Rik o‘rnidan turib ketdi. U shunday titrardiki, oppoq devorga suyanishga majbur bo‘ldi.
— Esimga tushdi! — baqirib yubordi u.
Ovqat chaynayotgan jag‘lar shovqini tindi. Hammaning yuzi bir xilda yaltiratib qirtishlangan hamda devorlarning xira yog‘dusidan oppoq bo‘lib ko‘rinardi. Ularning ko‘zlarida hech qaqsay qiziqish ifodasi yo‘q, faqat nogahoniy hayqiriqsan tug‘ilgan oddiy bir e’tibor zohir edi.
Rik yana qichqirdi:
— Xizmat joyim esimga tushdi! Men ishlar edim!
Kimdir unga po‘pisa qildi:
— Jim bo‘l!
Yana kimdir qo‘shib qo‘ydi:
— O‘tir joyingga!
Yuzlar o‘girilib, chaynash jarayoni davom etgirildi. Rik atrofdagilarga ma’nosiz qarab turardi. «He, telba Rik!» degan xitob eshitildi. Kimningdir ko‘rsatkich barmog‘ini chekkasiga tirab aylantirganiga ko‘zi tushdi. Ammo bularning hech biri uning uchun biron ma’no anglatmasdi,
U asta joyiga o‘tirdi. Qo‘liga bir yoni pichoqdek o‘tkir, uchi panshaxaga o‘xshash tishli qoshiqni oddi — bu bilan amallab ovqatni ichish, kesish va sanchish mumkin edi. Paxta plantatsiyasida ishlovchi qullar uchun shuning o‘zi kifoya. U qoshiqni aylantirib, bandiga nazar tashladi. Undan bo‘lak hammaning qoshig‘ida raqam bilan ismlar ham bitilgandi. Unikida esa Rik degan laqabgina bor. Plantatsiyalardagina qo‘llaniladigan alohida tilda, bu taxminan jinni yoki telba degan ma’noni anglatardi.
U, balki, endi ko‘p narsalarni eslay boshlar?! Rik fabrikada paydo bo‘lgandan buyon ilk marta avvalgi hayotiga taalluqli nimanidir esladi. Bir o‘ylab ko‘ring-a!»…
Kechqurun fabrikadan qdytayotganda unga Valona March yetib oldi.
— Nonushta mahalida qandaydir noxush voqea ro‘y berganmish?
— Hech narsa bo‘lgani yo‘q, Lona, — to‘ng‘illab qo‘ydi Rik.
Qiz yana qayta so‘radi:
— Sening yodingga nimadir tushganmish. Shu to‘g‘rimi, Rik?
Valona ham uni Rik deb atardi. U bo‘lsa zo‘r berib o‘z ismini eslashga tirishardi. Bir kuni Valona titshshb ketgan adreslar kitobini topib keldi-da, undagi barcha ismlarni birma-bir o‘qib chiqsi. Ammo kitobdagi ismlarning hech qaysisi unga tanish tuyulmadi.
Rik qizning yuziga tikilgancha dedi:
— Men fabrikadan ketishim kerak.
Valonaning qovog‘i solindi:
— Bilmadim, qo‘lingdan kelarmikan. Bu yaxshi emas, har qalay.
— Men o‘z haqimda ko‘proq o‘ylashim; eslashim kerak.
Valona qurib qolgan lablarini namlab oldi.
— Bilmadim, buning hojati bormikan.
Rik teskari o‘girildi. Ha, bu qiz uni fabrikaga joyladi, hayotini saqlab qoldi. Lekin, har holda u ko‘p narsani yodga tushirishi lozim.
— Yana boshing og‘riyaptimi?
— Yo‘q. Haqiqatdan boya nimanidir esladim. Ilgari qanday ish bilan shug‘ullanganim yodimga tushdi… Yur, Lona, maydonga boramiz.
— Kech kirib qoldi.
— Iltimos! Qishloq tashqarisiga chiqsak bo‘ldi.
…Yarim soatlardan so‘ng ular tekis yo‘ldan qum sepilgan ilonizi yo‘lga burilishdi. Jim ketish og‘irlik qilar, Valona xavotirga tushardi.
Agar Rik uni tashlab ketsa nima bo‘ladi? U hali ham yosh bolaga o‘xshaydi. Ammo, u es-hushidan mahrum qilinishidan avval o‘qimishli, Katta odam bo‘lgan.
O‘z paytida, u Rikning birinchi so‘zlaridanoq cho‘chib tushgandi. O‘sha so‘zlar, bosh og‘rig‘i haqidagi turli-tuman uzoq shikoyatlardan so‘ng, kutilmaganda juda g‘alati tuyulgan edi. Valona, o‘shandayoq, uning ko‘p narsani eslab qolishi va bir kun kelib o‘zini tashlab ketishi mumkinligidan qo‘rqib qolgandi, U bor-yo‘g‘i Katta Lona laqabli Valona March edi. Uning oyoqlari qo‘pol, qo‘llari mehnatdan dag‘allashgan yirikkina qiz edi. Bunday qizlarga er topilishi juda qiyin. U yigitlarga faqat hasrat bilangina qarardi. Yigitlarga qarab jilmayish yoki ko‘z qisish unga aslo yarashmasdi, Boshqa ayollar birin-ketin farzand ko‘rishar, Valona esa ular oldiga borib, ko‘zlari yumuq, jajjigina og‘izchali, sochsiz va qip-qizil go‘sht bo‘lgan chaqaloqlarga nazar tashlash bilan kifoyalanardi.
Lekin, mana uning hayotida ham o‘ziga xos chaqaloq — Rik paydo bo‘ldi. Uning atrofida parvona bo‘lish, ovqatlantirish, toza havoga olib chiqish, uxlatish, bosh og‘rig‘i qiynaganda esa ovutish kerak edi.
Uning mushtidan hatto erkak kishilar ham qo‘rqishardi, Rikni fabrikaga ishga olib kelgan kuni, uyat gap aytgani uchun ustaning boplab ta’sirini bergandi.
Shuning uchun, Rikning oldingi hayotini eslashini istamasdi. Aks holda, u Rikka nima ham taklif qila oladi. Biroq uning doimo yordamga muhtoj va aqli ojiz bo‘lib yurishini tilash xudbinlik emasmi?! Qiz shu paytgacha hech kimga shu qadar kerak bo‘lmagan va yolg‘izlikka aslo tobi-toqati yo‘q edi.
Qiz so‘radi:
— Eslayotganlarning to‘g‘riligiga ishonching komilmi, Rik?
— Ha, Lona, men yodimga tushgan narsalarga ishonaman. Sen buni bilasan. Masalan, meni gapirishga o‘rgatmading. O‘zim esladim. To‘g‘rimi? Endi bo‘lsa, ilgari qanday ekanligim yodimga tushyapti. Mening «ilgarigi hayotim» bo‘lishi kerak, Lona!
«Bo‘lishi kerak». Shu so‘zlar qizning yuragiga og‘ir botdi. Rikning «ilgarisi» butunlay boshqa dunyo edi. Bu narsa aniq, chunki uning yodiga tushmagan birgina so‘z «kirt» edi. Lonaga esa Rikni Florinada eng muhim hayotiy narsani bildiradigan ushbu so‘zga o‘rgatishga to‘g‘ri keldi.
— Nimalarni eslayapsan? — so‘radi qiz.
Rikning hayajoni to‘satdan bosildi. U ikkilanardi.
— Buni tushunish qiyin, Lona. Men faqat, o‘z xizmatimni va vazifamni esladim. Butunlay bo‘lmasa ham, qisman aniq bilaman.
— Men Hech Nimani tadqiq qilganman.
Qiz o‘z hayotida «tadqiq qilish» iborasini eshitmagandi, pgunday bo‘lsa-da, savol berdi:
— Ayt-chi, Rik, bu qanday xizmat? Hech narsani tadqiq qilish mumkinmi? Bu ish emas-ku!
— Men «hech narsa» deganim yo‘q, Hech Nimani tadqiq qilganman. Katga «H» va katta «N» bilan yoziladi.
— Baribir, ma’no o‘zgarmaydi-ku?
— Yo‘q, albatta. — U chuqur xo‘rsindi. — Buni tushuntirib berolmasam kerak. Eslaganlarim faqat shuning o‘zi. Lekin, xizmatimning muhim hisoblanganini his qilyapman. Ilgari jinoyatchi bo‘lganligim yolg‘on gap!
Bu hodisa, u birinchi marta so‘zlaganda ro‘y bergandi. U shunday to‘satdan gapirib yubordiki, qizning esi chiqib ketdi. Qiz hatto Rezident bilan maslahatlashishga botinolmadi. Kelgusi dam olish kunida Lona Rikni shaharga, hakimga ko‘rsatgani olib bordi.
Tekshiruvdan so‘ng hakim qizning oldiga chiqdi.
— Siz bu odamni qachon uchratdingiz?
Qiz ehtiyotlik bilan, keraksiz tafsilotlarsiz, Rezident va soqchilarning nomini qushmay Rik haqida so‘zlab berdi.
— Demak, siz u haqsa hech narsa bilmaysiz?
— Ilgari u kim bo‘lganidan aslo xabarim yo‘q.
— Bu odam ruhiyat zondi ta’siriga duchor qilingan. Buning ma’nosini bilasizmi?
Avvaliga qiz bosh chayqadi, so‘ng pichirladi:
— Bu narsa aqli ojizlarga nisbatan ishlatiladimi, do‘xtir?
— Jinoyatchilarga ham. Aqlni joyiga keltirish yoki o‘g‘irlash va o‘ldirishga bo‘lgan ishtiyoqni so‘ndirish uchun.
— Ammo Rik hech qachon o‘g‘irlik qilgan emas, — hayron bo‘ldi Lona.
— Avval u nima ishlar qilib yurganini siz qayerdan bilasiz? Hozir buni aniqlash mushkul. Zond bilan juda qo‘pol va chuqur ta’sir ko‘rsatilgan. Ongning qaysi qismi butkul ishdan chiqqani, qaysi qismi xiralashtirilgani noma’lum. Bu kimsa hamisha kuzatuv ostida bo‘lishi lozim.
— Yo‘q, yo‘q! U men bilan qoladi. Do‘xtir, men o‘zim unga qarayman!
Hakimning qovog‘i solindi, ammo yanada muloyimroq so‘z qotdi:
— Ha, aytganday, siz haqingizda o‘ylamapman. Balki uning ongida biror yomonlik qoldiqlari bordir. U sizga ziyon-zahmat yetkazishi mumkin.
Shu payt hamshira Rikni yetaklab chiqsi. U Rikni go‘yo yosh boladek tinchlantirar, ovutardi. Rik qo‘li bilan boshini ushlagancha, atrofga befarq nigoh tashladi. Ko‘zi Valonaga tushgach, unga qo‘llarini cho‘zib talpindi.
— Lona!
Qizi mahkam quchoqlab oldi. Rikning botsgini mehribonlik bilan yelkasiga qo‘ydi-da, hakimga qaradi:
— U hech qachon menga yomonlik qilmaydi.
— Baribir, bu haqsa tegishli joyga ma’lum qilish kerak. Shu ahvolda nazoratdan qanday qochibdiykin?
— Demak, uni mendan tortib olishadimi, do‘xtir?
— Boshqa iloj yo‘q. Qonunga bo‘ysunish shart.
Ular orqaga qaytishar ekan, Valonaning kayfiyati buzilgan, alamidan Rikni bag‘riga bosardi.
Oradan bir hafta o‘tgach, gipervideodan baxtsiz hodisa tufayli halok bo‘lgan bir hakim to‘g‘risida xabar qildilar. U elektr tarmog‘i uzilgan chog‘da falokatga yo‘liqqandi. Hakimning ismi qizga tanishdek tuyuldi va kechasi uni o‘zining qog‘ozlaridagi nom bilan solishtirdi. Ismlar mos keldi,
Keyinchalik, Rik ancha narsani tushunadigan bo‘lib qolganida, qiz hakimning gaplarini aytib berdi va tinch yurishni istasa,qishloqsan chetga chiqmaslikni maslahat berdi…
— Mening jinoyatchi bo‘lganligim yolg‘on, — qaytardi Rik, — ayniqsa, agar mening xizmatim muhimligini hisobga olsak! Ketishim kerak. Boshqa iloj yo‘q. Fabrikani ham, qishloqni ham tark etishim va o‘zim haqimda ko‘nroq bilishga intilishim shart.
— Rik! Bu xavfli! Sen Hech Nimani tadqiq qilgan bo‘lsang ham, o‘z haqingda ko‘proq bilishga intilishingning nimasi muhim?
— Nega desang, yaqinda men yana bir narsani xotirladim.
— Nimani, nimani esingga tushirding?
— Aytmayman, — pichirladi Rik.
— Sen buni kimgadir aytishing lozim. Yo‘qsa, unutib qo‘yishing mumkin.
Rik qizning qo‘llarini ushladi.
— Gaping to‘g‘ri. Sen hech kimga aytib qo‘ymaysanmi, Lona? Har ehtimolga qarshi, yodingda saqyaab yurasanmi?
— Albatta, Rik.
Rik atrofga boqsi. Dunyo go‘zal edi. Valona qachonlardir bu yerdan, bir necha mil narida joylashgan Yuqory Shaharda yonib turadigan kattagina yozuvlar borligini aytgandi:
«FLORINA — BUTUN GALAKTIKADAGI ENG GO‘ZAL SAYYORADIR».
Hozir atrofga qararkan, u o‘sha yozuvning haqiqatligiga ishonch hosil qilardi.
— Esimga tushgan narsa juda dahshatli. Lekin, hammasi to‘gri, shu paytgacha yanglishganim yo‘q. Buni men kechqurun esladim.
— Rostdanmi?
U dahshat bilan qizga tikildi:
— Bu sayyorada hamma halok bo‘lishi kerak. Florinada biror tirik zot qolmaydi.
Mirlin Terens qo‘ng‘iroq jiringlaganida, taxmondan filmkitob olmoqsa edi. Rezident ko‘ylagining yoqasini tekislar ekan, ohista eshikka yaqinlashdi. Uning kiyimi Skvayrlarnikiga o‘xshash edi. Ba’zan, u hatto o‘zining Florinada tug‘ilganini ham unutib qo‘yardi.
Ostonada Valona March turardi. U tiz cho‘kib, boshini egdi — bu hurmat bilan salom berishni bildirardi,
Terens eshikni lang ochdi.
— Kiraver, Valona. O‘tir. Yotish vaqgi allaqachon o‘tib ketdi-ku! Nazoratchilar seni ko‘rishmadimi?
— Menimcha, yo‘q. Rezident.
— Xafa ko‘rinasan? Yana Rikni debmi?
— Ha, Rezident. — U har doimgidek, katta qo‘llarini etaklari bariga yashirdi, biroq qizning kuchli barmoqlari bilinar-bilinmas titrayotgani Terensning nazaridan chetda qolmadi.
— Bir boshidan boshla, — dedi u ohista, — Qurqma.
— Esingizdami, Rezident, men sizga kelib shaharlik hakim va uning nimalar haqida gapirganini aytib bergandim?
— Ha, Valona, esimda. Men bilan maslahatlashmay, bunaqangi ishlarga qo‘l urma, deb buyurganim ham esimda. Bu-chi, sening yodingdami?
Qizning ko‘zlari chaqnadi. Bu eslatmaning unga aslo hojati yo‘q edi, o‘zi pgundoq ham Rezidentdan qattiq cho‘chirdi.
— Endi hech ham bunday qilmayman, Rezident. Bir vaqtlar Rik doim yoningda bo‘ladi, deb va’da qilgandingiz. Hozir pguni eslatgani kelgandim.
— Men va’damda turaman. Demak, nazoratchilar Rikni surishtirishibdi-da?
— Yo‘q. O, Rezident, hali ular surishtirishi ham mumkinmi?
— Yo‘q. Bunga ishonchim komil. — Uning sabr kosasi to‘lib borar edi. — Qani, Valona, gapir, nima bo‘ldi?
— U har xil narsalarni eslayotganmish.
Terens shahs bilan oldinga intilib, qizning qo‘lidan ushlab olay dedi.
— Qanday narsalarni?
Terens Rik topib olingan kunni esladi. U qishloq chetidagi kanal bo‘yida bir qancha bolalarning to‘planib turganini ko‘rib qoldi. Ular, «Rezident!», «Rezident!» deb quloqni bitirguday qichqirishar va qimirlayotgan qandaydir oppoqjonzotni ko‘rsatishardi.
U yarim yalang‘och, kap-katta erkak bo‘lib, og‘zidan so‘laklar oqar, oyoq-qo‘llarini bemaqsad qimirlatar va o‘zicha qandaydir tovushlar chiqarib chiyillardi. Uning ko‘zlari Terensning ko‘zlari bilan bir oniy mudsatga to‘qnashib ma’lum ma’no kasb etganday bo‘ldi… Keyin u qo‘lini ko‘tardi va bosh barmog‘ini og‘ziga soldi.
Bolalardan biri kulib yubordi:
— Rezident, u barmog‘ini so‘ryapti!
Topilgan kishining tanasi nogahoniy qichqiriqsan titrab ketdi. Yuzlari qizarib-burishdi. So‘ng ko‘z yoshi chiqarmay yig‘lashga tushdi, lekin barmog‘ini og‘zidan olmadi.
Terens vujudini qamrab olgan titroqni nari haydadi.
— Nega kirt maydonida o‘ynayapsizlar? Hosilni payhon qilib tashlabsiz-ku! Plantatsiya ishchilari tutib olishsa, nima bo‘lishini bilasiz-a? Qani bu yerdan jo‘nanglar! Birovga galirib yurmang., Hoy, sen borib Jenks-hakimni chaqirib kel.
Jenks-hakim bilan Terens ikkovlashib bu odamni aravaga joyladilar. Keyin iloji boricha hech kimga bildirmay qishloqqa olib keldilar. Birgalashib uni yuvintirishdi, Jenks uni sinchiklab tekshirdi.
— Rezident, uning yuqumli kasali yo‘q. Qorni to‘q. Och qolmagan. Uni nima qilamiz, sizning fikringiz qanday?
— Bilmadim.
— U hatgo yura olmaydi. U xuddi chaqaloqning o‘zi. Barcha bilgan narsalarini esdan chiqargan.
— Bu kasallik natijasi bo‘lsa kerak?
— Menimcha, unday emas, Balki, ruhiy kasalliqdir. Biroq, men bu sohada hech vaqo bilmayman, shuning uchun, bundaylarni shaharga jo‘nataman. Siz shahrimizni ko‘rganmisiz, Rezident?
— Kelganimga endi bir oy bo‘ldi.
Jenks xo‘rsindi-da, dastro‘mol olish uchun qo‘lini cho‘ntagiga tiqdi.
— Ha, oldingi Rezident epchil edi. Bizga qattiq turardi. Oltmish yildan beri shu yerda yashayman, biroq bu yigitni endi ko‘rib turishim. Nazoratchilar nima derkin, ko‘raylik-chi.
Nazoratchilar, albatta, kelishdi. Bu hodisani yashirish mushkul edi. Ular Florina Nazoratchilari a’zosi, degan obro‘li nomga ega bo‘lgan ikki kishi edi. Ular bu ishga e’tiborsizlik bilan qaradilar.
— Bu aqldan ozgan kimo‘zi? — so‘radi ularning biri Terensdan.
— Kim biladi deysiz? O‘tgan kuni uni kirt maydonidagi zovurdan topib oldik.
— Hujjatlari bor ekanmi?
— Yo‘q, janob. Faqat beliga boylangan ikki qarich latta bor ekan.
— Unga nima bo‘lgan?
— Menimcha, g‘irt jinni.
— Uni boshingizga urasizmi? — Florina nazoratchilari A’zosi esnadi, daftarchasini cho‘ntagiga tiqsi va yana so‘z qotdi. — Bu ish xabar qilishga arzimaydi. Shundoq ham ishlarimiz juda ko‘p.
Shu bilan ikkala nazoratchi ketdi,
Rezident Jenks-hakim bilan maslahatlashib, Rikni Valona March qaramog‘iga topshirdi. Har holda, yana bir ishchi kuchi, ayniqsa, — tekin, buning nimasi yomon?
… Terens norasmiy ravishda ularga qarab turdi, u Valona uchun qo‘shimcha ovqat, kiyim-boshga patta undirdi, ya’ni, ikki kishining (biri ro‘yxatga olinmagan) bitta maoshga yashashlari uchun imkoniyat yaratib berdi, U Rikni fabrikaga ishga joylashda ham Valonaga yordam berdi. Shaharlik hakimning halok bo‘lgani undagi xavotirni yo‘qotdi. Lekin Rezident hushyor edi.
Shuning uchun Valonaning barcha muammolar bo‘yicha unga murojaat qilishi tabiiy edi. Hozir u, o‘z savollariga Valonadan javob kutardi.
— U aytyaptiki, dunyoda hamma o‘larmish.
— Nega ekanligini aytdimi?
— Bilmaydi. Uning aytishicha, qachonlardir muhim ish bilan shug‘ullangan ekan, lekin men tushunmadim.
— Ishi haqida so‘zlardimi?
— Umuman olganda, u… Hech Nimani tadqiq qilgan ekan. Biroq, Rezident, qanday qilib Hech Nimani biror narsa qilish mumkin?
Terens o‘rnidan turdi-da, jilmaydi.
— Valona, nahotki sen Koinotning deyarli hech narsadan tashkil topganini bilmasang?
Valona bu gapga ham tushunmadi, lekin indamadi. Uning nazarida, Rezident olim odam edi. Rik, o‘zining Riki, Rezidentdan ham katta olim ekani g‘urur bag‘ishladi.
— Ketdik, — dedi Terens unga qo‘lini uzatib. — Rikning oldiga boramiz.
Valonaning kulbasi qorong‘u bo‘lgani uchun ular paypaslab ichkari kirdilar.
Terens cho‘ntakchiroqning xira yog‘dusida xonaning bir burchagi parda bilan to‘sib qo‘yilganiga e’tibor qildi.
Bu pardani Valonaga uning o‘zi topib bergandi, chunki Rik bu paytga kelib chaqalokdan ko‘ra ko‘proq katta odamga o‘xshab qolgandi.
Parda orqasida kimdir bir tekis nafas olardi.
— Valona, uni uyg‘ot!
Qiz Rikka murojaat qildi.
— Rik! Rik! Bolajon!
U yerdan bo‘g‘iq tovush eshitildi.
— Men Lonaman, — dedi darhol u. Ular parda ortiga o‘tishdi va Terens cho‘ntakchiroq bilan o‘zini, Valonani, keyin Rikni yoritdi.
Rik qo‘li bilan ko‘zini to‘sdi.
— Nima bo‘ldi?
Terens karavot chetiga o‘tirdi.
— Rik, — dedi u, — Valonaning aytishicha, — u-bu narsalar yodingga tushayotganmish.
— Ha, Rezident, — Rik Rezident bilan suhbatlashayotganida yuvvoshgina bo‘lib qolardi, chunki shu paytgacha undan ko‘ra ulug‘roq odamni uchratmagandi, Rezident bilan hattoki fabrika boshqaruvchisi ham xushmuomala edi. Rix Terensga kun bo‘yi yodiga tushgan narsalarni so‘zlab berdi.
— Yana nimalarni eslading?
— Boshqa hech narsani, Rezident.
Terens o‘ylanib qoldi,
— Mayli, Rik, uxlayver.
Valona uni kuzatib chiqsi, U qizning yuzlari titrayotganini va kaftining orqasi bilan ko‘zlarini artib olganini ko‘rdi.
— U endi ketadimi, Rezident?
Terens uning qo‘lini ushlab, jiddiy so‘z qotdi:
— Valona, sen yosh bola emassan. U men bilan ma’lum bir muddatga ketadi, keyin yana qaytib keladi.
— Keyin-chi?
— Bilmadim. Sen uni tushunishing kerak. Hozir bizga hammasidan ham Rikning iloji boricha ko‘proq narsalarni eslagani zarurroq.
— Nahotki, Rikning gapi — Florinadagi barcha kishilarning halok bo‘lishi to‘g‘ri bo‘lsa?
Terens uning qo‘lini qattiqroq siqdi.
— Bu haqda hech kimga gapirma, Valona. Uni nazoratchilar butunlay olib ketishlari mumkin.
Terens asta burilib, o‘z uyi tomon keta boshladi. U hatgo qo‘llari titrayotganini ham sezmadi. Uyda ancha vaqggacha uxlolmay — yotdi va, nihoyat, maxsus nasha moslamasini ishlatishga majbur bo‘ldi, Bu qurilma, u Florinaga Rezident etib tayinlanganida Sarqsan olib kelgan asboblarining biri edi. Asbob, xuddi yupqa jun qalpoqdek boshga kiyilardi. Terens vaqgni soat 5 ga to‘g‘riladi-da, kontaktni uladi.
U o‘rnida bemalolroq o‘rnashib yotishga ulgurishi bilanoq, asta-sekin ta’sir qiluvchi kuchlar miya markazlarini tutashtirib, uni darhol chuqur uyquga cho‘mdirdi.