson — bo‘ynidagi to‘q-qizil chandiqni hisoblamaganda, uning qaddi-qomati mutlaqo bequsur edi.

— Kiring-da, qo‘ng‘iroq qilganingizdan keyin! — dedi qiz bufetchiga badaxloq ko‘k ko‘zlarini qadagancha.

Andrey Fokich og‘ir xo‘rsinib yuborib, ko‘zlarini «pir-pir» uchirdi va boshidan shlyapasini olib, dahlizga qadam qo‘ydi. Xuddi shu mahal dahlizdagi telefon jiringlab qoldi. Behayo xodima bir oyog‘ini stulga qo‘yib, trubkani olib dedi:

— Allo!

Bufetchi xijolatdan o‘zini qayoqqa urishni bilmay, yer tepinib turarkan: «Ana senga ajnabiylarning xodimasi! Voy maraz-e!» — deb o‘ylardi. Keyin u shu marazdan ko‘zini olib qochish uchun har tomonga alanglay boshladi.

Bu kattakon, nimqorong‘i dahlizning hammayog‘ida g‘ayrioddiy buyumlar va liboslar qalashib ketgan edi. Chunonchi, stulning suyanchig‘ida alvonrang astarli motam plashi, ko‘zgu tagidagi stolchada esa yaraqlagan oltin banddi uzun shamshir yotardi. Yana kumush sopli uchta shamshir xuddi zontik yo hassa singari burchakka tirab qo‘yilgan edi. Devorga qoqilgan kiyik shoxiga esa burgut patli beretlar ilingan edi.

— Eshitaman, — dedi xodima telefonga, — nima? Baron Maygel? Qulog‘im sizda. Ha! Janob artist bugun uydalar. Ha, bajonidil uchrashadi u siz bilan. Ha, mehmonlar… Yo frak, yo qora kamzul. Nima? Tungi soat o‘n ikkiga. — Xodima telefonda gaplashib bo‘lib, trubkani qo‘ydi, so‘ng bufetchiga yuzlandi: — Xo‘sh, xizmat?

— Men grajdanin artistni ko‘rmoqchi edim.

— Yo‘g‘-e? Albatta, shaxsan o‘zinimi?

— Ha, — dedi ma’yus ohangda bufetchi.

— So‘rab ko‘raman, — dedi xodima (chamasi, u taraddudda edi) va marhum Berlioz kabinetining eshigini qiya ochib dedi: — Ritsar, bu yerga jikkakkina bir odam kelib, messirni so‘rayapti.

Kabinetdan Korovyovning hirqiroq ovozi eshitildi:

— Mayli, kirsin.

— Mehmonxonaga kiring, — deb eshikni ochdi behayo qiz xuddi odamlarga o‘xshab kiyingandek soddagina qilib, so‘ng o‘zi dahlizni tark etdi.

Bufetchi taklif qilingan xonaga kirdiyu o‘zining nima ish bilan kelganini ham unutib qo‘ydi. Bu yerning jihozlarini ko‘rib u hang-mang bo‘lib qolgan edi. Ulkan derazalarga qo‘yilgan rang-barang oynalardan (dom-daraksiz g‘oyib bo‘lgan zargar bevasining orzu-havasi) xuddi cherkovlarda bo‘lganidek g‘ayritabiiy nur yog‘ilardi. Bahor payti, kunlar issiq bo‘lishiga qaramay, qadimiy mahobatli kaminda o‘tin lang‘illab yonib turardi. Ammo xona hech ham issiq emas, aksincha, bu yerga kirib kelgan bufetchiga «gup» etib yerto‘la zaxi ufurdi. Kamin oldiga yoyilgan yo‘lbars terisi ustida xirsday keladigan timqora mushuk ko‘zlarini halovatli suzgancha olovga tikilib o‘tirardi. Bu yerda shunday bir stol ham bor ediki, xudojo‘y bufetchining ko‘zi unga tushishi bilan butun vujudi seskanib ketdi: stol ustiga cherkov kimxobi yozilgandi. Mana shu kimxob dasturxon ustida mog‘or va chang bosgan qorindor shishalar qalashib ketgan edi. Shishalar orasida bitta lagan yaraqlab ko‘rindi, uning sof oltindan yasalgani bir qarashdayoq ma’lum edi. Kamin oldida kamariga pichoq qistirgan pak-pakana malla odam uzun shamshirni six qilib, olovda kabob pishirar, go‘shtning seli olovga chak-chak tomar, tutun esa mo‘rkon orqali chiqib ketayotgan edi. Bu yerda nafaqat kabob hidi, shuningdek, allaqanday juda o‘tkir atir bilan ladan hidi ham bor ediki, Berliozning halok bo‘lgani haqida gazetadan o‘qigan va uning qaerda istiqomat qilganini bilgan bufetchining miyasida, tag‘in bu yerda Berliozga janoza o‘qishgan bo‘lsa-ya, degan fikr paydo bo‘ldi, ammo shu zahoti buni g‘irt bema’nilik deb bilib, ko‘nglidan faromush qiddi.

Esankirab qolgan bufetchi kugilmaganda kimningdir do‘rillagan salmoqli ovozini eshitdi:

— Xo‘sh, nima gapingiz bor edi menda?

Shunda bufetchi o‘ziga kerak bo‘lgan odamni ko‘rdi.

Jodugar hammayog‘iga yostiqlar yoyib tashlangan allaqanday judayam keng va pastak divanda yonboshlab yotardi. Bufetchining ko‘ziga artist egniga faqat qora ichki ko‘ylak-ishtonu oyog‘iga uzun tumshuqli qora tufli kiygandek ko‘rindi.

— Men, — deb hasrat bilan gap boshladi bufetchi, — Varete teatrida bufet mudiriman…

Artist bufetchining gapini bo‘lmoqchi bo‘lganday ko‘lini oldinga cho‘zdiyu (barmoqlaridagi uzuklarning ko‘zlari yaraqlardi) jon-jahdi bilan qizishib gapira boshladi:

— Yo‘q, yo‘q, yo‘q! Boshqa bir og‘iz ham gapirmang! Hech qachon, hech qaerda! Bufetingizda hech qachon ovqatlanmayman! Kecha men, muhtaram zot, bufetingiz yonidan o‘tib qoluvdim, hanuzgacha bikri balig‘i bilap brinzangizning hidi dimog‘imdan ketgani yo‘q. Azizim! Hech qachon brinza yashil rangda bo‘lmaydi, kimdir laqillatipti sizni. Brinza faqat oq rangda bo‘lishi kerak. Undan keyin, choyni oling! Axir u yuvindi-ku! Allaqanday isqirt qiz chelakda sovuq suv olib kelib kattakon samovarga quyayotganini, ayni chog‘da samovar jo‘mragini burab, odamlarga choy quyib berishayotganini o‘z ko‘zim bilan ko‘rdim. Yo‘q, tasadduq, bunday qilib bo‘lmaydi!

— Meii kechirasiz, — dedi bu kutilmaganda ta’nadan esankirab qolgan Andrey Fokich, — men boshqa masalada kelgan edim, bikri balig‘ining bu tashrifimga daxli yo‘q.

— Ie, nega daxli yo‘q bo‘larkan, buzilgan bo‘lgandan keyin!

— O‘zi bikri balig‘ining sal uringanini yuborishgan edi, — dedi bufetchi.

— Tasadduq. bu safsata!

— Nimasi safsata!

— Sal uringan deganingiz! Har qanday mol yangi, urinmagan bo‘lishi kerak. Baski, sal uringanmi, demak, u mol emas, uni iste’mol qilib bo‘lmaydi, chunki u sasigan hisoblanadi!

Nuqul tirg‘ilayotgan artistdan qanday qutulishni bilmagan bufetchi:

— Meni kechirasiz… — deb yana gap boshlagan edi, artist:

— Kechira olmayman, — deb shartta uning so‘zini bo‘ldi.

— Men boshqa masalada kelgan edim! — dedi zo‘rg‘a tamoman gangib qolgan bufetchi.

— Boshqa masalada? — dedi ajablanib xorijlik sehrgar. — Yana qanday ishingiz bo‘lishi mumkin menda? Agar yodimda bo‘lsa, men sizga kasbdosh bo‘lganlardan faqat bitta markitant ayolni bilardim, lekin ungayam ko‘p bo‘lgan, hali siz unda dunyoga kelmagan edingiz. Azazello! Bufet mudiri janoblariga kursi qo‘y.

Kabob pishirayotgan odam o‘girilgan edi, so‘yloq tishlari bufetchini cho‘chitib yubordi. Azazello chaqqonlik bilan unga qora eman kursilardan birini qo‘ydi. Xonada shu pastak kursilardan bo‘lak hech qanday o‘tirg‘ich yo‘q edi.

— G‘oyat minnatdorman, — dedi bufetchi va kursiga o‘tirdi.

Shu zahoti kursining orqa oyog‘i «qars» etib sindi, bufetchi «gurs» yiqilib, kemirchagi bilan yerga qattiq urildi. U yiqilarkan oyog‘i oldida turgan boshqa kursiga tegib ketdi-yu, uning ustidagi lim-lim qilib qizil vino quyilgan qadahni o‘z shimiga ag‘darib yubordi.

Artist dedi:

— E, attang! Lat yemadingizmi?

Azazello bufetchini qo‘ltig‘idan olib turg‘azdi, unga boshqa kursi qo‘ydi.

Bufetchi mezbonning «shimingizni yeching, olovda quritib berishadi» degan taklifini ma’yus kayfiyatda rad etdi va jiqqa ho‘l kiyimda o‘zini tamoman o‘ng‘aysiz his etib, ikkinchi kursiga qo‘rqa-pisa o‘tirdi.

— Men past o‘rindiqni yoqtiraman, — deb gapira boshladi artist, — past kursidan yiqilish uncha xatarli emas. Ha, biz bikri balig‘ini gapirayotganmidik? Azizim! Hamisha va faqat yangi mol, yangi mol, yangi mol — har bir bufetchining shiori shu bo‘lishi kerak. Darvoqe, mana tatib ko‘ring…

Shu payt kamindagi olovning qip-qizil shu’lasi-da bufetchi oldida shamshir yaraqladi va Azazello oltin talinkaga jazillab turgan bir bo‘lak go‘sht qo‘yib, ustidan limon sharbati tomizdi-da, uni bufetchiga ikki tishli oltin sanchqi bilan qo‘shib uzatdi.

— Tashakkur… men…

— Yo‘q, yo‘q, tatib ko‘ring!

Bufetchi nazokat yuzasidan bir dona jazni og‘ziga soddi va shu onning o‘zida, judayam yangi, eng muhimi nihoyatda hushta’m narsa chaynayotganini his qiddi. Lekin u xushbo‘y, shirin go‘shtni chaynab turib shunday qalqib ketdiki, ikkinchi marta yiqilib tushishiga oz qoldi. Qo‘shni xonadan kattakon bir sharpa uchib chiqib, qanotini bufetchining taqir boshiga asta tekkizib o‘tdi. U kamin tokchasida turgan soat yoniga borib qo‘ngan edi, boyqush ekanligi ma’lum bo‘ldi. «Yo xudoyo tavba! — deb o‘yladi hamma bufetchilar singari tajang Andrey Fokich. — Bu qanaqa joy o‘zi!»

— Bir qadah vino, a? Oqidanmi, qizilidanmi? Qay mamlakatning vinosini xush ko‘rasiz kunning bu paytida?

— Tashakkur… men ichmayman…

— Chakki qilasiz! Bo‘lmasa bir qo‘l soqqa tashlab o‘ynaymizmi? Yo siz boshqa biron o‘yinni yoqtirasizmi? Masalan: domino, qarta?

— Men hech narsa o‘ynamayman, — dedi tamoman sillasi qurigan bufetchi.

— Judayam yomon, — deb xulosa chiqardi mezbon, — siz nima desangiz deng, ammo may ichishdan, qimor o‘yinlaridan, dilbar ayollardanu dilkash suhbatlardan yuz o‘giruvchi erkaklarning ko‘nglida qandaydir yovuzlik mavjud bo‘ladi. Bunday odamlar yo og‘ir betob bo‘lishadi, yo atrofidagi odamlardan xufiyona nafratlanishadi. To‘g‘ri, istisno ham bo‘lishi mumkin. Men bilan birga bir dasturxon atrofida ziyofatda bo‘lgan odamlar orasida ham ba’zan g‘aroyib marazlar uchrardi. Hay, qulog‘im sizda.

— Kecha siz ko‘zboyloqchilik qilgandingiz…

— Men-a? — dedi sehrgar taajjublanib, — yo‘q, kechirasiz. Menga yarashmaydi bunaqa qiliq!

— Afv etasiz, — dedi esankiragan bufetchi, — axir jodugarlik seansi…

— E, ha, to‘g‘ri, to‘g‘ri! O azizim! Sizga sirni fosh qilaman: men aslo artist emasman, shunchaki, moskvaliklarni ko‘rgim keluvdi, xolos, buni ro‘yobga chiqarishda teatr qo‘l kelardi, albatta. Mana, mening mulozimlarim, — u boshi bilan mushuk tomonga isho-ra qildi, — o‘sha seansni uyushtirishdi, men faqat moskvaliklarni kuzatib jim o‘tiraverdim. Yo‘q, yo‘q, rangingiz o‘chmasin-u, qani, o‘sha seans munosabati bilan sizni bu yerga kelishga nima majbur etganini ayting menga.

— O‘zingizga ayon, har turli fokuslar qatori, shiftdan qog‘ozlar ham yog‘ilgan edi, — bufetchi ovozini pastlatdi va xijolat tortib atrofga qarab qo‘ydi, — xullas, o‘sha qog‘ozlarni hamma ilib oldi. Keyin bufetimga bir yosh yigit kirib, bir chervon uzatdi, men unga sakkiz yarim so‘m qaytardim… Keyin ikkinchi odam…

— U ham yosh yigitmidi?

— Yo‘q, keksa odam. So‘ng uchinchi, to‘rtinchi odam kirib kelaverdi. Men hammalariga qaytim berdim. Bugun kassani tekshiraman desam, pul emas, qiyqim qog‘ozlar yotipti. Bufet bir yuz to‘qqiz so‘m ziyon ko‘rdi.

— E, attang, attang! — dedi artist, — nahotki, odamlar o‘sha qog‘ozlarni haqiqiy pul deb o‘ylashgan bo‘lsa? Bila-ko‘ra turib shunday qilishganiga hech aqlim bovar qilmaydi.

Bufetchi aftini burishtirib, atrofga ma’yus nazar tashladi-yu, lekin hech nima demadi.

— Nahot tovlamachilar?.. — hayajonlanib so‘radi sehrgar mehmondan, — nahot moskvaliklar orasida tovlamachilar bo‘lsa?

Unga javoban bufetchi shunday achchiq istehzo qildiki, moskvaliklar orasida tovlamachilar borligiga hech qanday shubha qolmadi.

— Bu pastkashlik! — dedi Voland achchig‘lanib, — mana, siz kambag‘al odamsiz… to‘g‘rimi, axir, kambag‘alsiz-a?

Bufetchi boshini yelkalari orasiga tortgan edi, uning kambag‘al odamligi ko‘rindi-qoldi.

— Siz, masalan, qancha pul jamg‘argansiz?

Savol xayrixohlik bilan berildi, lekin shunday bo‘lsa ham, uni qaltis emas deb bo‘lmasdi. Bufetchi dovdirab qoldi.

— Beshta omonat kassada ikki yuz qirq to‘qqiz ming so‘m puli bor, — dedi qandaydir qaltiroq ovoz qo‘shni xonadan, — yana uyida pol tagiga ikki yuzta o‘n so‘mlik oltin tanga ko‘mgan.

Bufetchi o‘zini go‘yo kursiga qapishib qolgandek his qildi.

— Ha, albatta, arzimagan iul bu, — dedi Voland mehmonga muruvvat qilib, — lekin, darvoqe, sirasini aytganda, jamg‘armangiz sizga kerak ham bo‘lmaydi. O‘zi qachon o‘lasiz?

Ana endi bufetchining achchig‘i chiqib ketdi.

— Buni hech kim bilmaydi, o‘lishimning hech kimga daxli ham yo‘q, — deb javob qildi u.

— Nega endi hech kim bilmas ekan, — kabinetdan yana boyagi xunuk ovoz eshitildi, — o‘rgildim Nyuton binomidan! U to‘qqiz oydan keyin, kelasi yilning fevralida birinchi MGU kasalxonasining to‘rtinchi palatasida jigar rakidan o‘ladi.

Bufetchining rangi za’faron bo‘lib ketdi.

— To‘qqiz oy, — deb o‘ychanlik bilan hisoblay boshladi Voland, — ikki yuz qirq to‘qqiz ming… yaxlitiga hisoblaydigan bo‘lsak, oyiga yigirma yetti ming so‘mdan to‘g‘ri keladimi? Sal kamroq, lekin kamtarona kun kechiriladigan bo‘lsa, yetib qoladi. Yana oltin tangalar ham bor.

— Oltinlarni sarflashga ulgurmaydi, — deb yana boyagi ovoz gapga aralashdi (bufetchining yuragi «shuv» etib ketdi). — Andrey Fokich vafot etgan zahoti uyi buziladi, o‘n so‘mlik oltinlar Davlat bankiga topshiriladi.

— Ha, kasalxonaga yotishingizni maslahat ko‘rmagan bo‘lardim, — deb davom etdi artist. — Og‘ir kasallar tinimsiz ingrab, xirillab yotgan palatada jon berishning nima xosiyati bor. Undan ko‘ra, o‘sha yigirma yetti mingga yaxshi bir ziyofat uyushtirib, so‘ng og‘u ichib, muzika sadolari ostida sarmast sohibjamollaru o‘ktam do‘stlar kuzatuvida dorilbaqoga rihlat etgan ma’qul emasmi?

Bufetchi qimir etmay o‘tirar, u judayam qarib ketgan edi. Ko‘zlari atrofida qora gardish paydo bo‘lgan, ikki lunji shalvirab, jag‘i osilib qolgan edi.

— Buni qarang-a, xayolga berilib ketibmiz, — de-di mezbon, — maqsadga o‘taylik. Qani, ko‘rsatingchi o‘sha qirqilgan qog‘ozlaringizni.

Bufetchi hayajonlangancha, cho‘ntagidan gazeta o‘ralgan bir dasta qog‘oz olib, uni ochdi, ochdiyu dong qotib qoldi. Gazetaga chervon pullar o‘ralgan edi.

— Azizim, siz chindanam betobsiz, — dodi Voland kiftlarini uchirib.

Bufetchi tirajygancha o‘rnidan turdi.

— Bordi-yu, — dedi duduqlanib u, — bular yana haligiday…

— Hm… — o‘ylanib qoldi artist, — unda yana huzurimizga keling. Siz uchun doim eshigimiz ochiq. Tanishganimizdan xursandman.

Shu choq kabinetdan Korovyov otilib chiqib, bufetchining qo‘liga yopishdi va uni to‘xtovsiz silkib xayrlasharkan, hammaga ko‘pdan-ko‘p salom aytishni qayta-qayta iltimos qila boshladi. Gangib qolgan bufetchi dahliz tomon yurdi.

— Gella, kuzatib qo‘y! — deb chinqirdi Korovyov. Bufetchi dahlizda yana o‘sha mallasoch, yalang‘och behayo qizga ro‘para keldi. U qiya ochilgan eshikdan yonlab chiqarkan, g‘ing‘illab «xayr» dedi va mast odamlardaxg gandiraklab yura boshladi. U zinadan bir qavat pastga yurib tushib to‘xtadi, pillapoyaga o‘tirib, cho‘ntagidan o‘rog‘liq pulni olib ochdi — chervonlar joyida edi.

Shu payt bu yerdagi kvartiradan yashil sumka ko‘tagan bir ayol chiqdi. U iillapoyada chervonlarga ma’nosiz tikilib o‘tirgan odamni ko‘rib jilmaydi-da, o‘zicha dedi:

— Qanaqa uy bo‘ldi o‘zi bu! Mana, buyam ertalabdan zahariga otib olipti. Ana, deraza oynasini yana sindirishipti, — keyin u bufetchiga tikilibroq qarab, ilova qildi: — Voy bo‘-o‘, grajdanin, chervonlaringiz muncha ko‘p. Mengayam ozrog‘ini bersangiz-chi! A?

— Meni tinch qo‘ying. Azbaroyi xudo, — dedi cho‘chib ketgan bufetchi va pulni azza-bazza yashira boshladi. Ayol kulib yubordi:

— E, qorang o‘chsin seni, qurumsoq! Hazillash-dim, — deb pastga tusha boshladi.

Bufetchi sekin o‘rnidan turdi, shlyapasini to‘g‘rilab kiyish uchun qo‘lini ko‘tardiyu boshyalang ekanligini payqadi. Orqaga qaytishga hech oyog‘i tortmayotgan edi, lekin shlyapasini ko‘zi qiymadi. U bir oz ikkilanib turgach, axiyri qaytib chiqib qo‘ng‘iroq qildi.

— Yana nima istaysiz? — deb so‘radi undai yaramas Gella.

— Shlyapamni unutib qoldiribman, — deb pichirladi bufetchi, barmog‘ini taqir boshiga niqtab. Gella orqasini o‘girdi, bufetchi hazar qilib, ichida tupirdi-da, ko‘zlarini chirt yumib oldi. Qayta ochganida, Gella unga shlyapasi bilan qora dastali shamshir uzatib turardi.

— Meniki emas, — deb pichirladi bufetchi shamshirni qaytarib, ayni paytda shlyapasini kiyarkan.

— Nahotki shamshirsiz kelgan bo‘lsangiz? — deb ajablandi Gella.

Bufetchi bir nima deb g‘o‘ldiradi-da, pastga g‘izillab tusha boshladi. Negaki, u o‘zini o‘ng‘aysiz his qila boshladi, shlyapada boshi judayam qizib ketayotgan edi, shunda u shlyapasini boshidan oldiyu qo‘rqqanidan bir sakrab tushib, ohista chinqirib yubordi. Uning qo‘lidagi shlyapa emas, titig‘i chiqqan xo‘roz pati qadalgan duxoba beret edi. Bufetchi cho‘qinib oldi. Shunda beret miyovlab yuborib, tim qora mushuk bolaga aylandi va yana Andrey Fokichning boshiga sakrab chiqib, uning taqir boshiga tirnoqlarini botirib mahkam yopishib oldi. Bufetchi jon achchig‘ida dod solib pastga yugurib gusha boshladi, mushuk bola esa uning boshidan sakrab tushib, bir sapchishda zinadan yuqoriga o‘kday otilib chiqib ketdi.

Bufetchi ochiq havoga otilib chiqib, darvoza tomon lo‘killab chopib ketdi va jinlar makon qurgan bu 302-bis uyni mangu tark etdi.

Keyin unga nima bo‘lgani biz uchun sir emas. Bufetchi darvozadan ko‘chaga otilib chiqib, bir nimani qidirayotganday olazarak bo‘lib atrofga o‘g‘rincha qaradi. Yana bir daqiqadan keyin u ko‘chaning narigi betiga o‘tib, aptekaga kirdi. U: «Marhamat qilib ayting-chi…» — deganini biladi, peshtaxta ortida gurgan ayol chinqirib yubordi:

— Grajdanin! Boshingizning hammayog‘i tilingan-ku!..

Yana besh daqiqadan keyin bufetchining boshi doka bilan bog‘langan edi, ayni paytda u jigar kasali bo‘yicha eng zo‘r mutaxassislar professor Bernadskiy bilan professor Kuzmin ekanligini ham bilib olgandi, so‘ng ularning qay biri yaqinroq, deb so‘rab, Kuzminning bu yerdan atigi bir hovli narida mo‘’jazgina oppoq uyda turishini bildi va suyunganidan boshi osmonga yetdi, ikki daqiqadan so‘ng u o‘sha uyga kirib bordi. Bu juda ko‘hna imorat bo‘lsa ham, xonalari shinamgina edi. Bufetchining esida: unga birinchi ro‘para kelgan odam kampir enaga bo‘ldi, u bufetchining shlyapasiga qo‘l uzatdi, ammo shlyapasi yo‘qligini ko‘rib tamshandi-da, qayoqqadir kirib ketdi.

Kampirning o‘rnida, ko‘zgu yonida, qandaydir ravoq ostida o‘rta yoshlardagi bir ayol paydo bo‘ldi va bufetchi savol berishga ulgurmay, faqat o‘n to‘qqizinchi chisloga yozilish mumkin, deb gapirdi. Bufetchi qanday chora ko‘rishni darrov fahmladi. U nursiz ko‘zlari bilan ravoq orqasiga mo‘ralab, u yerda — dahlizda navbat kutib o‘tirgan uchta odamni ko‘rib, pichirlab dedi:

— Dardim og‘ir — o‘lib qolaman…

Ayol bufetchining doka bilan bog‘lab tashlangan boshiga hayron bo‘lib qaradi-da, ikkilanib turib:

— Ha, mayli… — dedi va uni ravoq ichkarisiga o‘tkazib yubordi.

Xuddi shu mahal ro‘paradagi eshik ochilib, u yerda paydo bo‘lgan doktorning ko‘zidagi oltin pensne porladi, xalat kiygan ayol dedi:

— Grajdanlar, bu bemor navbatsiz kiradi. Bufetchi ko‘z ochib-yumguncha vaqt o‘tmay o‘zini professor Kuzminning kabinetida ko‘rdi. Bu sal cho‘zinchoq xonaning na biron qo‘rqinchli, na dabdabali va na tibbiyotga oid jihati bor edi.

— Sizga nima bo‘ldi? — deb so‘radi professor Kuzmin muloyim ovoz bilan va bufetchining doka bilan bog‘langan boshiga bir oz hayajon bilan boqdi.

— Ishonchli ma’lumotlarga qaraganda, — deb javob qildi bufetchi, devorga osilgan oynavand ramkadagi bir guruh odamlarning fotografiyasiga ko‘z qiri bilan qarash qilarkan, — kelasi yil fevralda jigar rakidan o‘larkanman. O‘tinaman, oldini oling.

Charm qoplangan kresloda o‘tirgan professor Kuzmin o‘zini uning baland suyanchig‘iga tashladi.

— Kechirasiz, gapingizga tushunmadim… siz vrach huzurida bo‘ldingizmi? Nega boshingiz bog‘langan?

— Qanaqa vrach?.. Uni o‘zingiz ko‘rganingizda edi!.. — deb birdan tishlari takillay boshladi. — Siz boshimga qaramang, kasalimga dahli yo‘q, sira. Siz boshimga tupuring, uni aloqasi yo‘q. O‘tinaman, jigar rakining oldini oling.

— Axir, kim aytdi o‘zi sizga buni?

— Unga ishoning, — deb astoydil iltimos qildi bufetchi, — u biladi.

— Hech nimaga tushunmayapman, — dedi professor yelkasipi qisib, kreslosini g‘ildiratib stoldan uzoqlasharkan. — Qachon o‘lishingizni qanday bilishi mumkin o‘sha odam? Buning ustiga, u vrach ham emas ekan!

— To‘rtinchi palatada o‘larmishman, — dedi bufetchi.

Shu gapdan keyin professor bu patsientning boshiga, ho‘l shimiga tikilibroq qaradi-da: «Bir kami shu edi! Jinni-ku!» — deb ko‘nglidan o‘tkazdi va so‘radi:

— Araq ichasizmi?

— Hech qachon og‘zimga olmaganman, — deb javob qildi bufetchi. Yana bir daqiqadan keyin uni yechintirib, sovuq kleyonka yozilgan kushetkaga yotqizishdi, professor uning qornini ezg‘ilay boshladi. Shuni aytish kerakki, bufetchining ruhi endi ancha yengillashgan edi. Chunki professor hozir, xususan bugungi kunda bufetchida hech qanday rakdan asar yo‘qligini qat’iy ishonch bilan aytgan edi. Biroq gap shunday ekan… baski u qo‘rqayotgan, qandaydir lo‘ttiboz uni cho‘chitib qo‘ygan ekan, mayli, hamma analizlarni topshirsin… Professor bir iimalarni tirillatib yozarkan, ayni paytda, qayoqlarga borish, nimalar olib borishni tushuntirdi. Bundan tashqari, u bufetchiga asabingiz butunlay ishdan chiqqan deb tushuntirib, nevropatolog professor Burega ham xat yozib berdi.

— Qancha to‘lashim kerak, professor? — deb muloyim va titroq ovoz bilan so‘radi bufetchi qo‘ynidan do‘mpaygan hamyonini chiqararkan.

— Berganingiz, — cho‘rt kesib, quruqqina dedi professor.

Bufetchi o‘ttiz so‘m chiqarib stolga qo‘ydi, so‘ng qo‘lini xuddi mushuk panjasi singari o‘ynatib bir nechta jarangdor tangani o‘sha chervonlar ustiga ustma-ust taxlab qo‘ydi.

— Ie, bu nima? — dedi Kuzmin mo‘ylovini burab.

— Qo‘limni qaytarmang, grajdanin professor, — deb pichirladi bufetchi, — yolboraman — rakning oldini oling.

— Hoziroq qaytib oling oltiningizni, — dedi professor o‘z irodasi kuchidan faxrlanib, — undan ko‘ra asabingizni davolatsangiz bo‘lardi. Ertagayoq siydik topshiring analizga, choyni ko‘p ichmang, ovqatni mutlaqo tuzsiz yeng.

— Hatto sho‘rvaniyammi? — deb so‘radi bufetchi.

— Hamma ovqatingiz tuzsiz bo‘lsin, — deb buyurdi Kuzmin.

— Ehh!.. — dedi ma’yus xo‘rsinib bufetchi professorga mehr bilan tikilarkan, so‘ng oltinlarni kissasiga soldi-da, eshik tomon tisarila boshladi.

O‘sha oqshom professorga kelgan bemorlar kamchilik edi, endi qosh qoraya boshlaganda oxirgi patsient ham jo‘nab ketdi. Professor xalatini yecha turib, bufetchi uch chervon qoldirib ketgan yerga ko‘z tashladi, ammo u yerda hech qanaqa chervon yo‘q, balki «Abrau-Dyurso» shishasiga yopishtiriladigan uchta etiketka yotardi.

— Jin ursin, bu qanaqa maynavozchilik! — deb to‘ng‘illadi Kuzmin xalatining etagini polda sudrab borib, qog‘ozlarni ushlab ko‘rarkan, — u nafaqat jinni, yana qallob ham ekan-ku! Lekin tushuna olmayapman, nimaga keluvdi o‘zi u mening huzurimga? Nahotki siydik analizi uchun qog‘oz yozdirib olgani bo‘lsa? O! Palto o‘g‘irlagani kelgan! — Shundan keyin u xalatining bir yengini yechgancha dahlizga otildi, — Kseniya Nikitishna! — deb chinqirdi u ostonada turib, — qarang-chi, paltolar joyidamikin?

Hamma palto joyida ekan. Lekin professor axiyri yo‘l-yo‘lakay xalatni yechib stol oldiga yaqinlashdi-yu, birdan stol sathidan ko‘zini uzolmay, xuddi parket polga ildiz otganday tosh qotib turib qoldi. Haligina etiketkalar yotgan yerda sut quyilgan likopcha, likopcha yonida sho‘rpeshona bir qora mushukcha g‘aribona miyovlab turardi.

— Bu qanaqa bema’nigarchilik yana?! Axir bu… — professor gardanining muz bo‘lib qotib qolganini his qildi.

Uning zaif va ayanchli chinqirig‘ini eshitib yugurib kelgan Kseniya Nikitishna, mushuk bolani bironta patsient tashlab ketgan bo‘lishi kerak, professorlarnikida bunaqa hollar bo‘lib turadi, deb bir zumda uni tinchitdi.

— Muhtojlikda yashashsa kerak, — deb izohlardi Kseniya Nikitishna, — bizda esa, har nechuk, albatta…

Keyin, qaysi patsient tashlab ketdiykin, deb o‘ylay boshlashdi. O‘ylab-o‘ylab oshqozon yarasi bilan kelgan kampirda to‘xtashdi.

— Albatta, o‘sha, — derdi Kseniya Nikitishna, — u bunday o‘ylagan bo‘lishi kerak: men-ku baribir o‘laman, jonivor mushukchaga uvol bo‘ladi.

— Kechirasiz! — deb chinqirib yubordi Kuzmin, — sut-chi?! Sutniyam o‘sha kampir olib kelganmi? Likopchaga nima deysiz?

— Sutni u shishachada olib kelgan-da, shu yerda likopchaga quygan, — deb izohladi Kseniya Nikitishna.

— Nima bo‘lganda ham, olib chiqib keting mushukcha bilan likopchani, — dedi Kuzmin va o‘zi Kseniya Nikitishnani to eshikkacha kuzatib qo‘ydi… U orqasiga qaytganida vaziyat yana o‘zgargan edi.

Professor xalatini ilarkan, qulog‘iga hovlidan kimningdir xoxolab kulgani eshitildi, u derazadan qarab, dong qotib qoldi. Bir xonim ko‘ylakchan holda hovlini kesib ro‘paradagi kichik uyga chopib o‘tayotgan edi. Professor hatto u ayolning ismi-sharifini ham bilardi, — Mariya Aleksandrovna. Xoxolab kulayotgan esa bir bola edi.

— Nima bo‘ldi o‘zi? — dedi Kuzmin nafrat bilan. Shu mahal devor orqasida, qizining xonasida patefonda «Alliluyya» fokstroti chalina boshladi, ayni shu fokstrot chalinayotgan paytda professorning orqasida chumchuq chirqillagani eshitildi. U orqasiga o‘girilib, o‘z stoli ustida kattakon bir chumchuqning dik-dik sakrab yurganini ko‘rdi.

«Hm… og‘ir bo‘lishim kerak… — deb o‘yladi professor, — men derazadan nari ketganimda uchib kirgan bu chumchuq. Hammasi joyida», — deb ta’kidladi u o‘ziga o‘zi, garchi hech narsaning, asosan, manavi chumchuq tufayli, mutlaqo joyida emasligini his qilayotgan bo‘lsa ham. Professor chumchuqqa tikilib qararkan, uning oddiy chumchuqlardan emasligini darrov fahmladi. Bu yaramas chap panjasiga oqsoqlanar, mazax qilib oyog‘ini sudrab bosar, xullasi kalom — patefonda chalinayotgan fokstrotga xuddi peshtaxta oldida gandiraklab turgan mastga o‘xshab raqs tushardi. U har xil beadablik qilar, professor tomonga sullohona baqrayib qarardi. Kuzmin qo‘lini telefonga uzatdi, u o‘z kursdoshi Burega qo‘ng‘iroq qilib, oltmish yoshga kirgan odamning ko‘ziga bu qabildagi chumchuq ko‘rinsa, boz ustiga, birdan boshi aylana boshlasa — bu nimadan darak? — deb so‘ramoqchi edi.

Bu asnoda chumchuq sovg‘a qilingan siyohdonga qo‘nib, uni axlati bilan bulg‘adi (gapim chin), keyin uchib havoda bir oz muallaq turdi-da, o‘qdek uchib borib, universitetni 94-yilda bitirgan barcha talabalar suratini qoplagan oynani go‘yo po‘latdek tumshug‘i bilan cho‘qib, chil-chil sindirdi, shundan keyin derazadan «pir» etib uchib chiqib ketdi. Professor do‘sti Burega qo‘ng‘iroq qilish o‘rniga, zuluklar byurosining telefon nomerini terdi va o‘zining professor Kuzmii ekanligini aytib, darhol uning uyiga zuluk yuborishlarini iltimos qildi.

Professor trubkani ilib, yana o‘z stoli tomonga o‘girildi, o‘girildiyu chinqirib yubordi. Stol ortida boshiga hamshiralar durrasini o‘ragan va «Zuluklar» deb yozilgan sumka ushlagan bir ayol o‘tirardi. Professor uning og‘ziga tikilib dod solib yubordi. Chunki u og‘zi qiyshiq, qulog‘igacha yetgan, boz ustiga erkakcha og‘iz bo‘lib, unda bittagina so‘yloq tish bor edi. Hamshiraning ko‘zlari nursiz edi.

— Pullarni men yig‘ib olaman, — dedi hamshira do‘rillagan erkakcha ovoz bilan, — bekorga sochilib yotadimi. — U qushnikiga o‘xshagan panjasi bilan etiketkalarni sidirib olarkan; ayni paytda havoda erib, ko‘zdan yo‘qola boshladi.

Oradan ikki soat o‘tdi. Professor o‘z yotoqxonasida karavotda o‘tirarkan, ikki chakkasida, quloqlari orqasida va bo‘ynida zuluklar osilib yotardi. Kuzminning oyoq tomonida qavima shoyi ko‘rpa ustida oppoq mo‘ylovli professor Bure Kuzminga hamdardlik bilan tikilib o‘tirarkan, o‘zi ko‘zingga shunday ko‘ringan, hech ishonma, deb tasalli berardi do‘stiga. Tashqarida esa, endi qorong‘i tushgan edi.

Shu kecha Moskvada yana qanday g‘aroyibotlar ro‘y bergan — biz bilmaymiz, surishtirib ham o‘tirmaymiz, albatta, buning ustiga, ushbu haqqoniy qissamizning ikkinchi qismiga o‘tadigan payt ham yetib keldi. Men bilan yuring, kitobxon!

Загрузка...