Yerlik odam bir qarorga keldi. Bu qaror asta-sekin pishib yetilgani uchun juda qatiy edi.
Mana necha haftadirki, u qadrdon kemasini tashlab bu yoqlarda yuribdi. Hozir u o‘ziga doim el bo‘lgan, qop-qora va sovuq fazoga boqishsan ham mahrum. U Yudsuzlararo Koinot Tadqiqoti Byurosiga shoshilinch xabar bermoqchi, so‘ng darrov iziga qaytmoqchi edi. Biroq, bu yerda ancha ushlanib qoldi. U o‘zini dushman qo‘liga tushgan asirdek his etardi.
U choyini oxirigacha ichdi-da, stolning narigi tomonida o‘girgan odamga yuzlandi:
— Bo‘ldi, men bu yerda ortiq qololmayman!
U kishi ham bir qarorga kelgandi. Qaror esa asta-sekinlik bilan pishib yetilgani uchun juda qat’iy edi. Vaqt kerak, juda ko‘p vaqt kerak. Yuborilgan xatlarga hamon javob yo‘q. Demak, Yerlik odamni qo‘ldan chiqarmaslik zarur. U cho‘ntagidagi qora rangli silliq sterjenni ushlab ko‘rdi.
— Siz bu muammoning o‘ta nozikligini sezmayapsiz, shekilli?
— Gap butun boshli sayyoraning yo‘qotilishi haqida ketyapti, — e’tiroz bildirdi Yerlik. — Shuning uchun, siz bir gaini Sarkka, unda yashayotganlarga yetkazishingizni istayman.
— Biz bunday qila olmaymiz, vahima ko‘tarilishi mumkin.
— Lekin, siz va’da bergansiz.
Men yana o‘ylab ko‘rdim. Hozirgina tushundimki, bu aslo mumkin emas ekan.
— YUKTB vakili-chi, u hali yetib kelmadimi? — bir ozdan so‘ng so‘radi Yerlik.
— Yo‘q. Ular zarur chora-tadbirlarni ko‘rish bilan ovoralar. Yana bir-ikki kun…
— Yana bir-ikki kun?! Nahot, ular shunchalik bandlarki, men uchun bir necha daqiqa vaqt ajrata olmaydilar? Ular, hatgo mening hisob-kitoblarimni ko‘rganlari yo‘q.
— Sizga, o‘sha hisob-kitoblaringizni menga bering, ularga o‘zim ko‘rsataman degavdim. Siz esa rozi bo‘lmadingiz.
— Hali ham rozi emasman. Ular mening oldimga kelishsin, yoki men o‘zim boray o‘sha yoqqa. Siz Florinaning halokatga uchrashiga ishonmayapsiz, shekilli.
— Men sizga ishonaman. Behuda qizishmang.
— Nega qizishmas ekanman?! Buning hech hayron qoladigan joyi yo‘q! Siz, bu odam haligiday bo‘lib qolgan, unga koinot ta’sir qilgan, deb o‘ylayapsiz! Meni esi og‘ganga chiqaryapsiz!
— Qo‘ysangiz-chi, bekor gap!
— Tilyog‘lamalik qilmang. Men, xuddi mana shuning uchun ham YUKTB dagi biror kimsa bilan uchrashishim kerak, Mening aqldan ozgan-ozmaganligimni ana o‘shalar hal qiladilar.
— Siz kasalsiz. Sizga yordam zarur.
— Yo‘q. Yordamingiz o‘zingizga buyursin! — jazavaga tushib qichqirdi Yerlik. — Men hozir ketaman. Agar meni ushlab qolmoqchi bo‘lsangiz, faqat o‘ldiribgina niyatingizga yetasiz. Lekin, bunga haqqingiz yo‘q. Agar mening jonimga qasd qilsangiz, Florina aholisi qonining gunohi sizning gardaningizga tushadi!
— Men sizni o‘ldirmayman!
— Unda nima, bog‘lab qo‘ymoqchimisiz? Yoki qamoqqa tiqasizmi? Niyatingiz ma’lum? Lekin, bilib qo‘ying, YUKTB meni qidira boshlasa, qiyin ahvolga tushib qolasiz. Men vaqti-vaqti bilan ma’lumot yuborib turishim kerak.
— Siz bexavotir joyda, ya’ni menikida ekanligingizni Byuro biladi.
— Biladi deyapsizmi? Aynan shu sayyoraga qo‘nganligimni ham biladi dersiz? Mening yuborgan ma’lumotlarim yetib ham bormagandi…
Uning boshi aylanar, vujudi titray boshlagandi.
Suhbatdoshi o‘rnidan turdi. U katta stolni aylanib o‘tib, Yerlikka yaqinlasha boshladi. So‘zlari haddan ziyod muloyim edi.
— Men faqat sizning foydangizni ko‘zlayapman.
Uning qo‘lida qora sterjen paydo bo‘ldi. Yerlikning ovozi bo‘g‘iq chiqsi:
— Ruhiyat zondi-ku!
U o‘rnidan turmoqchi bo‘ldi, lekin qimirlashga majoli yetmadi. Tirishib qolgan tipshari orasidan arang tovush chiqardi:
— Giyohmi?
— Ha, choyga giyoh soldim, — tasdiqladi narigi kishi. — Menga qarang. sizga ziyon-zahmat yetkazish niyatim yo‘q. Biroq, siz qattiq hayajonlanib xavotirga tushgansiz. Men vujudingizdagi xavotirlik hissini yo‘qotaman, xolos. Faqag xavotirlikni.
Yerlik gapira olmaydigan holga tushdi. U faqat o‘tira olardi. Tili akashak bo‘lganday qotib qolgan, biroq miya hali ishlardi. «Yo Buyuk Koinot, men ne holga tushdim». U baqirishni, qochib ketishni istar, lekin qo‘lidan hech narsa kelmasdi.
Narigi kishi unga yaqinlashdi. U Yerlikka yuqoridan boqib turardi. Yerlik ham unga qaradi. Uning ko‘zlari es-hushli odamga xos xususiyatini hali yo‘qotmagandi,
Ruhiyat zondi avtomatik qurilma edi. Uning bir uchi bosh suyakning ma’lum nuqtalariga tekkiziladi-da, ishga tushiriladi. Yerlik ko‘zlari shishadek qotib qolguncha dahshat bilan qarab turdi. U hatto bosh suyagining ayrim joylariga o‘gkir va ingichka simlar suqulganini ham sezmadi.
U xayolan qichqirardi:
«Nahotki, siz tushunmayapsiz! Bu axir, inson yashaydigan makon-ku! Yuz millionlab insonlar hayoti bilan hazillashib bo‘ladimi?»
Narigi kishining so‘zlari zim-ziyo g‘or ichiga kirib ketayotgandek edi.
— Bu hecham og‘ritmaydi. Bir soatdan keyin yaxshi bo‘lib ketasiz, batamom tuzalasiz. Siz hatto men bilan birga hozirgi holatingizdan kulasiz.
Atrofni qorong‘ulik qamradi. Shu bilan u hech qachon to‘liq tarqalmadi. Bu qorong‘ulik pardasining qisman bo‘lsa-da, ko‘tarilishiga bir yil vaqt kerak bo‘ldi.