IKKINCHI QISM

O‘n to‘qqizinchi bob MARGARITA

Men bilan yuring, kitobxon! Dunyoda chinakam, sadoqatli, boqiy muhabbat yo‘q, deb kim aytdi sizga? Shunday degan yolg‘onchining qabohatkash tili kesilsin!

Siz faqat men bilan yuring, kitobxon, men ko‘rsataman sizga o‘shanday pok muhabbatni!

Yo‘q! Usta kasalxonada Ivanushkaga achchiq qayg‘u bilan, u meni unutib yuborgan, deb aytganida yanglishgan edi. Bunday bo‘lishi aslo mumkin emas edi. U ayol ustani unutmagan edi, albatta.

Keling, birinchi navbatda, ustaning Ivanushkadan yashirgan sirini oshkor qilaylik. O‘shal mahbubaning ismi-sharifi Margarita Nikolaevna bo‘lib, ustaning bu ayol to‘g‘risida sho‘rpeshona shoirga aytgan hamma gaplari to‘g‘ri edi. Ha, u o‘z mahbubasini to‘g‘ri tasvirlagan edi. U juda go‘zal va aqlli ayol edi. Bu gapimizga ilova qilib yana shuni qat’iy ishonch bilan aytishimiz mumkinki, ko‘pchilik ayollar hayotda Margarita Nikolaevna bilan o‘rin almashish uchun hech nimalarini ayama-gan bo‘lar edilar. O‘ttiz yoshli befarzand Margarita juda yirik bir mutaxassisning, mutaxassis bo‘lganda ham davlat ahamiyatiga molik muhim kashfiyot egasining xotini edi. Eri yosh, chiroyli, oqko‘ngil, halol yigit bo‘lib, Margaritani sidqidildan sevar edi. Margarita Nikolaevna eri bilan ikkovi Arbat yaqinidagi tor ko‘chalardan birida bog‘ ichida joylashgan chiroyli imoratning yuqori qavatini butunicha egallashgan edi. G‘oyat xushmanzara joy! O‘shal boqqa borishni ixtiyor qilgan har bir odam gapimning to‘g‘riligiga ishonch hosil qilishi mumkin. Xohlovchi bo‘lsa, menga murojaat qilsin, unga adresni aytib, yo‘lni ham ko‘rsataman — u imorat haliyam bor.

Margarita Nikolaevna hech qachon puldan siqilmagan. U ko‘ngli tusagan hamma narsani sotib olishi mumkin edi. Erining tanishlari orasida ajoyib kishilar ham uchrardi. Margarita Nikolaevna hech qachon primusga yaqinlashmagan Margarita Nikolaevna umumiy kvartirada yashash mashaqqatlaridan mutlaqo bexabar. Qisqasi… u baxtiyormidi? Bir lahza ham! U o‘n to‘qqiz yoshida erga tegib shu uyda yashay boshlagandan beri baxt nimaligini bilmasdi. O xudolar, xudolar! Nima kerak edi o‘zi bu ayolga! Ko‘zlarida hamisha mavhum bir o‘t chaqnab turuvchi bu ayolga nima kerak edi? O‘shanda bahorda mimoza guli taqib olgan bir ko‘zi xiyolgina g‘ilay bu alvastiga nima kerak edi o‘zi?

Bilmayman. Menga ma’lum emas. Chamasi u rost gapirgan edi, ya’ni unga gotika uslubida qurilgan imorat ham, alohida bog‘ ham, pul ham emas, yolg‘iz usta kerak edi. Margarita rost gapirgan edi, u ustani sevar edi. Hattoki men — rostgo‘y qissanavis, garchi begona odam bo‘lsam ham, Margaritaning ertasi kuni ustanikiga kelib, uning uyda yo‘qligidan qanday iztirob chekkanini o‘ylasam, yuraklarim ezilib ketadi (yaxshiyamki, baxtiga tunda eri qaytib kelmagan va Margarita u bilan gaplashishga ulgurmagan edi).

U usta to‘g‘risida biron darak eshitish uchun qo‘lidan kelgan hamma harakatni qildi, lekin, turgan gapki, hech nima bila olmadi. Shundan keyin u o‘z uyiga qaytib, yana avvalgidek kun kechira boshladi.

— Ha, ha, ha, o‘xshash xato! — derdi Margarita qishda pechka oldida olovga tikilib o‘tirarkan, — nega axir o‘shanda, kechasi uni tashlab ketdim? Nega? Bu axir telbalik edi-ku! Men va’damga vafo qilib ertasi kuni bordim, lekin kechikkan edim. Ha, men ham xuddi baxtiqaro Leviy Matveyga o‘xshab ancha kechikib bordim!

Bu bema’ni gap edi, albatta, negaki, aslini olganda, agar u o‘sha kecha ustaning uyida qolganida ham hech qanday o‘zgarish bo‘lmasdi!

Margarita uni qutqarib qola olarmidi? Qiziq deb aytishimiz mumkin, ammo biz mushkul ahvolga tushgan ayol oldida bunday qilmaymiz.

Margarita Nikolaevna butun qish shunday mashaqqatda yashab, axiyri bahorga chiqib oldi. Moskvada badkor sehrgar paydo bo‘lib, har turli bema’ni gavg‘olar ko‘tarilgan kuni, ya’ni Berliozning pochchasi Kievga qaytarib yuborilgan, buxgalterni qamoqqa olishgan va yana ko‘p tuturiqsiz mavhum voqealar sodir bo‘lgan o‘sha juma kuni choshgoh paytida Margarita imoratning minora ostiga, sirtga bo‘rtib chiqqan qismiga joylashgan o‘z yotoqxonasida uyqudan uyg‘ondi.

Margarita ko‘zini ochdi-yu, ammo bu safar doimiy odati bo‘yicha yig‘lamadi, chunki u nihoyat bugun bir kor-hol yuz berishini his qilib uyg‘ongan edi. Endi u ana shu hissiyotini faromush qilib qo‘ymaslik uchun uni papalab, ardoqlab kamol toptira boshladi.

— Men ishonaman! — deb pichirladi Margarita g‘urur bilan, — ishonaman! Biron nima yuz beradi! Yuz bermasligi mumkin emas axir, negaki, sirasini olganda, qaysi gunohim uchun umrbod azob chekishim kerak? To‘g‘ri, men yolg‘on gapirganimni, aldamchilik qilganimni, odamlardan yashirincha, xufiyona hayot ke-chirganimni bo‘ynimga olaman, lekin shu qilmishim uchun bunchalik og‘ir jazoga duchor bo‘lishim mumkin emas-ku. Albatta biron nima sodir bo‘ladi, chunki hech bir narsa mangu davom etmaydi, axir. Keyin, men bugun xosiyatli tush ko‘rdim, bunga aminman.

Margarita Nikolaevna quyosh shu’lasidan lolarang bo‘lgan darpardaga tikilib, uch tavaqali ko‘zgu oldida shosha-pisha kiyinib, jingalak kalta sochini tararkan shunday pichirlardi.

Margarita bugun haqiqatan ham juda alomat tush ko‘rgan edi. Gap shundaki, azobda o‘tgan butun qish mobaynida u hech qachon ustani tushida ko‘rmagan edi. Kechasiga usta uni tark etar, faqat kunduz kunlari Margarita uni o‘ylab iztirob chekardi. Bugun esa kutilmaganda tushiga kirdi u.

Margarita tanimaydigan joymish — erta bahor, osmonni bulut burkab olganligidan bu joy shumshuk va noxush ko‘rinarmish. Avzoi buzuq osmonda pag‘a-pag‘a bulutlar suzarmish va shu bulutlar ostida gala-gala qarg‘alar tovushsiz uchib yurarmish. Allaqanday qing‘ir ko‘prikmishu uning ostidan bahorgi loyqa suv oqarmish. Shu yerda yarimyalang‘och motamsaro, faqirona daraxtlar, yolg‘iz sho‘ppayib turgan tog‘terak, undan narida — qandaydir ekinzor etagida bir yog‘och uy — u oshxonami, hammommi, yo boshqa bir nimami noma’lum — daraxtlar orasidan ko‘rinib turganmish. Chor atrof o‘lik va shu qadar shumshukmishki, ko‘prikcha yonidagi tog‘terakka sirtmoq tashlab osilib o‘lgisi kelarmish Margaritaning. Na «qilt» etgan shabada esar, na bulutlar joyidan siljir, na biron tirik jon bor emish bu yerda. Tirik odam uchun jahannamning o‘zi emish!

Tasavvur qiling-a, shu mahal o‘sha yog‘och uyning eshigi ochilib, ostonada… usta paydo bo‘lganmish. Uy ancha yiroqda bo‘lsa ham, Margarita uni aniq ko‘rib turganmish. Ust-boshi to‘zib ketganidan, uning qanday libos ekanligini ham bilib bo‘lmasmish. Sochlari paxmaygan, soqol-mo‘ylovi o‘sib ketganmish. Ko‘zlari xasta va bezovtamish. U qo‘li bilan imlab Margaritani chaqirarmish. Shunda Margarita jonsiz havoda nafasi og‘ziga tiqilgancha, o‘nqir-cho‘nqir yerlardan uning istiqboli sari chopa boshlapti-yu, birdan uyg‘onib ketipti.

«Bu tushimning ta’biri faqat ikki ma’nodan birini bildirishi mumkin, — deb mulohaza qila boshladi o‘zicha Margarita Nikolaevna, — agar u o‘lgan bo‘lsayu meni imlab chaqirayotgan bo‘lsa, demak u meni olib ketgani kelganu yaqinda o‘laman. Shunday bo‘lsa judayam soz bo‘ladi, negaki azobdan qutulaman. Yo bo‘lmasa, u tirik, agar shunday bo‘lsa, unda u menga o‘zini eslatmoqchi! Demak, u biz yana diydor ko‘rishamiz, demoqchi. Ha, biz juda tez orada uchrashamiz».

Margarita o‘z mulohazasidan hamon sarxush holda, hammasi ko‘ngildagidek bo‘lyapti, bunday qulay fursatdan albatta foydalanib qolish kerak, deb uqtirardi o‘ziga-o‘zi. Eri uch kunga komandirovkaga jo‘nab ketgan edi. Shu uch kecha-kunduz mobaynida u o‘zi xon, ko‘lankasi maydon, nimani xohlasa, shuni o‘ylashi, ko‘ngli tusagan narsani orzu qilishi mumkin. Yuqori qavatdagi beshta xonaning hammasi, Moskvada o‘n minglab kishilarning havasini keltiruvchi bu kvartira butunicha uning ixtiyorida edi.

Biroq o‘zini uch kungacha erkin qush hisoblagan Margarita kelib-kelib bu muhtasham kvartiraning eng xilvat bir go‘shasini tanladi. U choy ichib bo‘lib, derazasi yo‘q qorong‘i hujraga kirdi, bu yerda chama-donlar va har xil eski-tuskilar tiqib tashlangan ik-kita katta shkaf turardi. U cho‘qqayib o‘tirib, birin-chi shkafning pastki g‘aladonini ochdi va u yerda yotgan shoyi qiyqimlari ostidan o‘zi uchun hayotida birdan-bir bebaho hisoblangan narsani qo‘liga oldi. Bu — jigar rang charm muqovali fotografiya albomi bo‘lib, uning ichida ustaning surati, o‘n ming so‘m omo-nati bo‘lgan omonat daftarchasi, xitoy qog‘ozi orasiga bostirib qo‘yilgan atirgul barglariyu mashinkada yozilgan va past tomoni kuygan bir toboqcha keladigan qo‘lyozma bor edi.

Margarita Nikolaevna shu boyligi bilan yotoqxonasiga qaytib, suratini uch tavaqali ko‘zgu oldiga qo‘ydi va olov yalagan qo‘lyozmani tizzasiga yoyib, boshi ham, oxiri ham yonib ketgan bu varaqlarni qayta-qayta o‘qib bir soatcha o‘tirdi: «…O‘rtaer dengizi yokdan bostirib kelgan zulmat prokuratorga manfur bo‘lgan shaharni burkab oldi. Jomeni dahshatli Antoniy minorasi bilan ulagan muallaq ko‘priklar g‘oyib bo‘ldi, osmondan tushgan quyuq siyo Hippodrom uzra qanot yozgan ma’budlarning haykallarini, Xasmoney qasrini va uning shinaklarini, bozorlarni, karvon-saroylarni, ko‘chalarni, hovuzlarni qamrab oldi… Azim shahar — Yershalaim go‘yo hech qachon dunyoda bo‘lmaganday ko‘zdan yo‘qoldi…»

Margarita asarning davomini o‘qishni istardi, lekin u yog‘ida qing‘ir-qiyshiq quyuq hoshiyalardan bo‘lak hech narsa yo‘q edi.

Margarita Nikolaevna ko‘z yoshlarini artib, qo‘lyozmani qo‘ydi, tirsaklarini ko‘zgu ostidagi stolchaga tiragancha, uzoq vaqt ko‘zini suratdan uzmay o‘tirdi. Nihoyat, ko‘z yoshlar tindi. Margarita o‘z boyligini yana avaylab taxtladi, bir necha daqiqadan keyin albom yana o‘sha joyiga, qiyqimlar ostiga ko‘mildiyu qorong‘i hujraning qulfi sharaqlab yopildi.

Margarita Nikolaevna sayrga otlanib, dahlizda palto kiyayotganida uy xodimasi go‘zal Natasha, tushlikning quyug‘iga nima pishiray, deb so‘radi sohibasidan, menga baribir, degan javobni olgach, yana bir oz vaqtichog‘lik qilgisi keldi shekilli, bekasi bilan chaqchaqlashish maqsadida olamjahon mish-mishlarni gapirib tashladi, shu jumladan dedi:

— Voy, kecha teatrda bir ko‘zboyloqchi shunaqangi nayranglar ko‘rsatibdiki, hammaning og‘zi lang ochilib qolibdi, hammaga ikki shishadan chet el atiri, yana paypoq beripti, tekinga keyin sehrgarlik seansi tugagach, odamlar ko‘chaga chiqishganda, bundoq qarashsa — hamma shir yalang‘ochmish!

Margarita Nikolaevna kula-kula, shu dahlizda turgan ko‘zgu stolchasiga o‘tirib qoldi.

— Natasha! Qo‘ying-e, — derdi u, — savodli, farosatli qiz bo‘lsangiz-u, ko‘cha-ko‘yda odamlardan eshitgan qayoqdagi yolg‘on-yashiq gaplarni takrorlasangiz-a!

Natasha cho‘g‘dek qizarib ketdi va jon-jahdi bilan e’tiroz bildira boshladi:

— Hech ham yolg‘on emas, bugun Arbatdagi gastronomda o‘z ko‘zim bilan ko‘rdim: oyog‘iga tufli kiyib borgan bir ayol kassaga pul to‘lab turganida, birdan tuflisi g‘oyib bo‘lib, paypokda qoldi. Ko‘zlari baqraygan! Tovoni teshilgan. Keyin bilsak, o‘sha tufli teatrda berilgan sehrli tufli ekan.

— Paypoqchan ketaverdimi?

— Ketaverdi! — dedi Natasha, gaplariga bekasi ishonmayotganidan ko‘proq qizarib. — Aytganday, Margarita Nikolaevna, kecha kechasi militsiya yuztacha odamni ushlab olib ketipti. O‘sha sehrgarlik seansida bo‘lgan ayollar Tver ko‘chasidan bitta ichki ishtonda chopib ketishganmish.

— Albatta, buni sizga Darya gapirgan, — derdi Margarita Nikolaevna, — ko‘pdan beri payqab yuribman. U yolg‘onni suvday ichadi.

Bu alomat suhbat Natasha uchun kutilmagan sovg‘a bilan yakunlandi. Margarita Nikolaevna yotoqxonasiga kirib, u yerdan bir juft paypoq bilan bir shisha atir ko‘tarib chikdi. U Natashaga, men ham sizga fokus ko‘rsatmoqchiman, deb aytib, unga paypoq bilan atirni sovg‘a qildi va:

— Faqat bitta iltimosim shuki — ishqilib, Tver ko‘chasida paypoqchan chopib yurmang, keyin, Daryaning gaplariga ham quloq solmang, — dedi.

Beka bilan uy xodimasi o‘pishib xayrlashishdi.

Margarita Nikolaevna trolleybus o‘rindig‘ining qulay va yumshoq suyanchig‘iga suyangancha Arbat bo‘ylab, ketib borarkan, goh o‘z xayollariga berilib ketar, goh o‘zidan oldingi o‘tirg‘ichda pichirlashib o‘tirgan ikki kishining gaplariga quloq solardi.

Ular, gapimizni hech kim eshitmayaptimikin, degandek onda-sonda atrofga qo‘rqa-pisa nazar tashlar ekanlar, qandaydir tuturiqsiz narsa to‘g‘risida gapirishardi. Oyna oldida o‘tirgan, cho‘chqanikiga o‘xshagan ko‘zlari o‘tkir, gungursday keladigan baq-baqaloq odam yonidagi jikkakkina qo‘shnisiga, tobut ustiga qora choyshab yozishga to‘g‘ri kelgani haqida gapirardi…

— Yo‘g‘-e, ishonmayman, — deb pichirlardi jikkak odam hayratlanib, — aql bovar qilmaydi bunga… Xo‘sh, Jeldibin nima chora ko‘rdi?

Trolleybusning bir me’yordagi guvullashi fonida oyna oldidagi odamning ovozi eshitildi:

— Jinoiy qidiruv… g‘alvaning o‘zi… g‘irt mistika!

Margarita Nikolaevna o‘zi eshitgan bu uzuq-yuluq jumlalarni bir-biriga ulab, shunday taxminiy ravonlik kasb etdi: bu ikki grajdanin bugun ertalab qaysiyam bir murdaning (uning kimligini tilga olishmasdi) kallasini tobutdan o‘g‘irlab ketishgani haqida pichirlashishardi! Anavi Jeddibin deganlari shuning uchun ham bezovta bo‘layotgan ekan. Trolleybusda pichirlashib borayotgan bu ikki odam ham kallasi o‘g‘irlangan murdaga daxldor edilar.

— Kirib gul olishga ulgurarmikinmiz? — deb bezovta bo‘la boshladi jikkak odam, — soat ikkida kuydirishadi dedingmi?

Nihoyat, tobutdan o‘g‘irlangan kalla haqidagi tuturiqsiz pichirlashlarni eshitish Margarita Nikolaevnaning joniga tegdi, u tushadigan bekatiga kelganini ko‘rib xursand bo‘lib ketdi.

Yana bir necha daqiqadan keyin u Kreml devori poyiga qo‘yilgan skameykalardan biriga borib o‘tirdi, bu skameykadan manej maydoni yaqqol ko‘rinib turardi.

Margarita charaqlab turgan quyoshdan ko‘zlarini suzib o‘tirarkan, bugun kechasi ko‘rgan tushini eslardi, so‘ng u kun-bakun va soat-basoatiga bundan rosa bir yil burun xuddi mana shu skameykada usta bilan yonma-yon o‘tirganini xotirlay boshladi. O‘shanda ham, xuddi hozirgidek qora sumkachasi uning yonida, skameykada yotgan edi. Bugun uning yonida usta yo‘q edi, biroq Margarita Nikolaevna u bilan xayolan suhbatlashardi: «Agar surgun qilingan bo‘lsang, nega o‘zing haqingda darak bermaysan? Axir boshqalar xabar qilishadi-ku. Yo mendan ko‘ngling qolganmi? Yo‘q, bunday bo‘lishiga hech ishonmayman. Demak sen surgunda o‘lgansan… Agar shu rost bo‘lsa, o‘tinaman, meni ozod et, erkin nafas olib yashashimga imkon ber». Shundan keyin, Margarita Nikolaevna o‘ziga-o‘zi ustaning tilidan javob qaytarardi. «Sen ozodsan… Nima, ushlab turibmanmi seni?» Keyin Margarita e’tiroz bildirardi unga: «Yo‘q, bu javob emas! Yo‘q, sen mening xotiramdan ket, shundagina men ozod bo‘laman».

Margarita Nikolaevnaning oldidan odamlar o‘tib turishardi. Bir erkak bu yaxshi kiyingan ayolga ko‘z qirini tashladi-yu, uning go‘zalligi va yolg‘izligiga maftun bo‘lib, tomoq qirib qo‘ydi va Margarita Nikolaevna o‘tirgan skameykaning bir chekkasiga omonatgina o‘tirdi. So‘ng o‘zini tutib olib, luqma tashladi:

— Tabiiyki, bugun havo juda yaxshi.

Lekin Margarita unga shunday noxush qaradiki, u o‘rnidan turib jo‘nab qoldi.

«Mana senga misol, — derdi Margarita o‘z qalbining sohibiga xayolan yuzlanib. — Rost-da, nega endi bu erkakni haydab yubordim» O‘zim zerikib o‘tirgan bo‘lsam, anavi shilqim ham binoyiday ko‘rinadi, agar «tabiiyki» degan ahmoqona so‘zini istisno qilinsa. Nega endi men xuddi boyo‘g‘lidek devor tagida sho‘ppayib o‘tiribman? Nega endi hayotdan chetga chiqarib tashlanganman?»

U qattiq qayg‘urib, boshini xam qiddi. Lekin shu payt boya ertalab sodir bo‘lgan intizorlik va sarxushlik to‘lqini uning ko‘kragiga kelib urildi. «Ha, sodir bo‘ladi!» To‘lqin ikkinchi marta urildi, ana shunda Margarita, uning ovozli to‘lqin ekanligini tushundi. Yaqinlashib kelayotgan do‘mbira va ohangni sal buzib chalayotgan mis karnaylarning ovozi ko‘cha shovqini orasidan tobora aniqroq eshitila boshladi.

Birinchi bo‘lib bog‘ panjarasi yonidan otda odimlab yurib borayotgan militsioner, undan keyin uchta piyoda odam ko‘rindi. Ulardan keyin kuzovida muzikachilar o‘tirgan yuk mashinasi sekin-sekin yurib o‘ta boshladi. Uning orqasidan yap-yangi ochiq dafn mashinasi kelardi, mashinaga qo‘yilgan tobutni gulcham-barlar ko‘mib yuborgan, tobut qo‘yilgan maydonchaning to‘rt burchagida to‘rtta odam — uch erkak va bir ayol turardi. Margarita ancha uzoqda bo‘lsa ham, dafn mashinasida turib, marhumni qabristonga kuzatib borayotgan bu odamlarning chehralarida alomat sarosima aks etayotganini ko‘rdi. Ayniqsa, bu hol dafn mashipasining orqa tomonida, chap burchakda turgan ayolning chehrasida yaqqol ko‘rinib turardi. Qandaydir antiqa bir sir bu ayolning shundoq ham lo‘ppi yonoqlarini ich tomondan turtib, yanada shishirib turgandek ko‘rinardi, uning moy bosgan ko‘zlarida dudmallik o‘ti chaqnardi. Go‘yo bu grajdanka ortiq toqat qila olmay hozir marhumga ko‘z qisadi-yu: «Bunaqa g‘aroyibotni ko‘rganmisiz hech? Jumboqning o‘zi!» — deb yuborgudek ko‘rinardi. Dafn mashinasi orqasidan sekin-sekin yurib kelayotgan taxminan uch yuztacha odamning chehralari ham shunaqa sarosimali edi.

Margarita bu marosimni o‘tirgan yerida kuzatar va «bums, bums, bums» deb bir taqlidda chalinayotgan turk do‘mbirasi sadosining uzoqlashgan sari so‘nib borayotganini his qilarkan, o‘ylardi: «Juda g‘alati dafn marosimi-ya… Yurakni ziq qilib yubordi do‘mbiraning bu «bums-bums» i! Oh, shaytonga jonimni sadaqa qilishdan ham qaytmasdim, uning tirik yo o‘likligini bilish uchun! Qiziq, bunday alomat kayfiyat bilan kimni dafn etishayotgan ekan-a?».

— Mixail Aleksandrovich Berliozni, — Margaritaning yonginasidan bir oz manqalangai erkak ovozi eshitildi, — MASSOLITning raisini, hayron bo‘lgan Margarita Nikolaevna o‘girilib, o‘z yonida skameykada o‘tirgan bir grajdaninni ko‘rdi, chamasi, Margarita dafn marosimiga mahliyo bo‘lib qolganida bu odam sekingina kelib o‘tirgan va Margaritaning xayoli qochib, bexosdan ovoz chiqarib bergan savolini eshitgan edi.

Bu payt marosim qatnashchilari yurishdan to‘xtay boshlashdi — svetofor yo‘lni to‘sgan bo‘lsa kerak.

— Ha, — deb davom etdi notanish odam, — ularning kayfiyatlari juda g‘aroyib. Marhumni qabristonga olib ketishyapti-yu, miyalari faqat bir narsa — o‘likning kallasi qayoqqa g‘oyib bo‘ldiykin, degan savol bilan band!

— Qanaqa kalla? — deb so‘radi Margarita to‘satdan paydo bo‘lgan bu qo‘shnisiga tikilib qararkan. U — sochi olov rang malla, so‘yloq tishli pak-pakana odam bo‘lib, egniga kraxmallangan ich ko‘ylak ustidan a’lo sifat yo‘l-yo‘l kostyum, oyog‘iga loklangan tufli, boshiga kotelok-shlyapa kiygan, bo‘yniga guldor galstuk bog‘lagan edi. Bu grajdaninning eng alomat jihati shunda ediki, kostyumining soat cho‘ntagidan, hamma erkaklarda bo‘lganidek ro‘molcha ham emas, ruchka ham emas, tovuq suyagi chiqib turardi.

— Ha, men sizga aytsam, — deb bayon qildi malla, — bugun ertalab Griboedov zalida turgan tobutdan marhumning kallasini o‘g‘irlab ketishipti.

— Qanday qilib kallani o‘g‘irlash mumkin? — deb beixtiyor so‘radi Margarita, so‘rarkan, o‘zi trolleybusda eshitgan pichir-pichir gaplarni esladi.

— Kim biladi deysiz! — dedi betakalluflik bilan malla, — lekin mening fikrimcha, bu haqda Begemotdan so‘ralsa yomon bo‘lmasdi. Juda ustalik bilan o‘marib ketishipti o‘ziniyam. G‘irt mashmasha! Eng muhimi, kimgayam kerak ekan o‘sha kalla, hayronman!

Margarita Nikolaevna o‘zi bilan o‘zi nechog‘lik band bo‘lmasin, notanish odamning oldi-qochdi gaplari uni hayratga soldi.

— Kechirasiz! — dedi u birdan, — qaysi Berlioz u? Haligi, bugungi gazetalarda…

— Ha, o‘sha, o‘sha…

— Bundan chiqdi, tobut orqasidan adabiyot ahli borayotgan ekan-da? — deb so‘radi Margarita birdan tishlarini irshaytirib.

— Ha, bo‘lmasam-chi, o‘shalar!

— Siz ularni taniysizmi?

— Hammalarini, — deb javob qildi malla.

— Ayting-chi, — deb Margarita gap boshlagan edi, ovozi xirillab chiqdi, — ularning orasida tanqidchi Latunskiy yo‘qmi?

— Nega endi bo‘lmas ekan? — deb javob qildi malla, — ho‘v ana, to‘rtinchi qatorda, chekkada ketyapti.

— Anavi sariq sochmi? — so‘radi Margarita ko‘zlarini suzib tikilarkan.

— Kul rang soch… Qarang, ana, ko‘zini osmonga tikyapti.

— Paterga o‘xshaganmi?

— Ha, topdingiz!

Margarita Latunskiyga tikilib qoldi va boshqa hech gap so‘ramadi.

— Fahmimcha, siz, — dedi malla jilmayib. — Latunskiyni yomon ko‘radiganga o‘xshaysiz.

— Men yana ba’zi birovlarni yomon ko‘raman, — dedi Margarita tishlarini gijir qilib, — lekin bularni gapirib o‘tirishning qizig‘i yo‘q.

Bu payt dafn marosimi joyidan qo‘zg‘aldi, piyodalar orqasidan aksariyati bo‘sh avtomobillar karvoni tizilib borardi.

— Ha, albatta, nimasiyam qiziq buning, Margarita Nikolaevna!

Ajablangan Margarita yalt etib qaradi:

— Siz meni taniysizmi?

Malla odam javob berish o‘rniga boshidan kotelok-shlyapasini oldi va shu shlyapa ushlagan qo‘lini yonga cho‘zib ta’zim qildi.

«Basharasidan g‘irt qaroqchining o‘zi!» — deb ko‘nglidan o‘tkazdi Margarita hamsuhbatining yuziga tikilib qararkan.

— Men sizni tanimayman, — dedi Margarita quruqqina qilib.

— Axir qayoqdan tanirdingiz meni! Darvoqe, meni ish bilan yuborishgan edi huzuringizga.

Margaritaning rangi quv o‘chib, orqaga tashlandi.

— Gapni to‘g‘ri shunday boshlash kerak edi, — dedi u, — allaqanday kesilgan kalla haqida valdirab o‘tirmasdan! Siz meni qamoqqa olmoqchimisiz?

— Aslo, — dedi malla, — qiziq ekansiz-u: faqat qamoqqa olish uchun suhbatlashadimi odam degan? Sizda ishim bor, xolos.

— Tavba, qanaqa ishingiz bo‘lishi mumkin menda? Malla atrofga bir qarab olib, sirli ohangda dedi:

— Sizni bugun kechqurun mehmondorchilikka taklif qilishyapti, shuni aytgani keldim.

— Nima deyapsiz o‘zi, kim ekan o‘sha mehmondo‘st?

— Juda mashhur bir ajnabiy, — dedi malla ma’nodor qilib ko‘zlarini suzarkan.

Margarita judayam achchig‘lanib ketdi.

— Qo‘shmachilarning yangi toifasi — ko‘cha qo‘shmachisi paydo bo‘liptida endi, — dedi u ketmoqchi bo‘lib o‘rnidan turarkan.

— E, o‘rgildim bergan topshiriqlaridan! — dedi malla xafa bo‘lib va uzoqlab ketayotgan Margarita orqasidan to‘ng‘illadi: — Esi past xotin!

— Ablah! — deb javob qaytardi Margarita orqasiga o‘girilib va xuddi shu mahal mallaning ovozini eshitdi.

— O‘rta yer dengizi yoqdan bostirib kelgan zulmat prokurator yoqtirmaydigan shaharni burkab oldi. Jomeni Antoniy minorasi bilan ulagan muallaq ko‘priklar g‘oyib bo‘ldi. Azim shahar Yershalaim go‘yo hech qachon dunyoda bo‘lmaganday ko‘zdan yo‘qoddi… Siz ham daf bo‘ling o‘sha kuyuk daftaringizu qurigan atirgulingiz bilan birga! Shu skameykada sho‘ppayib o‘tirib, meni ozod et, erkin nafas olib, yashashimga imkon ber, xotiramdan faromush bo‘l, deb undan iltijo qilavering!

Rangi dokadek oqarib ketgan Margarita skameyka yoniga qaytib keldi. Malla unga ko‘zlarini suzib tikilib o‘tirardi.

— Hech narsaga tushunmayapman, — deb ohista gap boshladi Margarita Nikolaevna, — kuygan qo‘lyozmalar haqida-ku bir amallab bilib olishingiz mumkin… bir yo‘lini qilib uyimga kirgansizu ko‘rib qolgansiz… ehtimol, Natashani o‘zingizga og‘dirgandirsiz! Lekin dilimdagi fikrimni qanday bildingiz? — U qattiq iztirob chekayotganday aftini burishtirdi va ilova qildi: — Gapirsangizchi, kimsiz o‘zi? Qaysi tashkilotdansiz?

— Mana senga diqqatvozlik, — deb to‘ng‘illadi malla va balandroq ovoz bilan gapira boshladi: — afv etasiz, men sizga hech qanday tashkilotdan emasman deb aytdim boya! Iltimos, o‘tiring.

Margarita itoat etdi, lekin o‘tirayotib, baribir yana savol berdi:

— Kimsiz?

— Ha, yaxshi, ismim Azazello, lekin bu ismdan, baribir, hech nima bila olmaysiz..

— Qo‘lyozma to‘g‘risida, keyin mening dilimdagi gaplar haqida qanday darak topganingizni aytib berolmaysizmi?

— Aytmayman, — deb quruqqina javob qildi Azazello.

— Lekin uning to‘g‘risida biron nima bilsangiz kerak? — dedi Margarita yolvorgudek pichirlab.

— Hay, bilaman deylik.

— O‘tinaman, faqat ayting: u tirikmi? Qiynamang meni.

— Ha, tirik, tirik, — dedi Azazello istar-istamas.

— Yo xudo!

— Iltimos, hayajonlanmang, qichqirmang, — dedi o‘shshaygan Azazello.

— Kechiring, meni kechiring, — deb g‘o‘ldiradi Margarita endi itoatkorlik bilan, — ochig‘i, sizdan achchig‘landim. Axir, o‘zingiz o‘ylang. Notanish ayolni dabdurustdan ko‘chada mehmonga taklif qilish… Gapimga ishoning, men beparvo odamman, — Margarita ayanchli jilmayib qo‘ydi, — lekin hech qachon hech qanday xorijlik bilan uchrashmaganman, undaylar bilan uchrashishni ham hech xohlamayman… undap keyin, mening erim… Hamma balo shundaki, men o‘zim sevmagan odam bilan yashayman, lekin uning turmushini buzish, menimcha, insofsizlik bo‘ladi. Menga u hamisha faqat yaxshilik qilib kelyapti…

Azazello uning. poyma-poy gapini oshkora diqqinafaslik bilan tingladi va jahl bilan dedi:

— Bir zumgina tilingizni tiying. Margarita itoatkorlik bilan jim bo‘ldi.

— Men sizni mutlaqo bexavotir ajnabiyning quzuriga taklif qilyapman… Keyin, bu tashrifingizni bironta ham jonzot sezmaydi. Bunga kafolat berishim mumkin.

— Nimaga kerak bo‘libman unga? — deb so‘radi Margarita quvlik bilan.

— Buni borganingizda bilasiz.

— Tushunib turibman… Uning xohishini qondirishim kerak, — dedi Margarita o‘yga tolib.

Azazello kibr-havo bilan «hm» deb piching qildi-da, javob qaytardi:

— Sizni ishontirib aytamanki, jahondagi har bir ayol uchun bu eng yuksak orzu hisoblangan bo‘lardi, — u miyig‘ida kulib qo‘ydi, — lekin hafsalangizni pir qilaman, aytganingiz bo‘lmaydi.

— U qanaqa ajnabiy bo‘ldi?! — deb Margarita hayajonlanganidan shunday baralla gapirib yubordi-ki, skameyka yonidan o‘tib turgan odamlar u tomonga o‘grilib qarashdi, — uning huzuriga borishdan menga nima manfaat?

Azazello uning qulog‘iga engashib, ma’nodor pichirladi:

— Juda katta manfaat ko‘rasiz… Siz vaziyatdan foydalanib…

— Nima? — deb yubordi birdan Margarita ko‘zlarini katta-katta ochib, — agar gapingizga to‘g‘ri tushungan bo‘lsam, u yerda men ustaning daragini eshitaman, shunga shama qilyapsizmi?

Azazello indamay bosh irg‘atdi.

— Boraman! — jahl bilan dedi Margarita Azazelloning qo‘lidan mahkam ushlab olib, — qayoqqa desangiz boraman!

Azazello «uff» deb yengil nafas oldi-da, skamey-kaga suyandi va kinoyaomuz gapira boshladi:

— Ayol zotiga tushunish qiyin! — U qo‘llarini cho‘ntaklariga tiqib, oyoqlarini imkoni boricha nariroqqa uzatvordi, — nega endi kelib-kelib menga topshirishdi bu ishni? Begemot bajarsa-ku yaxshiroq bo‘lardi, chunki u yoqimtoy xilqat…

Margarita ayanchli tarzda miyig‘ida kulib dedi:

— Bunaqa jumboqlaringiz bilan meni laqillatishni, qiynashni bas qiling… Men shundoq ham sho‘rpeshona odamman, siz shundan foydalanyapsiz. Allaqanday g‘alvani orttiryapman boshimga, lekin ont ichib aytamanki, faqat uni tilga olganingiz uchun borishga rozi bo‘lyapman! Boshim g‘ovlab ketdi bu dudmal gaplaringizdan…

— Faqat yig‘i bo‘lmasin, — dedi Azazello basharasini burishtirib, — siz ham mening ahvolimga tushuning-da. Chunonchi, administratorning tumshug‘iga tushirish, kimningdir pochchasini uydan quvib chiqarish, yo birontasini otib yaralash, yo bo‘lmasa, shularga o‘xshash bironta arzimas ishni bajarish mening asosiy kasbim, ammo maftun ayollar bilan suhbatlashish — salomatligingiz kerak. Bu qanaqasi, yarim soatdan beri sizga gap uqdirolmasam-a. Xo‘sh, borasizmi?

— Boraman, — dedi odmigina qilib Margarita Nikolaevna.

— Unday bo‘lsa, manavini oling, — deb Azazello cho‘ntagidan dumaloq oltin quticha chiqardi va uni Margaritaga uzatarkan, dedi: — Yashiring tezroq, odamlar qarayapti. Bu sizga asqotadi, Margarita Nikolaevna. Siz keyingi yarim yil ichida g‘am-hasratdan xiyla qarib qoldingiz. (Margarita cho‘g‘dek qizarib ketdi, lekin indamadi, Azazello gapida davom etdi).

Bugun kechqurun roppa-rosa soat to‘qqiz yarimda qip-yalang‘och bo‘lib shu malhamni yuzingizga va butun badaningizga surib chiqasiz. Keyin ko‘nglingiz xohlagan ishni qiling, faqat telefondan uzoqqa ketmang. Soat o‘nda sizga o‘zim qo‘ng‘iroq qilib, nima ish qilishingizni aytaman. Siz hech nimaning tashvishini qilmaysiz, sizni tayinlangan yerga eltib qo‘yishadi, hech qanday shikast ham yetkazishmaydi sizga. Tushundingizmi?

Margarita bir oz sukutga tolib, so‘ng javob qildi:

— Tushundim. Bu buyum sof oltindan ishlangan, zalvaridan ma’lum. Ha, mayli, bilib turibman, menga pora berib allaqanday shubhali ishga tortmoqchisizlaru buning oqibatida men bir baloga giriftor bo‘lsam kerak.

— Axir bu qanaqasi, — chiyilladi fig‘oni chiqqudek bo‘ldi Azazello, — yanami?

— Yo‘q, sabr qiling!

— Qaytib bering malhamni.

Margarita qutichani qo‘lida mahkam siqib, davom etdi:

— Yo‘q, shoshmang… Ne ishga jur’at qilganimni bilaman. Lekin men har qanday shartga ham o‘sha deb rozi bo‘lyapman, chunki mening dunyoda undan bo‘lak hech kimim yo‘q. Ammo sizga shuni aytib qo‘ymoqchimanki, agar meni nobud qiladigan bo‘lsangiz, uyatga qolasiz! Ha, o‘zingiz uyalib qolasiz! Muhabbat deb qurbon bo‘lyapman men! — shunday deb Margarita o‘z ko‘ksiga urib qo‘ydi va boshini ko‘tarib oftobga qaradi.

— Qaytib bering, — deb xirilladi Azazello xunob bo‘lib, — qaytib bering, jin ursin bunaqa topshiriqni! Begemotni yuborishsin-e.

— E, yo‘q! — derdi Margarita o‘tgan-ketganlarning diqqatini o‘ziga tortib. — Hammasiga roziman, badanimga malham surib mayna bo‘lishga ham, hatto jahannam qa’riga borishga ham roziman. Malhamni bermayman!

— Voajab! — deb birdan baqirib yubordi Azazello va bog‘ panjarasi tomon baqrayib qaragancha, barmog‘i bilan qayoqqadir ishora qila boshladi.

Margarita Azazello ko‘rsatgan tomonga qarab, diqqatga loyiq hech narsa ko‘rmadi. Shunda u tuturiqsiz «Voajab!» so‘ziga izoh so‘ramoqchi bo‘lib, Azazelloga o‘girildi, lekin Margarita Nikolaevnaning sirli suhbatdoshi g‘oyib bo‘lgan edi. Shunda Margarita shosha-pisha qo‘lini sumkachasiga tiqib, boyagi o‘zi chirqillagancha solib qo‘ygan oltin qutichani topdi-yu, ko‘ngli joyiga tushdi. So‘ng Margarita boshqa hech nimani o‘ylamay, Aleksandr bog‘idan shoshgancha chiqib ketdi.

Yigirmanchi bob AZAZELLONING YOG‘UPASI

Oqshom. Beg‘ubor osmonga qalqqan to‘linoy zarang daraxti shoxlari orasidan mo‘ralardi. Jo‘ka va akas daraxtlari bog‘ sahnida g‘oyat murakkab naqshlar hosil qilgan. Binodan yarim doira shaklida bo‘rtib chiqqan sahnga joylashgan yotoqxonaning lang ochiq, ammo darparda bilan to‘silgan uch qavatli derazasi elektr shu’lasi bilan charog‘on yoritilgan. Margarita Nikolaevnaning yotoqxonasidagi barcha chiroqlar yoqib qo‘yilgan bo‘lganidan xonadagi tartibsizliklar yaqqol ko‘zga tashlanib turar edi. Karavotga yozilgan adyolda ko‘ylak, paypoq, ichki libos yoyilib yotar, yechib tashlangan, ichki kiyimlar esa oyoqostida, shoshqaloqlik bilan bexosdan bosib majaqlangan bir quti papiros yonida g‘ijimlanib yotardi. Tufli tungi stolcha ustida kofesi ichib bo‘linmagan chashka va papiros qoldig‘i tutab turgan kuldon yonida turardi, stul suyanchig‘iga kechki qora ko‘ylak ilib qo‘yilgan. Xona atir hidiga to‘lgan, bundan tashqari, qayoqdandir qizdirilgan dazmol hidi ham kirib kelayotgan edi bu xonaga.

Yalang‘och Margarita Nikolaevna cho‘milganda kiyadigan xalatini yelkasiga tashlab, oyog‘iga baxmal teridan tikilgan qora tufli kiyib toshoyna qarshisida o‘tirardi. Uning qarshisida Azazellodan olgani quticha soatli oltin bilaguzuk yonida yotar, Margarita soat milidan ko‘zini uzmasdi. Ba’zan unga soat buzilib qolgan-u, millari joyidan jilmayotganday tuyulardi. Lekin millar, garchi xuddi ilinib-ilinib qolayotgan-dek, juda imillab bo‘lsa ham yurib turgan edi, mana, nihoyat, soatning uzun mili to‘qqizdan yigirma to‘qqiz minut o‘tganini ko‘rsatdi. Margaritaning yuragi shu qadar qattiq tepa boshladiki, dastlabki paytda qutichani qo‘liga olishga ham majoli qolmadi.

Nihoyat u o‘zini tutib olib, axiri qutichani ochdi — unda sarg‘ishrang yog‘upa bor ekan. Undan balchiq hidi kelayotgandek tuyuldi. Margarita barmog‘ining uchi bilan yog‘upadan qittak olib, kaftiga surgan edi, balchiq hidi o‘rmon hidi bilan omixta bo‘lib dimog‘iga gupillab urildi, shundan so‘ng Margarita yog‘upani kafti bilan peshonasi va yonoqlariga sura boshladi. Yog‘upa osongina surilar va Margaritaning payqashicha, shu zahoti terisiga singib ketayotgan edi. Margarita yuziga yog‘upadan uch-to‘rt marta surgach, ko‘zguga qaradiyu birdan qo‘lidagi oltin qutichani tushirib yubordi. Quticha soatning shisha qopqog‘i ustiga tushib, uni xuddi o‘rgimchak uyasi shaklida darz qildi. Margarita ko‘zlarini chirt yumdi, keyin yana ko‘zguga tikildiyu birdan xandon tashlab kula boshladi.

Uning mo‘ychinakda terilib silliq qilingan ingichka qoshlari quyuqlashgan va ikkita timqora yoy bo‘lib, ko‘m-ko‘k ko‘zlari ustiga yotgan edi. O‘tgan yili oktyabrda, ya’ni usta g‘oyib bo‘lganida qansharida paydo bo‘lgan ingichkagina tik ajin tekislanib yo‘q bo‘ldi. Shuningdek, ikki chakkasida paydo bo‘lgan sarg‘ish dog‘ ham, ikki ko‘zining tashqi milklari oldida hosil bo‘la boshlagan ko‘z ilg‘amas ajinlar ham yo‘qoldi. Yonoqlari bir tekisda qizg‘ish rang kasb etdi, peshonasi oppoq va beg‘ubor bo‘ldi, sartaroshning mahorati bilan jingalak qilingan sochlari yoyilib ketdi.

O‘ttiz yoshli Margaritaning ro‘parasida endi, ko‘zguda timqora sochlari tug‘ma qo‘ng‘iroq bo‘lgan yigirma yoshlardagi juvon sadafdek oq tishlarini ko‘rsatib, qotib-qotib kulardi.

Margarita kula-kula charchagach, bir silkinib yelkasidan xalatni otib tashladi va nafis yog‘upaga besh panjasini botirib, uni butun badaniga qattiq-qattiq sura boshladi. Badani bir lahzada qizarib, qizib ketdi. Shunda Aleksandr bog‘idagi uchrashuvdan so‘ng ikki chakkasining, xuddi miyasiga igna qadab qo‘yilganday tinimsiz lo‘qillab og‘riyotgani birdan taqqa to‘xtab, oyoq-qo‘llarining mushaklari kuchga to‘ldi va Margarita o‘z jismining vaznsiz bo‘lganini sezdi.

U bir sakrab, gilam uzra havoda muallaq osilib qoldi, keyin ohista pastga tusha boshladi.

— O‘rgilay yog‘upadan! Qanday yaxshi-ya! — deb chinqirdi Margarita o‘zini kresloga «tappa» tashlarkan.

Yeg‘upa uning nainki tashqi qiyofasini o‘zgartirdi. Endi uning butun vujudida, badanining har bir hujayrasida shodlik qulf urardiki, buni u butun a’zoi badanida xuddi uvishganda hosil bo‘ladigan jimirlash kabi his qildi. Margarita o‘zini hamma narsadan forig‘ bo‘lganday erkin his qildi. Bundan tashqari, u ertalab ko‘ngliga kelgan narsaning sodir bo‘lganligini, endi u bu xonadonni va sobiq turmush tarzini butkul tark etajagini juda aniq tushundi. Lekin mana shu sobiq turmush tarzini tark etish oldidan, uni yuqoriga, samoga da’vat etmoqchi bo‘lgan qandaydir yangi, g‘ayrioddiy quvvatga itoat etish arafasida faqat bitta, eng oxirgi burchni bajarishi shartligi ko‘ngliga keldi-yu, shu qip-yalang‘och holicha havoga ucha-ucha erining kabinetiga otilib kirdi va chiroqni yoqib, yozuv stoli sari yugurdi. U bloknotdan bir varaq yirtib olib, unga qalam bilan yirik-yirik qilib bexato yozdi:

«Meni kechir va tezroq unutib yuborishga harakat qil. Men seni mangu tark etmoqdaman. Qidirma meni, bundan foyda yo‘q. Men boshimga tushgan g‘am va musibatdan jodugarga aylandim. Men ketyapman. Alvido. Margarita».

So‘ng u ruhi yengil tortib, yana yotoqxonaga uchib kirdi, uning orqasidan izma-iz olam-jahon buyumlarni ko‘garib Natasha yugurib kirdi. Kirdi-yu, qo‘lidagi buyumlar — ko‘ylak ilingan yog‘och kiyim osg‘ichu g‘ijim ro‘mollar, qolipga tortilgan ko‘k ipak tufliyu belbog‘ — hammasi yerga sochildi va hayron bo‘lganidan og‘zi lang ochilib qoldi.

— Qalay, chiroylimanmi? — deb hirqiroq ovoz bilan qichqirdi Margarita Nikolaevna.

— Voy, tavba-a! — deb pichirladi Natasha orqasiga tisarilib, — qanaqa qildingiz buni, Margarita Nikolaevna?

— Bu — yog‘upa! Yog‘upa, yog‘upa, — dedi Margarita o‘zini ko‘zguga solib har tomonga aylanarkan, yaraqlab turgan oltin qutichaga ishora qildi.

Natasha ko‘ylakning oyoq ostida g‘ijimlanib yotganiga ham parvo qilmay, toshoyna oldiga yugurib borib, quticha tagida qolgan yog‘upaga mahliyo bo‘lib tikilib qoldi. Uning lablari qimirlab bir nimalarni pichirlardi. So‘ng u Margaritaga o‘girilib, benihoya izzat-ehtirom bilan dedi:

— Badaningizni qarang! Bu qanaqasi? Badaningizdan nur yog‘ilyapti-ya, Margarita Nikolaevna. — Shundan keyin u birdan hushini yig‘ib darrov yerda yotgan ko‘ylakni oldi-da, uning changini qoqa boshladi.

— Tashlang uni! Tashlang! — deb chinqirdi Margarita. — Qurib ketsin hammasi, otib yuboring! Yo‘q, yaxshisi, o‘zingizga oling uni, mendan esdalik. Esdalik uchun oling deyapman. Shu xonada nima bo‘lsa, hammasini olavering.

Hang-mang bo‘lib qolgan Natasha xuddi telba odamdek anchagacha Margaritadan ko‘z uzmay baqrayib qoddi, so‘ng uning bo‘yniga osilib, ustma-ust o‘parkan:

— Siz atlassiz! Munavvarsiz! Atlasday tovlanyapsiz! Voy, qoshlaringizni qarang!

— Opketing hamma latta-puttalarimni, atirlarimniyam olib sandig‘ingizga solib yashirib qo‘ying, — derdi Margarita, — lekin qimmat buyumlarga tegmang, sizni o‘g‘ri deb ayblashlari mumkin.

Natasha qo‘liga tushgan ko‘ylagu tufli, paypog‘u ichki kiyimlarni hammasini yig‘ib bir bo‘g‘cha qildi-da, yotoqxonadan o‘qday otilib chiqib ketdi.

Shu mahal tor ko‘chaning narigi tomonidagi qaysiyam bir ochiq derazadan mohirona ijro etilgan vals sadosi gumburladi va ayni paytda bir mashinaning darvoza oldiga kelib to‘xtagani eshitildi.

— Hozir Azazello qo‘ng‘iroq qiladi! — dedi Margarita tor ko‘chada yangrayotgan valsga quloq solarkan, — u qo‘ng‘iroq qiladi! Ajnabiydan esa qo‘rqmasligim kerak. Ha, endi tushundim, u bexatar odam!

Mashina g‘uvillab darvozadan uzoqlasha boshladi. Ko‘cha eshik «qars» etib yopiddi va hovlidagi yo‘lkadan oyoq tovushi eshitildi.

«Bu Nikolay Ivanovich, oyoq olishidan bilaman, — deb o‘yladi Margarita, — vidolashuv oldidan bironta juda alomat, kulgili ish qilishim kerak».

Margarita darpardani «shir» ettirib bir tomonga surdi-da, derazaga bir tizzasini quchoqlab yonlamasiga o‘tirdi. Oy shu’lasi uning o‘ng tomonini yoritdi. Margarita boshini ko‘tarib oyga tikildi-da, chehrasida shoirona o‘ychanlik kashf etdi. Oyoq tovushlari yana bir-ikki marta eshitilib, keyin birdan jim bo‘lib qoldi. Margarita yana bir oz oyga mahliyo bo‘lib o‘tirib, holatni bo‘rttirish uchun xo‘rsinib ham qo‘ydi-da, bog‘ tomonga o‘grilib, chindanam uyning pastki qavatida yashovchi Nikolay Ivanovichni ko‘rdi. Oy Nikolay Ivanovichni o‘z nuriga g‘arq qilgan edi. U skameykada o‘tirar, ammo bexosdan o‘tirib qolgani yaqqol ko‘rinib turardi. Pensnesi bir tomonga og‘ib ketipti, portfelini esa mahkam changallab olipti.

— A, salom, Nikolay Ivanovich, — ma’yus ovoz bilan dedi Margarita, — xayrli oqshom! Majlisdan kelyapsizmi?

Nikolay Ivanovich bu savolga churq etib ham javob qilmadi.

— Men bo‘lsam, — deb davom etdi Margarita, gavdasini ko‘proq tashqariga chiqarishga urinib, — o‘zingiz ko‘ryapsiz, yolg‘izlikdan zerikib, nima qilarimni bilmay, oyga boqib, vals tinglab o‘tiribman.

Margarita chap qo‘lini ko‘tarib chakkasiga tushgan soch tolasini to‘g‘riladi, so‘ng achchig‘lanib dedi:

— Bu hurmatsizlik, Nikolay Ivanovich! Har qalay, men ayol kishiman-ku! Siz bilan gaplashayotgan odamga javob bermaslik — bu odobdan emas!

Kul rang nimchasining hatto tugmachalarigacha oq-sariq, cho‘qqi-soqolidagi har bitta tukkacha oy nurida yaqqol ko‘rinib turgan Nikolay Ivanovich birdan xunuk tirjaydi, skameykadan turib, xijolatdan hushi og‘ib qoldi shekilli boshidan shlyapasini olib salomlashish o‘rniga, qo‘lida portfel bilan qulochini kerdi va oyoq o‘yiniga raqs tushmoqchi bo‘lgandek, tizzalarini bukdi.

— Voy, muncha tund bo‘lmasangiz, Nikolay Ivanovich, — davom etdi Margarita, — umuman, hammanglar jonimga shu qadar tegdinglarki, buni ta’riflashga tilim lol, shuning uchun sizlar bilan vidolashayotganimdan benihoya shodman! E, jin ursin hammanglarni!

Shu mahal Margaritaning orqasida — yotoqxonada telefon jiringladi. U derazadan sakrab tushib, Nikolay Ivanovichni ham unutib, trubkaga chang soldi.

— Azazello gapiryapti, — degan ovoz eshitildi trubkadan.

— Azizim Azazello! — dedi Margarita chinqirib.

— Vaqt bo‘ldi! Uchib chiqavering, — dedi Azazello, Margaritaning samimiy, shodiyona kayfiyatidan mamnunligi uning ovozidan sezilib turardi. — Darvoza ustidan uchib o‘tayotganingizda: «Ko‘rinmayapman!» — deb qichqiring. Keyin ko‘nikib olish uchun bir oz shahar ustida uchib yuring-da, so‘ng janub tomon uchib, shahardan chiqib keting, to‘g‘ri daryo bo‘yiga boring. Sizni u yerda kutishyapti!

Margarita trubkani ildi, shu payt qo‘shni xonada qandaydir yog‘och buyum eshikka «taq-taq» urila boshladi. Margarita borib eshikni lang ochgan edi, pol artadigan cho‘tka raqs tushib kirib keldi. Uning cho‘tka tomoni balandda bo‘lib, dastasi bilan goh tepinar, goh o‘yin tusharkan, nuqul deraza tomon otilardi. Margarita sevinganidan chinqirib, cho‘tkaga minib oldi. Ana shundagina suvoriy ayol bu to‘s-to‘polonda kiyinib olishni unutganini esladi. U «ot» ni karavot oldiga uchirib borib, qo‘liga birinchi bo‘lib ilingan havo rang ko‘ylakni oldi. Keyin uni xuddi bayroqdek hilpiratib, derazadan uchib chiqib ketdi. Vals sadosi endi bog‘ uzra balandroq yangray boshladi.

Margarita derazadan pastga uchib tushib, skameykada o‘tirgan Nikolay Ivanovichni ko‘rdi. U toshdek qotib qolgan va yuqori qavatdagi yop-yorug‘ xonadan kelayotgan shovqin va taraq-turuqlarga quloq solib, esankirab qolgan edi.

— Yaxshi qoling, Nikolay Ivanovich! — deb qichqirdi Margarita uning qarshisida raqs tusharkan. U «voy» deb yuborib, skameyka ustida emaklarkan, portfelini yerga tushirib yubordi.

— Alvido! Men butkul uchib ketyapman, — dedi Margarita vals sadosini bosib ketgudek chinqirib. Shu payt u qo‘lidagi ko‘ylakning hech keragi yo‘qligini anglab, xunuk xaxoladi-da, uni Nikolay Ivanovichning boshiga yopdi. Ko‘zi hech nima ko‘rmay qolgan Nikolay Ivanovich skameykadan g‘ishtin yo‘lkaga ag‘anab tushdi.

Margarita o‘zi uzoq muddat iztirob chekib yashagan uyga so‘nggi marta nazar tashlapg uchun orqasiga o‘girildi, o‘girildiyu chiroqlar shu’lasidan lov-lov porlab turgan derazada Natashaning hayratdan burishgan yuzini ko‘rdi.

— Alvido, Natasha! — deb qichqirdi u va cho‘tka boshini yuqori ko‘tardi, — ko‘rinmayapman, ko‘rinmayapman, — deb yana qattiqroq qichqirdi, so‘ng zarang daraxti novdalariga yuzini savalatib, uning shoxlari orasidan, keyin darvoza ustidan uchib o‘tib, ko‘chaga chikdi. Shunda jazava bilan chalingan vals sadosi uning orqasidan ergashdi.

Yigirma birinchi bob PARVOZ

Men ko‘rinmayapman, men erkin qushman! Men ko‘rinmayapman, men erkin qushman! Margarita o‘z ko‘chasi uzra uchib borib, uni kesib o‘tgan boshqa tor ko‘chaga chikdi. U kerosin va hasharotlarga qarshi suyuq dori bilan savdo qiluvchi, yerga cho‘kib qiyshayib qolgan neft do‘koni joylashgan bu yamoq-yasqoq, qing‘ir-qiyshiq uzun tor ko‘chadan ham bir zumda uchib o‘tdi va shundagina, garchi mutlaqo erkin va ko‘rinmas bo‘lsa ham, ehtiyot bo‘lish kerakligini fahmladi. U hoziroq muyulishdagi qiyshaygan fonus ustuniga urilib halok bo‘lishi mumkin edi, lekin cho‘tkani vaqtida to‘xtatib, bir o‘limdan qoldi. Margarita cho‘tkani mahkam changallab, ustunga chap berib o‘tdi va endi elektr simlari, trotuar uzra ko‘ndalang osilgan viveskalardan o‘zini ehtiyot qilib, sekinroq ucha boshladi.

Uchinchi tor ko‘cha to‘g‘ri Arbatga olib chiqar edi. Margarita ham cho‘tkani boshqarishni endi puxta o‘rganib olgan edi, cho‘tka uning izmiga yurib, qo‘l va oyog‘ining xiyolgina harakatiga itoat etardi. Margaritaning o‘zi ham shahar uzra uchayotganda ehtiyot bo‘lish, ko‘pam bevoshlik qilmaslik kerakligini tushungan edi. Bundan tashqari, boya ko‘chaga uchib chiqqanidayoq odamlarga ko‘rinmayotganini fahmlagan edi. Hech kim boshini ko‘tarib osmonga qaramas, «voy, anavini qaranglar!» — deb qichqirmas, o‘zini panaga olib qochmas, dod solmas, hushidan ketmas, telbayona xaxolamas edi.

Margarita taxminan ikkinchi qavat balandligida tovushsiz asta uchib borardi. Lekin shunda ham charog‘on Arbat ko‘chasiga chiqaverishda, xiyol yanglishib, qandaydir gardishsimon ko‘cha belgisiga kifti bilan urilib ketdi. Bu hol Margaritaning achchig‘ini chiqardi. U itoatkor cho‘tkani taqqa to‘xtatib, chetroqqa uchib bordi, so‘ng birdan o‘sha gardishga hamla qilib, cho‘tkaning uchi bilan uning oynasini chil-chil sindirdi. Oyna siniqlari pastga to‘kilib, odamlar o‘zlarini chetga olishdi, qaerdadir hushtak churilladi, ammo Margarita bu nokerak ishni bajarib bo‘lgach, qah-qah urib kuldi. «Arbatda juda ehtiyot bo‘lish kerak ekan, — deb o‘yladi u, — bu yerda hamma narsa shunaqayam ayqash-uyqash bo‘lib ketibdiki, pand yeb qolishim hech gapmas». U simlar orasidan sho‘ng‘ib uchib o‘tarkan, o‘z poyi ostida, pastda trolleybus, avtobus va yengil mashinalarning tomlarini ko‘rdi. Yo‘lkalarda esa yuqoridan qaragan Margarita xuddi kepkalar daryosi oqayotgandek tuyulardi. Bu daryolardan jilg‘alar ajralib chiqib, tungi magazinlarning olovli og‘ziga oqib kirardi. «Voy-bo‘, atala-ku! — deb o‘yladi Margarita achchig‘lanib, — qimir etishga imkoni yo‘q-a». U Arbatni kesib o‘tib, to‘rtinchi qavat balandligiga ko‘tarildi va muyulishdagi teatrning mash’aladek porlab turgan trubalari yonidan o‘tib, ikki tomonida baland-baland imoratlar qad ko‘targan juda tor bir ko‘chaga uchib kirdi. Bu yerdagi uylarning hamma derazalari lang ochiq bo‘lib, ularning hammasida radiodan muzika eshitilardi. Margaritaning sinchkovligi tutib, shu derazalardan biriga mo‘raladi. Oshxonaga ko‘zi tushdi. Plita ustida ikkita primus vag‘illab yonar, qo‘liga qoshiq ushlagan ikki ayol shang‘illab janjallashardi.

— Hojatxonaga kirib chiqqandan keyin chiroqni o‘chirish kerak. Men sizga aytsam, Pelageya Petrovna, — dedi bug‘ chiqib turgan kastryul yonida turgan ayol, — bo‘lmasam, ariza berib, sizni ko‘chirtirib yuboramiz!

— O‘zingizam qolishmaysiz, — deb javob qildi ikkinchi ayol.

— Ikkovingiz ham bir-biringizdan qolishmaysiz, — dedi Margarita jarangdor ovoz bilan, deraza orqali oshxonaga uchib kirarkan. Janjallashayotgan ikki ayol tovush kelgan tomonga o‘girilishdi-yu, qo‘llarida yuviqsiz qoshiq bilan serrayib qolishdi. Margarita ohista qo‘l cho‘zib, ikkala primusning qulog‘ini burab, o‘tini o‘chirdi. Ayollar «voy» deb yuborib, og‘izlari ochilgancha angrayib qolishdi. Lekin endi oshxona Margaritaning joniga tekkan edi, shu bois u yana tor ko‘chaga uchib chiqib ketdi.

Ko‘cha boshidagi (chamasi endigina qurilib bitgan) sakkiz qavatli muhtasham bino Margaritaning diqqatini tortdi. U pastlab borib yerga qo‘ndi va imoratning old tomoni qora marmar bilan qoplanganini, uning oynavand keng eshigi ichkarisida oltin hoshiyali furajka kiygan, tugmalari yaltiroq darbon turganini, eshik tepasiga esa oltin harflar bilan: «Dramadab Uyi», deb yozilganini ko‘rdi.

Margarita, bu «Dramadab» degani nima ekan, deb o‘ylab, ko‘zlarini suzgancha yozuvga tikilib qoldi. So‘ng cho‘tkani qo‘ltig‘iga qistirib, eshikni ochib ichkari kirarkan, bu raftori bilan darbonning og‘zini ochirib qo‘ydi, ichkarida ko‘zi lift yonida devorga osilgan kattakon qora taxtaga tushdi. Bu taxtaga kvartiralarning nomerlari va ularda yashovchilarning familiyalari oq harflar bilan yozilgan edi. Bu ro‘yxatning eng teppasiga yozilgan: «Dramaturg va adabiyotchilar Uyi» degan yozuvni ko‘rgan Margarita bo‘g‘iq ovoz bilan vahshiyona qiyqirib yubordi. U havoga ko‘tarilib, ro‘yxatdagi familiyalarni diqqat bilan o‘qiy boshladi: Xustov, Dvubratskiy, Kvant, Beskudnikov, Latunskiy…

— Latunskiy! — deb chinqirib yubordi Margarita. — Latunskiy! Ie, bu o‘sha-ku! Ustani nobud qilgan shu edi-ku.

Eshik oldida turgan darbon taajjubdan bir sakrab tushib, ko‘zlarini baqraytirgancha qora taxtaga tikilib qoldi, u kutilmagan mo‘’jizani: qanday qilib odamlar ro‘yxati dabdurustdan chiyillab gapirganini tushunolmay garang edi. Margarita esa bu payt zinadan yuqoriga g‘izillab chiqib borarkan, zavq-shavq bilan takrorlardi:

— Latunskiy — sakson to‘rt! Latunskiy — sakson to‘rt… Mana, chapda — 82, o‘ngda — 83, yana bir qavat balandda, chapda — 84. Shu yerda u. Mana yozuv — «O. La-tunskiy».

Margarita cho‘tkadan tushdi, uning qizib ketgan tovonlari muzdak toshtaxta terilgan maydonchaga tegib huzur qildi. U bir marta, keyin yana bir marta qo‘ng‘iroq qildi. Ammo hech kim eshikni ochmadi. Margarita qo‘ng‘iroq tugmasini yanayam qattiqroq bosgan edi, kvartirani boshga ko‘tarib jiringlagan qo‘ng‘iroq ovozini o‘zi ham eshitdi. Ha, MASSOLIT raisining tramvay tagida qolib o‘lgani va motam majlisining aynan shu bugun oqshomga belgilangani uchun sakkizinchi qavatdagi 84-kvartiraning egasi to o‘la-o‘lguncha marhum Berliozdan minnatdor bo‘lishi kerak. Tanqidchi Latunskiyning omadi bor ekan. Shu omad uni mazkur juma kuni jodugarga aylangan Margarita bilan uchrashishdan qutqarib qoldi!

Eshikni hech kim ochmadi. Shunda Margarita, yo‘l-yo‘lakay qavatlarni sanab o‘qdek pastga tushdi-da, ko‘chaga yugurib chiqdi va tepaga qarab qavatlarni sanarkan, Latunskiyning derazalarini taxminlab topdi. Binoning burchagida sakkizinchi qavatdagi beshta qorong‘i deraza, shubhasiz, o‘shaning kvartirasi edi. Margarita shu taxmini bilan havoga ko‘tarildi va bir necha soniyadan keyin ochiq derazadan qorong‘i xonaga kirdi, bu yerda oyning ingichkagina kumush yog‘dusi tushib turardi. Margarita shu yog‘du yo‘lakdan chopib borib, vklyuchatelni paypaslab topdi. Yana bir daqiqadan keyin butun kvartira yoritilgan edi. Cho‘tka bir burchakda turardi. Margarita uyda hech kim yo‘qligiga ishonch hosil qilgach, zinaga chiqadigan eshikni ochib, undagi yozuvni tekshirdi. Yozuv o‘sha edi, demak, Margarita o‘zi ko‘zlagan kvartiraga kirgan edi.

Ha, aytishlaricha, tanqidchi Latunskiy hanuzgacha bu mudhish oqshomni eslasa rangi quv o‘chib ketarmish, hanuzgacha Berliozning nomini izzat-ikrom bilan eslarmish. Agar u uyida bo‘lganida, bu oqshomning qanday mash’um va razil jinoyat bilan yakunlanishi mutlaqo mavhum bo‘lib qoldi. Margarita oshxonadan salmoqli bolg‘acha ko‘tarib chiqqan edi.

Yalang‘och va ko‘rinmas jodugar o‘ziga taskin, tasalli berishga urinardi, qo‘llari betoqat titrardi. U yaxshilab mo‘ljalga olib turib, royal klavishlariga bolg‘a urdi, royalning ayanchli nolasi butun kvartirani bosib ketdi. Uning klavishlari o‘prilib, sirlari ko‘chib, har tomonga sachray boshladi. Royal guldurar, ingrar, xirillar, jaranglardi. Uning sirlangan qopqog‘i xuddi to‘pponcha otilgandek «qars» etib yorildi. Margarita og‘ir hansirab, royalning torlarini bolg‘acha bilan qayirar, uzar edi. Nihoyat, u juda charchab, bir oz nafasini rostlab olish uchun o‘zini kresloga otdi.

Vannaxonada ham, oshxonada ham suv mudhishona sharillab oqar edi. «Suv toshib polga tusha boshladi chog‘i» deb ko‘nglidan o‘tkazdi Margarita, so‘ng ovoz chiqarib ilova qildi:

— Lekin ko‘pam o‘tiraverish kerakmas.

Suv oshxonadan yo‘lakka oqib chiqa boshlagan edi. Margarita yalangoyoq shalop-shalop suv kechib, oshxonadan tanqidchining kabinetiga chelaklarda suv olib kirdi va uni yozuv stolining g‘aladonlariga quydi. Keyin shu kabinetda turgan shkafning eshigini oolg‘acha bilan urib buzdi-da, yotoqxonaga otildi. U yerda kattakon ko‘zgu o‘rnatilgan shkafni buzib, tanqidchining osig‘liq turgan kostyumini oldi va olib borib vannadagi suvga bo‘ktirdi. Kabinetdan olib olgan siyohdonni yotoqxonaga olib kirib, siyohni ikki kishilik karavotdagi momiq o‘rin-ko‘rpa ustiga to‘kdi. Garchi Margarita o‘zining bu vayrongarlik faoliyatidan benihoyat huzur qilayotgan bo‘lsa ham ayni paytda bu faoliyatning samarasi unga hamon zig‘irdakkina bo‘lib tuyulardi. Shuning uchun endi u ko‘zi tushgan qamma narsani chilparchin qila boshladi. U fikus o‘rnatilgan gultuvakni sindirdi. Bu ishini chala qoldirib, yotoqxonaga kirdi va oshxonadan olib olgan kattakon pichoq bilan choyshabni tildi, fotosurat urnatilgan oynavandli chorcho‘plarni urib sindirdi. U charchashni bilmas, ayni chog‘da butun badanidan duv-duv ter oqardi.

Bu payt Latunskiy kvartirasi ostidagi 82-kvartirada dramaturg Kvantning uy xodimasi oshxonada choy ichib o‘girarkan, yuqori qavatdan eshitilayotgan gapir-tupur yugurishlar, allanimalarning taraqlagani, chil-chil singanini eshitib hayron bo‘lib qoldi. U boshini ko‘tarib, shiftga qaradi, qaradiyu shiftning birdan qandaydir o‘limtik rangda ko‘kara boshlaganini ko‘rdi. Bu dog‘ xodimaning ko‘zi oldida tez kattalasha boshladi va birdan tomchilar paydo bo‘ldi. Xodima bu hodisaga ikki daqiqacha tikilib o‘tirdi, nihoyat, shiftdan haqiqiy yomg‘ir yog‘a boshladi. Shundagina u gapchib turib ketib, suv tushayotgan yerga, polga tog‘ora qo‘ydi, ammo bu zig‘ircha ham yordam bermadi, chunki shiftdagi ho‘l dog‘ tobora kengayib, endi yomg‘ir gaz ilitasiga ham, idish-tovoqlar uyulgan stol ustiga ham oqa boshlagan edi. Shunda Kvantning uy xodimasi chinqirib yuborib, zina boshiga otilib chiqdi, Latunskiyning kvartirasidagi qo‘ng‘iroq to‘xtovsiz jiringlay boshladi.

— Mana, qo‘ng‘iroq boshlandi, endi ketsayam bo‘ladi, — dedi Margarita. U cho‘tkaga minarkan, eshik girqishidan kelayotgan ayol kishining ovoziga quloq soldi:

— Ochinglar! Ochinglar! Dusya, och eshikni! Sizlarnikidan oqyaptimi suv? Biznikini suv bosdi.

Margarita bir metrcha yuqoriga ko‘tarilib, bolg‘acha bilan qandilga bir urgan edi, ikkita lampochka portlab, shokilalar har tomon sochilib ketdi. Eshik tirqishidan eshitilayotgan chinqiriq tindi, zinadan chopib gushayotgan oyoq tovushlari eshitildi. Margarita derazadan uchib chiqib, uning oynasiga tashqari tomondan bolg‘acha bilan sekingina urdi. Oyna «chirs» etib sindiyu bo‘laklari uy sirtini qoplagan marmar plitalarga urila-urila pastga sochilib tusha boshladi. Margarita ikkinchi deraza oldiga uchib o‘tdi. Bu payt juda pastda, yo‘lkada odamlar zir yugura boshlashdi, uy oldida turgan ikki mashinadan biri motorini gurillatib jo‘nab qoldi. Margarita Latunskiyning derazalarini «saranjom» qilib bo‘lib, qo‘shni kvartiraning derazalari oldiga suzib bordi. Oynalarning chil-chil sinishi tobora jadallashdi, taraqlagan, jaranglagan ovozlar butun ko‘chani bosib ketdi. Uyning birinchi yo‘lagidan darbon yugurib chiqib tepaga qaradi, qanday chora ko‘rishga darrov aqli yetmadi shekilli, bir oz taraddudlanib qoldi, so‘ng og‘ziga hushtak olib jon-jaxdi bilan churillata boshladi. Margarita shu hushtak sadosi ostida sakkizinchi qavatdagi oxirgi deraza oynasini maroq bilan sindirdi-da, yettinchi qavatga tushib, bu qavatning ham oynalarini bir chekkadan sindira ketdi.

Bugun uyni vahima bosdi. Oynasi hali sinmagan derazalar lang ochilib, ularda odamlarning boshlari ko‘rinar va shu zahoti yana g‘oyib bo‘lardi, ochiq derazalar esa, aksincha, yopilardi. Ko‘chaning narigi yuzidagi uylarning yorug‘ derazalarida, Dramadab binosining derazalari nega o‘zidan-o‘zi sinayotganini bilishga urinib bezovta bo‘layotgan odamlarning qora ko‘lankalari ko‘rinardi.

Tor ko‘chadan Dramadab uyi tomon xalq chopib kelardi, uy ichida esa gangib qolgan odamlar zina va yo‘lkalarda sababsiz, maqsadsiz zir yugurishardi. Kvantning uy xodimasi zinadan chopib tushayotgan odamlarga, uyimizni suv bosdi, deb baqirardi, bir lahzadan keyin unga, Kvantning tagida, 80-kvartirada turuvchi Xustovning uy xodimasi jo‘r bo‘ldi. Chunki Xustovlarning oshxonasi bilan hojatxonasi shiftidan ham sharillab chakka o‘ta boshlagan edi. Nihoyat, Kvantlar oshxonasida shiftning suvog‘i palaxsa bo‘lib ko‘chib tushib, stolga uyilgan yuviqsiz idishlarning hammasini chil-chil sindirdi, shundan keyin suvoq orasiga katak-katak qilib terilgan, jiqqa ho‘l taxta toqilar orasidan suv seldek sharillab oqa boshladi. Endi birinchi pod’ezd zinasidan odamlarning dod-faryodi eshitildi. Margarita to‘rtinchi qavatdagi so‘nggi ikki deraza oldidan uchib o‘ta turib, ichkariga qaradi va shosha-pisha protivogaz kiyayotgan bir odamni ko‘rdi. Margarita deraza oynasini urib sindirib, u odamni qo‘rqitib yubordi, u xonadan qochib chiqib ketdi.

Shu chog‘ kutilmaganda shafqatsiz vayrongarlik taqqa to‘xtadi. Margarita uchinchi qavatga suzib tushib, nafis qora parda tutilgan eng chekka derazadan ichkariga mo‘raladi. Xonani qalpoqcha kiydirilgap bitta chiroq g‘ira-shira yoritib turardi. Ikki yoniga to‘r tutilgan kichkina bir karavotchada to‘rt yoshlar cha-masidagi bola shovqinga quloq solib qo‘rqib o‘tirardi. Xonada kattalardan hech kim yo‘q edi. Chamasi, hamma tashqariga yugurib chiqib ketgan bo‘lsa kerak.

— Oyna sindirishyapti! — dedi bola va: — Oyi! — deb chaqirdi.

Hech kim javob bermadi, shunda u:

— Oyi, qo‘rqaman, — dedi.

Margarita pardani chetga surib derazadan uchib kirdi.

— Qo‘rqaman, — deb takrorladi bola va dag‘-dag‘ titray boshladi.

— Qo‘rqma, hech qo‘rqma, oblakay, — dedi Margarita shamol tegib xirillab qolgan ovozini mayinroq qilishga urinib. — Oyna sindirgan sho‘x bolalar edi.

— Rogatka otishdimi? — deb so‘radi bola qaltirashdan to‘xtab.

— Ha, rogatka otishdi, rogatka, — deb tasdiqladi Margarita, — sen yotib uxla!

— Sitnik otgan, — dedi bola, — o‘shanda rogatka bor.

— Ha, to‘g‘ri, o‘sha otdi!

Bola quvlik bilan bir chetga qaradi-da, so‘radi:

— Siz qaerdasiz, xola?

— Men yo‘qman, — deb javob qildi Margarita. — Tushingga kiryapman.

— O‘zimam shunaqa deb o‘ylovdim, — dedi bola.

— Sen yuzingni kaftingga qo‘yib yot, — deb buyurdi Margarita, — men sening tushingga kiraman.

— Ha, mayli, tushimga kira qoling, — deb rozi bo‘ldi bola va shu zahoti yuzini kaftiga qo‘yib yotdi.

— Senga ertak aytib beraman, — dedi Margarita va qaynoq qo‘lini bolaning sochi olingan boshiga qo‘ydi, — bor ekan, yo‘q ekan, dunyoda bir xola bor ekan. U befarzand, yana, umuman bebaxt ham ekan. Mana shu xola nuqul yig‘layverib-yig‘layverib, oxiri badjahl jodugarga aylanipti… — Margarita jim bo‘lib, qo‘lini bolaning boshidan oldi — u uxlab qolgan edi.

Margarita bolg‘achani astagina deraza tokchasiga qo‘yib, o‘zi tashqariga uchib chiqdi. Uy oddi to‘s-to‘polon edi. Oyna siniqlariga ko‘milib ketgan asfalt yo‘lkada odamlar bir nimalarni baqirishib, zir yugurishardi. Ular orasida endi militsionerlar ham paydo bo‘lgan edi. Birdan qo‘ng‘iroq bong chaldi va ustida narvoni bor o‘t o‘chiruvchi qizil mashina Arbatdan tor ko‘chaga burilib kirib keldi.

Bundan keyingi voqealar endi Margaritani qiziqtirmas edi. U bironta simga tegib ketmaslik uchun eng avval qay tomonga uchishini ko‘zlab oldi-da, cho‘tka dastasini mahkamroq siqqan edi, bir zumda bu mash’um uydan ancha balandlab ketdi. Tor ko‘cha uning poyida bir tomonga og‘ib, keyin butkul pastlikka tushib ketdi. Endi shu bitta ko‘cha o‘rnida Margaritaning oyog‘i ostida g‘ij-g‘ij tomlar paydo bo‘ldi — ularni har yer-har yeridan charog‘on yo‘llar chor burchak qilib kesib o‘tgan edi. Bularning bari to‘satdan bir tomonga suzib ketdi, chiroqlar zanjiri surkalib, bir-biriga qorishib ketdi.

Margarita yana bir siltanib oddinga otilgan edi, boyagi tomlar yer qa’riga kirib, ko‘zdan g‘oyib bo‘ldilar, endi ularning o‘rnida pastda elektr chiroqlaridan vujudga kelgan miltillovchi ko‘l paydo bo‘ldi va bu ko‘l birdan yoni bilan tikka turdi, so‘ng Margaritaning tepasiga chiqib oldi, oy esa uning oyog‘i ostida porlay boshladi. Margarita o‘zining chalqancha uchayotganini angladi va yana asl holatiga tushib, o‘grilib qaragan edi, chiroqlar ko‘lining ham endi g‘oyib bo‘lganini, orqada ufqda faqat pushti rang shafaqqina qolganini ko‘rdi. Bir lahzadan so‘ng bu shafaq ham yo‘qoldi, shunda Margarita o‘zidan balandda, chap tomonida suzayotgan oydan bo‘lak hamrohi yo‘qligini ko‘rdi. Uning sochlari allaqachon hurpaygan, oy esa badanini «uv» tortib o‘z nuriga cho‘miltirardi. Margarita pastda ikki qator bo‘lib tizilgan siyrak chiroqlarning ikkita o‘tli chiziqqa aylangani va zum o‘tmay orqada qolib ko‘zdan g‘oyib bo‘lganini ko‘rib, o‘zining hayratona tez uchib ketayotganini fahmladi-yu, ammo hech nafasi qaytmaganidan hayron bo‘ldi.

Oradan yana bir necha soniya o‘tishi bilan juda uzoqda, pastda, yer sathida elektr shu’lalaridan vujudga kelgan yangi ko‘l porladi, lekin u shu lahzadayoq chirpirak bo‘lib aylanib, yer qa’rida ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi. Yana bir necha soniya o‘tishi bilan — yana boyagi manzara takrorlandi.

— Shaharlar! Shaharlar! — deb chinqirib yubordi Margarita.

Shundan keyin ham u o‘z oyog‘i ostida ochiq qora g‘ilofda yotgan qandaydir shamshirlarning ikki-uch marta g‘ira-shira tovlanganini va ularning daryo ekanligini fahmladi.

Parvozdagi ayol boshini yuqoriga, chap tomonga o‘girib, oyning nihoyatda shiddat bilan orqaga, Moskva tomon suzayotganini va ayni paytda, ajabtovur qilt etmay turganini ko‘rdiki, bu oy yuzidagi o‘tkir tumshug‘i tark etilgan shahar yoqqa qaragan ajdar yo bukri toychoqni eslatuvchi mavhum qora dog‘ ko‘zga yaqqol tashlanib turardi.

Shu mahal Margarita, nazarimda, cho‘tkani bekorga bunchalik shitob bilan uchiryapman, bunaqa tezlikda tevarak-atrofni tuzukroq kuzata olmayman ham, parvozdan lazzatlana olmayman ham, deb ko‘nglidan o‘tkazdi…

Margarita cho‘tkaning bosh tomonini oldinga itargan edi, uning dastasi — dumi yuqori ko‘tarildi, shunda u uchishni sekinlatib, yer sari pastlay boshladi. Mana shu, xuddi samoviy chanada uchganday pastga sirpanib tushish unga eng zo‘r huzur bag‘ishladi. Yer Margarita sari ko‘tarilib kelarkan, uning shu paytgacha mavhum bo‘lgan qop-qora sathidagi sirli jihatlari ochilib, jamiki jozibalari oydin tunda yaqqol ko‘zga tashlana boshladi. Yer Margaritaga yaqinlashib kelar va uning dimog‘iga endigina yashil libos kiya boshlagan o‘rmonlar hidi ufurayotgan edi. Margarita shudringli o‘tloqni burkagan tuman ustidan, so‘ng bir ko‘l uzra suzib o‘tdi. Margaritaning oyog‘i ostida qurbaqalar baralla qurillashar, qaerdadir, juda olisda poezd negadir yurakni hayajonga solib pishillab borardi. Margarita ko‘p o‘tmay o‘sha poezdni ham ko‘rdi.

U havoga uchqunlar sachratib, xuddi pilla qurti kabi imillab ketib borardi. Margarita undan o‘zib ketib yana bir ko‘l ustidan uchib o‘tdi (bu ko‘l sathida yana bitta oy porlab turardi), yana ham pastlab, azim qarag‘aylarning uchlariga oyoqlari tegay-tegay deb ucha boshladi.

Shu payt orqadan havoni tarillatib yirtayotganday mudhish shovqin eshitiddi, bu shovqin Margaritaga tobora yaqinlab kela boshladi. Xuddi uchib kelayotgan zambarak o‘qini eslatuvchi bu shovqinga ayol kishining ancha chaqirimga eshitiluvchi qahqahasi asta-sekin omixta bo‘la boshladi. Shunda Margarita orqasiga o‘grilib, mavhum bir qora qorishmani ko‘rdi. Bu qorishma ancha yaqinlashib kelganida uning bir nimaga minib olgan odam ekanligi ayon bo‘ldi. Yana bir ozdan keyin u odamning kimligi ham ma’lum bo‘ldi. Bu — Natasha edi. U Margaritaga yetib olib, tezlikni kamaytirdi.

Sochlari shamolda to‘zib ketgan qip-yalang‘och Natasha bir semiz to‘ng‘izga miiib olgan edi, to‘ng‘iz oldingi tuyoqlariga portfel ushlab olgan, orqa tuyoqlari bilan jon holatda tinmay tepinardi. Uning ko‘zidan tushib, ipiga ilinib qolgan pensnesi ahyon-ahyonda oy shu’lasida yaraqlab qo‘yar, shlyapasi esa hadeb ko‘ziga tushib ketaverardi. Margarita to‘ng‘izga tikilibroq qarab, uni tanidi, bu — Nikolay Ivanovich edi. Ana shunda Margaritaning qahqahasi o‘rmon uzra yangrab, Natashaning xandasiga qorishib ketdi.

— Natashka! — deb chinqirdi Margarita, — yog‘upa surdingmi sen ham?

— Aylanib ketay sizdan! — deb javob qildi Natasha o‘z hayqirig‘i bilan mudroqdagi qarag‘ayzorni uyg‘otib, — o mening frantsuz qirolicham, men manavining ham kal boshiga surgan edim yog‘upadan!

— Malikam! — deb bo‘kirdi to‘ng‘iz yig‘loqi ovoz bilan ustiga mingan suvori ayolni shataloq otib uchirib borarkan.

— Tasadduq! Margarita Nikolaevna! — deb chinqirardi Natasha o‘z bekasi bilan yonma-yon uchib borarkan, — rost, yog‘upangizni oldim. Axir bizam odammiz — yashashni, uchishni xohlaymiz! Meni kechiring, malikam, endi men qaytmayman, o‘lsam ham qaytmayman! Voy, qanday yaxshi-ya, Margarita Nikolaevna! Menga uylanmoqchi, — dedi Natasha xijil bo‘lib xishillab borayotgan to‘ng‘izning gardaniga barmog‘i bilan niqtab, — uylanmoqchi! Meni nima deb chaqirding, a? — deb chinqirdi u to‘ng‘izning qulog‘iga? engashib.

— Ma’buda, — deb xurilladi to‘ng‘iz, — men bunday tez ucha olmayman! Muhim qog‘ozlar sochilib ketishi mumkin. Natalya Prokofevna, men norozilik bildiraman.

— E, jin ursin seni, qog‘oz-pog‘ozlaring bilan birga! — deb chiyilladi Natasha gustohona xaxolab.

— Sekinroq, Natalya Prokofevna! Axir birov eshitib qolishi mumkin-ku! — deb baqirdi to‘ng‘iz yolvorib.

Natasha Margarita bilan yonma-yon uchib borarkan, bekasi uchib ketganidan keyin uning uyida nimalar bo‘lganini kula-kula gapirib berdi.

Natasha, sovg‘a qilingan buyumlarning birontasiga ham boshqa qo‘l urmay, darhol kiyimlarini yechib taxlabdiyu, yog‘upaga otilipti, so‘ng uni apil-tapil badaniga sura boshlapti. Qarasa, bekasida yuz bergan o‘zgarish unda ham sodir bo‘lipti. Natasha suyunganidan xandon tashlab kulib, o‘zining ko‘zguda aks etgan mo‘’jizakor go‘zalligidan sarmast bo‘lib turganida, eshik ochilib, ostonada Nikolay Ivanovich paydo bo‘lipti. U Margarita Nikolaevnaning ko‘ylagini va o‘zining shlyapasi bilan portfelini qo‘lida ushlagancha qattiq hayajonlanib turganmish. Uning ko‘zi Natashaga tushiptiyu esi og‘ib qolipti. So‘ng bir oz hushini yig‘ib olib, cho‘g‘dek qizargancha, g‘o‘ldirapti:

— Shu ko‘ylakni yerdan ko‘tarib, shaxsan olib chiqishni o‘z burchim deb bildim.

— Boya nima deb aytding, yaramas, a? — deb chiyillar va xandon tashlab kulardi Natasha. — Nimalar deding, nima deb yo‘ldan urding meni! Jaraq-jaraq pul va’da qilding. Klavdiya Petrovna bilmaydi, deb aytding. Nima, yo gapim yolg‘onmi? — deb chinqirardi Natasha to‘ng‘izga, u esa xijil bo‘lib, tumshug‘ini chetga burardi.

Natashaning sho‘xligi tutib ketib, bexosdan Nikolay Ivanovichga ham yog‘upa suripti, suriptiyu ajablangandan dong qotib qolipti. Pastki qavatda ishovchi bu muhtaram zotning yuzi burishib, cho‘chqa tumshug‘iga aylanipti, qo‘l va oyoqlaridan tuyoqlar o‘sib chiqipti. Shunda Nikolay Ivanovich ko‘zguta qarapti-yu jon achchig‘ida alam bilan chinqirib yuboripti, ammo fursat o‘tgan edi. Yana bir necha soniyadan keyin u boshiga tushgan musibatdan yum-yum yig‘lagancha, ustiga Natashani mindiribdi-yu, Moskvadan allaqaysi tomonga shamoldek uchib ketipti.

— Meni avvalgi asl qiyofamga qaytarishingizni talab qilaman! — dedi u hirqiroq ovoz bilan yo g‘azablanib, yo yolborib, so‘ng xurxurlay boshladi, — men g‘ayriqonuniy yig‘inda ishtirok etishni istamayman! Margarita Nikolaevna, siz uy xodimangizni tartibga chaqirishingiz kerak.

— E, ha, darrov senga men uy xodimasi bo‘lib qoldimmi? Uy xodimasi degin? — deb chiyillardi Natasha to‘ng‘izning qulog‘idan chimchilab-chimchilab olarkan, — boya ma’buda deb atovdingmi? Otimni nima devding?

— Venera! — dedi yig‘lamsirab to‘ng‘iz, u toshlar orasidan jildirab oqayotgan jilg‘a uzra ucharkan, tuyoqlari bilan yong‘oq butasini shitirlatib o‘tdi.

— Venera! Venera! — deb mag‘rurona chinqirdi Natasha bir qo‘lini beliga qo‘yib, ikkinchi qo‘lini oy tomon cho‘zgancha, — Margarita! Qirolicham! Iltimos qilib ko‘ring, meni shu alvastiligimcha qoldirishsin. Aytganingiz — amri vojib, siz axir hokimasiz!

Shunda Margarita:

— Yaxshi, so‘z beraman! — deb javob qildi.

— Rahmat! — deb chinqirdi Natasha va birdan shiddatli va allaqanday mahzun ohangda baqirdi: — Hey! Hey! Tezroq! Tezroq! Qani bir shataloq ot-chi! — U to‘ng‘izning jon holatda yelib-yugurish oqibatida ich-ichiga botib ketgan biqiniga tovonlari bilan niqtagan edi, to‘ng‘iz yana havoni chok qilib yashinday olg‘a otildiki, bir lahza o‘tar-o‘tmas Natasha olisda qora bir nuqta bo‘lib ko‘rindi, keyin esa mutlaqo ko‘zdan g‘oyib bo‘lib, sharpasi ham o‘chdi.

Margarita huvillagan, notanish joylarda, tepaliklar uzra boyagi-boyagicha asta-sekin uchib borardi: bu tepaliklarda o‘sgan siyrak azim qarag‘aylar orasida u yer-bu yerda xarsangtoshlar yotardi. Margarita uchib borarkan, hozir Moskvadan juda ham olislab ketgan bo‘lsam kerak, deb o‘ylardi. U mingan cho‘tka endi qarag‘aylar ustidan emas, balki bir tomoni oy shu’lasidan kumush rangda tovlanayotgan daraxtlar orasidan uchib borardi. Uning yengil soyasi yerda, o‘zidan ancha oldinda o‘rmalab borardi — endi oy Margaritaning yelkasiga yog‘du sochardi.

U suv yaqinligini sezdi, demak manzil shu o‘rtada. Margarita qarag‘aylar orasidan uchib chiqib, bo‘rjar labiga ohista uchib keldi. Jarning oy shu’lasi tushmagan tubida daryo oqardi. Bu tikka jar etagida tuman butalar shoxiga ilinib turar, daryoning narigi sohili esa yassi va past edi. U yerda bir to‘p bo‘lib o‘sgan allaqanday sershox daraxtlar ostida yonayotgan gulxandan uchqunlar chatnar va qandaydir sharpalarning izg‘ib yurgani ko‘rinardi. Margaritaning qulog‘iga o‘sha yoqdan g‘ashga teguvchi allaqanday sho‘x muzika eshitilganday bo‘ldi. Undan narida — to ko‘z yetgungacha oyning kumush shu’lasiga g‘arq bo‘lgan tekis dashtda na biron kulba, na qilt etgan jonzod ko‘rinardi.

Margarita jar yoqasidan pastga sakrab, zum o‘tmay o‘zini daryo bo‘yida ko‘rdi. Samoviy parvozdan so‘ng uning cho‘milgisi keldi. U cho‘tkani bir chetga otib yuborib, yugurib kelib suvga sho‘ng‘idi. Uning qushday yengil jismi mavjlarga misoli kamon o‘qiday botib, olamjahon suv ustunini deyarli oyga qadar sachratdi. Suv xuddi hammomdagidek iliq ekan, Margarita suv qa’ridan ko‘tarilib, daryoda hech zog‘ yo‘qligidan foydalanib, rosa miriqib suzdi…

Margarita oxiri sohilga chiqdi. Uning badani cho‘milish oqibatida qizib ketgan edi. Endi u hech qanday charchoq sezmay, jiqqa ho‘l maysa ustida shodlikdan o‘yin tusha boshladi…

Keyin u qattiq hushtak chalgan edi, oldiga cho‘gkasi uchib keldi, u cho‘tkaga minib olib, daryo ustidan narigi sohilga uchib o‘tdi. Bo‘r tog‘ining soyasi bu yerga yetmagan, shu bois butun sohil oy yog‘dusiga g‘arq bo‘lib yetardi.

Margaritaning oyog‘i shudring ingan o‘tloqqa tegishi bilan sambittollar ostida chalinayotgan muzika balandroq yangradi va gulxan uchqunlari shoda-shoda bo‘lib yanada sho‘xroq chatnadi. Navdalariga nafis va momiq kuchalalar osilgan sambittollar ostida ikki qator tizilishib o‘girgan lunjdor baqalar xuddi rezinkadan yasalganday, goh shishib, goh puchayib, yog‘och surnaylarda sho‘x bir marshni chalardilar. Bu mashshoqlar qarshisida tol navdalariga osilgan yaltiroq cho‘kaklar notalarni yoritar, baqalarning basharalarida gulxanning sarosimali shu’lasi o‘ynardi.

Marsh Margarita sha’niga chalinayotgan edi. U nihoyatda zo‘r tantana bilan kutib olindi. Daryo sathida davra qurib o‘ynayotgan tiaffof badan suv parilari o‘yinni to‘xtatib, suv o‘tlarini silkib Margaritapi qutlay boshladilar, shunda huvillagan nimyashil sohilda ularning ingrovchi saslari yangrab, aks-sadosi juda olislarga zshitildi. Yalang‘och alvastilar sambittol orqasidan yugurib chiqib, bir qatorga tizilishdi va saroy xonimlariga xos tavoze bilan tiz bukib ta’zim qila boshlashdi. Bitta takatuyoq jonzod yelib kelib, Margaritaning qo‘lidan o‘pdi, darhol yerga shohi poyondoz yozib, qirolicham cho‘milib yengil tortdilarmi, deb so‘radi va yonboshlab hordiq chiqarishni taklif qildi unga.

Margarita ham taklifni qabul etdi. Shunda takatuyoq unga bir qadah shampan vinosi tutdi. Margarita vinoni ichib yuborgan edi, darhol ko‘ngli gulday yashnab ketdi. U Natashani surishtirgan edi, uning cho‘milib bo‘lib, o‘z to‘ng‘iziga mingancha yana Moskvaga uchib ketganini aytishdi: u tezroq borib, Margaritaning kelayotgani haqida darak berishi va uning uchun libos hozirlashda ko‘maklagaishi lozim ekan.

Margarita ham sambittollar tagida uzoq o‘tirmadi… Hamma safarga shaylana boshladi. Suv parilari oy nurida o‘z raqslarini nihoyasiga yetkazdilar va asta ko‘zdan g‘oyib bo‘ldilar. Takatuyoq maxluq Margaritadan, daryo bo‘yiga nimada keldingiz, deb tavoze bilan so‘radi. Uning cho‘tka minib kelganini eshitib:

— O, axir bu noqulay-ku, — dedi bir lahzada ikkita shox butog‘idan alomat telefon yasadi-da, kimdandir shu onning o‘zida mashina yuborishni talab qildi, talab ham bir daqiqa ichida bajarildi. Orolga usti ochiq och mallarang mashina uchib tushdi, lekin rulda rasmana shofyor emas, balki kleyonka furajka, qo‘llariga og‘zi keng qo‘lqop kiygan tumshug‘i uzun qop-qora qarg‘a o‘tirardi. Orol huvillay boshladi. Uchib ketgan alvastilar porlagan oy shu’lasida erib yo‘q bo‘lishdi. Gulxan o‘chib, qo‘r ustini kul bosa boshladi.

Takatuyoq Margaritaning mashinaga chiqishiga ko‘maklashdi, u keng orqa o‘rindiqqa cho‘kdi. Mashina g‘uvillab bir sakradi-yu, balandga, deyarli oygacha ko‘tarildi, orol ham, daryo ham g‘oyib bo‘ldi, Margarita Moskva tomon g‘izillab uchib ketdi.

Yigirma ikkinchi bob SHAMLAR YORUG‘IDA

Osmonu falakda uchib borayotgan mashinaning bir tekisda guvillashi Margaritani allalar, oy shu’lasi esa orombaxsh harorati bilan uni isitardi. U ko‘zini yumib, yuzini shamolga tutdi va hozirgina o‘zi tark etgan notanish daryo sohili haqida hasrat bilan o‘ylay boshladi, negaki, u yerni endi hech qachon ko‘rmasligini ko‘ngli seza boshlagan edi. Bugun kechqurun sodir bo‘lgan barcha sehru mo‘’jizalardan so‘ng Margarita kimning huzuriga mehmonga ketayotganini fahmlay boshlagan edi, biroq bu hol uni cho‘chitmasdi. O‘sha yerda o‘z baxtiga qayta musharraf bo‘lish umidi uni dovyurak qilgan edi. Lekin uning baxt to‘g‘risida uzoq vaqt xayol surishiga imkon bo‘lmadi. Margarita bir oz muhlatdan so‘ng ko‘zini ochib, qarg‘aning mohir haydovchi bo‘lganidanmi, yo mashinaning nihoyatda uchqurligidanmi, har qalay pastda endi zulmatga burkangan urmonni emas, hammayog‘i milt-milt chiroq bo‘lgan Moskvani ko‘rdi. Qora qush — shofyor parvoz paytida mashinaning oddingi o‘ng g‘ildiragini burab bo‘shatib oldi, keyin uni Dorogomilovo rayonida, qandaydir juda xilvat bir qabristonga qo‘ndirdi. So‘ng u churq etmay o‘tirgan Margaritani cho‘tkasi bilan birga bir qabr toshi yonida yerga tushirib, mashinani qabriston etagidagi jarga itarib yubordi. Mashina tubsiz jarg a gumburlab tushib, tilka-tilka bo‘lib ketdi. Qarg‘a esa Margaritaga ehtirom bilan chest berib, g‘ildirakka mindi-da, uchib ketdi.

Shu zahoti bir qabr toshi orqasidan qora plashli sharpa chiqib keldi. Uning so‘yloq tishi oy nurida yalt etib ketdi-yu, Margarita darrov Azazelloni tanidi. U Margaritaga imo qilib cho‘tkaga minishni taklif qildi, o‘zi uzun qilichga mindi, shu zahoti ikkovlari osmonga o‘qday uchishdi-yu bir necha soniyadan so‘ng Sadovaya ko‘chasidagi 302-bis uyining oldida yerga qo‘nishdi. Ularni hech kim sezmadi.

Qo‘ltiqlariga cho‘tka bilan qilich qistirib olgan bu ikki hamroh bostirma ostiga kirishganida Margaritaning ko‘zi kimnidir zoriqib kutib o‘tirgan kep-,| va qo‘nji baland etik kiygan bir odamga tushdi. Azazello bilan Margarita yengil qadam tashlab, oyoq uchida yurib o‘tgan bo‘lishsa ham, u odam sharpani eshitdi, lekin qanday jonzodning sharpasi ekanligini tushunolmay sarosimada bir seskanib qo‘ydi.

Keyin ular oltinchi yo‘lak eshigi oldida boyagi bostirmadagi odamga xuddi quyib qo‘ygandek o‘xshovchi ikkinchi odamni uchratishdi. Bu yerda ham boyagi voqea takrorlandi. Oyoq tovushlari… Odam bezovtalanib, o‘grilib qaradi va o‘shshayib oldi. Lekin yo‘lak eshigi ochilib-yopilganini ko‘rib, sharpalar orqasidan o‘sha tomonga otildi, ichkariga kirib, har yoqqa olazarak bo‘lib qaradi, ammo, turgan gapki, hech nimani ko‘rmadi.

Nusxasi ikkinchidan, demakki, birinchidan ham, olingan uchinchi odam uchinchi qavatdagi maydonchada navbatchilik qilardi. U tutuni achchiq papiros chekib o‘tirardi, shu bois Margarita uning yonidan o‘tayotganda yo‘talib yubordi. Kashanda xuddi bir nima chaqqandek o‘rindiqdan sapchib turib ketdi, sarosimada atrofiga alang-jalang qaray boshladi, zina panjarasi osha engashib pastga ko‘z tashladi. Bu mahal Margarita o‘z hamrohi bilan 50-kvartiraning eshigi oldiga yetib olgan edi. Qo‘ng‘iroq qilib o‘tirishmadi, Azazello o‘z kaliti bilan eshikni tovushsiz ochdi.

Margaritani hayratga solgan birinchi narsa zulmat bo‘ldi. Dahliz xuddi yer qa’ri bilan zim-ziyo edi, shuning uchun Margarita qoqilib ketishdan qo‘rqib, beixtiyor Azazelloning plashidan mahkam ushlab oldi. Lekin shu payt juda olisda, yuqorida bir shamchiroqning milt-milt yonayotgani ko‘rindi, keyin u shu’la yaqinlashib kela boshladi. Azazello keta turib Margaritaning qo‘ltig‘idan cho‘tkani tortib oldi, cho‘tka shu zahoti zulmat qo‘ynida tovushsiz g‘oyib bo‘ldi. Endi ular qandaydir keng pillapoyalardan yuqoriga ko‘tarila boshladilar, Margaritaga bu pillapoyaning oxiri yo‘qdek tuyulardi. Moskvadagi oddiy bir kvartiraning dahliziga bu ko‘rinmas, ammo mavjudligi aniq his etib turilgan g‘ayrioddiy va hududsiz zinaning sig‘gani Margaritani hayratga solardi. Biroq shu payt zina tugab, Margarita o‘zini uning yuqori maydonchasida turganini sezdi. Boyagi chiroq shundoqqina Margaritaning yuzi oldiga yaqinlashib keldi-yu, u qo‘lida shamchiroq ushlab turgan qora va daroz bir odamning yuzini ko‘rdi. Shu keyingi kunlarda bu odamga ro‘para kelgan sho‘rpeshonalar hatto shu zo‘rg‘a miltillab yonayotgan shamchiroq yorug‘ida ham uni ganigan bo‘lardilar, albatta. Bu Korovyov, ya’ni Fagot edi.

To‘g‘ri, hozir uning tashqi qiyofasi juda o‘zgargan edi. Allaqachon axlatga tashlab yuborish lozim bo‘lgan shishasi siniq pensne o‘rniga u endi monokl taqib olgan edi, ammo bu ham darz ketgan bo‘lib, shamchiroq shu’lasi shu shishada aks etardi. Bu sulloh mo‘ylabini gajak qilib buragan va moylagan edi, uning qoraligiga kelsak, egniga frak kiyganligidan shunaqa edi, xolos. Faqat ko‘kragigina oqarib ko‘rinardi.

Bu sehrgar, regent, jodugar, tarjimon — xullas, aslida kimligini shayton ham bilmaydigan Korovyov shamchiroq ushlagan qo‘lini keng yoyib Margaritaga ta’zim qildi va uni o‘zi bilan yurishga da’vat edi. Azazello g‘oyib bo‘ldi.

«Odam hayron qoladigan oqshom, — deb o‘ylardi Margarita, — bunaqa bo‘lishini hech tasavvur qilmagan edim! Nima balo, elektrlari o‘chib qolganmi deyman? Lekin hammadan ham xonaning hajmi meni hayron qoddiryapti. Shu narsalarning hammasi qanday qilib Moskvaning oddiy kvartirasiga sig‘ishi mumkin? Bunga sira-sira aql bovar qilmaydi».

Korovyovning qo‘lidagi shamchiroq juda xira yopayotgan bo‘lsa ham, Margarita o‘zining nihoyatda ulkan zalda, yana behisob mahobatli qora ustunlari ko‘z ilg‘amas yergacha tizilib ketgan zalda turganligini tushundi. Korovyov kichkina bir divan oldida to‘xtab, shamchiroqni shu yerdagi baland kursi ustiga qo‘ydi, imo bilan Margaritani o‘tirishga taklif qilib, o‘zi ham uning yoniga o‘tirdi va xuddi suratga tushayotgan odamday savlat bilan tirsagini kursiga qo‘ydi.

— Ijozatingiz bilan sizga o‘zimni tanitsam, — dedi Korovyov beo‘xshov ovoz bilan, — Korovyovman. Chiroq yo‘qligidan hayron bo‘lyapsizmi? Iqtisod deb o‘ylagan bo‘lsangiz kerak? Yo‘-yo‘-yo‘q, aslo. Agar shunaqa bo‘lsa, birinchi to‘qnash kelgan jallod, chunonchi, bugun, hali bir ozdan keyin sizning tizzangizni o‘pishga musharraf bo‘ladigan jallodlardan biri shu kursi ustida boshimni tanamdan judo qilsin. Sabab, messir xush ko‘rmaydilar elektr nurini, biz uni eng oxirgi damda yoqamiz. Ana unda, ishonchingiz komil bo‘lsin: hammayoq keragidan ortiq yoritilib yuboriladi.

Korovyov Margaritaga yoqdi, shang‘i javrashi uning ko‘ngliga taskin berdi.

— Yo‘q, — deb javob qildi Margarita, — mana shuncha narsaning (u qo‘lini cho‘zib, zalning bepoyonli-gini ifodaladi) oddiy bir kvartiraga qanday siqqani ko‘proq hayratga solyapti meni.

Korovyov yoqimli jilva qilgan edi, burni atrofidagi soyalar qimirlab ketdi.

— Bundan oson narsa yo‘q! — deb javob qildi u. — Beshinchi o‘lchov nazariyasidan boxabar bo‘lganlar uchun o‘z xonasini ko‘ngli tusagan hajmda kengaytirish xamirdan qil sug‘urishday gap. Ha, ha, muhtarama sohibam, aql bovar qilmaydigan darajada kengaytirish mumkin! Darvoqe, men, — deb javrashda davom etdi Korovyov, — nainki beshinchi o‘lchov nazariyasidan, balki, umuman hech vaqodan xabari bo‘lmagan, ammo shunga qaramay, o‘z kvartiralarini kengaytirish borasida eng barkamol mo‘’jizalar yaratgan odamlarni bilaman. Chunonchi, menga hikoya qilib berishgan edi, shaharlik bir kishi Zemlyanoy valda uch xonali kvartira olib, hech qanday beshinchi o‘lchov nazariyasi va o‘zga esni og‘dirib qo‘yuvchi nayranglarsiz, hash-pash deguncha, kvartirasini to‘rt xonali qilgan — xonalardan birining o‘rtasidan devor olib.

Keyin uni Moskvaning boshqa-boshqa rayonidagi ikkita alohida (biri — uch, ikkinchisi — ikki xonali) kvartiraga ayirboshlagan. Mana sizga — beshta xona. Keyin o‘sha uch xonali kvartirasini ikkita ikki xonaliga almashtirib, o‘zingiz ko‘rib turibsizki, olti xonaga ega bo‘lgan. Shunda u, Moskvaning turli rayonlaridagi olti xonadan iborat o‘sha kvartiralarini Zemlyanoy valdagi bitta besh xonali kvartiraga almashtirmoqchi bo‘lgani haqida gazetaga e’lon berib, eng oxirgi va eng g‘aroyib nayrang qilmoqchi bo‘lib turganida, birdan bu faoliyati unga daxldor bo‘lmagan sabablarga ko‘ra, taqqa to‘xtab qolgan. To‘g‘ri, hozir ham u biron-bir xonaga joylashgan, albatta, lekin sizni ishontirib aytamanki, u xona Moskvadan tashqarida bo‘lishi kerak. Ko‘rdingizmi, qanaqa olg‘irlar bor, siz bo‘lsangiz beshinchi o‘lchovni gapirib o‘tiribsiz.

Beshinchi o‘lchov haqida gap ochgan Margarita emas, Korovyovning o‘zi edi, shunga qaramay, Margarita kvartira almashtiruvchi ucharning sarguzashtlarini eshitib, sho‘x kulib yubordi. Korovyov davom etdi:

— Maqsadga o‘taylik, Margarita Nikolaevna. Siz g‘oyat oqila ayolsiz, shunga ko‘ra, sohibimizning kimligini fahmlagan bo‘lishingiz kerak.

Margaritaning yuragi «shuv» etib ketdi, u indamay bosh irg‘atdi.

— Ana, tushunibsiz, — dedi Korovyov, — biz har qanday chala-yarim, mavhum gaplarga qarshimiz. Sirasi, messir har yili bir marta bal beradilar. U bahorgi to‘linoy bali yoxud yuzta qirol bali deb ataladi. Tumonat odam keladi! Hali bunga o‘zingiz shohid bo‘lasiz. Qisqasi: messir bo‘ydoq — buni o‘zingiz ham gushunib turgan bo‘lsangiz kerak. Biroq beka yo‘q, — Korovyov qo‘llarini yoydi, — o‘zingizdan qolar gap yo‘q, qanday qilib bal bekasiz…

Margarita Korovyovning har bitta so‘zini nihoyatda diqqat bilan tinglarkan, qalbining teran yeri uvishganday bo‘ldi — o‘z baxtiga erishish umidi uning boshini aylantirardi.

— Bizda an’ana bo‘lib qolgan, — deb gapida davom etdi Korovyov, — bal bekasining ismi albatta Margarita bo‘lishi kerak, bu birinchidan, ikkinchidan esa, bal beriladigan yerda tug‘ilgan bo‘lishi shart. Ko‘rib turibsizki, biz jahongashtalarmiz, bu safar, Moskvada manzil qurdik. Bu yerda biz yuz yigirma bitta Margaritani uchratdik, lekin ishonasizmi, — deb Korovyov hafsalasi pir bo‘lib o‘z soniga «shap» etib urdi, — bittasi ham to‘g‘ri kelmadi. Va nihoyat, bizga baxt kulib boqdiyu…

Korovyov qaddini egib, ma’nodor jilmaydi, shunda Margaritaning yuragi bir orziqib tushdi.

— Qisqa qilaman! — dedi Korovyov, — eng qisqasi: shu mas’uliyatni zimmangizga oling desak, yo‘q demaysizmi?

— Yo‘q demayman, — qat’iy javob qildi Margarita.

— Albatta-da! — dedi Korovyov va shamchiroqni baland ko‘tarib ilova qildi: — Marhamat, men bilan yuring.

Ular ikki qator bo‘lib tizilgan ustunlar orasidan yurib borib nihoyat boshqa bir zalga o‘tishdi, bu yerda o‘tkir limon hidi dimoqqa urildi, allanimalarning qitirlagani eshitildi, buning ustiga yana Margaritaning boshiga allaqanday sharpa tegib o‘tdi. U seskanib ketdi.

— Qo‘rqmang, — deb muloyim ohangda tasalli berdi Korovyov, Margaritani qo‘ltiqlab olarkan, — bu Begemotning baloldi nayranglari, xolos. Umuman, men sizga, Margarita Nikolaevna, hech qachon, hech nimadan qo‘rqmaslikni maslahat berishga jur’at etmoqchiman. Ko‘rqish telbalik. Sizdan yashirib o‘tirmayman — bal nihoyatda dabdabali bo‘ladi. Biz, hukmronlik hududi o‘z vaqtida benihoya ulkan bo‘lgan shaxslarni ko‘ramiz. Ammo ularning imkoniyatlarini kamina muqarribi bo‘lish baxtiga musharraf bo‘lgan zotning imkoniyatlariga muqoyasa qilinsa, u dengiz oldida bir tomchi ham bo‘la olmaydiki, buni o‘ylasang kulging keladi, hatto, sizga aytsam, xafa bo‘lib ketasan…

Shu choq Korovyov shamchiroqqa qarab puflagan edi, u g‘oyib bo‘ldi-yu, Margarita o‘z oyog‘i ostida qandaydir eshik ostidan tushib turgan chiroq shu’lasini ko‘rdi. Korovyov ana shu eshikni ohista taqillatdi. Margarita juda qattiq hayajonlanganidan tishlari takillab, badani jimirlab ketdi. Eshik ochildi. Bu mo‘’jazgina xona edi. Margarita bu yerda emandan yasalgan keng bir karavot, karavot ustida g‘ijimlangan isqirt choyshab va yostiq ko‘rdi. Karavot oldida oyoqlari jimjimador eman stol, uning ustida sham uyalari qush panjalarini eslatuvchi chilchiroq bo‘lib, uning yettita oltin panjasida yo‘g‘on shamlar yonib turardi. Bundan tashqari, stolda yana donalari nihoyatda zo‘r mahorat bilan ishlangan kattakon shaxmat taxtasi bor edi. Eskirib, taqir bo‘lib ketgan bir gilamcha ustida pasttakkina skameyka turardi. Bu yerda yana bir stol bo‘lib, uning ustiga qandaydir oltin kosa va boshqa bir chilchiroq qo‘yilgan edi. Bu chilchiroqning shoxlari ilonga o‘xshatib yasalgan edi. Xonadan oltingugurt va qatron hidi kelar, chiroqlarning ko‘lankalari yerda bir-birini kesib o‘tgan edi.

Bu yerda hozir bo‘lganlar orasida Margarita Azazelloni bir ko‘rishdayoq tanidi, u karavotning bosh tomonida turar va endi egniga frak kiyib olgan edi. U Margaritaga bag‘oyat nazokat bilan ta’zim qildi, zero u Aleksandr bog‘ida Margaritaning qoshiga qaroqchi qiyofasida kelgan Azazelloga aslo o‘xshamas edi endi.

Varetening mo‘’tabar bufetchisini qattiq xijolat qilgan va mash’um seans berilgan tunda, yaxshiyamki, xo‘roz qichqirib qolib, cho‘chib ketgan o‘sha yalang‘och alvasti, ya’ni Gella karavot yonida yerga yozilgan gilamchada o‘tirib, oltingugurt bug‘i chiqib turgan kastryulda allanimani xamirga o‘xshatib qorardi.

Bulardan tashqari, shaxmat stoli yonidagi baland kursida hirsday keladigan bir qora mushuk o‘ng panjasida asp donasini ushlab o‘tirardi.

Gella o‘rnidan qo‘zg‘alib, Margaritaga ta’zim qildi. Mushuk ham kursidan sakrab tushib, orqa o‘ng oyog‘ini oldinga surib, mehmonga ta’zim qilarkan, birdan donani panjasidan tushirib yubordi va uni qidirib karavot tagiga emaklab kirib ketdi.

Bularning barini, qo‘rquvdan dong qotib qolgan Margarita shamlardan tushgan bozingar ko‘lankalarda elas-elas ko‘rdi. U ko‘zini to‘shakdan uza olmay qolgandi: bechora Ivan — yaqindagina Patriarx ko‘lida, shayton yo‘q, deb ishontirmoqchi bo‘lgan kimsa, ya’ni o‘sha yo‘q narsa hozir karavotda o‘tirardi.

Ikki ko‘z: tubida har qanday yurakning eng teran yerigacha teshib kirishga qodir zarrin uchqun porlab turgan o‘ng ko‘z bilan ignaning teshigini yoxud har qanday zulmat va qora ko‘lankaning tubsiz qa’rini eslatuvchi ziyosiz va qora chap ko‘z Margaritaning yuziga qattiq tikilgan edi. Volandning yuzi bir yonga qiyshayib ketgan, og‘zining o‘ng cheti pastga osilgan, sochlari to‘kila boshlaganidan keng bo‘lib ko‘ringan peshonasida ingichka qoshlari bilan bir tekisda chuqur-chuqur ajinlar cho‘zilgan edi. Uning yuzi oftobdan mangu qorayganday tuyulardi.

Egniga isqirt, chap yelkasiga yamoq tushgan uzun tungi ko‘ylakdan boshqa hech nima kiymagan Voland yalpayib o‘tirardi. U bir oyog‘ini tagiga bosib olgan, ikkinchisini uzatib skameykaga qo‘ygan edi. Mana shu qoraygan oyog‘ining tizzasini Gella tutab turgan allaqanday malham bilan ishqalardi.

Bu g‘ira-shirada Margarita yana Volandning yoli yo‘q ko‘kragida qora toshdan mohirona yasalib, ustiga allaqanday yozuvlar yozilgan bir qo‘ng‘izni ko‘rdi, u tilla zanjirga osilgan edi. Volandning yonida to‘shakda vazmin o‘rnatilgan alomat bir globus turardiki, uning joni borga o‘xshar va bir biqini quyosh bilan yoritilgandek tuyulardi.

Sukut bir necha lahza davom etdi. «Meni kuzatyapti», — deb o‘yladi Margarita va o‘z iroda kuchi bilan tizzalarining qaltirashini bosishga harakat qildi.

Nihoyat Voland jilmayib gap boshlagan edi, uning uchqun chaqnab turtan ko‘zi «pov» etib yonganday bo‘ldi.

— Xush kelibsiz, qirolicha, va lekin meni afv etgaysiz xonaki libosda bo‘lganim uchun.

Volandning ovozi shu qadar so‘niq, past ediki, ayrim so‘zlar zo‘rg‘a xirillab chikdi.

U to‘shakda yotgan uzun qilichni oldi-da, karavot ostiga tiqib kavlarkan, dedi:

— Bo‘ldi, chiq! O‘yin bekor qilinadi. Mehmon keldi.

— Zinhor bekor qilmang, — deb suflyorga o‘xshab pichirladi Korovyov Margaritaning qulog‘iga.

— Zinhor bekor qilmang… — deb gap boshladi Margarita.

— Messir… — deb pichirladi yana Korovyov uning qulog‘iga.

— Zinhor bekor qilmang, messir, — dedi o‘zini tutib olgan Margarita ohista, ammo aniq qilib, so‘ng jilmayib turib ilova qildi: — O‘yinni to‘xtatmasligingizni iltijo qilaman. O‘ylaymanki, shaxmat jurnallari shu partiyangizni chop qilgudek bo‘lsalar, durustgina gonorar to‘lagan bo‘lardilar sizga.

Azazello uning gapini ma’qullab, ohista tomoq qirib qo‘ydi, Voland esa Margaritaga diqqat bilan tikilib turib, qo‘lini cho‘zdi va uni imlab o‘z yoniga chaqirdi. Margarita yalangoyoqlari ostida polni sezmay unga yaqin bordi. Voland o‘zining zidday og‘ir, ayni paytda cho‘g‘dek qaynoq qo‘lini Margaritaning yelkasiga qo‘yib, uni o‘ziga tortdi va yoniga, karavotga o‘tqazdi.

— Baski, bizga bunday kamoli iltifot ko‘rsatayotgan ekansiz, — deb gapira boshladi u, — o‘zim ham shunday bo‘ladi deb o‘ylagan edim, unda biz takallufni yig‘ishtirib qo‘yamiz. — U yana karavot ostiga engashib qichqirdi: — Tokaygacha davom etadi bu karavot ostidagi maynavozchilik? Qani chiq, badbaxt masxaraboz!

— Aspni topa olmayapman, — deb bo‘g‘iq soxta ovoz bilan javob qildi karavot ostidan mushuk, — qayoqqadir qochib ketipti, uning o‘rniga allaqanday qurbaqa qo‘limga ilindi.

— Bu yer senga bozor emas — bas qil masxarabozlikni! — dedi Voland go‘yo achchig‘lanayotganday bo‘lib. — Karavot ostida hech qanaqa qurbaqa yo‘q edi! Bu uch pulga qimmat nayrangbozligingni Varete uchun asrab qo‘y. Agar hoziroq chiqmasang, seni yutqazdi deb hisoblaymiz, la’nati qochoq.

— Taslim bo‘lish yo‘q, messir! — deb baqirib yubordi mushuk va shu zahoti panjasida asp donasini ushlagancha karavot ostidan chikdi.

— Marhamat, tanishing… — deb gap boshladi Voland, ammo o‘z so‘zini bo‘lib dedi: — Yo‘q, ko‘rgani ko‘zim yo‘q bu taviyani, qarang, ne ko‘yga solib chiqipti o‘zini karavot tagidan.

Bu asnoda boshdan-oyoq changa belangan mushuk orqa oyoqlarida turib, Margaritaga ta’zim bajo qilardi. Endi uning bo‘yniga frak bilan taqiladigan oq galstuk bog‘langan, ko‘kragiga ayollarning sadaf durbini osilgan edi. Bundan tashqari, mushukning mo‘ylovi zarrin rangga bo‘yalgan edi.

— Axir bu nima qilganing? — dedi Voland, — nega endi mo‘ylavingni zarhallading? Keyin, galstukka balo bormi, egningda ishtoning bo‘lmagandan keyin?

— Mushuk ishton kiymaydi, messir, — viqor bilan javob qildi mushuk, — hali yana menga etik kiygin deb ham aytarsiz? Etik kiygan mushuk faqat ertaklarda bo‘ladi, messir. Lekin biron-bir jonzodning balga galstuk taqmay kelganini ko‘rganmisiz? Men jamoa oldida sharmanda bo‘lishni ham, gardanimga mushtlab baldan quvib chiqarishlarini ham istamayman! Har kim baholi qudrat yasanadi. Bu gapimni durbinga ham daxldor deb hisoblayvering, messir!

— Axir mo‘yloving-chi?…

— Hayronman, — deb quruqqina e’tiroz bildirdi mushuk, — nega endi Azazello bilan Korovyov soqol-mo‘ylovlarini olishganidan keyin oq upa se-pishlari mumkin-u, xmen mo‘ylovimga oltin upa sepishim mumkin emas, bundan oq upaning nimasi afzal? Agarda men mo‘ylovimni ustarada qirsam edi, unda gap qilishinglar mumkin edi! Chunki mo‘ylovi qirilgan mushuk — chindanam g‘irt bema’nilik, buni ming karra e’tirof etishga ham tayyorman. Lekii, umuman olganda, — shu yerga kelganda mushukning xo‘rligi kelib, ovozi qaltirab ketdi, — ko‘rib turibman, menga tirg‘iladigan bo‘lib qolishdi, binobarin, oldimda, umuman men balda bo‘lishim kerakmi o‘zi, degan jiddiy masala turipti. Xo‘sh, siz bunga nima deysiz, messir?

Shunday deb mushuk sal bo‘lmasa yorilib ketgudek shisha boshladi.

— Voy, qallob-e, voy firibgar-e, — derdi Voland boshini sarak-sarak qilib, — har safar shu — yutqazayotganini sezsa, eng razil aldoqchiga o‘xshab, gapni chalg‘itishga tushadi. Qani, tez o‘tir-u, bas qil quruq safsatabozlikni.

— Men o‘tiraman, — deb javob qildi mushuk o‘tirarkan, — lekin oxirgi fikringizga e’tiroz bildiraman. Kaminaning nutqlari, siz bu xonim oldida meni kamsitib aytganingizdek, safsata emas aslo, balki aniq sillogizmlar majmuasidirki, Sekst Empirik Martsian Kapella va hattoki Aristoteldek donishmandlar ham ularni yuksak baholagan bo‘lardilar.

— Shoh! — dedi Voland.

— Mayli, mayli, — dedi mushuk va shaxmat taxtasiga durbin orqali qaray boshladi.

— Shunday qilib, — deb yuzlandi Voland Margaritaga, — tanishing, donna, mening mulozimlarim bilan. Manavi jinnilik qilayotgan mushukning ismi — Begemot. Azazello va Korovyov bilan tanishib olgansiz, endi, marhamat, xodimam Gella bilan tanishing. Ishga chechan, farosatli, qo‘lidan kelmaydigan ish yo‘q.

Go‘zal Gella kaftlab malham olib, sohibining tizzasiga surishdan to‘xtamagan holda, ko‘k ko‘zlarini Margaritaga tikib jilmaydi.

— Ana, bo‘ldi, — deb tanishtirishni yakunladi Voland va Gella tizzasini qattiqroq ezganidan afti burishib ketdi, — jamoamiz, ko‘rib turibsizki, ozchilik, qurama va odmi. — U jim qolib, o‘z oldida turgan globusni aylantira boshladi. Globus shu qadar zo‘r mahorat bilan ishlangan ediki, undagi moviy okeanlar mavjlanar, qutb esa haqiqiy muz va qor bilan burkangandek ko‘rinardi.

Bu mahal shaxmat taxtasi ustida besaranjomlik boshlangan edi. Oq rido kiygan shoh o‘z katagida ko‘ngli g‘ash bo‘lib tipirchilarkan, mushkul ahvolga tushganidan qo‘llarini ko‘kka ko‘tarardi. Oyboltalar bilan qurollangan uchta oq piyoda oq ofitserga baqrayib qarab turardi, ofitser shamshirini o‘ynatib, piyodalarni olg‘a, ya’ni Volandning ot mingan ikki suvorisi turgan kataklar sari undardi.

Shaxmat donalarining jonli ekanligi Margaritani nihoyatda qiziqtirib, hayratga soldi.

Mushuk durbinini ko‘zidan olib, o‘z shohining orqasiga ohista turtib qo‘ydi. Shoh mushkul ahvolga tushganini sezib, yuzini qo‘llari bilan berkitdi.

— Ishing chakki ko‘rinadi, azizim Begemot, — ohista dedi Korovyov zaharxanda bilan.

— Vaziyat jiddiy, lekin umid yo‘q emas yutishdan, — dedi Begemot, — sirasini aytganda: men g‘alaba qilishimga qat’iy ishonaman. Faqat vaziyatni yaxshilab tahlil qilib ko‘rish kerak.

Tahlilni u juda antiqa tarzda boshladi: o‘z shohiga allaqanday imo-ishoralar qilib ko‘z qisa boshladi.

— Hech nima kor qilmayapti-ku, — dedi Korovyov.

— Ie, voy! — deb qichqirib yubordi shunda Begemot, — to‘tilar uchib ketishibdi-yu — ogohlantirgan edim-a!

Darhaqiqat, olisdan behisob qush qanotlarining patirlagani eshitildi. Korovyov bilan Azazello yugurib chiqib ketishdi.

— E, jin ursin nayranglaringni! — deb g‘o‘ldiradi Voland o‘z globusidan ko‘z uzmay.

Korovyov bilan Azazello chiqib ketishgan hamonoq Begemotning ko‘z qisishi avjga chiqdi.

Nihoyat, oq shoh imo-ishoraning ma’nisiga tushundi-yu, yelkasidagi ridoni o‘zi turgan katakka yechib tashlab, shaxmat taxtasidan chopib chiqib ketdi. Ofitser esa uning o‘rniga o‘tib, shoh libosini o‘z yelkasiga tashlab oldi. Korovyov bilan Azazello qaytib kelishdi.

— Yana aldabsanda bizni, — deb to‘ng‘illadi Azazello Begemotga o‘qrayib.

— Qaydam, qulog‘imga chalinuvdi, — deb javob qildi mushuk.

— Xo‘sh, tokaygacha kutaman? — dedi Voland, — shoh!

— Eshitmabman, messir, — dedi mushuk, — shoh bo‘lishi mumkin emas.

— Takror aytaman — shoh!

— Messir, — dedi mushuk soxta vahima bilan, — siz juda charchagan ko‘rinasiz: shohga shoh yo‘q axir!

— Shoh G ikki katagida turipti, — dedi Voland shaxmat taxtasiga qaramasdan.

— Messir, kamina hayratdaman, — deya ingradi mushuk basharasini dahshatli bujmaytirib, — bu katakda shoh yo‘q.

— Nima deding? — dedi hayron bo‘lgan Voland va taxtaga tikilib qaradi. Shoh katagida turgan ofitser teskari o‘girilib, yuzini qo‘li bilan pana qilib olgan edi.

— Obbo kasofat-e, — dedi o‘ychanlik bilan Voland.

— Messir! Men yaia mantiqqa murojaat qilaman, — deb gap boshladi mushuk ikki panjasini ko‘ksiga qo‘ygancha, — agar raqib shohga shoh deb e’lon qilsa-yu, aslida shaxmat taxtasida shohning soyasi ham bo‘lmasa, bunday shoh — shoh hisoblanmaydi.

— Taslim bo‘lasanmi yo yo‘qmi? — deb baqirdi Voland dag‘dag‘a qilib.

— Ruxsat eting, o‘ylab ko‘ray, — yuvoshgina dedi mushuk, tirsaklarini stolga qo‘yib va panjalari bilan quloqlarini changallagancha o‘ylay boshaldi. U uzoq vaqt o‘ylab, nihoyat dedi: — Taslimman.

— Bu o‘jar maxluqni o‘ldirsang ham oz, — dedi Azazello g‘ijinib.

— Ha, taslim bo‘ldim, — dedi mushuk, — lekin aytib qo‘yay, faqat hasadgo‘ylar ta’qib qilgan muhitda o‘ynay olmasligim sababli taslim bo‘lyapman! — U o‘rnidan turdi. Shaxmat donalari o‘zlari qutiga borib tushishdi.

— Gella, vaqt bo‘ldi, — dedi Voland, shunda Gella xonadan chiqib ketdi. — Aksiga yurib, bal bo‘ladigan kun oyog‘im og‘rib qolsa-ya, — deb gapida davom etdi Voland.

— Ruxsat eting, men uqalay, — deb ohista iltimos qildi Margarita.

Voland Margaritaga qattiq tikilib qaradi, so‘ng tizzasini unga tomon surdi.

Lavadek qaynoq balchiq Margaritaning qo‘lini kuydirardi, ammo u aftipi burishtirmay, Volandning tizzasini og‘ritmaslikka urinib uqalayverdi.

— Muqarriblarim buni bod deb aytishyapti, — derdi Voland ko‘zini Margaritadan olmay, — lekin mei qat’iy ishonch bilan aytamanki, tizzamning og‘rig‘i, bir ming besh yuz yetmish birinchi yilda Broken tog‘ida Shayton kafedrasida bitta ketvorgan alvasti xonim bilan yaqin muloqotda bo‘lganim asorati bo‘lishi kerak, menimcha.

— O, aql bovar qilmaydi! — dedi Margarita.

— Parvo qilmapg! Yana uch yuz yillardan keyin tuzalib ketadi. Menga ko‘p dori-darmon tavsiya qilishdi, lekin eski odatim bo‘yicha buvimning davolash vositalariga amal qilaman. Bag‘oyat antiqa giyohlarni meros: qilib qoldirib ketgan menga o‘sha kampirsho, ya’ni buvim. Darvoqe, sizning hech bir dardingiz yo‘qmi? Balki qalbingizni kemiruvchi biron hasrat, g‘ussa bordir sizda ham?

— Yo‘q, messir, unday narsalar yo‘q menda, — deb javob berdi oqila Margarita, — endilikda, sizning huzuringizda esa o‘zimni judayam yaxshi his qilyapman.

— Nazarimda, — dedi Voland birdan quvnoq ohangda, — sizni mening globusim qiziqtirayotganga o‘xshaydi.

— O, rost, men hech qachon ko‘rmaganman bunday buyumni.

— Ajoyib buyum. Ochig‘ini aytganda men so‘nggi axborotni radio orqali eshitishni yoqtirmayman. Odatda, axborotni qandaydir qizlar o‘qishadi, ular joylarning nomlarini aniq talaffuz qilishmaydi. Bundan tashqari, ularning har uchtadan biri yo duduq, yo tili chuchuk — ataylab shunaqalarni tanlashadimi, hayronman. Mening globusim ancha qulayroq, buning ustiga, men yuz berayotgan voqealarni aniq bilishim kerak. Mana, masalan, sohilini okean yuvib yotgan mana bu yerni ko‘ryapsizmi? Qarang, ana, u o‘t olyapti. U yerda urush boshlandi. Agar ko‘zingizni yaqinroq olib borsangiz, tafsilotlarini ham ko‘rasiz.

Margarita globusga yaqinroq engashgan edi, kvadrat ichidagi yer tasviri kengayib, rapg-barang bo‘yoqlarga bo‘yaldi va bo‘rtma xaritaga o‘xshab ketdi. Shunda Margarita lentasimon daryoni ham, uning bo‘yiga joylashgan qandaydir bir qishloqni ham ko‘rdi. No‘xatdakkina bir uycha kattalashib gugurt qutisidek bo‘ldi. Birdan bu uyning tomi qop-qora tutun bilan birga osmonga ko‘tarildi, uning devorlari qulab tushdi, oqibat, ikki qavatli bu qutichadan hsch vaqo qolmadi — u qora tutun burqsab chiqayotgan bir to‘p axlatga aylangan edi. Margarita ko‘zini globusga yana ham yaqinroq olib borib, yerda yotgan kichkinagina bir ayolni va uning yonida qo‘llarini yoyib qonga botib yotgan go‘dakni ko‘rdi.

— Tamom, — dedi jilmayib Voland, — gunoh qilishga ham ulgurmadi. Abadonnaning ishi hamisha puxta.

— Men o‘sha Abadonnaga qarshi bo‘lgan tomonda bo‘lishni istamasdim, — dedi Margarita. — Kim tomonda o‘zi u?

— Siz bilan uzoqroq suhbatlashganim sari, — nazokat bilan dedi Voland, — g‘oyat oqila ekanligingizga ko‘proq ishonch hosil qilyapman. Siz xotirjam bo‘ling. Abadonna mutlaqo xolis ish ko‘radi va kurashayotgan ikkala tarafga ham birday xayrixoxdir. Shunga ko‘ra, ikkala taraf kurashining oqibati bir xil bo‘ladi doim. Abadonna, — deb Voland ohista chaqirdi, shu zahotiyoq qora ko‘zoynak taqqan qandaydir ozg‘in odam devor ichidan chiqib keldi. Uning ko‘zoynagi Margaritaga shu qadar kuchli ta’sir qildi-ki, u ohista chinqirib yuborib, yuzini Volandning oyog‘iga bosdi. — Bas qiling, — deb o‘shqirdi Voland, — muncha asabiy bo‘lib ketishgan-a bu zamonning odamlari. — U Margaritaning yelkasiga «shap» etib shapaloq urgan edi, uning butun vujudi jaranglab ketdi. — Ko‘ryapsiz-ku, u ko‘zoynaqda. Bundan tashqari, Abadonna hech qachon biron kimsaning huzurida bemavrid paydo bo‘lgan emas, bo‘lmaydi ham. Undan keyin, bu yerda men borman. Siz esa, mening mehmonimsiz! Shunchaki uni sizga ko‘rsatmoqchi edim, xolos.

Abadonna qimir etmay turardi.

— Bir lahzaga ko‘zoynagini olsa bo‘ladimi? — deb so‘radi Margarita Volandning pinjiga kirib, endi qo‘rquvdan emas, sinchkovlikdan qalt-qalt titrarkan.

— Bu endi mumkin emas, — jiddiy ohangda dedi Voland va bir qo‘l siltagan edi Abadonnaning qorasi o‘chdi. — Menga bir nima demoqchimisan, Azazello?

— Messir, — deb javob qildi Azazello, — gapirishga ruxsat eting. Bizda ikkita begona bor: hiqil-lab, o‘z sohibasi huzurida qoldirishni iltijo qilayotgan sohibjamol qiz bilan uning ixtiyoridagi, ma’zur ko‘rasiz, to‘ng‘iz.

— Sohibjamollar o‘zlarini juda antiqa tutadilar-da, — dsdi Voland.

— U Natasha, — deb yubordi Margarita.

— Mayli, sohibasi qoshida qoldiringlar. To‘ng‘izni esa oshpazlarga jo‘nating!

— Uni so‘yishadimi? — chinqirib yubordi qo‘rqib ketgan Margarita, — shafqat qiling, messir, u pastki qavatda yashovchi Nikolay Ivanovich. Anglashilmovchilik sodir bo‘lgan. Natasha bexosdan unga ham yog‘upa surib qo‘yipti…

— Afv etasiz, — dedi Voland, — kim so‘yar ekan o‘sha dahmazani? Vaqtincha oshpazlar bilan o‘tirib tursin, vassalom! Axir uni bal bo‘layotgan zalga kirita olmayman-ku!

— Ha-da… — deb ilova qildi Azazello va davom etdi: — Hademay yarim kecha bo‘ladi, messir.

— A, juda soz, — deb Voland endi Margaritaga yuzlandi: — Xullas, marhamat qilsinlar! Oldindan minnatdorchilik bildiraman sizga. O‘zingizni yo‘qotmang, hech nimadan qo‘rqmang. Suvdan boshqa hech nima ichmang, bo‘lmasa lohas bo‘lib, qiynalib qolasiz. Vaqt bo‘ldi!

Margarita o‘rnidan turdi, shu payt eshik oldida Korovyov paydo bo‘ldi.

Yigirma uchinchi bob IBLIS HUZURIDA OLAMSHUMUL BAL

Yarim kecha yaqinlashib qolganidan shoshilishga to‘g‘ri keldi. Margaritaning ko‘ziga narsalar zo‘rg‘a ko‘rinardi. Uning esida qolgan narsa — shamlaru tubiga rangdor toshlar yotqizilgan qandaydir hovuzcha bo‘ldi. Gella bilan unga ko‘maklashayotgan Natasha shu hovuzchaga tushib turgan Margaritaning boshidan qizil rangli quyuq va qaynoq bir suyuqlik quyishdi. Margarita tamshanib ko‘rib, sho‘rtang narsani his qiddi va o‘zini qon bilan yuvishayotganini tushundi. Bu qonli dushdan keyin boshqasi — pushti rang quyuq va tiniq dush boshlandi, endi bu gul moyidan Margaritaning boshi aylanib ketdi. Keyin uni billur chorpoyaga yotqizishib, badanini allaqanday yirik-yirik yashil yaproqlar bilan to yaraqlaguncha ishqalashdi. Shu payt mushuk yugurib kirib, ko‘maklasha boshladi. U Margaritaning oyoq tomoniga chordana qurib o‘tirib olib, ko‘cha-ko‘ydagi etik moylovchilarga o‘xshab, uning tovonini ishqalay boshladi. Margarita och-pushti atirgul barglaridan kim unga tufli tikkanini ham, ularning oltin tasmalari qanday qilib o‘z-o‘zidan tugmalanib qolganini ham eslolmasdi. Qandaydir bir kuch Margaritani shaxt ko‘tarib, ko‘zgu ro‘parasiga qo‘ydi, shunda uning boshida shohona olmos toj yaraqlab ketdi. Shu payt qayoqdandir paydo bo‘lgan Korovyov Margaritaning bo‘yniga og‘ir zanjirga ilingan qora baroq itning cho‘zinchoq ramkadagi zalvar tasvirini osib qo‘ydi. Bu bezak qirolichaga nihoyatda malol keldi. Zanjir shu zahotiyoq uning bo‘ynini ishqalab qizartirvordi, zilday tasvir esa uning qadadshi bukardi. Biroq bu o‘ng‘aysizlik evazi-ga Margarita ba’zi bir imtiyozga musharraf bo‘ldi. Bu imtiyoz — Korovyov bilan Begemotning unga izzat-ehtiromi edi.

— Hechqisi yo‘q, aslo aziyat chekmang! — deb g‘o‘ldirardi Korovyov hovuzchali xona eshigi oldida turib, — o‘zga iloj yo‘q, shu narsa kerak, kerak, kerak. Ijozatingiz bilan, qirolicha, sizga oxirgi maslahatim. Mehmonlar orasida turli toifadagi shaxslar bo‘ladi, o, juda-juda ko‘p ular, ammo hech kimga, qirolicha Margo, hech qanday imtiyoz berilmasligi kerak! Agar bordi-yu birontasi didingizga yoqmasa… aminmanki, siz buni o‘z chehrangizda ifoda etmaysiz, albatta… Yo‘q, yo‘q, bunday o‘ylash mumkin emas! U sezadi, o‘sha zahoti sezib qoladi. Unga mehr qo‘yish, sevish kerak, qirolicha. Buning evaziga bal bekasi yuz hissa ko‘proq mehrga sazovor bo‘lajak! Yana: hech kimni e’tiborsiz o‘tkazvormaysiz. Agar luqma tashlab gaplashishga vaqtingiz bo‘lmasa, yo‘q deganda, jilvali nigoh tashlaysiz yo salgina qiyo boqib qo‘yasiz. Nima qilsangiz qiling, ammo hech kimni e’tiborsiz qoldirmang. Ular shu e’tiborsizlikdan zavolga uchraydilar…

Shundan keyin Margarita Korovyov bilan Begemot kuzatuvida zim-ziyo qorong‘ilikka qadam qo‘ydi.

— Men, men, — deb pichirladi mushuk, — men signal beraman!

— Mayli! — dedi Korovyov qorong‘ida.

— Bal! — deb qattiq chiyilladi mushuk, shu zahoti Margarita chinqirib yuborib, ko‘zlarini bir necha lahzaga chirt yumib oldi. Chunki bal uning ko‘ziga charog‘on shu’la hamda har xil hidu tovushlar timsolida namoyon bo‘lgan edi. Korovyov qo‘ltiqlab olib ketayotgan Margarita o‘zini tropik o‘rmonda ko‘rdi. Qizilto‘sh, yashildum to‘tiqushlar lianalarga osilishar, ular ustidan sakrashar va: «Men g‘oyat mamnunman!» — deb shang‘illashardi. Lekin o‘rmon bir zumda tugab, hammomona dimlik bal zalining salqin havosi bilan almashdi. Bu zal ham o‘rmon singari huvillagan edi, faqat sarg‘ish yaltiroq toshlardan tiklangan ustunlar poyida boshlariga oppoq salla o‘ragan yarim-yalang‘och negrlar qimir etmay turardilar. Margarita o‘z mulozimlari bilan (ular safiga endi Azazello ham qo‘shilgan edi) zalga uchib kirganida negrlarning yuzlari hayajondan xira-qo‘ng‘ir rangga kirdi. Shu yerda Korovyov Margaritaning qo‘lini qo‘yib yuborib, qulog‘iga pichirladi:

— To‘g‘ri lolazor tomon yuring! Margaritaning ro‘parasida uncha baland bo‘lmagan oq lolalar zich bo‘lib qad ko‘targan edi, ular ortida esa ustiga qalpoqcha o‘rnatilgan son-sanoqsiz chiroqlar, chiroqlar qarshisida qora frak kiygan odamlar ko‘rindi. Margarita bal muzikasining qaerda chalinayotganini shundagina tushundi… Yuz elliktacha odamdan iborat orkestr polonez kuyini chalardi.

Orkestr oldidagi supachada turgan, frak kiygan odam Margaritani ko‘rib oqarib ketdi, bir amallab jilmaydi va birdan qo‘l siltab, butun orkestrni oyoqqa turg‘azdi. Orkestr bir zum ham chalishdan to‘xtamay, tik turgancha, Margarita boshidan muzika sadosini yog‘dira boshladi. Mis karnaylar ovozi orqasidan faryoddek eshitilgan skripkalar sasi uning boshidan, boya hovuzchada yuz berganidek, quyuq qon bo‘lib quyildi. Dirijyor orkestrga orqa o‘tirib, qo‘llarini keng yoygancha, ikki bukilib ta’zim qildi, shunda Margarita jilmayib turib, unga qo‘l silkitdi.

— Yo‘q, bu oz, kam, — deb pichirladi Korovyov, — u kechasi bilan mijja qoqmay chiqadi. «Salom sizga, o valslar qiroli!» — deb qichqiring unga.

Margarita shunday deb qichqirgan edi, ovozi xuddi qo‘ng‘iroq sadosidek butun orkestr ovozini bosib ketdiki, bundan o‘zi ham hayron qoldi. Dirijyor bunday baxtdan seskanib ketdi va chap qo‘lini ko‘ksiga qo‘ygancha o‘ng qo‘lidagi oq tayoqchani silkitib orkestrga dirijyorlik qilishda davom etdi.

— Yana, yana, — deb pichirlardi Korovyov, — chapga, birinchi skripkalarga qarang, shunday bosh irg‘ating-ki, ularning har biri meni tanidi deb o‘ylasin o‘zicha. Faqat jahonga mashhur bo‘lgan muzikachilar yig‘ilgan bu yerga. Anavi birinchi pult oldida o‘tirgan bilan salomlashing, — u Vetan bo‘ladi. Yaxshi, juda yaxshi. Endi ketdik.

— Dirijyor kim bo‘ldi? — deb so‘radi Margarita nariga uchib ketarkan.

— Ioxan Shtraus, — deb shang‘illadi mushuk, — agar bironta balda, biron marta bo‘lsin shunday sara orkestr yig‘ilgan bo‘lsa, mayli, meni tropik o‘rmonda o‘sgan lianaga osisha qolsin. Men taklif qildim bu orkestrni. E’tibor bering-a, bironta muzikachi kasal ham bo‘lib qolmadi, kelishdan bosh ham tortmadi…

Keyin ular bir maydonchaga uchib chiqishdi. Margarita bu yerni tanidi: Korovyov uni shamchiroq tutib shu yerda kutib olgan edi. Endi bu maydonchada yonib turgan uzum boshlarini eslatuvchi billur qandil yorug‘idan ko‘z qamashardi. Margarita uchun maxsus joy tayyorlangan edi — uni o‘sha yerga qo‘yishdi, uning chap tirsagi ostida ametist ustuncha paydo bo‘ldi.

— Agar juda toliqsangiz, qo‘lingizni shu ustunchaga qo‘yishingiz mumkin, — deb shipshidi Korovyov.

Qora tanli bir odam Margaritaning oyog‘i ostiga yostiq tashladi, unga zarrishta bilan baroq itning tasviri tikilgan edi, shunda Margarita kimningdir yo‘rig‘iga yurib, o‘ng oyog‘ini yostiqqa qo‘ygan edi, tizzasi xiyol bukildi. U atrofiga ko‘z tashladi. Korovyov bilan Azazello uning yonginasida tantanavor vaziyatda turishardi. Azazelloning yonida yana uch nafar yigit bo‘lib, ular Margaritaning nazarida Abadonnaga sal-pal o‘xshab ketishardi. Margaritaning yelkasiga sovuq ura boshladi, u orqasiga o‘girilib, u yerdagi marmar devordan muz hovuzga gazli vino tizillab quyilayotganini ko‘rdi. Margarita chap oyog‘i tagida qandaydir iliq va momiq narsaning g‘imirlaganini sezdi. Bu Begemot edi.

Margarita yuksakda turar, uning shundoqqina oyog‘i ostidan pastga gilam poyondoz yozilgan juda mahobatli zina tushib borar edi. Pastda, xuddi durbinning teskari tomonidan ko‘ringanday juda-juda olisda kattakon darbonxona va qop-qora xunuk og‘ziga besh tonnali yuk mashinasi bemalol kira oladigan hayhotday kamin ko‘rindi. Ko‘zni ko‘r qilgudek darajada yoritilgan darbonxona ham, zina ham bo‘m-bo‘sh edi. Endi karnaylar sadosi juda uzoqdan eshitilardi. Shu zaylda bir daqiqacha qimir etmay turishdi.

— Qani, axir, mehmonlaringiz? — deb so‘radi Margarita Korovyovdan.

— Kelishadi, qirolicham, kelishadi, hozir kelib qolishadi. Qalashib ketishadi hali. Lekin, o‘lay agar, bu yerda turib ularni qarshi olgandan o‘tin yorish afzal menga.

— O‘tin yorish nima ekan, — deb gapga aralashdi ezma mushuk, — men tramvayda konduktor bo‘lib ishlashga ham rozi edim, o‘zingiz bilasiz, konduktorlikdan bema’niroq ish yo‘q dunyoda.

— Hamma narsa barvaqt shay qilib qo‘yilishi kerak, qirolicha, — deb izohladi Korovyov darz monokl taqqan ko‘zida o‘t chaqnatib. Birinchi bo‘lib kelgan mehmonning o‘zini qayoqqa qo‘yishni bilmay sandiroqlab yurganidan, bu asnoda uning jufti haloli — malikai dilozori, nega buncha barvaqt keldik, deb erini qoniga tashna qilib ming‘ir-ming‘ir qilgani-dan yomon narsa yo‘q dunyoda. Agar bal shunaqa bo‘ladigan bo‘lsa, unaqa baldan yuz o‘girmoq kerak, qirolicham.

— Albatta yuz o‘girish kerak, — deb ta’kidladi mushuk.

— Yarim kechaga atigi o‘n soniya qoldi, — deb ilova qildi Korovyov, — hozir boshlanadi.

Shu o‘n soniya juda uzayib ketgandek bo‘lib tuyuldi Margaritaga. Uning nazarida o‘n soniya allaqachon o‘tib ketgan-u, ammo hech nima sodir bo‘lmaganday edi. Lekin shu chog‘ birdan pastda, mahobatli kamin ichida bir nima taraqlab ketdi-yu, ichidan bir dor otilib chikdi — unga chirib to‘kila boshlagan jasad osilgan edi. Mana shu jasad sirtmoqdan yerga uzilib tushib, birdan egniga frak, oyog‘iga loklangan tufli kiygan tim qora sochli o‘ktam yigitga aylandi. Shundan keyin kamindan chiriy boshlagan kichikroq bir tobut otilib chiqdi, uning qopqog‘i ochilib, ichidan bir murda chiqib yerga tushdi. O‘ktam yigit nazokat bilan uning tepasiga yaqin borib, qo‘lini qo‘ltig‘iga olish uchun egdi, shunda tobutdagi murda ham oyoqqa turib qora tufli kiygan, sochiga qora patlar qadagan qip-yalang‘och qilpillama ayolga aylandi va bu erkak bilan ayol birgalikda zinadan yuqoriga ko‘tarila boshlashdi.

— Birinchi mehmonlar! — dedi Korovyov, — janob Jak o‘z zavjasi bilan. Tanishing, qirolicha, dunyodagi eng antiqa erkaklardan biri! Qalbaki pul yasashda tengi yo‘q davlat jinoyatchisi, ayni chog‘da yaxshigina kimyogar ham. Lekin, — deb pichirlay boshladi u Margaritaning qulog‘iga, — qirolning ma’shuqasini zaharlab dovruq qozongan. Axir bu hammaning ham qo‘lidan kelavermaydi. Qarang, qanday chiroyli yigit!

Rangi quv o‘chgan Margarita og‘zini ochgancha pastga tikilib qoldi, u yerda boyagi dor ham, tobug ham darbonxona yonidagi yo‘lakka kirib ko‘zdan g‘oyib bo‘lgan edi.

— Bag‘oyat xursandman, — deb baqirdi mushuk zinadan chiqib kelgan janob Jakning shundoqqina yuziga.

Bu payt pastda kamin ichidan boshi yo‘q, qo‘li uzilgan skelet chiqdi va yerga bir urilib, frak kiygan erkakka aylandi.

Bu mahal janob Jakning zavjasi Margarita qarshisida tiz cho‘kib, hayajondan rangi oqarib, uning tizzasini o‘pardi.

— Qirolicha, — deb g‘o‘ldirardi u.

— Qirolicha benihoya mamnunlar, — deb qichqirdi Korovyov.

— Qirolicha… — dedi ohista o‘ktam yigit janob Jak.

— Biz behad xursandmiz, — deb chiyilladi mushuk. Lekin bu payt Azazelloning hamrohlari bo‘lmish yigitchalar xushmuomala bilan tirjayishgancha janob Jak bilan uning zavjasini chetga, shamnan vinosi to‘ldirilgan qadahlarni ko‘tarib turgan negrlar tomon siqib borayotgan edilar. Zinadan esa frak kiygan yolg‘iz bir odam yugurib chiqib kela boshladi.

— Graf Robert, — deb pichirladi Korovyov Margaritaga, — hali ham o‘sha-o‘sha xushbichim. Tamomila teskari hodisaga e’tibor bering, qirolicha: bu odam qirolichaning o‘ynashi bo‘lgan va o‘z xotinini zaharlab o‘ldirgan edi.

— Xursandmiz, graf, — deb baqirdi Begemot. Kamin ichidan ketma-ket uchta tobut chiqib, qarsillab yorildi-yu, sochilib ketdi, shundan so‘ng kamindan qora rido kiygan odam chikdi, uning ketidan izma-iz yugurib chiqqan yana bittasi rido, kiyganning orqasiga pichoq sanchdi. Zina etagidan bo‘g‘iq faryod eshitildi. Keyin birdan kamin ichidan butunlay irib-chirib bo‘lgan murda otilib chiqdi. Margarita ko‘zlarini yumib oldi, shunda kimdir uning burniga oq tuz solingan shishacha tutdi. Bu Natashaga o‘xshab ketdi. Zina gavjum bo‘la boshladi. Endi har bir pillapoyani uzoqdan mutlaqo bir xil bo‘lib ko‘ringan frak kiygan erkaklaru ularning yonlarida boshlaridagi patlar va oyoqlaridagi tuflilarning rangi bilan bir-biridan farq qiluvchi yalang‘och ayollar to‘ldirgan edi.

Chap oyog‘iga alomat yog‘och etik kiygan, qotmadan kelgan, kamsuqum bir xonim xuddi rohibalardek ko‘zini yerga tikib Margarita istiqboliga chiqib kelardi, uning bo‘yni negadir keng yashil lenta bilan bog‘langan edi.

— Muncha ko‘karib ketgan? — deb yubordi dabdurustdan Margarita.

— Bag‘oyat purlatofat va purnufuz xonim, — deb pichirladi Korovyov, — tanishtiraman sizga: Tofana xonim, neapollik dilbar juvonlar, shuningdek, Palermo ayollari o‘rtasida, ayniqsa, erlari me’dalariga tekkan xonimlar orasida nihoyatda dovruq taratgan. Axir, er me’daga tegishi mumkin-ku, to‘g‘rimi, qirolicha?

— Ha, — deb javob qildi Margarita hirqiroq ovoz bilan, ayni paytda qarshisida birin-ketin tiz cho‘kib tizzasi va qo‘lidan o‘pgan ikkita erkakka jilmayib boqdi.

— Ana shunaqa, — deb pichirladi Korovyov Margaritaga va ayni vaqtda kimlirgadir qichqirardi: — Gertsog, bir qadah shampan vinosiga marhamat qilsinlar! Kamina mamnunman! Ha, qisqasi, Tofana xonim o‘sha sho‘rlik ayollarning hojatini chiqarib, ularga kichkina shishachalarda qandaydir suv sotardi. Xotin o‘sha suvni erining ovqatiga solar, er esa ovqatni yeb, mehribon xotiniga minnatdorlik izhor etar va o‘zini g‘oyat yaxshi his qilardi. To‘g‘ri, bir necha soatdan keyin u erning tomog‘i qaqrab, suv ichgisi kela boshlar, so‘ng to‘shagiga yotardi-yu… Xullas, yana bir kundan keyin erini totli ovqat bilan boqqan o‘sha neapollik sohibjamol misoli ko‘klam shamolidek erkin bo‘lardi-qolardi.

Margarita:

— Uning oyog‘idagi nima? — deb so‘rarkan, ayni paytda kalovlanib chiqib kelayotgan Tofana xonimdan o‘zib, o‘z qoshiga yetib kelgan mehmonlarga qo‘l cho‘zishdan to‘xtamasdi, — undan keyin, nega bo‘yniga yashil lenta bog‘lab olgan? Pesi bormi?

— Kamina behad mamnunman, knyaz! — deb qichqirardi Korovyov va shu paytning o‘zida Margaritaning qulog‘iga pichirlardi: — Bo‘yni juda ham go‘zal, lekin u qamoqda yotganida bir ko‘ngilsizlik sodir bo‘lgan. Oyog‘idagi narsa esa, qirolicham, ispan etigi, endi lenta masalasiga kelsak, bunga sabab shuki, o‘z xotinlariga yoqmagan besh yuztacha erkakning Neapol va Palermodan mangu rihlat etganini eshitgan turma xizmatchilari Tofana xonimni qiziq ustida bo‘g‘ib o‘ldirib qo‘ishgan edi.

— Siz bilan, qora qirolicha, ko‘rishishga musharraf bo‘lganimdan behad baxtiyorman, — deb Tofana rohibalar singari qimtinibgina pichirlarkan, tiz cho‘kishga urinardi. Ammo ispan etigi bunga yo‘l bermasdi. Korovyov bilan Begemot Tofanani turg‘azib qo‘yishdi.

— Xursandman, — deb javob qildi unga Margarita qo‘lini boshqa mehmonlarga cho‘zarkan.

Endi yuqoriga ko‘tarilayotgan odamlar oqimi zinani tamoman ko‘mib yuborgan edi. Shu bois Margarita pastda, darbonxonada nimalar bo‘layotganini endi ko‘rmas edi. U bir taxlitda qo‘lini ko‘tarib tushirar va mudom birday tishining oqini ko‘rsatgancha mehmonlarga jilmayardi. Bu yerda, zina maydonchasida qattiq g‘ovur ko‘tarildi, bal bo‘ladigan zallardan eshitilayotgan muzika xuddi dengiz shovqiniga o‘xshab yangrardi.

— Mana bu juda dilgir ayol, — derdi Korovyov endi baralla ovoz bilan, chunki bu yerdagi shov-shuvda unipg ovozini mehmonlar eshitmasligini bilardi, — joni-dili — bal, doim o‘z ro‘molchasi ustidan shikoyat qilish orzusida yuradi.

Margarita Korovyov ko‘rsatgan ayolni zinadan chiqib kelayotganlar orasidan ko‘zi bilan qidirib topdi. Bu yigirma yoshlardagi bo‘y-basti nihoyatda kelishgan juvon bo‘lsa ham, ko‘zlari negadir bejo, sullohona boqardi…

— Qanaqa ro‘molcha? — pichirlab so‘radi Margarita har bir mehmonga qo‘lini uzatishda davom etarkan.

— Ko‘k hoshiyali ro‘molcha. Gap shundaki, u qahvaxonada xizmat qilib yurganida, kunlarning birida xo‘jayini uni omborxonaga chaqirib olgan-u, keyin, oradan to‘qqiz oy o‘tgach, u o‘g‘il tuqqan. So‘ng u o‘g‘ilchasini o‘rmonga olib borib, og‘ziga ro‘molcha tiqib, yerga ko‘mgan. Sudda, bolani boqishga qurbim yetmasdi, deb aytgan.

— O‘sha qahvaxona xo‘jayini-chi, u qayokda qoldi? — deb so‘radi Margarita.

— Qirolicha, — dedi birdan g‘ijirlovchi ovoz bilan mushuk, — ijozatingiz bilan sizga bir savol bersam: xo‘jayinning bunga nima daxli bor? Axir u chaqaloqni o‘rmonga olib borib bo‘g‘ib o‘ldirmagan-ku!

Margarita mehmonlarga jilmayishda va o‘ng qo‘lini ularga uzatishda davom etarkan, chap qo‘lining tirnoqlarini Begemotning qulog‘iga botirdi va pichirlab dedi:

— Agar sen, maraz, yana bir marta gapga aralashadigan bo‘lsang…

Begemon jon holatda chinqirib yubordi va xirillab dedi:

— Qirolicha… qulog‘im shishib ketadi-ku… Axir nima hojati bor shishgan quloq bilan bal tantanasini buzishni?.. Men yuridik jihatdan… yuridik nuqtai nazardan gapirgandim… Bo‘ldi, tavba qildim… Meni mushuk emas, gung baliq deb hisoblang, faqat qulog‘imni qo‘yvorsangiz bo‘lgani.

Margarita mushukning qulog‘ini qo‘yib yubordi, xuddi shu payt ko‘zlari xomush va sullohona boquvchi juvon uning ro‘parasida to‘xtadi.

— O qirolicha-sohiba, buyuk to‘linoy baliga taklif etilganimdan behad baxtiyorman.

— Men ham, — dedi unga Margarita, — xursandman sizni bu yerda ko‘rganimdan. G‘oyat xursandman. Shampan vinosini yoqtirasizmi?

— Voy, nima qilyapsiz, qirolicham?! — jig‘ibiyron bo‘lib tovushsiz chinqirdi Korovyov Margaritaning qulog‘iga, — tirband bo‘lib ketadi bu yer!

— Yoqtiraman, — dedi juvon yolboruvchi ohangda va birdan ma’nisiz tarzda takrorlay boshladi: — Frida! Frida, Frida! Mening ismim Frida, o qirolicha.

— Unday bo‘lsa, Frida, siz bugun to mast bo‘lguningizcha rosa miriqib ichingu hech nimani o‘ylamang, — dedi Margarita.

Mamnun Frida Margaritaga ikkala qo‘lini uzatgan edi, lekin Korovyov bilan Begemot epchillik qilishib uning ikki qo‘ltig‘idan olishdiyu — keyin u bir zumda olomon orasida ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi.

Endi olomon, go‘yo Margarita turgan maydonchani zabt etishga ahd qilgandek, zinadan zich saf bo‘lib chiqib kelardi. Yalang‘och ayollar frak kiygan erkaklar bilan aralashib ketgan edi. Margaritaning istiqboliga bug‘doy rang, oq, jigar rang va tamoman qop-qora badanlar yaqinlashib kelardi. Ularning malla, qora, qizg‘ish, kul rang sochlariga qadalgan qimmatbaho toshlar behisob chiroqlar shu’lasida tovlanar, yaraqlar, uchqunlar sochardi. Hujumkor erkaklarning ko‘kraklariga taqilgan gavhar to‘g‘nog‘ichlardan o‘t chaqnar — go‘yo bu olomon ustidan kimdir shu’la sochayotgandek. Endi Margarita, tizzasini dam-badam o‘pishayotganini his qilar, dam-badam qo‘lini o‘pishga uzatar, jilmaygan chehrasi niqob kabi qotib qolgan edi.

— Kamina mamnunman, — deb kuylardi Korovyov bir me’yorda, — biz mamnunmiz, qirolicha mamnunlar.

— Qirolicha mamnunlar, — derdi manqalanib orqada turgan Azazello.

— Men xursandman, — deb chinqirardi mushuk.

— Bu markiza, — deb g‘o‘ldirardi Korovyov, — meros deb otasini, ikki akasini va ikki singlisini zaharlab o‘ldirgan! Qirolicha mamnunlar! Minkina xonim, qarang, qanday dilbar ayol! Faqat salgina tajang demasak! Nima hojati bor edi oqsoch qizning yuzini sochni gajak qiluvchi qaychi bilan kuydirishning! To‘g‘ri, bunday sharoitda, odatda, so‘yib tashlashadi! Qirolicha mamnunlar! Qirolicham, bir zum e’tibor bering: imperator Rudolf, sehrgar va kimyogar. Mana, yana kimyogar — dorga osilgan. O, xonim ham keldilar! O, qanday ajoyib fohishaxonasi bor edi uning Strasburgda! Biz mamnunmiz. Bu xonim — moskvalik chevar, bitmas-tuganmas fantaziya sohibasi bo‘lgani uchun biz hammamiz uni sevamiz. U o‘z qaramog‘idagi ateleda juda ham kulgili bir narsa ixtiro qilgan edi: devorda bir juft doira teshik ochib qo‘ygan edi…

— Nima, xonimlar bilishmasmidi? — deb so‘radi Margarita.

— Hammalari bilishardi, qirolicha, — deb javob qildi Korovyov, — men mamnunman. Manavi yigirma yoshli nihoyatda xayolparast va tentak bola go‘daklik paytidan o‘zining antiqa fantaziyalari bilan dovruq taratgan. Uni bir qiz sevib qolgan edi, u esa o‘sha qizni olib borib fohishaxonaga sotgan.

Pastdan chiqib kelayotgan olomon oqimining keti ko‘rinmasdi. Bu oqim manbai mahobatli kamin edi. Shu alpozda oradan bir soat o‘tdi, ikkinchi soat ham boshlandi. Endi Margarita bo‘yniga osilgan zanjirning yanada og‘irlashganini his qildi. Uning qo‘liga ham bir nima bo‘lgan edi. Endi Margarita har gal qo‘lini ko‘tarayotganda og‘rikdan aftini burishtirardi. Korovyovning qiziqarli izohlari uni endi qiziqtirmay qo‘ydi. Qiyiq ko‘zli yalpoq yuzlar ham, oq, qora chehralar ham uni qiziqtirmay qo‘ygan edi, ba’zida bu yuzlar bir-birlariga chaplashib ketganday ko‘rinar, ular oralig‘idagi havo esa negadir jimirlay boshlardi. Birdan Margaritaning o‘ng qo‘li xuddi igna sanchgandek zirqirab og‘riy boshladi, shunda u og‘riqdan tishlarini gijir qilib, tirsagini kursiga qo‘ydi, endi uning orqasidagi zaldan xuddi qush qanotlari patillab devorga urilayotganini eslatuvchi sharpalar eshitilardi: ma’lumki, u yerda tumonat mehmonlar raqs tushishardi. Margaritaning nazarida, bu g‘aroyib zalning mustahkam marmar, koshinkor va billur pollari xuddi qon tomiridek bir me’yorda tepib turganga o‘xshardi.

Endi Margaritani hech qanday qirol ham, gertsog ham, oshiq yigit ham, o‘z joniga qasd qilganlaru erlarini zaharlab o‘ldirganlar ham, dorga osilganlaru qo‘shmachilar ham, qamoqxona nozirlariyu qallob qimorbozlar ham, jallodlar, chaqimchilar, sotqinlar, ovsarlar, ayg‘oqchilaru qizlarning nomusiga tajovuz qiluvchilar ham, hattoki Gay Sezar Kaligula bilan Messalina ham mutlaqo qiziqtirmay qo‘ygan edi. Ularning nomlari Margaritaning miyasida chalkashib ketgan, basharalari bir-biriga chaplashib ulkan bir barkashga o‘xshab qolgan edi, faqat bir bashara — Malyuta Skuratovning olov rang soqol gardishiga o‘ralgan yuzi xotirasiga mahkam o‘rnashib olib, unga azob berardi. Margaritaning tizzalari bukilib-bukilib ketar, og‘riqning zo‘ridan har daqiqa yig‘lab yuborgudek bo‘lardi. Hammadan ham o‘ng oyog‘i qattiq azob berardi unga. Kelgan mehmonlarning hammasi shu oyog‘ining tizzasini o‘pib o‘tishavergandan u shishib, ko‘karib ketgan edi, holbuki Natasha gubka bilan yana allaqanday xushbo‘y narsa ko‘tarib kelib, uning tizzasini bir necha bor artib ketgan edi. Tashriflar boshlanganiga salkam uch soat bo‘lganida Margarita pastga tamoman umidsizlik bilan nigoh tashladi va birdan ko‘zlari quvonib, bir seskanib qo‘ydi: mehmonlar oqimi siyraklasha boshlagan edi.

— Bal qonuni hamma yerda bir xil, qirolicha, — deb pichirlardi Korovyov, — hozir to‘lqin tina boshlaydi. Ont ichib aytamanki, bu bardoshimizning eng oxirgi daqiqalari. Ana, brokenlik ishratparastlar bir to‘da bo‘lib chiqib ketishyapti. Ular hamisha shunaqa eng keyin kelishadi. Ha, o‘shalar. Yana ikkita mast vampir… tamommi? E, yo‘q, ana, yana bittasi. Yo‘q, ikkita ekan!

Zinadan eng oxirgi ikki mehmon chiqib kelardi.

— Ie, bunisi yangiga o‘xshaydi-ku, — dedi Korovyov monokl shishasi orqali ko‘zini suzib qararkan, — e, ha, tanidim. Kunlarning birida Azazello unikiga borib konyakxo‘rlik qilib o‘tirganida, uning qulog‘iga pichirlab bir odamdan qanday qutulish yo‘lini ko‘rsatgan edi, chunki mezbon o‘sha odamning fosh bo‘lishidan juda qo‘rqar edi. Natijada u, Azazelloning maslahati bilan, o‘ziga tobe bo‘lgan bir tanishiga o‘sha odamning kabineti devorlariga zahar purkashni buyuradi.

— Ismi nima uning? — deb so‘radi Margarita.

— Ochig‘i, o‘zim ham bilmayman uning ismini, — dedi Korovyov, — Azazellodan so‘rash kerak.

— Uning yonidagi kim?

— Shu-da uning o‘sha hozirjavob xodimi. Men mamnunman! — deb baralla qutladi Korovyov eng oxirgi ikki mehmonni.

Zina huvillab qoldi. Ehtiyot shart, yana bir oz kutishdi. Ammo kamin ichidan boshqa hech zog‘ chiqmadi.

Margarita bir zumdan keyin o‘zini o‘sha hovuzli xonada ko‘rib, bu yerga qanday kelib qolganiga hayron bo‘ldi-yu, shu zahoti oyoq-qo‘llarining zirqirab og‘riganiga chidayolmay yig‘lab yuborib, yerga yotib oldi. Lekin Gella bilan Natasha uni yupatishib, qonli dush ostiga olib borishdi-da, yana badanini uqalay boshlashdi, shunda Margaritaga qaytadan jon kirdi.

— Yana, yana, qirolicha Margo, — deb pichirlardi uning yonida paydo bo‘lgan Korovyov, — parvoz qilib, zallarni kezib chiqish kerak, toki aziz mehmonlar o‘zlarini e’tiborsiz qolgan deb his etmasinlar.

Shunda Margarita yana hovuzli xonadan uchib chiqib ketdi. Valslar qiroli boshchiligidagi orkestr muzika chalayotgan boyagi estrada sahnasida endi jazavasi tutgan maymunlar jazi quturardi. Bu jazga qo‘liga karnay ushlagan, yonoq soqoli hurpaygan bahaybat gavdali gorilla alpang-talpang raqs tushib dirijyorlik qilardi. Bir qator bo‘lib tizilib o‘tirgan orangutanglar yaraqlagan karnaylarni jon-jahdlari bilan chalardilar. Ularning yelkalariga minib olgan sho‘x shimpanzelar esa garmon chalishardi. Xuddi sherga o‘xshab yoldor ikkita gamadril royal chalar, ammo royallarning ovozi gibbonlar, mandrillar, martishkalar chalayotgan saksafonu skripkayu do‘mbiralar sadosi ostida hech eshitilmasdi. O‘zining epchilligi, bequsur harakati bilan kishini hayratga soluvchi son-sanoqsiz sharpalar, xuddi bir-biriga payvand qilinganday juft-juft bo‘lishib, chir-chir aylangancha, yo‘lida duch kelgan hamma narsani bosib payhon qilgudek, mudom bir tomonga bostirib borardilar. Turfa rang tirik kapalaklar tantsa tushayotgan olomonning boshi uzra sho‘ng‘ir, shiftdan esa gullar yog‘ilardi. Elektr chiroqlari o‘chgan paytda ustunlarning bo‘g‘otlarida tumonat yaltiroq qurtlar miltillar, havoda esa to‘qay chiroqlari suzib yurardi.

Keyin Margarita ustunlar bilan qurshalgan juda ham ulkan hovuzda ko‘rdi o‘zini. Mahobatli qora Neptun haykali og‘zidan pushti rang suyuqlik yelpig‘ichsimon yoyilib, tizillab otilardi. Hovuzdan shampan vinosining sarmast qiluvchi atri gupillab ko‘tarilardi. Bu yerda betakalluf xushchaqchaqlik hukm surardi. Xonimlar qotib-qotib kulishgancha, tuflilarini yechishar, sumkachalarini o‘z juftlariga yoki choyshab ko‘tarib zir yugurib yurgan negrlarga berishib, chinqirishgancha hovuzga sho‘ng‘irdilar. Shunda ko‘pikli to‘lqin balandga otilardi. Hovuzning billur tubida yoqilgan chiroqlar vino qatlamini yorib o‘tib, hovuzda suzib yurgan oppoq badanli xonimlarni yoritardi. Ular hovuzdan g‘irt mast bo‘lib chiqishar, ustunlar poyida ko‘tarilgan qahqaha xuddi hammomdagidek yangrardi.

Mana shu to‘s-to‘polonda faqat g‘irt mast bir ayolning ma’nosiz boquvchi va ayni paytda yolboruvchi ko‘zlari, yana u aytgan bir og‘iz so‘z — «Frida!» — miyaga o‘tirib qolgan edi. Vinoning hididan Margaritaning boshi aylana boshladi, u endigina hovuzli zaldan chiqib ketmoqchi bo‘lgan edi, mushuk bir nayrang ko‘rsatib, Margaritaning diqqatini tortdi. Begemot Neptunning og‘zi oldida qandaydir bir afsun o‘qigan edi, shu zahoti hovuzdagi shampan vinosi shovullab, pishillab g‘oyib bo‘ldi, shundan keyin Neptunning og‘zidan to‘q-sariq rangdagi ko‘pirmaydigan suyuqlik sharillab oqa boshladi. Xonimlar:

— Konyak! — deb chinqirishdi, ayyuhannos solishdi va o‘zlarini hovuz bo‘yidan chetga, ustunlar panasi-ga olib qochishdi. Bir necha soniyadan keyin hovuz lim-lim to‘ldi, shunda mushuk havoda uch marta chirpirak bo‘lib mavjlanayotgan konyakka sho‘ng‘idi. U pishqirib-pishqirib hovuzdan chiqqanida qotirma galstugi shalviragan, mo‘yloviga sepgan zar upa yuvilib ketgan, durbini yo‘qolgan edi. Begemotga faqat nayrangboz tikuvchi ayol bilan uning jufti — notanish bir mulat yigit takdid qilishdi. Ikkovlari konyakka sho‘ng‘ishdi, lekin shu mahal Korovyov Margaritani qo‘ltiqlab oldiyu ikkovlari konyak hovuzini tark etishdi.

Korovyov kuzatuvidagi Margarita yana bal bo‘layotgan zalda ko‘rdi o‘zini, lekin endi tantsa to‘xtagan va mehmonlar olomoni zal o‘rtasini bo‘sh qoldirib, ustunlar oralig‘iga tiqilishgan edi. Margaritani zal o‘rtasidagi ochiq yerda paydo bo‘lgan supachaga chiqarib qo‘yishdi, ammo kim chiqarib qo‘yganini u eslay olmadi. U supachaga ko‘tarilganda qaerdadir soat yarim kechaga jom chala boshladi, buni eshitgan Margarita hayron qoldi, chunki uning taxminicha tun yarmidan og‘ganiga ancha vaqt bo‘lgan edi. O‘sha mavhum soat oxirgi — o‘n ikkinchi marta jom chalishi bilan butun mehmonlar olomoni sukutga toldi. Shunda Margarita yana Volandni ko‘rdi. Uni Abadonna, Azazello va yana Abadonnaga o‘xshab ketuvchi bir nechta qora kiygan yigitlar kuzatib kelishardi. Endi Margarita o‘z supasi qarshisida Voland uchun hozirlangan boshqa bir supani ham ko‘rdi. Lekin Voland u supaga chiqmadi. Margaritani hayratga solgan narsa shu bo‘ldiki, Voland buyuk balning mazkur tantanali intihosiga boya yotoqxonada qanday libosda bo‘lgan bo‘lsa, o‘sha libosda chiqib kelgan edi. Egnida o‘sha isqirt, yamoq tungi ko‘ylak, oyog‘iga esa to‘zib mayishib ketgan tungi shippak kiygan edi. Qo‘lida yalang‘och shamshir bor edi, ammo Voland undan hassa o‘rnida foydalanib, tayanib turardi. U oqsoqlanib kelib, o‘z supasi yonida to‘xtadi, shu zahoti lagan ko‘targan Azazello uning qoshida paydo bo‘ldi. Bu laganda Margarita old tishlari sinib, og‘zi o‘pirilgan odam boshini ko‘rdi. Zalda benihoya teran sukunat hukm surardi, bu sukunatni ko‘cha eshik qo‘ng‘irog‘i jarangini eslatuvchi, ammo mazkur sharoitga mutlaqo yopishmaydigan qo‘ng‘iroq sadosi faqat bir marta buzdi, xolos.

— Mixail Aleksandrovich, — deb murojaat qildi Voland kallaga, shunda o‘lik kallaning qovoqlari ko‘tarilib, Margarita uning ma’no va ehtiros to‘la tirik ko‘zlarini ko‘rib seskanib ketdi. — Hamma aytganlarimiz ro‘yobga chikdi, shunday emasmi? — deb gapida davom etdi Voland o‘lik kallaning ko‘zlariga tik qaragancha, — kallangizni ayol kishi uzdi, majlis bo‘lmadi, men sizning kvartirangizda yashayapman. Bu — fakt. Faktdan hech qayoqqa qochib qutulib bo‘lmaydi. Lekin endi bizni sodir bo‘lgan shu fakt emas, kelgusida bo‘ladigan voqealar qiziqtiradi. Siz hamisha, odamning kallasi tanasidan judo qilingach, yashashdan to‘xtaydi, xokirobga aylanib yo‘q bo‘lib ketadi, degan nazariyaning qizg‘in targ‘ibotchisi bo‘lgan edingiz. Men sizga o‘z mehmonlarim huzurida, garchi ular mutlaqo o‘zga nazariyani isbotlashga xizmat qilsalar ham, sizning nazariyangiz ham ulug‘vor, ham oqilona ekanligini sizga e’tirof etishdan behad xushbaxtman. Holbuki, hamma nazariyalar ham bir-biridan qolishmaydi. Ular orasida shunday nazariya ham borki, unga ko‘ra har kimning qismati o‘z e’tiqodiga qarab belgilanadi. Hozir ham shunday bo‘la qolsin! Siz yo‘qlik sari mangu rihlat etyapsiz, men esam sizning bosh chanog‘ingizdan yasalgan qadahni borliq uchun ko‘tarishdan o‘zimni baxtiyor hisoblayman. — Voland shamshirini ko‘tardi. Shu zahoti boshning terisi qorayib, burusha boshladi, keyin parcha-parcha bo‘lib to‘kildi, ko‘zlar ham g‘oyib bo‘ldi, bir zum o‘tmay Margarita laganda oltin tirgaklarga urnatilgan zumrad kuzli, inju gishli sarg‘ishrang boshchanoqni ko‘rdi. Boshchanoqning oshiq-moshiqli qopqog‘i o‘z-o‘zidan ochildi.

— Mana, hozir messir, — dedi Korovyov Volandning savol ma’nosida tikilganini ko‘rib, — hozir quzuringizda bo‘ladi u. Men ushbu teran sukunatda uning loklangan tuflisi g‘archini eshityapman, ana u hayotida oxirgi marta shampan vinosi ichib, qadahni stolga «do‘q» etib qo‘ydi. Mana, o‘ziyam keldi.

Zalga yangi bir mehmon kirib, to‘g‘ri Voland tomon yura boshladi. Uning tashqi ko‘rinishi ko‘pchilik erkak mehmonlardan hech farq qilmas edi. Farq faqat bitta edi: mehmon hayajonlanganidan kalovlanib kelardiki, bu uzokdan ham yaqqol ko‘rinib turardi. Uning yonoqlarida qizil dog‘lar lov-lov yonar, ko‘zlari hayajondan olazarak edi. Mehmon esankirab qolgan, bu tabiiy hol edi albatta: bu yerdagi hamma narsa, asosan, Volandning libosi uni hayratga solib qo‘ygan edi.

Biroq mehmon g‘oyat zo‘r iltifot bilan kutib olindi.

— O, azizim baron Maygel, — deb Voland mehmonga ochiq yuz bilan jilmaydi, mehmonning esa qayratdan ko‘zlari kosasidan chiqib ketayozdi. — Men sizlarni, — deb mehmonlarga yuzlandi shunda Voland, — tomoshaxonalar komissiyasida ajnabiylarga poytaxtning diqqatga manzur yerlarini namoyish qiluvchi bo‘lib xizmat qiladigan muhtaram baron Maygel bilan tanishtirish baxtiga musharrafman.

Margarita dong qotib qoldi, chunki Maygelni tanir, Moskva teatrlarida va restoranlarda uni bir pecha marta uchratgan edi. «Ie… — deb o‘yladi Margarita, — demak, Maygel ham o‘lgan ekan-da?» Lekin masala shu zahotiyoq oydinlashdi.

— Qadrli baron, — davom etdi Voland shodiyona tabassum bilan, — benihoya dilbar odamda, qarangki, mening Moskvaga kelganimni eshitib, darhol qo‘ng‘iroq qildi va kaminani diqqatga sazovor yerlar bilan tanishtirishga tayyor ekanligini izhor etdi. O‘z-o‘zidan ma’lumki, men ham uni o‘z huzurimga taklif qilishdan g‘oyat baxtiyorman.

Shu mahal Azazello boshchanoq qo‘yilgan laganni Korovyovga uzatdi.

— Darvoqe, baron, — deb Voland birdan xuddi sir aytayotgandek ovozini pasaytirdi, — sizni o‘taketgan darajada sinchkov deb aytishyapti. Mish-mishlarga qaraganda, shu xislatingiz, undan aslo qolishmaydigan ikkinchi «fazilatingiz», ya’ni ezmaligingiz bilan qo‘shilib hammaning diqqatini o‘ziga torta boshlaganmish. Bu hali yetmagandek, badkirdor odamlar siz haqingizda, g‘iybatchi, ayg‘oqchi, deb gap tarqatishipti. Ustiga-ustak yana, mana shu sassiq gaplar juda nari borsa bir oy ichida sizni falokatga mubtalo qiladi, degan taxmin bor. Shunga ko‘ra, sizni o‘sha mash’um kunni kutish azobidan xalos etish niyatida, huzurimga imkoni boricha ko‘proq narsalarni kuzatib, ko‘proq gaplarni eshitish maqsadida mehmon bo‘lib kelgan paytingizdan foydalanib, sizga hoziroq yordam qo‘lini cho‘zishga qaror qildik.

Baronning rangi Abadonnanikidan ham oqarib ketdi (Abadonna esa tabiatan dokadek oq edi), keyin alomat bir hodisa yuz berdi. Abadonna baronning ro‘parasida paydo bo‘lib, bir zumgagina ko‘zoynagini yechdi. Ayni shu lahzada Azazelloning qo‘lida bir nima yaraqlab ketdi, xuddi kimdir sekingina chapak chalib qo‘ygandek, bir nima «shap» etdiyu baron yerga chalqanchasiga yiqila boshladi, uning ko‘kragidan tizillab otilayotgan qip-qizil qon ohorlangan ko‘ylagi va nimchasini bo‘yadi. Korovyov boshchanoq — qadahni tizillab otilayotgan qonga tutib, uni to‘lgunicha ushlab turdi-da, so‘ng bu lim-lim qadahni Volandga uzatdi. Bu payt baronning jonsiz jasadi yerda cho‘zilib yotardi.

— Sizlarning sog‘lig‘ingiz uchun ichaman, janoblar, — past ovoz bilan dedi Voland va qadahga labini tegizib qo‘ydi.

Shu payt Volandning qiyofasida o‘zgarish sodir bo‘ldi. Uning yamoq ko‘ylagi bilan mayishib ketgan tuflisi g‘oyib bo‘ldi. Egnida qandaydir qora yelka-po‘sh, belida po‘lat shamshir paydo bo‘ldi. Margaritaning oldiga tez yugurib kelib, unga qadahni tutarkan:

— Ich! — deb buyurdi.

Margaritaning ko‘zi tinib, boshi aylana boshladi, gandiraklab ketdi, lekin bu payt qadah uning labiga olib borilgan va kimdir (kim ekanligini aniqlay olmadi) uning ikki qulog‘iga pichirladi:

— Qo‘rqmang, qirolicha… Qo‘rqmang, qirolicha, qon allaqachon yerga singib ketgan. Qon to‘kilgan yerda endi toklar o‘sib, allaqachon hosilga kirgan. Margarita hamon ko‘zini ochmay, qadahdan bir qultum ichdi, shunda tomirlaridan yoqimli elektr toki oqib o‘tganday bo‘ldi, quloqlari shang‘illadi. Nazarida xo‘rozlar quloqni qomatga keltirgudek kichqirishayotganday, qaerdadir muzika marshi chalinayotganday bo‘ldi. Mehmonlar olomoni qiyofasini yo‘qota boshladi. Frak kiygan erkaklar ham, yalang‘och ayollar ham tutday to‘kilib chiriy boshladilar. Margaritaning ko‘zi oldida bu chirish butun zalni qamrab olgan edi, hammayoqni dahma isi qopladi. Ustunlar quladi, chiroqlar o‘chdi, hamma narsa qovjirab g‘oyib bo‘la boshladi, favvoralar ham, lolalar ham, kameliyalar ham ko‘zdan yo‘qoldi. Shunchaki, aslida bor narsaning o‘zi — zargar xotinining faqirona mehmonxonasi qolgan va uning qiya ochiq eshigidan chiroq shu’lasi tushib turardi. Margarita mana shu qiya ochiq eshikdan kirdi.

Yigirma to‘rtinchi bob USTANING XALOS ETILISHI

Volandning xobgohi baldan oddin qanday tarzda bo‘lsa, hozir ham shunday edi. Voland tungi ko‘ylakda karavotda o‘tirar, faqat endi Gella uning oyog‘ini uqalamas, balki boya shaxmat o‘ynalgan stolda dasturxon tuzayotgan edi. Korovyov bilan Azazello fraklarini yechib, stol yonida o‘tirishar, mushuk ham shular yonida edi, albatta. Ammo u galstugini, garchi u isqirt uvadaga aylanib ketgan bo‘lsa ham, yechmagan edi. Margarita gandiraklab stolga yaqinlashdi-yu, qo‘llarini unga tiradi. Shunda Voland uni, yana boyagidek imlab, o‘z yoniga taklif qildi.

— Qalay, juda qiynab yuborishdimi sizni? — deb so‘radi u.

— Aslo, messir, — deb eshitilar-eshitilmas javob qildi Margarita.

— Noblesse oblige, — dedi mushuk va cho‘zinchoq stakanga qandaydir tiniq suyuqlik quyib, Margaritaga uzatdi.

— Araqmi? — zaif ovoz bilan so‘radi Margarita. Mushuk ranjib o‘tirgan o‘rnida bir sapchib tushdi.

— Nima deyapsiz, qirolicha, — dedi u xirillab, — nahotki sizga araq tutsam? Bu sof spirt!

Margarita jilmaydi va stakanni o‘zidan nari surib qo‘ymoqchi bo‘ldi.

— Qo‘rqmay ichavering, — dedi Voland, Margarita darrov stakanni qo‘liga oldi, — Gella, o‘tir, — deb buyurdi u, — so‘ng Margaritaga tushuntira boshladi: — To‘linoy kechasi — bu bayram oqshomi. Odatda, men bunday paytda o‘z muqarrib va mulozimlarim bilan tor doirada tanovul qilaman. Xo‘sh, endi o‘zingizni qanday his qilyapsiz? Mashaqqatli bal qanday o‘tdi?

— Qoyilmaqom! — dedi Korovyov shang‘illab, — hamma mahliyo, hamma shaydoyu gado, odobga ham, mahoratu latofatga ham, nazokatga ham boy ekanlar qirolicham!

Voland indamay stakanni ko‘tarib Margarita bilan cho‘qishtirdi. Margarita, hozirning o‘zida adoyi-tamom bo‘laman, deb o‘yladi-yu, lekin itoatkorlik bilan spirtni ichib yubordi. Biroq hech qanday falokat yuz bermadi. Jonli bir suyuqlik qornini qizdirib o‘tdi-yu, ensasiga bir nima urilganday bo‘ldi, keyin uzoq vaqt miriqib uxlagan odamday yana darmonga kirdi, bundan tashqari, o‘zining sayoq itdek ochligini his qildi. Kecha ertalabdan beri tuz totimaganini eslagan edi, ishtahasi badtar ochilib ketdi. U baliq ikrasini qoshiqlab olib, chaynamay yuta boshladi.

Begemot bir bo‘lak ananasni kesib oldi-da, tuz va murch sepib, «xap» etib yeb yubordi, shundan keyin ikkinchi marta bir qadah spirtni shunday ustalik bilan «otib» yubordiki, hamma chapak chalib uni olqishladi.

Margarita ikkinchi qadahni ichib yuborgandan keyin chilchiroqlarning shamlari ravshanroq, kamindagi olov ham gurillab yona boshladi. Margarita sira ham mast bo‘lgani yo‘q. U oppoq tishlarini go‘shtga botirarkan, sardagini huzur qilib yutar va ayni paytda Begemotning ustritsaga xantal surishini tomosha qilardi.

— Sen yana ustiga uzum ham qo‘y, — dedi Gella mushukning biqiniga ohista turtarkan.

— O‘rgatmang menga, — deb javob qildi mushuk, — biz ham ko‘p mehmon ko‘rganmiz, ko‘nglingiz to‘q bo‘lsin, ko‘rganmiz!

— O, mana shunday o‘choq oldida o‘tirib, odmigina ovqatlanish qanday yaxshi, — deb shang‘illardi Korovyov, — yor-do‘stlar davrasida…

— Yo‘q, Fagot, — deb e’tiroz bildirdi mushuk, — balning o‘z jozibasi, ko‘lami bo‘ladi.

— Hech qanday jozibasi ham, ko‘lami ham yo‘q, bil’aks, anavi ovsar ayiqlar ham, shuningdek, bardagi yo‘lbarslar ham, bo‘kiraverishib quloq-miyamni yeb yuborishdi, — dedi Voland.

— Bosh ustiga, messir, — dedi mushuk, — baski, siz ko‘lam yo‘q degan fikrda ekansiz, men ham shu fikrni qo‘llashga kirishaman.

— Buni qara-ya! — deb qo‘ydi Voland.

— Hazillashgandim, — dedi mushuk mutelik bilan, — yo‘lbarslar masalasiga kelsa, hozir buyuraman — ularni kabob qilishadi.

— Yo‘lbars go‘shtini yeb bo‘lmaydi, — dedi Gella.

— Siz shunday deb o‘ylaysizmi? Unda, mana, eshiting, — dedi mushuk va ko‘zlarini suzgancha, bir paytlar sahroda o‘n to‘qqiz kun yolg‘iz darbadar yurganida o‘zi o‘ldirgan yo‘lbars go‘shti bilan kun kechirganini huzur qilib so‘zlab berdi. Hamma bu g‘aroyib qissani zo‘r qiziqish bilan tingladi, lekin Begemot so‘zlab bo‘lgach, hamma bir ovozdan:

— G‘irt yolg‘on! — deb yubordi.

— Hammadan ham qiziq tomoni shundaki, — dedi Voland, — bu hikoyat — boshdan-oyoq bo‘hton.

— Shunaqami hali? Bo‘hton deng? — deb baqirdi mushuk, hamma uni, hozir e’tiroz bildiradi, deb o‘ylagan edi, lekin u sekingina dedi: — Tarix ajrim qiladi bizni.

— Ayting-chi, — dedi spirt ichib ana tiyraklashgan Margo Azazelloga yuzlanib, — siz anavi sobiq baronni otib tashladingizmi?

— Shak-shubhasiz, — deb javob qildi Azazello, — nega endi uni otmas ekanman? Uni albatta otib tashlash kerak edi.

— Men biram hayajonlandimki! — dedi Margarita, — tasodifan bo‘ldi-da o‘ziyam.

— Buning hech qanday tasodif tomoni yo‘q, — deb e’tiroz bildirdi Azazello, Korovyov esa chiyillab ingray boshladi:

— Axir hayajonlanmay bo‘larkanmi? Meniyam a’zoi badanim «dag‘-dag‘» titrab ketdi! Paq! Tamom! Baron qulab tushdi!

— Men, sal bo‘lmasa, jinni bo‘lib qolayozdim, — deb qo‘shib qo‘ydi mushuk, baliq ikrasi olib yegan qoshig‘ini yalarkan.

— Men bir narsaga tushunmayapman, — dedi Margarita ko‘zlarida billur qandilning zarrin uchqunlari o‘ynab, — nahotki bu yerda bo‘lgan muzikayu balning barcha gumbur-gumburi tashqariga eshitilmagan bo‘lsa?

— Ha, eshitilmadi, qirolicha, — deb izohladi Korovyov, — o‘zi bunaqa balni eshitilmaydigan qilib o‘tkazish lozim. Ehtiyotkorlik bilan ish ko‘rish kerak bo‘ladi.

— Ha-da, ha-da… Aks holda bilasizmi, zinada turgan anavi odam… Boya Azazello bilan uning yonidan o‘tib ketdik-ku… o‘sha… Keyin eshik oldida turgan odam ham… Menimcha, u sizning kvartirangizni kuzatib turgan edi…

— To‘g‘ri, to‘g‘ri! — deb qichqirdi Korovyov, — to‘g‘ri, qimmatli Margarita Nikolaevna! Siz mening gumonimni tasdiqlayapsiz. Ha, u kvartirani kuzatib turgan edi. O‘zim ham uni avvaliga bironta parishonxotir privat — dotsent yo ma’shuqasini intizor bo‘lib kutayotgan oshiq bo‘lsa kerak deb o‘ylagan edim, yo‘q, unday emas ekan! Ko‘rdimu ko‘nglim g‘ash bo‘la boshladi! Ah! Rostdanam, u kvartirani kuzatayotgan edi! Eshik oldida turgani ham! Yana bostirma tagida turgani ham!

— Qiziq, sizlarni hibsga olgani kelisharmikin-a? — deb so‘radi Margarita.

— Albatta kelishadi, latofatli qirolicha, albatta! — deb javob qildi Korovyov. — Ko‘nglim sezib turipti — kelishadi, lekin hozir emas, kezi kelganda, albatta, kelishadi. Ammo qiziqarli hech nima bo‘lmaydi menimcha.

— Voy, biram hayajonlanib ketdimki, anavi baron yiqilib tushganida, — dedi Margarita, chamasi, u o‘z umrida birinchi marta ko‘rgan qotillikdan hamon o‘ziga kela olmayotgan edi. — Siz mo‘ljalga yaxshi tekkizsangiz kerak-a?

— Binoyiday, — deb javob qildi Azazello.

— Necha qadamdan? — deb Margarita sal mujmalroq savol berdi Azazelloga.

— Hamma gap nimani mo‘ljalga olishda, — deb jo‘yali javob qiddi Azazello, — masalan, tanqidchi Latunskiyning derazasiga bolg‘a urish boshqayu uning yuragini mo‘ljalga olish butunlay boshqa.

— Yuragini! — dedi Margarita, negadir o‘z yuragiga qo‘lini qo‘yib, — yuragini! — deb takrorladi u hirqiroq ovoz bilan.

— Kim ekan o‘sha tanqidchi Latunskiy? — deb so‘radi Voland Margaritaga ko‘zini suzib qararkan.

Azazello, Korovyov va Begemot istihola qilgandek yerga qaradilar, Margarita esa javob berarkan cho‘g‘dek qizarib ketdi:

— Shunaqa bir tanqidchi bor. Bugun kechqurun men uning butun kvartirasini dabdala qilib tashladim.

— Ana xolos! Nega endi?

— U, messir, — deb tushuntira boshladi Margarita, — bir ustaning umriga zomin bo‘ldi.

— Nima qilardingiz o‘zingiz urinib? — dedi Voland.

— Menga ruxsat eting, messir, — deb sho‘x ohangda chinqirib yubordi mushuk, «dik» etib o‘rnidan turarkan.

— E, o‘tirsang-chi, — deb to‘ng‘illadi Azazello o‘rnidan turarkan, — o‘zim hozir borib kelaman…

— Yo‘q! — dedi Margarita, — yo‘q, o‘tinaman, messir, keragi yo‘q buning.

— Ixtiyoringiz, ixtiyoringiz, — dedn Voland, Azazello yana o‘z o‘rniga o‘tirdi.

— Xo‘sh, biz nimaga kelib to‘xtagan edik, bebaho qirolicha Margo? — dedi Korovev, — e, ha, yurak. Yurakka anavi tekkizadi. — Korovyoz uzun barmog‘ini Azazello tomonga cho‘zib ko‘rsatdi, — buyurtma bo‘yicha yurakning xohlagan bo‘lmasiga yoki uning istagan qorinchasiga tekkizishi mumkin.

Margarita avvaliga tushunmadi, tushungach, hayron bo‘lib dedi:

— Axir o‘sha qorinchalar yopiq-ku!

— Azizam, — dedi Korovyov xirqi ovoz bilan, — qizig‘iyam shunda-da! Ochiq narsaga hamma ham tekkizishi mumkin!

Korovyov stol g‘aladonidan bitta yettilik qarta olib, Margaritaga uzatdi va uning hollaridan birini tirnog‘i bilan belgilab berishni iltimos qildi. Margarita yuqori o‘ng burchakdagi xolni belgiladi. Gella qartani yostiq ostiga yashirdi-da:

— Tayyor! — deb qichqirdi.

Shunda yostiqqa orqa o‘girib o‘tirgan Azazello shimining cho‘ntagidan o‘ziotar qora to‘pponcha olib, o‘girilmay yelkasi osha karavot tomonga o‘q uzdi va Margaritani salgina cho‘chitib yubordi. O‘q teshib o‘tgan yostiq ostidan yettilik qartani olishdi. Undagi Margarita belgilagan xol teshilgan edi.

— Sizga ro‘para kelishni aslo istamasdim to‘pponcha ushlagan paytingizda, — dedi Margarita Azazelloga karashma qilib. Har qanday ishning piri bo‘lgan odamlarga doim zo‘r ehtiros bilan qarardi u.

— Qimmatli qirolicha, — deb chiyilladi Korovyov — qo‘lida hech qanday revolver bo‘lmagan paytda ham Azazelloga ro‘para kelishni hech kimga maslahat bermayman! Sobiq regent va ashulachi sifatida vijdonan ont ichib aytamanki, o‘sha duch kelgan odamning sho‘ri quriydi.

Merganlik tajribasi paytida o‘shshayib o‘tirgan mushuk endi birdan:

— O‘sha yettilik qartada men yangi rekord qo‘yaman, — deb e’lon qildi.

Azazello bunga javoban bir nima deb irillab qo‘ydi. Lekin mushuk o‘z ahdida turib olib, bir emas, ikkita revolver so‘radi. Azazello shimining ikkinchi orqa cho‘ntagidan yana bitta revolver olib boyagi revolver bilan ikkovini maqtanchoq mushukka uzatarkan, zaharxanda bilan labini burib qo‘ydi. Yettilik qartada ikkita xolni belgilashdi. Mushuk yostiqqa orqa o‘girib olib, otishga uzoq vaqt tayyorlandi. Margarita ikkala qulog‘iga barmoqlarini tiqib o‘tirarkan, ko‘zini kamin tokchasida mudrab o‘tirgan boyqushdan uzmasdi. Mushuk ikkala revolverdan baravar o‘q uzdi, shu zahoti Gella jon achchig‘ida chinqirib yubordi, o‘q tegib o‘lgan boyqush soat ustiga qulab tushdi, singan soat to‘xtab qoldi. Bir qo‘li qonga bo‘yalgan Gella faryod ko‘tarib, mushukning yungiga chang soldi, mushuk esa o‘z navbatida uning sochini yumdalay boshladi, oqibat, ikkovi bir-biriga chirmashgancha, polda u yoqdan-bu yoqqa koptokdek yumalay boshlashdi. Stol ustida turgan qadahlardan biri yerga tushib chil-chil sindi.

— Ajratib olsanglarchi mendan manavi quturgan shayton qizni! — deb chinqirardi mushuk, ustiga minib olgan Gelladan qutulishga harakat qilarkan. Urishqoqlarni ajratib qo‘yishdi, Korovyov Gellaning o‘q tekkan barmog‘iga bir marta puflagan edi, barmoq sog‘aydi-qoldi,

— Otolmayman-da axir, gap bilan chalg‘itishgandan keyin! — deb chinqirardi Begemot va ayni paytda yelkasidan Gella yulib olgan bir tutam yungni joyiga yopishtirishga urinardi.

— Garov o‘ynayman, — dedi Voland Margaritaga jilmayib, — jo‘rttaga shunday qildi. Aslida juda yaxshi otadi.

Gella bilan mushuk yarashib, hatto o‘pishib ham olishdi. Keyin yostiq tagidan qartani olib tekshirib ko‘rishdi. Azazello teshgan holdan boshqa bironta holga gard ham tegmagan edi.

— Bunday bo‘lishi mumkin emas, — deb ta’kidlardi mushuk qartani qandil yorug‘iga tutib qararkan.

Shodiyona kechlik davom etardi. Chilchiroqning shamlari asta erib oqar, kamindan gup-gup ufirayotgan quruq va xushbo‘y issiq havo butun xonani qamragan edi. To‘yib ovqatlangan Margarita endi sarxushlik og‘ushida huzur qilib o‘tirardi… Uning hech qayoqqa ketgisi kelmasdi, holbuki, o‘zining taxminicha vaqt allamahal bo‘lgan. Tungi voqealar hisobga olinsa, vaqt ertalabki soat oltiga yaqinlashgan edi. Margarita oraga cho‘kkan sukunatdan foydalanib, Volandga qimtinibgina dedi:

— Endi men boray… Kech bo‘ldi.

— Qayoqqa shoshasiz? — deb so‘radi Voland quruqqina qilib. Ammo qolganlar «miq» etmadi.

— Ha, vaqt bo‘ldi, — deb takrorladi Margarita bunday munsoabatdan yanayam ko‘proq xijolat bo‘lib, u yelkasiga tashlash uchun biron yopinchiq yo plash qidirib atrofiga qaradi. Chunki o‘zining yalang‘ochligidan endi iymana boshlagan edi. U o‘rnidan turdi. Voland karavotda yotgan chuvrindi va qatirma xalatini olib, indamay Margaritaga uzatdi, Korovyov uni Margaritaning yelkasiga tashladi.

— Minnatdorman, messir, — dedi Margarita eshitilar-eshitilmas, so‘ng Volandga savol ma’nosida qarab qo‘ydi. Voland esa o‘z navbatida loqayd jilmayib boqdi. Shunda birdan Margaritaning qalbini mash’um hasrat tuyg‘usi qamrab oldi. U o‘zini addangan deb his qildi. Aftidan, uning badda ko‘rsatgan xizmatlari evaziga hech kim uni hech nima bilan takdirlamoqchi emasga o‘xshaydi, shuningdek, hech kim unga, qoling, deb ham mulozamat qilmayapti. Holbuki, Margaritaning bu yerdan chiqib boradigan yeri yo‘qligi uning o‘ziga kunday ravshan edi. Xayolidan «lip» etib o‘tgan: «Yana o‘sha uyimga qaytib borishimga to‘g‘ri keladi», degan fikr qalbida dohiliy g‘ussa tuyg‘usini uyg‘otib yubordi. Yo Azazelloning Aleksandr bog‘ida bergan vasvasali maslahatiga amal qilib, o‘zi Volanddan so‘rasinmi? «Yo‘q, o‘lsam ham yalinmayman», dedi u o‘ziga-o‘zi.

— Xo‘p, salomat bo‘ling, messir, — dedi u eshittirib, o‘zi esa: «Ishqilib, bu yerdan tezroq chiqib ketsam bo‘lgani, keyin bir amallab daryo bo‘yiga boraman-u, o‘zimni suvga tashlayman», deb ko‘nglidan o‘tkazdi.

— O‘tiring, — deb buyurdi Voland birdan qat’iy ohangda. Margaritaning rangi o‘chib ketib o‘tirdi. — Balki biron nima demoqchidirsiz xayrlashuv oldidan?

— YO‘q, messir, gapim yo‘q, — dedi Margarita g‘urur bilan, — faqat shuki, agar sizga yana kerak bo‘lsam, barcha istaklaringizni bajonidil bajarishga doim tayyorman. Men hech charchaganim yo‘q, balda juda bahri-dilim ochildi. Shunga ko‘ra, agar u yana davom etgan bo‘lganida, yana tizzamni ming-minglab qatllaru qotillarga o‘pish uchun jonim bilan tutib bergan bo‘lardim. — Margarita Volandni go‘yo qalin parda orqali elas-elas ko‘rayotganday — ko‘zlari g‘ilt-g‘ilt yosh edi.

— To‘g‘ri! Siz mutlaqo haqsiz! — dyodi Voland gumburlovchi ovoz bilan dahshatli hayqirib, — shunday bo‘lish kerak!

— Shunday bo‘lish kerak! — deb takrorlashdi Volandning mulozimlari xuddi aks-sadodek.

— Biz sizni sinab ko‘rdik, — deb davom etdi Voland, — hech qachon, hech nima so‘ramang! Hech qachon, hech nima, ayniqsa, o‘zingizdan kuchliroqlardan. O‘zlari tavsiya qilishib, o‘zlari istagan narsangizni berishadi! O‘tiring, takabbur ayol! — Voland Margaritaning yelkasidagi vazmin ridoni yulqib olib tashladi, shun-da u yana o‘zini Voland bilan yonma-yon uning to‘shagida o‘tirganini ko‘rdi. — Xo‘sh, Margo, — deb davom etdi Voland, endi ancha muloyim ovoz bilan, — bugun mening balimda bekalik qilganingiz uchun nima istaysiz? Ushbu balni yalang‘och holda o‘tkazganingiz evaziga mendan nima so‘raysiz? Tizzangiz xizmatini qanchaga baholaysiz? Hozir siz qatllar deb atagan mehmonlarim sizga qancha ziyon yetkazishdi? Gapiring! Mana endi hech tortinmasdan gapirishingiz mumkin. Zero, men so‘rayapman sizdan.

Margaritaning yuragi qattiq-qattiq tepa boshladi, u chuqur xo‘rsinib qo‘yib, nimalarnidir o‘ylay boshladi.

— Xo‘sh, qani, dadilroq! — deb dalda berardi Voland, — o‘z fantaziyangizni uyg‘oting, uni ishga soling! Anavi uchchiga chiqqan ablah — baronni qatl etish sahnasida ishtirok etishning o‘zi ham mukofotga loyiq, agar ishtirok etgan odam ayol kishi bo‘lsa — alalxusus. Qani, xo‘sh?

Margaritaning nafasi qaytib ketdi, u dilida tayyorlab qo‘yilgan ezgu so‘zlarini aytishga endigina og‘iz juftlagan edi hamki, birdan rangi quv o‘chib, og‘zi lang ochilib, ko‘zlari baqraygancha qoldi. Uning qulog‘iga kimningdir bezovta qiluvchi, yolboruvchi ovozi: «Frida! Frida! Frida! — deb qichqirdi. — Mening ismim Frida!» — Shundan keyin Margarita duduqlanib gapira boshladi:

— Demak, men sizdan bitta narsani iltimos qilishim mumkin-a?

— Talab, talab qilishingiz mumkin, mening donnam, — deb javob qildi savolning ma’nosiga tushungan Voland jilmayib, — talab qilishingiz mumkin bitta narsani!

O, Voland Margaritaning o‘z og‘zidan chiqqan «bitta narsa» so‘zini takrorlarkan, unga ustalik bilan va aniq urg‘u berib gapirdi.

Margarita yana bir marta xo‘rsinib qo‘yib dedi:

— Istardimki, Fridaga, o‘z chaqalog‘ini o‘ldirganda og‘ziga tiqqan o‘sha ro‘molchasini endi tutqazishmasa.

Mushuk ko‘zlarini shiftga tikarkan, pishqirib xo‘rsindi, lekin bal paytida qulog‘i buralganini eslab, churq ham etmadi.

— O‘sha ovsar Fridadan, — deb miyig‘ida kulgancha gap boshladi Voland, hech qanday pora olmasligingizga qat’iy ishonch hosil qilganim tufayli (zero bunday narsa sizning qirolichalik sha’ningizga mutlaqo nomuvofiqdir) nima qilishimni ham bilmay qoldim. Chamamda faqat bitta iloj bor — ko‘proq latta-puttalar topib kelib, xobxonamdagi hamma teshik, tirqishlarga tiqib tashlashim kerak.

— Gapingizga tushunmadim, messir! — dedi hayron qolgan Margarita, u Volandning gaplariga chindanam tushunmagan edi.

— Fikringizga to‘la-to‘kis qo‘shilaman, messir, — deb gapga aralashdi mushuk, — albatta latta bilan, — deb g‘ijingancha panjasini stolga «gurs» etib urdi.

— Men rahm-shafqat haqida gapiryapman, — deb izohladi Voland o‘z gapini hamon Margaritadan o‘tli ko‘zlarini uzmay. — U narsa ba’zan mutlaqo kutilmaganda ayyorlik bilan eng tor tirqishlardan ham singib kiradi. Latta-putta haqida gapirishimning boisi shunda.

— Men ham shuni aytyapman-da! — dedi mushuk va har ehtimolga qarshi, pushti rang krem yuqilik pan-jalari bilan uchli quloqlarini berkitgancha, o‘zini Margaritadan chetga oldi.

— Pisht! Daf bo‘l! — dedi unga Voland.

— Hali qahva ichganim yo‘q, — dedi mushuk, — qanaqasiga ketarkanman? Nahotki shunday bayram oqshomida ham, messir, bir dasturxon atrofida o‘tirgan mehmonlarni ikki navga bo‘lishsa? Birovlar birinchi nav-u, boshqalar, sho‘rtumshuq qurumsoq bufetchining ta’biri bilan aytganda, aynigan ikkinchi nav hisoblansa?

— Jim bo‘l, — yeb buyurdi Voland, so‘ng Margaritaga yuzlanib, undan so‘radi: — Bu raftoringizga qaraganda, siz bag‘oyat saxovatli, kamoli xushaxloq odam bo‘lsangiz kerak-a?

— Yo‘q, — qiynalib javob qildi Margarita, — bilaman, siz bilan faqat ochiqchasiga gaplashish kerak, shu bois men ham sizga gapning ochig‘ini aytaman: men yengiltak odamman. Frida uchun iltimos qilganimga sabab, ehtiyotsizlik qilib unga va’da berib qo‘yuvdim. Endi u kutadi, messir, u mening qudratimga ishonadi. Agar umidi puchga chiqsa, men nihoyatda mushkul ahvolga tushib qolaman. Umrbod ko‘nglim taskin topmaydi. Nachora? Shunday bo‘lib qoldi.

— Ha, — dedi Voland, — bu tushunarli.

— Demak, o‘shanday qilasiz-a? — qimtinibgina so‘radi Margarita.

— Aslo, — deb javob qildi Voland, — gap shundaki, qimmatli qirolicha, bu o‘rinda andakkina chatoqlik yuz bergan. Har bir muassasa o‘z ishi bilan shug‘ullanmog‘i kerak. Oriy rost, bizning imkoniyatlarimiz benihoya ulkan, uzoqni ko‘rishga ko‘zlari ojiz bo‘lgan ayrim kaltabinlar tasavvuridan ko‘ra ancha kattaroqdir…

— Ha, judayam katta, — deb luqma tashlashdan o‘zini tiya olmadi mushuk, chamasi u mana shu imkoniyatlardan mag‘rurlanardi.

— Jim bo‘lsang-chi, jin urgur! — dedi unga Voland va Margaritaga o‘girilib gapida davom etdi: — Gapning sirasi, men muassasa deb ta’birlaganim boshqa shaxs qilishi lozim bo‘lgan ishga qo‘l urishdan nima hojat? Alqissa, men bu ishga aralashmayman, uni o‘zingiz bajarasiz.

— Nahotki, mening istagim bajarilsa? Azazello istehzo bilan g‘ilay ko‘zini Margaritaga tikdi va mallasoch boshini salgina chayqab, pishqirib qo‘ydi.

— Boshlang axir, azbaroyi shifo, — deb g‘o‘ldiradi Voland va globusni aylantirib, uning qaysiyam bir nuqtasiga tikilib qaray boshladi, chamasi u Margarita bilan suhbat qilgan paytida boshqa ish bilan mashg‘ul bo‘lganini ko‘rsatmoqchi edi.

— Qani, chaqiring Fridani, — deb o‘rgatdi Korovyov.

— Frida! — deb ovozining boricha chinqirdi Margarita.

Shunda eshik lang ochilib, xonaga sochlari parishon, yalang‘och, ammo sarxushligidan asar ham qolmagan, ko‘zlari olazarak ayol yugurib kirib, qo‘llarini Margarita tomon cho‘zdi, Margarita esa unga ulug‘vorlik bilan dedi:

— Seni kechirishdi. Endi senga ro‘molchangni tutqazishmaydi.

Frida qattiq faryod qilib, Margaritaning oyog‘i ostiga, polga xoch shaklida yuz tuban yotdi. Voland bir qo‘l siltagan edi, shu zahoti Frida ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi.

— Minnatdorman sizdan, endi xayr, — dedi Margarita va o‘rnidan turdi.

— Nima deysan, Begemot, — deb gapira boshladi Voland, — shunday bayram kechasida uquvsiz odamning raftoridan manfaat ko‘zlashimiz yaxshimasdir, — u Margaritaga o‘girildi, — bunisi hisob emas, chunki men hech nima qilganim yo‘q. Qani ayting, o‘zingiz uchun nima istaysiz?

Hamma sukutga toldi, bu sukunatni Korvovyov buzdi:

— Oltin donna, — dedi u Margaritaning qulog‘iga pichirlab, — bu gal sal mulohaza bilan ish ko‘ring! Yo‘qsa, baxtingiz qo‘lingizdan chiqib ketishi mumkin!

— Men hozirning o‘zida, shu zahotiyoq o‘z mahbubim — ustani qaytarib berishlarini istayman, — dedi Margarita va qattiq asabiylashganidan yuzi burishib ketdi.

Shu payt xonaga «g‘uv» etib shamol esib kirib, chil-chirokdagi shamlar alangasini bir tomonga yotqizdi, vazmin darpardalar yelpinib, deraza tavaqalari lang ochildi va juda olisda, samoda tonggi emas, tungi oyning porlab turgani ko‘rindi. Deraza etagida tungi oy shu’lasidan ko‘kish poyandoz yozilib, shu poyandoz ustida Ivanushkaning tungi mehmoni — o‘zini usta deb tanitgan odam paydo bo‘ldi. U kasalxona libosida (egnida xalat, oyog‘ida tufli) bo‘lib, hozir ham o‘sha qora qalpoqchasini boshidan qo‘ymagan edi. Uning soqol-mo‘ylovi olinmagan yuzi hadeb tortishar, jununvash ko‘zlari shamlarga zimdan cho‘chinqirab boqardi, oy shu’lasi uni tamomila qamrab olgan edi.

Margarita bir qarashdayoq uni tanidi, qo‘llarini qisirlatib, oh urdiyu uning istiqboliga yugurib bordi. U ustaning peshonasidan, lablaridan o‘par, tikandek tuk bosgan yuziga yuzini qo‘yardi, shu paytgacha tiyib turgan ko‘z yoshlari endi uning yuzidan duv-duv oqa boshladi. U hadeb faqat bir so‘zni ma’nosiz ohangda takrorlardi:

— Sen… sen, sen…

Usta uni o‘zidan chetlatib, bo‘g‘iq ovoz bilan dedi:

— Yig‘lama, Margo, yuragimni ezma. Men qattiq betobman. — U go‘yo derazaga sakrab qochmoqchi bo‘lganday, deraza tokchasiga chang soldi, tishlarini irshaytirgancha, xonada o‘tirganlarga bir-bir qarab chiqib, chinqirib yubordi: — Men qo‘rqyapman, Margo! Yana ko‘zimga allaqanday sharpalar ko‘rina boshladi.

— Yo‘q, yo‘q, yo‘q, — deb pichirlardi entikib-entikib yig‘laganidan nafasi ichiga tushib ketgan Margarita, — hech nimadan qo‘rqma! Men yoningdaman! Yoningdaman!

Korovyov epchillik bilan, sezdirmay ustaga stul surib qo‘ydi, u o‘tirdi, Margarita esa usta oldida tiz cho‘kib, yuzini uning biqiniga bosgancha qimir etmay qoldi. U hayajonlanganidan o‘zining endi yalang‘och emasligini ham sezmadi — uning egnida birdan qora shohi plash paydo bo‘lgan edi. Bemor boshini xam qilgancha, ma’yus va xasta ko‘zlarini yerga tikdi.

— Ha, — deb gap boshladi Voland bir oz sukutdan keyin, — rosa surobini to‘g‘rilashipti uni. Qani, ritsar, — deb buyurdi u Korovyovga, — bu odamga ichgani biron nima ber.

Margarita titroq ovoz bilan yolborardi.

— Ich, ichvor. Qo‘rqyapsanmi? Yo‘q, yo‘q, gapimga ishon, yordam qilishmoqchi senga.

Bemor stakanni olib, undagi suyuqlikni ichib yubordi, lekin qo‘li qaltirab, stakan oyog‘i ostiga tushib, chil-chil sindi.

— Yaxshilikka! Yaxshilikka! — deb pichirladi Korovyov Margaritaning qulog‘iga, — qarang, u o‘ziga kela boshladi.

Darhaqiqat, bemorning nigohidagi yovvoyilik va bejolik yo‘qola boshlagan edi.

— Senmisan, Margo? — deb so‘radi oy yog‘dusida namoyon bo‘lgan mehmon.

— Albatta, menman, — deb javob qildi Margarita.

— Yana! — deb buyurdi Voland.

Usta ikkinchi stakanni bo‘shatgandan keyin ko‘zlari jonlanib, ma’noli boqa boshladi.

— Ana bu boshqa gap, — dedi Voland ko‘zlarini suzib boqarkan, — endi suhbatlashamiz. Kimsiz?

— Endi men hech kim emasman, — dedi usta, shunday deb tirjaygan edi, og‘zi qiyshayib ketdi.

— Hozir qaerdan keddingiz?

— Hasrat uyidan. Men — jinniman, — dedi mehmon.

Bu gapni eshitgan Margarita chiday olmay yana yig‘lab yubordi. Keyin ko‘z yoshlarini artib, chinqirib dedi:

— Qanday mudhish so‘zlar! Mudhish so‘zlar! Messir, sizga shuni aytishim kerakki, bu — usta. Uni darddan forig‘ qiling, mehnatingiz zoe ketmaydi.

— Siz kim bilan gaplashayotganingizni bilasizmi, — deb so‘radi Voland mehmondan, — hozir kimning huzurida o‘tiripsiz?

— Bilaman, — deb javob qildi usta, — jinnixonada Ivan Bezdomniy degan bola yon qo‘shnim edi. O‘sha gapirib beruvdi siz haqingizda.

— E-ha, to‘g‘ri, to‘g‘ri, — dedi Voland, — men u yigitcha bilan Patriarx ko‘li bo‘yida uchrashish baxtiga musharraf bo‘lganman. U sal bo‘lmasa meni ham jinni qilib qo‘yayozgan edi, meni yo‘q deb isbotlashga urinib! Ammo siz ishonarsiz, albatta, bu — chindanam men ekanligimga?

— Ishonishga to‘g‘ri keladi, — dedi usta, — lekin, ochig‘i, sizni qoraxayol1 samarasi deb hisoblash tinchroq bo‘lardi. Meni afv eting, — deb ilova qildi usta birdan hushini yig‘ib olib.

— Ha, yaxshi, tinchroq bo‘lsa, shunday deb hisoblayvering, — dedi Voland muloyimlik bilan.

— Yo‘q, yo‘q, — dedi qo‘rqib ketgan Margarita ustaning yelkasidan ushlab silkitarkan, — esingni yig‘! Ro‘parangda o‘tirgan chindanam o‘sha!

Mushuk bu yerda ham oraga suqildi:

— Mana, men chindanam qoraxayolga o‘xshayman. Oy shu’lasida yon tomonimdan qarang, — mushuk oy yog‘dusidan paydo bo‘lgan uzunchoq yo‘lakka borib turdi va yana bir nima demoqchi bo‘lib og‘iz juftlagan edi, lekin «ovozingni o‘chir» deb buyurishdi unga, shunda u: — Yaxshi, yaxshi, ovozimni o‘chirdim. Men gung qoraxayol bo‘laman, — dedi va jim qoldi.

— Ayting-chi, nega sizni Margarita usta deb ataydi? — so‘radi Voland.

Usta miyig‘ida kulib javob qildi:

— Uning bu raftorini ma’zur ko‘ring. U men yozgan romanni juda yuksak baholagan edi.

— Romaningiz nima haqda?

— Pontiy Pilat to‘g‘risida.

Shunda shamlarning olov tillari yana tebranib, yelpina boshladi, stoldagi idishlar zirillab ketdi. Voland misoli momaqaldiroqdek qah-qah urib kuldi, ammo uning bu qahqahasidan hech kim cho‘chimadi ham, ajablanmadi ham. Begemot negadir chapak chalib yubordi.

— Nima, nima haqda? Kim haqda? — dedi Voland kulishdan to‘xtab. — Shu zamonda-ya? Voajabo! Nima, boshqa mavzu topilmadimi? Qani, ko‘raylik-chi, — Voland kaftini yuqoriga qilib qo‘lini cho‘zdi.

— Afsuski, sizga uni ko‘rsatolmayman, — deb javob qiddi usta, — chunki men uni pechkaga qamab yoqib yuborganman.

— Kechirasiz-u, ishonmayman bunga, — dedi Voland, — bu mumkin emas. Qo‘lyozmalar yonmaydi. — U Begemot tomonga o‘girilib dedi: — Qani, Begemot, uzat bu yoqqa romanni.

Mushuk stuldan «dik» etib turgan edi, hamma uning dasta-dasta qo‘lyozmalar ustida o‘tirganini ko‘rdi. Mushuk eng ustki nusxani ta’zim bilan Volandga uzatdi. Margarita yana hayajondan yig‘lab yuborgudek bo‘lib, dag‘-dag‘ titragancha chinqirib yubordi:

— Ana qo‘lyozmang! Ana u!

U Voland istiqboliga tashlanib zavq-shavq bilan dedi:

— Siz har narsaga qodirsiz, qodirsiz!

Voland qo‘lyozmani olib aylantirib ko‘rdi, so‘ng uni bir chetga qo‘yib, indamay, jiddiy qiyofada ustaning yuziga tikildi. Lekin usta negadir tashvishlanib, bezovta bo‘la boshladi, stuldan turib, qo‘llarini qisirlatdi, vujudi dag‘-dag‘ qaltirab olis fazodagi oyga yuzlangancha g‘o‘ldiray boshladi:

— Hatto oydin kechada ham menga tinchlik yo‘q, nega axir oromimni buzdinglar? Yo tangrilar, tangrilar…

Margarita ustaning egnidagi kasalxona xalatini mahkam changallab olib, o‘zini uning bag‘riga bosdi va yig‘i aralash hasrat bilan g‘o‘ldiradi:

— E, xudo, nega, axir, dori senga kor qilmayapti?

— Hechqisi yo‘q, parvo qilmang, — deb pichirlardi Korovyov usta atrofida parvona bo‘larkan, — hechqisi yo‘q, hechqisi yo‘q… Yana bir stakan ichvoring, men ham sizga ulfat bo‘laman.

Bu galgi stakan oy yog‘dusidan yaraqlab ustaga ko‘z qisganday bo‘ldi va unga yordam berdi. Ustani yana joyiga o‘tqazishdi, bemorning chehrasida endi xotirjamlik alomatlari paydo bo‘lgandi.

— Mana, endi hamma narsa ravshan, — dedi Voland va uzun barmog‘i bilan qo‘lyozmaga «to‘q-to‘q» urib qo‘ydi.

— Mutlaqo ravshan, — deb tasdiqladi mushuk, gung qoraxayol bo‘lishga so‘z berganini unutib, — bu asarning asosiy mohiyati menga tamomila oydin bo‘ldi. Sen nima deysan, Azazello? — deb yuzlandi u sukut saqlayotgan Azazeloga.

— Nima derdim, — dedi u ping‘illab, — seni suvga cho‘ktirib yuborgan baraka topadi.

— Rahming kelsin, Azazello, — dedi unga mushuk, — bu shum niyatingni hukmdorimning ko‘ngliga sola ko‘rma yana. Azbaroyi shifo, unda har kecha tepangga xuddi sho‘rlik ustaga o‘xshab oy yog‘dusi libosida kelib, halovatingni buzaman-a. Ana unda holing nima kechadi, a, Azazello?

— Qani, Margarita, — deb yana gapga aralashdi Voland, — hamma gapingizni ayting, nima xohlaysiz?

Margaritaning ko‘zlari porlab ketib, Volandga iltijo bilan yuzlandi:

— Maylimi pichirlashib gaplashib olsak? Voland bosh irg‘atdi, shunda Margarita og‘zini ustaning qulog‘iga olib borib, bir nimalarni pichirladi. Lekin faqat ustaning javobi eshitildi:

— Yo‘q, kechikdik. Endi menga hech nima kerak emas. Faqat seni ko‘rib tursam bo‘lgani. Ammo takror aytaman — voz kech mendan. Xarob bo‘lasan men bilan bo‘lsang.

— Yo‘q, voz kechmayman, — dedi Margarita va Volandga yuzlandi: — Bizni yana Arbatga tutashgan tor ko‘chadagi o‘z podvalimizga qaytarishingizni iltimos qilaman, yana u yerda lampa-chirog‘imiz ham yonsa, qolgan hamma narsalar ham o‘z o‘rnida bo‘lsa.

Bu gapdan usta kulib yubordi va Margaritaning bir vaqtlar sochi jingalak bo‘lgan boshini quchoqlagancha dedi:

— Bu sho‘rpeshona ayolning gapiga quloq solmang, messir. O‘sha podvalga allaqachon boshqa odam joylashib olgan, undan keyin, hamma narsani avvalgi holiga qaytarib bo‘lmaydi aslo. — U yuzini mahbubasining sochlari parishon boshiga qo‘yib, uni quchoqladi va:

— O, sho‘rlik, sho‘rlik… — deb g‘udrandi.

— Qaytarib bo‘lmaydi dedingizmi? — dedi Voland. — Gapingiz to‘g‘ri. Lekin biz urinib ko‘ramiz, Azazello!

U shuiday degan edi hamki shiftdan esankiragan telbasifat bir odam «gurs» etib tushdi, uning egnida faqat tungi ko‘ylak-ishton bo‘lib, negadir qo‘lida chamadon, boshida kepkasi bor edi. Bu odam qo‘rqqanidan «qalt-qalt» titrar va nuqul cho‘qqaymoqchi bo‘lganday engashardi.

— Mogarichmisiz? — deb so‘radi Azazello osmondan tushgan odamga yuzlanib.

— Aloiziy Mogarich, — deb javob qiddi u «dag‘-dag‘» titrab.

— Mana bu odamning romani haqida Latunskiy yozgan maqolani o‘qib, «uyida nolegal adabiyotlar saqlayapti», deb shikoyat yozgan sizmidingiz? — deb so‘radi Azazello.

Osmondan tushgan grajdanin ko‘karib ketdi, tavbasiga tayanib yum-yum yig‘lay boshladi.

— Uning kvartirasiga ko‘chib o‘tmoqchi bo‘luvdingizmi? — imkoni boricha muloyimroq ohangda ping‘illadi Azazello.

Shu payt mushukning darg‘azab pishqirgani eshitildi. Margarita esa:

— Jodugarning tirnoqlarini tatib ko‘r! — deb chinqirganicha Aloiziy Mogarichning yuziga chang soldi.

To‘s-to‘polon ko‘tarildi.

— Nima qilyapsan? — iztirob bilan qichqirdi usta, — Margo, isnodga qo‘yma o‘zingni!

— Men qarshiman, bu isnod emas, — deb baqirdi mushuk.

Margaritani Korovyov ajratib oldi.

— Men vanna o‘rnatganman, — deb chinqirardi afti-angori qonga bo‘yalgan Mogarich, tishlari takillab, keyin allaqanday bema’ni gaplarni javray boshladi, — bitta oqlashning o‘zi… keyin, kuporos…

— Judayam yaxshi bo‘ptida vanna o‘rnatganing, — dedi Azazello ma’qullab. — U vanna olishi kerak, — so‘ng qichqirdi: — Daf bo‘l!

Shunda Mogarichning oyog‘i osmondan keldiyu yotoqxonaning ochiq derazasidan uchib chiqib ketdi. Ko‘zlari baqrayib qolgan usta pichirlardi:

— O, bunisi endi Ivan hikoya qilgan voqealardan ham g‘aroyibroq bo‘ldi-ku! — u tamomila hayratga kelib, atrofiga olazarak qararkan, nihoyat mushukka yuzlanib dedi: — Ma’zur tutasiz… sen… sizmidingiz… — u mushukni «sen» lashni ham, «siz» lashni ham bilolmay esankirab qoldi, — sizmidingiz tramvayga chiqqan o‘sha mushuk?

— Men edim, — dedi mushuk mamnuniyat bilan va ilova qildi: — Mushuk zotiga shunday xushmuomalalik bilan murojaat qilishingiz qanday yaxshi. Odatda mushuklarni, negadir, «sen» lashadi, garchi dunyoda bironta ham mushuk hech bir kimsa bilan qiyomatli do‘st tutunmagan bo‘lsa ham.

— Mening nazarimda siz mushukka unchalik o‘xshamayapsiz, — dedi usta ikkilanib, so‘ng Volandga o‘girilib qimtinibgina ilova qildi: — Baribir hali kasalxonada meni qidirib qolishadi.

— Be, nega endi qidirishar ekan! — deb yupata boshladi Korovyov, shunda uning qo‘lida birdan qandaydir qog‘ozlar, daftarlar paydo bo‘ldi, — shu xastalik varaqasi siznikimi?

— Ha.

Korovyov qog‘ozlarni olov yonib turgan kaminga tashladi.

— Hujjat yo‘q, demak, odam ham yo‘q, — dedi Korovyov mamnuniyat bilan, — bu — sizni ijaraga qo‘ygan odamning uy daftari bo‘lsa kerak.

— Ha-a…

— Kim qayd qilingan bu daftarga? Aloiziy Mogarichmi? — Korovyov uy daftarining sahifasiga pufladi, — vassalom, endi u yo‘q, keyin, shuni bilginki — bo‘lgan ham emas. Mabodo, uy sohibi sizni ko‘rib ajablangudek bo‘lsa, Aloiziy tushingizga kirgan, deb ayting unga. Mogarich? Qanaqa Mogarich? Hech qanaqa Mogarich bo‘lmagan. — Shu payt Korovyovning qo‘lidagi bog‘ichli uy daftari birdan g‘oyib bo‘ldi. — Mana endi u uy egasining stoli g‘aladonida yotipti.

— Siz to‘g‘ri aytdingiz, — dedi Korovyovning bu qadar puxta ishlashidan hayratga kelgan usta, — baski hujjat yo‘q ekan, demak, odam ham yo‘q. Mana, aynan men yo‘qman, chunki menda hujjat yo‘q.

— Meni kechirasiz, — deb chinqirib yubordi Korovyov, — qoraxayol deganimiz xuddi mana shu bo‘ladi, mana sizning hujjatingiz, — shunday deb Korovyov ustaga hujjat uzatdi. So‘ng ko‘zlarini shiftga tikkancha Margaritaning qulog‘iga muloyim ohangda pichirladi: — Mana bu esa, sizning buyumlaringiz, Margarita Nikolaevna, — shunday deb u Margaritaga chetlari kuygan daftar, qovjiragan gul va fotografiya uzatdi, ayni paytda unga g‘oyat ehtiyotkorlik bilan omonat daftarcha ham berdi, — bu yerda o‘zingiz qo‘ygan o‘n ming so‘m, Margarita Nikolaevna. Bizga birovning haqi kerak emas.

— Mening panjam shol bo‘lsa bo‘ladi, ammo birovning narsasiga aslo tegmayman, — dedi mushuk kekkaygancha va badbaxt romanning hamma nusxasini bosib toy qilmoqchi bo‘lganday, chamadon ustida raqs tusha boshladi.

— Mana, sizning ham hujjatingiz, — deb gapida davom etdi Korovyov Margaritaga hujjat uzatarkan, so‘ng Volandga murojaat qilib, ehtirom bilan dedi: — Mana, bo‘ldi, messir!

— Yo‘q, hali bo‘lgani yo‘q, — dedi Voland globusdan yuz o‘girib. — Mulozimlaringizni nima qilaylik, mening qimmatli donnam? Shaxsan menga ularning keragi yo‘q.

Shu chog‘ ochiq turgan eshikdan o‘sha-o‘sha yalang‘och holicha Natasha otilib kirdi, qo‘llarini bir-biriga urgancha Margaritaga chinqirib dedi:

— Voy, baxtli bo‘ling, Margarita Nikolaevna! — U bosh irg‘ab usta bilan salomlashdi, so‘ng yana Margaritaga yuzlandi: — Men bilardim qayoqqa qatnaganingizni.

— Uy xodimlari hamma narsani bilishadi, — dedi mushuk panjasini ma’noli tarzda yuqori ko‘tarib, — ular hech nima ko‘rmaydilar deyish — xato.

— Nima istaysan, Natashaa? — deb so‘radi Margarita, — uyga qayt.

— O‘rgilib ketay sizdan, Margarita Nikolaevna, — dedi Natasha tiz cho‘kib yolborarkan, — ulardan iltimos qiling, — u ko‘z qiri bilan Volandga ishora qildi, — meni o‘zlarida jodugar qilib olib qolishsin. O‘sha uyga qaytib borishni istamayman sira! Injenerga ham, texnikka ham tegmayman! Kecha bal paytida janob Jak menga muhabbat izhor qiddi. — Natasha kaftini yoyib, allaqanday oltin tangalarni ko‘rsatdi.

Margarita, siz nima deysiz, degandek Volandga qaradi. U bosh irg‘atib qo‘ydi. Shunda Natasha Margaritaning bo‘yniga osilib, uni cho‘lpillatib o‘pdi-da, tantanavor chinqirgancha, derazadan uchib chiqib ketdi.

Endi Natashaning o‘rnida Nikolay Ivanovich paydo bo‘ldi. U yana o‘zining odamiylik qiyofasiga kirgan, lekin nihoyatda g‘amgin, hatto darg‘azab desa ham bo‘lardi.

— Mana bu nusxani mamnuniyat bilan qo‘yib yuboraman, — dedi Voland Nikolay Ivanovichga nafratlanib qararkan, — benihoya zo‘r mamnuniyat bilan, zero bu yerda u mutlaqo ortiqcha.

— Menga guvohnoma berishlaringni o‘tinib so‘rayman, — tilga kirdi Nikolay Ivanovich atrofga qo‘rqa-pisa boqarkan, lekin bu gapini juda o‘jarlik bilan gapirdi, — bu kechani qaerda o‘tkazganim haqida.

— Nima qilasiz uni? — keskin ohangda so‘radi mushuk.

— Militsiyaga va xotinimga ko‘rsataman, — deb shaxt gapirdi Nikolay Ivanovich.

— Biz odatda guvohnoma bermaymiz, — deb javob qildi mushuk manglayini tirishtirib, — lekin siz uchun, mayli, istisno qilamiz.

Nikolay Ivanovich ko‘z ochib-yumishga ham ulgurmay, Gella yozuv mashinkasi yoniga o‘tirib, mushuk aytgan gaplarni yoza boshladi.

— Guvohlik beramankim, ushbuni ko‘rsatuvchi Nikolay Ivanovich mazkur tunni shayton uyushtirgan balda o‘tkazdi, u balga odam tashuvchi vosita… qo‘shtirnoq och, Gella! Qo‘shtirnoq ichida yoz — «to‘ng‘iz» sifatida jalb etilgan edi. Imzo — Begemot.

— Chislochi? — deb chiyilladi Nikolay Ivanovich.

— Biz chislo qo‘ymaymiz, chislo qo‘yilgan hujjat kuchini yo‘qotadi, — dedi mushuk qog‘ozga imzo chekarkan, so‘ng qaerdandir muhr olib, qoidasini keltirib, unga huhladi-da, qog‘ozga «to‘langan» degan so‘zni bosib, uni Nikolay Ivanovichga tutqazdi. Shundan keyin Nikolay Ivanovich benomu nishon g‘oyib bo‘ldi, ammo uning o‘rnida kutilmagan yangi odam paydo bo‘ldi.

— Bu yana kim bo‘ldi? — ijirg‘anib so‘radi Voland, sham yorug‘idan yuzini kafti bilan to‘sarkan.

Varenuxa (bu o‘shaydi) boshini egib xo‘rsinib qo‘ydi va eshitilar-eshitilmas dedi:

— Qo‘yib yuboringlar. Men qon so‘ruvchi ko‘rshapalak bo‘lolmayman. O‘shanda Gellaning yordamida Rimskiyni o‘ldirib qo‘yishimga sal qoluvdi. Lekin men qonxo‘r emasman. Qo‘yvoringlar meni.

— Nima deb javrayapti uzi? — aftini bujmaytirib so‘radi Voland. — Yana qanaqa Rimskiy? Nima balo, alahlayaptimi?

— Hech aziyat chekmang, messir, — dedi Azazello va Varenuxaga yuzlandi: — Qo‘rslik qilish kerak emas telefonda. Yolg‘on gapirish kerakmas telefonda, tushunarlimi? Endi boshqa bunday qilmaysizmi?

Varenuxaning miyasi shodlikdan gangib qoldi, chehrasi yerishdi va nima deetganini uzi ham tushunmay g‘o‘ldiray boshladi:

— Azbaroyi x… ya’ni aytmoqchimanki, a’lo haz… hoziroq tushlikdan keyin… — Varenuxa qo‘llarini ko‘ksiga bosib, Azazelloga iltijo bilan boqardi.

— Ha, yaxshi, uyga jo‘nang, — dedi Azazello. Varenuxa zumda erib yo‘q bo‘ldi-qoldi.

— Endi meni mana bular bilan yolg‘iz qoldiringlar, — deb buyurdi Voland usta bilan Margaritani ko‘rsatib.

Volandning buyrug‘i shu zahoti bajarildi. U bir oz sukutdan so‘ng ustaga murojaat qildi.

— Shunday qilib, Arbatdagi podvadda turmoqchimisiz? Unda asar yozish nima bo‘ladi? Orzular-chi, ilhom-chi?

— Menda boshqa hech qanday orzu-armon qolmadi, ilhom ham yo‘q endi, — deb javob qildi usta, — hayotda meni endi hech nima qiziqtirmaydi, yolg‘iz Margodan boshqa, — deb u yana qo‘lini Margaritaning boshiga qo‘ydi, — meni mayib qilishdi, yuragim ziq, podvalda turgim kelyapti.

— Pilat haqidagi romaningiz nima bo‘ladi?

— U romanni ko‘rarga ko‘zim yo‘q, — deb javob qildi usta, — men o‘sha roman tufayli ko‘p azob chekdim.

— O‘tinaman sendan, — zorlanib dedi Margarita, — aslo bunday dema. Nega, axir, meni qiynaysan? Bilasan-ku, men butun hayotimni tikkanman shu ishing uchun. — Shundan so‘ng Margarita Volandga qarab ilova qildi: — Quloq solmang gapiga, messir, juda qattiq azob chekkan u.

— Axir biron narsa to‘g‘risida yozish kerak-ku! — derdi Voland, — agar anavi prokurator haqida yozadigan gapingiz qolmagan ekan, unda hech bo‘lmasa Aloiziyni tasvirlang.

Usta jilmayib qo‘ydi.

— Bunaqa narsani Lapshyonnikova bosmaydi, undan keyin uning qizig‘iyam yo‘q.

— Axir qanday kun kechirasizlar? Ochlik-muhtojliqdami?

— Ha, bajonidil, — deb javob qildi usta, so‘ng Margaritani o‘z bag‘riga tortib, uning yelkasidan qucharkan qo‘shib qo‘ydi: — Margo es-hushini yig‘ib olgach, meni tark etadi…

— Tark etmaydi, — dedi Voland tishlarini gijir qilib, so‘ng davom etdi: — Demak, Pontiy Pilat haqida tarixiy asar yozgan odam uzlatga chekinib, podvalda qashshoqliqda kun kechirmoqchimi?

Margarita ustaning pinjidan chiqib, juda qizishib gapira boshladi:

— Men qo‘limdan kelgancha urinib ko‘rdim, kishini vasvasaga soluvchi eng shirin so‘zlarni aytdim qulog‘iga. Lekin u baribir bosh tortyapti.

— Qulog‘iga nima deb pichirlaganingizni bilaman, — dedi Voland, — lekin u gaplar unchalik vasvasali emas edi. Sizga shuni aytmoqchimanki, — jilmayib turib ustaga murojaat qildi u, — romaningiz hali sizga ko‘p ezguliklar olib keladi.

— Bu g‘irt g‘urbat bo‘ladi, — dedi usta.

— Yo‘q, yo‘q, g‘urbat bo‘lmaydi, — dedi Voland, — endi hech ham qo‘rqinchli bo‘lmaydi. Xullas, Margarita Nikolaevna, hamma ish qilib bo‘lindi. Ayting-chi, menga biron e’tirozingiz bormi?

— Be, qo‘ysangiz-chi, nimalar deyapsiz, messir!

— Unda, mana bu mendan sizga esdalik bo‘lsin, — dedi Voland va yostiq ostidan hammayog‘iga olmos toshlar qadalgan kichkinagina oltin taqa oldi.

— Yo‘q, yo‘q, aslo, nima ish qilipman!

— Men bilan bahslashmoqchimisiz? — dedi Voland jilmayib.

Margarita, egnidagi plashning cho‘ntagi bo‘lmagani sababli, taqachani ro‘molchaga tugib oldi. Shunda bir hol uni tong qoldirdi. U to‘linoy yog‘du sochib turgan derazaga o‘girilib shunday dedi:

— Men bir narsaga hech tushuna olmayapman… Yarim tun bo‘lganiga ancha vaqt bo‘ldi-yu, ammo haliyam o‘sha-o‘sha yarim tun… nega bunday? Mening taxminimcha, allaqachon tong otgan bo‘lishi kerak edi.

— Bayram tunining bir oz uzaygani dilga ko‘p manzur bo‘ladi-da, — deb javob qildi Voland. — Xo‘p bo‘lmasa, sizlarga baxt tilayman.

Margarita tavallo qilmoqchi bo‘lganday qo‘llarini Voland tomon cho‘zdi, lekin unga yaqinlashishga jur’at etolmay, ohista dedi:

— Alvido! Alvido!

— Ko‘rishguncha xayr, — dedi Voland.

Shundan keyin Margarita qora plashda, usta esa kasalxona xalatida zargar bevasining sham yonib turgan dahliziga chiqishdi, bu yerda ularni Volandning mulozimlari kutib turishardi. Ular tashqariga chiqa boshlashdi, shunda Gella roman nusxalari bilan birga Margarita Nikolaevnaning buyumlari solingan chamadonni ko‘tarib oldi, mushuk unga ko‘maklashdi. Kvartira ostonasida Korovyov ta’zim bilan xayrlashib, ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi, qolganlar mehmonlarni zinadan kuzatib tusha boshladilar. Zina bo‘m-bo‘sh edi. Ular uchinchi qavatning maydonchasidan o‘tishayotganda bir nima «to‘p» etganday bo‘ldi, lekin bunga hech kim parvo qilmadi. Pod’ezd eshigiga yetishganda, Azazello tepaga qarab «puf» dedi, keyin hammalari oy hali mo‘ralamagan hovliga chiqishdi-yu, eshik oldida etik va kepka kiygan bir odamning dong qotib uxlab o‘tirganini ko‘rishdi. Bu yerda yana chiroqlari o‘chirilgan kattakon qora mashina turgan bo‘lib, uning old tomonidagi oynasidan rulda o‘tirgan qarg‘aning sharpasi g‘ira-shira ko‘rinardi.

Endi mashinaga chiqmoqchi bo‘lishganda Margarita birdan alam bilan ohista chinqirib yubordi:

— Voy o‘lmasam, taqani yo‘qotib qo‘yibman!

— Mashinaga o‘tiring, — dedi Azazello, — meni kutib turinglar. Xozir qaytaman, nima bo‘lganini bilib kelaman. — U pod’ezdga kirib ketdi.

Gap bu yoqda edi: Margarita bilan usta o‘z kuzatuvchilari bilan zargar bevasi kvartirasidan chiqishmasdan sal oldin, shu kvartira ostidagi 48-kvartiradan biton va sumka ko‘targan oriqqina bir ayol zina maydonchasiga chiqqan edi. Bu — chorshanba kuni g‘altak oldida pista yog‘i to‘kib yuborib, Berliozni baloga giriftor qilgan o‘sha Annushka edi.

Bu ayolning Moskvada nima bilan shug‘ullanishini, qanday mablag‘ hisobiga kun kechirishini shu paytgacha hech kim bilmagan, endi bundan keyin ham hech kim hech qachon bilolmasa kerak. Uning to‘g‘risida faqat shu narsa ma’lum edi: uni har kuni goh biton, goh sumka, gohida sumkayam, bitonam ko‘targan holda — yo neft do‘konida, yo bozorda, yo bo‘lmasa uy bostirmasi ostida, yo zinada, aksariyat payt esa o‘zi yashab turgan 48-kvartiraning umumiy oshxonasida ko‘rish mumkin edi. Bundan tashqari, odamlarga u haqda yana ham ko‘proq ma’lum bo‘lgan narsa shu ediki, Annushka paydo bo‘lgan hamma yerda o‘sha zahoti albatta janjal ko‘tarilardi, bundan tashqari uning laqabi ham «O‘lat» edi.

Annushka — O‘lat odatda juda barvaqt turar, bugun esa kallayi saharlab — soat bir bo‘lmasdan turib oldi. U kalit solib eshikni ochdi, oldin yo‘lakka boshini chiqarib qaradi, keyin o‘zi chiqdi. Eshikni yopib, endi ketishga shaylangan edi hamki, o‘zidan yuqori qavatda eshik taraqladi, kimdir zinadan pildirab tushib kelib, Annushkaga urilib ketdi, bu zarbadan Annushka gardani bilan devorga borib urildi.

— Qay go‘rga shoshyapsan bitta ichki ishtonda, kasofat? — deb chiyilladi Annushka og‘rigan gardanini changallagancha. Egniga faqat ichki ko‘ylak-ishtonu boshiga kepka kiygan, qo‘liga chamadon ko‘tarib olgan, ko‘zlari yumuq bu odam uyqusiragan dag‘al ovoz bilan javob qildi:

— Kolonka! Kuporos! Bitta oqlashning o‘ziga qancha sarf bo‘lgandi, — keyin u yig‘lab yuborib baqirdi: — Daf bo‘l! — Shundan keyin u zinadan pastga emas, yana orqaga — yuqoriga, ekonomist oynasini tepib sindirgan deraza oldiga yugurib chiqdi-da, oyog‘i osmondan bo‘lib shu deraza orqali hovliga uchib chiqib ketdi. Annushkaning og‘zi lang ochilib qoldi, u hatto gardanining og‘riyotganini ham unutib qo‘yib, o‘sha deraza oldiga otilib chiqdi. U qorniga yotib, boshini derazadan chiqardi: fonus yoritgan hovlida boyagi chamadon ko‘targan odamning chilparchin bo‘lib o‘lib yotganini ko‘raman deb o‘ylagan edi u. Ammo asfalt hovlida hech nima yo‘q edi.

Bu uyqusiragan alomat jonzod o‘zidan hech bir nom-nishon qoldirmay misoli qushday uchib ketiptida, deb taxmin qilishdan o‘zga iloj qolmadi. Annushka cho‘qinib olib, ko‘nglidan o‘tkazdi: «Ha, bu elliginchi kvartira aytganlaricha bor ekan! Odamlar bekorga gapirishmagan ekan! Ana kvartirayu mana kvartira!».

U shunday xayolga borib turganida tepadagi eshik yana taraqladiyu yana bir odam chopib tusha boshladi. Shunda afti bir oz cho‘chqaning tumshug‘iga o‘xshab ketsa ham, ammo soqol qo‘ygan va xiyla basavlat bir kishi o‘zini chetga olib devorga qisilib turgan Annushkaning yonidan «g‘iz» etib o‘tib, bu ham xuddi boyagi odam singari asfalt hovliga yiqilib o‘lishi mumkinligini o‘ylamay, o‘zini derazadan otdi. Annushka bugun uydan nima maqsadda chiqqanini ham unutib, zinada qoldi, u hadeb cho‘qinar, oh-voh qilar, o‘zi bilan o‘zi gaplashar edi.

Saldan keyin uchinchi odam (bunisi — soqol-mo‘ylovsiz, kulcha yuz, egniga ko‘krak burma keng ko‘ylak kiygan edi) yuqoridagi eshikdan otilib chiqib, u ham avvalgi kishi singari derazadan uchib chiqib ketdi.

Shuni ham aytish kerakki, Annushka o‘ziga yetgancha sinchkov edi, shunga ko‘ra, yana bironta yangi mo‘’jiza sodir bo‘lmasmikin, deb yana kutishga ahd qildi. Yuqori qavatdagi eshik yana ochiddi, bu safar zinadan bir talay odam tushib kela boshladi, lekin ular chopmasdan, hamma odamlar qatori bahuzur yurib tushishardi. Annushka deraza oldidan qochib, «g‘ir» etib o‘z eshigi oldiga chopib tushdi, shosha-pisha eshikni ochib, o‘zini uning panasiga oldi, shunda sal ochiq qoldirilgan eshik tirqishidan uning qattiq hayajonlangan sinchkov ko‘zi «lip-lip» chaqnadi.

Kasalliginiyam, kasalmasliginiyam bilib bo‘lmaydigan, rangi bo‘zday oqargan, soqol-mo‘ylovi o‘sib ketgan, egniga allaqanday xalat, boshiga qora shapkacha kiygan g‘alati bir odam bazo‘r qadam qo‘yib tushib kelardi. Yelkasiga qora rido tashlagan (nim qorong‘ida Annushkaning ko‘ziga shunday ko‘ringan edi) bir xonim haligi odamni ehtiyotlab qo‘ltiqlab olgandi. Xonim yalangoyoqmidi, yo oyog‘iga qandaydir juda yaltiroq, yirtilib tilka-tilka bo‘lib ketgan (chet elniki bo‘lsa kerak) tufli kiyganmidi — buni aniq aytish qiyin. Voy sharmanda-e. Tuflini gapirasiz-a! Axir bu oyimcha qip-yalang‘ochu! Ha-da, yalang‘och yelkasiga jubba tashlab olipti, xolos! «Jin tekkanmi o‘zi bu kvartiraga, nima balo?» Ertaga qo‘shnilariga og‘iz ko‘pirtirib so‘zlab beradigan gap topilganidan Annushka ich-ichidan quvonardi..

G‘aroyib libosdagi bu xonimcha orqasidan qo‘liga chamadoncha ko‘targan mutlaqo qip-yalang‘och boshqa bir xonimcha tushib kelar, chamadon yonida esa xirsday keladigan bir qora mushuk g‘ivirsirdi. Annushka ko‘zlarini ishqalarkan, hayratdan chinqirib yuborishiga sal qoldi.

Hammadan orqada pakana, g‘ilay ko‘z, egiiga oq iimcha kiyib, bo‘yniga galstuk bog‘lagan bir ajnabiy oqsoqlanib tushib kelardi. Ularning hammasi Dtshushkaning eshigi yonidan o‘tib, pastga tusha boshladi. Ular maydonchadan o‘tishayotganda bir nima to‘q» etdi. Oyoq tovushlarining tina boshlaganini eshitgan Annushka etagidan xuddi ilondek sirg‘alib chikdi, bitonini devor tagiga qo‘yib, qorni bilan maydonchaga yotdi-da, hammayoqqa qo‘l cho‘zib timirskilana boshladi. Mana, qo‘liga og‘ir bir narsa o‘ralgan ro‘molcha ilindi. Annushka ro‘molchani ochib, qimmatli topilmani u ko‘ziga yaqin olib borgan edi, ko‘zi naq och bo‘riniki singari yona boshladi. Annushkaning miyasida quyun ko‘tariddi: «Hech narsa bilmayman! Hech narsa ko‘rganim ham, eshitganim ham yo‘q! Jiyanimnikiga olib borsammikin? Yo arralab bo‘lak-bo‘lakka ajrataymi? Olmos toshlarni kavlab olsam ham bo‘ladi… Keyin ularni bitta-bittadan pullayveraman: birini Petrovka bozorida, yana birini Smolenskiy bozorida… Xullas, hech narsa ko‘rmadim, hech narsa eshitmadim, hech narsa bilmayman!».

Annushka topilmani qo‘yniga yagpirib, bitonini qo‘liga oldi-da, shaharga chiqish rejasidan voz kechib, o‘z kvartirasiga «ship» etib kirib ketmoqchi bo‘lgan edi, ro‘parasida birdan boyagi oq nimcha kiygan odam (osmondan tushganiniyam, yerdan chiqqaniniyam hech kim bilmaydi) paydo bo‘ldi va sekingina pichirladi:

— Qani, cho‘z ro‘molchaga o‘ralgan taqachani.

— Voy, qanaqa taqacha, qanaqa ro‘molcha? — deb so‘radi Annushka ustalik bilan o‘zini go‘llikka solib, — hech qanaqa ro‘molchani bilmayman. Nima balo, grajdanin, mastmisiz deyman?

Oq nimcha kiygan ajnabiy ortiq churq ham etmay o‘zining xuddi avtobusning tutqichiga o‘xshagan qattiq va sovuq barmoqlari bilan Annushkaning bo‘yniga chang solib, uni xippa bo‘g‘di. Annushkaning qo‘lidan bitoni tushib ketdi. Nimcha kiygan ajnabiy bir necha fursat Annushkaning nafas yo‘lini shu tarzda bo‘g‘ib turib, so‘ng qo‘lini uning bo‘ynidan oldi. Annushka entikib-entikib nafas olgach, jilmayib dedi:

— E-e, taqacha deng? Mana, hozir! Siznikimidi bu taqacha? Qarasam, yerda ro‘molchaga o‘rog‘liq yotipti… Men, yana bitta-yarimta ilib ketmasin, deb ataylab yashirib qo‘ydim, birov ilib ketsa bormi, ikki dunyoda ham topa olmasdingiz!

Ajnabiy ro‘molchaga o‘ralgan taqachani olgach, Annushkaga quyuq ta’zim qilib, qo‘lini mahkam sikdi, chet elliklarga xos talaffuz bilan unga qizg‘in minnatdorlik bildira boshladi:

— Sizdan behad minnatdorman, madam. Bu taqacha yodgorlik sifatida qadrli men uchun. Binobarin, buni asrab qolganingiz uchun ijozatingiz bilan sizga ikki yuz so‘m mukofot bersam. — Shunday deb u darhol nimchasining cho‘ntagidan pul chiqarib, Annushkaga uzatdi.

U zo‘rma-zo‘raki jilmayarkan, nuqul:

— O, chin qalbimdap tashakkur aytaman sizga! — deb chiyillardi. — Mersi! Mersi!

Saxovatli ajnabiy bir sakrashning o‘zida zinaning keyingi maydonchasiga tushdi, lekin butkul ko‘zdan g‘oyib bo‘lishidan oldin pastdan turib (endi talaffuzsiz) qichqirdi:

— Sen, jodugar kampir, agar bundan keyin yana birovning buyumini yerdan topsang, qo‘yningga yashirmasdan, darrov militsiyaga topshir!

Zinada sodir bo‘lgan bu hodisalardan miyasi g‘ovlab, tinimsiz g‘uvillayotganini his qilgan Annushka yana ancha mahalgacha beixtiyor qichqirishda davom etdi:

— Mersi! Mersi! Mersi! — ammo ajnabiyning allaqachon qorasi o‘chgan edi.

Endi hovlida mashina ham yo‘q edi. Azazello Volandning sog‘asini Margaritaga qaytarib bergach, yaxshi joylashib o‘tirdingizmi, deb so‘radi va u bilan xayrlashdi. Gella esa xayrlashuv oldidan Margaritani cho‘lpillatib o‘pdi, mushuk uning qo‘lini o‘pib xayrlashdi, kuzatuvchilar o‘rindiqning bir burchagida jonsiz jasaddek «qilt» etmay o‘tirgan usta bilan qo‘l silkishib xayrlashishdi, keyin qarg‘aga ham qo‘l silkishdiyu o‘zlaripi urintirib zinadan chiqib borishni xohlamay, shu zahoti havoda erib g‘oyib bo‘lishdi. Qarg‘a mashina chiroqlarini yoqib, uni soqchilik qilayotgan odam dong qotib uxlab o‘tirgan bostirma ostidan haydab chiqdi. Shundan keyin bu ulkan qora mashinaning chiroqlari sershovqin va bedor Sadovaya ko‘chasidagi behisob chiroqlarga qorishib, ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi.

Yana bir soatdan keyin Margarita Arbatga tutashgan tor ko‘chalarning biridagi mo‘jazgina uy podvalining birinchi xonasida (bu yerdagi hamma narsa o‘tgan yilgi kuzning o‘sha dahshatli tuniga qadar qanday bo‘lgan bo‘lsa, shundayligicha qolgan edi) duxoba dasturxon yozilib, ustiga soyabonli lampa, lampa yoniga marvaridgul solingan guldon qo‘yilgan stol ortida o‘tirar va boshiga tushgan hayajonu baxtdan tovushsiz yig‘lardi. Uning qarshisida olov yamlab tashlagan daftar yotar, bu daftar yonida qo‘l tegmagan bir dasta daftar taxlanib turardi. Butun uy sukutta tolgan. Qo‘shni xonadagi divanda ustiga kasalxona xalati yopilgan usta bir me’yorda tovushsiz nafas olib mast uyquda yotardi.

Margarita yig‘lab-yig‘lab yuragini bo‘shatgach, qo‘l tegmagan daftarlarni o‘qishga kirishdi. U Kreml devori ostida Azazello bilan uchrashishidan oldin uyida qayta-qayta o‘qigan joyni topdi. Margaritaning uxlagisi kelmasdi. U qo‘lyozmani xuddi yoqimtoy mushukni silaganday silar, uni har tomonini aylantirib tomosha qilarkan, dam uning zarvarag‘iga tikilib qolar, dam orqa betiga ko‘z tashlardi. Shunda birdan uning ko‘ngliga, bularning hammasi bir jodugarlik, hozir bu daftarlar g‘oyib bo‘ladiyu o‘zimni yana uyim yotoqxonasida ko‘raman, ana unda uyqudan uyg‘ongan zahotim suvga cho‘kib o‘lish uchun daryo bo‘yiga borishimga to‘g‘ri keladi, degan dahshatli fikr keldi. Lekin bu eng so‘nggi dahshatli fikr bo‘lib, u Margarita uzoq vaqt o‘z boshidan kechirgan og‘ir iztiroblarning aks-sadosi edi. Hech nima g‘oyib bo‘lmadi, iqtidorli Voland chindan ham qudratli ekan, Margarita ko‘ngliga siqqancha, hattoki tong otgunga qadar ham daftarlarni varaqlab, ularga ko‘z yugurtirib, sahifalarini o‘pib, undagi so‘zlarni qayta-qayta o‘qib o‘tirishi mumkin edi:

— O‘rtaer dengizi yoqdan bostirib kelgan zulmat prokuratorga manfur bo‘lgan shaharni burkab oldi… Ha, O‘rtaer dengizi….

Yigirma beshinchi bob PROKURATORNING KIRIAFLIK IUDANI QUTQARMOQCHI BO‘LGANI

O‘rtaer dengizi yokdan bostirib kelgan zulmat prokuratorga manfur bo‘lgan shaharni burkab oldi. Jomeni dahshatli Antoniy minorasi bilan ulagan muallaq ko‘priklar g‘oyib bo‘ldi, osmondan tushgan quyuq zulmat hippodrom uzra qanot yozgan ma’budlarning haykallarini, Xasmoney qasrini va uning shinaklarini, bozorlarni, karvonsaroylarni, ko‘chalar va hovuzlarni qamrab oldi… Azim shahar — Yershalaim go‘yo hech qachon dunyoda bo‘lmaganday ko‘zdan yo‘qoldi. Yershalaim va unipg atrofida tirik jon borki, hammasiga zulmat tahdid soldi va bitta qo‘ymay yutib yubordi. Bahorgi nison oyining o‘n to‘rtinchi kuni kechki payt dengiz tomondan juda alomat bulut bostirib kelgan edi.

Bulut Taqir Boshchanoqni — jallodlar qatllarga shosha-pisha nayza sanchib o‘ldirayotgan o‘sha Taqir Tepani — butkul burkab oldi. U yana ayni paytda Yershalaimdagi jomeni ham chulg‘ab oldi, so‘ng u joylashgan tepalikdan misoli tutundek burqsab oqib tushib, Quyi Shaharni ham butkul qamradi. U uy darchalaridan oqib kirar va qing‘ir-qiyshiq ko‘chalarda yurgan odamlarni uy-uylariga quvib kiritardi. U o‘z obi-rahmatini quyishiga shoshilmas, hozircha faqat shu’la sochardi. Chaqmoq chaqilib, qora bo‘tqani eslatuvchi bulutni chok qilishi bilan quyuq zulmat og‘ushidan tomi baliq tangalarini eslatuvchi jomening xmahobatli qomati qad ko‘tarardi. Lekin chaqmoq bir zumda so‘nardiyu jome yana zulmat qa’riga g‘arq bo‘lardi. Jome binosi shu zayl bir necha taqir zulmat qo‘ynidan otilib chiqib, yana shu zulmatga sho‘ng‘idi, lekin uning har sho‘ng‘ishini momaqaldiroq mudhishona gumburlab kuzatdi…

Jala kutilmaganda sharros quyib yubordi, shunda momaqaldiroqdan quyun vujudga keldi.

Prokurator bilan hazrati buzruk boya choshgohda suhbat qurgan bog‘dagi marmar o‘tirg‘ich yonida hozir misoli zambarakdek gumburlagan yashin bir tup sarv daraxtini xuddi bir cho‘pdek cho‘rt sindirdi. Bo‘ron ustunlar poyiga — balkonga yomg‘ir va do‘l bilan birga atirgullaru magnoliya yaproqlarini uzib, shox-shabbalar va qum to‘zoni bilan uchirib kelardi.

Bu mahal ustunlar poyida faqat bir kishi bor edi, u ham bo‘lsa prokurator edi.

Endi u kresloda o‘tirmas, balki chorpoyada yonboshlab yotardi, chorpoya oldida turgan xontaxtaga turli noz-ne’matlaru may to‘ldirilgan ko‘zalar qo‘yilgan edi. Xontaxtaning narigi tomonida ikkinchi chorpoya bor edi. Prokuratorning oyog‘i ostida qizil ko‘lmak bo‘lib, u qonni eslatar, shu ko‘lmakda singan ko‘zaning sopolaklari yotardi. Boya momaqaldiroq oldidan prokurator uchun dasturxon tuzayotgan xizmatkor sohibining qattiq tikilib qaraganidan negadir esankirab qolgan va xo‘jamning ko‘nglini topolmadim chog‘i, deb bezovta bo‘la boshlagan edi, shunda prokuratorning achchig‘i chiqib may ko‘zasini koshinkor polga urib chilchil qilgan va xizmatkorga:

— Nega uzatayotganingda ko‘zimga qaramaysan? Nima, biron nima o‘g‘irladingmi? — deb o‘dag‘aylab bergan edi.

Afrikalik xizmatkorning qop-qora yuzi shunda ko‘karib ketgan, ko‘zlarida dahshat alomatlari paydo bo‘lgan edi, u dag‘-dag‘ qaltirab sal bo‘lmasa ikkinchi ko‘zani ham sindirib qo‘yardi-yu, biroq prokuratorning g‘azabi qanchalik tez qaynagan bo‘lsa, shunchalik tez so‘ngan edi. Afrikalik apir-shapir sopolaklarni yig‘ishga va ko‘lmakni artishga kirishgan edi, lekin prokurator qo‘l siltadi va qul bu yerdan g‘izillab chiqib ketdi. Ko‘lmak artilmay qoldi.

Endi, bo‘ron paytida, afrikalik qul prokuratorning ko‘ziga bevaqt tashlanishdan qo‘rqib va ayni paytda u chaqirgan chog‘da g‘aflatda qolishdan xavfsirab, boshini xam qilgan yalang‘och ayolning oppoq haykali o‘rnatilgan kamgak yerda biqinib o‘tirardi.

Rutubatli nim qorong‘i kunda chorpoyada yonboshlab yotgan prokurator qadahga o‘zi may quyar, uni qultum-qultum qilib uzoq vaqt ichar, onda-sonda non olib, uni ushatar, kichik-kichik tishlab yer, ahyon-ahyonda ustritsa so‘rar, limon chaynar va yana may ichardi.

Agar sharillab yog‘ayotgan jala, qasr tomini majaqlab yuborgudek dag‘dag‘ali qaldirayotgan momaqaldiroq, balkon pillapoyalariga taraqlab yog‘ayotgan do‘l bo‘lmaganda prokuratorning o‘zicha nimalarnidir g‘o‘ldirayotganini eshitsa bo‘lardi. Agar beqaror samoviy chaqmoq barqaror shu’laga aylanganida bormi, prokuratorni kuzatayotgan odam uning so‘nggi kunlardagi bedorligi va ko‘p may ichganligi oqibatida yallig‘langan ko‘zlarida sabrsizlik aks etayotganini, uning nainki qizil ko‘lmakka botgan ikki dona oq atirgulga, balki yemg‘ir savalab, qum uchqunlarini uchirib kelayotgan bog‘ tomonga dam-badam yuz o‘girayotganini, kimnidir betoqat kutayotganini ko‘rardi.

Oradan birmuncha vaqt o‘tdi, sharros quyayotgan yomg‘ir pardasi prokuratorning ko‘zi oldida yupqalasha boshladi. Quyun naqadar purshiddat bo‘lmasin, u ham ancha hovuridan tushdi. Daraxtlarning quruq shoxlari endi shitirlamay, to‘kilmay qo‘ydi. Momaqaldiroq sadosi, chaqmoq chaqini siyraklashdi. Endi Yershalaim uzra oq hoshiyali binafsha rang choyshab emas, balki eng so‘nggi oddiy kul rang bulutlar suzib o‘tardi. Momaqaldiroq O‘lik dengiz tomon ravona bo‘lgan edi.

Endi yomg‘ir shovqinini ham, tarnovlardan oqayotgan suvning sharillashini ham, xalqqa hukmni e’lon qilish uchun prokurator ertalab maydonga tushib borgan zinalardan shovullab oqayotgan jilg‘aning ovozini ham aniq eshitish mumkin edi. Nihoyat, shu topgacha bo‘ron va momaqaldiroq bosib yuborgan favvoraning shildirashi ham aniq eshitila boshladi. Kun yorishdi. Sharq tomon uchib ketayotgan bulut pardasi orasidan ko‘m-ko‘k samoviy darchalar ochildi.

Shu mahal, endi ohista sevalab yog‘ayotgan yomg‘irning chakillashi orasidan prokuratorning qulog‘iga olisdan karnaylarning, yuzlab otlarning tuyoq tovushi elas-elas eshitildi. Prokurator buni eshitib, o‘rnida bir qo‘zg‘alib qo‘ydi, uning chehrasi xiyla yorishdi. Otliq qo‘shin Taqir Tepadan qaytayotgan edi, hozir u, tuyoq tovushlariga qaraganda, hukm e’lon qilingan maydondan o‘tayotgan edi.

Nihoyat prokurator bog‘ning yuqori ayvoniga olib chiquvchi zinada, rovon bo‘sag‘asida o‘zi ko‘pdan kutgan oyoq tovushini eshitdi. U bo‘ynini cho‘zib qarab, ko‘zlari quvonchdan chaqnab ketdi.

Zinaning ikki yonboshiga o‘rnatilgan ikki marmar sher oralig‘ida eng oldin qaytarma qalpoqli bosh, keyin jiqqa ho‘l plashi badaniga chippa yopishgan bir odam ko‘rindi. Bu — hukmni e’lon qilish oldidan qasrning qorong‘ilatilgan xonasida prokurator bilan pichirlashgan, keyin qatl paytida uch oyoqli kursida o‘tirib, cho‘p bilan yer chizgan o‘sha odam edi.

Bu odam ko‘lmaklarni kechib bog‘ sahnini tik kesib o‘tdi, koshinkor rovonga qadam qo‘ydi va qo‘lini ko‘tarib, yoqimli yangroq ovoz bilan dedi:

— Prokurator omon bo‘lsin, hamisha shodmon bo‘lsin, — u lotin tilida gapirdi.

— Yo tangrilar! — deb yubordi Pilat, — rosa ivib ketibsiz-u! Bo‘ronni qarang-a! Qalay? Darhol mening xosxonamga kirishingizni iltimos qilaman. Lutf qiling, libosingizni almashtiring.

Kelgan odam boshidan qaytarma qalpoqni yechgan edi, jiqqa ho‘l sochlari peshonasiga yopishib qolgani ma’lum bo‘ldi, u o‘zining silliq chehrasida tavajjuh hosil qilib, kiyimini almashtirishdan bosh tortdi va yomg‘ir unga hech bir ziyon yetkazmasligini uqdira boshladi.

— Eshitishni ham istamayman, — dedi Pilat va chapak chalib o‘zidan qochib o‘tirgan xizmatkorlarni chaqirdi-da, mehmonga qarashni, so‘ngra darhol issiq ovqat tortishni buyurdi. Mehmonning sochini quritishi, boshqa libos, poyabzal kiyishi va umuman o‘zini tartibga keltirib olishi uchun juda oz vaqt kerak bo‘ldi. Bir zumdan keyin u quruq shippak, qirmizi harbiy nlash kiyib, sochlarini silliq tarab balkonga chiqdi.

Bu payt Yershalaim uzra yana quyosh charaqlagan, O‘rtaer dengiziga botishidan oldin prokurator xush ko‘rmagan shaharga bugun so‘nggi marta vidolashuv nurini yo‘llab, balkon pillaioyalariga zarrin rang baxsh etgan edi. Favvoraga qayta jon kirib, baralla kuylay boshladi, kabutarlar yana qum sepilgan yo‘lkalarga uchib tushishib, singan shoxchalar ustidan sakrasharkan, «hu-hu» lashib, ho‘l qumdan nimalarnidir topib cho‘qishardi. Qizil ko‘lmak endi artilgan, sopolaklar terib olingan, xontaxtadagi bir tovoq pishgan go‘shtdan bug‘ chiqardi.

— Prokuratorning amrini eshitishga muntazirman, — dedi mehmon xontaxtaga yaqin kelarkan.

— To men bilan o‘tirib may ichmaguningizcha hech nima eshitmaysiz, — dedi Pilat nazokat bilan va uni ikkinchi chorpoyaga taklif qildi.

Kelgan odam chorpoyaga yonboshladi, xizmatkor uning kadahiga quyuq qizil sharob quydi. Ikkinchi xizmatkor esa Pilatning yelkasi osha ehtiyotlik bilan engashib, uning qadahini to‘ldirdi, Shundan so‘ng prokurator bir imo bilan ikkinchi qulni jo‘natib yubordi. kelgan odam tanovul bilan band ekan, Pilat maydan huplab-ho‘plab, qisiq ko‘zlari bilan mehmonni kuzatib yotdi. Mehmon o‘rta yoshlardagi odam bo‘lib, istarasi issiq, kulcha yuzi tarovatli, burni go‘shtdor edi. Sochining qanday rangda ekanligini aniq aytish qiyin edi. Xozir, quriy boshlagach, u sarg‘ish tusga kirayotgan edi. Uning qaysi millatga mansubligini ham aniqlash mushkul edi. Chehrasidagi asosiy belgi xushmuomalalik desa ham bo‘lardi-yu, biroq ko‘zlari, aniqrog‘i, ko‘zlari ham emas, balki o‘z suhbatdoshiga tikilib qarash tarzi chehrasidagi o‘sha xushmuomalalikka putur yetkazardi. U bitko‘z bo‘lib, odatda, sal shishinqiragandek ko‘rinuvchi g‘ayrioddiy qovoqlari ostidan beozor mug‘ambirlik bilan boqardi. Chamasi, mehmon mutoibaga moyil edi. Biroq bu mutoiba uchquni o‘qtin-o‘qtin ko‘zlaripi mutlaqo tark etib, u qovoqlarini ko‘tarar, ko‘zlarini katta ochib, go‘yo suhbatdoshining burni uchidagi ko‘z ilg‘amas biron dog‘ni tez ko‘rib olmoqchi oo‘lganday, unga dabdurustdan qattiq tikilardi. Lekin bu tikilish bir lahzagina davom etib, qovoqlar yana gushar, ko‘zlar qisilib, ularda muloyimlik va mug‘ambirona idrok uchquni porlay boshlardi.

Mehmon ikkinchi qadahga ham moyillik bildirdi, bir nechta ustritsani oshkora lazzat bilan laqqa-laqqa yutib yubordi, sabzavot dimlamasidan tatib ko‘rdi, go‘shtdan ham bir bo‘lagini olib yedi.

Qorni to‘ygach mayni maqtadi:

— A’lo nav uzum, prokurator, lekin bu — «Falerno» bo‘lmasa kerak?

— «Sekuba», o‘ttiz yillik, — lutfan javob qildi prokurator.

Mehmon qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib, qorni to‘yganligini aytdi va minnatdorchilik bildirdi. Shunda Pilat o‘z qadahiga may to‘ldirdi, mehmon ham shunday qildi. Ikkovlari o‘z qadahlaridan go‘sht solingan laganga bir oz may paymo qildilar, keyin prokurator qadahini ko‘tarib, baralla ovoz bilan dedi:

— Biz uchun hamda jahonda eng aziz va mo‘tabar inson, rimliklar padari bo‘lmish buzruk qaysar, sen uchun!

Shundan so‘ng ular qadahlarni oxirigacha sipqordilar, afrikalik qullar xontaxta ustidagi taomlarni yig‘ishtirib olib chiqib ketishdi, bu yerda faqat ho‘l mevalaru ko‘zalarda sharob qoldi. Prokurator yana bir imo bilan xizmatkorlarni ketqazib yubordi va ustunlar poyida — rovonida endi o‘z mehmoii bilan qoldi.

— Xo‘sh, — deb ohista gap boshladi Pilat, — bu shahar aholisining kayfiyati haqida qanady fikrdasiz?

Shunday deb u nigohini beixtiyor shiyponning nariyog‘iga, oftobning so‘nggi shu’lalariga g‘arq bo‘lgan pastlikdagi ustuilarga, uylarning yassi tomlariga qaratdi.

— Taxminimcha, prokurator, — deb javob qildi mehmon, — Yershalaimdagi hozirgi kayfiyat qoniqarli.

— Demak, betartiblik endi tahdid solmaydi, deb ishonsa bo‘ladi?

— Faqat, — deb javob qildi mehmon prokuratorga muloyim nigoh tashlarkan, — dunyoda bir narsaga — buyuk qaysarning qudratiga ishonsa bo‘ladi.

— Tangrilar uning umrini ziyoda qilsin, — deb shu zahoti gapni ilib ketdi Pilat, — davlatiga osoyishtalik ato etsin. — U bir zum sukut saqlab, so‘ng davom etdi: — Demak, sizning fikringizcha, endi qo‘shinni olib ketsa bo‘ladi?

— Menimcha, Shiddatli legion qohortasi ketsa bo‘ladi, — deb javob qiddi memon, so‘ng ilova qildi: — Lekin xayrlashuv oldidan shahar ko‘chalaridan tantanavor marsh qilib o‘tsa yomon bo‘lmasdi.

— Juda yaxshi fikr, — deb ma’qulladi prokurator, — ertadan keyin men u qohortaga javob beraman, o‘zim ham jo‘nab ketaman, sizga o‘n ikki xudo jamoasi haqqi, ajdodlarimiz ruhi haqqi, ont ichib aytamanki, shu ishimni shu bugun bajarish uchun yarim davlatimni baxshida qilishga ham rozi edim.

— Prokurator Yershalaimni xush ko‘rmaydilarmi? — muloyim ohangda so‘radi mehmon.

— Nimasini aytasiz, — dedi prokurator jilmaygancha, — dunyoda bundan nobobroq joy yo‘q. Iqlimi haqida-ku gapirmasam ham bo‘ladi. Har gal bu yerga kelganimda tobim qochadi. Lekin buyam baharnav. Bu yerning hayit-bayramlarini aytmaysizmi — kohinlar, s yehrgarlar, afsungarlar, gala-gala ziyoratchilar… Mutaassiblar, mutaassiblar! Bitta masiho g‘alvasi qancha gashvishga qo‘ydi — tavba, nega endi kelib-kelib uni shu bu yil zohir bo‘ladi deb kuta boshlashdi-ya? Eng ko‘ngilsiz xunrezliklarning shohidi bo‘laman deb har daqiqa yurak hovuchlab turasan. Qo‘shinlarni muttasil joydan-joyga ko‘chirish, yarmidan ko‘pi o‘z ustingdan yozilgan chaquvlar, g‘iybatlarni o‘qish! Hammasi yurakni ziq qiladigan ishlar, shunday emasmi? O, agar imperator xizmatida bo‘lmaganimdami!..

— To‘g‘ri, bu yerdagi bayramning daxmazasi ham oor, — deb e’tirof etdi mehmon.

— O, koshkiydi shu baytalmon bayram tezroq tugay qolsa, — ilova qildi Pilat ancha jonlanib. — Unda men nihoyat Qaysariyaga qaytish imkoniyatiga ega bo‘lardim. Ishonasizmi, Irodning manavi bema’ni inshooti, — prokurator qo‘lipi ustunlar yoqalab olisga cho‘zgan edi, uning qasr haqida gapirayotgan cha’lum bo‘ldi, — meni tamomila jinni qilib ko‘ymoqda. Men u yerda tunay olmayman. Dunyoda bunaqa betayin inshoot bo‘lgan emas. Hay, asosiy gapga qaytaylik. Avval ayting-chi, anavi la’nati Varravvan sizni xavotirga solmayaptimi?

Shu chog‘ mehmon o‘zining o‘sha maxsus nigohini prokuratorning yonog‘iga qaratdi. Lekin u aftini burishtirib, uzoqqa — o‘z poyi ostidagi shahrining shimolda xiyla xiralashgan qismiga erinchoqlik bilan tikilardi. Mehmonning nigohi yana so‘nib, qovoqlari osiddi.

— Endi Var musichadek beozor bo‘lib qolgan, deb bemalol aytish mumkin, — dedi mehmon kulcha yuzida ajinlar paydo bo‘lib. — Endi u isyon ko‘tarishga iymanadi.

— Shunchalik mashhurmi u? — deb so‘radi Pilat miyig‘ida kulib.

— Prokurator, har safargidek, masalaning nozik jihatini yaxshi fahmladilar!

— Lekin harna bo‘lganda ham, — dedi prokurator tashvishli ohangda va qora ko‘zli uzuk taqilgan ingichka, uzun barmog‘ini yuqori ko‘tarib, — yo‘lini qilish kerak…

— O, prokurator xotirjam bo‘lsinlar, kamina Iudeyada ekanman, Varravan bizning nazoratimizsiz bir qadam ham jila olmaydi.

— Endi ko‘nglim tinchidi, sirasini aytganda, siz shu yerda bo‘lganingizda hamisha tinchman.

— Siz behad saxovatlisiz, prokurator!

— Endi qatl haqida so‘zlab bering, — dedi prokurator.

— Sizni aynan nima qiziqtiradi?

— Olomon norozilik bildirishga urinmadimi? Eng muhim shu, albatta.

— Mutlaqo, — deb javob qildi mehmon.

— Juda yaxshi. Mahbuslarning o‘lganligini o‘zingiz aniqladingizmi?

— Bunga imoningiz komil bo‘lsin, prokurator.

— Ayting-chi… ularni ustunlarga osish oldidan ichimlik berildimi?

— Ha. Lekin u, — shunday deb mehmon ko‘zini yumdi, — ichishdan bosh tortdi.

— Kim u? — deb so‘radi Pilat.

— Afv eting, igemon! — dedi mehmon, — ismini aytmadimmi? Ha-Notsri.

— Ovsar! — dedi Pilat, negadir aftini burishtirib. Uning chap ko‘zi osti ucha boshladi, — oftobda jizg‘anak bo‘lib o‘lishni afzal ko‘ripti. Qonun yo‘l bergan narsadan bosh tortishning nima hojati bor ekan? Nima deb vaj qildi?

— U, — yana ko‘zini yumib turib javob qildi mehmon, — minnatdorlik bildirdi va jonini olayotganlari uchun ayblamasligini aytdi.

— Kimni ayblamasligini? — bo‘g‘iq ovoz bilan so‘radi Pilat.

— Buni aytmadi, igemon.

— Navkarlar oldida va’z qilishga urinmadimi?

— Yo‘q, igemon, u yerda u nihoyatda kamsuxan edi. Bor-yo‘g‘i bitta gap aytdi; odamzodga mansub illatlar ichida eng marazi qo‘rqoqlikdir, — dedi.

— Bu gapi bilan nimaga shama qildi? — degan sovuq ovoz eshitildi birdan mehmonning qulog‘iga.

— Buni aniqlab bo‘lmadi. U, umuman, har doimgiday o‘zipi juda g‘alati tutdi.

— G‘alatiligi nimadan iborat bo‘ldi?

— U doim atrofdagi odamlarning ko‘ziga tikilib qarashga urindi va mudom parishonxotir jilmayib gurdi.

— Bor gap shumi? — deb so‘radi xirillagan ovoz.

— Bora gap shu.

Prokurator o‘ziga may quyaturib, qadahni «do‘q» etib qo‘ydi. Keyin uni bir ko‘tarishda oxirigacha siiqordi-da, shunday dedi:

— Gap bunday: garchi biz — loaqal bugungi kunda — uning biron-bir muxlisi yoki izdoshini topa olmasak ham, baribir, undaylar mutlaqo yo‘q deb kafolat bera olmaymiz.

Mehmon boshini egib, diqqat bilan quloq solar edi.

— Shunga ko‘ra, bironta tasodifiy holning oldini olish maqsadida, — deb gapida davom etdi prokurator, — zudlik bilan, hech qanday tovush chiqarmay uchala qatlning jasadini yer yuzidan yo‘q qilishingizni va ularni imi-jimida, hech qanday nom-nishon qoldirmay ko‘mdirib tashlashingizni iltimos qilaman.

— Bosh ustiga, igemon, — dedi mehmon o‘rnidan turarkan, so‘ng ilova qildi: — Vazifa murakkab va mas’uliyatli bo‘lgani sababli, ruxsat eting, darhol yo‘lga tushay.

— Yo‘q, yana bir oz o‘tiring, — dedi Pilat qo‘l ishorasi bilan mehmonni yo‘ldan to‘xtatib, — yana ik-kita masala bor. Ikkinchisi — sizning Iudeya prokuratori huzurida maxfiy xizmat boshlig‘i lavozimidek eng mashaqqatli ishda ko‘rsatgan ulkan xizmatlaringiz, ko‘rsatayotgai faoliyatingiz to‘g‘risida Rimda bayonot berishdek imkoniyatga musharraf bo‘lganimdan baxtiyorman.

Mehmonning yuzi cho‘g‘dek qizarib ketdi, u o‘rnidan turib prokuratorga ta’zim qilarkan, dedi:

— Kamina imperator xizmatidagi o‘z burchimni ado etmokdaman, xolos!

— Vale, men sizdan shuni iltimos qilmoqchimankim, — deb davom etdi igemon, — basharti sizga bu yerdagidan kattaroq lavozim taklif etib, boshqa joyga jo‘natmoqchi bo‘lsalar, u lavozimdan bosh tortib, shu yerda qolishga harakat qiling. Men sizdan ajralishni zinhor-bazinhor istamayman. Yaxshisi, sizni boshqacha tarzda taqdirlasinlar.

— Sizning qo‘l ostingizda xizmat qilish men uchun katta baxt, igemon.

— G‘oyat xursandman. Endi, uchinchi masala. Bu masala anavi… kiriaflik Iudaga taallukli.

Shu yerga kelganda mehmon yana prokuratorga bir lahza qattiq tikilib, so‘ng yana qovoqlarini o‘yib oldi.

— Eshitishimcha, — ovozini pastlatib davom etdi prokurator, — u anavi telba faylasufni o‘z uyida quchoq ochib kutib olgani uchun pul olganmish.

— Oladi, — maxfiy xizmat boshlig‘i ohista tuzatish kiritdi Pilatning gapiga.

— Ko‘pmi?

— Buni hech kim bilmaydi, igemon.

— Hatto siz hammi? — dedi igemon xushomadona hayrat bilan.

— Taassufki, men ham, — bamaylixotir javob qildi mehmon, — lekin men o‘sha pulni shu bugun kechqurun olishini bilaman. Bugun uni Kaifaning qasriga chaqirtirishdi.

— Obbo, kiriaflik xasis chol-e, — dedi prokurator jilmayib, — chol bo‘lsa kerak-a u?

— Prokurator hech qachon yanglishmaydilar, biroq bu safar xatoga yo‘l qo‘ydilar, — nazokat bilan javob qildi mehmon, — Kiriafdan kelgan u odam yosh yigit.

— Qarang-a! Siz uni ta’riflab bera olasizmi? Mutaassibdir?

— Yo‘q, aslo, prokurator.

— Durust. Yana nima bilasiz?

— Husnda barkamol.

— Yana? Balkim, biron narsaga ishqibozdir?

— Bu ulkan shaharda hammani mufassal o‘rganib chiqish g‘oyat mushkul, prokurator…

— E, yo‘q, yo‘q! Afraniy! Kamtarlik qilmang!

— U bir narsaga hirs qo‘ygan, prokurator. — Mehmon bir lahzalik sukutga toldi. — Pulni yaxshi ko‘radi.

— O‘zining kasbi nima?

Afraniy ko‘zini yuqoriga tikib, o‘ylab turdi, so‘ng javob berdi.

— U o‘z xeshlaridan birining sarroflik do‘konida xizmat qiladi.

— Shunaqa deng, hay, hay, hay. — Shunday deb prokurator jim bo‘lib qoldi, balkonda hech kim yo‘qmikin degandek, atrofga nazar tashladi, so‘ng ovozini pastlab dedi: — Gap bu yokda ekan-da — menga bugun yetkazishdi, uni bugun kechasi pichoqlab ketisharmish. Shunda mehmon qovoqlarini ko‘tarib, prokuratorga har galgidan ko‘proq tikilib qoldi, so‘ng javob qildi:

— Siz meni boya judayam maqtab yuborgan edingiz, prokurator. Ma’lum bo‘ldiki, men haqimda Rimda maqtov so‘z aytishingizga munosib emasmen. Zero bu gaplardan men g‘ofilmen.

— Siz eng oliy mukofotga loyiqsiz, — deb javob qildi prokurator, — lekin bu ma’lumotlar chindan ham mavjud.

— So‘rashga ijozat bering, kim olib keldi bu ma’lumotni?

— Xo‘p desangiz, hozircha bu haqda gapirmasak boz ustiga, u tasodifiy, mavhum va shubhali xabar. Lekin men hamma narsani oldindan ko‘rishim kerak. Vazifam o‘zi shunaqa, ammo, birinchi navbatda, o‘z savqimga ishonishim shart, zero u menga hali hech qachon pand bergan emas. Endi men bilgan ma’lumotga kelsak, Ha-Notsrining maxfiy do‘stlaridan biri anavi sarrofning ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan sotqinligidan g‘azabga kelib, o‘z sheriklari bilan til biriktirgan va bugun tunda uni o‘ldirmoqchi, xoinligi uchun olgan pulni esa: «Makruh pulingiz o‘zingizga buyursin!» — degan yozuv bilan hazrati buzrukning qasriga tashlab ketishmoqchi emish.

Maxfiy xizmat boshlig‘i shundan keyin igemonga favqulodda qarash qilmay qo‘ydi va ko‘zlarini qisgancha uning gapini tinglashda davom etdi:

— Bir tasavvur qiling, — derdi Pilat, — kelib-kelib bayram oqshomida shunday sovg‘a olish hazrati buzrukka xush yoqarmikin?

— Xush yoqish qayoqda, — jilmayib turib javob qiddi mehmon. — Mening taxminimcha, prokurator, bu narsa katta janjalga sabab bo‘ladi.

— Men ham shunday fikrdaman. Shuning uchun ham sizdan bu ish bilan mashg‘ul bo‘lishingizni, ya’ni kiriaflik Iudani muhofaza qilish uchun barcha choralarni ko‘rishingizni so‘rayman.

— Igemonning amri vojib, — deb gap boshladi Afraniy, — ammo men igemonga taskin bermoqchiman: ul badkirdorlar bajarilishi nihoyatda mushkul reja tuzganlar. Axir o‘ylab ko‘ring, — mehmon atrofga bir qarab qo‘yib, yana gapida davom etdi: — Bir kechada odamning payiga tushib, uni pichoqlash, boz ustiga, uning qancha haq olganini bilish, bundan tashqari yana, pulni Kaifaga qaytarib ham berish osonmi? Yana shu bugunning o‘zida-ya?

— Shunday bo‘lsa ham, uni bugun bo‘g‘izlab ketishadi, — deb takrorladi Pilat o‘jarlik bilan, — ko‘nglim sezib turipti deb aytdim-ku sizga! Hali hech qachon ko‘nglim menga pand bergan emas, — shu chog‘ prokuratorning yuzi tirishib, sal talvasaga tushdi, u qo‘llarini ishqalab qo‘ydi.

— Bosh ustiga, — dedi mehmon mutelik bilan, u o‘rnidan turib qaddini rostlarkan birdan jiddiy ohangda so‘radi: — Demak, uni so‘yib ketishadi-a, igemon?

— Ha, — deb javob qildi Pilat, — endi butun umidimiz sizning hayratona ishchanligingizga qaratilgan.

Mehmon plash ostidagi zalvar kamarini to‘g‘rilab qo‘yib dedi:

— Xayr bo‘lmasa, hamisha omon va shodmon bo‘lg‘aysiz.

— Darvoqe, — deb ohista chinqirib yubordi Pilat, — butunlay unutayozibmana? Axir sizdan qarzman-ku!.

Mehmon ajablandi.

— Qo‘ysangiz-chi, prokurator, mendan sira ham qarz emassiz.

— Unday demang! Esingizdami, Yershalaimga kirib kelayotganimda… bir to‘da gadolarga duch keluvdim… ularga aqcha sochmoqchi bo‘lganimda yonimda aqcham yo‘q edi, o‘shanda sizdan olgan edim.

— O, prokurator, arzimagan narsa!

— Arzimas narsani ham unutmaslik lozim. Shunday deb Pilat orqasiga o‘girildi va kursida yotgan plashini ko‘tarib, uning tagida yotgan charm xaltachani olib mehmonga uzatdi. Mehmon xaltachani olarkan egilib ta’zim qildi va plashi ostiga yashirdi. Pilat yana gap boshladi:

— Dafn borasidagi xabaringizni kutaman. Shuningdek kiriaflik Iudaning bugun tunda bo‘ladigan ishi yuzasidan ham, eshityapsizmi, Afraniy, bugun bo‘ladigan ishi. Kelgan zahotingiz meni uyg‘otishlari haqida soqchilarga buyruq berib qo‘yiladi. Sizni kutaman!

— Salomat bo‘ling, — dedi maxfiy xizmat boshlig‘i va orqasiga o‘girilib, balkondan tusha boshladi. Uning maydoncha sahnidagi ho‘l qum ustida yurgan, so‘ng ikki sher haykali oralig‘idagi marmar zinadan tushayotgan oyoq tovushi eshitildi. Keyin birin-ketin uning oyoqlari, so‘ng gavdasi va nihoyat, qaytarma qalpoq kiygan boshi ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi. Ana shundagina prokurator quyosh botib, qosh qoraya boshlaganini sezdi.

Yigirma oltinchi bob DAFN

Ehtimol, mana shu qosh qoraya boshlagani prokuratorning chehrasida keskin o‘zgarish yuz berganiga sabab bo‘lgandir. U shu bir zumning o‘zida go‘yo qarib, munkayib qolgandek bo‘ldi, buning ustiga, vahimaga tushib, bezovta bo‘la boshladi. U bir marta orqasiga o‘girilib, suyanchig‘iga plash ilib qo‘yilgan bo‘sh kresloga ko‘zi tushdi-yu, negadir ssskanib ketdi. Bayram tuni kirib kelayotgan va kechki ko‘lankalar o‘z o‘yinini boshlagan edi, kim bilsin, shuning uchun ham charchagan irokuratorning ko‘ziga bo‘sh kresloda birov o‘tirganday bo‘lib ko‘ringandir. Prokurator qo‘rqib ketib, plashni paypaslab ko‘rdi, so‘ng o‘rnidan turib, balkonda u yokdan-bu yoqqa tinmay tanda qo‘yarkan, goh qo‘llarini bir-biriga ishqalar, goh xontaxtaga yaqin kelib, qo‘liga qadah olar, goh yurishdan taqqa to‘xtab, polga terilgan rang-barang koshinlar orasida qandaydir sirli yozuvlarni o‘qimoqchi bo‘lganday, ularga ma’nosiz tikilib turardi.

Shu bugunning o‘zida uning ikkinchi marta yuragi g‘ash bo‘la boshladi. U ertalabki jahannamiy dardning asoratidan endi xiyolgina simillab, zirqirab turgan chakkasini ishqalarkan, ne sababdan bunchalik ruhiy iztirob chekayotganini anglashga urinardi. Garchi buni u tezda fahmlab olgan bo‘lsa ham. o‘zini chalg‘itishga urinib ko‘rdi. Bugun kunduzi nimanidir butkul boy berib qo‘ygani unga kunday ravshan edi, endi ana shu xatosini u qandaydir ikir-chikir, eng muhimi kechikkan harakatlar bilan tuzatmoqchi. Prokurator o‘z-o‘zini aldab, mana shu, hozirgi, kechqurungi raftorlarini ertalabki hukm kabi muhim deb o‘ziga-o‘zi ukdirmoqchi bo‘lar edi. Ammo bu urinishlari zoe ketayotgan edi.

U balkonda u yokdan-bu yoqqa tanda qo‘yarkan, burilayotib taqqa to‘xtadi va hushtak chaldi. Hushtakka javoban zulmat ichidan itning irillagani eshitildi va tuklari bo‘zrang, quloqlari uchli, bo‘ynidagi tasmasiga oltin nishonlar taqilgan bahaybat bir ko‘ppak bog‘dan otilib kirdi.

— Banga, Banga, — deb chaqirdi prokurator hazin ovoz bilan.

Ko‘ppak orqa oyoqlarida turib, oldingi oyoqlarini egasining yelkasiga qo‘ydi (Pilat gandiraklab ketdi) va uning yuzini yaladi. Prokurator kresloga o‘tirdi. Banga tilini osiltirib, halloslab nafas olarkan, o‘z sohibining oyog‘i ostiga yotdi, ayni paytda, bu dovyurak ko‘ppakning ko‘zlaridagi quvonch alomati, u qo‘rqadigan dunyodagi yagona narsa — momaqaldiroqning tugaganini, shuningdek bu yerda, o‘zi sevgan, e’zozlagan va dunyodagi barcha odamlarning hukmdori — eng qudratli inson deb hisoblagan odamning (shular tufayli ko‘ppak o‘zini ham eng imtiyozli, sarbaland va g‘ayrioddiy xilqat deb hisoblardi) yonida yotganligidan mag‘rurlanayotganligini ifodalardi. Lekin garchi ko‘ppak o‘z sohibining poyida uning chehrasiga emas, zulmat pardasiga burkanayotgan boqqa qarab yotgan bo‘lsa ham, egasining boshiga og‘ir kulfat tushganligini darhol payqadi. Shunda u yotgan yeridan turib, sohibining biqiniga o‘tdi-da, oldingi oyoqlari bilan boshini prokuratorning tizzasiga qo‘ydi va bu bilan uning plashi etagini ho‘l qum zarralari bilan bulg‘adi. Chamasi, Banga o‘zining bu raftori bilan sohibiga tasalli bermoqchi va uning dardiga sherik bo‘lishga tayyor ekanligini bildirmoqchi edi. Bu niyatini u sohibiga qiyo boqqan ko‘zlarida va chimirilgan quloqlarida ifoda etgan edi. Ular ikkovi — bir-biriga mehr qo‘ygan ko‘ppak bilan inson bayram oqshomini shu zaylda balkonda qarshi oldilar.

Bu asnoda prokuratorning mehmoni o‘z yog‘iga o‘zi qovrilib shahar kezardi. U balkon poyidagi bog‘ning yuqori sahnini tark etib, zinadan pastki hovliga tushdi. O‘ng tomonga burilib, qasr ichiga joylashgan kazarmalar oldiga chiqdi. Bayram munosabati bilan prokurator boshchiligida Yershalaimga kelgan o‘sha ikki kenturiya qo‘shin, shuningdek, prokuratorning mazkur mehmon ixtiyoriga topshirilgan xufiya soqchilari shu kazarmalarga joylashtirilgan edi. Mehmon bu kazarmalarda, nari borsa, o‘n daqiqacha bo‘ldi, ana shu o‘n daqiqadan so‘ng bu kazarma hovlisidan yer kavlash asboblari va bir bochka suv ortgan uchta arava chiqib ketdi. Aravalarni kul rang plash kiygan o‘n besh nafar suvori kuzatib borardi. Aravalar va suvorilar qasrning orqa darvozasidan chiqib, g‘arb tomon yo‘l oldilar, shahar darvozasidan chiqqach esa so‘qmoq yo‘l bilan avvaliga Vifleem yo‘liga tushib, shimolga yurdilar. Hevroniya darvozasi yaqinidagi chorrahaga yetishgach, kunduzi o‘limga hukm qilinganlar olib o‘tilgan Yaffa yo‘lidan yurib ketdilar. Bu payt qorong‘i tushgan va ufqda oy balqigan edi.

Aravalar suvorilar kuzatuvida jo‘nab ketgach, sal vaqt o‘tar-o‘tmas endi egniga eski qora libos kiyib olgan boyagi mehmon ham ot minib qasrdan chiqib ketdi. Lekin mehmon shahar tashqarisiga emas, shahar ichiga yo‘l oldi. Yana bir oz fursatdan keyin uni shaharning shimoliga, buyuk jomening yonginasiga joylashgan Antoniy qasriga kirib borayotganini ko‘rish mumkin edi. Mehmon qasrda ham ko‘p bo‘lmadi, keyin uni Quyi Shaharning «gadoy topmas» qipg‘ir-qiyshiq, tor ko‘chalarida uchratishdi. Bu yoqqa u endi xachir minib kelgan edi.

Mehmon shaharni yaxshi bilar edi, shuning uchun o‘zi istagan ko‘chani darrov topa qoldi. Bu ko‘chaning nomi— Yunoniy edi, chunki u yerda yunonlarning bir necha do‘koni, shu jumladan, bitta gilam do‘koni ham bor edi. Mehmon aynan shu do‘kon oldida to‘xtab, xachirdan tushdi va uning tizginini darvoza halqasiga bog‘ladi. Do‘kon yopilgan edi. Mehmon do‘kon yonidagi eshikdan bir mo‘’jazgina, chor qirra hovliga kirdi, holli atrofiga «P» shaklida omborxonalar qurilgan edi. Mehmon hovli muyulishidan o‘tib, o‘zini bir xonadonning oldi pechakgullar bilan to‘silgan peshayvoni oldida ko‘rdi va atrofiga olazarak bo‘lib qaradi. Uy ham, omborxonalar ham hali chiroq yoqilmaganligidan qop-qorong‘i edi. Mehmon past ovoz bilan chaqirdi:

— Niza!

Shu payt eshik «g‘iych» etib ochilib, kechki g‘ira-shirada yuziga chodra tutmagan bir juvon peshayvonda paydo bo‘ldi. U kelgan odamning kimligini bilmoq maqsadida yuragi taka-puka bo‘lib, peshayvon panjarasi osha engashdi. So‘ng kelgan odamni tanib, jilmayib qo‘ydi, bosh irg‘atib, qo‘l silkitib salomlashdi.

— Yolg‘izmisan? — deb ohista so‘radi Afraniy yunonchalab.

— Ha, — deb pichirladi juvon. — Erim ertalab Qaysarnyaga jo‘nab ketdi, — shu gapdap so‘ng juvon o‘girilib uy eshigiga qarab qo‘ydi-da, pichirlab ilova qildi: — Lekin oqsochim uyda. — Keyin u qo‘li bilan ishora qilib, mehmonni uyga taklif qildi. Afraniy oldin atrofga bir nazar tashlab, g‘ishtin pillapoyadan peshayvonga chiqa boshladi. Keyin esa ayol ham, u ham uy ichiga kirib ketishdi.

Afraniy bu ayol huzurida juda oz vaqt, nari borsa, besh daqiqa bo‘ldi. Keyin u uyni va peshayvonni tark etdi, qaytarma qalpoqni ko‘zi ustiga tushirib ko‘chaga chiqdi. Bu payt uylarda chiroqlar yoqila boshlagan edi, ko‘chalar bayram oldi taraddudida hali ham tiqilinch edi, shunga ko‘ra, xachir mingan Afraniy ko‘chalarni to‘ldirgan piyoda va otliqlar orasida yo‘qolib ketdi. Uning shundan keyin qayoqlarga borganini hech kim bilmaydi.

Afraniy Niza deb atagan juvon esa yolg‘iz qolgach juda shoshqaloqlik bilan kiyimini o‘zgartira boshladi. Qorong‘ida kerakli buyumlarni topish qanchalik qiyin bo‘lsa ham, u chiroq yoqmadi, oqsochni ham yordamga chaqirmadi. U otlanib bo‘lib, boshiga qora chodra yopingandan keyingina ovozi eshitildi.

— Birov so‘rasa, meni Enantanikida deb aytarsan. Qorong‘ida oqsoch kampirning to‘ng‘illagani eshitildi.

— Enantanikida? Yana o‘shanikiga bormoqchimisan? Axir ering ruxsat bermagan edi-ku! G‘irt qo‘shmachi o‘sha Enantang! Ering kelsin, chaqib beraman seni…

— Hoy, hoy, o‘chir uningii, kampir, — dedi Niza va «ship» etib uydan chiqib ketdi. Uning kavushlari ovozi endi sahniga tosh terilgan hovlidan eshitildi. Oqsoch xotin bir nimalarni to‘ng‘illagancha peshayvoi eshigini zanjirlab oldi. Niza uydan chiqib ketdi.

Xuddi shu payt Quyi Shahardagi hovuzlardan biriga olib boruvchi boshqa bir qing‘ir tor ko‘chaga joylashgan, orqasi ko‘chaga, derazalari ichkari hovliga qaragan ko‘rimsiz bir uyning ko‘cha eshigidan soqol-mo‘ylovi chiroyli qilib kuzalgan, boshiga chinniday toza, oppoq ro‘mol tashlagan, egniga qoshiyali yap-yangi havo rang bayram tallifi, oyog‘iga g‘archi bor yangi kavush kiygan bir yigit chiqdi. Ulug‘ ayyom sharofati bilan yasangan bu qirg‘iyburun, o‘ktam yigit, uy-uylariga, arafa oshiga oshiqayotgan o‘tkinchilardan ham jadalroq, tetikroq yurib borarkan, xonadonlarda birin-ketin chiroqlar yona boshlaganini kuzatardi. Bu yigit bozor yonidan o‘tib, Jome tepaligi etagiga joylashgan hazrati buzruk Kaifaning qasriga olib boruvchi yo‘ldan ketib borardi.

Yana bir necha daqiqadan so‘ng uning Kaifa darvozasidan kirayotganini va oradan bir necha lahza o‘tar-o‘tmas qasrdan chiqqanini kuzatish mumkin edi.

Yigit shamchirokdar va mash’alalar bilan yoritilib, bayram taraddudiga gavjum bo‘lgan qasrdan qaytib chiqqach, yana ham serg‘ayratroq, xushchaqchaqroq bo‘lib, shoshganicha Quyi Shahar tomon qayta boshladi. U bozor maydoniga yetib qolganida bir vaqt qora chodrasini deyarli ko‘zigacha tushirib olgan bir ayol tiqilinchda uning yonidan xiromon yurish qilib o‘tib, oldinlab ketdi. U o‘ktam yigitdan o‘zib ketarkan, bir lahzagina chodrasini yuqoriroq ko‘tarib, yigit tomonga bir zumlik nigoh tashladi, lekin qadamini sekinlatmadi, bil’aks hozirgina o‘zi o‘zib o‘tgan yigitdan tezroq qochib yashirinmoqchi bo‘lganday, yanada qadamini ildamlatdi.

Yigit u ayolni nainki payqadi, balki tanidi ham, tanigach, yuragi bir orziqib tushib, yurishdan taqqa to‘xtadiyu uning orqasidan hang-mang bo‘lib tikilib qoldi, keyin hushini yig‘ib olgach, ayolning orqasidan darhol quva ketdi. U yo‘lda ko‘za ko‘targan bir odamga urilib, uni yiqitib yuborayozdi va axiri ayolga yetib oldi-yu, hayajonlanganidan hansirab nafas olarkan, uni chaqirdi:

— Niza!

Ayol orqasiga o‘girilib yigitga ko‘z suzib qaradi, qaragandayam, hafsalasi pir bo‘lganday, sovuqqina qaradi va yunon tilida quruqqina shunday dedi:

— E-ha, senmiding, Iuda? Bir qarashda tanimabman. Qaytaga yaxshi bo‘ldi. Negaki, xalqimizda shunday bir naql bor: agar tanish odamingni tanimay qolsang, u boy bo‘larmish…

Iuda qattiq hayajonlanganidan yuragi xuddi qafasga tushgan qushday qattiq-qattiq teparkan, o‘tgan-ketganlar eshitmasin uchun nafasi og‘ziga tiqilgancha pichirlab so‘radi:

— Qayoqqa ketyapsan, Niza?

— Senga nima? — deb javob qildi Niza qadamini sekinlatarkan Iudaga viqor bilan tikilib.

Shunda Iudaning ovozida bolalarga xos bir talaffuz eshitildi, u esankirab pichirladi:

— Ie, nega endi?… Axir shartlashgandik-ku. Men senikiga bormoqchi edim. O‘zing aytuvding-ku butun oqshom uyda bo‘laman deb…

— E, yo‘q, yo‘q, — dedi Niza va tantiq qizlarga o‘xshab pastki labini do‘rdaytirgan edi, uning chehrasi — Iuda o‘z umrida ko‘rgan parichehralar ichida eng go‘zal hisoblagan chehrasi — yigitning ko‘ziga yana ham chiroyliroq bo‘lib ko‘rindi, — zerikib ketdim. Sizlar bayram qilyapsizlar, men nima qilay? Sening peshayvonda turib olib xo‘rsinishingni tomosha qilaymi? Buning ustiga, oqsochim erimga chaqsa nima qilaman, deb yurak hovuchlab o‘tiraymi? Yo‘q, yo‘q, men ham shahar tashqarisiga chiqib ketib, bulbullar xonishini eshitishga ahd qildim.

— Shahar tashqarisiga deysanmi? — dedi Iuda esankirab, — yolg‘iz o‘zing-a?

— Ha, yolg‘iz o‘zim, — deb javob qildi Niza.

— Maylimi seni kuzatib borsam? — hayajonlanganidan entikib so‘radi Iuda. U esankirab qoddi, butun borliqni xayolidan faromush qilib, Nizaning hozir tim qora bo‘lib ko‘rina boshlagan ko‘k ko‘zlariga iltijo bilan bokdi.

Niza hech nima demay, qadamini ildamlatdi.

— Nega indamayapsan, Niza? — deb so‘radi Iuda yolboruvchi ohangda u bilan baravar qadam tashlashga urinarkan.

— Meni zeriktirib qo‘ymaysanmi? — dedi birdan Niza va yurishdan to‘xtadi. Shunda Iudaning esi butkul og‘ib qoldi.

— Ha, yaxshi, — dedi Niza nihoyat ko‘ngli yumshab, — ketdik.

— Qayoqqa, qayoqqa boramiz?

— Shoshma… kel, yaxshisi, manavi hovliga kirib kelishib olaylik, tag‘in bitta-yarimta tanish-bilish ko‘rib qolib, Nizani ko‘chada o‘ynashi bilan chaqchaqlashib turganini ko‘rdim, deb gap tarqatib yurmasin.

Shu zahoti Niza bilan Iuda bozorgohdan g‘oyib bo‘lishdi. Ular qaysiyam bir hovlining bostirmasiga kirib pichirlashardilar.

— Sen juvozkashlik mulkiga bor, — dedi Niza pichirlab va ayni paytda chelak ko‘tarib bostirmadan o‘tayotgan bir begona erkakdan yuzini chetga burib, chodrasini ko‘zigacha tushirib oldi, — Kedronning paryog‘idagi Hefsimaniya bog‘iga, tushundingmi?

— Ha, ha, ha.

— Men oldinda boraman, — deb davom etdi Niza, — lekin sen orqamdan izma-iz yurma, ancha keyinda qolib bor. Soydan o‘tganingdan keyin… g‘or bor… bilasan-a uning qaerdaligini?

— Bilaman, bilaman…

— Objuvoz yonidan o‘tib tepaga ko‘tarilasan-da, keyin g‘or tomonga burilasan. Seni o‘sha yerda kutaman. Lekin hoziroq izimga tushma, to men ancha yerga borib olgunimcha bardosh qilib, shu yerda kutib tur. — Niza shu so‘zlarni aytib bostirmadan chiqib ketdi va go‘yo, Iuda bilan suhbatlashmaganday, g‘oyib bo‘ldi-qoldi.

Iuda parokanda xayolini bir yerga jamlashga urinib, ancha vaqtgacha qimir etmay turib qoldi. Chunonchi u xeshlarining hayit oshida bo‘lolmaganini qanday izohlashi haqida o‘yladi. U turgan yerida allaqanday bahonalarni o‘ylab topar, ammo, qattiq hayajonlanganidan miyasiga durustroq bir vaj kelmasdi, shu zayl beixtiyor oyoqlari uni bostirma ostidan olib chiqib ketdi.

Endi u yo‘lini o‘zgartirdi. Quyi Shaharga borishdan aynib, yana Kaifaning qasri tomon burildi. Iuda endi atrofida bo‘layotgan voqealarni deyarli ko‘rmasdi. Bayram ruhi shaharga endi kirib kelayotgan edi. Iuda o‘tib borayotgan ko‘chalarga ochilgan derazalar nainki charog‘on, balki u yerlardan bayramona madhiya va qutlovlar eshitilardi. Kechikkan yo‘lovchilar eshaklarini xalalab, hayqirishib o‘tib borishardi. Iudaning oyoqlari uning ixtiyorsiz ketib borar, oqibat u hammayog‘ini shox bosgan mudhish Antoniy minoralari poyidan o‘tib ketganini ham payqamadi, qal’ada chalinayotgan karnay na’rasini ham eshitmadi, qo‘lidagi mash’alasi bilan uning yo‘lini mudhishona yoritgan rimlik otliq soqchilarga parvo ham qilmadi. Iuda minora yonidan o‘tib ketgach, orqasiga o‘girilib, jome ustida, juda ham balandda ikkita g‘oyat ulkan besh shamli qandil yonayotganini ko‘rdi. Lekin Iudaning ko‘ziga u shamlar ham elas-elas ko‘rindi, nazarida Yershalaim uzra misli ko‘rilmagan kattalikdagi o‘nta shamchiroq yoqilganu ular shahar uzra tobora yuqoriroq ko‘tirilayotgan tunning taiho shamchirog‘i — oy shu’lasi bilan shu’la sochishda kim o‘zarga o‘ynashayotgandek ko‘ringandi. Endi Iudaning hech nima bilan ishi qolmagan, u faqat Hefsimaniya darvozasi tomon intilar, tezroq shaharni tark etib chiqib ketishni istar edi. Ba’zan ko‘ziga ko‘chadagi olomon orasida Nizaning o‘ynoqi qiyofasi lip-lip ko‘ringanday va Iudani ohanrabo singari o‘ziga ergashtirib ketayotgandek tuyulardi. Lekin bu noto‘g‘ri tasavvur edi — Nizaning ancha oldinlab ketganligini Iuda yaxshi bilardi. U sarroflar rastasi yonidan o‘tib, nihoyat Hefsimaniya darvozasiga yetdi. Bu yerda, garchi sabri chidamayotgan bo‘lsa ham, bir oz turib qolishga majbur bo‘ldi. Shaharga tuyalar karvoni kirib kelayotgan edi, karvon orqasidan ketma-ket suriyaliklar harbiy patruli kirib keldiki, Iuda bu patrulni ichida rosa bo‘ralab so‘qdi…

Lekin har narsaning intihosi bor. Betoqat Iuda endi shahar tashqarisida ketib borardi. U chap tomonda mo‘’jazgina bir qabristonni, qabriston yonida ziyoratchi xudojo‘ylarning bir necha olabayroq chodirini ko‘rdi. Iuda oy yog‘dusiga cho‘milgan sertuproq yo‘lni kesib o‘tib, Kedron soyi tomon otildi. Soy uning oyog‘i ostida jildirab oqardi. U toshdan-toshga sakrab-sakrab, nihoyat soyning narigi, Hefsimaniya sohiliga o‘tib oldi va bu yerda bog‘lar tepasidan o‘tgan yo‘lda hech zog‘ yo‘qligini ko‘rib, quvonchdan ko‘ngli yorishib ketdi. Sal nariroqda juvozkashlik mulkining yarim xaroba darvozasi ko‘rindi.

Havosi dim shahardan chiqqan Iuda bahor tunining atridan sarxush bo‘ldi. Bog‘dagi mirta daraxtlarining va Hefsimaniya yalangligida o‘sgan akas daraxtlarining xushbo‘y hidi dimoqqa gup-gup urilardi.

Darvozada qorovul yo‘q edi, umuman, bu yerlarda hech kim yo‘q edi, shunga ko‘ra, endi Iuda sershox azim zaytun daraxtlarining antiqa ko‘lankalari ostidan g‘izillagancha chopib ketdi. Yo‘l yuqoriga o‘rlab borardi, Iuda og‘ir-og‘ir nafas olarkan, oy shu’lasi vujudga keltirgan guldor soyalarni bosib o‘tardiki, bu oyalar Nizaning rashkchi eri do‘konidagi turfa gulli gilamlarni eslatardi. Bir ozdan keyin Iuda chap tomonda sayhonlikda juvozxonani, uning ulkan tosh g‘ildiragini va uyilib yotgan bochkalarni ko‘rdi. Bog‘da hech kim yo‘q edi. Ish kun botgandayoq tugagan edi. Bog‘da yug‘ ham ko‘rinmas, Iudaning boshi uzra endi bulbullar tinmay chaqchaqlashar, xonish qilishardi.

Iuda ko‘zlagan yer yaqin edi. U hozir o‘ng tomonda, qorong‘ilikda g‘orda jildirab oqayotgan suvning ovozini eshitadi. Shunday bo‘ldi ham, ana suv jiddirashi eshitildi. Salqin bo‘la boshladi.

Shunda u qadamini sekinlatib, ohista chaqirdi:

— Niza!

Lekin Nizaning o‘rniga yo‘g‘on zaytun daraxti orqasidan bir barzangi erkak yo‘l o‘rtasiga chiqdi, uning qo‘lida bir nima bir zumga yalt etib so‘ndi.

Iuda o‘zini orqaga tashlab, zaif ovoz bilan qichqirdi:

— Oh!

Ikkinchi bir odam uning orqasidan to‘sib chiqdi. Iudaning ro‘parasida turgan birinchi erkak undan so‘radi:

— Hozir qancha pul olding? Gapir, agar jon shirin bo‘lsa!

Iudaning qalbida umid uchquni porladi. Jon holatda chinqirdi u:

— O‘ttiz tetradraxma! O‘ttiz tetradraxma! O‘sha iulning hammasi yonimda. Mana u! Olinglar, faqat jonimni olmasanglar bo‘lgani!

Oldingdagi odam ko‘z ochib-yumguncha Iudaning qo‘lidagi hamyonni yulqib oldi. Ayni shu lahzada Iudaning orqasida pichoq xuddi chaqmoqdek chaqnab, oshiq yigitning kuragi ostiga botdi. Iuda bu zarbdan oldinga otildi va changak bo‘lib qolgan qo‘llarini yuqori ko‘tardi. Oldinda turgan odam ham Iudani o‘z pichog‘i bilan ilib oldi va uni sopigacha Iudaning yuragiga ootirdi. Iuda:

— Ni… za… — deya oddi faqat malomatli zaif ovoz bilan. U boshqa churq ham etmadi. Uning jasadi yerga shunday qattiq tushdiki, yer gumburlab ketdi.

Shunda yo‘l o‘rtasida uchinchi kimsa paydo bo‘ldi. Bunisi — egniga qaytarma qalpoqli plash kiygan edi.

— Bo‘la qolinglar, — deb buyurdi shu uchinchi shaxs. Qotillar u uzatgan xatni chaqqonlik bilan hamyonga qo‘shib charmga o‘radilar-da, kanop bilan bog‘ladilar. Ikkinchi erkak tugunchani qo‘yniga soldi, shundan keyin ikkala qotil yo‘ldan o‘zlarini chetga oldilaru zaytunlar orasiga, zulmat komiga kirib g‘oyib bo‘ldilar. Uchinchi kimsa esa jasad tepasiga cho‘qqayib, uning yuziga tikildi. O‘likning yuzi soyada naq bo‘rdek oppoq, benihoya go‘zal va basavlat bo‘lib ko‘rindi. Yana bir necha lahzadan keyin yo‘l ustida bironta ham tirik jon qolmadi. Faqat jonsiz jasad qulochini yozib yotardi. Murdaning chap tomoniga oy nuri tushib turganligidan shippagining har bir tasmasi yaqqol ko‘rinib turardi.

Bu mahal bulbullar butun Hefsimaniya bog‘ini boshlariga ko‘tarib xonish qilardilar. Iudani pichoqlab o‘ldirgan ikki kishining qayoqqa yo‘l tutgani hech kimga ma’lum emas, lekin qaytarma qalpoqli odamning borgan yeri bizga ma’lum. U qotillik yuz bergan joyni tark etib, zaytunzor ichiga kirib ketdi. U darvozadan uzoqroq yerda, bog‘ning janubiy burchagida panjara devordan oshib o‘tdi. Saldan so‘ng u Kedron sohiliga chiqdi. U suvga tushib, to ikkita ot va otlar yonida turgan jilovdorning qorasini ko‘rmaguncha soy ichidan suv kechib boraverdi. Otlar ham suv ichida turardi. Suv ularning tuyoqlarini yuvib shovullab oqardi. Jilovdor bitta otga, qaytarma qalpoqli odam ikkinchi otga minishdi, so‘ng ikkovlari ohista suv kechib boraverdilar. Ot tuyoqlari ostida toshlar taqillardi. Keyin otliqlar suvdan Yershalaim sohiliga chiqishdi va shahar devori yoqalab otlarni yo‘rttirib ketaverdilar. Shu yerda jilovdor hamrohidan ajralib, oldinga ot choptirib ketdi va zum o‘tmay ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi, qaytarma qalpoqli odam huvillagan yo‘lda otni to‘xtatib, undan tushdi-da, plashini yechib, astarini ag‘darib kiydi, plashi ostidan pat qadalmagan silliq dubulg‘a olib, boshiga kiyib oldi. Endi u otga harbiy libos kiygan, beliga kalta shamshir taqqan odam qiyofasida mindi. U jilovni silkitgan edi, o‘ynoqi ot ustida suvori bilan yo‘rtib ketdi. Endi manzil yaqin qolgan edi. Suvori Yershalaimning janubiy darvozasi oldiga borib qolgan edi.

Darvoza ravog‘i ostida mash’alalar alangasi bezovta bo‘lib yelpinardi. Shiddatkor legionning ikkinchi kenturiyasidan bo‘lgan soqchi askarlar tosh kursilarda o‘tirishib to‘piq o‘ynashardi. Ular darvozadan kirib kelayotgan otliq harbiyni ko‘rishib, «dik» etib turib ketishdi, lekin harbiy otliq ularga qo‘l siltadiyu shahar ichkarisi tomon yo‘l oldi.

Shahar bayram chiroqlariga g‘arq bo‘lgan edi. Hamma derazalar shamlar bilan charog‘on edi, hammayoqdan betartib shodiyona hamdu sapolar, gangir-gungur ovozlar eshitilardi. Suvori ahyon-ahyon ko‘chaga ochilgan de-razalarga qarab, uloq go‘shti, may to‘ldirilgan qadahlar va ko‘katlar qo‘yilgan bayram dasturxoni tegrasida o‘tirgan odamlarni ko‘rardi. U nafis bir qo‘shiq kuyini hushtak qilib chalgancha Kuyi Shaharning huvillab qolgan ko‘chalaridan otini asta yo‘rttirib Antoniy minorasi tomon ketib borarkan, jome topasida porlab turgan dunyoda qiyosi yo‘q besh shamli qandilga yoxud undan ham balandroqda muallaq turgan oyga qarab-qarab qo‘yardi.

Buyuk Irod qasri pasxa oqshomi tantanasiga mutlaqo ishtirok etmayotgan edi. Saroyning Rim qohortasi ofitserlari va legion sarkardasi joylashgan, janub tomonga qaragan qo‘shimcha xonalarida chiroqlar yongan, u yerda qandaydir faoliyat, hayot sezilayotgan bo‘lsa ham, bu yerda majburan istiqomat qilib turgan yagona odam — prokurator joylashgan qasrning mahobatli ustunlar, oltin haykallar bilan bezangan old qismi porloq oy shu’lasidan butkul ko‘r bo‘lib qolganday edi. Bu yerda — qasr ichida zulmat va sukunat hukm surardi. Shu bois prokurator ham, boya Afraniyga aytganidek, ichkariga kirishni istamagan edi. U to‘shakni balkonga solishni buyurdi. U Afraniy bilan birga shu yerda ovqatlangan, ertalab esa Ha-Nots-rini shu yerda so‘roq qilgan edi. Prokurator to‘shakka yotdi, ammo hech ko‘ziga uyqu kelmadi. Yalang‘och oy juda yuksakda, beg‘ubor fazoda muallaq turardi, bedor prokurator bir necha soat muttasil undan ko‘z uzmay yotdi.

Taxminan vaqt yarim kechaga borganda uyqu igemonga shafqat qildi. Prokurator titroq bilan homuza tortdi-da, plashini yechib tashladi, ko‘ylagi ustidan bog‘langan, qinga solingan yalpoq po‘lat pichoq osilgan kamarini yechib, chorpoya yaqinida turgan kresloga qo‘ydi, kavushini yechib, oyog‘ini uzatib yotdi. Shu zahoti Banga ham uning to‘shagiga chiqib, boshini egasinint boshiga qilib, uning yoniga yotdi, prokurator ham bir qo‘lini ko‘ppakning bo‘yniga tashlab, nihoyat ko‘zini yumdi. Ko‘ppak ham faqat shundan keyin uyquga ketdi.

Chorpoya nim qorong‘i joyga, ustun panasiga qo‘yilgan bo‘lib, u oy shu’lasini to‘sib turardi, lekin balkonga chiqib keladigan pilapoyadan to prokuratorning to‘shagigacha oy yog‘dusi uzun poyandoz bo‘lib yozilgan edi. Prokurator g‘aflatga ketib atrofidagi borliq muhit bilan aloqa uzgan hamonoq o‘sha charog‘on poyandozdan yurib ketdi, yurganda ham yuqoriga, to‘g‘ri oyga qarab yura boshladi. U tushida o‘zi ketib borayotgan feruzadek tiniq, zangori yo‘dda uchragan hamma narsa go‘zal va beqiyos ekanligidan quvonib, hatto kulib ham yubordi. Uni Banga kuzatib borar, yana unga anavi daydi faylasuf ham hamroh bo‘lgan edi. Ikkovlari nihoyatda murakkab va muhim bir masala yuzasidan mubohasa qilishar, biroq bu bahsda na u, na bu ustun chiqa olardi. Ular hech bir narsada bir-birlari bilan kelisha olmasdilar, shunga ko‘ra, bahslari nihoyatda qiziqarli va behudud edi. O‘z-o‘zidan ma’lumki, bugungi qatl g‘irt anglashilmovchilik bo‘lib chiqdi — axir, mana, hamma odamlar saxovatlidirlar, deb o‘ta-ketgan darajada bema’ni narsa o‘ylab chiqqan o‘sha faylasuf u bilan yonma-yon ketyapti, demak u tirik. Turgan gapki, shunday odamni qatl etish mumkinligi haqida hatto o‘ylashning o‘zi eng ulkan dahshat bo‘lardi. Qatl bo‘lmagan! Bo‘lmagan! Samoga, oy sari qilinayotgan sayohatning butun jozibasi ham mana shunda.

Bo‘sh vaqt qalashib yotipti, momaqaldiroq faqat kechga borib boshlanadi, undan so‘ng, qo‘rqoqlik, shubhasiz, eng mudhish illatlardan biri. Ieshua Ha-Notsri shunday degan edi. Yo‘q, faylasuf, men senga e’tiroz bildiraman: qo‘rqoqlik — eng mudhish illat.

Mana, masalan, badqahr olmonlar Qizlar vodiysida pahlavop Kalamushkushni g‘ajib tashlashlariga sal qolganida Iudeyaning bugungi prokuratori, sobiq legion sarkardasi qo‘rqmagan edi-ku. Lekin afv etasiz meni, faylasuf! Nahotki siz, shunday aqd-zakovatli odam bo‘la turib, Iudeyaning bugungi prokuratori bo‘lmish kaminanipg qaysar a’lo hazratlariga qarshi jinoyat qilgan bir odami deb o‘z martabasidan voz kschadi deb o‘ylagan bo‘lsangiz?

— Ha, ha, — deb ingrar va xo‘rsinardi Pilat tushida.

Albatta voz kechadi. Ertalab voz kechmagan bo‘lardi, lekin hozir, kechasi, hamma narsani tarozuta solib ko‘rgach, voz kechishga rozi. U hech qanday gunohi bo‘lmagan telba xayolparast bu tabibni qatldan qutqarib qolish uchun har qanday ishga ham tayyor!

— Endi biz doim birga bo‘lamiz, — derdi unga tushida juldurvoqi jahongashta faylasuf, lekin oltin nayza bilan qurollangan bu suvori uning yo‘lida qanday paydo bo‘lib qolgani mavhum edi.

Odam bor joyda odam bo‘ladi! Meni yodlashadi, demak, seni ham esga olishadi! Ota-onasi ma’lum bo‘lmagan — men tashlandiqni ham, munajjim qirol bilan tegirmonchining qizi — sohibjamol Pilatning farzandi bo‘lmish — seni ham.

— Ha, har qalay, sen unutma meni — munajjimzodani eslab tur, — deb iltimos qilardi Pilat tushida. Shunda Iudeyaning toshbag‘ir prokuratori o‘zi bilan yonma-yon ketayotgan En-Sariddan chiqqan yalang-oyoqning «xo‘p» degandek bosh irg‘atganini ko‘rib, tushida bir yig‘lab, bir kulardi.

Bularning hammasi-ku yaxshi, lekin igemonning tushi qancha shirin bo‘lgan bo‘lsa, uyg‘onishi shuncha dahshatli bo‘ldi. Banga oyga qarab irillay boshladi, shunda xuddi moy surib shibbalaganday tayg‘anoq moviy yo‘l birdan prokuratorning ko‘zi oldida o‘pirilib g‘oyib bo‘ldi. U ko‘zini ochdi-yu birinchi navbatda, qatlning bo‘lib o‘tgani esiga keldi. Dastavval o‘z odati bo‘yicha Banganing bo‘yinbog‘idan ushladi, so‘ng xasta ko‘zlari bilan osmondan oyni axtara boshdadi: oy bir oz yonga siljigan va picha so‘nib oqara boshlagan edi. Shu payt oy shu’lasini, balkonda, Pilatning ko‘zi oddida paydo bo‘lib lipillay boshlagan boshqa bir noxush va bezovta alanga so‘ndira boshladi. Bu kenturion Kalamushkushning qo‘lida tutab yotayotgan mash’ala edi. Kalamushkush o‘ziga hamla qilmoqchi bo‘lgan badqahr ko‘pakka dahshat va jaholat bilan qiyo boqib turardi.

— Tegma, Banga, — dedi prokurator xasta ovoz bilan va yo‘talib qo‘ydi. So‘ng kafti bilan ko‘zini mash’aladan to‘sarkan davom etdi: — Hatto kechasi, oydinda ham tinchlik yo‘q menga. O, xudolar! Sizning vazifangiz ham bo‘lmag‘ur vazifa, Mark. Askarlarni nogiron qilasiz…

Mark prokuratorga hangu mang bo‘lib tikilib qoldi, shunda prokurator hushini yig‘ib oldi. U uyqusirab beixtiyor aytib yuborgan so‘zlarni haspo‘shlash maqsadida dedi:

— Xafa bo‘lmang, kenturion, takror aytaman, mening ahvolim siznikidan ham yomon. Nima istaysiz?

— Maxfiy qorovul boshlig‘i huzuringizga kirmoqchi, — dedi Mark xotirjam ohangda.

— Chaqiring, chaqiring, — deb prokurator tomog‘ini tozalash uchun yo‘talib qo‘yarkan, ayni paytda, yalangoyoqlari bilan paypaslab kavushlarini qidira boshladi. Ustunlarda mash’alalar porladi, kenturion qalin tagcharmli chorig‘i bilan koshinkor polda do‘q-do‘q yurib, boqqa chiqdi.

— Oydinda ham menga tinchlik yo‘q, — dedi o‘ziga-o‘zi prokurator, tishlarini g‘ijirlatib.

Balkonda endi qaytarma qalpoqli odam paydo bo‘ldi.

— Banga, tegma, — dedi prokurator past ovoz bilan va ko‘ppakning gardanini ezib qo‘ydi.

Afraniy gap boshlashdan oddin, o‘z odatiga ko‘ra atrofiga qarab qo‘ydi-da, o‘zini soyaga oldi, so‘ng balkonda Bangadan o‘zga ortiqcha jonzod yo‘qligiga ishonch hosil qilgach, ohista dedi:

— Kaminani sudga berishingizni so‘rayman, prokurator. Siz haq bo‘lib chiqdingiz. Men Kiriafdan kelgan Iudani saqlab qola olmadim, uni so‘yib ketishipti. Meni iste’foga chiqarib, sudga bering.

Afraniyning nazarida, unga to‘rtta ko‘z — itning va bo‘rining ko‘zlari tikilib turganday bo‘ldi.

Afraniy egnidagi jubbasi ostidan hammayog‘ida qon qotib qolgan va ikkita muhr bosilgan hamyon chiqardi.

— Mana shu pul to‘la qopchiqni hazrati buzrukning uyiga tashlab ketishipti qotillar. Qopchiqdagi qon dog‘lari — kiriaflik Iudaning qoni.

— Qiziq, pul qancha ekan? — deb so‘radi Pilat qopchiqqa engasharkan.

— O‘ttiz tetradraxma.

Prokurator miyig‘ida kulimsirab dedi:

— Kam. Afraniy indamadi.

— O‘ldirilgan qaerda?

— Bu menga ma’lum emas, — dedi qaytarma qalpog‘ini hech qachon boshidan yechmaydigan odam xotirjam, o‘z qadrini bilib. — Bugun ertalab qidiruvni boshlaymiz.

Prokurator bir seskanib tushdi, shippagining hadeganda taqilmayotgan to‘qasini o‘z holiga qoldirdi.

— Uning o‘ldirilganini siz, axir, bilsangiz kerak?

Bu savoliga prokurator quruqqina javob oldi:

— Men, prokurator, o‘n besh yildan beri Iudeyada xizmat qilaman. Xizmatni men Valeriy Grat davrida boshlaganman. Odam o‘ddirilgan, deb aytishim uchun uning jasadini ko‘rishim shart emas, shunga ko‘ra, sizga xabar qilyapmankim, Kiriaf shahridan kelgan Iuda deb atalmish kimsani bundan bir necha soat oldin so‘yib ketishgan.

— Meni afv eting, Afraniy, — dedi Pilat, — hali uyqum batamom tarqaganicha yo‘q, shuning uchun nojo‘ya gapirib qo‘ydim. Men yomon uxlayman, — prokurator jilmayib qo‘ydi, — keyin, tushimda muttasil oy shu’lasini ko‘raman. Tasavvur qiling-a, biram kulgili. Go‘yo men o‘sha shu’la bo‘ylab sayr etarmishman. Shunday qilib, men bu ish yuzasidan sizning taxminingizni bilmoqchiman. Uni qaerdan qidirmoqchisiz? Qani, o‘tiring-chi, maxfiy xizmat boshlig‘i.

Afraniy ta’zim qildi, oromkursini yaqinroq surib o‘tirgan edi, shamshiri sharaqlab ketdi.

— Men uni Hefsimaniya bog‘idagi juvozxona yaqinidan qidirmoqchiman.

— Xo‘sh, xo‘sh. Nega endi aynan o‘sha yerdan?

— Igemon, fahmimcha, Iuda na Yershalaimning o‘zi-da, na undan uzoqroq biron yerda o‘ldirilgan. Uni Yershalaimga yaqin biron ovloqda o‘ldirishgan.

— Sizni men o‘z ishining omilkori bo‘lgan odamlardan biri deb hisoblayman. Rimda, desam, qanchalik to‘g‘ri bo‘larkin — aniq aytolmayman-u, lekin mustamlakalarimizda sizga teng keladigani yo‘q. Sabab nima, izohlab bering?

— Iudaning shubhali odamlar qo‘liga — shahar ichida ilinishini hech tasavvur qila olmayman, — deb past ovoz bilan gapira boshladi Afraniy. — Ko‘chada birovni imi-jimida bo‘g‘izlab ketib bo‘lmaydi. Demak, uni avrab biron-bir pastqam yerto‘laga olib borishlari kerak. Illo, xizmat xodimlari Quyi Shaharni qidirib chiqishdi va shubhasiz shahar ichida o‘ldirilgan bo‘lganida uni topmay qo‘yishmasdi. Lekin u shaharda yo‘q, bunga men kafilman. Agar uni shahardan olisrokda o‘ldirishganda edi, manavi pul solingan qopchiq hazrati buzrukning uyiga bunchalik tez kelib tushmagan bo‘lardi. U shaharga yaqin yerda o‘ldirilgan. Uni shahardan avrab olib chiqib ketishgan.

— Buning qanday uyushtirilganiga hech aqlim bovar qilmayapti.

— Ha, prokurator, mazkur ishda tug‘ilgan eng og‘ir savol shu, uni yecha olish-olmasligimni hatto o‘zim ham bilmayman.

— Darhaqiqat, jumboq! Dindor odam hayit oqshomida, arafa oshidan voz kechib, noma’lum sabab bilan shahardan chiqib ketadi-yu, o‘sha yerda halok bo‘ladi. Uni kim va qay yo‘sinda avrab olib chiqib ketdi ekan? Ayol kishining ishi emasmikin bu? — tuyqus ruhlanib ketdi prokurator.

Afraniy bamaylixotir va qat’iy javob qaytardi:

— Aslo, prokurator. Bunday bo‘lishi sira mumkin emas. Mantiqan mulohaza qilish lozim. Iudaning o‘limidan kim mapfaatdor edi? Qandaydir sayoq xayolparastlar to‘dasi, turgan gapki, ular davrasida ayol kishining bo‘lishi hech aqlga sig‘maydi. Men sizga aytsam, prokurator, uylanish uchun pul kerak bo‘ladi, odamzodni yorug‘ dunyoga keltirish uchun ham o‘sha narsa zarur, ammo ayol kishining yordamida bu ishni amalga oshirish uchun, aytib qo‘yay, juda ham ko‘p pul kerak bo‘ladi, bunday pul esa sayoqlarning birontasida ham yo‘q. Bu ishda ayol jinsi qatnashmagan, prokurator. Shuni ham aytib qo‘yay: qotillikni bu yo‘sin izohlash ishni chuvalashtirib yuborishi, to‘g‘ri xulosa chiqarishga xalal berishi va meni chalg‘itib qo‘yishi mumkin.

— Siz mutlaqo haq ko‘rinasiz, Afrapiy, — derdi Pilat, — men faqat o‘z taxminimni aytuvdim, xolos.

— Taassufki, bu yanglish taxmin, prokurator.

— Xo‘sh, unda qanday qarorga kelish mumkin? — xitob qildi prokurator, Afraniyning yuziga o‘sha sinchkovlik bilan tikilarkan.

— Mening taxminimcha, sabab — o‘sha pul.

— Ajoyib fikr! Lekin kim va nima uchun unga tunda pul taklif qiladi, ustiga-ustak, shahar tashqarisida-ya?

— E, yo‘q, prokurator, bunday emas. Menda yagona bir taxmin bor, agar u xato bo‘lib chiqsa, boshqa hech qanday izoh topa olmasam kerak, — Afraniy prokurator tomon engashib, pichirlab dedi: — Iuda o‘z ulushini yolg‘iz o‘zigagina ma’lum bo‘lgan birop xilvatroq yerga yashirmoqchi bo‘lgan.

— G‘oyat dono izoh. Chindan ham shunday bo‘lgani aniqqa o‘xshaydi. Endi fikringizga tushundim: uni odamlar emas, balki o‘z mulohazasi shahardan olib chiqib ketgan. Ha, ha, xuddi shunday.

— Shunday. Iuda badgumon odam bo‘lgan. U pullarini odamlarda yashirmoqchi bo‘lgan.

— Ha, siz Hefsimaniyaga dedingiz. Lekin nima uchun uni aynan o‘sha yerdan izlamoqchisiz, men bunga, ochig‘i, tushuna olmayapman.

— O, prokurator, buni tushunish juda oson. Hech kim o‘z pulini yo‘l yoqasiga, ochiq va sayhon yerga yashirmaydi. Binobarin, Iuda na Xevron yo‘lida, na Vifaniya yo‘lida bo‘lgan. U hammayog‘i dov-daraxt bilan to‘silgan xilvat bir go‘shaga borgan bo‘lishi kerak. Bu kunday ravshan narsa.

Yershalaim yaqinida esa Hefsimaniyadan bo‘lak bunday xilvatgoh yo‘q. Keyin uzoqroqqa ketishi ham mumkin emas.

— Meni to‘la ishontirdingiz. Xo‘sh, endi nima qilish kerak?

— Men hoziroq odamlarimga shahar tashqarisida Iudaning payiga tushgan qotillarni qidirishni buyuramanda, o‘zim shu asnoda, boya sizga ma’lum qilganimdek, o‘zimni sudga beraman.

— Nima uchun?

— Iuda kechqurun Kaifaning qasridan chiqqach, odamlarim uni bozorgohda ko‘zdan yo‘qotib qo‘yishgan. Nega bunday bo‘lganiga hech aqlim yetmayapti. Umrim bino bo‘lib bunday hol yuz bermagandi. Siz bilan guhbatlashib chiqqanim zahotiyoq uni nazorat ostiga olgan edik. Lekin bozorga yaqinlashganda, «lip» etib uzini qayoqqadir urdi-yu, ko‘zni shamg‘alat qilib qo‘yib, birdan izsiz g‘oyib bo‘ldi-qoldi.

— Xo‘sh. Endi mendan eshiting: sizni sudga berishni lozim topmayman. Siz qo‘lingizdan kelgan hamma ishni qilgansiz, dunyodagi hech kimsa, — shu yerga kelganda prokurator kulib qo‘ydi, — sizday jonini koyitolmasdi. Siz Iudani ko‘zdan qochirgan ayg‘oqchilaringizni jazolang. Illo ogohlantirib qo‘yay, bergan jazoingiz qattiq bo‘lmasligi kerak. Har qalay, biz o‘sha mal’unni muhofaza qilish uchun qo‘limizdan kelgan hamma ishni qildik-ku! Ha-ya, bir narsani so‘rash esimdan chiqipti, — prokurator peshonasini ishqaladi, — pulni qanday qilib Kaifaning qasriga tashlab ketishdiykin?

— Bilasizmi, prokurator… Bu ish unchalik qiyin emas. Qasoskorlar Kaifa qasrining orqa tomoniga o‘tishgan, u yerda qasrning orqa hovlisi xilvat tor ko‘cha bilan o‘ralgan. O‘sha yerda tugunchani devordan oshirib otishgan.

— Ichida xat bilan-a?

— Ha, xuddi siz taxmin qilganingizdek, prokurator. Ha, mana o‘zingiz ko‘ring, — shunday deb Afraniy tuguncha ustidagi muhrni sindirib, uni Pilatga ochib ko‘rsatdi.

— I-i, nima qilyapsiz, Afraniy, axir, muhr jomega taalluqli bo‘lsa kerak!

— Prokurator zinhor buning tashvishini qilmasinlar, — dedi Afraniy tugunchani qayta yoparkan.

— Nahot sizda hamma muhrlar bo‘lsa? — deb kuldi Pilat.

— Boshqacha bo‘lishi mumkin emas, prokurator, — deb javob qildi Afraniy o‘ta jiddiy tarzda.

— Kaifanikida nimalar bo‘lganini ko‘z oldimga keltiryapman.

— Ha, prokurator, bu hol ularni qattiq hayajonga solgan. Shu bois meni darhol chaqirtirishdi.

Pilatning ko‘zlari chaqnab ketgani hatto shu g‘ira-shirada ham aniq ko‘rindi.

— Bu qiziqarli, juda qiziqarli hol…

— Sizga e’tiroz bildirishga jur’at etaman, bu qiziqarli bo‘lmagan. Balki juda zerikarli va ko‘ngilsiz ishdir. Mening, Kaifa qasrida bironta odamga pul to‘lanmaganmidi, deb bergan savolimga, qat’iyan rad javobini berishdi.

— Shunaqa deng! Ha, yaxshi, to‘lashmagan bo‘lsa to‘lashmabdi-da. Unda qotillarni topish yana ham qiyinlashadi.

— Juda to‘g‘ri, prokurator.

— Darvoqe, Afraniy, miyamga to‘satdan bir fikr keldi: u o‘z joniga o‘zi qasd qilmaganmikin?

— E, yo‘q, prokurator, — deb javob qildi Afraniy taajjubdan o‘zini oromkursi suyanchig‘iga tashlarkan, — meni afv eting-u, ammo bunday bo‘lishi aslo mumkin emas!

— E, bu shaharda hamma narsa bo‘lishi mumkin!

Mana meni aytdi dersiz, bu haqdagi mish-mishlar hademay butun shaharga tarqaladi.

Shunda Afraniy prokuratorga ko‘z qirini tashlab oldi-da, o‘ylab turib javob qildi:

— Bu bo‘lishi mumkin, prokurator.

Garchi kiriaflik Iudaning o‘ldirilgani kunday ravshan bo‘lsa ham, prokurator bu masalani hech xayolidan chiqara olmayotganga o‘xshardi, shunga ko‘ra faromushroq kayfiyatda dedi:

— Uni qanday o‘ldirishganini o‘z ko‘zim bilan ko‘rishni istardim.

— U g‘oyatda ustalik bilan o‘ldirilgan, prokurator, — deb javob qildi Afraniy prokuratorga bir oz kinoya bilan boqarkan.

— Siz buni qayoqdan bilasiz?

— Marhamat qilib qopchiqqa e’tibor bering, prokurator, — deb javob qildi Afraniy, — sizni ishontirib aytamanki, Iudaning qoni tizillab otilgan. Kamina, o‘z umrimda qatl etilganlarni ko‘p ko‘rganman, prokurator!

— Demak, u qaytib o‘rnidan turmaydi?

— Yo‘q, prokurator, turadi, — Afraniy jilmayib turib faylasufona javob qildi, — faqat bu shaharda intizorlik bilan kutilayotgan Masiho karnayi uning boshi uzra yangragan chog‘da. Illo ungacha turmaydi!

— Bas, Afraniy! Bu masala oydinlashdi. Endi dafn masalasiga ko‘chaylik.

— Qatl etilganlar dafn qilindi, prokurator.

— O, Afraniy, sizni sudga berish jinoyat bo‘lardi. Siz eng yuksak mukofotga loyiqsiz. Xo‘sh, tafsilot-chi?

Afraniy gap boshlab, o‘zi Iudaning ishi bilan mashg‘ul bo‘lgan paytda, maxfiy qorovul xizmatchilari uning yordamchisi boshchiligida qosh qoraygan chog‘da Taqir Tepaga yetib borishgan, biroq u yerdan bir jasadning g‘oyib bo‘lgani haqida so‘zlab berdi. Pilat seskanib ketib, xirqiroq ovoz bilan dedi:

— Obbo, shu narsani oddini olish xayolimdan faromush bo‘lgan ekan-da!

— Aslo bezovta bo‘lmang, prokurator, — dedi Afraniy va hikoyasini davom ettirdi: — Ko‘zlarini quzg‘unlar cho‘qigan Dismas bilan Gestasning jasadlarini topishgach, darhol uchinchi jasadni axtarishga kirishishgan. Saldan keyin uni ham topishgan. Bir odam…

— Leviy Matvey, — dedi Pilat savol ma’nosida emas, ko‘proq tasdiq ma’nosida.

— Shundoq, prokurator…

Leviy Matvey Taqir Tepaning shimoliy yonbag‘ridagi bir g‘or ichida qorong‘i tushishini kutib o‘tirgan. Ieshua Ha-Notsrining yalang‘och jasadi ham uning yonida bo‘lgan. Soqchilar qo‘llarida mash’ala bilan g‘orga kirishganida Leviyning ruhi tushib ketib, g‘azablaia boshlagan. U: «Hech qanday jinoyat qilganim yo‘q, har bir inson, qonunga ko‘ra, agar xohlasa, qatl etilgan jinoyatchini dafn etish huquqiga ega», deb chinqirgan. Keyin jasaddan ayrilishni istamasligini aytgan. U qattiq hayajonlanib, tuturiqsiz gaplarni baqira boshlagan, goh yolvorgan, goh dag‘dag‘a va haqorat qilgan…

— Uni qo‘lga olishgandir? — deb so‘radi Pilat noxushlik bilan.

— Yo‘q, prokurator, yo‘q, — deb taskin berdi Afraniy, — gustoh telbaga, jasad albatta dafn etiladi, deb tushuntirishgan.

Leviy eshitgan gapini ma’nisiga yetgach, ko‘ngli tinchigan, lekin hech qayoqqa ketmay, dafn marosimiga qatnashmoqchi ekanini bayon qilgan. U, o‘ldirsanglar ham ketmayman, deb aytgan, hattoki, dafnda ishtirok etish evaziga yonida olib yurgan non kesadigan pichoqni ham tavsiya qilgan.

— Uni haydab yuborishgandir? — bo‘g‘iq ovoz bilan so‘radi Pilat.

— Yo‘q, prokurator, yo‘q. Yordamchim uning dafnda ishtirok etishiga ruxsat beripti.

— Yordamchilaringizdan qay biri bosh bo‘ldi dafnga? — deb so‘radi Pilat.

— Tolmay, — deb javob berdi Afraniy va xavotirlanib ilova qildi: — Yo xatoga yo‘l qo‘ydimikin u?

— Davom eting, — dedi Pilat, — xato qilmagan. Men, Afraniy, ochig‘i, sal gangib qoldim chog‘i, nazarimda, umrida xato qilmaydigan odam bilan muloqotda bo‘layotgandayman. O‘sha odam — sizsiz.

— Leviy Matveyni qatl etilganlarning jasadlari ortilgan aravaga o‘tkazishgan va ikki soatlardan keyin ular Yershalaimdan shimolrokdagi xilvat bir daraga yetib borishgan. Komanda a’zolari navbatma-navbat ishlashib, bir soat ichida chuqur xandaq qazishgan va uchala jasadni shu xandaqqa dafn etishgan.

— Yalang‘och holdami?

— Yo‘q, prokurator, xodimlarim kafan o‘rniga jubbalar olivolishgan edi. Dafn etilayotganlarning barmoqlariga halqalar kiydirilgan. Ieshuaning xdlqasida bitta chiziq bor. Xandaqqa tuproq tortilib, ustidan tosh bostirilgan. Shartli belgilar Tolmayga ma’lum.

— O, agar buni oldinroq bilganimda edi-ya! — dedi Pilat aftini burishtirib. — Axir men albatta ko‘rishim kerak edi o‘sha Leviy Matveyni…

— U shu yerda, prokurator!

Pilat ko‘zlarini katta ochib, Afraniyga bir necha lahza tikilib qoldi, so‘ng shunday dedi:

— Mazkur ish yuzasidan ko‘rsatgan barcha faoliyatingiz uchun tashakkur sizga. Ertaga huzurimga Tolmayni yuborsangiz va hoziroq xizmatidan mamnun ekanligimni unga aytib qo‘ysangiz, sizdan esa, Afraniy, — deb prokurator xontaxta ustida yotgan kamarining kissasidan bir uzuk oldi va uni maxfiy xizmat boshlig‘iga uzatarkan, dedi: — Ushbuni esdalik uchun qabul qilishingizni so‘rayman.

— Afraniy ta’zim qilarkan, dedi:

— Iltifotingizning hududi yo‘q, prokurator.

— Dafn bilan mashg‘ul bo‘lgan xodimlaringizni mukofotlang. Iudani qochirib yuborgan ayg‘oqchilarga hayfsan e’lon qiling. Leviy Matveyni esa hoziroq huzurimga boshlab keling. Men Ieshua haqida butun tafsilotni bilmoqchiman.

— Bosh ustiga, prokurator, — dedi Afraniy va har qadamda ta’zim qila-qila tisarilib chiqa boshladi, prokurator esa qarsak chalib, qichqirdi:

— Hoy, bu yoqqa! Shamlar yoqilsin!

Afraniy boqqa kirib borayotganidayoq Pilat orqasida paydo bo‘lgan xizmatkorlarning qo‘lida shamlar miltillab yona boshlagan edi. Bir zumda xontaxta ustida uchta shamchiroq paydo bo‘ldi-yu, oydin tun bog‘ tomonga chekindi, go‘yo uni Afraniy o‘zi bilan olib ketgan edi. Balkonda Afraniyning o‘rnida devqomat kenturion kuzatuvida jikkakkina, oriq bir odam iaydo bo‘ldi. Kenturion, ko‘zi prokuratorning ko‘ziga gushishi bilan, bog‘ tomon chekinib, g‘oyib bo‘ldi.

Prokurator kelgan odamga qattiq sinchkovlik bilan tikilib, uni xiyol hadiksirab kuzata boshladi. Odatda ko‘p shov-shuv bo‘lgan va hech xayoldan ko‘tarilmaydigan odam nihoyat ko‘z oldida namoyon bo‘lgan chog‘da unga shunday tikilib qaraydilar.

Kelgan odam qirq yoshlarda bo‘lib, qop-qorayib ketgan, kiyimlari chuvrindi, boshdan-oyoq hammayog‘iga loy sachrab, qotib qolgan, qovoqlari ostidan o‘qrayib qarar edi. Qisqasi, bu o‘lgudek badburush odam ko‘proq jome bo‘sag‘asi yo sershovqin, iflos Quyi Shaharning bozorlarida qalashib yotgan tilanchilarga o‘xshardi.

Sukut uzoq davom etdi, nihoyat uni Pilat huzuriga olib kelingan mana shu odamning alomat raftori buzdi. Uning rangi o‘zgarib, birdan gandiraklab ketdi, agar isqirt qo‘li bilan xontaxtaning chetidan ushlab qolmaganida yiqilib tushishi muqarrar edi.

— Nima bo‘ldi? — deb so‘radi undan Pilat.

— Hech nima, — deb javob qiddi Leviy Matvey va go‘yo bir nimani yutib yuborganday alomat yutindi. Uning qiltiriq, yalang‘och, isqirt bo‘yni bir shishib, yana puchaydi.

— Nima bo‘ldi senga, javob ber, — deb takror so‘radi Pilat.

— Charchadim, — dedi Leviy va g‘amgin ko‘zlarini yerga tikdi.

— O‘tir, — dedi Pilat oromkursiga ishora qilib. Leviy prokuratorga shubha bilan qaradi, oromkursi tomon yurdi, uning oltin bandiga ko‘z qiri bilan qo‘rqa-pisa qarab qo‘yib, oromkursiga emas, uning yoniga, yerga o‘tirdi.

— Qani ayt, nega unga o‘tirmading? — deb so‘radi Pilat.

— Hammayog‘im iflos, uni bulg‘ab qo‘yaman, — dedi Leviy yerga qaragancha.

— Hozir senga ovqat berishadi.

— Ovqat yegim yo‘q, — javob qildi Leviy.

— Nima qilasan yolg‘on gapirib? — dedi Pilat past ovoz bilan. — Axir kun bo‘yi, balki kechadan beri tuz totmagansan. Ha, yaxshi, yemasang yema. Seni bu yerga chaqirishimdan maqsad, pichog‘ingni ko‘rmoqchiman.

— Meni bu yoqqa olib kirishayotganda navkarlar pichoqni olib qo‘yishdi, — deb javob qildi Leviy va ma’yus ohangda ilova qildi: — Ayting, pichoqni berishsin, men uni egasiga qaytarishim kerak, uni o‘g‘irlab olganman.

— Nima maqsadda?

— Arqon kesish uchun, — javob qildi Leviy.

— Mark! — deb qichqirdi prokurator, shu zahoti kunturion balkonda paydo bo‘ldi. — Buning pichog‘ini menga bering.

Kenturion kamariga osilgan ikki g‘ilofning biridan non kesadigan iflos bir pichoqni chiqarib, prokuratorga uzatdi-da, o‘zi chiqib ketdi.

— Qaerdan olgan eding bu pichoqni?

— Xevron qopqasi yonidagi non do‘konidan, shaharga kiraverishda, chap qo‘lda.

Pilat pichoqning keng damini ko‘zdan kechirdi, negadir uning o‘tkir-o‘tmasligini barmog‘i bilan sinab ham ko‘rdi va dedi:

— Pichokdan ko‘ngling to‘q bo‘lsin, uni o‘sha do‘konga olib borib berishadi. Endi men yana bir narsani ko‘rishim kerak: yoningda olib yurgan pergamentni ko‘rsat — unga Ieshuaning so‘zlari yozilganmish.

Leviy Pilatga nafrat bilan qaradi va shunday sqimsiz jilmaydiki, yuzi nihoyat darajada badbashara bo‘lib ketdi.

— Bisotimda qolgan shu bittayu bitta narsani ham tortib olmoqchimisiz?

— Men, ber, deganim yo‘q, — javob qiddi Pilat, — ko‘rsat, dedim xolos.

Leviy qo‘yniga qo‘l tiqib, bir o‘ram pergament chiqardi. Pilat uni olib, xontaxta ustiga, shamlar oralig‘iga yozdi-da, ko‘zlarini qisgancha siyoh bilan pihoyatda g‘aliz yozilgan belgilarni o‘rgana boshladi. Bu aji-buji yozilgan satrlarning ma’nisiga tushunish amri mahol edi, shunga ko‘ra Pilat aftini burishtirib, pergament ustiga engashib olib, barmog‘ini s: atrlar ustida yurg‘izardi. Har nechuk u pergamentdagi yozuv bir-biriga bog‘lanmagan allaqanday hikmatli so‘zlar, qandaydir ro‘zg‘orga daxddor gaplar, sanalaru she’r parchalaridan iborat ekanligini aniqladi. Pilat ba’zi so‘zlarni hijjalab o‘qidi ham: «O‘lim yo‘q… Kecha biz bahorgi shirin bakkurotdan yedik…».

O‘qishga qiynalganidan Pilatning afti burishib ketgan edi, u ko‘zlarini qisib pergamentni zo‘rg‘a hijjalab o‘qirdi: «Biz obihayot oquvchi musaffo daryoni ko‘rgaymiz… Bashariyat quyoshni shaffof kristall orqali kuzatadi…».

Shu payt Pilat birdan cho‘chib tushdi. U pergamentning oxirgi misralarida shunday so‘zlarni o‘qiy oldi: «… eng ulkan illat… qo‘rqoqlik».

Pilat pergamentni karnay qilib o‘rab, tezkorlik bilan uni Leviyga uzatdi.

— Ol, — dedi u va picha sukutdan so‘ng qo‘shimcha qildi: — Sen kitob shaydosi ko‘rinasan, nima qilasan so‘qqabosh holda, och-yalang‘och, boshpanasiz sang‘ib yurib. Qaysariyada katta kutubxonam bor, men juda badavlat odamman, seni o‘z xizmatimga olmoqchiman. Sen uyimda qadimgi qo‘lyozmalarni saralab, avaylab, saqlaysan. Qorning ham to‘q, egning ham but bo‘ladi.

Leviy o‘rnidan turib javob berdi:

— Yo‘q, xohlamayman.

— Nega? — deb so‘radi g‘azabdan yuzi qoraya boshlagan prokurator, — men manfur ko‘rinyapmanmi senga, qo‘rqasan?

Leviyning yuzi boyagiday yoqimsiz kulgidan o‘zgardi va u dedi:

— Yo‘q, aksincha, sen mendan qo‘rqa boshlaysan. Mening yuzimga tik boqish sen uchun oson bo‘lmaydi, uni qatl ettirganingdan keyin.

— Jim bo‘l, — dedi Pilat, — yaxshisi, pul ol. Leviy rad ma’nosida bosh chayqadi, prokurator gapini davom ettirdi.

— Bilaman, sen o‘zingni Ieshuaning shogirdi deb hisoblaysan, ammo senga aytsam, u bergan saboqlardan birontasini ham uqib olmabsan. Zero, uqqaningda, mendan biron tuhfa olarding, albatta. Yaxshilab eshitib ol: u o‘limi oldidan, hech kimni ayblamayman, deb aytipti, — Pilat barmog‘ini ma’noli ko‘tardi, yuzi ucha boshladi. — Tirik bo‘lganida u ham albatta biron nima olardi. Sen toshbag‘irsan, lekin u toshbag‘ir emas edi. Endi qayoqqa borasan?

Leviy birdan xontaxtaga yaqin kelib, ikkala qo‘lini unga tiradi-da, o‘t chaqnayotgan ko‘zlarini prokuratorga tikib, pichirlab dedi:

— Bilib qo‘y, igemon, Yershalaimda men bir odamni so‘yaman. Senga shuni aytib qo‘ymoqchimanki, hali yana qon to‘kiladi, bilib qo‘y.

— Men ham bilaman yana qon to‘kilishini, — deb javob qildi Pilat, — bu gaping bilan meni aslo ajablantirmading. Sen meni bo‘g‘izlamoqchi bo‘lsang kerak, albatta?

— Seni bo‘g‘izlashga qurbim yetmaydi, — deb javob qildi Leviy tishlarini ko‘rsatib tirjayarkan, — men u darajada ahmoq emasman, illo anavi kiriaflik Ieshuani so‘ymay qo‘ymayman, qolgan umrimni shu ishga tikdim.

Shunda prokuratorning ko‘zlarida mamnuniyat aks etdi va u Leviy Matveyni barmog‘i bilan o‘zi tomon imlab, shunday dedi:

— Sen bu ishni qila olmaysan, urinib ovora bo‘lma. Iudani bugun tunda so‘yib ketib bo‘lishgan.

Leviy birdan orqaga tisarildi, atrofga vahshiyona ko‘z tashlab, chinqirdi:

— Kim qildi buni?

— G‘ayirlik qilma, — dedi Pilat tishining oqini ko‘rsatib va qo‘llarini bir-biriga ishqab, — Ieshuaning sendan boshqa ham «muxlis» lari bor ko‘rinadi.

— Kim qildi buni? — deb takrorladi Leviy pichirlab.

Pilat unga javob qildi:

— Men qildim.

Leviyning og‘zi lang ochilib, prokuratorga serrayib tikilib qoldi, prokurator esa:

— Gunohni yuvish uchun buning o‘zi ozlik qiladi, nlbatta, lekin harholda shu ishni men qildim, — dedi u va qo‘shib qo‘ydi: — Xo‘sh, endi biron nima olarsan?

Leviy o‘ylanib qoldi, ko‘ngli ancha yumshadi va iihoyat dedi:

— Buyur, menga bir bo‘lak toza pergament berishsin.

Oradan bir soat o‘tdi. Endi Leviy qasrda yo‘q edi. Endi tonggi sukunatni bog‘da yurgan soqchilarning ohista odim tashlashlarigina buzardi. Oyning rangi tez o‘cha boshladi, osmonning ikkinchi chekkasida — ufqda tong yulduzi oqish dog‘ bo‘lib ko‘rinardi. Shamchiroqlar allaqachon o‘chgan. Prokurator chorpoyada otardi. U kaftini yonog‘i ostiga qo‘yib, jimgina uxlar, Banga ham uning yonida pinakka ketgan edi.

Nison oyining o‘n beshinchi tongini shunday qarshi olgan edi Iudeyaning beshinchi prokuratori Pontiy Pilat.

Yigirma yettinchi bob 50-KVARTIRANING TUGATILISHI

Margarita «… nison oyining o‘n beshinchi tongini shunday qarshi olgan edi Iudeyaning beshinchi prokuratori Pontiy Pilat» degan jumla bilan yakunlanuvchi bobning nihoyasiga yetganida tong otgan edi.

Chumchuqlar galasi hovlidagi oqtol va jo‘ka shoxlariga qo‘nib olib, sho‘x va hayajonli suhbat boshlagan edi.

Margarita oromkursidan turib kerishdi, shundagina butun vujudi qaqshayotganini va uyqu elitayotganini his qildi. Biroq uning ruhi g‘oyatda tetik edi. Fikrlari parishon emas, bugungi tunni g‘ayritabiiy tarzda o‘tkazgani uni aslo bezovta qilmas edi. Margaritaning shaytonlar bazmida bo‘lgani ham, qandaydir mo‘’jizaviy tarzda ustani qaytarib berishgani ham, quyib kul bo‘lgan romanning qayta paydo bo‘lgani ham, podvaddagi ikki xonalik kvartiradan badkirdor Aloiziy Mogarich quvilib, hamma narsa yana o‘z joyida qaror topgani ham uni aslo hayajonga solmagan edi. Xullas, Voland bilan tanishuv unga hech qanday ruhiy ziyon yetkazmadi. Hamma narsa xuddi risoladagidek bo‘ldi. Margarita narigi xonaga o‘tib, ustaning orombaxsh, mast uyquda yotganini ko‘rdi, bekorga yonib turgan stol ustidagi chiroqni o‘chirdi-da, qarama-qarshi devor tagidagi ustiga eski va yirtiq choyshab yozilgan divanchaga cho‘zildi. Bir daqiqadan keyin uxlab ketdi, ammo o‘sha kuni ertalab u hech qanday tush ko‘rmadi. Podvaldagi ikki xona sukutda, podval ustidagi mo‘jazgina uy ham sukutga tolgan, xilvat tor ko‘cha ham suv quygandek jimjit edi.

Ammo bu mahal, ya’ni shanbaga o‘tar kuni tong pallasida Moskvadagi bir muassasa joylashgan binoning butun bir qavati bedor edi, uning asfalt yotqizilgan keng maydonga (maxsus mashinalar ohista yurib suv sepayotgan va supurayotgan maydonga) ochiladigan derazalarida chiroqlar endigina bosh ko‘tarib kelayotgan quyosh shu’lasi bilan bas boylamoqchi bo‘lganday charaqlab yonib turardi.

Butun qavat Voland ishi yuzasidan boshlangan tergov bilan mashg‘ul va bu yerdagi o‘nta xonaning hammasida tuni bilan chiroq yonib chiqqan edi.

Sirasini aytganda, faqat kecha, juma kuni, Varete teatrining ma’murlari g‘oyib bo‘lish oqibatida hamda undan bir kun oldin o‘tkazilgan jodugarlik seansi paytida yuz bergan har xil noma’qulchiliklar tufayli teatrni yopishga to‘g‘ri kelgandan keyingina masala oydinlashdi. Lekin gap shundaki, shundan keyin ham idoraning uyg‘oq qavatiga yangidan-yangi materiallar to‘xtovsiz kelib turdi.

Tergov olib borayotganlar endilikda g‘irt maynavozchilikning (yana allaqanday sehrli fokuslar va mutlaqo oshkora jinoyatlar bilan omixta bo‘lgan maynavozchilik) hidi kelib turgan bu o‘ta g‘aroyib ishga Moskvaning turli tomonida yuz bergan turli xil, chalkash ishlarni bog‘lab, yagona hodisa sifatida ish ko‘rishlari lozim edi.

Elektr chiroqlari bilan charog‘on bu uyg‘oq qavatga birinchi bo‘lib chaqirilgan odam akustika komissiyasining raisi Arkadiy Appollonovich Sempleyarov bo‘ldi.

Uning Toshko‘prik yaqipidagi uyga joylashgan kvartirasida juma kuni tushlikdan keyin telefon jiringlab, bir erkak ovozi Arkadiy Appollonovichni so‘radi. Telefon trubkasini ko‘targan Arkadiy Lpollonovichping xotini ma’yus ohangda erining betob bo‘lib yotgani va telefonga kela olmasligini aytdi. Lekin shunga qaramay Arkadiy Apollonovich trubkani olishga ajbur bo‘ldi. Arkadiy Apollononichni kim, qaerdan so‘rayapti, deb berilgan savolga telefonda juda qisqa javob qilishdi.

— Mana, hozir… bir zumgina… bir daqiqa sabr qiling… — deb g‘o‘ldiradi akustika komissiyasi raisining odatda o‘ta takabbur xotini va Arkadiy Apollonovichni o‘rnidan turg‘azish uchun yotoqxonaga o‘qday otilib kirdi: Sempleyarov kecha teatrda berilgan seans va seansdan so‘ng uyida kechasi boshlangan mash-mashadan (bu mashmasha bahonasi bilan saratovlik qiz-jiyani kvartiradan haydab chiqarildi) ichini it tirnab, iztirob chekib yotardi.

To‘g‘ri, bir zumda ham emas, lekin bir daqiqada ham emas, balki chorak daqiqa deganda Arkadiy Apollononich ichki ko‘ylak-ishtonda, chap oyog‘ida bir poy tufli oilan telefon oddida paydo bo‘lgan va:

— Ha, bu men… eshitaman, xo‘p bo‘ladi… — deb g‘o‘ldiray boshlagan edi.

Bu mahal uning umr yo‘ldoshi, sho‘rlik Arkadiy Apollonovichnipg oshkor bo‘lgan jirkanch bevafoligini ham unutib yuborib, dahlizga ochiladigan eshikdan qo‘rqa-pisa mo‘ralarkan, erining bir poy tuflisini havoda silkigancha:

— Tuflingni kiyib ol, tuflingni… Oyog‘ingdan zax o‘tadi, — deb pichirlardi, bunga javoban Arkadiy Aiollonovich yalangoyog‘i bilan shattalab xotinini haydar, unga o‘qrayib qo‘yarkan, trubkaga g‘o‘ldirab derdi:

— Ha, ha, ha, bo‘lmasam-chi, tushunaman… Hozir yetib boraman.

Arkadiy Apollonovich bugun oqshomni tergov borayotgan qavatda o‘tkazdi. Suhbat nihoyatda og‘ir, nihoyatda ko‘ngilsiz bo‘ldi, zero nafaqat kechagi qabohatli seans va lojada yuz bergan mushtlashish to‘g‘risida, balki yo‘l-yo‘lakay zarurat yuzasidan, Yeloxovskaya ko‘chasida turuvchi Militsa Andreevna Pokobatko haqida ham, saratovlik jiyani to‘g‘risida ham, bulardan tashqari yana juda ko‘p narsalar to‘g‘risida ham mutlaqo oshkora gapirishiga to‘g‘ri keldiki, bu hol Arkadiy Apollonovichni g‘ayrita’rif azobga solardi.

Turgan gapki, o‘sha la’pati seansnipg shohidi (farosatli va mulohazali shohidi) bo‘lgan, niqob taqqan sirli sehrgarning o‘zini ham, uning ikki lo‘ttiboz yordamchisini ham nihoyatda mukammal tasvirlab bergan, sehrgarning familiyasi aynan Voland ekanligini juda aniq eslab qolgan ziyoli va madaniyatli odam bo‘lmish Arkadiy Apollonovich keltirgan dalil-dastaklar tergov ishini ancha jadallashtirib yubordi. Arkadiy Apollonovich bergan guvohlikni o‘zga odamlarning (shu jumladan, seans oqibatida jabrlangan ayrim xonimlarning va Sadovaya ko‘chasidagi 50-kvartiraga yuborilgan kurer Karpovning) guvohliklari bilan qiyoslash natijasida ushbu hangomalarning sababchilarini qaerdan qidirish kerakligi bir zumda aniqlandi — qo‘ydi.

50-kvartirada bir emas, bir necha marta bo‘lishib, nainki uni sinchiklab ko‘zdan kechirishdi, hatto uning devorlarini ham to‘qillatib ko‘rishdi, kamin mo‘rkoniga ham mo‘ralashdi, xufiya joylarni qidirishdi. Biroq bu tadbirlarning bari hech qanday samara bermadi, kvartirada biron marta ham biron-bir jonzot uchramadi, holbuki Moskvaga keluvchi barcha ajnabiy turtistlar haqida xabardor bo‘lish zimmasiga yuklangan shaxslar, Voland ismli sehrgar Moskvada yo‘q va bo‘lishi ham mumkin emas, deb keskin va qat’iy ravishda ta’kidlashlariga qaramay, kvartirada qandaydir kimsalar mavjudligi judayam aniq edi.

Shunga qaramay, Moskvaga kelgan o‘sha Voland degan shaxs hech yerda ro‘yxatdan o‘tmagan, hech bir kimsaga pasport yoki o‘zga biron hujjat, masalan, shartnoma varaqasini ko‘rsatmagan va hech kim u to‘g‘rida biron-bir ma’lumot olmagan edi. Tomoshaxonalar komissiyasi qoshidagi programmalar bo‘limi mudiri Kitaytsev, o‘sha g‘olib bo‘lgan Styopa Lixodeev hech qanday Voland hech qanday programmasini menga tasdiqlash uchun yuborgani ham yo‘q, o‘sha Voland degan sehrgarning kelgani haqida hech qanday telefon ham qilingani yo‘q, deb xudoni o‘rtaga qo‘yib, qasam ichdi. Binobarin u, ya’ni Kitaytsev Vareteda bunday seans berilishiga Styopaning qanday yo‘l qo‘yganini mutlaqo tushunmas va buning sababini ham bilmas edi. Lekin Kitaytsevga, axir o‘sha sehrgarni Arkadiy Apollonovich teatrda o‘z ko‘zi bilan ko‘ribdi-ku, deb aytishganida, u faqat kiftini uchirib, ko‘zini shiftga tikish bilan javob qildi. Lekin Kitaytsevning ko‘ziga qarab,oldingidek oppoq ekanligini dadil e’tirof etdi.

Tomosha ko‘rsatuvchi muassasa komissiyasi raisi Proxor Petrovichga kelsak…

Darvoqe, kabinetga militsiya kelgan hamon u o‘z kostyumi ichida paydo bo‘ldi va bu raftori bilan Lnna Richardovnani telbanamo quvontirib, bekorga bezovta qilingan militsiyani hayratdan og‘zini ochirib qo‘ydi… Yana o‘z o‘rniga qaytib, kul rang yo‘l-yo‘l kostyumi ichiga kirgan Petrovich, o‘zi qisqa muddatga g‘oyib bo‘lgan paytida kostyumi yozgan ko‘rsatmalarning barini to‘la-to‘kis ma’qulladi… ana shu Proxor Petrovich ham Voland degan shaxs haqida mutlaqo hech nima bilmas edi.

Siz nima deb o‘ylasangiz o‘ylang, kitobxon, ammo bu mutlaqo, aql bovar qilmaydigan hol edi: minglab tomoshabinlar, Varetening butun hay’ati, nihoyat, jua bilimdon shaxs Arkadiy Apollonovich Sempleyarov bitta sehrgarni, shuningdek, uning badkor assistentlarini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishgan bo‘lsa ham, sehrgarni hech yerdan topib bo‘lmadi. Xo‘sh, o‘zingiz ayting-chi: nima, u o‘sha manfur seansi tugashi bilan yer qa’riga kirib g‘oyib bo‘ldimi yoki ba’zilarning ta’kidlashi-cha, u aslida Moskvaga mutlaqo kelmaganmidi? Agar aytganimizdan birinchisi ro‘y bergan deb faraz qiladigan bo‘lsak, unda, u shubhasiz, o‘zi bilan birga Varete ma’muriyati rahbarlarini ham yer qa’riga olib kirib ketgan, lekin bordiyu ikkinchi taxminga to‘xtaladigan bo‘lsak, unda badbaxt teatr ma’murlarining o‘zi bironta rasvogarchilik qilib qo‘yib (kabinetdagi deraza oynasining singanini va G‘ishtintuzning o‘zini qanday tutganini eslang!), Moskvadan qochib chiqib, bedarak ketgan bo‘lib chiqadi.

Tergov ishini boshqargan odamga tan berish kerak. G‘oyib bo‘lgan Rimskiyni bir zumda qidirib topishdi. G‘ishtintuzning kinematograf oldidagi taksi to‘xtaydigan maydonchada o‘zini qanday tutganini ayrim vaqtlar, chunonchi seans tugagan va Rimskiyning g‘oyib bo‘lgan paytlari bilan muqoyasa qilib ko‘rilishi hamono hamma narsa oydinlashdiyu darhol Leningradga telegramma yuborildi. Bir soatdan keyin (juma kuni kechqurun) Rimskiyning «Astoriya» mehmonxonasida, to‘rtinchi qavatdagi to‘rt yuz o‘n ikkinchi xonadan topilgani haqida javob yetib keldi.

«Astoriya» ning to‘rt yuz o‘n ikkinchi xonasidagi kiyim javoniga yashiringan Rimskiy darhol hibsga olingan va o‘sha yerda, Leningradda so‘roq qilingan. Shundan so‘ng Moskvaga yuborilgan telegrammada, Varetening moliya direktori mutlaqo esini yo‘qotgan holatda ekanligi, berilgan savollarga biron jo‘yali javob bermagani yoinki berishni xohlamagani haqida, bil’aks hadeb, uni qamoqxonaning zirhlangan kamerasiga qamab, qurolli soqchilar bilan qo‘riqlashlarini iltimos qilayotgani haqida yozilgan edi. Moskvadan yuborilgan telegrammada Rimskiyni soqchilar kuzatuvida Moskvaga jo‘natish buyurildi, shunga ko‘ra Rimskiy juma kuni kechqurungi poezdda soqchilar kuzatuvida yo‘lga chiqdi.

Shu juma kuni kechqurun Lixodeevning ham izi topiddi. Uning to‘g‘risida barcha shaharlarga telegramma yuborilib, qidiruv e’lon qilingan edi. Yaltadan: «Lixodeev Yaltada bo‘lgan, lekin aeroplanda Moskvaga uchib ketdi», degan javob telegrammasi olindi.

Birdan-bir daragi topilmagan odam Varenuxa bo‘ldi. Deyarli butun Moskvaga taniqli bo‘lgan bu mashhur teatr ma’muri dom-daraksiz yo‘qolgan edi.

Bu asnoda Varete teatridan chetda, Moskvaning boshqa yerlarida yuz bergan hodisalar bilan ham shug‘ullanishga to‘g‘ri keldi. Masalan, «Slavnoe more» qo‘shig‘ini ijro etgan xodimlarning g‘ayritabiiy raftorini (darvoqe, professor Stravinskiy teri ostiga qandaydir dori yuborish bilan ikki soat ichida ularning hammasini yana o‘z holiga keltirishga muvaffaq bo‘ldi), shuningdek, allambalo qog‘ozlarni ayrim kishilar yo muassasalarga pul o‘rnida o‘tqazgan shaxslar va shunday yo‘l tutilishi oqibatida ziyon ko‘rgan shaxslar masalasini ham oydinlashtirish lozim bo‘ldi.

Ma’lumki, bu hodisalar ichida eng ko‘ntilsiz, eng g‘alvali va eng mushkuli marhum Berliozning kallasini Griboedov zaliga qo‘yilgan tobutdan kuppa-kunduz kuni o‘g‘irlab ketilgani bo‘ldi.

Butun Moskvaga yoyilib ketgan bu murakkab ishning chigallarini bittama-bitta yechish uchun o‘n ikkita tergovchi safarbar qilindi.

Tergovchilardan biri professor Stravinskiyning shifoxonasiga bordi va birinchi navbatda keyingi uch kun ichida shifoxonaga keltirilgan shaxslarning ro‘yxatini so‘radi. Buning natijasida Nikonor Ivanovich Bosoy va kallasi uzilib qayta o‘rnatilgan bechora konferanse topildi. Lekin ular tergovchini qiziqtirmadi. Chunki bularning ikkovi ham o‘sha noma’lum sehrgar boshchiligidagi to‘daning qurboni bo‘lganligi ravshan edi. Ammo Ivan Nikolaevich Bezdomniy tergovchini haddan tashqari qiziqtirib qoddi.

Juma kuni kechga yaqin Ivanushka yotgan 117-xonaning eshigi ochilib, bu yerga Moskvadagi eng yaxshi tergovchilardan biri deb sanalishiga qaramay, qiyofasidan tergovchiga mutlaqo o‘xshamaydigan kulcha yuz, vazmin, muloyim bir yigit kirib keldi…

Tergovchi xushmuomalalik bilan o‘zini tanitdi va Ivan Nikolaevichning huzuriga o‘tgan kuni Patriarx ko‘li bo‘yida sodir bo‘lgan hodisalar xususida gaplashgani kelganini aytdi.

O, afsus, bu tergovchi sal oldinroq, hech bo‘lmasa, payshanbaga o‘tar kechasi kelganida bormi, Ivanning boshi osmonga yetgan bo‘lardi: o‘shanda u Patriarx ko‘lida yuz bergan voqeani rosa kuyib-pishib hikoya qilmoqchi bo‘lgan, ammo uning aytganlariga e’tibor berishmagan edi. Mana endi uning maslahatchini tutish orzusi ushaldi, endi u hech kimning orqasidan quvmaydi, aksincha o‘sha chorshanba kuni kechqurun sodir bo‘lgan voqeani eshitish uchun mana, uning huzuriga o‘zlari kelishipti.

Lekin, taassufki, Berlioz halokatidan keyin o‘tgan vaqt ichida Ivanushka tamomila o‘zgarib ketgan edi. U tergovchining barcha savollariga bajonidil va muloyimlik bilan javob qaytarar, ammo uning ni-gohida ham, gapirish ohangida ham loqaydlik sezilib turardi. Berlioz fojiasi endi shoirni tashvishga solmay qo‘ygan edi.

— Ayting-chi, Ivan Nikolaevich, Berlioz tramvay tagiga yiqilib tushganida siz turniketdai uzoqdami-dingiz?

Ivan negadir beparvolik bilan sezilar-sezilmas jilmayib qo‘ydi-da, javob qildi:

— Men uzoqda edim.

— Anavi katak kamzul kiygan turniket oldida turganmidi?

— Yo‘q, u sal nariroqdagi skameykada o‘tirgan edi.

— Berlioz yiqilib tushganida uning turniket oldiga bormaganini aniq eslaysizmi?

— Eslayman. Borgani yo‘q. U yastanib o‘tirgan edi. Tergovchi boshqa savol bermadi. U Ivanushka bilan qo‘l berib xayrlasharkan, tezroq tuzalib keting, dedi va tez kunlarda uning yangi she’rlarini o‘qishiga umid bildirdi.

— Yo‘q, — ohista javob qildi Ivan, — men endi hech qachon she’r yozmayman.

Tergovchi muloyim jilmayib qo‘yib dedi:

— Hozir siz bir oz ruhan siqilgansiz, lekin aminmanki, bu hol hademay o‘tib ketadi.

— Yo‘q, — dedi Ivan tergovchiga emas, so‘nib borayotgan olis ufqqa tikilib, — bu hol endi hech qachon tugamaydi. Men yozgan she’rlar — yomon she’rlar, buni men endi tushundim.

Tergovchi g‘oyat muhim dalillar olib jo‘nab ketdi. Yuz bergan voqealar tizmasining oxiridan boshiga qarab birma-bir tekshirish natijasida, nihoyat hodisalarning sarchashmasi topildi. Bu hodisalarning hammasi Patriarx ko‘lida yuz bergan qotillikdan boshlanganiga endi shubha qolmagan edi. To‘g‘ri, Ivanushka ham, anavi katak kamzulli ham MASSOLITning baxtiqaro raisini tramvay tagiga itarib yubormagan, xullas, hech kim uning tramvay ostiga dumalab tushishida jismoniy hissa qo‘shmagan edi. Lekin tergovchi, Berlioz gipnoz qilingan bo‘lgani uchun o‘zini tramvay tagiga tashlagan (yoki yiqilib tushgan) deb qat’iy ishonardi.

Ha, material yetarli darajada edi, endi kimlarni qaerdan tutish kerakligi ham ma’lum edi. Biroq hamma balo shundaki, aybdorlarni hech tutib bo‘lmayotgan edi. O‘sha xudo qarg‘agan 50-kvartirada, shubhasiz, kimlardir bor edi. Ba’zi-ba’zida telefon qo‘ng‘irog‘iga u kvartiradan kimdir g‘ijirlovchi manqa ovoz bilan javob qilardi, ahyon-ahyonda kvartiraning derazalari ochilib qolar, hattoki, u yerdan patefon ovozi ham eshitilardi. Lekin har gal tekshirgani borishganda, u kvartirada zog‘ni ham uchrata olmasdilar. Holbuki, u yerga bir emas, bir necha marta, kunduzi ham, kechasi ham borib ko‘rishgan edi. Buning ustiga, kvartira ichida to‘r ko‘tarib yurishib, uning burchak-burchaklarini ham sinchiklab tekshirishdi. Bu kvartira o‘zi ko‘pdan shubha ostiga olingan edi. Shu bois nainki darvozaxona va hovli orqali unga kiradigan yo‘lni, shuningdek, orqa eshikni ham qo‘riqlay boshlashdi, bundan tashqari, tomdagi mo‘rkon og‘ziga ham soqchi qo‘yildi. Ha, 50-kvartira beboshlik qilar, ammo uning tanobini tortib qo‘yishning hech iloji bo‘lmayotgan edi.

Vaziyat hech o‘zgarishsiz, shunday qolaverdi, nihoyat, jumadan shanbaga o‘tar kechasi qoq yarim tunda egniga bazm libosi, oyog‘iga loklangan tufli kiygan baron Maygel 50-kvartiraga tantanali vaziyatda mehmon bo‘lib keldi. Eshikni ochib, baronni kvartiraga kiritishgani eshitildi. Shu voqeadan so‘ng rosa o‘n daqiqa o‘tgach, hech qanday qo‘ng‘iroq qilmay, kvartiraga bostirib kirishdi, ammo u yerda nainki uy sohiblarini uchratishdi, balki (bunisi endi aql bovar qilmaydigan hol edi) baron Maygelning arvohi ham qolmaganiga shohid bo‘lishdi.

Shunday qilib, yuqorida aytganimizdek, vaziyat shanba kunning sahariga dovur hech o‘zgarishsiz qolaverdi. Bu paytga kelib, yangi va juda qiziqarli ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Moskva aerodromiga Qrimdan uchib kelgan olti o‘rinli passajir samolyoti qo‘ndi. Boshqa yo‘lovchilar qatori undan juda antiqa yo‘lovchi ham tushdi. Bu uch-to‘rt kundan beri yuziga suv tegmagan, soqol-mo‘ylovi o‘sib tikanak bo‘lgan, yallig‘langan ko‘zlari olazarak boquvchi, qo‘lida hech qanday yuki yo‘q va nihoyatda alomat kiyingan yigit edi. U boshiga papoq, egniga tungi ko‘ylagi ustidan charm chakmon, oyog‘iga ko‘k rangli, endigina sotib olingan yap-yangi shippak kiygan edi. Samolyot zinasidan tushib ikki qadam yurar-yurmas uni kutib olishdi va yana bir oz vaqtdan so‘ng Varetening butun Moskvaga dovrug‘i ketgan direktori Stepan Bogdanovich Lixodeev tergov ahliga ro‘para bo‘ldi. U ham yangi ma’lumotlar berdi. Ana endi Volandning Styopa Lixodeevni gipnoz qilib qo‘yib, Varetega artist qiyofasida kirib borgani, keyin uni jodu yo‘li bilan Moskvadan bir necha ming kilometrga uloqtirgani ma’lum bo‘ldi. Dalillar shu tarz-da tog‘-tog‘ bo‘lib uyulib ketayotgan bo‘lsa ham, bundan ish yengillashmadi, balki, hatto, bir oz og‘irlashdi desa ham bo‘ladi, chunki Stepan Bogdanovichning boshiga ne savdolarni solgan o‘sha nayrangboz shaxsni qo‘lga ilintirish juda mushkul ekanligi yaqqol ko‘rinib turardi. Bu o‘rtada Lixodeev, o‘z iltimosiga ko‘ra, mustahkam kameraga qamab qo‘yildi. Bu asnoda deyarli ikki kecha-kunduz dom-daraksiz ketib, yana o‘z kvartirasida paydo bo‘lgan va o‘sha yerda hibsga olingan Varenuxa tergovchilar oldida guvohlik bera boshladi.

Garchi u Azazelloga, boshqa yolg‘on so‘zlamayman, deb so‘z bergan bo‘lsa ham, tergovda gapni yolg‘ondan boshladi. Lekin buning uchun uni judayam ayblamaslik ke-rak. Chunki Azazello telefonda yolg‘iz so‘zlash, qo‘rslik qilishni man qilgan edi unga, hozir esa, ma’mur o‘sha apparat yordamisiz gapirayotgan edi. Ivan Savelevich tergov qilayotganlardan ko‘zini olib qochishga urinib hikoya qila boshladi:

— Payshanba kuni kunduzi Varetedagi kabinetimda yolg‘iz o‘zim to mast bo‘lib qolgunimcha ichdim. Keyin ketdim, qayoqqa — eslolmayman, allaqaerda to‘xtab, yana starka ichdim, ammo qaerda — eslolmayman, qaysiyam bir devor tagida uchib qoldim, lekin qaysi devor ekanliginiyam eslolmayman…

Varenuxa o‘zining bema’ni va betuturiq raftori bilan muhim ish yuzasidan tergov olib borishga xalaqit berayotganini va bu qilmishi uchun albatta javobgarlikka tortilajagini aytishgandan keyin, u ho‘ngrab yig‘lab yubordi va hammayoqqa olazarak bo‘lib qarab, titroq ovoz bilan pichirlagancha, yolg‘on gapirganiga, chunki Voland to‘dasining qasos olishidan qo‘rqib shunday qilganiga iqror bo‘ldi va o‘zini zirhlangan kameraga qamashlarini yolvorib iltijo qila boshladi.

— Obbo! Bunisigayam zirhlangan kamera zarur bo‘lib qopti, — deb to‘ng‘illadi tergovchilardap biri.

— Anavi yaramaslar qattiq qo‘rqitib qo‘ygan bularni, — dedi Ivanushkaning oldida bo‘lib qaytgan tergovchi.

Varenuxaga qo‘ldan kelgancha tasalli berishib, sizni kamerasiz ham himoya qilamiz, deb va’da qilishdi, shundan keyin uning hech qanday devor tagida starka ichmagani, aksincha, so‘yloq tishli malla odam bilan baq-baqaloq bir nusxa uni do‘pposlagani ma’lum bo‘ldi.

— O‘sha baqaloq mushukka o‘xsharmidi?

— Ha, ha, ha, — deb pichirlardi ma’mur qo‘rquvdan shamdek qotib va zum o‘tmay atrofiga olazarak bo‘lib qarab, so‘ng u qariyb ikki kun 50-kvartirada qonxo‘r poyloqchi sifatida kun kechirgani va sal bo‘lmasa moliya direktori Rimskiyning umriga zomin bo‘layozgani haqida batafsil so‘zlab berdi…

Shu payt Leningrad poezdidan tushgan Rimskiyni olib kirishdi. Biroq avvalgi moliya direktoriga butkul o‘xshamay qolgan, qo‘rquvdan dag‘-dag‘ titrayotgan, ruhiy kasalga mubtalo bo‘lgan, sochlari oqarib ketgan bu chol oyoq tirab turib olib haqiqatni gapirishdan butkul bosh tortdi. U o‘z kabinetining derazasida tunda hech qanday yalang‘och Gellani ham, shuningdek, Varenuxani ham ko‘rmagani, balki ko‘ngli behuzur bo‘lib, hushi og‘ib, bilmay Leningradga ketib qolgani haqida gapira boshladi. Qizig‘i shundaki, betob Rimskiy guvohlik berib bo‘lib, yana uni zirhlangan kameraga qamashlarini iltimos qila boshladi.

Annushka esa Arbatdagi univermag kassiriga o‘n dollarlik qog‘oz pul tutqizmoqchi bo‘lganida qo‘lga olindi. Uning Sadovaya ko‘chasidagi uyning derazasidan uchib chiqib ketgan odamlar va taqacha haqidagi (Annushkaning aytishicha, u taqani militsiyaga eltib berish uchun yerdan ko‘targan ekan) gaplarini diqqat bilan eshitishdi.

— Taqacha chinakam oltindanmidi, gavhar toshlari ham bormidi? — deb so‘rashdi Annushkadan.

— Voy, gavharning qanaqaligini bilmay o‘libmanmi, — deb javob qildi Annushka.

— O‘sha odam sizga bergan pul chervon pulmidi?

— Voy, chervonning qanaqaligini bilmay o‘libmanmi, — dedi Annushka.

— Xo‘sh, u pullar qachon dollarga aylanib qoldi bo‘lmasam?

— Hech nima bilmayman, qanaqa dollarni gapiryapsiz, men hech qanaqa dollar-pollarni ko‘rganim yo‘q, — derdi Annushka chiyillab, — biz o‘z huquqimizni bilamiz! Bizga mukofot berishgan ekan, demak unga chit sotib olamiz… — shundan keyin u, beshinchi qavatni jinu alvastilar makoniga aylantirib, hammaning tinchini buzgan uy boshqarmasining qing‘ir ishlari uchun javob beradigan ahmoq yo‘q, deb shunaqangi poyintar-soyintar gaplarni javrab ketdiki…

Annushka hammani joniga tekkan edi, tergovchi qo‘l siltab uning ovozini o‘chirdi va yashil qog‘ozga ruxsatnoma yozib berib, hammaning ko‘nglidagi ishni qildi. Annushka binodan chiqib ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi.

Shundan keyin juda ko‘p odamlar birin-ketin tergovdan o‘ta boshladilar. Bular orasida Nikolay Ivanovich ham bo‘lib, u rashkchi xotinining tentakligi tufayligina (xotini militsiyaga erining ertalabga yaqin g‘oyib bo‘lganini xabar qilgan edi) hibsga olingan edi. Nikolay Ivanovich o‘zining shayton huzurida bazmda bo‘lgani haqida o‘ta tuturiqsiz guvohnomani ko‘rsatdi, lekin bu bilan tergov ahlini unchalik ajablantirmadi. U Margarita Nikolaevnaning uy xodimasini o‘z ustiga mindirib allaqaysi go‘rga cho‘milishga olib borgani va undan sal oldin Margarita Nikolaevnaning qip-yalang‘och holda derazada o‘tirgani haqida so‘zlab berdi-yu, qolgan gaplarni sir saqlab qoldi. Masalan: u Margarita Nikolaevnaning yotoqxonasiga ko‘ylak ko‘tarib kirgani va Natashani Venera deb ataganini so‘zlab berishni lozim ko‘rmadi. Uning hikoya qilishicha, Natasha derazadan uchib chiqqanu uni minib olib, Moskva tashqarisiga parvoz etgan edi.

— Kamina bu zo‘ravonlikka bo‘ysunishga majbur bo‘ldim, — deb hikoya qildi u va o‘z uydirmalarini bunday yakunladi: — O‘tinaman, shu aytgan gaplarimni zinhor-bazinhor xotinim bila ko‘rmasin.

Unga va’da berishdi.

Nikolay Ivanovich bergan guvohlikdan Margarita Nikolaevnaning, shuningdek uning uy xodimasi Natashaning nom-nishonsiz g‘oyib bo‘lishgani aniqlandi. Ularni qidirib topish choralari ko‘rila boshladi.

Shanba shuni ertalab guvohlarni tergov qilish bir zum ham to‘xtamadi. Bu payt shaharda mutlaqo kurakda turmaydigan mish-mishlar paydo bo‘lib, yashin tezligida chor yoqqa tarqala boshladi. Tariqdakkina haqiqat tuyaday uydirmaga aylandi. Aytishlaricha, Varete teatrida berilgan sehrgarlik seansidan keyin ikki mingta tomoshabinning hammasi ko‘chaga onadan qanday tug‘ilgan bo‘lsa, shunday holda otilib chiqqanmish, Sadovaya ko‘chasida qalbaki pul yasaydigan bosmaxona topilganmish, allaqanday o‘g‘rilar to‘dasi maishatxonadan birvarakayiga beshta mudirni o‘g‘irlab ketganmish-u, lekin militsiya o‘sha zahoti ularni topganmish, hokazo va hokazo.

Vaqt tushlikka yaqinlashib qolgan edi, shu payt tergov olib borilayotgan xonada telefon jiringladi. Sadovaya ko‘chasidan qo‘ng‘iroq qilishib, kasofat kvartirada yana jonlanish ro‘y berganini xabar qilishdi. Aytishlaricha, kvartiraning derazalari ichkaridan ochilipti, u yerdan pianino ovozi va qo‘shiq eshitilipti, derazada o‘zini oftobga solib, yastanib yotgan qora mushukni ko‘rishipti.

Kunning avji qizigan payti — soat to‘rtlarda bir guruh grajdancha kiyingan erkaklar Sadovaya ko‘chasidagi 302-bis uyga yetmasdan ancha nariroqda uchta mashinadan tushishdi. Keyin ular ikkita kichik to‘daga bo‘linishdi-da, birinchi to‘da bostirma ostidan hovliga kirib, to‘g‘ri oltinchi yo‘lak sari yo‘l oldi, ikkinchisi esa orqa yo‘lga olib kiradigan doimo mixlog‘liq kichkinagina eshikni ochdi, shunda ikkala to‘da boshqa-boshqa zinadan 50-kvartiraga baravar ko‘tarila boshladi.

Bu payt Korovyov bilan Azazello kvartiraning yemakxonasida nonushta qilib o‘girishar, Voland, o‘z odati bo‘yicha yotoqxonada edi, mushukning qaerdaligi ma’lum emas edi. Lekin oshxonadan kelayotgan idish-tovoqlarning taraq-turuqidan, Begemot o‘sha yerda yana biron jinnilik qilayotgan bo‘lsa kerak, deb o‘ylash mumkin edi.

— Zinadan oyoq tovushlari eshitilyaptimi? — deb so‘radi Korovyov chashkasidagi qahvani qoshig‘i bilan kavlab o‘tirarkan.

— E, bizni qamoqqa olgani kelishyapti, — deb javob qildi Azazello va qadahchadagi konyakni ichib yubordi.

— Qani, qani, ko‘raylik-chi, — dedi Korovyov bunga javoban.

Bu mahal pod’ezd eshigidan kirganlar zinadan uchinchi qavat maydonchasiga chiqib kelgan edilar. Bu yerda ikki nafar vodoprovodchi isitish quvuri oldida g‘ivirsirdi. Zinadan chiqib kelganlar vodoprovodchilar bilan ma’nodor ko‘z urishtirib olishdi.

— Hammalari uyda, — deb pichirladi vodoprovodchilardan biri bolg‘achasi bilan quvurga urib-urib qo‘yarkan.

Shunda oldinda kelayotgan odam paltosi ichidan qora mauzer chiqardi, uning yonidagi ikkinchi odam — qo‘ynidan temir ochqich oldi. Umuman, 50-kvartiraga chiqib kelayotganlar puxta qurollangan edilar. Ikki kishining cho‘ntagida oson yoyiluvchi ingichka ipak to‘r bor edi. Yana bittasida — arqon, bittasida — doka niqoblar bilan xloroformli ampulalar bor edi.

50-kvartiraning eshigini tez va oson ochishdi, hamma kelganlar dahlizga kirishdi, ayni paytda oshxonada eshik «qars» etib ochildi, bu — xufiya yo‘ldan chiqqan ikkinchi to‘daning ham o‘z vaqtida yetib kelganidan darak berdi.

Bu gal qisman bo‘lsa ham omad yurishi aniq edi. Odamlar bir zumda hamma xonalarga tarqalishdi-yu, lekin hech yerda hech kimni uchratishmadi, faqat yemakxonada hozirgina yeyilgan nonushtaning qoldig‘ini, mehmonxonada esa kamin tokchasida billur ko‘za yonida primus ushlab cho‘qqayib o‘tirgan bahaybat bir qora mushukni ko‘rishdi.

Mehmonxonaga kirganlar bu mushukka mahliyo bo‘lib uzoq vaqt sukutga cho‘mib turib qoldilar.

— Ha-a… chindanam antiqa hol — deb shipshidi kirganlardan biri.

— Sho‘xlik, qitmirlik qilmayman, primus tuzataman, — dedi mushuk tumshaygancha, — yana, mushuk zoti eng qadimiy va daxlsiz maxluq, deb ogoxlantirib qo‘yishni ham o‘z burchim deb bilaman.

— Nihoyatda nozik ishlangan, — deb pichirladi xonaga kirganlardan biri.

— Qani, og‘zi qimirlamay so‘zlovchi daxlsiz mushuk janoblari bu yoqqa marhamat qilsinlar.

Shu zahoti ipak to‘r «shuv» etib havoda yoyildi, lekin to‘r otgan odam nishonni mo‘ljalga ololmay, hammani hayratda qoldirdi, to‘r billur ko‘zaga ilindi, ko‘za yerga tushib chil-chil sindi.

— Yutqizdingiz, — deb baqirdi mushuk, — ura! — shundan keyin primusni bir chetga qo‘yib, orqasidan to‘pponcha chiqardi-da, zum o‘tmay o‘ziga yaqin turgan odamni nishonga oldi. Lekin mushuk o‘q otishga ulgurmasdan oldin u odamning qo‘lidagi mauzerdan o‘t chaqnadi va shu onning o‘zida mushuk panjasidan to‘pponchani tushirib yuborib, primusni tashlab, pastga sho‘ng‘idi va «tap» etib yerga tushdi.

— Adoyi tamom bo‘ldim, — dedi mushuk zaif ovoz bilan va o‘z qoniga belanib chalqancha yotdi, — bir zumgina menga yaqinlashmanglar, zamin bilan vidolashishimga imkon beringlar. O, qadrdonim Azazello! — deb ingradi qoniga belanib yotgan mushuk. — Qaerdasan? — Mushuk so‘nib borayotgan ko‘zlarini yemakxona eshigi tomon qaratdi, — g‘irrom jang paytida menga yordamga kelmading. Sen bir stakan asl nav konyak deb bechora Begemotdan yuz o‘girding! Ha, mayli, mening o‘limimga zomin bo‘lsang ham, senga to‘pponchamni vasiyat qilib qoldiraman…

— To‘r, to‘r, to‘r tashlanglar, — bezovta bo‘lib pichirlashdi mushukning atrfoida turganlar, lekin aksiga yurib, to‘r kimningdir cho‘ntagiga ilinib qolgan va hadeganda chiqmasdi.

— Og‘ir jarohatlangan mushukka faqat, — dedi mushuk, — bir qultumgina benzin najot berishi mumkin… — Shunda u odamlarning sarosimada qolganida foydalanib, primusning doira teshigiga og‘zini olib bordi va ichidagi benzinni qultullatib ichdi. Shu zahotiyoq uning chap qo‘ltig‘idan oqayotgan qon taqqa to‘xtadi. U tetik, sog‘lom bo‘lib «dik» o‘rnidan turdi va primusni qo‘ltig‘iga qistirgancha, yana kamin ustiga sakrab chiqdi, so‘ng devorga yopishtirilgan gulqog‘ozlarni timdalab yirtib, hash-pash deguncha parda ilingan karniz ustiga chiqib oldi.

Shu zahoti odamlar pardaga chang solishib, uni dor-pori bilan birga yulib tushirishdi, natijada xona oftob nuridan yorishib ketdi. Lekin lo‘gtiboz mushuk ham, primus ham pastga tushmadi. Mushuk primusni mahkam changallagancha, bir sakrab, xona shiftining qoq o‘rtasiga osilgan qandilga sakrab o‘tdi.

— Narvon! — deb qichqirishdi pastdagilar.

— Duelga chaqiramai! — deb baqirdi mushuk odamlarning boshi uzra qandilni arg‘imchoq qilib ucharkan, ptu payt yana uning panjasida to‘pponcha paydo bo‘ldi, u primusni qandilning shoxlari orasiga joylab qo‘ydi. Keyin, odamlarning boshi uzra soatning kafgiri singari silkinarkan, ularga qarata tasirlatib o‘q uzib, butun kvartirani larzaga keltirdi. Billur qandilning siniqlari «duv» etib yerga to‘kildi, kamin ustida turgan toshoyna o‘rgimchak iniga o‘xshab darz ketdi, shift va devorning suvog‘i ko‘chib, chang ko‘tarildi, otilgan o‘q gilzalari yerga tushib har qayoqqa sochildi, deraza oynalari chirsillab sindi, o‘q teshgan primusdan benzin tizillab oqa boshladi. Endi mushukni tiriklayin qo‘lga olish haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas edi, shunga ko‘ra, klegan odamlar uning boshini, qornini, ko‘kragi, yelkasini nishonga olib, mauzerlaridan patirlatib o‘q ota boshladilar. Bu otishma hovlidagi odamlarni vahimaga soldi.

Lekin otishma juda oz vaqt davom etdi va o‘z-o‘zi-dan so‘na boshladi. Gap shundaki, bu otishmadan na mushuk, na uni tutgani kelgan odamlar shikastlandilar. Biron kimsa nainki o‘ldi, hatto jarohatlanmadi ham: odamlarning, shular qatori mushukning ham biron yeri aqalli tirnalgani ham yo‘q. Bu holdan odamlar hang-mang bo‘lishib, qandilda arg‘imchoq uchib, to‘pponchasining og‘ziga puflayotgan mushukka tikilgancha lol bo‘lib qoldilar. Bu — otishma mutlaqo ziyon yetkazmagan dunyodagi yagona hodisa edi. To‘g‘ri, masalan, mushukning to‘pponchasini o‘yinchoq to‘pponcha deb faraz qilish mumkin edi, lekin odamlarning qo‘llaridagi mauzerlar haqida sira-sira bunday o‘ylash mumkin emas. Mushukning birinchi jarohati, shuningdek, uning benzin ichishi g‘irt nayrangbozlik va mug‘ambirlik bo‘lganiga endi hech shubha qolmagan edi.

Mushukni qo‘lga tushirishga yana bir marta urinib ko‘rdilar. Unga qarata sirtmoqli arqon otishdi, lekin sirtmoq qandilning bir shamdoniga ilindi-yu, qandil uzilib gursillab tushdi. Natijada, butun uy larzaga kelgandek bo‘lib tuyuldi, lekin bundan ham naf chiqmadi. Odamlar boshiga qandil siniqlari duv etib to‘kil-di, mushuk esa bir sakrashda kamin ustida turgan toshoynaning zarhal ramkasi ustiga uchib o‘tdi. U qochishni xayoliga ham keltirmas, aksincha, bexavotir joyga chiqib olib, yana bir marta nutq so‘zlay boshladi.

— Hecham tushunolmayapman, — derdi u shift ostida turib, — nima uchun menga bunday qo‘pol muomala qilyapsizlar…

Xuddi shu payt mushukning endi boshlangan nutqini allaqaerdan eshitilgan salobatli, yo‘g‘on bir ovoz bo‘ldi:

— Nima bo‘lyapti o‘zi bu yerda? Mashg‘ulotimga kim xalal beryapti?

Boshqa bir xunuk va manqa ovoz unga javob qildi:

— La’nati Begemotdan boshqa kim bo‘lardi! O‘shada!

Echkinikiga o‘xshash titroq uchinchi ovoz dedi:

— Messir! Bugun shanba. Kun botmoqda. Vaqt bo‘ldi.

— Kechirasizlar, ortiq suhbatlasha olmayman, — dedi toshoyna ramkasida o‘tirgan mushuk, — vaqtimiz ziq. — U to‘pponchani uloqtirib derazaning ikki qavatli oynasini sindirdi. Keyin pastga benzin sepgan edi, benzin o‘z-o‘zidan pov etib yonib, alangasi shu zahoti shiftga yetdi.

Hattoki benzin yonganda ham bunchalik jadal va kuchli o‘t olmaydi. Gulqog‘ozlar tutay boshladi, yerga tortib tushirilgan deraza pardasi yonar, oynasi sindirilgan derazalar buruqsirdi. Mushuk miyovlab, g‘ujanak bo‘ldi va bir sakrashda toshoyna ustidan uchib derazaga borib tushdi va qo‘ltig‘ida primusi bilan tashqariga otilib chiqib, ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi. Tashqaridan o‘q ovozlari eshitildi. Zargar bevasining derazasi ro‘parasida, o‘t o‘chiruvchilar uchun mo‘ljallangan temir zinada o‘tirgan odam mushukni o‘qqa tutdi, bu mahal mushuk «P» shaklidagi bu imoratning muyulishidagi tarnovga yetib olish uchun bir derazadan ikkinchi derazaga sakrab o‘tayotgan edi. Nihoyat u o‘sha muyulishga yetib olib, tarnovga tirmashib tomga chiqib oldi.

U yerda ham, mo‘rkon oldida soqchilik qilib turganlar mushukni besamar o‘qqa tutdilar, lekin mushuk butun shaharni o‘z yog‘dusiga g‘arq qilib botayotgan quyosh tomon uchib, ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi.

Bu payt kvartirada, odamlar oyog‘i ostida parket pol «lop» etib o‘t oldi va boya mushuk qalbaki jarohat bilan mug‘ambirlik qilib yotgan joyda sobiq baron Maygelning iyagi tikkaygan, nigohi so‘lgan jasadi kelganlar ko‘zi oldida asta-sekin namoyon bo‘ldi. Endi jasadni olovdan qutqarishning iloji yo‘q edi. Bu yerdagi odamlar tutay boshlagan kiyimlariga «tap-tap» urib, yonayotgan parket kataklaridan hatlab, narigi xonaga va undan dahlizga chekinardilar. Yemakxonadagilar ham dahlizga otilib chiqa boshladilar. Mehmonxona butunlay o‘t va tutun og‘ushida qolgan edi. Kimdir yo‘l-yo‘lakay o‘t o‘chiruvchi qismiga telefon qilishga va qisqagina qilib qichqirishga ulgurdi:

— Sadovaya, uch yuz ikkinchi-bis!

Ortiq gaplashishga imkon qolmagan edi, chunki alanga dahlizga ham otilib chiqqan, nafas olish mushkullashgan edi.

Sehrli kvartiraning oynalari singan derazalaridan tutun buruqsib chiqa boshlashi bilan hovlidan odamlarning jon holatda qichqirishgani eshitildi:

— O‘t ketdi, yonyapmiz!

Bu uydagi kvartiralarning ko‘pida odamlar telefon qilib chinqira boshlashdi.

— Sadovaya! Sadovaya ko‘chasi, uch yuz ikki-bis! Shaharning har yog‘idai o‘kdek uchib kelayotgan uzunchoq qizil mashinalarning yuraklarni dahshatga soluvchi qo‘ng‘iroq sadolari Sadovaya ko‘chasida eshitilgan payt, hovlida zir yugurib yurgan odamlar beshinchi qavatdagi derazadan uchta erkakning va bitta yalang‘och ayolning qora sharpasi tutun bilan birga uchib chiqib ketganini ko‘rdilar.

Yigirma sakkizinchi bob KOROVYOV BILAN BEGEMOTNING OXIRGI NAYRANGLARI

O‘sha sharpalar haqiqatan ham bo‘lganmidi yo Sadovaya ko‘chasidagi badbaxt uyda yashovchilarning ko‘ziga qo‘rqqanlaridan shunday ko‘ringanmi — buni aniq aytish qiyin. Agar o‘sha sharpalar bo‘lgan bo‘lsa, endi ularning qayoqqa yo‘qolganini ham hech kim bilmas edi. Sharpalarning qaerga borganda bir-birlaridan ajralishganini ham biz ayta olmaymiz, lekin shuni bilamizki, Sadovaya ko‘chasida boshlangan yong‘indan keyin taxminan chorak soat vaqt o‘tganida Smolenskiy bozoridagi Torgsin magazinining ko‘zgu o‘rnatilgan eshigi oldida katak kostyum kiygan daroz odam bilan juda ham yirik bir qora mushuk paydo bo‘ldi.

Daroz kimsa epchillik bilap odamlar orasipi yorib o‘tib, magazinniig sirtqi eshigini ochdi. Lekin g‘oyat badxoh chehrali, qotmadan kelgan, jikkakkina eshikog‘asi uning yo‘lini to‘sib, jahl bilan dedi:

— Mushuk bilan kirish mumkin emas.

— Meni afv etasiz, — deb shang‘illadi daroz odam va g‘adir qo‘lini xuddi kar odamday qulog‘iga olib bordi, — mushuk bilan dedingizmi? Qani, mushuk?

Eshikog‘asi baqrayib qoldi, buiga sabab, daroz odamning oyog‘i ostida endi hech qanday mushuk ko‘rinmasdi, bil’aks, qo‘liga primus ko‘tarib, boshiga yirtiq kepka kiygan, lekin basharasi chindanda bir oz mushuknikiga o‘xshab ketuvchi bir baqaloq odam, darozning yelkasi osha mo‘ralar va hadeb magazinga kirishga talpinardi.

Bu ikki xaridor negadir odamovi eshikog‘asiga yoqmagan edi.

— Bizda mol faqat valyutaga sotiladi, — deb xirilladi u oq oralaganligidan xuddi kuya yegandek bo‘lib ko‘ringan paxmoq qoshlari ostidan o‘qrayib qararkan.

— Azizim, — deb shang‘illadi daroz pensnesining darz ketgan shishasi orqali ko‘zini chaqnatib, — kim aytdi sizga menda valyuta yo‘q deb? Kiyim-boshimga qarab shuiday o‘yga bordingizmi? Hech qachon bunday ish tutmaig, qimmatli qo‘riqchi! Jugda katta xatoga yo‘l qo‘yib qo‘yishingiz mumkin. Hech bo‘lmasa mashhur halifa Xorup ar-Rashidning kechmishlariga qayta ko‘z yugurtirib chiqing. Ammo mazkur vaziyatda, u tarixni vaqtincha chetga qo‘yib, sizga shuni aytmoqchimanki, ustingizdan mudiringizga shikoyat qilaman va siz to‘g‘ringizda shunday gaplarni aytib beramanki, oqibatda oynavand qo‘shqavat eshik orasidagi issiq o‘rningizdan judo bo‘lishingiz hech gap emas.

— Balki primusim to‘la valyutadir, — qizishib gapga aralashdi, nuqul magazinga suqulib kirishga urinayotgan mushukbashara baqaloq. Magazin eshigi oldida ancha-muncha odam to‘planib qolgan edi. Ularning toqati toq bo‘lib, bu ikki xaridorni siqib kelaverishdi. Natijada bu ikki alomat kishiga nafrat va shubha bilan tikilgan eshikog‘asi o‘zini chetga olishga majbur bo‘ldi, shunda bizning tanishlarimiz Korovyov bilan Begemot magazinga kirdilar.

Bu yerda ular, birinchi navbatda, hammayoqqa bir-bir ko‘z yugurtirib chiqishdi, so‘ng Korovyov magazinning hamma yeriga ham eshitiladigan yangroq ovoz bilan dedi:

— Ajoyib magazin! Juda, juda yaxshi magazin. Peshtaxta oldidagi xaridorlar ovoz kelgan tomonga negadir taajjub bilan yalt etib o‘girilishdi, holbuki magazinni maqtashga asos bor edi.

Tokcha kataklariga turli xil gul solingan, rang-barang chitlar toy-toy qilib taxlab tashlangan. Ularning orqasida xom surp, shifon va frakbop movutlar bor. Ulardan narida tog‘-tog‘ qilib uyilgan poyabzal qutilari. Bu yerda bir nechta ayol pastak kursilarga o‘tirib olib, oyoqlariga yangi, yaltiroq tuflilar kiyib ko‘rishar, jiddiy qiyofada gilamcha ustida yurishardi. Undan narida muyulish orqasidan patefon ovozi kelardi.

Lekin Korovyov bilan Begemot bu jozibali manzaralar yonidan o‘tib borib, to‘g‘ri oziq-ovqat mahsulotlari va shirinliklar bo‘limi tomon yo‘l olishdi. Bu yerning sahni ancha keng bo‘lib, peshtaxta oldi gazmol bo‘limidagi singari tiqilinch emas edi.

Soqol-mo‘ylovi qirtishlab olingan, mugiz gardishli ko‘zoynak taqqan, boshida, lentasiga dog‘ ham tushmagan yap-yangi shlyapa, egniga och-binafsha rang palto, qo‘liga malla rang mayin qo‘lqop kiygan past bo‘yli, baqaloq odam peshtaxta oldida turib, sotuvchiga bir nimalarni g‘o‘ldirab buyurardi. Chinniday toza oq xalat va ko‘k shapkacha kiygan sotuvchi binafsha rang paltoli xaridorga xizmat qilardi. U Leviy Matvey o‘g‘irlagan pichoqqa judayam o‘xshab ketuvchi o‘tkir pichoq bilan yog‘i yaltillab turgan pushti rang losos balig‘ining xuddi ilonnikiga o‘xshab kumushdek tovlanuvchi terisini shilar edi.

— Bu bo‘lim ham g‘oyat soz, — deb tantanavor ohangda e’tirof etdi Korovyov va barmog‘i bilan binafsha rang palto kiygan odamni ko‘rsatib ilova qildi: — ajnabiy xaridor ham yoqimtoygina ekan.

— Yo‘q, Fagot, yo‘q, — o‘ychanlik bilan javob qildi Begemot, — sen, do‘stim, yanglishyapsan. Menimcha, bu jentlmenning ruxsorida bir nima yetishmayapti. Binafsha rang paltoli kishining kifti seskanganday bo‘ldi, lekin bu tasodif edi chamasi, chunki u Korovyovning o‘z hamrohi bilan gaplashgan ruscha gapga tushunmas edi-da.

— Yakshi? — deb jiddiy ohangda so‘radi binafsha rang paltoli.

— A’lo, — deb javob qildi sotuvchi pichoq uchi bilan baliq terisi ostini ustalik bilan kavlab ko‘rsatarkan.

— Yakshi — men yakshi ko‘radi, yaman — meniki yaman ko‘radi, — dedi jiddiy ohangda ajnabiy.

— Bo‘lmasam-chi! — zavq bilan javob qildi sotuvchi.

Bu payt tanishlarimiz losos xarid qilayotgan ajnabiydan uzoqlashib, shirinliklar sotiladigan peshtaxta oldiga yaqinlashdilar.

— Kun qizidi-ku, — deb murojaat qildi Korovyov ikki yuzi qip-qizil sotuvchi qizga, lekin undan hech qanday sado chiqmadi. Shunda u: — Mandarin qanchadan? — deb so‘radi.

— Kilosi o‘ttiz tiyin, — deb javob qildi sotuvchi qiz.

— Muncha qimmat, — dedi Korovyov xo‘rsinib, — eh, eh… u yana bir oz o‘ylanib turdi-da, hamrohini chaqirdi: — Ol, yeyaver, Begemot.

Baqaloq odam primusini qo‘ltig‘iga qistirdi-da, ehrom shaklida uyulgan mandarinlarning eng cho‘qqisidagisini olib, hash-pash deguncha po‘choq-mo‘chog‘i bilan yeb yubordi, so‘ng ikkinchisini yeyishga kirishdi.

Dahshat og‘ushiga tushgan sotuvchi ayolning rangida qoni qolmadi.

— Jinni-minni bo‘lganmisiz, bu nima qiliq? — deb chinqirdi u, — chek uzating! Chek! — uning qo‘lidagi konfet kurakchasi tushib ketdi.

— Jonginam, azizim, dilbarim, — deb xirilladi Korovyov peshtaxta osha engashib, sotuvchi ayolga ko‘z qisarkan, — yonimizda valyuta yo‘q, bugun… xo‘sh, iloj qancha? Lekin sizga ont ichib aytamanki, kelasi gal, dushanbadan kechiktirmay, hammasini naqd to‘laymiz. Biz shu yaqin o‘rtada turamiz. Sadovaya ko‘chasida, yong‘in bo‘layotgan yerda.

Begemot uchinchi mandarinni yutib yuborib, dastpanjasini shokolad plitkalaridan tiklangan antiqa istehkomga cho‘zdi va uning «poydevor» idan bitta shokolad olib (turgan gapki «istehkom» vayron bo‘ldi), uni zar qog‘ozi bilan birga chaynamay yutib yubordi.

Baliq sotilayotgan peshtaxta ortidagi sotuvchilar qo‘llarida pichoq ushlagancha toshday qotib qoldilar, binafsha rang palto kiygan ajnabiy bosqinchilar tomon o‘girilgan edi, Begemotning boyagi fikri noto‘g‘ri bo‘lib chiqdi: binafsha rang paltolining ruxsorida yetishmovchilik emas, ortiqchalik mavjud edi — uning lunjlari osilgan, ko‘zlari olazarak edi.

Rangi quv o‘chgan sotuvchi ayol butun magazinni boshiga ko‘tarib hasratli ovoz bilan chinqirdi:

— Palosich! Palosich!

Gazmol bo‘limidagi olomon bu ovozni eshitib, shu yoqqa otildi, Begemot esa jozibali shirinliklardan uzoqlashib, «Kerchning sarxil seld balig‘i» deb yozilgan bochkaga panjasini tikdi-da, ikkita selyodka olib, hash-pash deguncha ikkovini yutib yubordi, faqat baliqlarning duminigina tuflab tashladi.

— Palosich! — deb yana jon-jahdi bilan qichqirdi shirinlik sotuvchi ayol, baliq bo‘limidagi cho‘qqisoqol sotuvchi esa:

— Hoy, gazanda, nima qilyapsan-a? — deb baqirdi. Bu payt Pavel Iosifovich (ya’ni Palosich) mojaro ko‘tarilgan yerga shoshib kelayotgan edi. Bu xuddi jarrohlardek oppoq, top-toza xalat kiygan, xalati cho‘ntagidan qalam turtib chiqib turgan juda basavlat kishi edi. U aftidan ko‘pni ko‘rgan odam bo‘lsa kerak, Begemotning og‘zida uchinchi selyodkaning dumini ko‘rishi bilan, darhol yuz bergan vaziyatga mukammal tushundi-yu, bu sullohlar bilan aytishib o‘tirmasdan, uzoqda turgan eshikog‘asiga qo‘l siltab buyurdi:

— Chal!

Eshikog‘asi ko‘chaga o‘kday otilib chiqib, hushtagini vahimali churillata boshladi. Xalq ikki muttaham atrofini o‘rab oldi, shunda Korovyov gapga aralashdi.

— Grajdanlar! — darz ketgan ovoz bilan chiyilladi u, — nimalar bo‘lyapti o‘zi bu yerda, a? Men sizlardan so‘rayapman! Bu bechora, — Korovyov ovozida titroq hosil qilib, Begemotni ko‘rsatdi (u darhol yig‘lamoqchi bo‘lganday basharasini bujmaytirdi), — bu bechora uzzukun primus tuzatib, qorni ochib qolgan bo‘lsa… lekin qayokdan olsin valyutani?

Odatda fe’li vazmin va bamaylixotir Pavel Iosifovich Korovyovga jaholat bilan:

— Bas qil maynabozchilikni! — deb baqirdi va endi sabrsizlik bilan eshikog‘asiga qo‘l silkidi. Shunda magazin eshigi oldida hushtak yana ham balandroq churillay boshladi.

Lekin Korovyov Pavel Iosifovichning gaplaridan hech xijolat bo‘lmay gapida davom etdi:

— Qayokdan olsin — men sizlardan so‘rayapman! Uning ochlikdan, tashnalikdan sillasi qurigan! Issiqdan nafasi qaytgan! Hay, yegan bo‘lsa, bor-yo‘g‘i uch tiyin turadigan bitta mandarin yepti bu sho‘rpeshona. Shunga darrov bulbuligo‘yo bo‘lib hushtak churillatish, militsiyani bezovta qilib, ishdan qo‘yish shart ekan-chi? Anavi yesa maylimi? A? — Korovyov shunday deb binafsha rang paltoli baqaloqni ko‘rsatgan edi, uning chehrasida qattiq hayajon alomatlari paydo bo‘ldi, — kim o‘zi bu? A? Qayoqdan kelgan? Nega kelgan! Nima, ko‘zimiz uchib turuvdimi unga? Yo uni yurtimizga taklif qilganmidik? To‘g‘ri, — dedi baralla ovoz bilan sobiq regent zaharxanda qilib, — ko‘rib turibsiz, u binafsha rang palto kiyib yasanib kelgan, qimmatbaho losos balig‘ini yeb pufakdek shishib ksgipti, uning hammayog‘i jaraq-jaraq valyuta, ammo bizning birodarimiz-chi?! Qanday nadomat! Chidolmayman! Chidolmayman! — deb chinqirdi Korovyov xuddi so‘yilayotgan cho‘chqaday.

Bu betuturiq, beadab va hattoki siyosiy jihatdan isyonli bo‘lgan va’z Pavel Iosifovichni g‘azabdan tutaqtirib yubordi, lekin, taajjubki, bu yerda uymalashib turgan olomonning ko‘zlariga boqib, va’z aksar odamlarning rahmini keltirganiga shohid bo‘lish mumkin edi! Begemot isqirt va yirtiq yengini ko‘ziga olib borib, fojiona ohangda:

— Mendek jabrdiydaning yonini olganing uchun rahmat senga, sadoqatli do‘stim! — degan edi hamki, mo‘’jiza sodir bo‘ldi. Hozirgina shirinliklar bo‘limidan mag‘iz solingan uchta pirojniy xarid qilgan, g‘aribona, ammo juda ozoda kiyingan, o‘ta nazokatli, yuvosh tabiat chol birdan o‘zgarib ketdi. Uning ko‘zlarida jangovar o‘t chaqnadi, cho‘g‘dek qizarib ketdi va pirojniylar solingan xaltachani yerga otib, go‘daklarnikidek ingichka ovoz bilan chiyilladi:

— To‘g‘ri! — Keyin u boya Begemot buzib yuborgan shokolad minorasi ostidagi patnisni tortib olib, bir qo‘li bilan ajnabiyning boshidan shlyapasini yulib oldi-da, o‘ng qo‘lidagi patnisning o‘rtasi bilan uning kal boshiga qulochkashlab shunday urdiki, yuk mashinasidan yerga tunuka tushirilayotganda qanday taraqlagan ovoz eshitilsa, hozir ham shunday dahshatli ovoz butun magazinni bosib ketdi. Baqaloq ajnabiy rangi quv o‘chib, chalqancha yiqilarkan, Kerch selyodkasi solingan bochkaga o‘tirib qoldi va buning oqibatida selyodkaning namakobi uning chor yonidan fontan bo‘lib otildi. Ayni shu payt ikkinchi mo‘’jiza yuz berdi. Bochkaga orqasi bilan tiqilib qolgan bu ajnabiy sof rus tilida chinqirib yubordi:

— Voy, o‘ldirishyapti! Militsiya! Meni banditlar o‘ldirishyapti! — o‘ziga shu choqqacha begona bo‘lgan tilni u, chamasi, hozirgi asabiy hayajon oqibatida, dabdurustdan o‘zlashtirib olgan bo‘lsa kerak.

Shu payt eshikog‘asining hushtagi tindi va bezovta xaridorlar olomoni orasida davraga yaqinlashib kelayotgan ikkita militsioner dubulg‘asi ko‘zga tashlandi. Lekin badkor Begemot, xuddi hammomga tushgan odam supachaga tosdan suv sepganday, shirinliklar bo‘limi peshtaxtasi ustiga primusidan benzin quydi va benzin o‘z-o‘zidan o‘t oddi. Alanga «pov» etib yuqori ko‘tarildi-yu, peshtaxta bo‘ylab pildirab ketdi va yo‘l-yo‘lakay ho‘l mevalar to‘ldirilgan savatchalarnipg chiroyli qog‘oz lentalarini yalab yondirib o‘tdi. Sotuvchi ayollar qiy-chuv ko‘tarib, peshtaxtalar ortidan otilib chiqishdi, xuddi shu mahal derazalarga tutilgan darpardalarni o‘t oldi va yerga to‘kilgan benzin ham yona boshladi. Olomon birdan jon achchig‘ida faryod ko‘tarib, endi hech keragi bo‘lmay qolgan Pavel Iosifovichni ham bosib-yanchib, shirinliklar bo‘limidan pala-partish chekina boshladi, baliq bo‘limining sotuvchilari esa qo‘llarida o‘tkir pichoqlari bilan turnaqator tizilishib orqa eshik tomon shataloq otib qochishdi. Boshdan-oyoq selyodka namakobiga bo‘kko‘an binafsha rang paltoli ajpabiy bir iloj qilib bochka asoratidan qutuldi-yu, peshtaxtada yotgan syomga balig‘i osha hatdab o‘tib, u ham sotuvchi erkaklar orqasidan juftakni rostlab qoldi. Yong‘indan qochgan olomonning siquvi ostida magazinning ko‘cha eshigiga o‘rnatilgan ko‘zgular chil-chil sindi, lekin ikki ablah — Korovyov bilan ochko‘z Begemotpipg qayoqqa g‘oyib bo‘lganini hech kim bilmay qoldi. Keyinchalik, Smolenskiy bozoridagi Torgsinda yuz bergan yong‘in paytida hozir bo‘lgan guvohlarning hikoya qilishlaricha, go‘yo ikki bezori yuqoriga, shiftgacha ko‘tarilganmish-u, o‘sha yerda xuddi bolalarning pufaklari singari «paq» etib yorilib, g‘oyib bo‘lganmish. Bunday bo‘lishi albatta dargumon, ammo ko‘rmagan narsamiz haqida hech nima deya olmaymiz.

Lekin shuni aniq bilamizki, Smolenskiy bozorida yuz bergan hodisadan rosa bir daqiqa o‘tgach, Begemot bilan Korovyov Griboedov xolasining uyi oldidagi xiyobonda paydo bo‘lishdi. Korovyov panjara devor oldida to‘xtab, shunday dedi:

— Buni qara! Axir bu adiblar uyi-ku. Bilasanmi, Begemot, men bu uy haqida juda ko‘p g‘aroyib va maqtov so‘zlar eshitganman. Sen bu uyga yaxshilab nazar tashla, do‘stim! Mana shu dargohda ne-ne behudud iste’dodlar pishib yetishayotgani menga ulkan huzur bag‘ishlaydi.

— Parnikda o‘sgan ananasdek pishib yetilishadi degin, — ded Begemot va serustun, sarg‘ish binoni durustroq ko‘rish uchun cho‘yan panjara o‘rnatilgan beton ioydevor ustiga chiqdi.

— Juda to‘g‘ri aytding, — deb Korovyov qadrdon xamrohining fikriga qo‘shilishdi, — hozir mana shu binoda «Don Kixot» ning yoki «Faust» ning, yo bo‘lmasa, azbaroyi shifo, «O‘lik jonlar» ning bo‘lg‘usi mualliflari yetilayotgani haqida o‘ylasang, vujudingni kandaydir bir totli vahima qamraganday bo‘ladi! Nima deysai?

— O‘ylasang vahming keladi, — deb do‘stining fikrini tasdiqladi Begemot.

— Ha, — deb davom etdi Korovyov, — juda g‘aroyib narsalarning shohidi bo‘lish mumkin bu uyning parniklarida, zero bu uy Melpomena, Poligimniya va Taliyalarga butun hayotini fido qilgan bir necha ming jonbozlarni o‘z panohiga to‘plagan. Basharti shu jonbozlardan birontasi kitobxon ahliga namuna sifatida «Revizor» ni, yo bo‘lmasa, «Yevgeniy Onegin» ni taqdim qilgudek bo‘lsa, qanaqa shov-shuv ko‘tarilishini sen tasavvur qilsang kerak!

— Judayam-da, — deb yana tasdiqladi Bsgsmot.

— Ha, — dedi Korovyov va tashvishli qiyofada barmog‘ini ko‘tardi, — lekin! Men yana takror aytaman — lekin! Agar bu nozik, chiniqmagan teplitsa o‘simliklariga biron-bir mikrob tushib, uning ildizini kemirmasayu chiritib yubormasa! Bunday hol ananaslarda uchrab turadi.

— Aytganday, — dedi Begemot, dum-dumaloq boshini panjaradan tiqib, — anavilar nima qilishyapti rovonda?

— Ovqatlanishyapti, — deb izohladi Korovyov, — senga yana shuni ham aytishim mumkinki, azizim, bu yerning restorani yaxshigina va taomlari arzon. Lekin men hozir, sirasini aytganda, olis safarga shaylangan har qanday sayyoh singari, miriqib ovqatlanish va kattakon bordoqni lim-lim to‘ldirib muzdakkina pivo ichish ishtiyoqidaman.

— Men ham, — dedi Begemot, shundan keyin ikki muttaham jo‘ka daraxtlari ostidan o‘tgan asfalt yo‘lkadan bo‘lg‘usi falokatdan g‘ofil restoranning rovoni sari ravona bo‘ldilar.

Rovonga kiraverishda, atrofiga yam-yashil o‘tlardan so‘ri qilingan eshikning bir chekkasiga qo‘yilgan stulda oq paypoq, dumli oq beretka kiygan rangpar bir ayol zerikib o‘tirardi. Uning oldidagi odmigina ovqat stoli ustida qalin bir daftar yotar va ayol nima uchundir restoranga kirganlarni shu daftarga qayd qilib o‘tirardi. Mana shu ayol Korovyov bilan Begemotning yo‘lini to‘sdi.

— Guvohnomalaringiz bormi? — u Korovyovning pensnesiga, shuningdek, Begemotning primusi va uning yirtiq tirsagiga taajjub bilan tikilardi.

— Bizni ming bor afv etgaysiz, qanday guvohnomani so‘rayapsiz? — deb so‘radi hayron qolgan Korovyov.

— Sizlar yozuvchimisizlar? — deb ayol ham savol berdi o‘z navbatida.

— Shak-shubhasiz, — viqor bilan javob qildi Korovyov.

— Guvohnomalaringizni ko‘rsating unda! — takrorladi ayol.

— O, go‘zalim… — deb nazokat bilan gap boshladi Korovyov.

— Men go‘zal emasman, — deb uning so‘zini bo‘ldi ayol.

— O, afsus, — dedi Korovyov popugi pasayib va gapida davom etdi: — Nachora, biz uchun sizning go‘zal bo‘lishingiz afzalroq edi, ammo siz bunday imtiyozdan yuz o‘girar ekansiz, mayli, ixtiyoringiz. Gap shundaki, Dostoevskiyning yozuvchi ekanligiga ishonch hosil qilish uchun nahot undan guvohnoma talab qilish kerak bo‘lsa? Undan ko‘ra siz, uning qaysi romanidan bo‘lmasin xohlaganingiz besh sahifani olib o‘qing, uning hech qanday guvohnomasiz ham haqiqiy yozuvchi janligiga iqror bo‘lasiz-qo‘yasiz. O‘ylaymanki, Dostoevskiyda, umuman, hech qachon, hech qanday guvohnoma bo‘lmagan! Sen nima deysan? — deb Korovyov Begemotga o‘girildi.

— Garov o‘ynayman, bo‘lmagan, — deb javob qildi Begemot, primusini stolga, qalin daftar yoniga ko‘yib, qorakuya tekkan peshonasining terini kafti bilan artarkan.

— Siz Dostoevskiy emassiz, — dedi dovdirab qolgan ayol.

— E, kim bilsin, kim bilsin, — dedi Korovyov.

— Dostoevskiy o‘lgan, — dedi ayol qandaydir qat’iyatsizlik bilan.

— E’tiroz bildiraman! — ded Begemot qizg‘in ohangda. — Dostoevskiy boqiy!

— Guvohnomangizni ko‘rsating, grajdanlar, — dedi ayol.

— Kechirasiz, axir bu maynabozchilik-ku, — deb bo‘sh kelmasdi Korovyov, — yozuvchiligi aslo guvohnoma bilan emas, balki asar yozishi bilan ifodalanadi! Mening boshimda qanday teran fikr g‘ujg‘on o‘ynayotganini siz qayoqdan bilasiz? Yoki manavi kallada nimalar borligini ayta olasizmi? — deb u Begemotning kallasini ko‘rsatgan edi, u ham, ayol yaqinroq ko‘rib olsin, degan maqsadda darhol boshidan kepkasini oldi.

— Yo‘l bering, grajdanlar, — dedi ayol endi asabiylashib.

Korovyov bilan Begemot o‘zlarini chetga olib,tezlik oq ko‘ylak kiyib, yoqasini kul rang kostyumining yoqasi ustiga chiqargan, shu bois galstuk bog‘lanmagan, qo‘ltig‘iga gazeta qistirgan bir yozuvchini o‘tkazib yuborishdi. Yozuvchi ayol bilan bosh irg‘ab salomlashdi, yo‘l-yo‘lakay ayol ochib qo‘ygan qalin daftarga aji-buji qilib imzo chekdi-da, rovon tomon yo‘l oldi.

— Afsus, ming afsus, — dedi Korovyov qayg‘uli ohangda, — biz bechora darbadarlar orzu qilgan muzdakkina pivo to‘ldirilgan bordoq bizga emas, unga nasib qiladigan buldi, ahvolimiz g‘oyat ayanchli va mushkul, nima qilishgayam hayron bo‘lib qoldim.

Begemot «nachora» degandek qo‘llarini yoydi, mushukning yungini eslatuvchi qalin soch o‘sgan dumaloq boshiga kepkasini kiydi. Xuddi shu mahal ayolning boshi uzra kimningdir amirona ovozi yangradi:

— O‘tkazib yuboring bularni, Sofya Pavlovna. Ayol hayratga keldi: yam-yashil chirmoviqgulga burkangan eshik ostonasida restoran direktorining frak kiygan oppoq ko‘kragi va cho‘qqisoqoli ko‘rindi. U shubhali ikki chuvrindiga nazokat bilan tikildi, boz ustiga, hatto ularni lutfan ichkariga taklif ham qildi. Restoranda Archibald Archibaldovichning obro‘si juda baland edi, shu bois Sofya Pavlovna itoatkorlik bilan bo‘ysunib, Korovyovdan so‘radi:

— Familiyangiz nima?

— Panaev, — nazokat bilan javob qildi u. Ayol bu familiyani daftarga yozib bo‘lib, Begemotga savol ma’nosida tikildi.

— Skabichevskiy, — deb chiyilladi u negadir qo‘li bilan primusini ko‘rsatib. Sofya Pavlovna bu familiyani ham yozib, daftarni imzo chekish uchun ikki mushtariy oldiga surib qo‘ydi. Korovyov «Panaev» familiyasi qarshisiga «Skabichevskiy» deb, Begemot esa «Skabichevskiy» familiyasi ro‘parasiga «Panaev» deb imzo chekishdi. Archibald Archibaldovich o‘z raftori bilan Sofya Pavlovnani tamomila hayratga solib, jozibali tabassum qilgancha, mehmonlarni rovonning narigi chekkasidagi eng yaxshi stol tomon boshlab ketdi… Hangu mang bo‘lib qolgan Sofya Pavlovna ko‘zlarini «pir-pir» uchirib, uzoq vaqt kutilmagan mushtariylar chekkan imzolarga tikilib o‘tirdi.

Archibald Archibaldovich ofitsiantlarni Sofya Pavlovnadan ham ko‘proq taajjubda qoddirdi. U shaxsan o‘zi stul surib, Korovyovni o‘tirishga taklif qildi, bir ofitsiantga ko‘z qisib, ikkinchisining qulog‘iga nimadir shivirladi, shundan keyin ular ikkovi yangi mehmonlar atrofida parvona bo‘la boshladilar (bu payt mehmonlardan biri o‘zining rangi o‘chib sarg‘ayib ketgan botinka kiygan oyog‘i tagiga primusini qo‘ydi). Stol ustidagi hammayog‘i dog‘-dug‘ dasturxon ko‘z ochib-yumguncha g‘oyib bo‘lib, o‘rniga badaviylarning yaktagi kabi oppoq, nishastalangan dasturxon havoda shitirlab yozildi, bu asnoda Archibald Archibaldovich Korovyovning qulog‘iga engashib juda ma’nodor ohangda ohista pichirlardi.

— Qanday taomni ixtiyor qiladilar? Qizil paliqning maxsus tayyorlangan sarpanjasi bor… arxitektorlar s’ezdidan undirdim…

— Siz… e… bizga, umuman yegulik bir nima bering… e… — muruvvat qilayotganday g‘o‘ldiradi Korovyov stulga suyanarkan.

— Tushundim, — deb ko‘zini yumib ochdi Archibald Lrchibaldovich, ma’nodor javob qilarkan.

Restoran boshlig‘ining bu o‘ta shubhali nusxalar bilan qilayotgan muomalasini ko‘rgan ofitsiantlar har qanday shubhani tark etib, ishga jiddiy kirishishdi. Biri cho‘ntagidan papiros qoldig‘ini olib chekmoqchi bo‘lgan Begemotga gugurt chaqib tutdi, ikkinchisi yelib-yuturib, pichoq, qoshiq, sanchiqlar yoniga kichkina ryumkalar, vino ichiladigan cho‘zinchoq ryumkalar va nafis qadahlarni jaranglatib terib chiqa boshgladiki, bunday qadahlardan soyabon ostida o‘tirib, muzday narzan suvi ichish kishiga huzur bag‘ishlaydi… yo‘q, voqeadan bir oz oldinlab ketib aytishimiz mumkinki… narzan suvi ichish huzur bag‘ishlagan edi mashhur Griboedov rovoshshing soyaboni ostida.

— Bulduruqning biqin go‘shti bilan mehmon kilishim mumkin, — deb xirgoyi qilayotganday ming‘illardi Archibald Archibaldovich. Mehmon uning taklifini to‘la-to‘kis ma’qulladi va pensnesining darz ketgan benaf oynasi orqali unga iltifot bilan tikildi.

Qo‘shni stolda o‘z xotini bilan qovurilgan cho‘chqa go‘shti yeb o‘tirgan belletrist Petrakov-Suxovey barcha yozuvchilarga xos bo‘lgan kuzatuvchanlik bilan Archibald Archibaldovichning xushomadlarini ko‘rib, juda-juda taajjubda qoldi. Uning rafiqasi, g‘oyat muhtarama xonim esa Archibald Archibaldovichni Korovyovdan qizg‘anib, hattoki… — nega bizga qaramay qo‘yishdi… axir muzqaymoq tortishlari kerak-ku! Bu nimasi? — demoqchi bo‘lganday qoshiqchasi bilan stolni to‘qillata boshladi ham.

Biroq Archibald Archibaldovich nazokatli jilva bilan ular tomon boqdi-yu, u yoqqa darhol ofitsiantni yo‘lladi, o‘zi esa aziz mehmonlari oldidan jilmadi. Oh, zukko odam edi Archibald Archibaldovich! Kuzatuvchanlikda esa har qanday yozuvchidan ham qolishmasdi. U Vareteda berilgan sehrgarlik seansidan ham, shu keyingi kunlarda yuz bergan ko‘pgina hodisalardan ham voqif edi, lekin bunaqa odamlarning aksi o‘laroq, «katak kamzulli» va «mushuk» degan so‘zlarni yodida mahkam saqlab qolgan edi. Archibald Archibaldovich bu ikki mehmonning kimligini darrov fahmlab oldi. Fahmlagach, turgan gapki, ular bilan janjallashib o‘tirmadi. Afsus, Sofya Pavlovna qovun tushirib qo‘ydi-da! Tavba, kelib-kelib shu ikki mushtariyning yo‘lini to‘sib o‘tiripti-ya! E, nimaniyam tushunardi u!

Petrakova xonim eriy boshlagan muzqaymoqqa kalondimog‘lik bilan qoshiqchasini niqtab o‘tirarkan, allaqanday masxarabozlarga o‘xshab kiyingan ikki mushtariy o‘tirgan stol sathining qandaydir sehr-jodu bilan turli noz-ne’matlarga to‘la boshlaganini g‘araz bilan kuzatardi. Ana, yangi ikra bilan to‘ldirilgan vaza sathida yaraqlaguncha tozalab yuvilgan ko‘katlar paydo bo‘ldi… yana zum o‘tmay, stolga olib kelib tirkalgan maxsus stolchada sovukdan terlagan kumush chelakcha paydo bo‘ldi…

Archibald Archibaldovich faqat hamma narsa bekamu ko‘st muhayyo qilinganiga ishonch hosil qilgach va usti yopilgan, ichida nimadir jiz-biz qilayotgan tova ofitsiantlar qo‘lida uchib kelib stol ustiga qo‘ngandan keyingina ikki sirli mushtariyni tark etishga jur’at etdi, shunda ham ketishi oldidan ularning qulog‘iga shipshishni unutmadi:

— Uzr! Bir daqiqaga! Bulduruq go‘shtidan shaxsan o‘zim xabar olmoqchiman.

U pildirab borib, restoran ichkarisiga kirib ketdi. Agar biron kishi Archibald Archibaldovichning shundan keyingi o‘zini tutishini kuzata olganda edi, uning xiyla jumboqli harakat qilganini ko‘rgan bo‘lardi.

Boshliq bulduruq go‘shtining pishishini kuzatgani oshxonaga emas, balki restoranning omborxonasiga yo‘l olgan edi. U omborxonani o‘z kaliti bilan ochib kirib, eshikni ichidan berkitib oldi, so‘ng yengini iflos qilmaslikka urinib, muzli dambadan ehtiyot bilan zilday-zilday ikkita qizil baliqni olib, gazetaga o‘radi-da, ustidan avaylab kanop bilan bog‘ladi va bir chetga qo‘yib qo‘ydi. Keyin qo‘shni xonaga o‘tib, shoyi astarli yozlik paltosi bilan shlyapasini ko‘zdan kechirdi, shundan keyingina oshxonaga yo‘l oldi, bu yerda oshpaz mehmonlarga va’da qilingan bulduruq go‘shtini zo‘r hafsala bilan pishirardi.

Shuni aytish kerakki, Archibald Archibaldovichning bu xatti-harakatlarida ajablanadigan yoki shubhali hech nima yo‘q edi, faqat yuzaki kuzatgan odamgina uning raftoridan taajjub qilishi mumkin edi. Holbuki, Archibald Archibaldovichning xatti-harakatlari shu topgacha bo‘lgan voqealarga mantiqan chambarchas bog‘liq edi. Griboedov restoranining boshlig‘i so‘nggi kunlarda yuz bergan hodisalardan o‘zining noqifligi bilan, alalxusus, beqiyos sezgirligi bilan, ikki mushtariyga berilastgan to‘kin-sochin va serdabdaba ziyofatning nihoyatda qisqa bo‘lajagini fahmlagan edi. Uning nodir sezgirligi bu gal ham pand bermadi.

Korovyov bilan Begemot ikki qaytalab tozalangan, xushyutum muzdek Moskva arag‘i to‘ldirilgan ryumkalarini ikkinchi marta cho‘qishtirishgan paytda, o‘zining bilarmonligi bilan bugun Moskvaga tanilgan xronikachi muxbir Boba Kandalupskiy qora terga botib, hayajonlanib restoran rovoniga kirib keldi va to‘g‘ri borib Petrakovlar stoli yoniga o‘tirdi. So‘ng qappaygan portfelini stolchaga qo‘ydi-yu, cho‘chchaygan labini Petrakovning qulog‘i ichiga tiqqudek yaqin olib borib, qandaydir juda antiqa narsalarni pichirlay boshladi. Sinchkovlik dardiga dosh bera olmagan Petrakova xonim Bobaning do‘rdoq va moy surtilgandek yaltiroq lablariga o‘z qulog‘ini ham tutdi. Boba esa goh-goh atrofga o‘g‘rincha nazar tashlab, labi labiga tegmay hamon pichirlab yotardiki, uning uzupdan-uzoq pichir-pichiridan ayrim so‘zlarnigina ilg‘ab olish mumkin edi. Chunonchi:

— Ont ichib aytaman! Sadovayada, Sadovaya ko‘chasida, — deb Boba ovozini yana ham pastlatdi. — O‘q kor qilmasmish! O‘qlar… viz-viz… benzin, yong‘in… otishma…

— Qayoqdagi betuturiq mish-mishlarni tarqatib yurgan mana shunaqa yolg‘onchilarni, — dedi baralla do‘rillagap ovoz bilan darg‘azab Petrakova xonim, — mana shunaqalarni tanobini tortib qo‘yishsa yaxshi bo‘lardi! Hechqisi yo‘q, ularni fosh qilishadi hali, albatta tartibga chaqirib qo‘yishadi! Hammasi zararli uydirma!

— Nimasi uydirma, Antonida Porfirevna! — dedi yozuvchi xotinining bu gapidan ranjigan Boba va yana pichirlashda davom etdi: — Aytyapman-ku sizga, o‘q olmayapti… Endi, buning ustiga, yong‘in… Ular osmonda… osmonga uchib ketishipti, — Boba ilonday vishillab pichirlarkan, uning hikoyasi qahramonlari shu yerda, yonginasida gaplarini huzur qilib tinglab o‘tirishganidan g‘ofil edi, albatta. Lekii mushtariylarning huzur-halovati tezda tugadi. Restoranga ochiladigan eshikdan oyoqlariga charm qo‘nj kiygan, bellarini kamar bilan qattiq siqib bog‘lagan uch nafar erkak qo‘llarida revolver bilan rovonga o‘qday otilib chiqdi. Oldindagi erkak baland ovoz bilan qo‘rqinchli ohangda qichqirdi:

— Joylaringdan qimirlama! — Shu gapdan keyin birdan uchala erkak Korovyov bilan Begemotning boshini mo‘ljalga olib o‘q ota boshlashdi. O‘qqa tutilganlar shu zahoti havoda erib, ko‘zdan g‘oyib bo‘lishdi, primusdan esa «pov» etib o‘t chiqib, to‘g‘ri chodirga urildi. Chodirda qora tuynuk paydo bo‘lib, uning gir aylanasi kuyib tobora kengaya boshladi. Alanga shu tuynuk orqali osmonga otilib, Griboedov uyining tomigacha yetdi. Ikkinchi qavatdagi redaktsiya xonasining derazasiga taxlab qo‘yilgan papkalardagi qo‘lyozmalarni birdan o‘t oldi, so‘ng olov darpardani yamlay boshladi, ana shunda alanga, xuddi kimdir uni azza-bazza puflayotganday, gurillab Griboedov xolasining uyi ichiga o‘qday otildi.

Yana bir necha soniyadan so‘ng xiyobondagi cho‘yan panjara devor sari olib boruvchi asfalt yo‘lkadan (esingizda bo‘lsa, kitobxon, chorshanba kuni kechqurun yuz bergan baxtsizlikning birinchi darakchisi Ivanushka shu yo‘ldan kelgan, ammo unga hech kim quloq solmagan edi) chala ovqatlangan yozuvchilar, ofitsiant-lar, Sofya Pavlona, Boba, Petrakova, Petrakov chopib o‘ta boshladilar.

Ko‘chaga yon eshikdan oldinroq chiqib olgan Archi-bald Archibaldovich shoyi astarli yozlik paltosida ikki qo‘ltig‘iga g‘o‘lasimon ikkita ulkan qizil baliq qistirib olgancha, xuddi yonayotgan kemasini hammadan keyin tark etmoqchi bo‘lgan kapitandek, hech qayoqqa qochmay, hech yoqqa shoshmay, bamaylixotir turardi.

Yigirma to‘qqizinchi bob USTA BILAN MARGARITANING QISMATIANIQ

Moskvadagi, bundan taxminan yuz ellik yil burun qurilgan eng chiroyli binoning tomidagi tosh supada, juda balandda, quyosh botayotgan kechki payt ikki kim-sa: Voland bilan Azazello hozir bo‘ldi. Ular ko‘chada-gi odamlarga ko‘rinmasdilar: chunki ularni ganchdan yasalgan vazalar va gullar bilan bezatilgan panjara begona ko‘zlardan to‘sib turardi. Lekin o‘zlari shaharning eng chekka yerlarigacha bahuzur kuzatardilar.

Voland har safargiday qora jubbasini kiyib, yig‘ma kursida o‘tirardi. Uning uzun, dami qalin shamshiri ayvon sahniga yotqizilgan yassi toshning darziga tikka sanchilgan ediki, bundan quyosh soati hosil bo‘lgan edi. Shamshirning soyasi shayton oyog‘idagi qora tufli tomon ohista va to‘xtovsiz o‘rmalab cho‘zilib borardi. Voland o‘tkir iyagini mushtiga tirab, bir oyog‘ini tagiga bosib kursida bukchayib o‘tirarkan, to ufqqa yetguncha yoyilgan behisob qasr va saroylar, mahobatli imoratlar va buzilishga mahkum kulbalardan ko‘zini uzmasdi. O‘zining zamopaviy libosini, ya’ni kamzuli, shlya-pa-kotelogi, loklangan tuflisini tark etib, endi xuddi Volanddek qora kiyinib olgan Azazello o‘z xukmdoridan sal narirokda dong qotib turarkan, u ham shahar manzarasidan ko‘z uzmasdi.

Voland gap boshladi:

— G‘oyat antiqa shahar, shunday emasmi? Azazello bir qimirlab qo‘yib, ehtirom bilan ja- vob qaytardi.

— Messir, menga ko‘proq Rim yoqadi!

— Ha, bu didga bog‘liq, — javob qildi Voland. Bir oz vaqtdan keyin yana uning ovozi eshitildi:

— Huv anavi xiyobonda nega tutun borqsiyapti?

— Griboedov yonyapti, — javob qiddi Azazello.

— Bu, nazarimda, ikki qadrdonning — Korovyov bilan Begemotnipg ishi bo‘lsa kerak?

— Shak-shubhasiz, messir.

Yana sukut cho‘kdi, bu payt g‘arb tomonga qaragan uy-larning yuqori qavatlaridagi derazalar quyoshning ko‘zni qamashtiruvchi shu’lasini o‘zida aks etdira boshladilar. Volandning ko‘zi ham, garchi u kunbotar tomonga orqa o‘girib o‘tirgan bo‘lsa-da, o‘sha uylarning derazalari kabi porlardi.

Lekin shu payt nimadir Volandni shahardan yuz o‘girib, o‘z orqasida, tomga qo‘ndirilgan doirasimon minoraga qarashga majbur etdi. Minora devori ichidan chuvrindi kiyim-boshiga loy sachragan, oyog‘iga odmi shippak kiygan, noxush qiyofali bir qorasoqol odam chiqib keddi.

— Ie! — xitob qildi Voland bu odamga istehzo bilan qararkan, — aynan sening bu yerga kelishingni mutlaqo kutmagan edim! Xo‘sh, qanday xizmat bilan kelding, o chaqirilmagan, ammo kelishi taxminlangan mehmon?

— Sening huzuringga keldim, yovuzlik sultoni, arvohlar hukmdori, — deb javob qildi devordan chiqqan odam Volandga qovoq ostidan ho‘mrayib qararkan.

— Baski, huzurimga kelgan ekansan, nechun menga salom bermading, ey sobiq o‘lpon yig‘uvchi? — dedi Voland qahr bilan.

— Negaki men sening salomat bo‘lishingni istamayman, — deb javob qildi kelgan odam gustohlik bilan.

— Lekin mening barhayotligimga ko‘nikishingga to‘g‘ri keladi, — deb e’tiroz bildirdi Voland va og‘zini qiyshaytirib istehzo qiddi, — sen bu tomda paydo bo‘lgan zahoting bema’ni ish qilding, bu bema’niliging, men senga aytsam, gapirish ohangingda. Sen so‘zlarni shunday talaffuz qildingki, go‘yo arvohlarni (ya’ni ko‘lankalarni), shuningdek, yovuzlikni ham e’tirof etmayman demoqchi bo‘lding. Sen, bir iltifot qilib, mana shu savol ustida bosh qotirib ko‘rsang: agar yovuzlik bo‘lmasa, sen homiysi bo‘lgan o‘sha ezgulik nima bilan shug‘ullangan bo‘lardi, agar jamiki ko‘lankalar g‘oyib bo‘lsa, yer yuzi qanday qiyofa kasb etgan bo‘lur edi? Axir buyumlar va odamzod bor ekanki, ko‘lankalar mavjud. Mana shamshirimning ko‘lankasi. Lekin dov-daraxtning ham, barcha jonzodlarning ham ko‘lankasi bo‘ladi. Yo sen o‘zingning yolg‘iz siz bilan zavqlanaman degan xomxayoling tufayli yer yuzini qirtishlab, barcha dov-daraxtni, butun jonzodlarni yo‘q qilmoqchimisan? Sen tentaksan.

— Sen bilan mubohasa qilishni istamayman, qari safsataboz, — deb javob qildi Leviy Matvey (bu odam — o‘sha Leviy Matvey edi).

— Men bilan shuning uchun ham bahslasha olmaysanki, sen, boya aytganimdek, tentaksan, — deb javob qiddi Voland va so‘radi. — Qani, meni toliqtirmay, maqsadga o‘t, nega kelding?

— Meni u yubordi.

— Qanday gap olib kelding undan, qul?

— Men qul emasman, — tobora ko‘proq achchig‘lanib javob qildi Leviy Matvey, — men uning shogirdiman.

— Biz, har galgidek, sen bilan boshqa-boshqa tilda gaplashyapmiz, — dedi Voland, — lekin bu bilan suhbatimiz mavzui bo‘lgan narsalar o‘zgarmaydi. Xo‘sh, shunday qilib…

— U ustaning asarini o‘qib chiqdi, — deb gapira boshladi Leviy Matvey, — shu bois, u sendan ustani o‘zing bilan olib ketib, unga orom baxsh etishingni iltimos qildi. Nahotki bu ish sen uchun qiyin bo‘lsa, yovuzlik sultoni?

— Men uchun qiyin ish yo‘q, — deb javob qildi Voland, — buni o‘zing ham yaxshi bilasan. — U bir oz tek qoldi, so‘ng ilova qildi: — Nega endi uni o‘zlaringga — yorug‘likka olib ketmayapsizlar?

— U yorug‘likka emas, oromga sazovor, — dedi Leviy g‘amgin ovoz bilan.

— Borib ayt, buyruq bajariladi, — javob qildi Voland va: — Lekin sen darhol ko‘zimdan yo‘qol, — deb ilova qilar ekan ko‘zida o‘t chaqnadi.

— Uning yana bir iltimosi shuki, ustani sevgan va u deb iztirob chekkan ayolni ham olib ketarmishsizlar, — deb Leviy birinchi marta yolboruvchi ohangda murojaat qildi Volandga.

— Aytmasang, o‘zimizning aqlimiz yetmas ekanmi bunga? Jo‘na.

Shu gapdan so‘ng Leviy Matvey g‘oyib bo‘ldi, Voland esa Azazelloni chaqirib olib, unga buyurdi:

— Darhol uchib borib, ularni safarga shayla. Azazello ayvonni tark etdi, tom boshida Voland yolg‘iz qoldi. Lekin uning yolg‘izligi uzoq cho‘zilmadi. Ayvonning tosh terilgan sahnida oyoq tovushlari va gangir-gungur ovozlar eshitildi. Volandning karshisida endi Korovyov bilan Begemot paydo bo‘lishdi. Biroq Begemotning qo‘lida primus yo‘q edi, u boshqa narsalarni ko‘tarib olgan edi. Chunonchi, u qo‘ltig‘iga dala manzarasi tasvirlangan mo‘’jazgina zarrin ramka qistirib olgan, bilagiga yarmi kuyib ketgan oshpazlar xalati tashlangan, ikkinchi qo‘lida butun boshli syomga balig‘i bor edi. Korovyov bilan Begemotdan kuyindi hidi kelar, Begemotning basharasiga qora kuya surtilgan, kepkasining yarmi kuygan edi.

— Salyut, messir, — deb chinqirishib salomlashdi tinib-tinchimas oshnalar, Begemot esa hatto syomga balig‘ini havoda silkib qo‘ydi.

— Qoyil, azamatlar, — dedi Voland kesatib.

— Messir, bir tasavvur qiling-a, — deb chiyilladi Begemot hayajon va quvonch bilan, — meni kafando‘z deb o‘ylashsa bo‘ladimi?

— Ko‘tarib kelgan narsalaringga qaraganda, — deb javob qildi Voland ramkadagi suratni ko‘zdan kechirarkan, — g‘irt kafando‘zdning o‘zisan.

— Ishonasizmi, messir… — deb Begemot samimiy ohangda gap boshlagan edi…

— Yo‘q, ishonmayman, — deb qisqagina javob bilan uning so‘zini bo‘ldi Voland.

— Ont ichib aytamanki, messir, kamina jonbozlik ko‘rsatib, hamin qadar ko‘proq narsani qutqarishga urindim, illo saqlab qolgan narsalarim mana shular xolos.

— Sen yaxshisi, menga ayt, qanday qilib o‘t ketdi Griboedovga? — so‘radi Voland.

Korovyov ham, Begemot ham «hayronmiz» degan ma’noda kiftlarini uchirib, ko‘zlarini ko‘kka tikishdi. Begemot esa yana chinqirib dedi:

— Aqlim bovar qilmaydi! Sho‘xlik qilmasdan, tinchgina, ovqatlanib o‘tirgan edik…

— Shu mahal birdan «paq, puq!» — deb gapni ilib ketdi Korovyov, — o‘q otila boshladi! Begemot ikkovimiz dahshatdan esimiz og‘ib qolib, xiyobon tomon yugurdik, orqamizdan quva boshlashdi, biz Timiryazev tomonga o‘zimizni urdik!

— Lekin burchga sadoqatlilik tuyg‘usi, — deb gapga aralashdi Begemot, — sharmandalarcha qo‘rquvdan ustun chiqdi-yu, biz yana qaytib bordik!

— E, shunaqami hali? — dedi Voland, — shundan keyin bino yonib kul bo‘lgan, albatta.

— Ha, kul bo‘ldi! — ma’yus ohangda ta’kidladi Korovyov, — ya’ni, messir, siz g‘oyat aniq ifoda etdingiz — kuyib kul bo‘ldi. Kuyik g‘o‘lalar qoldi, xolos!

— Men, — deb hikoyasini davom ettirdi Begemot, — majlislar zaliga otildim — ustunlari serob zalga, messir, biron-bir qimmatbaho buyumni qutqarib qolish maqsadida. O, messir, mening xotinim, agar men uylangan bo‘lganimda, bir emas, yigirma marta beva qolish xavfiga duchor bo‘lardi! Lekin, yaxshiyamki, messir, bo‘ydoqman, sizga ochig‘ini aytsam — g‘oyat baxtiyorman xotinim yo‘qligidan. O, messir, qaysi ahmoq bo‘ydoqlik erkidan voz kechib, boshini mash’um oilaviy bo‘yinturuqqa tiqadi-a?

— Bas qil safsatani! — dedi Voland.

— Bosh ustiga, davom etaman, — deb javob qildi mushuk, — darvoqe, mana surat. Boshqa hech narsa olib bo‘lmadi zaldan, alanga to‘g‘ri yuzimga urildi. Shundai keyin omborxonaga yugurdim, u yerdan manavi syomga balig‘ini olib chikdim. Oshxonaga otilib kirib, bu xalatni o‘tdan sakdab qoldim. Nazarimda, men, messir, qo‘limda kelgan hamma ishni qildim, ammo chehrangizdagi shubha alomatlarining sababi nima, tushunmayapman.

— Korovyov nima qildi, sen kafando‘zlik bilan ovora bo‘lgai paytingda? — deb so‘radi Voland.

— Men o‘t o‘chiruvchilarga ko‘maklashdim, messir, — javob qildi Korovyov shimining yirtig‘ini ko‘rsatib.

— Shunaqa degin, unday bo‘lsa, albatta yangi bino qurish lozim bo‘ladi.

— Bino quriladi, messir, — dedi Korovyov, — gapimga ishonavering.

— Hay, durust, unda yangi bino eskisidan yaxshiroq bo‘ladi deb umid qilaman, xolos, — dedi Voland.

— Aytganingizdek bo‘ladi, messir, — dedi Korovyov.

— Gapimga ishonavering, — deb ilova qildi mushuk, — kamina uchchiga chiqqan payg‘ambarman.

— Har qalay, istiqbolingizga qaytib keldik, messir, — dedi Korovyov, — farmoyishingizga muntazirmiz.

Voland kursidan turib, panjara oldiga bordi va o‘z mulozimlariga orqa o‘girgancha uzoq vaqt sukutga tolib, olis-olislarga tikilib turdi. So‘ng u panjaradan uzoqlashib, yana kursiga borib o‘tirdi-da, shunday dedi:

— Hech qanday farmoyish bo‘lmaydi — sizlar hamma vazifani, baholi qudrat bajardingiz, hozircha boshqa hech qanday xizmat yo‘q sizga. Dam olishingiz mumkin. Hozir momaqaldiroq boshlanadi, bu oxirgi momaqaldiroq yakunlanishi zarur bo‘lgan hamma narsaga yakun yasaydi-yu, biz yo‘lga ravona bo‘lamiz.

— Juda soz, messir, — deyishdi ikki masxaraboz va ayvon o‘rtasidagi doirasimon minora orqasiga o‘tib ko‘zdan g‘oyib bo‘lishdi.

Voland tilga olgan momaqaldiroq bulutlari bu payt ufkda to‘plana boshlagan edi. G‘arbdan qora bulut ko‘tarilib, quyoshning yarim betini to‘sdi. So‘ng uni butunlay burkab oldi. Ayvonda salqin shabada esdi. Yana xiyol vaqt o‘tishi bilan hammayoqni zulmat qopladi.

G‘arbdan bosib kelgan bu zulmat ulkan shaharni butkul burkab oldi. Ko‘priklar, qasrlar g‘oyib bo‘ldi. Hamma narsa, go‘yo hech qachon yorug jahonda bo‘lmagandek, ko‘zdan yo‘qoldi. Osmonning u chekkasidan-bu chekkasigacha o‘tli chiziq kesib o‘tdi. So‘ng shahar qandaydir zarbadan larzaga keldi. Zarba yana takrorlanib, momaqaldiroq boshlanadi. Voland bu zulmat qo‘ynida ko‘rinuvchanligini yo‘qotdi.

O‘ttizinchi bob RIHLAT PAYTI KYELDI!

— Bilasanmi, — derdi Margarita, — kecha kechasi sen uxlab yotganingda men O‘rtaer dengizi tomonidan kelgan zulmat haqida o‘qib o‘tirdim… keyin o‘sha ma’budlar, oltin ma’budlar to‘g‘risida ham. Negadir ular meni mudom tashvishga solmokda. Nazarimda, hozir ham yomg‘ir yog‘adiganga o‘xshaydi. Salqin tushyapti, sezyapsanmi?

Usta papiros chekib, tutunini kafti bilan yelpib o‘tirarkan, javob qildi:

— Bular-ku hammasi yaxshi, ma’budlar ham yaxshi, havolasi xudoga ularning, lekin bundan bu yog‘iga nima bo‘ladi — hech aqlim bovar qilmayapti.

Bu suhbat kunbotar chog‘da, ayni tom boshidagi ayvonda turgan Volandning qoshiga Leviy Matvey kelgan paytda bo‘lgan edi. Podval darchasi ochiq edi, agarda hozir birov undan ichkariga mo‘ralasa, suhbatdoshlarning nihoyatda antiqa qiyofada ekanligini ko‘rib hang-mang bo‘lib qolardi. Chunki qip-yalang‘och Margaritaning yelkasiga qora rido tashlangan, usta esa kasalxonadan kiyib kelgan ichki ko‘ylak-ishtonda edi. Bunga sabab: Margaritaning hech qanday libosi yo‘q edi bu yerda (uning hamma kiyim-kechagi erining uyida qolgan, garchi u uy bu yerdan uncha uzoq bo‘lmasa ham, Margarita u yerga borib, o‘z buyumlarini olib kelishni xayoliga ham keltirmas edi). Usta esa garchi uning barcha kiyim-boshi shkafda bekamu ko‘st osilib turgan bo‘lsa ham, Margaritaga, hademay qandaydir mutlaqo bema’ni voqea sodir bo‘ladi, degan fikrni uqdirib, kiyinib olishni istamagan edi. To‘g‘ri, o‘sha mash’um kuz kechasidan beri endi birinchi marta soqolini ustarada olgan edi (shifoxonada upipg soqolini mashinkada olishardi).

Xona ham alg‘ov-dalg‘ov bo‘lib ketgan va bu yerda ne hol yuz berganini tushunish mahol edi. Qo‘lyozmalar yerda, gilam ustida, shuningdek, divanda sochilib yotar. Qaysiyam bir ochiq kitob kresloga to‘nkarib qo‘yilgan. To‘garak stol usti har xil taomlar bilan to‘ldirilgan bo‘lib, ular orasida bir nechta shisha ham bor edi. Bu noz-ne’matlaru ichkiliklarning qayoqdan paydo bo‘lganini Margarita ham, usta ham bilmas edi. Ular uyqudan uyg‘onishganda bularning bari stol ustida muhayyo edi.

Shanba kunining qosh qorayguniga qadar uxlagan usta bilan uning rafiqasi endi o‘zlarini juda tetik his qila boshladilar, faqat bir narsa — ikkovlarining chap chakkalari bir oz simillab turgani kechagi sarguzashtlardan dalolat berardi. Lekin ikkovining ham ruhiyatida juda katta o‘zgarish sodir bo‘lgan edi-ki, podvaddagi kvartiradan eshitilayotgan suhbatga quloq solgan har qanday odam bu holni darhol fahmlagan bo‘lar edi. Lskip bu yerda quloq soladigan bironta ham kimsa yo‘q edi. Hovli hamisha huvillab yotardi. Kun sayii yashil libosini qalinroq qilib kiya boshlagan jo‘ka va oqtollarping bahor atrini endigina uyg‘ongan shabboda ochiq derazadap podvalga purkardi.

— Yo tavba! — deb yubordi birdan usta, — hech aql bovar qilmaydigan hol, — u papiros qoldig‘ini kuldonga ezib o‘chirdi-da, ikki qo‘li bilan boshini changalladi, — yo‘q, o‘zing o‘ylab ko‘r, sen axir esli-hushli ayolsan, menga o‘xshab jinni ham bo‘lmagansan. Kecha biz iblisning huzurida bo‘lganimizga jiddiy ishonasanmi?

— Mutlaqo jiddiy, — deb javob qildi Margarita.

— Ha, albatta, albatta, — dedi usta kinoyaviy ohagda, — demak, endi bitta jinni ikkitaga ko‘payibdi-da! Er-xotin jinnilar. — U qo‘llarini ko‘kka cho‘zib qichqirdi: — Yo‘q, faqat shayton qilishi mumkin bu ishni! Shayton, shayton, shayton!

Margarita javob qaytarish o‘rniga o‘zini divanga otib, yalang‘och oyoqlarini likillatgancha xandon tashlab kularkan, chinqirib dedi:

— Voy, chidolmayman! Voy, ichagim uzilib ketadi hozir! O‘zingga bir qara, nimaga o‘xshaysan!

Usta kasalxonadan kiyib kelgan ishtonini iymanibgina tortib-tortib qo‘yarkan, bu orada rosa miriqib kulib olgan Margarita jiddiy tarzda gapira boshladi:

— Hozir sen beixtiyor haqiqatni gapirding, — dedi u, — faqat shaytonning qo‘lidan keladi bu ish, deb aytding, gapimga ishonaver, darhaqiqat, shayton hamma narsani jobajo qiladi! — Birdan uning ko‘zlarida o‘t chaqnadi, «dik» etib o‘rnidan turdi-da, shu yerda raqs tushib chinqira boshladi: — O, qanday baxtiyorman, qanday baxtiyorman, u bilan til biriktirganimdan behad baxtiyorman! O, iblis, iblis! Endi, tasadduq, jodugar xotin bilan umr kechirishingizga to‘g‘ri keladi. — Shundan keyin u ustaga tashlanib, uning bo‘ynidan mahkam quchoqlagancha, labidan, burnidan, yuzidan ustma-ust o‘pa boshladi. Ustaning taralmagan tim qora soch tolalari yelpinar, ikki yuzi va peshoiasi bo‘sa haroratidan lov-lov yonardi.

— Sen chindanam jodugarga o‘xshab ketibsan.

— Buni men inkor qilmoqchi ham emasman, — deb javob qildi Margarita, — men jodugarman va bundan behad mamnunman!

— Ha, yaxshi, — dedi usta, — jodugar bo‘lsang bo‘libsan. Bu juda soz, ajoyib hol! Demak, meni shifoxonadan o‘g‘irlab chiqishgan! Bu ham juda ma’qul ish. Bu yerga qaytarib olib kelishgan, faraz qilaylik, bu ham a’lo… Hay, ana, hatto bizni qidirshmaydi deb ham tasavvur qilaylik, lekin jami avliyo-anbiyolar haqqi, menga shuni ayt-chi, biz qanday va nima bilan kun kechiramiz? Bu gapni aytishimdan maqsad, men faqat seping tashvishingni qilyapman, azbaroyi xudo. Shu mahal derazada to‘mtoq tumshuqli bir juft botinka va taram-taram chiziqli shimning pochasi ko‘rindi. Keyin shimning tizzasi bukilib, kimningdir korsondek dumbasi derazadan tushayotgan yorug‘ni to‘sdi.

— Aloiziy, uydamisan? — degan ovoz eshitiddi u yerdan.

— Ana, boshlandi, — dedi usta.

— Aloiziymi? — deb so‘radi Margarita dsraza tagiga borib, — uni kecha qamoqqa olishdi. Kimsiz o‘zi? Familiyangiz nima?

Shu zahoti cho‘nqaygan dumba g‘oyib bo‘ldiyu ko‘cha eshikning «taq» etib yopilgani eshitildi, shundan keyin yana hammayoq suv quygandek jim-jit bo‘lib qoldi. Margarita divanga yotib olib, astoydil qotib-qotib kularkan, ko‘zlaridan yosh chiqib ketdi. Lekin u kulgidan to‘xtashi bilan yuzi tamomila o‘zgacha qiyofa kasb etdi, endi u jiddiy ohangda gapira boshladi, gapirarkan, divandan sirg‘alib tushdi va ustaning poyiga emaklab keldi-da, uning ko‘zlaridan ko‘zini uzmay, boshini silay boshladi.

— Sho‘rlikkinam, juda ko‘p qiynalding, ko‘p iztirob chekding! Buni faqat men bilaman. Mana, sochlaringga oq ham oralabdi, labingning chekkasida ajinlar paydo bo‘lipti. O, mening yolg‘izim, azizim, hech nimani o‘ylama. Sen juda ko‘p o‘ylading, endi sen uchun ham mep o‘ylayman! Senga kafolat berib, ont ichib aytaman, endi turmushimiz judayam yaxshi bo‘ladi.

— Men hech narsadan qo‘rqmayman, Margo, — dedi kutilmaganda usta va boshini ko‘targan edi, Margaritaning ko‘ziga u hech qachon bo‘lmagai, ammo bo‘lganligiga aniq ishongan narsasi to‘g‘risida asar yozgan paytidagi qiyofasida ko‘rindi, — shuning uchun ham qo‘rqmaymanki, hamma qiyinchiliklarni boshimdan kechirib bo‘lganman. Meni juda ko‘p qo‘rqitishgan, endi hech nima bilan qo‘rqita olmaydilar. Lekin men senga achinaman. Margo, hamma balo shunda, mana shuning uchup ham bir gapni senga takror-takror aytib yotibman. Esingni yig‘!

Bemor va qashshoq odam bilan umr kechirib nima qilasan — umring xazon bo‘ladi-ku! Uyingga qayt! Senga achinganimdan aytyapman bu gaplarni.

— E, seni qara-yu, — deb pichirlardi Margarita sochlari parishon boshini sarak-sarak qilib, — voy, hech nimaga ishonmaydigan sho‘rpeshonam-e. Kecha butun tun seni deb qip-yalang‘och diydirab turdim, o‘z ayollik xislatimni yo‘qotib, jodugarga aylandim, bir necha oy muttasil qorong‘i qaznoqda o‘tirib, faqat bir narsani — Yershalaim uzra momaqaldiroq gumburlagani haqida o‘yladim, uzzu kun yig‘layverib ko‘zlarimda yosh qolmasa-yu, endi boshimizga baxt qushi qo‘nganda meni haydamoqchimisan? Ha, mayli, men ketaman, ketaman, lekin bilib qo‘y, sen toshbag‘ir odamsan! Ular sening qalbing qo‘rini tamoman o‘chirib bo‘lishipti!

Shunda ustaning yuragida alamli bir nazokat tuyg‘usi uyg‘ondi va yuzini Margaritaning sochlari orasiga olib, besabab yig‘lab yubordi. Margarita ham uning yig‘isiga jo‘r bo‘larkan, barmoqlari bilan ustaning ikki chakkasini paypaslagancha pichirlardi.

— Ha, oq tolalar, boshing ko‘z oddimda qordek oqara boshlayapti, oh, ne-ne iztiroblarga bardosh bergan sho‘rlik boshing. Qara, ko‘zlaring juda boshqacha-yu! Ko‘zlaripgda faqat bo‘shliq namoyon… Yelkalaring, yelkalaring esa xuddi og‘ir yuk ko‘targandek cho‘kkan… Mayib, majruh qilib qo‘yishipti seni, — Margaritaning gaplari bir-biriga qovushmas, u yig‘idai entikib-entikib qo‘yardi.

Shunda usta ko‘zyoshlarini artdi-da, tiz cho‘kkan Margaritani oyoqqa turg‘azdi, o‘zi ham o‘rnidan turib, qat’iy ohangda dedi:

— Bo‘ldi, yetar! Meni yomon izza qildiig. Endi hech qachon irodasiz bo‘lmaymap, bu xmasalaga boshqa qaytmayman ham, ko‘ngling to‘q bo‘lsin. Bilaman, ikkovimiz ham o‘z ruhiy kasalligimiz qurboni bo‘lganmiz, bu dardni senga men yuqtirdim… Nachora, bu dard azobini birgalikda tortamiz endi.

Margarita og‘zini ustanipg qulog‘iga yaqin olib borib pichirladi:

— Sening hayoting haqqi, sen kashf etgan o‘sha munajjimzoda haqqi ont ichib aytamanki, turmushimiz yaxshi bo‘ladi.

— Yaxshi bo‘lsa, yanayam yaxshi, — dedi usta va kulib turib ilova qildi: — Albatta-da, agar odamlar senu menga o‘xshab butkul toroj etilgan bo‘lsa, turgan gap-ki, ular u dunyo quvvasidan panoh izlaydilar. Yaxshi, men ham o‘sha yoqdan panoh qidirishga roziman.

— Mana, mana, nihoyat avvalgi holingga qaytding, kulyapsan ham, — dedi Margarita, — ammo qurib ketsin o‘sha ilmiy so‘zlaring. U dunyomi yo bu dunyomi — bari bir emasmi? Mening qornim ochdi.

Shunday deb u ustaning qo‘lidan yetaklab stol tomon yurdi.

— Bu taomlar hozir yer qa’riga kirib ketsa yoki deraza orqali uchib chiqib ketsa, hech ajablanmasdim, — dedi tamoman xotirjam kayfiyatga o‘tgan usta.

— Qo‘rqma, uchib ketmaydi!

Ayni shu payt darcha ortidan bir manqa ovoz eshitildi:

— Salomlar bo‘lsin.

Usta bir seskanib tushdi, lekin har xil g‘ayrioddiy voqealarga ko‘nikib qolgan Margarita chinqirib yubordi:

— Voy, Azazello-ku! O, qanday yaxshi bo‘ldi kelgani! — keyin ustaga pchirladi: — Ko‘rdingmi, ana, bizni unutishmapti! — shunday deb eshik ochgani yugurdi.

— Hech bo‘lmasa etagingni berkitsang-chi, — deb qichqirib qoddi usta uning orqasidan.

— Bo xudo… — deb javob qiddi Margarita dahlizdan.

— Mana, xonaga kirgan Azazello endi g‘ilay ko‘zini ustaga tikkancha ta’zim bajo qilib u bilan salomlashdi, Margarita esa bunday dedi:

— Voy, boshim osmonga yetdi! Umrimda hech qachon bunchalik xursand bo‘lmagandim! Lekin yalang‘ochligim uchun meni afv eting, Azazello!

— Aslo aziyat chekmang, — dedi Azazello, — kamina umrimda nafaqat yalang‘och ayollarni, hattoki boshdan-oyoq terisi shilingan ayollarni ham ko‘rganman, — shunday deb u qora matoga o‘ralgan bir tugunchakni pechka yoniga qo‘ydi-da, darrov mezbonlar davrasiga kelib o‘tirdi.

Margarita konyak quyib uzatdi, Azazello uni huzur qilib ichib yubordi. Usta undan ko‘z uzmay o‘tirarkan, ahyon-ahyonda stol ostida sekingina o‘zining chap bilagini chimchilab qo‘yardi. Lskin bu chimchilashlar Azazelloga ta’sir qilmadi. U havoda erib ketmadi, undan keyin, sirasini aytganda, bunga hech qanday ehtiyoj ham yo‘q edi. Chunki bu pakana malla odamning, agar ko‘ziga oq tushganini va libosining sal g‘alatiroq (ridonamo plash) ekanligini hisobga olinmasa, hech qanaqa qo‘rqinchli jihati yo‘q edi. Vaholanki, jodugarlikdan yiroq bo‘lgan oddiy odamning ham ko‘ziga oq tugagan bo‘lishi mumkin, agar jiddiy o‘ylab ko‘riladigan bo‘lsa, har qanday odam ham ridonamo plash kiyib yurishi mumkin edi. Konyakni ham u hamma odamlar singari, mohirlik bilan bir ko‘tarishda ichib, gazak qilmadi. Lekin ustaning boshi epdi konyakdan g‘uvullay boshladi va u:

«Yo‘q, Margarita haq! Chindan ham ro‘paramda iblisning elchisi o‘tiripti. Axir o‘zim ham o‘tgan kuni tunda Ivanga, Patriarx ko‘li bo‘yida shaytonni uchratgansiz, deb uqdirgan edim-ku, endi bo‘lsa, negadir shu fikrdan cho‘chib ketib, ko‘zboyloqchilar, xomxayollar haqida allanimalarni javrab o‘tiribman. Ko‘zboylovchiga balo bormi!» — deb ko‘nglidan o‘tkazdi.

U Azazelloga tikilibroq qarab, uning ko‘zlarida qandaydir mas’uliyat, to mavridi kelguncha aytmay saqlab turgan qandaydir mulohaza mavjudligini ko‘rdi. «U shuichaki bizni ko‘rgani emas, balki qandaydir topshiriq bilan kelganga o‘xshaydi», — deb o‘yladi usta.

Kuzatuvchanligi unga pand bermadi.

Azazello uchinchi marta uzatilgan konyakni ham ichib yuborib, xuddi hech ichmagan odamday gap boshladi:

— Podvalingiz shinamgina ekan, azabroyi shifo! Lekin bir savol ko‘ndalang turipti: nima ham qilish mumkin bu podvadda?

— Men ham shuni gapirayotgan edim, — dedi usta kulimsirab.

— Nega meni vahimaga solasiz, Azazello? — dedi Margarita, — axir bir amallarmiz!

— Yo‘g‘-e, yo‘g‘-e, — deb chinqirib yubordi Azazello, — sizni vahimaga solish xayolimga ham kelgani yo‘q. O‘zim ham shunday deyapman, — bir amallaysizlar. Ha-ya! Sal bo‘lmasa unutay debman, messir sizlarga salom aytib yubordi, yana, sizni o‘zi bilan kichik bir sayrga taklif qildi, agar xohlasangiz, albatta. Xo‘sh, nima deysizlar bu taklifga?

Margarita stol ostida oyog‘i bilan ustani turtib qo‘ydi.

— Jonimiz bilan boramiz, — deb javob qildi usta Azazelloni sinchiklab kuzatarkan, u esa gapni ilib ketdi:

— Margarita Nikolaevna ham bu sayohatdan bosh tovlamaslar deb umid qilamiz?

— Mening-ku bosh tovlamasligim aniq, — dedi Margarita va yana oyog‘i bilan ustaning oyog‘ini turtib qo‘ydi.

— Qoyilmaqom sayohat bo‘ladi, — dedi Azazello, — mana bu — o‘g‘ilbola gap! Bir zumda kelishdik-qo‘ydik! Tunov kuni Aleksandr bog‘ida bo‘lganidek rezinka qilib cho‘zmadik.

— Voy, esimga solmang o‘sha kunni, Azazello! Tentak ekanman o‘shanda. Sirasini olganda, meni judayam aybsitish to‘g‘ri emas — axir shayton zotiga kunda ro‘para kelmaysan-ku kishi!

— To‘g‘ri aytasiz, — deb tasdiqladi Azazello, — agar har kuni ro‘para kelsangiz, g‘oyat xushnud bo‘lardingiz!

— Jadallik o‘zimga ham yoqadi, — derdi Margarita zavqu shavq bilan, — jadallik ham, yalang‘ochlik ham. Mauzerdan otilgan o‘qday! Voy, uning qanaqa merganligini ko‘rsang zdi, — deb chinqirdi Margarita ustaga yuzlanib, — yostiq tagiga qo‘yilgan yettilik qartaning xohlagan xolini mo‘ljalga oladi… — Margarita shirakayf bo‘lib qoldi, shu sababli ko‘zlari o‘tdek chaqnay boshladi.

— Ie, esim qursin, unutibman-u, — deya chinqirib yubordi Azazello peshonasiga «shap» etib urib, — rosa charchabman. Messir sizlarga sovg‘a berib yuborgan edi, — shunday dob u aynan ustaga yuzlandi, — bir shisha vino. E’tibor bering-a, bu Iudeya prokuratori ichgan o‘sha vinoning o‘zi. Faleri vinosi.

Turgan gapki, bunday noyob narsa, albatta, Margaritaning ham, ustaning ham e’tiborini o‘ziga tortdi. Azazello motamona qora matoni ochib, undan tamomila mag‘or bosib ketgan bir ko‘za oldi. Oldin uni bir-bir hidlab ko‘rishdi, so‘ng stakanlarga quyishib, momaqaldiroq oldidan so‘na boshlagan yorug‘likka tutib ko‘rishgan edi, hamma narsa qon rangiga bo‘yaldi.

— Volandning salomatligi uchun! — dedi Margarita stakanni baland ko‘tarib.

Uchovlari stakanlarni lablariga olib borib, bir ho‘plamdan ichishdi. Shu zahoti ustaning ko‘z oldi qorong‘ilashib, nafasi qaytib ketdi, u joni uzilayotganini his qildi. U yana, rangi murdanikidek o‘chgan Margaritaning ojizona qo‘l cho‘zib, boshi stolga «shilq» etib tushganini, so‘ng asta sirg‘alib yerga yiqilganini ham ko‘rdi.

— Zaharkash qattol, — deb qichqirishgagina ulgurdi usta. U Azazelloga sanchish maqsadida stolda yotgan pichoqqa qo‘l uzatdi, lekin darmoni qolmagan qo‘li dasturxondan sirg‘alib tushdi-yu, bu xonadagi narsalarning hammasi ustaning ko‘zi oldida qop-qora rangga bo‘yaldi, so‘ng butkul g‘oyib bo‘ldi. U chalqancha yiqilarkan, chakkasi bilan yozuv stolining qirrasiga urilib jarohatlandi.

Zaharlanganlar tinchib qolgach, Azazello ishga kirishdi. Birinchi galda, u derazadan uchib chiqib, bir zumda Margarita Nikolaevna yashagan uyga yetib bordi. Hamisha ishni puxta va ehtiyotkorlik bilan bajarishga odatlangan Azazello, hamma ish bekamu ko‘st bajarildimikin, deb tekshirib ko‘rmoqchi edi. Darhaqiqat, hamma narsa ko‘ngildagidek bajarilgan edi. Ana, erining ishdan qaytishini kutayotgan mahzuna ayol o‘z xobxonasidan chiqdi-yu, birdan rangi bo‘zdek oqarib, yuragini changallagancha zaifona chinqirdi:

— Natasha! Hoy, kim bor… bu yoqqa!.. — shunday deb u kabinetga yetib borolmay, mehmonxona o‘rtasida yerga «gurs» yiqildi.

— Hammasi jobajo bo‘ldi, — dedi Azazello. U yana bir lahzadan keyin mahv bo‘lgan oshiq-ma’shuqlar tepasiga keldi. Margarita gilamchaga muk tushib yotardi. Azazello o‘zining temir qo‘llari bilan Margaritani, xuddi qo‘g‘irchoqni ag‘dargandek osongina o‘ziga qaratib, uning yuziga qattiq tikildi. Zaharlangan ayolning chehrasi o‘zgara boshladi. Momaqaldiroq arafasida kun xiyla qorong‘ilalgan bo‘lishiga qaramay, Margaritaning jodugarona muvaqqat g‘ilayligi ham, chehrasidagi badqahrlik va avboshlik alomatlari ham g‘oyib bo‘layotgani yaqqol ko‘zga tashlandi. Marhumaning chehrasi yorishib, nihoyat, mayinlik kasb etdi, uning vahshiyona irjayishi o‘zgarib, oddiy zaifona dardli irshayishga aylandi. Shunda Azazello uning oppoq tishlari orasini ochib, og‘ziga boyagi zahar vinodan bir necha tomchi tomizdi. Margarita chuqur bir xo‘rsinib, Azazelloning yordamisiz o‘zi o‘rnidan turib o‘tirdi va xasta ovoz bilan so‘radi:

— Qay gunohim uchun, Azazello, nechun? Meni nima qilib qo‘ydingiz?

U uzala tushib yotgan ustani ko‘rib, seskanib ketdi va pichirlab dedi:

— Sizdan hech kutmagan edim buni… qotil!

— Yo‘q, unday emas, — dedi Azazello, — u hozir turadi. Axir, muncha tajang bo‘lmasangiz!

Malla iblisning ovozi shu qadar samimiy ediki, Margarita unga darrov ishona qoldi. U tetik va bardam bo‘lib shaxt o‘rnidan turdi-da, ustaning og‘ziga vino tomizishda ko‘maklashdi. Usta ko‘zini ochib, atrofga ma’yus boqdi va boyagi oxirgi so‘zini nafrat bilan takrorladi:

— Og‘ukash qattol…

— Evoh! Yaxshilik qilganni hamisha haqorat bilan taqdirlasharkan, — dedi Azazello, — nima, ko‘rmisiz? Tezroq ochsangizchi ko‘zingizni.

Shunda usta boshini ko‘tarib, jonli va nurli ko‘zlari bilan atrofga bir-bir qarab chikdi va so‘radi:

— Bu yangilikning ma’nisi nima?

— Buning ma’nisi shuki, — deb javob qildi Azazello, — safarga jo‘nash paytingiz keldi. Ana, eshityapsizmi, momaqaldiroq gumburlamoqda? Qorong‘i tushdi. Otlar betoqat yer teninishmoqda, kichkina bog‘cha larzaga kelmoqda. Bu makoningiz bilan vidolashing, bo‘ling, tezroq vidolashipg.

— Eha-ha, tushundim, — dedi usta, atrofiga alanglab qarab. — Siz bizni o‘ldirgansiz, bizlar murdamiz. O, bag‘oyat dono ish bo‘lipti! Ayni payti! Endi men hammasiga tushundim.

— Ie, kechirasiz, — dedi Azazello, — shu gap sizdan chiqyaptimi? Mahbubangiz sizni usta deb ataydi-yu, siz axir fikr yurityapsiz-ku, qanaqasiga murda bo‘lishingiz mumkin? Nahotki kishi o‘zini tirik deb hisoblashi uchun, albatta, podvalda va kasalxonaning ichki ko‘ylak-ishtonida o‘tirishi shart bo‘lsa? Tavba!

— Hamma gaplaringizga tushundim, — deb chinqirib yubordi usta, — bo‘ldi, u yog‘ini gapirmang! Siz ming karra haqsiz!

— Butok Voland! — dedi Margarita ustaga jo‘r bo‘lib, — buyuk Voland! U mepdan ko‘ra teranroq fikr yuritipti. Lekin albatta romanni, romaningni, — deb qichqirardi u ustaga, — qayoqqa parvoz qilsang ham romaningni olvol.

— Keragi yo‘q, — deb javob qildi usta, — men uni boshdan-oyoq yod bilaman.

— Bironta ham… birota ham so‘zni unutmaysanmi? — deb so‘rardi Margarita mahbubining pinjiga kirib, chakkasining qonini artarkan.

— Ko‘ngling to‘q bo‘lsin! Endi men hech nimani hech qachon unutmayman, — javob qildi u.

— Unda o‘t qo‘yamiz! — deb chinqirdi Azazello, — hamma narsa yong‘indan boshlangan edi, endi yong‘in bilan xotima yasaymiz.

— Yonsin! — deb mudhishona chinqirdi Margarita. Podval darchasi «qars» etib ochilib, shamol darpardani chetga surdi. Samodan qisqa va quvnoq gulduros eshitildi. Azazello changaksimon panjasini pechkaga tiqib, tutab turgan bir kosovni oldi-da, stol yoyilgan dasturxonni yondirib yubordi. Keyin uni divanda yotgan bir dasta eski gazetalarga tutdi, undan keyin qo‘lyozmani va darpardani yoqdi. Bu mahal, chavapdozlik qilajagidan ruhlangan usta, tokchadan qaysiyam bir kitobni olib, uning varaqlarini yoyib yonayotgan dasturxon ustiga otdi, kitob zumda «pov» etib yona boshladi.

— Yon, kuyib kul bo‘l, o‘tmish hayot!

— Yoning, iztiroblar! — chinqirdi Margarita. Qirmizi alanga butun xonapi o‘z og‘ushiga oldi, shunda uchovlari xonadan tutunga qo‘shilib chiqishib, g‘ishtin zinadan mo‘’jazgina hovliga ko‘tarilishdi. Bu yerda dastavval ular uy sohibinikida oshpazlik qiluvchi ayolning yerda o‘tirganini ko‘rishdi, uning atrofida bir talay kartoshka va bir necha bosh piyoz sochilib yotardi. Oshpaz ayolning bu ahvoli tushunarli edi. O‘tinxona oldida uchta qora ot tuyoqlari bilan yer kavlab, badanlari seskanib, pishqirib turardi. Margarita otga birinchi bo‘lib mindi, undan keyin Azazello, eng oxirida usta mindi. Oshpaz ayol bir ingradi-yu, cho‘qinish maqsadida qo‘lini ko‘tarmoqchi bo‘lgan edi, lekin Azazello egarda o‘tirgan yerida unga dag‘dag‘a qiddi:

— Naq qo‘lingni kesib tashlayman! — U hushtak chaldi, shunda otlar jo‘ka navdalarini sindirib ko‘kka parvoz qilishdi va pastlab uchayotgan qora bulutni yorib o‘tib ketishdi. Xuddi shu payt podval darchasidan tutun burqsib chiqa boshladi. Pastdan oshpaz xotinning zaifona, ayanchli chinqirig‘i eshitildi:

— O‘t ketdi!..

Endi otlar Moskva tomlari uzra uchib borardilar.

— Shahar bilan vidolashishni istayman, — deb qichqirdi usta oldinda borayotgan Azazelloga. Momaqaldiroq uning qolgan gapini yutib yubordi. Azazello. «mayli» degandek bosh irg‘adi va otiii uchirib ketdi. Shiddat bilan borayotgan suvorilar sari vujudi yomg‘irga to‘la ulkan bir bulut uchib kelardi.

Sayyohlar xiyobon uzra uchib borisharkan, mitti odamlarning endi tomchilay boshlagan yomg‘irdan o‘zlarini panaga olish uchun har tomonga tumtaraqay qochishayotganini ko‘rdilar. Suvorilar tutun buruqsaetgan bir yerdan uchib o‘tdilar. — Griboedovdan qolgani shu edi. Suvorilar zulmat og‘ushiga cho‘kayotgan shahar uzra uchdilar. Ulardan tepada tinmay yashin chaqnardi. Nihoyat, shahar tomlari tugab, pastda yam-yashil dalalar paydo bo‘ldi. Shundagina yomg‘ir sharros quyib yuborib, uchta chavandozni uchta ulkan pufakka aylantirdi.

Parvoz hissiyoti Margaritaga tanish bo‘lsa ham, usta bu tuyg‘udan g‘ofil edi, shunga ko‘ra, ko‘zlagan manziliga bir zumda yetib borgani uni hayron qoldirdi. Bu yerda u bir odam bilan vidolashmoqchi edi — uning vidolashadigan boshqa hech kimi ham yo‘q edi. Sharros quyayotgan yomg‘ir pardasi orqali u Stravinskiy shifoxonasi binosini ham, daryoni ham, daryoning narigi sohilidagi juda yaxshi tanish bo‘lib qolgan o‘rmonni ham darrov tanidi. Ular shifoxona yaqinidagi sayhonlikka qo‘nishdi.

— Sizlarni shu yerda kutib turaman, — deb qichqirdi Azazello qo‘llarini karnay qilib; u dam yashil shu’lasida ko‘rinib, dam zulmat qo‘ygina g‘arq bo‘lardi, — tezroq vidolasha qoling.

Usta bilan Margarita egardan sakrab tushishib, xuddi suyuq sharpalardek lip-lip ko‘rinib shifoxoia bog‘idan uchib o‘tdilar. Yana bir zumdan keyin usta 117-xonaning‘ balkonidagi, o‘ziga juda tanish bo‘lib qolgan papjarani surib ichkari kirdi. Margarita unga ergashdi. Ular Ivanushkaning oldiga momaqaldiroq gumburlayotgan paytda ko‘rinmay va sezdirmay kirishdi. Usta karavot yonida to‘xtadi.

Ivanushka bu oromgohga kelgan birinchi kuni momaqaldiroqni qanday kuzatib yotgan bo‘lsa, hozir ham shu tarzda qimir etmay yotardi. Lekin hozir avvalgi safardagidek yig‘lamas edi. Nihoyat, u balkondan kirib kelgan qora sharpaga sinchiklab tikildi va yostikdan boshini ko‘tarib, unga qo‘llarini uzatdi-da, shodlanib dedi:

— Ie, sizmisiz? Men bo‘lsam qachondan beri kutib yotibman. Kelganingiz yaxshi bo‘ldi, qo‘shnijon.

— Ha, shu yerdaman! — dedi unga javoban usta. — Lekin, taassufki, sizga ortiq qo‘shni bo‘la olmayman. Men butunlay uchib ketyapman, siz bilan vidolashgani keldim.

— Men buni bilardim, sezgan edim, — ohistagina dedi Ivan va so‘radi: — Siz uni uchratdingizmi?

— Ha, — dedi usta, — shuning uchun ham siz bilap vidolashgani keldimki, keyingi paytda faqat siz mening yagona suhbatdoshim edingiz.

Ivanushkaning ko‘ngli yorishib dedi:

— Xonamga uchib kirganingiz yaxshi bo‘ldi. Men albatta so‘zimning ustidan chiqaman, endi hech qachon she’r yozmayman. Meni endi boshqa narsa qiziqtirib qoldi, — Ivanushka jilmayib, telba ko‘zlarini qayoqlargadir tikdi, — boshqa narsa yozmoqchiman. Bilasizmi, bu yerda yotganimda ancha-muncha narsaga tushundim.

Usta bu so‘zlarni eshitib hayajonlandi va Ivanushkaning to‘shagiga omonatgina o‘tirib gap boshladi:

— Bu gapingiz yaxshi, juda yaxshi. Demak, uning to‘g‘risidagi asarning davomini yozasiz!

Ivanushkaning ko‘zlari chaqnab ketdi.

— Nima, o‘zingiz yozmaysizmii? — shunday deb u boshini xam qildi va o‘ychanlik bilan ilova qildi: — Ha-ya… nimaga buni so‘radim, — Ivanushka ko‘z qiri bilan qo‘rqa-pisa yerga qaradi.

— Ha, — dedi usta, uning bo‘g‘iq ovozini Ivaiushka taiimadi, — uning to‘g‘risida boshqa yozmayman endi. Men boshqa ish bilan mashg‘ul bo‘laman.

Uzokdan eshitilgan hushtak momaqaldiroq gumburini bosib ketdi.

— Eshityapsizmi? — so‘radi usta.

— Momaqaldiroq gumburlayapti…

— Yo‘q, meii chorlashmoqda — ketadigan payt bo‘ldi, — deb izohladi usta va o‘rnidan turdi.

— To‘xtang! Yana bir og‘iz so‘z, — dedi Ivan, — siz o‘sha ma’shuqangizni topdingizmi? Sizga vafodorligicha qoliptimi u?

— Mana u, — deb javob qildi usta va devorga ishora qildi. Qora kiygan Margarita oppoq devordan ajralib, bemorning tepasiga yaqinlashdi. U karavotda yotgan yigitga mahzun ko‘zlarini tikdi.

— Sho‘rlik yigit, — deb tovushsiz pichirladi Margarita va bemor ustiga engashdi.

— Judayam go‘zal ekan, — dedi Ivan behasad, ammo bir oz hasrat va qandaydir ayanch bilan, — ana ko‘rdingizmi, hamma armoningiz ushalipti. Ammo menda unday bo‘lmadi, — shunday deb u o‘ylanib qoldi va o‘ychanlik bilan ilova qildi: — Balkim shunday bo‘lgani ma’quldir…

— Ha, ha, — deb pichirladi Margarita bemor ustiga yana ham pastroq engasharkan, — mana, hozir men peshonangizdan o‘paman-u, keyin hamma narsa ko‘nglingiz tusagandek bo‘ladi… gapimga ishonavering, bularning hammasini o‘z boshimdan kechirganman, hammasidan voqifman.

Karavotda yotgan yigit Margaritaning bo‘ynidan quchdi, shunda Margarita uni o‘pib oldi.

— Alvido, shogirdim, — dedi usta eshitilar-eshitilmas va havoda eriy boshladi. U, u bilan birga Margarita ham g‘oyib bo‘lishdi. Balkon panjarasi yopildi.

Ivanushka bezovtalana boshladi. U o‘rnidan turib o‘tirdi, atrofiga olazarak bo‘lib qarab, hatto ingrab ham qo‘ydi, o‘zicha bir nimalarni g‘o‘ldirab o‘rnidan turdi. Momaqaldiroq tobora zo‘raya borardi, chamasi uning qalbiga g‘uluv solgan narsa ham shu momaqaldiroq bo‘lsa kerak. Ivanni bezovta qilgan yana bir narsa shu bo‘ldiki, uning shifoxona yo‘lagidagi doimiy sokinlikka ko‘nikib qolgan qulog‘iga hozir eshik orqasidan bezovta oyoq tovushlari, g‘o‘ng‘ir-g‘o‘ng‘ir ovozlar eshitilgan edi.

— Praskovya Fyodorovna! — deb chaqirdi u asabiylashib va titrab-qaqshab.

Shu zahotiyoq xonaga kirib kelgan Praskovya Fyodorovna Ivanushkaga savol ma’nosida hayajonlanib tikildi.

— Xo‘sh? Nima bo‘ldi? — deb so‘radi u, — momaqaldiroq bezovta qilyaptimi? Tinchlaning, hechqisi yo‘q… Hozir yordam ko‘rsatishadi sizga. Men doktorni chaqiraman.

— Yo‘q, Pravskovya Fyodorovna, doktorni chaqir-ang, — dedi Ivanushka, Praskovya Fyodorovnaga emas, devorga hayajon bilan tikilarkan, — menga hech nima bo‘lgani yo‘q. Men o‘z ahvolimga tushunadigan bo‘lib qolganman, siz ko‘rqmang. Yaxshisi, ayting-chi, — deb dilkashlik bilan so‘radi Ivan, — yonimdagi yuz o‘n sakkizinchi xonada hozir nima bo‘ldi?

— Yuz o‘n sakkizinchidami? — deb so‘radi Praskovya Fyodorovna va bezovta ko‘zlarini undan olib qocha boshladi, — hech nima bo‘lgani yo‘q. — Lekin ayolning ovozida dudmollik sezilib turardi, buni darhol sezgan Ivanushka dedi:

— Qo‘ying, Praskovya Fyodorovna! Siz axir to‘g‘riso‘z odamsiz-ku… Nima, meni to‘polon qiladi deb o‘ylayapsizmi? Yo‘q, Praskovya Fyodorovna, ko‘nglingiz to‘q bo‘lsin. Siz gapning rostini aytavering. Men, baribir devor orqali his qilyapman.

— Qo‘shningiz qazo qildi hozir, — deb pichirladi Praskovya Fyodorovna o‘zining hamgo‘yligi va oqko‘ngilligini tiyishga qurbi yetmay, aytishga aytdi-yu, yuragi taka-puka bo‘lib Ivanushkaga yalt etib qaradi, shunda Praskovya Fyodorovna yashin shu’lasidan bir zumga libos kiydi. Lekin Ivanushkaga hech narsa bo‘lmadi. U faqat barmog‘ini ma’nodor ko‘tarib shunday dedi:

— O‘zimam biluvdim! Sizni ishontirib aytamanki, Praskovya Fyodorovna, hozir shaharda yana bir inson olamdan o‘tdi. Men hatto uning kimligini ham bilaman, — shunday deb Ivanushka xufiyona jilmayib qo‘ydi, — u ayol kishi.

O‘ttiz birinchi bob CHUMCHUQTEPADA

Momaqaldiroq dag‘dag‘asidan asar ham qolmadi, bu mahal butun Moskva uzra ulkan gumbazday ko‘tarilgan rang-barang kamalak Moskva daryosidan suv ichardi. Baland tepalikdagi ikki daraxtzor oralig‘ida uchta qora sharpa ko‘rindi. Egarlangan qora otlarga mingan Voland, Korovyov va Begemot daryo ortidan to ufqqacha yoyilib ketgan shaharga, uning g‘arbga qaragan uylaridagi ming-minglab derazalarda aks etayotgan kechki shu’lasiga va Qizlar monastirining jimjimador, muhtasham gumbaziga tikilib turardilar.

Havoda sharpa eshitildi, uzun qora rido kiygan Azazello, uning orqasidan izma-iz kelayotgan usta bilan Margarita uchovlari ularni kutib turgan uch suvori yaqinida yerga indilar.

— Sizni, Margarita Nikolaevna, sizni ham, usta, bir oz bezovta qilishimizga to‘g‘ri keldi, — deb gap boshladi Voland bir oz sukunatdan so‘ng, — illo mendan gina qilmassizlar degan umiddaman. Zero bu yerga kelganingizdan afsuslanmaysiz. Qani, bo‘lmasa, — deb u yolg‘iz ustaga murojaat qildi, — shahar bilan vidolashing. Jo‘nashimiz kerak, — shunday deb Voland og‘zi karnaysimon qora qo‘lqop kiygan qo‘li bilan daryo ortiga ishora qildi; u yerda kun bo‘yi oftob taftida cho‘g‘dek qizigan shahardan ko‘tarilgan tuman, tutun, bug‘ quyosh shu’lasidan yaraqlagan behisob derazalar uzra muallaq turib qolgan edi.

Usta otdan sakrab tushib, bir o‘zi jar yoqasiga yugurib ketdi. Egnidagi qora ridoning etagi orqasidan yerga sudralib borar edi. Usta shaharga tikilib turib qoldi. Avvaliga hasratdan uning yuragi zirqirab og‘ridi, lekin bu tuyg‘u bir zumda o‘tib ketib, o‘rnini ko‘ngilga totli g‘uluv soluvchi lo‘lilarga xos darbadarlik tuyg‘usi egalladi.

— Mutlaqo qaytmayman! Buni fahmlash kerak, — deb pichirladi usta va qovjiragan labini yaladi. U o‘z qolbiga quloq solib, u yerda nima bo‘layotganini aniq qayd qila boshladi. Uning qalb hayajoni, nazarida, juda teran va qattiq ranjga aylangandek tuyuldi. Lekin bu ranj beqaror bo‘lib chiqdi, u zumda g‘oyib bo‘lib, takabburona loqaydlik bilan o‘rin almashdi, loqaydlik esa mangu orom tuyg‘usiga aylandi.

Suvorilar ustani sukut saqlab kutib turishardi. Ular qora kiygan bu daroz odamning jar yoqasida turib qilayotgan har xil qo‘l ishoralarini, goh butun shahar osha nigoh tashlab, uning ufq ortidagi tomonni ko‘rmoqchi bo‘lganday boshini adl ko‘tarishini, goh o‘z oyog‘i ostidagi payhon qilingan, qovjiragan giyohlarni o‘rganmoqchi bo‘lganday boshini xam qilishini kuzatardilar.

Nihoyat, yuragi ziq bo‘lgan Begemot sukutni buzdi.

— Ijozat bersangiz, metr, — deb gap boshladi u, — parvoz oldidan vidolashuv hushtagini men chalsam.

— Xonimni cho‘chitib yuborishing mumkin, — dedi Voland, — undan keyin shuni unutmaki, sen bugungi noma’qulchiliklaringni barini qilib bo‘lding.

— O, yo‘q, yo‘q, messir, — dedi egarda amazonkalardek qo‘lini beliga tirab, uzun etagini yergacha tushirib o‘tirgan Margarita, — ruxsat bering unga, mayli, chalsin. Olis safar oldidan ko‘nglimga xiyla g‘ash oraladi. Garchi inson bu safar nihoyasida baxtga mugdarraf bo‘lishini bilsa ham, shunday ko‘ngilg‘ash-lik bo‘lishi tabiiy, to‘g‘rimi, messir? Mayli, bir ko‘nglimni chog‘lasin, bo‘lmasa, safar oldidan yig‘lab yuborib, kayfiyatinglarni buzib qo‘yishim mumkin.

Voland bosh irg‘ab Begemotga ishora qiddi, mushukning ko‘ngli ko‘tarilib, otdan sakrab tushdi va barmoklarini og‘ziga tiqib, lunjini shishirdi-da, hushtak chaddi. Margaritaning qulog‘i shang‘illab ketdi. Uning oti hurkib, ikki oyog‘ini ko‘tardi, o‘rmondagi daraxtlardan quruq shox-shabbalar to‘kiddi, qarg‘a va chumchuqlar gala-gala bo‘lib osmonga ko‘tarildi, burqirab ko‘tarilgan to‘zon daryo tomon uchdi, bandargoh yonidan suzib o‘tayotgan daryo tramvayidagi bir nechta yo‘lovchining boshidan kepkasi uchib suvga tushdi. Usta hushtak ovozidan seskanib ketdi, lekin orqasiga o‘girilmadi, balki qo‘llarini yuqori ko‘tarib, xuddi shaharga tahdid solayotgandek, ularni yana ham jadalroq silkita boshladi. Begemot atrofga mag‘rurona nazar tashladi.

Etirof etaman, hushtak chalindi, — muruvvat ichishdek dedi Korovyov, — darhaqiqat hushtak chalindi, lekin xolisanillo gapiradigan bo‘lsak, o‘rtamiyona hushtak bo‘ldi!

Axir men regent emasman-da, — deb javob qildi Begemot viqor bilan lunjini osiltirib va dabdurustdan Margaritaga ko‘z qisdi.

— Qani, menam bir urinib ko‘ray-chi, yoshlikni eslab, — dedi Korovyov, qoTAarini ishqashab, barmoqlariga tuflarkan.

— Lekin ehtiyot bo‘l, — dedi Voland jiddiy ohangda, — bironta ham shaxsga hech qanday ziyon-zahmat yetmaydigan bo‘lsin!

— Messir, ishoning, — dedi Korovyov qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib, — bu hazil, faqat hazil bo‘ladi… — Shunda uning vujudi xuddi rezinadan yasalgandek birdan yuqoriga cho‘zildi, o‘ng qo‘lining barmoqlarini bukib g‘aroyib bir shakl yasadi-da, oldi parma singari chir-chir aylanib, bir o‘ram sochga o‘xshab qoldi, so‘ng qayta yechilib, birdan hushtak chalib yubordi.

Margarita bu hushtakni eshitmadi, balki uni o‘z ko‘zi bilan ko‘rdi: u o‘zining o‘ynoqi oti bilan birga gaz nariga borib tushgan edi. Ayni paytda shu yerda qad ko‘targan azim tup eman ildiz-pildizi bilan ko‘porilib, qulab tushdi, to daryo bo‘yigacha bo‘lgan yer tors-tors yorilib ketdi. Qirg‘oqning katta bir bo‘lagi yerga joylashgan bandargohu restoran bilan birga sindirilib, daryoga quladi. Daryo ko‘pirib toshdi va daryo tramvayini ichidagi yo‘lovchilar bilan birga narigi yashil past qirg‘oqqa beshikast chiqarib qo‘ydi. Margaritaning hurkib pishqirayotgan oti oyog‘i ostiga Fagotning hushtagidan nobud bo‘lgan bir olaqarg‘a gup» etib kelib tushdi. Bu hushtak ustani cho‘chitib yubordi. U boshini changallagancha, hamroxlari tomon chopib kela boshladi.

— Xo‘sh, — deb murojaat qildi unga ot ustidan Voland, — barcha hisob-kitob qilib bo‘lindimi? Vidolashuv vojib bo‘ldimi?

— Xa, vojib bo‘ldi, — deb javob qildi usta, so‘ng ko‘ngli taskin topib, Volandning yuziga tik va dadil qaradi. Ana shunda Volandning dahshatli ovozi tepalik uzra xuddi Isrofilning suri’ yanglig‘ baralla yangradi:

— Vaqt bo‘ldi! — shundan keyin Begemotning o‘tkir hushtagiyu xandon tashlab kulgani eshitildi.

Otlar olg‘a otildilar va suvorilar samoga parvoz qilib shamoldek uchib ketdilar. Margarita mingan asov ot hadeb suvlug‘ini kemirib, jilovni tortqilardi. Volandning ridosi shamolda yoyilib zulmatga burkanayotgan osmon gumbazi ostida hamma suvorilarga soyabon bo‘ldi. Qora soyabon bir lahzagina yelpinib, fazo beti ochilgan payt Margarita otini uchirib keta turib orqasiga o‘girildi, o‘girildi-yu, endi nainki rango-rang minoralar va ular tepasida charx urib uchib yurgan aeroplan, balki shaharning o‘zi ham allaqachon g‘oyib bo‘lganini ko‘rdi, shahar o‘rnida faqat tuman qolgan edi.

O‘ttiz ikkinchi bob GUNOHDAN O‘TISH VA MANGU MAKON

O, tangrilar, tangrilarim mening! Oqshom chog‘ida zamin naqadar g‘amgin! Botqoqlar uzra qalqqan tuman g‘oyat sirli. Buni o‘sha mash’um tumanlarda adashgan, o‘limi oldidan ko‘p uqubatlarni boshidan kechirgan, ushbu zamin uzra nihoyatda og‘ir yuk bilan parvoz qilgan odamlargina biladi, Buni yashashdan horigan odam biladi. Shu bois u zamin tumaniniyu uning botqoq va daryolarini aslo afsuslanmay tark etadi hamda o‘zini ajal qo‘liga xotirjamlik bilan topshiradi, chunki u shu ajalgina unga taskin berishini tushunadi.

Sehrli qora otlar ham yuguraverib horishdi, endi ular bazo‘r lo‘killab borardilar, zulmati haq suvorilar ortidan quvib kelib qolgan edi. Hattoki tinib-tinchimas Begemot ham orqasidan quvib kelayotgan qorong‘i tunni his qilib, gung bo‘lib qoldi; u o‘tkir tirnoqlarini egarga botirib, dumini shamodda hilpiratgancha jiddiy qiyofada sukut saqlab uchib borardi. Tun o‘rmonu o‘tloqlar ustiga qora ro‘mol yoparkan, olis-olislarda, pastda ma’yus va xira chiroklarni — Margaritaga ham, ustaga ham endi qizig‘i qolmagan, nokerak va begona chiroqlarni yoqa boshladi. Mana, tun suvorilardan ham o‘zib o‘tdi va ular ustiga zulmat elab, shumshuk samoning goh u, goh bu yeriga yulduzlar otib, oq dog‘lar hosil qila boshladi.

Tun tobora quyuqlashar, suvorilar bilan yonma-yon parvoz qilib, ularning ridolarini yelkalaridan yechib olar, soxtaliklarini fosh qilardi. Shu payt ishshi salqin shabbodaga tutib borayotgan Margarita kuzlarini ochib, o‘z manzili sari uchib borayotgan bu suvorilarning qiyofalari o‘zgara boshlaganini ko‘rdi. Osmon ortidan qirmizi to‘linoy suvorilarga peshvoz ko‘tarila boshlaganda esa barcha firiblar barbod po‘ldi, muvaqqat jodugarlik liboslari botqoqlikka tushib, tuman ichida g‘arq bo‘ldi.

Hozir Margaritaning o‘ng qo‘lida, Voland bilan kiftma-kift uchayotgan maxluqqa qarab, uning aslida tarjimonga muhtoj ham bo‘lmagan sirli konsultantning tarjimoni soxta Korovyov-Fagot ekanligiga xech ishonib bo‘lmas edi. Juldur tsirk kiyimida Chumchuk, tepani tark etgan Korovyov-Fagot o‘rnida endi to‘q binafsha rang sovut kiygan, chehrasi hamisha gumshaygan mahzun ritsar otning oltin zanjirdan jalgan jilovini ohista shiqillatib yelib borardi. U iyagini ko‘ksiga tirab olgan, oyga ham qiyo boqmay, poyidagi zaminga ham parvo qilmay, o‘zicha qandaydir xayollarga g‘arq bo‘lib, uchib borardi.

— Voy, nega bunchalik o‘zgarib ketdi u? — deb ohista so‘radi Margarita shamolning g‘uvillashiga jo‘r bo‘lib.

— Bu ritsar bir vaqtlar o‘rinsiz hazil qilib ko‘ygan edi, — deb javob qildi Voland yuzini Margaritaga o‘girib — uning bir ko‘zi ohista yonardi, — uning ziyo va zulmat to‘g‘risida gapirib turib, to‘qigan tajnisi uncha yaxshi chiqmagan edi. Shundan so‘ng u mo‘ljalidan ortiqroq va uzoqroq hazil qilishga majbur bo‘lgan. Lekin bugungi tun ayni hisob-kitob tuni. Ritsar ham orani ochdi qilib, hisobni yopdi!

Tun Begemotning baroq dumini ham uzib, badanining tukini ham yulib oldi va ularni xuddi savag‘ichday titkilab, botqoqliklarga sochib yubordi. Zulmat sultonining masxarabozi bo‘lgan mushuk qotmagina yigitchaga, shayton-mahramga, dunyoda qiyosi yo‘q qiziqchiga aylangan edi. Endi u ham sho‘xlikni tashlab, navqiron yuzini oy shu’lasiga tutgancha jimgina tikilib borardi.

Hammadan chetda Azazello po‘lat aslahalarini yaraqlatib uchib borardi. Oy uning ham chehrasini o‘zgartirgan edi. Uning beso‘naqay, xunuk-bedavo so‘yloq tishi g‘oyib bo‘lgan, ko‘zining g‘ilayligi ham qalbaki bo‘lib chiqqan edi. Uning ikkala ko‘zi ham bir xil, bo‘m-bo‘sh va qop-qora, yuzi esa oppoq va sovuq edi. Endi Azazello o‘zining asl qiyofasiga — qaqragan sahro iblisi, qattol azroil qiyofasiga kirgan edi.

Margarita o‘zini ko‘ra olmasdi, lekin ustaning qanchalik o‘zgarib ketganini aniq ko‘rayotgan edi. Ustaning sochlari endi oy nurida oqarib, ensasida bir o‘ram sochga aylangan va shamolda hilpirab borardi. Shamol uning ridosini uchirgan paytda, baland qo‘njli etigining yulduzsimon shporlari goh so‘nib, goh porlardi. Usta xuddi navjuvon shaytonga o‘xshab ko‘zini oydan uzmay borarkan, unga qarab o‘ziping eng yaxshi, ardoqli tanishidek jilmayar va 118-xonada o‘rgangan odatiga ko‘ra, o‘zicha bir nimalarni g‘o‘ldirardi.

Va nihoyat, Voland ham o‘zining haqiqiy qiyofasiga kirgan edi. U mingan otning jilovi nimadan yasalgan deb so‘ralsa, Margarita aytib bera olmasdi, shu bois uni oy shu’lasidan yasalgan zanjir bo‘lsa kerak deb o‘ylardi, otni esa — quyuqlashgan zulmat, uning yolini — bulut, suvori oyog‘idagi shporlarni — yudduzlarning oq dog‘i deb hisoblardi.

Ular shu zaylda teran sukutda uzoq uchdilar, nihoyat ularning poyi ostidagi zamin ham o‘z qiyofasini o‘zgartira boshladi. Shumshuk o‘rmonlar zulmat qa’riga g‘arq bo‘larkanlar, shamshirning damini eslatib, ko‘zga g‘ira-shira tashlangan daryolarni ham o‘zlari bilan olib ketdilar. Pastda mahobatli dumaloq toshlar yaltirab ko‘rindi, ularning oralari oy yog‘dusi tushmaganligidan zim-ziyo edi.

Voland ot jilovini tortib, uni usti yassi toshtepaga qo‘ndirdi, boshqa suvorilar ham unga ergashishdi; ularning qulog‘iga ot taqalarining tosh va chaqmoqtoshlarga urilgani eshitilardi. Oy bu maydonchani och-yashil shu’la bilan charog‘on qilgan edi, shunga ko‘ra, Margarita bir lahzadan so‘ng bu huvillagan xilvatgohda tosh kursini va upda o‘tirgan boshdan-oyoq oppoq kiyingan odamni ko‘rdi. Bu odam yo kar, yoki juda teran o‘yga tolgan bo‘lsa kerak. Negaki, otlarning poyi ostida toshtepaning larzaga kelganini ham eshitmadi, natijada suvorilar uni hech bezovta qilmay istiqboliga yetib bordilar.

Oy eng yaxshi elektr fonaridan ham yorug‘roq shu’la sochayotgani sababli Margarita kursida o‘tirgan odamning hadeb kaftlarini bir-biriga ishqayotganini, uning so‘qirga o‘xshagan ko‘zlari tikka to‘linoyga qadalganini ko‘rdi. Endi Margarita oy shu’lasidan u yer-bu yeri miltillayotgan zalvarli tosh kursi yonida yotgan quloqlari uchli juda bahaybat bir itni va uning ham o‘z egasi singari oyga bezovta bo‘lib tikilayotganini ko‘rdi.

O‘tirgan odamning oyog‘i ostida singan ko‘zaning sopalaklari sochilib yotar, to‘q-qizil ko‘lmak hanuz qurimagan edi.

Suvorilar otlarini to‘xtatishdi.

— Romaningizni o‘qib chiqishdi, — deb gap boshladi Voland ustaga o‘girilib, — faqat bitta fikr aytishdi: taassufki, roman tugallanmagan. Xullas, men sizga o‘z qahramoningizni ko‘rsatgim keldi. Mana, sal kam ikki ming yildirki, u shu maydonchada uxlab o‘tiradi, lekin ko‘kka to‘linoy qalqqan paytlarda, ko‘rib turibsiz, uyqusizlikdan iztirob chekadi. Uyqusizlik nafaqat uni, shuningdek, sadoqatli soqchisi — itga ham azob beradi. Qo‘rqoqlik — eng og‘ir illat, deganlari agar to‘g‘ri bo‘lsa, bu borada itda gunoh yo‘q. desak bo‘ladi. Zero bu dovyurak ko‘ppak dunyoda faqat bir narsadan — momaqaldiroqdan qo‘rqar edi. Hay, nachora, sevgan odam o‘z sevgilisining qismatiga sherik bo‘lmog‘i lozim.

— U nima deyapti? — deb so‘radi Margarita va xotirjam chehrasida achinish ifodasi namoyon bo‘ldi.

— U mudom bir gapni takrorlayapti, — degan Volandning ovozi yangradi, — oy yog‘du sochganda ham menga tinchlik yo‘q, vazifam — og‘ir vazifa, deyapti, U uxlamagan paytda doim shu gapni takrorlaydi, uxlagan chog‘ida esa, hamisha bitta narsani — oy yog‘dusidan yaralgan yo‘lkani tush ko‘radi; u mana shu yo‘lkada yurib, mahbus Ha-Notsri bilan suhbatlashishni xohlaydi, chunki uning ta’kidlashicha, bir vaqtlar, bahorgi nison oyining o‘n to‘rtinchi kuni unga aytadigan gapini ayta olmay qolgan ekan. Lekin, evoh, o‘sha oydin yo‘lkaga chiqish negadir unga hech nasib bo‘lmayapti, huzuriga ham hech kim kelmayapti. Bas, shunday ekan, iloj qancha, o‘zi bilan o‘zi suhbatlashadida. Ammo uqbatga biron yangilik kiritish kerak-ku, shunga ko‘ra, u oy haqida mulohaza qilarkan, ko‘pincha, hammadan ham o‘z boqiyligim va shon-shuhratimning mislsizligini yomon ko‘raman, deb qo‘shib qo‘yadi. Yana o‘z taqdirimni chuvrindi sayoq Leviy Matveyning gaqdiriga jon-jon deb almashgan bo‘lardim, deb ta’kidlaydi.

— Bir vaqtlardagi bir oy uchun o‘n ikki ming oydan voz kechish — judayam ko‘p emasmi? — deb so‘radi Margarita.

— Yana Frida voqeasi takrorlanyaptimi? — dedi Voland, — qo‘ying, Margarita, aslo hayajonlanmang bu yerda. Hammasi risoladagidek bo‘ladi, dunyo o‘zi shuning zamiriga qurilgan.

— Ozod qiling uni, — deb Margarita xuddi jodugar bo‘lgan paytidagidek birdan jon holatda chinqirib yubordi, bu chinqiriq zo‘ridan tog‘dan tosh ko‘chib, do‘nglikdan do‘nglikka urilib, gumburlagancha tubsiz jar qa’riga tushib ketdi. Bu — jarga qulagan toshning gumburlashimidi yo iblisona qahqahaning jarangimidi, Margarita ayta olmas edi. Nima bo‘lganda ham, Voland Margaritaga kulib boqarkan, shunday derdi:

— Tog‘liq yerda baqirish kerak emas, u ko‘chkiga ko‘nikib qolgan, unga parvo ham qilmaydi. Siz, Margarita, uning yonini olib iltimos qilmay qo‘ya qoling, negaki, boshqa odam, u suhbatlashish ishtiyoqida bo‘lgan odam, allaqachon uning uchun iltimos qilgan, — shu gapdan keyin Voland yana ustaga o‘girilib dedi: — Mana, endi siz romaningizni bitta jumla bilan yakunlashingiz mumkin!

Tosh kursida o‘tirgan prokuratordan ko‘z uzmasdan qimir etmay turgan usta go‘yo shu gapni kutayotganday ikki kaftini og‘ziga karnay qilib, shunday baqirdi-ki, ovozining aks-sadosi bu xilvat va taqir tog‘larda qayta-qayta takrorlandi.

— Ozodsan! Ozodsan! U seni kutmoqda!

Tog‘lar ustaning ovozidap momaqaldiroq bunyod etdilar va shu momaqaldiroq togTarni barbod etdi. Qoya toshlardan tiklangan mal’un devor quladi. Faqat yassi maydonchayu undagi tosh kursi qoldi. Devor qulagan qop-qorong‘i jarlik uzra charog‘on ulkan bir shahar namoyon bo‘ldi, necha-necha ming marta kelib ketgan to‘linoy kechalari davomida gurkurab kamol tongan shahar bog‘i uzra qad ko‘targan ma’budlarning haykallari oltindek tovlanardi. Prokurator shuncha vaqt intizor bo‘lib kutgan o‘sha oydin yo‘lka to‘g‘ri shu bog‘ sari yo‘nalgan edi, quloqlari uchli ko‘ppak birinchi bo‘lib shu yo‘lkadan yugurib ketdi. Astari qirmizi rang oq rido kiygan noib tosh kursidan turib, hirqiroq, bo‘g‘iq ovoz bilan bir nima deb qichqirdi. Lekin uning yigTayottaniniyam, kulayotganiniyam, nima deb qichqirganini ham aniqlab bo‘lmas edi. Uning o‘sha oydin yo‘lkadan o‘z sadoqatli qo‘riqchisi orqasidan yugurib ketganinigina ko‘rishdi, xolos.

— Men uning orqasidan o‘sha yoqqa borishim kerakmi? — deb so‘radi bezovta usta, otining jilovini siltab qo‘yarkan.

— Yo‘q, — deb javob qildi Voland, — adoyi tamom bo‘lgan narsa ortidan quvish na hojat?

— U holda, bu yoqqami? — so‘radi usta orqasiga o‘girilib, yaqindagina o‘zi tark etgan muhtasham minorali monastirlari bo‘lgan, uylarining derazalarida quyosh bo‘lak-bo‘lak bo‘lib aks etgan shahar tomonni ko‘rsatarkan.

— U yoqqa ham emas, — deb javob qildi Voland, shunda uning ovozi quyuqlashib, qoyalar uzra gumburladi, — xayolparast usta! Siz hozirgina ozod qilib yuborgan, ya’ni o‘zingiz kashf etgan qahramon uchrashish ishtiyoqida bo‘lgan odam romaningizni o‘qib chiqqan. — Shundan so‘ng Voland Margaritaga o‘girildi: — Margarita Nikolaevna! Siz usta uchun eng barkamol istiqbol kashf etmoqchi bo‘lgansiz — biz bundan voqifmiz, illo, men sizga taklif qilmoqchi bo‘lgan maslahat, ayni paytda, sizning nomingizdan siz uchun Ieshua iltimos qilgan narsa — yana ham yaxshiroq. Ular ikkovini o‘z holiga qo‘ying, — dedi Voland usta tomonga engashib, prokurator yugurib ketgan tomonni ko‘rsatarkan, — ularga xalal bermaylik. Ehtimol, o‘zlari biron bitimga kelishar, — shundan so‘ng Voland Yershalaim tomonga qarab bir qo‘l siltagan edi, shahar chiroqlari so‘ndi.

— U yoqda ham, — deb Voland orqa tomonga ishora qildi, — nima qilasiz o‘sha podvalda? — Shunda derazalarda aks etayottan oftob parchalari so‘ndi. — Nima hojati bor? — deb davom etdi Voland qat’iy, ammo muloyim ohangda, — o xayolparastlar xayolparasti usga, nahot siz endigina gulga kirgan olchalar tagida o‘z mahbubangiz bilan har kuni sayr qilib yurishni, kechqurunlari esa Shubertning muzikasini tinglashni istamasangiz? Nahot shamlar yorug‘ida patqalam bilan asar yozish sizga huzur bag‘ishlamasa? Nahotki siz Faustga o‘xshab yangi gumonkul’ ixtiro etish niyatida regorta ustida fikr yuritishni xohlamasangiz? O‘sha yoqqa, o‘sha yoqqa yo‘l oling. U yerda sizni o‘z uyingiz, uyingizda keksa xizmatkoringiz kutmokda, shamlar yoqilgan, hademay ular o‘chadi, zero siz yetib borgan zahotingiz tong shafag‘i sizni peshvoz chiqib kutib oladi. Mana bu yo‘ldan, usta, mana bu yo‘ldan boring. Alvido! Men ketdim.

— Alvido! — deb baravar qichqirishdi Margarita bilan usta. Shunda qora ridoga o‘ralgan Voland yo‘l qolib, to‘g‘ri borib tubsiz jar qa’riga quladi, mulozimlari ham uniig orqasidan jarga gumburlab yiqilishdi. Shunda atrofdagi qoyalar ham, maydoncha ham, oydin yo‘lka ham, Yershalaim ham — hammasi g‘oyib bo‘ldi. Qora otlar ham ko‘zdan yo‘qoldi. Shu payt usta bilan Margarita va’da qilingan tong shafag‘ini ko‘rdilar. U shu onning o‘zida, yarim kechada, to‘linoy porlab turgan paytda boshlandi. Usta o‘z mahbubasi bilan birga tongning ilk shu’lasidan bahramand bo‘lib, hammayog‘ini yo‘sin o‘ragan tosh ko‘prikchadan o‘ta boshladilar. Jilg‘a oshiq-ma’shuqlar orqasida qoldi, endi ular qumli yo‘ldan yurib ketdilar.

— Sukunatga quloq sol, — derdi Margarita, uning yalangoyoqlari ostida qum shuvillardi, — hayotingda senga nasib etmagan narsa — sukunatni tinglab huzur qil. Qara, huv ana senga tuhfa etilgan mangu makoning. Uning uch tabaqali derazasini, tomigacha ko‘tarilgan tok navdalarini ko‘ryapman. Mana shu sening uying, mangu makoning. Bilaman, kechqurunlari oldingga o‘zing xush ko‘rgan, seni qiziqtirgan va dilingni og‘ritmaydigan odamlar kelishadi. Ular sen uchun sozlar chalishadi, qo‘shiqlar kuylashadi, shamlar yoqilganida xonangning qanday rangda ekanligini ko‘rasan. Sen har kuni kechqurun yog‘i chiqib ketgan o‘sha abadiy qalpog‘ingni kiyib, lablaringda tabassum bilan pinakka ketasan. Uyqu senga darmon beradi, sen dono mulohazalar yuritasan. Ammo meni endi yoningdan quvib yubora olmaysan. Sening oromingni men muhofaza qilaman.

Shunday derdi Margarita usta bilan birga uning mangu makoni sari borarkan, ustaning nazarida, Margaritaning so‘zlari hozirgina orqada qolgan jilg‘a singari ohista jildirayotgandek eshitilardi, shunda ustaning xotirasi — behisob ukollarga bardosh bergan besaranjom xotirasi asta so‘na boshladi. Kimdir ustani ozodlikka chiqarayotgan edi, xuddi uning o‘zi hozirgina o‘zi yaratgan qahramonini ozod qilgani kabi. Mana, mangu yer qa’riga kirib ketdi o‘sha qahramoni — yakshanbaga o‘tar kechasi gunohi kechirilgan munajjimzoda, Iudeyaning badqahr beshinchi prokuratori chavandoz Pontiy Pilat.

XOTIMA

Xo‘sh, o‘sha shanba oqshomi, kun botar chog‘da Voland o‘z mulozimlari bilan Chumchuq tepadan uchib g‘oyib bo‘lgach, Moskvada nimalar bo‘lgan edi?

Butun poytaxtning aql bovar qilmaydigan mish-mishlardan ancha vaqtgacha xuddi cho‘p tiqilgan ari uyasi kabi g‘uvillagani va bu mish-mishlar ko‘z ochib-yumguncha vaqt o‘tmay, mamlakatning eng yiroq, xilvat go‘shalarigacha yetib borgani haqida gapirib o‘tirmasa ham bo‘ladi, zero o‘sha tuturiqsiz mish-mishlarni takrorlashdan hazar qiladi kishi.

Ushbu haqqoniy satrlarni yozayotgan kamina shaxsan o‘zim poezdda Feodosiyaga ketaturib, Moskvada birvarakayiga ikki ming kishi teatrdan qip-yalang‘och holda ko‘chaga chiqqani va shu ahvolda uy-uylariga taksomotorlarda jo‘nab ketgani haqida o‘z qulog‘im bilan eshitdim.

Sutga navbatda turganlar orasida, tramvaylarda, magazinlarda, kvartiralar va ularning oshxonalarida, ham uzoqqa, ham shahar chekkasiga qatnovchi poezdlardayu ularning bekatlarida, bog‘ hovlilaru plyajlar-da — hamma yerda «Shayton…» deb pichirlagan ovozlar eshitilardi.

Turgan gapki, aholining eng farosatli, eng madaniyatli namoyandalari shayton haqida butun poytaxtga yoyilgan bu gaplardan o‘zlarini chetga olishar va unday mish-mishlar ustidan kulishib, ularni tarqatib yurganlarni tartibga chaqirishga urinardilar. Lekin fakt faktligicha qoladi, deydilar, binobarin, isbotlamasdan turib uni rad etish aslo mumkin emas, kimlardir poytaxtda bo‘lgan. Griboedovning kuyib kul bo‘lgani, undan boshqa yuz bergan yana juda ko‘p voqealar shayton haqida tarqalgan mish-mishlarnipg rostligidan dalolat berib turardi.

Madaniyatli kishilar, bu — o‘z kasbining piri bo‘lgan ko‘zboyloqchi va g‘oyibdan xabar beruvchi romchilar to‘dasining ishi, deb tergov ahlining fikrini tasdiqladilar.

Turgan gapki, bu to‘dani tutish uchun Moskvada ham, undan tashqarida, olis-olis yerlarda ham jadal ravishda, keskin choralar ko‘rildi, biroq ming afsuski, bu tadbirlar hech qanday natija bermadi. O‘zini Voland deb atagan shaxs va uning sheriklari g‘oyib bo‘lishib, shundan keyin Moskvaga ham boshqa qaytib kslishmadi, boshqa hech bir yerda ham qoralarini ko‘rsatishmadi. Natijada, o‘sha Voland xorijga qochgan, degan mulohaza tug‘ildi, lekin u yoqlarda ham undan hech bir darak bo‘lmadi.

Voland ishi yuzasidan boshlangan tergov uzoq davom etdi. Axir bu o‘ta qabih ish edi-da! Uning dasti-dan, painki to‘rtta uy yonib kul bo‘ldi, nainki yuzlab odamlar telba bo‘lib qoldi, hatto o‘lganlar ham bor edi. Ulardan ikkitasi haqida: Berlioz bilan anavi Moskvaning diqqatga sazovor yerlari bilan ajnabiylarni tanishtirish byurosining baxti qaro xodimi sobiq baron Maygel haqida dadil gapirish mumkin. Axir, ular chindanam o‘ldirilgan edilar-da. Maygelning kuygan suyaklari Sadovaya ko‘chasidagi uyning 50-kvartirasidan yong‘in o‘chirilgach topildi. Ha, qurbonlar bo‘lgan va bu qurbonlar tergov qilishni talab etardilar.

Lekin Voland poytaxtni tark etib chiqib ketganda keyin ham qurbonlar bo‘ldi, endi, aytishga til bormaydi, qora mushuklarga qirg‘in kela boshladi.

Odamzodga ham vafodor, ham foydali bo‘lgan bu yuvosh jonivorlarning taxminan yuzga yaqini mamlakatning turli yerida otib tashlandi, yoki o‘zga usul bilan mahv etildi. Haddan tashqari rasvoyu raddi balo qilib tashlangan o‘n beshtacha mushuk har xil shaharda militsiya bo‘limiga olib kelindi. Masalan, Armavirda bir grajdanin o‘sha begunoh jonivorlardan birini, oldingi ikki oyog‘ini bog‘lab, militsiyaga sudrab borgan.

O‘sha grajdanin, o‘z odati bo‘yicha, atrofga olazarak bo‘lib, o‘g‘rincha endi o‘zini maysa orasiga urmoqchi bo‘lib turgap mushuk ustiga o‘zini tappa tashlagan-u, uni bog‘lash uchun bo‘ynidan galstugini yecharkan, jahl bilan dag‘dag‘a qilib degan: — Ah-ha! Endi bizning Armavirga ham tashrif buyuriptilar-da, janob ko‘zboyloqchi? Yo‘-o‘q, bu yerda sizdan qo‘rqadigan anoyi yo‘q. O‘zingizni gung qilib ko‘rsatmay qo‘ya qoling. Kimligingiz bizga otning qashqasiday ma’lum!

U grajdanin jonivorning yashil galstuk bilap chambarchas bog‘langan oldingi oyoqlaridan sudrab, uni orqa oyoqda yurishga majbur qilarkan, yo‘l-yo‘lakay undan do‘ng olib borgan. Ko‘chada o‘ypab yurgan bolalar bu holni ko‘rib, qiyqirishib unga ergashishgan.

— Siz, — deb qichqirgan grajdanin, — bas qiling, bas qiling maynavozchilikni! Ovora bo‘lasiz! Xamma odamlarga o‘xshab ikki oyoqda yuravering!

Sho‘rlik qora mushuk esa alam to‘la ko‘zlarini ko‘kka tikkan xolos. Gapirish qobiliyatidan mahrum bo‘lib dunyoga kelgan bu jonivor, turgan gapki, o‘zini oqlashga ojiz edi. Xayriyat, baxti bor ekap, bechorani qutqarib qolishgan. Buning uchun u birinchi navbatda militsiyaga, undan keyin o‘z egasi muhtarama beva kampirga minnatdorchilik bildirishi kerak. Mushukni militsiya bo‘limiga olib borgan grajdaninning g‘irt mastligi bir zumda ma’lum bo‘lgan-u, uning bergan guvoxliklari shubhali bo‘lib tuyulgan. Bu orada mushugini tutib olib ketishganini qo‘shnilaridan eshitgan kampir militsiya bo‘limiga yugurib, ayni vaqtida yetib kelgan. Kampir mushugi haqida ko‘p maqtov so‘zlar aytib, uni besh yildan beri, ya’ni mushuk bolalik paytidan bilishi, unga xuddi o‘ziga ishonganday ishonishi haqida kafolot bergan va mushutining hech qachon hech qanday egri ish qilmagani, Moskvaga ham hech qachon bormaganini dalillar bilan isbotlab bergan. Kampirning aytishicha, mushugi shu Armavirda gug‘ilib, shu yerda o‘sib ulg‘aygan, sichqon tutigadan ham shu yerda saboq olgan.

Nihoyat, mushuk bandilikdan ozod qplinib, egasiga qaytarilgan, lekin xato va tuhmat azobni o‘z boshidan kechirgandan keyingina ozod bulgan u sho‘rlik.

Mazkur nayranglar oqibatida nainki mushuklar, hatto ba’zi odamlar ham juz’iy ko‘ngilsizliklarga duch kelishdi. Hibsga olishlar yuz berdi. Qisqa muddatga qamalganlar orasida: Leningradda — Volman va Vol’per degan grajdanlar, Saratov, Kiev va Xarkovda — Volodin familiyali uch kishi, Qozonda — Volox, Penzada esa mutlaqo noma’lum sabablarga ko‘ra, ximiya fanlari kandidati Vetchinkevich degan odam qamoqqa olindi. Shunisi borki, u daroz bo‘yli, qorachadan kelgan, qora soch odam edi.

Bir grajdaninni Belgorod bekatida Sevastopol poezdidan qo‘llarini bog‘lab olib tushishdi. U o‘z xdmrohlariga qarta o‘yinida alomat fokuslar ko‘rsatayotgan ekan.

Yaroslavlda esa ayni tushlik paytida bir grajdanin hozirgina ustadan olgan primus bilan restoranga kirgan. Ikki eshikog‘asi uni ko‘ra solib, o‘z postlaridan ura qocha boshlaganlar, ular orqasidan esa rsstoran xodimlari va barcha xo‘randalar yugurib qolishgan. Xuddi shu mahal kassir ayolning g‘aladonidagi pulning hammasi noma’lum sabablarga ko‘ra birdan g‘oyib bo‘lgan.

Yana ko‘p hodisalar sodir bo‘lgan — hammasini eslash qiyin. Xullas, aql bovar qilmaydigan ishlar yuz bergan edi.

Tergov ahliga ming ofarin. Ular nainki jinoyatchilarni tutish, shuningdek, ularning barcha kirdikorlarini izohlab berish uchun qo‘llaridan kelgan hamma ishni qilishdi. Xar bitta hodisa izohlab berildi. Biz bu izohlarni g‘oyat bama’ni va rad etib bo‘lmaydigan izohlar deb e’tirof etmay ilojimiz yo‘q.

Tergov ahli va tajribali psixiatorlarning ta’kidlashlaricha, o‘sha jinoyatchi to‘daning a’zolari yoki ulardan birontasi (bu borada ko‘pchilik Korovyovni nazarda tutar edi) o‘zlarini o‘z turgan yerlarida emas, boshqa — soxta yerda turgandek qilib ko‘rsatishga qodir, eng iqtidorli gipnozchilar bo‘lishgan. Bundan tashqari, ular o‘zlariga ro‘para kelgan odamlarga, ayrim buyumu odamlarni haqiqiy turgan yeridan boshqa joyda deb uqdira olishgan va aksincha, odamlarning ko‘zi oldida turgan buyum va shaxslarni ularning nazaridan yashirishga qodir bo‘lishgan..

Shunday izohlar natijasida sodir bo‘lgan hamma hodisa, hattoki odamlarni qattiq hayajonga solgan va izohlash tamomila mushkul bo‘lgan 50-kvartira voqeasi, ya’ni pistoletlardan o‘qqa tutilgan mushukka ne sababdan o‘q kor qilmaganligi ham oydinlashdi.

Tabiiyki, hech qanday mushuk qandilga osilib olmagan va hech bir jonzod u yerdan turib o‘q otmagan, bil’aks, jinoiy ishga qo‘l urgan paytlarda odamlarga o‘z ta’sir kuchini o‘gkazish qobiliyatiga ega bo‘lgan nayrangboz Korovyov o‘q otayotganlarning orqasida turib olib, ularning diliga, mushuk qandilga osilib olib o‘q otmoqda, degan fikrni solgan va ularni mazax qilib bo‘shliqqa qarata o‘q uzishga undagan. Kvartiraga benzin sepib o‘t qo‘yib yuborgan ham shu Korovyovning o‘zi bo‘lgan.

Ma’lumki, Styopa Lixodeev mutlaqo Yaltaga uchib ketmagan (bu nayrang hatto Korovyovning ham qo‘lidan kelmasdi), u yoqdan hech qanaqa telegramma ham yubormagan. U zargar bevasining kvartirasida Korovyov ko‘rsatgan fokusdan (sirkalangan qo‘ziqorinni sanchqiga ilib yeyayotgan mushukdan) qo‘rqib hushidan ketgancha, to Korovyov, masxara qilish maqsadida, uning boshiga kigiz shlyapa kiydirib Moskva aerodromiga jo‘natguncha shu yerda yotgan, ayni paytda Korovyov Styopani kutib chiqqan jinoiy qidiruv vakillarining diliga Styopa Sevastopoldan uchib kelgan aeroplandan tushadi, degan fikrni solgan.

To‘g‘ri, yalta jinoiy qidiruv bo‘limi yalangoyoq Styopani qabul qilib olgani va uning to‘g‘risida Moskvaga telegrammalar yuborganini tasdiqlagan edi, lekin shunga qaramay, o‘sha telegrammalardan birontasining ham nusxasi topilmadi, natijada, gipnozchilar to‘dasi nihoyatda olis masofadagi, nafaqat ayrim shaxslarni, hatto gala-gala odamlarni ham gipnoz qilish qobiliyatiga ega, degan ko‘ngilsiz, lekin nihoyatda sobit xulosa kelib chiqdi bundan. Demak, jinoyatchilar mazkur sharoitda ruhiyasi eng mustahkam odamlarni ham jinni qilib qo‘yishlari mumkin ekan.

Endi, parterda o‘tirgan begona odamning cho‘ntagidan bir dasta qarta chiqqani yoki ayollar egnidagi ko‘ylaklarning g‘oyib bo‘lishi, yoxud miyovlovchi beret va shu kabi qanchadan-qancha ikir-chikir voqealar masalasiga kelsak, ular gapirib o‘tirishga ham arzimaydi! Bunaqa nayrangni, shu jumladan, konferansening boshini uzishdek oddiy nayrangni ham, har qanday o‘rtamiyona mutaxassis-gipnozchi har qanaqa sahnada namoyish qila oladi. Gapiruvchi mushuk ham xamirdan qil sug‘urgandek oson ish. Odamlarga bunday mushukni namoyish qilish uchun g‘oyibdan darak berishga qodir romchilikning dastlabki saboqlarini o‘zlashtirishning o‘zi kifoya. Korovyov mahoratining esa bu dastlabki saboqdan ancha oldinlab ketganiga hech kim shubha qilmaydi.

Xa, masala bu yerda dasta-dasta qartalarda ham, Nikonor Ivanovichning portfelidan chiqqan soxta xatlarda ham emas. Bularning bari arzimas narsalar. Berliozni tramvayga bostirib o‘ldirgan shu — Korovyov edi. Shoir Bezdomniy sho‘rlikni jinni qilgan ham, keyin uning behalovat uyqusida ko‘hna Yershalaimni, oftobda jizg‘anak bo‘lib yotgan Taqir Tepada ustunlarga bog‘langan uchta qatlni tush ko‘rishga majbur etgan ham shu edi. Keyin Margarita Nikolaevna bilan uning uy xodimasi Natashani Moskvadan uchib chiqib ketishga majbur qilgan ham shu Korovyov va uning sheriklari bo‘ldi. Darvoqe, tergovchilar bu ishga nihoyatda katta e’tibor berishdi. Ularning oldida, bu ikki ayol qotillaru o‘t qo‘yuvchilar tomonidan o‘g‘irlab ketilganmi yo ular o‘sha jinoyatchilar to‘dasiga o‘z ixtiyorlari bilan qo‘shilishganmi, degan jumboqni yechish vazifasi turar edi. Mana, nihoyat, ular Nikolay Ivanovich bergan tuturiqsiz va chalkash guvohliklarga suyangan holda hamda Margarita Nikolaevnaning jodugar bo‘lib ketyapman degan mazmunda eriga yozib qoldirgan xatini nazarda tutib, Natashaning o‘z kiyim-boshlaridan birontasini ham olmay g‘oyib bo‘lganini hisobga olib, uy bekasi bilan uning xodimasi ham ko‘pchilik odamlar singari gipnoz qilingan va shu sharoitda bosqinchilar tomonidan o‘g‘irlab ketilgan degan xulosaga keldilar. Jinoyatchilarni bu ikki ayolning go‘zalligi rom qilgan bo‘lsa ajab emas, degan mulohaza (mutlaqo to‘g‘ri mulohaza) ham yo‘q emas edi.

Lekin bir narsa: o‘zini usta deb yuritgan telba odamni psixiatriya pshfoxonasidan o‘g‘irlab olib ketishga jinoyatchilarni nima majbur qilgani aniqlanmay, mavhumligicha qoldi. Shuningdek, o‘g‘irlangan bemorning familiyasini ham bilib bo‘lmadi. Shu zaylda u «Birinchi korpusdagi bir yuz o‘n sakkizinchi» degan o‘lik laqab bilan mangu dom-daraksiz ketdi.

Shunday qilib, hamma narsa oydinlashdi, tergov ham ibtidoli har bir narsa kabi o‘z nihoyasiga yetdi. Oradan bir necha yil o‘tib, odamlar Volandni ham, Korovyovni ham, ularning qolgan sheriklarini ham unuta boshlashdi. Voland bilan uning hamtovokdaridan jabrlanganlar hayotida ko‘pgina o‘zgarishlar yuz berdi, lekin bu o‘zgarishlar qanchalik mayda va ahamiyatsiz bo‘lmasin, baribir ularni qayd qilib o‘tmog‘imiz lozim.

Chunonchi, Jorj Bengalskiy shifoxonada uch oy yotib tuzalib chiqdi, lekin Varetedagi xizmatidan bo‘shashga majbur bo‘ldi, holbuki, bu paytda teatrga tomoshabin yopirilib keladigan bo‘lib qolgan edi — jodugarlik va uning fosh etilishi seansi hanuz odamlar xotirasidan o‘chmagan edi-da. Ha, Bengalskiy Varetedan bo‘shadi, chunki har kuni kechqurun ikki ming kishi oddiga chiqib, ularning: o‘zingizni qachon yaxshiroq his qilasiz: kallangiz borligidami yo yo‘q paytidami? — deb bergan tahqiromuz savollaripi muttasil eshitish unga juda og‘ir botardi.

Undan tashqari, konferansening o‘z kasbi uchun suv bilan havodek zarur bo‘lgan avvalgi xushchaqchaqligi ancha cheklanib qolgan edi. U har yili bahorda vahimaga tushib, birdan bo‘ynini changallab oladigan, atrofiga olazarak bo‘lib qo‘rqa-pisa qarab, yig‘lab yuboradigan ioxush va dardli bir odat chiqargan edi. Bu tutqanoqnamo dard o‘gib ketardi albatta, ammo shunga qaramay, bunday illat bilan avvalgi ishda ishlab bo‘lmas edi, shunga ko‘ra u iste’foga chiqib, o‘z jamg‘argan puliga kamtarona kun kechira boshladi: gaxmipicha, bu puli o‘n besh yilga yetishi kerak edi.

Varenuxaga kelsak, u barcha teatr ma’murlari orasida ham o‘zining benihoya hozirjavobligi va seriltifotligi bilan ko‘pchilik teatr shaydolarining mehrini qozongan edi. Masalan, kontramarka so‘rab keladiganlar uni faqat valine’matim deb chaqirardilar. Varetega kim qay mahal telefon qilmasin, hamisha trubkadan: «Qulog‘im sizda», — degan muloyim va hazin ovozni eshitardi. Varenuxani chaqirib bersangiz, deb iltimos qilinadigan bo‘lsa, yana o‘sha ovoz shosha-pisha: «Xizmatingizga tayerman», — deb javob qilardi. Lekin Ivan Savelevich o‘zining bu xushmuomalaligidai ko‘p azob chekardiyam.

Styopa Lixodeevga ham endi Vareteda o‘tirib telefon qilish nasib bo‘lmaydi. Uni, sakkiz kun shifoxoada yotib chiqqanidan so‘ng, darhol Rostovga jo‘natishdi, u yerda unga katta bir gastronomning mudiri lavozimini berishdi. Ovozalarga qaraganda, u portveyn ichishni tashlab, hozir faqat qarag‘ay gul-kurtagi solinga araq icharmish, buning natijasida, juda sog‘lom bo‘lib ketganmish. Yana u qizlardan o‘zini olib qochadigan va kamgap bo‘lib qolipti.

Stepan Bogdapovichning Varetedan olinishi garchi Rimskiyning ko‘p yillik shirin orzusi bo‘lsa ham, endi, bu hol yuz berganida, u quvona olmadi. Judayam munkillab chol bo‘lib qolgan, kallasi sarak-sarak qiluvchi bu moliya direktori shifoxonadan chiqib, Kislovodskda dam oldi, u yerdan qaytib kelishi hamono Varetedan bo‘shash haqida ariza berdi. Qizig‘i shundaki, arizasini Varetega uning xotini olib keldi. Grigoriy Danilovichning esa oy shu’lasiga g‘arq bo‘lgan, bir ko‘zi darz deraza darchasidan xuddi rezinkaday cho‘zilib uning pastki ilgagini ochmoqchi bo‘lgan o‘lik qo‘lni ko‘rgan o‘sha binoga endi hatto kunduz kuni ham qadam qo‘yishga yuragi betlamas edi.

Rimskiy Varetedan bo‘shagach, Zamoskvorechedagi bolalar qo‘g‘irchoq teatriga ishga kirdi. Bu teatrda endi unga akustika masalasida muhtaram Arkadiy Apollonovich Sempleyarov bilan uchrashish nasib bo‘lmadi. Chunki uni hash-pash deguncha Bryanskka ko‘chirishib, qo‘ziqorin tayyorlash punktiga mudir etib tayinlashgan edi. Mana, endi moskvaliklar har xil navdagi tuzlangan, sirkalangan qo‘ziqorinlarni mazza qilib iste’mol qilisharkan, bu ko‘chirishdan benihoya mamnun bo‘lmoqdalar. O‘tgan ishga salavot-u, lekin ochig‘ini aytadigan bo‘lsak, Arkadiy Apollonovichning akustika bobidagi faoliyatida hech ishi o‘ngidan kelmagan, uni yaxshilash uchun qilgan barcha xatti-haratlari zoe ketgan edi.

Teatr bilan aloqani uzganlar safiga Arkadiy Apollonovichdan tashqari yana Nikonor Ivanovich Bosoyni ham kiritish mumkin, vaholanki, garchi u, tekin biletga ishqivoz bo‘lsa ham, teatrga aslo daxddorligi yo‘q edi. Hozir Nikonor Ivanovich nainki bironta teatrga (xoh u pulli bo‘lsin, xoh tekin) boradi, hattoki hamsuhbatlar davrasida teatr mavzuida gap ochilgudek bo‘lsa, rangi quv o‘chib ketadigan bo‘lib qolgan. U nafaqat teatrni, shuningdek shoir Pushkinni va iste’dodli artist Savva Potapovich Kurolesovni ham jinidan ortiq yomon ko‘rib qolgan edi. Ayniqsa, Kurolesovni shunchalik yomon ko‘rardiki, o‘tgan yili gazetada, uning iste’dodi ayni kamolga yetgan chog‘da dunyodan ko‘z yumgani haqidagi ta’ziyanomani qora ramka ichida o‘qib qolib, Nikolay Ivanovich cho‘g‘dek qizarib ketgan va sal bo‘lmasa o‘zi ham o‘sha Savva Potapovich orqasidan yo‘rg‘a chiqarayozgan edi, keyin u: «Ajab bo‘pti!» — deb baqirib yuborgandi. Bu ham kifoya qilmay, Nikonor Ivanovich o‘sha kuni kechqurun Sadovaya ko‘chasiga yog‘du sochayotgan to‘linoy bilan bir o‘zi ulfatchilik qilib, esidan og‘gungacha ichib g‘irt mast bo‘lgandi, zero taniqli artistning o‘limi qator noxush hodisalarni eslatgan edi unga. Nikonor Iva-novich har qadah ko‘targan sari, o‘zi mushohada qilgan odamlar safi uzaya bordiki, bu mal’un qiyofalar safida Gerardovich Dunchil ham, go‘zal Ida Gerkulanovna ham, urishqoq g‘ozlar egasi mallasoch odam ham, sofdil Nikolay Kanavkin ham bor edi.

Xo‘sh, ana shu odamlarning holi nima kechdi ekan? Ie, salomatliklari kerak! Ularga hech nima bo‘lgani yo‘q, bo‘lishi ham mumkin emas, chunki ular hech qachon hayotda bo‘lgan emas, shuningdek, istarasi issiq konferanse-artist ham, teatrning o‘zi ham, valyutalarni yerto‘laga yashirib chiritib yotgan xola — qurumsoq kampir Poroxovnikova ham, inchunun, olti karnaylaru sulloh oshpazlar ham bo‘lmagan. Bularning hammasini palid Korovyovning ta’siriga uchgan Nikonor Ivanovich tushida ko‘rgan edi. Tushga kirgan shu qiyofalar orasida yagona tirik odam aynan o‘sha artist Savva Potapovich bo‘lib, u ham radioda ko‘p chiqib turganligi sababli Nikonor Ivanovichning xotirasiga singib ketgan va shu bois uning tushiga kirgan edi.

Unda, balki Aloiziy Mogarich ham bo‘lmagandir? E, yo‘q! Bu shaxs nafaqat bo‘lgan, hatto hozir ham yashab turipti, yana aynan Rimskiy iste’fo bergan o‘rin, ya’ni Varete direktori lavozimida ishlab turipti.

U Voland huzurida bo‘lgach, taxminan bir kecha-kunduzdan keyin hushiga kelib, o‘zini Vyatkaga yetay deb qolgan poezdda ko‘rgan va o‘zining negadir esi og‘ib, Moskvadan bosh olib chiqib ketganini, boz ustiga, shim kiyishni unutib, hech keragi bo‘lmagan uy daftarini o‘g‘irlab kelganini fahmlagan. Keyin u juda katta pul evaziga provodnikdan bitta yag‘iri chiqib ketgan eski gaim sotib olib, Vyatkadan orqasiga qaytgan. Lekin, evoh, o‘zi istiqomat qilib turgan uyni topa olmagan. U choldevorpi yong‘in ship-shiydam qilib yalab ketgan edi. Biroq Aloiziy g‘oyat uddaburon odam edi, shunga ko‘ra, ikki haftadan keyin u Bryusov tor ko‘chasida chi-royli bir xonaga joylashib oldi, yana bir pecha oydan keyin esa u, ko‘ribsizki, Rimskiyning kabinetida o‘tiribdi-da. Ilgari Rimskiy Styopaping dastidan qanchalik mashaqqat chekkap bo‘lsa, endi Varenuxa Aloiziyning dastidan shunchalik qiynalib jig‘ibiyron bo‘lardi. Hozir Ivan Savelevich faqat, zora-mora bu Aloiziyni Varetedan olib biron yerga gumdon qilishsa, degan armon bilan yashardi, chupki uning qadrdon yor-do‘stlari davrasida pichirlab aytgan gaplariga qaraganda, «umri bino bo‘lib, Aloiziyga o‘xshagap ablahni hech qachon ko‘rmaganmish va bu mal’un Aloiziyning qo‘lidan har qanaqa badkorlik kelarmish».

Ehtimol ma’mur chindapam g‘arazgo‘y odamdir. Chunki Aloiziyning bironta badkorlikka qo‘l urganini hech kim ko‘rmagan, umuman, u hech qanday ish qilmagan, agar bufetchi Sokovning o‘rniga yangi bir odam tayinlanganini hisobga olmasak. Aidrey Fomich Sokov esa Voland Moskvada paydo bo‘lganidan keyin o‘n oycha vaqt o‘tgach MDUning Birinchi shifoxonasida jigar rakidan vafot etdi.

Ha, oradan bir necha yil o‘tdi va ushbu kitobda haqqoniy tasvirlangan voqealar xiralashib, odamlar xotiridan o‘chib ketdi. Lekin ayrim kishilarning xotirasidan hamon o‘chmagan edi u voqealar.

Xar yili bahorda tantanali to‘linoy oqshomida Patriarx ko‘li bo‘yidagi jo‘ka daraxtlari tagida o‘ttiz-o‘ttiz ikki yoshlarga kirgan bir odam paydo bo‘ladi. Odmigina kiyingan bu mallasoch, ko‘kko‘z odam — tarix va falsafa institutining xodimi professor Ivan Nikolaevich Poniryovdir.

Bu yerga kelib, u har doim bitta skameykaga — o‘sha mash’um oqshomda, hozir hamma unutib yuborgan Berlioz bilan o‘tirgan skameykaga o‘tiradi. Ha, o‘shanda umrining oxirgi daqiqalarini yashayotgan Berliozning ko‘ziga oy pracha-parcha bo‘lib bo‘linayotgandek tuyulgan edi.

Endi esa u bir butun — to‘linoy bo‘lib, kunbotar chog‘da oq, undan keyinroq — betida ajdarvash dog‘ hosil qilgan zarrin tusga kirib sobiq shoir Ivan Nikolaevichning boshi uzra suzar va ayni paytda yuksak samoda bir yerda muallaq qotib turardi.

Ivan Nikolaevichga hamma narsa ayon, u hamma gapdan voqif, hamma narsani tushunadi. U yoshligida badkirdor gipnozchilardan talafot ko‘rganini, shundan keyin davolanib, axiri shifo topganini ham biladi. Lekin shu bilan birga, u ba’zi mushkulotlarni yenga olmasligini ham biladi. Chunonchi, u mana shu bahorgi to‘linoy oqshomi ta’siridan o‘zini ihota qilishga ojizdir. Shu payt yaqinlashib kelishi bilan, bir zamonlar jome tepasidagi besh shamli qandildan balandda muallaq turgan tun yoritg‘ichi to‘lishib oltin rang kasb etadiyu Ivan Nikolaevich bezovta bo‘lib, asabiylashadi, ishtahasi bo‘g‘iladi, uyqusi qochadi va oyning to‘lishishini kuta boshlaydi. To‘linoy oqshomi kelganda esa hech bir kuch uni uyda ushlab qola olmaydi. Kechga yaqin u uyidan chiqib, to‘g‘ri Patriarx ko‘li tomon yo‘l oladi.

Ivan Nikolaevich bu yerdagi skameykada o‘tirar ekan, endi o‘zi bilan o‘zi oshkora gaplashadi, papiros chekadi, suzuk ko‘zlarini goh oyga, goh yodida yaxshi saqlanib qolgan o‘sha mash’um turniketga qaratadi.

U shu zaylda bir-ikki soat o‘tirib, keyin o‘rnidan turadi-da, har gal bitta marshrut bo‘yicha, ya’ni spiridonovkadan o‘tib Arbatga ulangan tor ko‘chalar tomon yo‘l oladi, lekin uning matlgosiz boquvchi ko‘zlari bu payt hech narsani ko‘rmaydi.

U neft do‘koni yonidan o‘tib, ko‘hna gaz fonusi qiyshayib osilib turgan muyulishdan buriladi va shu yerdagi panjara devor oldiga oyoq uchida yurib boradi. Panjara ortida hali yashil libos kiyib ulgurmagan muhtasham bog‘ bo‘lib, bog‘ o‘rtasida goti-ka uslubida qurilgan imorat qad ko‘targan. Imoratning uch tabaqali derazalar o‘rnatilgan bo‘rtiq xonali tomoni oy yog‘dusiga cho‘mgan, narigi tomoni esa qop-qorong‘i.

Professor bu yerga uni nima boshlab kelayotganini ham, bu binoda kim yashashini ham bilmaydi, lekin to‘linoy oqshomida o‘z ra’yiga qarshi ish tutmasligi kerakligini yaxshi biladi. Bundan tashqari, u panjara ortidagi bog‘da mudom muqarrar bir manzaraning shohidi bo‘lishini ham biladi.

Har gal bu bog‘da u pensne taqqan, jikkak soqol, yuz tuzilishi xibl cho‘chqanikiga o‘xshab ketuvchi basavlat bir keksa odamning skameykada o‘tirganini ko‘radi. Ivan Nikolaevich shu binoda istiqomat qiluvchi bu odamni hamisha bir alpozda: ko‘zlarini oyga tikib, xayol surib o‘tirgan holda ko‘radi. Ivan Nikolaevichga yana shu iarsa ma’lumki, bu keksa odam oyga to‘yib-to‘yib qarab olgach, nigohini albatta bo‘rtiq xona derazasiga qaratadi va xuddi hozir deraza tabaqalari ochilib, u yerda g‘ayrioddiy bir narsa paydo bo‘lishini kutayotganday, ko‘zini lo‘q qilib o‘tiraveradi.

Bundan keyin ro‘y beradigan hamma voqeani Ivan Nikolaevich yod biladi. Endi u albatta engashib, panjara panasiga yaxshiroq berkinib olishi kerak, zero skameykada o‘tirgan odam bezovtalanib, hozir boshini har tomonga bura boshlaydi, pari-shon ko‘zlarini havoga tikib, bir nimalarni tutmoqchi bo‘larkan, albatta, huzurlanib jilmayadi, keyin qandaydir ezgu hasrat bilan xo‘rsinib, qo‘llarini bir-biriga uradi-da, baralla ovoz bilan oddiygina qilib g‘o‘ldiray boshlaydi: — Vene-ra! Venera!.. Eh, g‘irt ahmoq ekanman!..

— Yo tangrilar, tangrilar! — deb pichirlaydi shunda Ivan Nikolaevich, panjara ortida biqinib o‘tirarkan, o‘tdek porlayotgan ko‘zlarini bu sirli notanish qariyadan uzmay, — mana, oyning yana bir qurboni… Ha, bu ham xuddi men singari oyning yana bir qurboni.

Skameykada o‘tirgan odam esa bu payt nutqini davom ettiradi: — G‘irt ahmoqman! Nega, nega o‘sha jonon bilan uchib ketmadim? Nimadan qo‘rqdim o‘zi, men qari eshak! Hujjatlarni to‘g‘rilagandim! Eh, endi xap o‘tirib chidaysan, qari tentak!

Shu payt binoning oy yog‘dusi tushmagan qorong‘i tomonida deraza taraqlab ochilib, qandaydir oq narsa ko‘rinadi-yu, ayol kishining xunuk ovozi eshitiladi:

— Nikolay Ivanovich, qaerdasiz? Bu qanaqa qiliq? Nima, bezgak kasaliga mubtalo bo‘lmoqchimisiz? Choyga keling?

Shu hayqiriqdan keyin qariyaning alahlashi tugab, u hushiga keladi va soxta ovoz bilan javob qiladi: — Havoda, toza havoda nafas olmoqchiydim, jonginam! Havo biram sozki!

Shunday deb u skameykadan turadi, birinchi qavatdagi boyagi deraza yopilishi bilan o‘sha tomonga o‘g‘rincha musht do‘laytirib qo‘yadi-da, sudralgancha uy tomon yura boshlaydi.

— Yolg‘on gapiryapti, g‘irt yolg‘on gaplari! O, tangrilar, shunchalik yolg‘on gapiradimi kishi! — deb g‘o‘ldiraydi Ivan Nikolaevich panjaradan uzoqlasharkan, — uni boqqa jalb qilgap narsa aslo toza havo emas, balki bu to‘linoy oqshomida u oy sathida va bog‘ havosida nimanidir ko‘ryapti. O, bu qariyaning sirini bilish uchun, u yo‘qotgan va endi qo‘l cho‘zib havoda besamar axtarayotgan o‘sha Veneraning nima ekanligini bilish uchun hech nimamni ayamagan bo‘lar edim!

Shundan keyin, professor uyiga butunlay xasta bo‘lib qaytadi. Xotini, odatda, uning ahvolini payqamayotganday bo‘ladi va erini tezroq yotib uxlashga undaydi, Lekin o‘zi yotmaydi, qo‘lida kitob bilan chiroq yonida o‘tirarkan, uxlab yotgan eridan mahzun ko‘zlarini uzmaydi. U Ivan Nikolaevichning tong chog‘ida alam bilan chinqirib uyg‘onishini va o‘zini har yoqqa otib, yig‘lay boshlashini biladi. Shu bois uning oldida dasturxonda spirtlangan shprits bilan quyuq choy rangidagi suyuqlikli shishacha shay yotardi.

Mana, nihoyat, og‘ir xasta odam bilan umr qilgan bu bechora ayol bexavotir uxlashi mumkin. Ivan Nikolaevich endi to ertalabgacha baxtiyor chehra bilan tinchgina uxlaydi va xotini uchun mavhum, ammo qandaydir dabdabali va saodatli tushlar ko‘rib yotadi.

Har yili bahorda, to‘linoy kechasi bu olimni bitta narsa uyg‘otadi va ayanch bilan chinqirishga majbur etadi. Zero tushida uning ko‘zi oldida o‘sha o‘ta badbashara puchuq jallod paydo bo‘ladi, jallod hansiragancha bir sakrab ustunga bog‘langan va endi jinni bo‘lib qolgan Gestasning yuragiga qo‘lidagi uzun nayzani botiradi. Jallodning o‘zi-ku uncha qo‘rqinchli emas, lekin olimning xobida qaynab-toshib ro‘yi zaminga oqib tushayotgan allaqapday bulutdan vujudga kelgan ziyo dahshatliroq ediki, bunday hol faqat olamshumul falokat paytidagina sodir bo‘lishi mumkin.

Ukoldan so‘ng uyqudagi Ivan Nikolaevichning ko‘zi oldida hamisha hamma gtarsa o‘zgaradi. U yotgan to‘shakdan deraza tomon keng oydin yo‘l cho‘ziladi va yo‘lga alvonrang astarli oq rido kiygan odam chiqib, oy sari yura boshlaydi. U bilan yonma-yon uzun ko‘ylagining uvadasi chiqib, afti badbashara bo‘lib ketgan bir yigit boradi. Ular nima to‘g‘ridadir qizg‘in suhbatlashishadi, bahslashishadi, chamasi, bir nimada kelisholmayotganga o‘xshaydilar.

— Yo tangrilar, tangrilar, — deydi rido kiygan odam o‘z hamrohiga takabburona boqib, — qanday bema’ni qatl! Lekin sen marhamat qilib ayt-chi, — shunday derkan, uning chehrasidagi takabburlik o‘rnida tavallo paydo bo‘ladi, — axir qatl bo‘lmagan-ku! O‘tinaman sendan, ayt, bo‘lmagan-a?

— Ha, bo‘lmagan albatta, — deb javob qiladi hirqiroq ovoz bilan hamrohi, — o‘zi senga shunday tuyulgan.

— Gapingning rostligiga ont ichasan hammi? — xushomadona ohangda so‘raydi rido kiygan odam.

— Ont ichaman, — deydi uning hamrohi va ko‘zlarida jilva naydo bo‘ladi.

— Men uchun shuning o‘zi kifoya! — bo‘g‘iq ovoz bilan chinqiradi rido kiygan odam va hamrohini yetaklagancha tobora yuksakka — to‘linoy sari o‘rlab chiqaveradi. Hirsday keladigan bir ko‘ppak ular orqasidan viqor bilan bamaylixotir ergashadi.

Shunda birdan oydin yo‘l qaynab, oy yog‘dusidan daryo vujudga keladi, u qirg‘oqlardan tushib oqa bosh-laydi. Oy hukmfarmolik qiladi, yayrab-yashnaydi, u raqs tushadi, sho‘xlik qiladi. Shunda oy yog‘dusi oqimi ichida go‘zallikda beqiyos bir ayol paydo bo‘ladi va atrofiga qo‘rqa-pisa boqayotgan soqoli o‘sib ketgan bir odamning qo‘lidan yetaklab, uni Ivanning huzuriga boshlab keladi. Ivan Nikolaevich bir qarashdayoq u odamni taniydi. Bu — o‘sha bir yuz o‘n sakkizinchi, uning tungi mehmoni. Ivan Nikolaevich xobida unga qoTlarini uzatdi va intizorona boqib so‘raydi:

— Demak, shu bilan hammasi tugabdi-da!

— Ha, tugadi, shogirdim, — deb javob qiladi bir yuz o‘n sakkizinchi, ayol ham Ivanga yaqin borib, deydi:

— Albatta, shu bilan tugadi. Hammasi tugadi, umuman, har qanday narsaning ham nihoyasi bo‘ladi… Hozir sizning peshonangizdan o‘paman-u, keyin hammasi yaxshi bo‘ladi.

U engashib Ivanning peshonasidan o‘padi, Ivan esa ayol sari talpinib uning ko‘zlariga tikiladi, lekin ayol chekinib-chekinib borib, o‘z hamrohi bilan birgalikda to‘linoy sari ravona bo‘ladi.

Shunda oyning jazavasi tutib, o‘z yog‘dusini to‘g‘ri Ivanning ustiga yog‘diradi, shu’lasini har tomonga sochadi, xona oy shu’lasiga g‘arq bo‘ladi, shu’la dolg‘alanib, tosha boshlaydi va Ivanning karavotini ko‘mib yuboradi. Ana shundan keyin Ivan Nikolaevich baxtiyor chehra bilan mast uyquga ketadi.

Ertasi kuni ertalab u indamay, ammo xotirjam va sog‘lom bo‘lib uyg‘onadi. Professorning ukollardan ilma-teshik bo‘lib ketgan xotirasi tinchib qoladi va kelasi to‘linoy tunigacha uni hech kim bezovta qilmaydi: na Gestasning puchuq qotili, na Iudeyaning toshbag‘ir beshinchi prokuratori chavandoz Pontiy Pilat.


1929–1940

Tamom

Загрузка...