Zoti oliy Samiya Fayf qizi, nihoyat, o‘z xohishlarini ifoda etishni to‘xtatib, oddiy sarklik ayol kabi o‘z huquqlarini talab qilishga o‘tdi.
— Istagan kemani kutnb olishga mening haqqim bor, — dedi u g‘azab aralash.
Bekat boshlig‘i aniq javob qaytardi.
— Xonim, biz sizni aslo xafa qilmoqchi emasmiz. Hamma gap shundaki, biz Skvayrdan, ya’ni, otangizdan alohida topshiriq olganmiz: sizga bu kemani kutib olishga aslo izn bermasligimiz zarur.
— Balki, siz menga bekatni tark etishni ham buyurarsiz?
— Yo‘q, xonim. Sizni bekatdan haydash haqida topshiriq bo‘lmadi. Istasangiz, qoshshingiz mumkin. Leksh, kema qo‘nuvchi quduqlarga yaqinlashsanshz, sizni ushlashga majburmiz.
U ketdi, Samiya bekat darbozasi oldida to‘xtagan o‘zining hashamdor matiinasida qolaberdi.
Otasining bu ishi o‘taketgan vijdonsizlik edi. U qiziga doimo yosh boladek qaraydi. Mana bugun ham…
…Samiya otasiga ruhiyat zondi ta’siriga duchor qilingan koinot tadqiqotchisi va Florinaga tahdvd qilayotgan xavf to‘g‘risvda so‘z ochishi bilanoq, otasi uning gapini keskin bo‘ldi:
— Uning koinot tadqiqotchisi ekanligini qayerdan bilasan?
— Uning o‘zi aytdi.
— Xavfning qanday xildaligini gapirmadimi?
— Uni bilmaydi. U ruqiyat zondi ta’siriga duchor qilingan. Buning axir eng yaxshi isbot ekanligini ko‘rmayapsizmi? U xaddan ziyod narsalarni bilgan. Bu, albatta, kimgadir yoqmagan — Qizning tovushi beixtiyor pasaydi. — Agar uning fikr-g‘oyalari noto‘g‘ri bo‘lganda, ruhiyat zondini ishlatishga zarurat tug‘ilmasdi.
— Unday bo‘lsa, nega uni o‘ldirishmabdi?
— Siz Xavfsizlik Xizmatiga aytib, u bilan gaplashishga ijozat olib bersangiz edi, shu narsani aniqlardim. U menga ishonadi. Buni bilaman. Xavfsizlik Xizmati ham undan menchalik ko‘p axborot ololmasa kerak, Dada, buyruq buring, men u bilan so‘zlashay. Bu juda muhim.
Fayf qizining mushtum qilib tugilgan qo‘llarini mehr bilan ushladi-da, jilmaydi.
— Keyinroq, Samiya. Hozir emas. Tez orada qo‘limizga uchinchi odam tushishi lozim. O‘shanda, balki imkoniyat tug‘ilar.
— Uchinchi odam? Florinalik qotil emasmi?
— Xudsi o‘sha. Uni olib kelayotgan kema bir soatlardan so‘ng qo‘nadi,
— Ungacha koinot tadqiqotchisi bilan florinalik ayolga hech narsa tahdid qilmaydimi?
— Yo‘q.
— Yaxshi. U holda men kemani kutib olaman.
— U kimsaning kelayotgani haqida hech kim hech narsa bilmasligi kerak. Sening borishing nojoiz.
— Nima qilibdi?
— Samiya, men senga davlat siyosatini tushuntirib berolmayman.
— Siyosatmi, fi! — Qiz engashib otasining qoq peshonasidan o‘pdi-da, ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi. Hozir esa qiz bekat maydonidagi mashinasida ojizona o‘tirar edi. Nihoyat u tushdan keyingi yorqin nurli osmonda qora nuqta paydo bo‘lganini, uning kattalashayotganini sezdi.
Samiya tugmani bosib g‘aladondan binokl oldi. Uni ko‘zlariga tutdi va osmondagi qora nuqta kattalashib, kichkinagina kemaning shakl-shamoyiliga aylandi.
Ekranning butun yuzasini Sark egallab turardi.
— Fazo bekati qattiq qo‘riqlanmaydi, — dedi Henro, kemani boshqarar ekan. — Bu taklifni ham men kiritdim. Har qanday nooddiy kutib olish Trantorni shubhalantirishi mumkin, deb aytdim. Yana aytdimki, Trantor qanchalik haqiqiy ahvolni bilmasa, biz shunchalik muvaffaqiyat qozonamiz.
— Sarkmi, Trantormi, — dedi xo‘mrayib Terens, — nima farqi bor.
— Siz uchun farqi katta. Men sharqiy darboza yaqinidagi quduqqa qo‘naman. Shu zahotiyoq siz kema tumshug‘idagi ehtiyot eshikdan chiqing va darboza tomon jadallang, faqat shoshmang. Agar to‘siq uchrasa, o‘z bilganingizcha ish qiling. Siz buni qotirasiz, o‘tgan voqealar aytib turibdi. Darboza yaqinida sizni mashina kutib turadi, biror elchixonaga yetib olasiz…
Henro sovuqqina iljaydi,
— Qochganingizni bilishgach, eng yomon holda, meni sotqin sifatida otib tashlashlari mumkin. Agar meni behush holda topishsa, faqatgina ishdan haydashadi — bunday ahmoqning kimga keragi bor. Ayni shu hol men uchun ma’qulroq. Shuning uchun, ketishingizdan oldin menga nisbatan neyrotayoq ishlating.
Ular qo‘na boshladilar. Illyuminatordan Sark shahrining ba’ii belgilarini payqash mumkin edi.
— O‘zboshimchalik, — qo‘shimcha qildi Henro, — bu yaxshi oqibatga olib kelmasligini tushunsangiz kerak. Sizda ikki yo‘l bor: yo Trantor, yoki Skvayrlar. Agar bir soatdan so‘ng Trantor ixtiyorida bo‘lmasangiz, siz baribir kechgacha Skvayrlar qo‘liga tushasiz. Unda holingiz ne kechishini gapirib o‘tirishning hojati bo‘lmasa kerak. Buni o‘zingiz juda yaxshi bshtasiz…
Ekranda bekat namoyon bo‘ldi. Biroq Henro endi unga qaramay qo‘ygan, qo‘llari boshqarish tugmalarini ildam bosib, kemani qo‘ndirishga tayyorlardi.
Kema pastdan bir mill yuqorilikda oxista aylanar ekan, dum tomoni bilan Sark yuzasiga yaqinlasha boshladi.
Quduqdan yuzlarcha yard yuqorida yuritgichlar chiyillashga tushdilar. Terens yumshoq, gidravlik prujinali o‘rindiqqa joylashganiga qaramay butun vujudi bilan kema titrashini hps qilardi. Boshi aylanardi.
— Tayoqni oling. Tez! Har bir soniya hisobda, ehtiyot eshik orqangizdan yopiladi. Bizni kutib turganlar asosiy eshik nega ochilmayotganiga besh daqiqalardan so‘ng ajablana boshlaydilar, yana besh da;qika bu yerga kirishga ketadi, yana besh daqiqa esa sizni topishga sarf bo‘ladi. Ixtiyoringizda o‘n besh daqiqa bor: siz bekatdan chiqib mashinaga o‘tirishga ulgurishingiz lozim…
Terens Sark kuzining sovuq havosini his qildi. U ushbu sovuq iqlimda yillab yashadi, lekin Florinaning issiq va yumshoq obi-havosida buni unutibdi. To‘satdan miyasida xotiralar jonlana boshladi, go‘yoki u Skvayrlar sayyorasini tark etmagandayedi.
Lekin Terens hozir qochoq edi, unga Skvayrni o‘ldirishdek buyuk jinoyat tamg‘asi bosilgandi.
Uning kemadan chiqqanini hech kim ko‘rmadimikan?
Terens qalpoqchasiga qo‘l tekkizib qo‘ydi — u boshini quloqlarigacha berkitib turardi. Bo‘yniga osig‘liq yaltiroq va tekis medalonga nazar tashladi — uni Henro alohida belgi sifatida bergandi. Trantorliklar xuddi shu medalon orqali uni tanib olishlari kerak.
Terensning uni yechib tashlab, qandaydir boshqa kemaga amallab chiqib olish imkoni bor edi. U Sarkni bir amallab tark etishi mumkin. Bir amallab qutulib qolishi ham ehtimol.
Biroq, hammasi — «amallab»! Oxirgi nuqtaga yetganini u qalban his qilardi. Ha, Henro to‘g‘ri aytdi: yo Trantor, yoki Sark! U Trantordan cho‘chir hamda nafratlanardi, lekin o‘zga 1Shoji yo‘q: u aslo Sarkni tanlay olmaydi.
— Hey, menga qarang! — yoshgina ayol hashamatli mashina derazasidan unga qarab turardi. — Bu yoqqa keling.
Terens yaqinlashdi.
— Siz hozirgina qo‘ngan kemada keldingizmi?
U sukut saqlashni lozim ko‘rdi.
— Nega indamaysiz?
— Ha… — dedi zo‘rg‘a Terens.
— U holda o‘tiring.
Ayol mashina eshigini ochdi. Mashinaning ichki qismi yana qam qashamdor edi.
— Siz boshqaruv guruhidanmisiz?
Sinayapti, o‘yladi Terens. Shuning uchun xotirjam javob qildi:
— Siz mening kimligimni bilasiz. — Qo‘llari bilan bir soniyagina medalonga ishora qildi.
Mashina keskin burildi.
Qo‘riqlanayotgan darboza yaqinida Terens yumshoq, kirt g‘ilofli o‘rindiqqa singib ketay dedi. Lekin xavotirga o‘rin yo‘q edi. Uning najotkori xotirjamgina buyruq berdi:
— Bu kishi men bilan ketyapti. Men Samiya Fayf qizi bo‘laman.
Horib-charchab turgan Terensga bu so‘zlarning ma’nosi kech yetib bordi. U jonholatda oldinga intnlganida mashina ekspressyo‘l bo‘ylab soatiga yuzlab milni tashkil qiluvchi katta tezlikda uchib borardi.
Ularning chiqib ketishganini bekat maydonida turgan ishchi ko‘rdi. Va o‘sha zahotiyoq kamzuli yoqasiga bir nimalar dedi. Ko‘p o‘tmay bekatdan tashqarida ketayotgan mashinadagi Trantor xufiyalaridan biri sherigiga alam bilan yuzlandi:
— Medalonli kishi qozirgina hashamatli mashinada bekatni tark etipti. Mashina Oliyzot Hokim Samiya Fayf qiziniki ekan. Biz chapak chalib qolaveribmiz. O, Buyuk Koinot, endi nima qilamiz?
— Ta’qib qilaveramiz.
— Biroq, Oliyzot Xonim…
— U menga qech kim emas. Senga qam shunday bo‘lishi lozim. Yo‘qsa, bu yerda nima qilib yuribsan?
— Skvayrlar qotili xonim bilan birga ketayotgani aniq emas-ku. Balki, bu bizni kuzatish joyimizdan ketishimiz uchun qilingan nayrangdnr?
— Fayf bizni yo‘qotish uchun o‘z qizini yubormaydi. Bnr guruq nazoratchilar bemalol yetadi.
— Balki u Samiya emasdir…
— Nima bo‘lsa qam bas! Tezroq! Yana tezroq!..
— Siz bilan gaplashib olishim kerak, — dedi qiz.
— Men tayyorman.
— Siz qotillikda ayblanayotgan florinalikni olib kelgan kemadansiz-a?
— «Ha», dedim-ku.
— Juda soz. Men sizni bu yerga hech kim qalaqit qilmasligi uchun olib keldim. Ayting-chi, florinalik yo‘lda so‘roq qilindimi?
Bunday soddalik yolg‘on bo‘la olmaydi, o‘yladi Terens. Samiya qaqiqatdan qam uni tanimaydi.
U eqtiyotkorona javob qildi:
— Ha.
— Siz so‘roqda ishtirok etdingizmi?
— Ha.
— Yaxshi. Men shundaydir, deb o‘ylagandim. Aytganday, nega siz kemani shoshilinch tark etdingiz?
— Men maxsus axborot olib borishim kerak…
U yana nima deyishni bilmay kalovlandi. Qiz darhol bu gapni ilib oldi.
— Mening dadamgami? Xavotir olmang. Men sizning yoningizni olaman. Buyrug‘imni bajardi, deyman.
— Mayli, xonim.
Uning «xonim» deb aytgan so‘zi, hattoki o‘zini qam hayratga soldi. Qiz, mamlakatdagi eng oliyzotlardan edi, o‘zi esa florinalik. Lekin nazoratchilarni o‘ldira olgan odam osonlik bilan Skvayrlarni asfalasofilinga jo‘natishi mumkin, bu ishni bajargan kimsa esa hech cho‘chimay Oliyzot xonim yuziga tik boqa oladi.
U qizga sinovchan va o‘tkir nigoq tashladi.
Qiz go‘zallikda beqiyos edi. Bunday chiroydan baqramand bo‘lish uchun butun hayotini qurbon qilsa qam arzirdi.
Shu daqiqada, u Skvayrni o‘ldirish uncha katta jinoyat emasligini angladi.
U nima qilayotganini ham bilmay qoldi. Qizning nozik navnihol tanasi uning quchog‘iga tushdi. U qarshilik ko‘rsatishga urinib, bir soniyashna qichqirishga ulgurdi xolos. Terens g‘uncha lablardan chiqayotgan ohni o‘z lablari bilan o‘chirdi…
Mashinaning eshigi ochilib, Terensning orqasiga sovuq shabada ufurganda, qizning qo‘llari uning yelkalarini quchib turardi.
Jahldan tutoqqan sarklik Terensni mashinadan tortib chiqarar ekan, Samiya indamay, og‘zini ochgancha hayratda qotib qoldi.
— Shunday qiz shunga yo‘l qo‘ysa-ya, — g‘o‘ldiradi sarklik. — Yo‘l qo‘ysa-ya…
Samiya beholgina chetga surildi-da, yuzlarini ikki qo‘li bilan changallab oldi, rangi oqardi.
— Qizni nima qilamiz?
— Hech narsa.
— U bizni ko‘rdi-ku. Biz bir mil yurmasimizdan, butun sayyora orqamizdan izga tushadi.
— Sen Oliyzot Xonimni o‘ldirmoqchimisan?
— Yuq. Lekin, biz uning mashinasini buzib qo‘yishimiz mumkin. Qiz yaqin oradagi radiofonga yetib borguncha, biz qochishga ulguramiz.
— Kerak emas, — xufiya mashina ichiga engashdi. — Xonim, mening aslo vaqtim yo‘q. Eshityapsizmi?
Qiz g‘iq etmadi.
— So‘zlarimni qulog‘ingizga quyib oling. Baxtli daqiqalaringizda xalaqit qilib qo‘yganim uchun uzr, biroq men sizning holatingizni stereofotoapparat orqali suratga tushirib ulgurdim. Angladingizmi? — xufiya sherigiga yuzlandi. — Xonim bu haqda hech kimga hech narsa aytmaydilar. Rezident, biz bilan yuring.
Terens bo‘shashib ular ortidan ketdi.
U mashinadagi rangi oqarib, g‘amgin bo‘lib qolgan chehraga qayta qaray olmadi.
Endi ne bo‘lsa ham, u mo‘’jiza yaratdi. U Sarkning eng mag‘rur, eng go‘zal xonimidan bo‘sa oldi, uning nozik, yumshoq va shirin lablarining haroratini tuydi.