Kofe ichish mobaynida Ebl Junsga oxirgi 36 soat mobaynnda ro‘y bergan voqealarni aytib berdi.
Junsni qayrat qamradi. U yarimlab qolgan piyolasini chetga qo‘yib so‘z qotdi:
— Aytaylik, ular barcha kemalar orasida kelib-kelib xuddi shunisiga yashirinishga muvaffaq bo‘lishgan bo‘lsin. Biroq, ularni bilmasliklari qam mumkin-ku. Kema qo‘nayotgan paytda, o‘z odamlaringizni yuborsangiz…
— E-e! O‘zingiz yaxshi bilasiz: zamonaviy kemalarda issiq jonni sezmaslik mumkin emas.
— Balki mumkindir. Asboblar, albatta, xato qilmaydilar, biroq odamlar to‘g‘risida bunday deya olmayman.
— Bunday o‘ylasangiz, xato qilasiz. Menga yetib kelgan ma’lumotga ko‘ra, shu daqiqada koinot tadqiqotchisi kirib olgan kema Sarkka yaqinlashyapti, Skvayr Fayf esa boshqa Buyuk Skvayrlarni chaqirib majlis quryapti. Bunday qit’alararo bo‘ladigan majlis Galaktika kengliklarida yulduzlar qanchalik siyrak uchrasa shunchalik kamdan-kam uyushtiriladi. Bu tasodifmi? Juda g‘alati tasodif!
— Bularning hammasini qanday bildingiz?
— «Hammasi» nima deganingiz?
— Hammasimi? Aytaylik, koinot tadqiqotchisining qanday va qachon berkingani Rezidentning qanday qilib ta’qibdan qochib ulgurgani. Siz meni aldayapsiz.
— Qimmatli Juns!
— Siz o‘z kishilaringizning mendan yashirincha koinot tadqiqotchisini kuzatganliklarini tan oldingiz. Siz tasodiflardan saqlash uchun meni ziyon-zahmatsiz ohistagina chetga chiqarish tadbirlarini ham ko‘rib qo‘ydingiz.
— O‘tgan tun bo‘yi men ba’zi bir xufiyalarim bilan aloqada bo‘lib turdim…
— Bu ma’lumotlarni fahat Sark hukumati a’zosi bilan mulohotga kirisha oladigan kishigina qo‘lga kiritishi mumkin.
— Ha, albatta… Bir kishi bor, u mening eng zo‘r xufiyalarimdan. U Sarkning Xavfsizlik Xizmatida ishlaydi. Aytganday, u hozir Rezidentini bu yerga olib kelyapti.
— Rezident ushlangan deyayotgan edingiz-ku.
— Ha. Xavfsizlik Xizmati tomonidan. Mening xufiyam Xavfsizlikning ham xufiyasi.
— Endi nima qilmoqchisiz?
— Hozircha bilmayman. Rezidentni olib kelaylik-chi, keyin ko‘ramiz. Men faqat bir narsani aniq bilaman — u bekatga qo‘nadi. Biroq, Skvayrlar ham Rezvdentga orziqib ko‘z tikib turishibdi. Asosiy masala — uning kimga nasib qilishida!
O‘zga sayyoralar elchixonalari butun Galaktikada xususiy maydonlariga ega bo‘lishga haqli edilar. Amalda esa, faqat Trantor elchixonalari bunday huquqdan foydalana olardi.
Trantor elchnxonasi maydoni taxminan bir mil kvadratni egallagan, bu yerni maxsus kiyimli, Trantor belpyuini taqqan nazoratchilar qo‘riqlardilar. Bu maydonga sarkliklar faqat taklifnoma orqaligina kira olar, qurollangan sarklik esa qorasini ham ko‘rsatolmasdi. Nazoratchmar ortida yagona qudratli kuchga uyushgan millionlab sayyoralar turardi. Elchixonaga tahdid qilishga hech kimning yuragi betlamasdi.
U hatto Sarkning fazo bekatlarini inkor etib, Trantor bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa qilardi. «Sayyora fazosi» bilan «Ozod fazo» ni chegaralab turuvchi yuz milya balandlikka Trantorning «Ona kema» si kelib turar, undan havoda ham uchishga mo‘ljallangan, qanotli kichkina Girokema[6]lar elchixona hududidagi maydonga kelibketib turardilar. Xavf-xatar xabarn yangragach havoga elchixonaning qiruvchi tayyoralari ko‘tarildi. Ignago‘pning yoqimsiz tumshug‘i osmonga qaratildi. Energetik himoya ekranlari ko‘tarilib qo‘yildi.
— Boshpana so‘rayman! Qo‘nishga ruxsat bermasangiz, meni ikki daqiqadan so‘ng urib tushirishadi.
— Siz kimsiz?
— Menga elchini chaqiring! — qisqa to‘lqinli radio shig‘illadi va yana asabiy chinqiroq tovush yangradi: — Bu yerda kim bor? Bo‘ldi, men pastlayapman! Bir soniya ham kutolmayman deyapman-ku!
Girokema tikkasiga odatdagidan ancha yuqori tezlik bilan pastga yo‘naldi, chunki boshqaruvchining qo‘llari dahshatdan qaltirardi. O‘n daqiqalardan so‘ng yetib kelgan Sark kemalarining eskadrilyasi ikki soatcha xavf solib turgach, qo‘riqchilikni bas qildi.
Ular ovqatlanardilar: ya’ni Ebl, Salim Juns va yangi kimsa — Skvayr Stin. Ebl o‘zini bamaylixotir tutishga intilar, Buyuk Skvayrga nima uchun boshpana zarur bo‘lib qolgani sababini so‘rashga istihola qilardi. May ichishga o‘tilgach, nihoyat Stinning o‘zi gap boshladi.
— Men o‘z qit’amni nega tark etganimga ajablanmayapsizmi?
— Haqiqatdan sira tushunmayapman, — tasdiqladi Ebl, — nega Skvayr Stin Sark kemalaridan qochishga majbur bo‘ldi?
— Bugun qit’alararo majlis o‘tkazildi.
— Rostdanmi? — yasama ajablandi Ebl.
U majlis tafsilotlarini pinak buzmay tingladi.
— U bizga yigirma to‘rt soatlik muhlat berdi, — g‘azablandi, gapini yakunlar ekan Stin. — Biroq, qali o‘n olti soat bor! Ha!
— Demak, siz Ikssiz! — qichqirib yubordi Juns, u butun qikoya davomida betoqatlanib o‘tirgandi. — Ha, qa, snz — Ikssiz! Siz qo‘lga tushishdan cho‘chib, bu yerga uchib kelgansiz. Bu juda zo‘r ish bo‘libdi! Ebl, mana sizga koinot tadqiqotchisi to‘g‘risidagi gapnnng isboti. Biz ularni o‘z odamimizni qaytarishga majbur qilamiz.
— To‘xtang! Yetar! Siz aqldan ozibsiz? Bas Q1shing! Gapirishga qo‘yasizmi, yo‘qmi… Janobi oliylari, bu kishini hech eslay olmayapman.
— Skvayr, bu janob — doktor Salim Juns bo‘ladilar.
— Menga qarang, doktor Salim Juns, men umrimda anavi siz aytayotgan esi pastni yoki koinot tadqiqotchisini ko‘rmaganman, bilmayman ham… Meniks emasman. To‘g‘risi! Meni ahmoqona harf bilan atashni bas qilsangiz, g‘oyat minnatdor bo‘lardim. Nahotki, siz Fayfning kulpshi uydirmasiga ishondingiz! U bizni ahmoq va esi past deb hisoblaydi. Ha! U esi pastlar va koinot tadqiqotchilari haqidagi bema’ni safsatani to‘qib chiqargan. Agar, go‘yoki o‘ntalab nazoratchilarni gumdon qilib yuruvchi florinalik Fayfning yasama malla soch kiyib olgan josusi bo‘lib chiqsa, aslo ajablanmayman. Gapning po‘stkallasi: hech qanday Iks yo‘q, biroq Fayf to‘xtatilmasa, u ertagayoq butun subradioni turli fitnalar haqidagi xabarlarga to‘ldirib tashlag‘!di, so‘ng favqulodda holat joriy etishga chaqiradi va, nihoyat, o‘zini Dohiy deb e’lon qiladi. Mana, besh yuz yildirki, Sarkda Dohiy yo‘q, lekin bu narsa Fayfni to‘xtatolmaydi. U Asosiy Qonun — konstitutsiyani ham mensimaydi… Majlis tugashi bilanoq, men o‘zimning shaxsiy fazo bekatimni tekshirishni buyurdim, va bilasizmi, uni Fayfning odamlari ishg‘ol qilishga ulgurishibdi. Bu qit’alar muxtoriyati qonunini ishg‘ol qilishga ulgurishibdn. Bu qit’alar muxtoriyati qonunining juda qo‘pol buzilishidir. Bu, axir, pastkashlik emasmi? Biroq, u — yaramas ayyor tulki bo‘lgani bilan, unchalik aqlli emas. U bitta-yarimtamizning qochishimizdan cho‘chib. fazo bekatlarini qo‘riqlashni buyuribdi, ammo… Stin miyig‘ida jilmayib, hiringladi, uning xayoliga girobekatlarni nazorat qilish kelmabdi. U sayyorada aslo qochishga joy yo‘q, deb o‘ylagan bo‘lsa kerak. Trantor elchixonasini unutibdi. Shunday qilib men huzuringizdaman.
— Siz oilangizni tashlab kelibsiz, — dedi ohista Ebl. — Fayf sizga qarshi har qanday qurolni ishlatishi mumkinligini o‘ylamadingizmi?
— O‘yladim, biroq men barcha sevikli kishilarimni girokemaga tiqa olmasdim. — Stin qizargandek bo‘ldi. — Fayf ularga tegishga jazm qila olmaydi! Bundan tashqari, men ertaga o‘z qit’amga qaytaman.
— Qanday qilib? — so‘radi Ebl.
Skvayr bir zum unga sarosima bilan boqdi-da, ingichka lablarini ochdi:
— Janobi oliylari, men ittifoq tuzishni taklif qtshaman. Siz, Trantor Sark bilan aslo qiziqmaydi, deya olmaysiz. Siz, Sark konstitutsiyasining o‘zgarishi Trantor aralashuviga sabab bo‘ladi, deb Fayfga aniq-taniq aytsangiz ham kerak.
Ebl uzun-uzun barmoqlarini birlashtirdi-da, ularga tikilib qoldi.
— Skvayr Stin, siz haqiqatai ham o‘z kuchlaringizni Trantor bilan birlashtirishni istayotganingizga ishona olmayman.
Stinning yengil jilmayish ifodalagan chehrasiga bir soniyagina kuchli nafrat ko‘lanka soldi.
— Fayfdan ko‘ra Trantor durust! — xitob qildi u.
— Men kuch bilan tahdid solishni istamayman. Biz voqealar radojini bir oz kutib tura olmaymizmi?
— Yo‘q, yo‘q, — qichqirayozdi Stin. — Bir kun qam kutish mumkin emas. Agar, masalani hozir, tezda hal qilmasangiz, keyin kech bo‘ladi. Vaqt o‘tishi bilan uning obro‘ saqlab ortga qaytishi qiyinlashadi. Hozir siz menga yordam bersangiz, qolgan Buyuk Skvayrlar bizga qo‘shilishadi. Agar bir kungina hayallasak, Fayfning tashviqot mashinasi ishlay boshlaydi. Menga esa qochoq degan tamg‘a bos!shadi.
— Agar undan biz koinot tadqiqotchisi bilan suhbatlashishga ruxsat so‘rasak-chi?
— Nima foyda? U ikki xil o‘yin boshlaydi. U, bizga, florinalik esi past-koinot tadqiqotchisidir, deydi, sizga esa, koinot tadqiqotchisi — bu florinalik esi past deb javob qiladi. Siz u kishini bilmaysiz. U juda dahshatli odam!
Ebl mulohaza yurita boshladi. U barmoqlari bilan stolni ohista urgancha qandaydir qo‘shiqni asta xirgoyi qilardi. Nihoyat, u so‘z qotdi:
— Rezident bizning qo‘limizga tushdi. Xabaringiz bormi?
— Qanaqa Rezident?
— Nazoratchilar bilan bir sarklikni o‘ldirgan kimsani aytyapman.
— A? Rostdanmi? Butun Sarkni ishg‘ol qilishga tayyorlanayotgan Fayf uchun buning qizig‘i bor deysizmi?
— Ha. Hamma gap Rezidentning bizning qo‘limizda ekanligida emas, balki uni qanday ushlaganimizda. Nazarimda Skvayr Fayf gaplarimga quloq tutadi, tutganda ham qo‘l qovushtirib tutadi.
Salim Juns Eblni tanigan chog‘dan beri birinchi marta uning tovushvdagi sovuqqonlik kamayganini va qoniqish, hattoki shodlik ohanglari paydo bo‘lganini his qildi.